"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun @mahoratlipedagog Channel on Telegram

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

@mahoratlipedagog


OʻQITUVCHILAR UCHUN :

- SAMARALI METODLAR ;
- QIZIQARLI OʻYINLAR ;
- KOʻRGAZMALAR ;
- TAʼLIM YANGILIKLARI ;

MUROJAAT UCHUN :
@GulBonu8904
@Matluba_Shukurova

Reklama xizmati uchun : @GulBonu8904

Mahoratli pedagog (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizga qiziq, samarali va o'rganishda yangiliklar bilan to'ldirilgan Telegram kanalimizni tanishtirishga hush keladi. "Mahoratli pedagog" kanalimiz, haqiqiy ustozlar uchun mo'ljallangan bo'lib, o'qituvchilarning o'z mutaxassisliklarini rivojlantirish, yangi metod va o'quv usullarini o'rganishiga yordam beradi. Kanalimizda o'qitishda foydali bo'lgan samarali metodlar, qiziqarli o'yinlar, ko'rgazmalar va ta'lim yangiliklari haqida ma'lumotlar bilan tanishing

Shunday qilish orqali, o'qituvchilar o'z mehnatlarida rivojlanishlari uchun kerakli bilim va tajribalarni olishlari mumkin. Sizga muammosiz bo'lgan savollaringiz bo'lsa, kanalimizda mavjud administratorlarimizga murojaat qilishingiz mumkin

Agar sizning mahsulotingiz va xizmatlaringizni ko'rsatish uchun reklama xizmatiga ihtiyacingiz bo'lsa, ham shuningdek, kanalimiz orqali reklama uchun ushbu manzillarga murojaat qilishingiz mumkin: @GulBonu8904 yoki @Matluba_Shukurova

Biz bilan birga o'z o'qitish va tarbiyachilik mahoratingizni rivojlantiring va yangi bilimlarni o'rganing! Hojat yurtimiz o'qituvchilari uchun jozibar kanalni xavfsizlik bilan kuzatib boring. Marhamat, a'zo bo'lishni unutmang!

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

13 Jan, 06:35


Assalomu alaykum Xayrli kunlar . Boshlangan yangi choragimiz xayrli boʻlsin

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

11 Jan, 04:06


Farzand kelajagi uchun sarflangan mablagʻ albatta oʻzini oqlaydi . Shunday emasmi ???

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

11 Jan, 04:05


Xayrli tonglar....😍

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

11 Jan, 04:05


2023-yil 27-iyul
Bitkoin narxi: $29k
Husanov narxi: €100k

2025-yil 10-yanvar
Bitkoin narxi: $95k
Husanov narxi: €50m

Bitkoin 3,27 baravar, Husanov 500 baravar qimmatlagan.

Investisiyani kriptoga emas, iste’dodingizga tiking!

Manba : Foydali moliya

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

10 Jan, 09:34


14-yanvarni ham oʻtkazib olsak bir maromda davom etamiz keyin 😁😁

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

10 Jan, 09:33


Albatta bu hazil😁😁 . 3-chorak boshlanishiga yaqin qoldi .Ilohim xayrli kelsin hammaga . Oʻqituvchilar bilim olishga ishtiyoqmand boʻlishsin ,oʻqituvchilar esa bilim berishdan charchamasinlar .

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

10 Jan, 08:44


13 - sanadan bir xavf yaqinlashayotganini aytishmoqda . Nima ekanligini bilmaysizmi mabodo

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

10 Jan, 04:26


Xayrli tong qadrli kanaldoshlar ❤️❤️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

10 Jan, 04:26


Agar bolangizni siz nazorat qilmasangiz,telefon orqali boshqalar nazorat qiladi ...

Keyin kech boʻlmasmikan .....

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Jan, 05:13


Ota onalar guruhiga joʻnatib qoʻyamiz . Farzandlarni nazorat qilishsin . Maktab bilan bogʻlanishsin agar farzandining sogʻligi yoki kelajagi kerak boʻlsa .

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Jan, 05:11


Buni tashlaganimning sababi bugun yuqori sinf oʻquvchilari orasida hattoki 8 - 9- sinf oʻquvchilari ham sigaret yoki elektron sigaretaga oʻtib ketishmoqda . Avval ham boʻlgan lekin bugun ularning soni koʻpaygan .

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Jan, 05:09


Elektron sigaretalar (yoki "e-sigaralar") odatda nikotin, propilen glikol, glyserin va turli xil lazzat qo'shimchalari bilan ishlaydi. Ularning zararli ta'siri bo'yicha ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda, ammo ba'zi asosiy xavf va salbiy ta'sirlar quyidagilardir:

1. Nikotin qaramligi: Elektron sigaretalar ko'pincha nikotin bilan to'ldiriladi, bu esa qaramlikni keltirib chiqaradi. Nikotin yurak, qon tomirlari va nerv tizimiga zarar yetkazishi mumkin.


2. Haqiqiy zararli moddalar: E-sigaretalardan chiqqan bug'lar ba'zi toksik kimyoviy moddalarni, shu jumladan formaldegid, acetaldehid va asetatlarni o'z ichiga olishi mumkin. Bu moddalar, ayniqsa uzoq muddatda, o'pka va boshqa organlarga zarar yetkazishi mumkin.


3. O'pka salomatligi: Elektron sigaretalarni uzoq muddat ishlatish o'pkada yallig'lanish va astma kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ba'zi hollarda, "vaping-related lung injury" (VALI) nomi bilan tanilgan kasalliklar ham paydo bo'lishi mumkin.

4. Yoshlar uchun xavf: Elektron sigaretalar yoshlarni nikotin va boshqa zararli moddalar bilan tanishtirishi mumkin. Ularning o'pkalari va rivojlanayotgan organizmlariga zarar etkazishi ehtimoli yuqori.


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Jan, 04:17


Bu oʻyinni oʻynaganlar bormiiiiiiii

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Jan, 04:16


Xayrli tong qadrli ustozjonlar

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Jan, 04:16


Kahoot !

Bu onlayn oʻyin haqida koʻpchilik eshitgan boʻlsa kerak .
Keling bu oʻyinni oflayn qilamiz 👇🏻
1⃣ Oldindan savollar tuzib kelasiz va har bir savolga 4 tadan javob variantlari tuzasiz .
2⃣ Har bir oʻquvchingiz uchun qizil ,sariq ,koʻk,yashil kartochkalar tayyorlaysiz yoki oʻquvchilaringizni juftliklarga yoki 3 ta,4 ta guruhlarga boʻlsangiz ham boʻladi .Shunda har bir juftlik yoki har bir guruh uchun kartochkalar tayyorlaysiz .
3⃣
Qizil kartochka- A variant,  Sariq kartochka -B variant, Yashil kartochka -C variant,Koʻk kartochka -D variant ni bildiradi
4⃣ Savollarni va javoblarni oʻqiysiz . Oʻquvchilar ,juftliklar yoki guruhlar 30 soniyada javobni topib ,oʻzlari toʻgʻri deb oʻylagan variant kartochkasini tepaga koʻtarishlari kerak boʻladi . Masalan :B variant toʻgʻri deb oʻylashsa sariq rangni koʻrsatishlari kerak boʻladi .
5⃣Oʻyin shu tariqa davom etadi,oxirida gʻoliblar aniqlanadi .
Bu oʻyinning oddiy savol javob yoki testdan afzalligi sogʻlom raqobat va quvnoq kayfiyatda oʻtishi.

Mahoratli pedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 04:53


Mana shu fikrga yanayam qoʻshimcha qilmoqchiman . Haqiqatdan ham bugungi kunda gazetalar internet olamidan ancha orqada va oʻquvchilarni oʻziga jalb qila olmayapti . Agar gazetalarni koʻpchilik oʻqishini va obuna koʻpayishini xohlashsa gazeta nashrlari oʻz ustida qattiq ishlashi kerak . Chunki bugungi kunda Google ,ChatGPT ,Sunʼiy intellekt va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar gʻij- gʻij hamma sohada. Gazetalar shunaqa ijodkorona yondashishi kerakki oʻquvchilar gazetada bor narsalarni boshqa joydan topa olishmasin . Shundagina bunga yechim topish mumkin va obunachilar sonini oshirish mumkin . Xullas ijod qilish kerak . Lekin agar muharrir boʻlsam zoʻr gʻoyalar qilardim-u ammo oʻqituvchiman 😄😄. Yana ham har ishning oʻziga yarasha tosh-u tarozisi bor .

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 04:47


Бир кун кеч колсаям маълумотлар эскиради. Унгача бошка жойдан маълумотни олишга улгурамиз.

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 03:58


Olmonlar bizni ahmoq qilishmoqchi 😅😅😅

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 03:56


Yoki man tushunmadim mi 🤔🤔

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 03:55


Manimcha unaqa emas bir hisoblab koʻringda birinchi boladay

24
36

Mana shu koʻpaytmani birinchi boladay hisoblab koʻrdim . Lekin boshqa javob chiqayapti

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 03:51


Nima deb oʻylaysiz birinchida turgan bolaning hisoblash usuli har doim ham toʻgʻri kelarmikan

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 03:51


Xayrli tonglar qadrli ustozjonlar ❤️❤️❤️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Jan, 03:50


Hisoblashning antiqa usuli

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

06 Jan, 11:56


"Maʼrifat" gazetasiga ovoz beraylik maʼrifatli ustozlar 👏👏👏☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

06 Jan, 11:55


«ЙИЛ ТАНЛОВИ–2024»

«2024 ЙИЛНИНГ ЭНГ ЯХШИ НАШРИ»

Қайси газета нашри бугунги кун ижтимоий-сиёсий ҳаётини ўзида акс эттира олмоқда. Янги замон талабларига жавоб бера оладигани нашр борми?

2024 йилда халққа энг манзур бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини ёрита олган Ўзбекистондаги «2024 ЙИЛНИНГ ЭНГ ЯХШИ НАШРИ» ни аниқланг!

Сиз кўпроқ қайси газетани мутолаа қиласиз?

(Танлов ҳақида батафсил)

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: ➡️ @uzdiplomatbot
Тел: +99893 571 72 35

➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

06 Jan, 03:27


Yoqqan boʻlsa ❤️
Yoqmagan boʻlsa 😍

belgisini qoʻying 😅😅

Xayrli tong qadrdonlar

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

06 Jan, 03:25


Qiziqarli kreativ metod

"Escape Room" (Xonadan qoch )

usulidir. Bu metod o‘quvchilarga darsni qiziqarli o‘yin shaklida o‘tkazishga yordam beradi.

Escape Room metodining qo‘llanilishi:

O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va ularga darsning ma'lum bir mavzusi bilan bog‘liq vazifalar yoki jumboqli saavollar beriladi.

Ular bu vazifalarni bajarishadi va vazifani bajara olgan guruh keyingi bosqichga o‘tadi yaʼni ikki qadam oldinga siljiydi

Masalan, tarix darsida o‘quvchilarga tarixiy voqealar bilan bog‘liq jumboqlar, matematikada masalalar yoki ona tilidan gapni toʻgʻri tahlil qilish , kimyodan biror masalani yechish va hokazo .

Har bir yechilgan jumboq yoki topshiriq ular uchun “yangi kalit” bo‘lib, oxirgi maqsadga (yaʼni "xonadan chiqish") erishish uchun zarur bo‘ladi.


Nima uchun bu metod qiziqarli?

Interaktivlik: O‘quvchilar darsni faqat passiv tarzda tinglamasdan, amaliy ravishda qatnashadilar.

Guruhda ishlash: Guruh ishlari, birgalikda fikr almashish va vazifalarni hal qilish orqali o‘quvchilar bir-biriga yordam berishadi.


Qiziqarli raqobat: Guruhlar orasida musobaqa ruhini uyg‘otadi, bu esa o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi.


Bu metod o‘quvchilarning muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, hamda darsni qiziqarli va dinamika bilan o‘tkazishga yordam beradi.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

05 Jan, 15:54


Siz qanday fikrdasiz???

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

05 Jan, 15:54


Xayrli kech ustozjonlar . Baʼzi bir sabablarga koʻra bir necha kun koʻrina olmadim . Bugundan yana shu yerdaman ☺️☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

05 Jan, 15:53


Nega bugungi kunda koʻpchilik maktab oʻquvchilari oʻqishni xohlashmasligining sabablarini bilasizmi ???

Bu bir nechta sabablar bilan bogʻliq. Ba'zi asosiy omillarni ko'rib chiqamiz:

1. Motivatsiya etishmasligi: Oʻquvchilarning koʻpchiligi oʻzlarini kelajakda qanday kasb yoki muvaffaqiyatga erishishni aniq bilmaydilar. Bu esa oʻqishga nisbatan qiziqish va ishtiyoqni kamaytiradi.


2. Aqliy va hissiy bosim: Oʻquvchilar ko‘pincha darslarga, imtihonlarga tayyorlanish va sinovlardan oʻtish jarayonida katta stressni his qilishadi. Buning natijasida ular oʻqishdan charchab qolishadi yoki undan qochishni xohlashadi.


3. Darslar va oʻqish metodikasi: Oʻqish jarayonida qoʻllanilayotgan darsliklar va o'quv metodlari ham ba'zida oʻquvchilarga zerikarli yoki tushunarsiz boʻlishi mumkin. Agar darslar interaktiv va qiziqarli tarzda oʻtmasa, oʻquvchilarning diqqatini jamlash qiyinlashadi.


4. Texnologiyalarning ta'siri: Hozirgi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va o'yinlar oʻquvchilarning vaqtini va diqqatini oʻziga jalb qiladi. Bu esa o‘qishga qiziqish va diqqatni kamaytiradi.


5. Oilaviy sharoitlar: Oʻquvchilarning o'qishga bo'lgan munosabati ba'zida ularning oilaviy sharoitlariga ham bog'liq. Agar ularning oilasida o'qishga qiziqish va qo'llab-quvvatlash yetarli boʻlmasa, oʻquvchilarning o'qishga boʻlgan motivatsiyasi pasayishi mumkin.


6. Qiziqarli faoliyatlar va tanlovlar yo'qligi: Ba'zan oʻquvchilar oʻzlari qiziqadigan yoki ularni rag'batlantiradigan faoliyatlarni maktabda topa olmaydilar. Bu esa ularning oʻqishdan qochishiga sabab boʻlishi mumkin.



O'qishning muhimligini va uning kelajakdagi muvaffaqiyat uchun zarurligini tushuntirish, shuningdek, darslarni qiziqarli va interaktiv tarzda o'tkazish, o'quvchilarni motivatsiya qilish uchun muhim qadamlar hisoblanadi.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

02 Jan, 05:55


Bu oʻyinni oʻynaganlar bormi?
Kommentda yozingchi. Shaxsan oʻzim juda koʻp qoʻllayman ☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

02 Jan, 05:54


Xayrli kunlar qadrli ustozlar . Dam olishlar yaxshi oʻtayaptimi.😊

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

02 Jan, 05:53


" Soʻzlar zanjiri " oʻyini

Har qanday fanda dars boshida "diqqatni jamlash " yoki dars oxirida ortib qolgan vaqtni samarali oʻtkazish uchun ishlatiladi .

Qanday oʻynaladi:

1⃣ Doskaga 8 yoki 10 ta oʻquvchi taklif qilinadi .


2⃣. Oʻqituvchi birinchi soʻzni aytadi , keyin oʻquvchilar navbatma-navbat davom ettiradi .

Masalan : Daftar - ruxsat-tashkilot va hk .

3⃣ Faqat oʻquvchilar koʻp oʻylamay tez-tez aytishlari kerak . Shunda oʻyin qiziqarliroq boʻladi . Aytolmagan oʻquvchi oʻyindan chiqadi va oxirida bitta oʻquvchi qolguncha davom
ettiriladi .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Dec, 03:28


Namunali oʻquvchilarimni shunaqa taqdirlamoqchiman ☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Dec, 03:09


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Dec, 03:08


Assalomu alaykum aziz ustozlar , qadrli kanaldoshlar . Kirib kelayotgan yangi 2025-yil mehribon Ollohim barchangizga baxt,omad,sogʻlik salomatlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar ato etsin . Keyingi yilda ham shu kanalda siz bilan gʻoyibona suhbatlashish nasib etsin . Kirib kelayotgan 2025-yil muborak boʻlsin ☺️☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Dec, 03:05


https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 16:57


Bilaman dam olish kunlari vaqt yoʻq yozishga ham ,oʻylshga ham 😁😁 . Vaqt topsangiz yozib qoʻyarsiz 😁

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 16:56


Shaxsan oʻzim

Jismoniy faoliyatlar,
Tinchlantiruvchi musiqa,
Xotira mashqi
Diqqatni jamlash uchun yuqoriroq tonda gapirish usullaridan foydalanaman .

Siz yana qanday sinfni tinchlantirish usullarini bilasiz ????

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 16:54


Chat GPT shunaqa takliflar berdi 😁😁. Shaxsiyda shovqinli sinfni tinchlantirish usullarni soʻrab yozishgan edi shu sababli bu postni joyladim ☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 16:52


Shovqinli sinfni qanday tinchlantirish mumkin???

Buning bir nechta usullari mavjud. Bu usullar talabalar va o'qituvchilar tomonidan sinfda tinchlik va tartibni saqlashga yordam beradi. Keling bu usullarni koʻrib chiqamiz:

1. Jismoniy faoliyatlar: O'qituvchi yoki sinf rahbari sinfni jim qilish uchun ba'zan qisqa vaqtli jismoniy mashqlarni bajarishni taklif qilishi mumkin. Masalan, o'quvchilarni o'z joylarida turib yoki qisqa yurish qilishga undash, ular tinchlanishiga yordam berishi mumkin.


2. Diqqatni jalb qilish: O'qituvchi sinfda muhim ma'ruzaga boshlashdan oldin talabalarining diqqatini jalb qilishi kerak. Buni qilish uchun yuqori ovoz bilan yoki qo'llarini ko'tarib xabar berish mumkin.


3. So'rovlar: O'qituvchi talabalarni so'rovlarga yoki kichik guruh muhokamalariga jalb qilish orqali ularga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin. Bu talabalarni faollikka undaydi.


4. Pozitiv mustahkamlash: O'qituvchi sinfdagi jimlikni saqlashni ta'minlash uchun yaxshi xulq-atvorni rag'batlantirish uchun mukofotlar yoki ijobiy feedbacklarni ishlatishi mumkin.


5. Sifatli tartib o'rnatish: O'qituvchi sinfda qoidalar va talablarni aniq belgilab, bu qoidalarga rioya qilinishi kerakligini tushuntirishi kerak. O'quvchilar bu qoidalarga amal qilgan holda sinfda tinchlikni saqlashga majbur bo'lishadi.


6. Tinchlantiruvchi musiqa: Ba'zi o'qituvchilar sinfda musiqani tinchlantiruvchi fon sifatida ishlatadilar. Bu o'quvchilarning ruhiy holatini yaxshilashga yordam beradi.


7. Vizual signalizatsiya: O'qituvchi sinfda jim bo'lishi uchun qo'lni ko'tarish yoki ma'lum bir rangli karta ko'rsatish kabi vizual signalizatsiyalarni ishlatishi mumkin.


8. Xotira o'yinl
ari: O'quvchilarni jim saqlash uchun ular bilan qisqa xotira o'yinlarini o'ynash yoki tezkor savollarni javoblashish orqali e'tiborini jalb qilish mumkin.



Bu usullarni birgalikda qo'llab, shovqinli sinfni jim qilish mumkin. Har bir sinfning o'ziga xos xususiyatlariga qarab, o'qituvchi eng samarali usulni tanlashi kerak.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 14:52


Bu shaxsiy metodlarimdan biri lekin bemalol kecha yozganimga qaramay kanallariga joylab qoʻyibdilar . Joylasa ham mayli ,ism familiya qani ????

Oʻzi ijod qilishni xohlamagan odam hech boʻlmasa qayerdan olganini belgilab ketsa nima boʻlarkan?

Man qizgʻanchiq emasman ,ammo bunaqa mensimay ,bemalol surbetlik qilishlariga qarshiman.

Bizni kanalda ham adashib kelgan maʼlumotlar boʻlgan ,ammo kanal egalari manga chiqishganida xoʻp boʻldi deb tushunganman va oʻzim ijod qilgan narsamni va oʻz fikrlarimni joylashga harakat qilaman . Lekin tanish baʼzi kanallar bemalol ularni pullaydi . Esiz ustoz degan nom 😔.

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 14:35


Mana shu postimizning "Yilning eng mashhur posti" deb tan olinibdi 😊

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 14:35


Истеъдодсиз бола бўлмайди, эътиборсиз ота-оналар бор, холос!

"Истеъдод" ижтимоий ролиги,
режиссёр Шокир Холиқов

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 14:33


2024 - yilni "Mahoratli pedagog" qanday oʻtkazdi ??

Rasmda qisqacha kanalimiz haqida statistikalar berilgan ☺️☺️

2024- yilda XIZMATINGIZDA boʻlganimizdan mamnunmiz va 2025-yilda yanada siz Aziz ustozlar uchun kerakli maʼlumotlar ulashishga tayyormiz ☺️☺️

https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 05:03


Siz qanday fikrdasiz ?
Vaqtingiz boʻlganda yozib qoldiring va albatta ❤️👍larni bosishni unutmang 😄

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Dec, 05:01


Kaizen metodini oʻquvchilarga ham singdirish kerak . Man doim oʻquvchilarmiga yodlashga nimadir bersam " Ustoz shuncha narsani qanday yodlaymiz " - deyishadi . Shunda aytaman bir kun bitta qismini ,yana bir kun bitta qismini va yana bir kun bitta qismini yodlanglar deb . Agar vaqt oraligʻi kam boʻlsa . Maʼlum vaqtni belgilab bir qismini ,yana bir vaqt belgilab keyingi qismini va yana bir vaqtda boshqa bir qismini yodlanglar . Faqat har bir qismini yaxshi yodlamaguningizcha boshqasiga oʻtmang deyman va natijada oxirida siz tekst,sheʼr yoki lugʻatlarni hammasini yodlagan boʻlasiz deyman va bu ularga yordam beradi.

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 12:14


Xayrli kech ustozlar . Kayfiyatlar aʼlomi 😍

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 12:14


Hozir deyarli hamma oʻqituvchilar shu holatda boʻlsa kerak ☺️☺️

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 02:39


Kanalimiz aʼzosi boʻlgan bir ustozimizdan ajoyib rolik tayyorlanibdi . Bugungi kunda bolalar tanlovi qanday ,foydalimi ,zararlimi . Bu videoni ota onalar majlisida ham qoʻyib berish mumkin . Bolalarini tanlovini koʻrib balki toʻgʻri xulosa qilishar .

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 02:37


💠💠Ким нимага нимага қизиқади!?💠💠


Бу машғулот ўқувчиларга нима беради!?
💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠
➡️ Ўқувчи ўз қизиқишларини аниқлай олиши
➡️ Тенгдошларини яқиндан
ўргана олади
➡️ Тўғри танлов қилишни, танловини қиёслай олишни

ММИБДЎ: У. Каримова

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 02:28


Ozarbayjon ekan bu 😁

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 02:23


Ota onalar guruhiga joʻnatib qoʻyamiz

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 02:23


Bolaga erta telefon olib bersa nima boʻladi

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 02:06


Xayrli tong ustozlar 😍😍

Bu tonggi kayfiyat uchun . Kuningiz aʼlo oʻtsin ☺️☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

25 Dec, 02:06


Turklarda ham taʼlim berish bizdek ekan shekilli 😁😁

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:38


Bu esa feysbukda 👆👆☺️☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:38


https://www.facebook.com/share/v/JSF8R2KNeSwXVpeo/

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:36


Instagramga joyladim bir kirib koʻrib oʻsha yerga ham ❤️ bosib, fikr yozib keling , yangi yilga sovgʻa sifatida 😅😅

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:35


https://www.instagram.com/reel/DD9nNW7oobX/?igsh=NXh6enR5MmhyaWM3

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:34


Mana bu xotira mashqini qoʻllab koʻrganlar bormi 🤩🤩 man bugun oʻquvchilarimda qoʻlladim . Ularga juda ham yoqdi . Boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilaringiz ham faol boʻlib qolisharkan 😄😄👍👍

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:24


Xayrli kech qadrli ustozjonlar . Hamma sogʻ omon ishlarni tugatib . Issiqqina choylarni ichib oʻtiribdimi ☺️☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:22


Mb biroz kattaroq ammo ochib koʻrishga arziydi ☺️👍👍👍

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 13:21


Quvnoq daqiqa

Iroda Rahimova ustozimizdan oʻquvchilar kayfiyatini koʻtaruvchi ajoyib rolik😍😍

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 02:48


Guruhimiz aʼzosi Nargiza opamizdan ajoyib metod ☺️☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 02:48


Direktor va zavuchning "radar" iga tushmay desangiz fotoradar metodini qoʻllang 😄😄😄

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Dec, 02:47


"FOTORADAR" METODI

FOTORADAR-yo'llarda haydovchilarning harakatlarini nazorat etyotgan moslama.
Fotoradar orqali yo'l harakat qoidalari buzilishi holati oldi olinadi.Shuningdek,haydovchilardan ehtiyotkorlimni talab qiladi.
Bu "Fotoradar" metodi ham o'quvchilardan hushyorlikni,sergaklikni talab qiladi.Ko'proq takrorlash darslarida foydalanish mumkin.

METOD BILAN TANISHAMIZ:

1⃣.Sinf o'quvchilarini 4 guruhga bo'lib olamiz. Har bir jamoa o'zlariga nom berish bilan birgalikda jamoa sardorlarini ham tanlashadilar.
Har bir jamoaning yutuği õqituvchi tomonidan rağbat kartochkalari bilan baholanib boriladi.

2⃣.Sinf o'quvchilaridan 2 nafar o'quvchiga o'tilgan mavzular yuzasidan savollar tuzib kelish topshirig'i beriladi.U ikkala o'quvchi aynan shu metod jarayonida darsning boshqaruvchisi hisoblanadi.

3⃣.Sinf o'quvchilari sinfdosh o'rtoqlari tomonidan tayyorlab kelingan savollarga javob berishadi.
Savollarga javob bergan o'quvchi 5 ballni qo'lga kiritadi.
Berilgan savollarga javob berolmagan o'quvchi esa fotoradarga tushgan hisoblanadi.Va albatta,jarima beriladi.

4⃣. JARIMA bu- o'qituvchi tomonidan o'tilgan mavzular asosida yengil savol va topshiriqlar beriladi .Bu savol va topshiriqlar turli xil rasm va shakllar bilan bezatilgan qog'oz ortiga yashiringan bo'ladi.
(gullar,mevalar,hayvonlar kabi rasmlar chizilgan bo'ladi)
2- 3 kun oldin o'quvchilarning o'zlariga bu topshiriqni berib ,bo'yoqlarni qanday ishlatishini yoxud qaysi gul,meva,hayvonni yaxshi ko'rishini bilib, bolalarning psixologik qarashlarini bilib olishimiz mumkin.

5⃣.Savol va topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin.
Masalan: 7- sinf adabiyot darsligi doirasida ko'rib chiqamiz.
1.Uvaysining chistonlaridan birini aytib bering.
2. "Oliy butunlik" she'rining muallifi kim?
3. E.S.Tomsonning "Lobo" hikoyasdagi Lobo qiyofasi sizning tasavburingizda .Tasviriy san' at orqali ifodalab bering.
Bu metod o'quvchilarda faollikdan tashqari o'ziga xos fikrlash ,samimiy muloqatga kirishish,o'zligini namoyish etish,umumiy fikrlash doirasini kengaytiradi.

SAMARQAND SHAHAR
64- UMUMIY O'RTA TA' LIM MAKTAB
ONA TILI VA ADABIYOT O'QITUVCHISI XOLMATOVA NARGIZA XIMMATOVNA

https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

04 Dec, 02:27


 “A4 formati” metodida qanday metod?

“A4 formati” metodi uchun bizga oddiygina A4 formatidagi 3 dona oq list kerak bo’ladi.

O’qituvchi darsga kirganidan so’ng o’tilganlarni takrorlash maqsadida o’quvchilarni 3 ta guruhga bo’ladi ( yaʼni 3 ta parta) va har bir guruhga bir dona A4 formatdagi listni beradi.

O’qituvchi metod shartlarini o’quvchilarga tushuntiradi. Bu metod sharti shundan iboratki, har bir guruh qatnashchisi o’tilgan mavzularga oid bir dona formula yoki bir dona ma’lumotni yozadi va 2 chi qatnashchiga beradi, ikkinchi qatnashchi ham shu tariqa davom etadi. Bunda har bir yozilgan ma’lumot qayta yozilmaslik sharti ham kiritiladi.

Qaysi guruh birinchi bu vazifani tez va takrorlanmas bajarsa shu guruh g’olib bo’ladi.

Bu metod orqali o’quvchilar nafaqat mavzuni takrorlaydilar, balki o’zlarining yodlaridan chiqgan ma’lumotlarni ham qayta eslash imkoniyatiga ega bo’ladilar.


Siz uchun eng yaxshilari faqat bizda . Bizni kuzatib boring :

Facebook /Telegram kanal /You tube/ Instagram

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

02 Dec, 03:20


📣📣📣"REKLAMA" METODI.
"Reklama (lotincha "reklamo" - qichqirmoq)- tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko'riladigan naf haqidagi axborot. Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va iste'molchilar didining shakllanishiga ta'sir kõrsatadi.
Bizning "REKLAMA " metodimiz sinfxona, dars imidjini yaratishda xizmat qiladi.
METOD HAQIDA TUSHUNCHA:🪐🪐
🎤🎤🎤XARAJATLARI:
Dars jarayonida ishtirok etayotgan õquvchilar uchun xarajat bu - aqliy dunyosining kengligi hamda kreativligi.
🥇🥈🥉DAROMADLARI: 🏆🏆🏆
Kreativ reklama ssenariylari va ğoyalari uchun jamoa õquvchilari rağbat kartochkalari hamda "ENG YAXSHI REKLAMA ĞOYACHILARI" nominatsiyasiga sazovor bõladi. " REKLAMA" metodi kubogi bilan taqdirlanadi.
Innovatsion ğoyalari orqali boshqa raqobatchilardan ajralib turadi, bu esa iste'molchilarni jalb qiladi.
🔷 Dars jarayonida kerakli ashyolar:
- rangli qalamlar ( flomaster) 🔑🔑
- vatman qoğoz ( plakat)
🔶 Bu "REKLAMA" metodi mustahkamlash dars jarayonida qõllaniladi.
🟪 Õqituvchi chorak davomida õtilgan mavzulardan bir qanchasini tanlab yashirin qoğozlar ortiga yozib qõyadi. Õqituvchi barcha jamoa sardorlariga jamoalaridagi eng ijodkor, kreativ fikrlaydigan, tasviriy san'at oshnoshi bõlgan õrtoqlaridan birini tanlab berishlarini sõraydi.
🟥 Guruhdan tanlab olingan õquvchilar uchun alohida joy hozirlanadi. Ular qoğoz ortiga yozilgan mavzu asosida reklama tayyorlaydilar. Tayyorlanayotgan reklama ishlari qaysi jamoa vakillari tomonidan tayyorlanayotganligi aytilmaydi.
- 15 daqiqa vaqt beriladi.
🟩 Õquvchilar tomonidan tayyor bõlgan barcha reklama ishlari navbat bilan jamoalarga taqdim etiladi. har bir jamoa a'zolari 4 ta ijodiy reklama ishlarini õrganadi va baholaydi. Eng kõp ovoz tõplagan, õziga xos ğoyalar ifodalangan reklama mavzusi õqituvchi tomonidan e'lon qilinadi.
🟥 Har bir jamoa a'zolari asar mavzusi yuzasidan tayyorlangan reklama ishlarini sharhlab beradi.
🟨 Reklama asosida eng yaxshi yoritib berilgan mavzu bugungi darsning mavzusi hisoblanadi. Dars jarayoni shu mavzu yuzasidan olib boriladi.
MASALAN: 🔔🔔🔔
P.QODIROV "YULDUZLI TUNLAR" asari yuzasidan tayyorlangan reklama ishi.
REKLAMA XIZMATI:📣📣📣
🔴 Siz Z.M.Bobur haqida qiziqarli ma'lumotga ega bo'lmoqchimisiz? Unda P.Qodirov "Yulduzli tunlar" asarini õqing. Asar Bobur hayotiga bağishlangan bõlib, uning taxtga õtirganidan to vafot etganiga qadar bõlgan barcha janglari, qahramonliklari, yuritgan siyosati haqida tõliq ma'lumot beradi.
🟠 Asar yuzasidan individual savol-javoblar jonli tarzda õtkaziladi.
🟡 Asar yuzasidan qõllanmalar va testlar taqdim etiladi.
🟢 Asar ijodiy salohiyatingizni õstiradi. Nutqingizni rivojlantiradi.
🔵 Darslikda asardan berilgan parchani mukammal tarzda tõliq õqing. Ushbu reklamani 5 nafar dõstlaringizga yuboring. Biz sovğa tariqasida 50 ming sõm qiymatidagi P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarini taqdim etamiz .
🔺🔻🔸🔹🔺🔻🔸🔹
Bu metod õquvchilarning tõğri qaror qabul qilishiga,  kreativ fikrlashiga undaydi. Tafakkurini rivojlantiradi. Õquvchilarni õz ustida ishlashga da'vat etadi.
🖍🖌🖌🖌🖌🖌🖌🖍
Shuningdek bu metod tasviriy san'at,iqtisod,tarix,ona tili fanlari bilan fanlararo integratsiyani yuzaga keltiradi.

SAMARQAND SHAHAR
64- UMUMIY O'RTA TA' LIM MAKTAB
ONA TILI VA ADABIYOT FANI O'QITUVCHISI XOLMATOVA NARGIZA XIMMATOVNA

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

02 Dec, 03:19


''​​Agar kelajakka tayyorlanmoqchi boʻlsangiz, kechagi oʻquv metodlaridan voz keching: koʻr-koʻrona yodlab olishga urinmang — kompyuter baribir koʻproq narsani eslab qoladi. Tezroq hisoblashga urinmang — siz uchun buni kompyuter amalga oshiradi. Masalaga kreativ va konstruktiv nuqtadan yondashishni oʻrganing.''

✍️Jek Ma

Xayrli tong qadrli USTOZLAR !!!

Siz uchun eng yaxshilari faqat bizda . Bizni kuzatib boring :

Facebook /Telegram kanal /You tube/ Instagram

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

02 Dec, 03:14


Cup Challenge

Yangi yil yaqin . Shu kabi oʻyinlarning ayni vaqti .

Lekin man bolalarni kayfiyatini koʻtarish uchun yaqin kunlarda sinab koʻrmoqchiman .

Sizchi ☺️

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

02 Dec, 03:14


Cup Challenge

Yangi yil yaqin . Shu kabi oʻyinlarning ayni vaqti  .

Lekin man bolalarni kayfiyatini koʻtarish uchun yaqin kunlarda sinab koʻrmoqchiman .

Sizchi ☺️

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

01 Dec, 03:40


Xoʻoʻoʻoʻoʻoʻsh.... Bugun Yakshanba . Qani dam olishni boshladik . Xuddi rasmda koʻrsatilgandek dam olmasangiz hisob emas 😁😉😉

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

01 Dec, 03:30


​​"TURING YOKI OʻTIRING" oʻyini

Tayyorgarlik: Bu oʻyindan foydalanishning koʻplab usullari. Bu o'yinni darsning ikkinchi qismida, ya'ni oʻquvchilar uzoq vaqt joyida qolib ketganida foydalanish ma'qul. Siz tik turish uchun bitta javobni, keyin esa o'tirish uchun mos kelmaydigan har qanday javobni olishingiz mumkin. Siz faqat ikkita toifani tanlashingiz kerak.

Qanday o'ynash kerak:

Misol uchun tarixdan Ikki xil mavzu haqida gaplar aytishingiz mumkin? Agar fakt Qoraxoniylar haqida bo'lsa, turing.
Agar gap Somoniylar haqida bo'lsa, o'tiring.

Biologiyadan Agar bir yillik oʻsimliklar haqida gap boʻlsa, turing. Agar koʻp yillik haqida boʻlsa, o'tiring.

Ona tilidan sodda gap bo'lsa, turing. Agar qoʻshma gap bo'lsa, o'tiring.

📌 Va shu tariqa hamma fandan qoʻllash mumkin

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

01 Dec, 03:08


Salom men kutgan , bolaligimni yodga soluvchi ertaknamo qish fasli 😍😍😍

Siz ham qish kelsa , bolaligingizni eslaysizmi ?

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

29 Nov, 07:18


Qattiqoʻl oʻqituvchilar kerakmi ???

"Gapirmasak boʻlmaydi" tok shousida yaxshi mavzu koʻtarilibdi . Ammo faqat gapirish ish berarmikan . Ancha vaqtni boy berdik orada.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

29 Nov, 04:58


Aytaylik siz adabiyot fani oʻqituvchisisiz va bugun " Zulfiyaning ijodi" ni oʻtayapsiz. Imkoni boricha kitoblarni va daftarlarni terib olsangiz yaxshiroq boʻladi lekin boʻsh oʻzlashtiruvchi sinflarda emas. Oʻquvchilar bittadan oq list yoki varaq olishadi va Zulfiya haqida bilganlarini yozib ketaverishadi agar maʼlumot topolmay qolishsa mavzuga oid nimadir chizishlari ham mumkin. Masalan gullagan daraxtni bu Zulfiya sheʼrlariga xos . Muhimi toʻxtab qolmaslik . Siz oldindan vaqt belgilaysiz . Aytaylik 7 yoki 10 daqiqa va vaqt tugagach varoqlarni terib olib fikrlarni muhokama qilishingiz mumkin.
Buni sinfni 3 yoki 4 guruhlarga boʻlgan holda ham bajarishingiz mumkin.

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

29 Nov, 04:49


"Klaster" metodining muhim jihatlari

1. Mavzu doirasida nimani oʻylagan boʻlsangiz yozing ;

2. Yozuvning orfografiyasi yoki boshqa jihatlari muhim emas ;

3. Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishdan toʻxtamaslik kerak . Agar fikr kelmay qolsa yozish oʻrniga chizishingiz ham mumkin.

4. Berilgan mavzu doirasida imkoni boricha koʻproq yangi gʻoyalar yozing va mazkur gʻoyalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aytib bering .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

29 Nov, 04:36


"Ta’lim pulni talab qiladi. Jaholat ham. "

Ser Klaus Mozer

Farzandingiz uchun 👆👆qaysi birini tanlash oʻzingizga bogʻliq .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

28 Nov, 04:53


Miyalarimizni charxlaymiz !!!

Dars boshida yoki soʻngida qoʻllashingiz mumkin .

Baʼzan yuqori sinf oʻquvchilari bu mashqlar juda oson "detskiy" deb hisoblashadi . Oʻquvchilarni 6 yoki 7 tasini doskaga taklif eting va mashqni bajartiring . Adashib ketgan oʻquvchi oʻyindan chiqadi va oxirida qolgan oʻquvchi gʻolib boʻladi . Endi bu ularni qiziqtirib qoʻyishi aniq 😉

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

27 Nov, 15:29


Kechgi tabassum 😄😄

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

26 Nov, 04:41


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

26 Nov, 04:41


Ushbu oʻyin faqatgina yosh bolalar uchun deb oʻylaysizmi ???

Men esa uni hamma fanlarga moslashtirish mumkin boʻlgan va barcha yoshdagi oʻquvchilar uchun qiziqarli oʻyin sifatida tasavvur qilayapman ☺️☺️☺️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

26 Nov, 04:41


Demak qanday qilib bu oʻyinni fanlarga moslashtirish mumkin .

Bu oʻyinni asosan takrorlash darslarida qoʻllansa yanada qiziq boʻladi .

Qanday oʻynladi :

1. Quti ichiga siz koptokchalar emas biror bir mavzuni
nomi yozilgan kartochkalarni qoʻyasiz .

Masalan : Adabiyot fani boʻlsa , kartochkalarga oʻtilgan mavzulardan shoirlar yoki yozuvchilarni ismlarini yozib chiqasiz .

1. Abdulla Oripov
2. Abdulla Qahhor
3. Zulfiya
4. Usmon Nosir
5. .......

Shu tariqa 10 tagacha yozishingiz mumkin.

2. Oʻquvchilar kartochkalarni olib orqa tomoniga berilgan mavzu haqida bitta va qisqa maʼlumot yozishadi .

Masalan : Zulfiya deb yozilgan kartochka tushdi . Demak oʻquvchilar

shoira , Toshkent , Oʻgʻlim sira boʻlmaydi urush , 1915 , 1- mart va hokazo .

Bu yerda demak hamma yozuvlar qisqa berilgan Toshkent demak tugʻilgan joyi , 1- mart tugʻilgan kuni , sheʼr nomi shu tarzda qisqa javob yoziladi .

3. Agar mavzu doirasida biror bir oʻquvchi yoza olmasa toʻxtab qolinmaydi va keyingi oʻquvchiga uzatiladi . Oxirida har bir mavzu boʻyicha yozilgan har bir toʻgʻri javob uchun bir balldan beriladi . Birinchi boʻlib tugatgan jamoaga qoʻshimcha ikki ball taqdim etiladi .

Bu oʻyin oʻquvchilar uchun juda qiziq va foydali boʻladi .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

26 Nov, 04:38


Sinf soati vaqtida bir qoʻllab koʻrmaymizmi ? Nima deysizlar ???

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

26 Nov, 04:38


Bu millat vakillari odamni hayron qoldirishda davom etaveradi .

Maktabda hayotga tayyorlash musobaqalari boʻlmoqda.

Bizda ham ogʻzaki ,nazariy darslar boʻlishi mumkin . Ammo amalda qoʻllash yanada yaxshi natija beradi 👍👍👍

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

26 Nov, 04:35


Biroz tanaffusdan keyin yana sizlar bilan birgamiz ☺️😍

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

26 Nov, 04:35


Assalomu alaykum qadrli kanaldoshlar . Xayrli kunlar 😍😍😍😍😍

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

17 Nov, 03:29


Kanalimiz aʼzolaridan . Metodlarimizdan foydalanilgan videolar.

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

17 Nov, 03:28


Shu kanaldan metodlar òrganib ochiq dars òtgandim metodlar uchun rahmat kattakon

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

16 Nov, 02:39


Tanishing : "5 BARMOQ" metodi
Har bir darsda butun sinf o'quvchilarini baholash qiyin, ammo bu metod yordamida ularni qisqa vaqt ichida baholay olasiz.
Afzalliklari: Bu metoddan istalgan fandan foydalanish mumkin.


Har bir o'quvchiga barmoqlarga beshta savol yozilgan kaft shabloni tarqatiladi.
1.Kaft shabloni tagiga o'quvchilar o'z ismini yozadilar.
2. O'quvchilar savollarga javoblarini yozadilar. Joy yetmasa qog'ozning orqa tarafiga yoziladi.

3. Javoblar yozib bo'lingach, tekshirish maqsadida shablonlar partadoshlar aro almashinadi.

4.O'qituvchi ketma-ket javoblarni e'lon qiladi.
Talab:
Xato yozilgan javobli barmoq buklanishi kerak.
Shablonlar egasiga qaytariladi va har bir o'quvchi "kaftlarni" ko'rsatib necha baho olganlarini bilib oladilar.
Bu qiziq va vaqtni tejaydi.
Yoqqan bo'lsa, darslaringizda foydalansangiz, duo qilishni unutmang.

Toshkent viloyati Qibray tumani 2-sonli IDUM boshlang'ich sinf o'qituvchisi RAXIMOVA IRODAXON tayyorladi.
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

12 Nov, 05:44


Piramida metodi

Bu metodni dars jarayonida qòllashdan oldin sinf òquvchilari guruhlarga bòlib olinadi hamda qattiq rangli qoģozlar muntazam uchburchak shaklida qirqib olinadi.
1. Sinf òquvchilarini 5-6 guruhga bolib olinadi.Jamoalardagi soni 6tadan oshmasligi kerak.
2.Òqituvchi tomonidan tayyorlangan muntazam uchburchaklarning hamma tomoniga misol yoziladi jabobi esa boshqa uchburchak tomoniga yoziladi.
3.Jamoalar tayyorlab kelgan uchburchaklardan piramida yiģishadi.
Masalan:bir uchburchak tomonida misol ikkinchisida javobi yoziladi.
4.Shartni bajarish uchun 10daqiqa vaqt belgilang va belgilangan vaqt tugagach piramida tòģri teliganini tekshirib chiqing.
5.G‘olib jamoa raģbatlantiriladi

Bu metod òtilgan mavzularni mustahkamlashga hamda ayniqsa rus tili,ingliz tili fanlarida luģat yod olish uchun juda samara beradi

Jizzax viloyati "Temuri izdoshlari"NTM Zomin filiali matematika fani o‘qituvchisi Abdushukurova Anora

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

11 Nov, 15:23


Bogʻchalar oʻrtasidagi bu farqni koʻrib yaqinda Xitoydan butunlay oldinga oʻtib ketishimizga umid qilib turibman faqat ...

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

08 Nov, 03:40


Berilayotgan metodlarni qoʻllab koʻrayapsizmi . Natijalar haqida kommentariyaga yozib qoʻysangiz boshqa ustozlarimizga ham motivatsiya boʻlarmidi ☺️☺️

KOMMENTARIYA YOZAMIZ 😉😉

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

08 Nov, 03:38


Assalomu alaykum Xayrli tong . Xayrli Jumalar qadrdon ustozlar

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

08 Nov, 03:37


Qarmoq metodi orqali dars o‘tish

Birinchi bo‘lib, darsga kirganingizda o‘quvchilarga biror qiziq bo‘lgan mavzuda gap oching. So‘ngra dars oxirida sizlarga ajoyib jumboqli savol beraman deb ayting.
Bu nima uchun kerak? Bunday oddiy savol sizga g‘alati tuyulishi mumkin, ammo hech shunaqa qilib ko‘rganmisiz? Bu metod oddiy tuyulsada, o‘quvchilarning psixalogiyasiga juda katta ta’sir o‘tkazadi.
O‘quvchilar dars boshlanishidayoq o‘qituvchiga diqqat e’tiborini qaratishadi. Bu esa sizga dars davomida juda ham qo‘l keladi.

Endi esa asosiy Qarmoq metodini ko‘rib chiqamiz

Yuqorida aytganimizdek o‘quvchilar dars tugashida darsning tugashidan xursand bo‘lishadi,bu muammoni aynan qarmoq metodi orqali hal etasiz.
Dars tugashida siz o‘quvchilarga har darsda bitta o‘ta qiziqarli jumboqli va mantiqli savol berish bilan darsingizni tugating. O‘quvchilar o‘rtasida jamoaviy muhitda o‘zining aqilli ekanligini ko‘rsatish instenti birdaniga qo‘zg‘aladi.
Vosita esa o‘qituvchidir. O‘quvchi savolni javobini aytish orqali o‘zini sinfda obro' jihatdan yangilashga kirishadi. Savol javobini esa keyingi dars boshlanishida aytishingizni ayting.
Demak har dars tugashida siz o‘quvchilarga mantiqiy savol berasiz, keyingi dars boshlanishida esa javobini aytasiz. Bu uslubni albatta qo‘llab ko‘ring. Natijasini ko‘rib o‘zingiz ham hayratlanasiz.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

07 Nov, 03:44


Avtofokus metodi

Ushbu metodni qo'llashda sizga qizil va sariq rangdagi kartochka kerak bo'ladi. Sinfdagi o'quvchilarning har biriga ushbu kartochkalarni tarqatib chiqasiz. Albatta, buni dars boshida amalga oshirasiz.
So‘ngra dars mobaynida to‘satdan savol berib qolasiz, demak savollar quyidagicha:
qizil kartochkasi borlar o‘rnidan tursin va mavzu yuzasidan biror savolni turgan o‘quvchilardan istalgan biriga berasiz. Javob topa olishsa, ushbu kartochkasi bor guruhga bir ball qo‘shib qo‘yasiz.
Keyin yana to'satdan sariq kartochkasi borlar o‘rnidan tursin deysiz va yuqoridagi kabi, sariq kartochkasi bor o'quvchilarga mavzu yuzasidan savol berasiz. Shu daraja darsning so'ngigacha bir necha marta shunday usulni qo'llaysiz.
Natijada dars mobaynida barcha o‘quvchilar hushyorlikda bo‘lishadi. Bu usul o‘quvchilarni harakatga keltirish ya’ni o‘rinlaridan turish jarayonida darsga bo‘lgan qiziqish signallarini orttiradi.
Qolaversa, istalgan o‘quvchiga beriluvchi savollar barchani mavzu yuzasidan diqqat bilan eshitishga majbur qiladi. Bu jarayonda bellashuv ham ketmoqda! O‘quvchilar o‘zaro bellashish orqali ixtiyoriy darsga diqqatlarini qaratishadi.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

06 Nov, 05:34


ТАРБИЯ

Қадимда уч паҳлавон ораларида ким тарбия беришда илғорлигини аниқламоқчи бўлишибди. Учаласи ҳам биттадан шогирдларини чақиришибди. Ҳар бир шогирд ўз устозига тош отиб, бу санъатни қанчалар ўзлаштирганини намойиш этиши керак экан. Биринчи паҳлавон шогирди отган тошларга эпчиллик билан чап берибди. Иккинчи паҳлавон отилган тошларни усталик билан шогирдига қайтарибди. Учинчи паҳлавоннинг шогирди қанча мажбурлашмасин, устозига тош отишдан бош тортибди. Холис ҳакамлар шу учинчи устоз-шогирдни ғолиб деб топишибди. Қолган икки паҳлавон норози бўлишибди:
- Ахир, улар тош отиш санъатини кўрсатиб беришмади-ку!
- Тўғри, - дебди ҳакам. - Лекин у шогирдини устозига тош отмайдиган қилиб тарбиялабди…

P.S.: Маънавий тарбия ҳар қандай тарбиядан доимо устундир!
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

05 Nov, 03:41


Bu metodni barcha fanlarga moslashtirsa bo‘ladi. Biz hozir ingliz tili fanida lug‘at boyligini oshirish misolida ko‘rib chiqamiz

💁‍♀️ Bizga kerak: stullar musiqa va fleshkard (harf yozilgan kartochka).

🎲 Stul tagida fleshkardla bo‘ladi. Musiqa to‘xtagan payt stulga o‘tirgan birinchi bola stul tagidan flesh kardni olib ostiga yozilgan harfga so‘z aytadi. Aytolmasa qaytib joyiga qoyadi. Eng ko‘p fleshkard yig‘gan yutadi.

Boshqa fandan qo‘llash uchun shu mavzuga fanga doir ishlatiladigan so‘zlarni aytishlar yoki lug‘at o‘rniga maʼlumot aytish, gap aytish qilsa ham  bo‘ladi.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

04 Nov, 15:44


Xayrli kech Mahoratli pedagog kanalimizning qadrli obunachilari . Barchangizga samimiy tilaklar uchun kattakon rahmat aytaman . Sizlar bilan hali koʻp bor tugʻilgan kunlarni birga nishonlab ,birgalikda uzoq yillar ushbu kanalda onlayn boʻlsada hamkasb ,hamfikr boʻlishlik nasib qilishini Yaratgandan soʻrab qolaman .Barchaga kattakon rahmat 😍😍😍

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

04 Nov, 01:52


Бугун каналимизнинг бош админи,шогирдларининг ижодкор, зеҳнли устози, севикли ёр, оқила ва меҳрибон она, жонкуяр ва истеъдодли,чинакам маҳоратли педагог @Gulbonu8904 Гулбону сингилжонимнинг шукрона куни! Мехрибонимни шукрона куни билан чин дилдан табриклайман! Илохим умри узун,доимо соғ саломат бўлсин 🙏 Фарзандларининг камолини, рохатини рохатда кўриб, доимо элда азиз бўлиб, бахтлилар қаторида бахтли бўлиб юришини яратгандан сўрайман!🙏 Аллоҳим ўзи икки дунё саодатини ёр қилсин 🙏😘💐

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

03 Nov, 17:09


Öylar edim döstlarim bor dil choğ
etar
Yölimdagi choxlarimdan ogoh etar
Yo rab bugun bu öyinda özib chiqdim
Döstim tashlab ketgan choxdan özim chiqdim....

Xayrli tunlar ...

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Oct, 16:43


Nega bugungi bolalar juda sabrsiz va asabiy ?

Bugungi bolalarning sabrsiz va asabiy bo‘lishining bir qancha omillar sabab boʻladi . Ba'zilarini quyidagicha keltirish mumkin:

1. Texnologiya ta’siri: Tezkor axborot texnologiyalari (telefon, planshet, televizor) sababli bolalar hamma narsani tezda olishga o‘rganib qolishadi. Bu esa kutish va sabr qilish qobiliyatini susaytiradi.


2. Haddan tashqari ko‘p qiziqarli narsalar mavjudligi: Hozirda bolalar turli o‘yinlar, dasturlar va mashg‘ulotlarga osonlik bilan ega bo‘lishlari mumkin. Shu sababli, ularni yangi narsalar hayratlantirmay qoʻyadi va yangi narsalarga nisbatan tezda qiziqishlarini yo‘qotishadi.


3. Aqlan va jismonan bandlik: Ko‘plab bolalar juda band hayot kechirishadi – maktab, qo‘shimcha darslar, to‘garaklar va boshqa mashg‘ulotlar. Bu bandlik ularda ruhiy charchoq va asabiylikni kuchaytiradi.


4. Ota-onalar bilan muloqot yetishmasligi: Ba’zan ota-onalarning bandligi tufayli bolalar ularning qo‘llab-quvvatlashlari va tinglashlariga muhtoj bo‘lishadi. Bu esa ularning hissiy holatini izdan chiqaradi.


5. Tashqi muhit ta’siri: kundalik shovqin, raqobat va boshqa tashqi omillar bolalarda ichki asabiylikni oshirishi mumkin.


Yechim :

Bunday holatlarni yaxshilash uchun, bolalarga

gadjetlar yaʼni planshet ,telefonlarni juda kam hollarda berish,

tabiatga ko‘proq chiqish

oilaviy muloqotni kuchaytirish yordam berishi mumkin.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Oct, 02:43


" Quvnoq daqiqalar " deb nomlaymiz bu oʻyinni .

Oʻquvchilar gilam oʻrniga stulchalarda oʻtirishadi .

Va oraliq masofa biroz kengroq boʻladi oʻtirishga qulay boʻlishi uchun
.

Vaqtida stulga oʻtirolmagan oʻquvchi oldindan kartochkalarga yozib qoʼyilgan savolga javob beradi . Agar savolga javob bera olmasa oʻyinni tark etadi .

Chorak oxirida takrorlash mavzulari uchun juda mos keladi .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Oct, 02:33


HOT SEAT-ISSIQ OʻRINDIQ

Bu mening o'quvchilarimning sevimli o'yinlaridan biri va men ulardan nima o'ynashni xohlashlarini so'raganimda har doim ro'yxatning boshida turadi.

QANDAY O'YNALADI:


Sinfni 2 jamoaga bo'ling, agar oʻquvchilaringiz soni koʻp bo'lsa, undan ko'proq guruhlarga ajrating.


Har bir jamoadan bir kishini issiq o'rindiqda, orqasi doska tomonga oʻzi esa oʻquvchilarga qarab oʻtirishini tayinlang.
Doskaga bir so'z yozing. Issiq o'rindiqda o'tirgan talabaning jamoa a'zolaridan har biri,navbatma navbat oʻrindiqda oʻtirgan oʻquvchiga so'zni ta'riflash orqali taxmin qilishga yordam berishi kerak. Ular so'zni aytmasliklari, talaffuz qilmasliklari yoki chizib koʻrsatmasliklari kerak.Faqatgina taʼriflashlari kerak.


Keling adabiyot darsidan misol keltiraman.

Siz doskaga Abdulla Qahhor deb yozasiz, ammo oʻrindiqda oʻtirgan oʻquvchi uni koʻrmasligi kerak yaʼni doskaga qarash mumkin emas.
Uning jamoadoshlari esa navbatma navbat Abdulla Qahhor haqida maʼlumotlar aytishadi.

Masalan: 1- oʻquvchi U Fargʻonada tugʻilgan.
2-oʻquvchi Uning bolaligi Qoʻqon shahri atrofidagi qishloqlardan birida oʻtgan

va hokazo shunday davom etadi.

Agar issiq o'rindiqda oʻtirgan oʻquvchi barcha jamoadoshlari tagʻriflaguncha ham javobni topa olmasa jamoa 0 ball oladi. Agar topa olsa 1 ball qoʻyiladi. Va keyingi jamoadan bir oʻquvchi taklif qilinadi. Oʻyin shu tariqa davom etadi.


https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Oct, 02:33


" ENG YAXSHI MUXBIR " METODI

Kerak boʻladi:

ramziy mikrofon ;

ikkita beyjik .

Ularni qo‘lda yasash ham mumkin. Ularga istalgan telekanal yoki ko‘rsatuv nomini yozib qo‘ying.


Bir yoki ikki o‘quvchi muxbir etib tayinlanadi. Ularga bugungi dars mavzusiga mos savollar yozib beriladi. “Muxbirlar” o‘quvchilarga mikrofon tutib, savollarga javob oladi. Bolalardan to‘g‘ri javob bilan birga, chiroyli va ra­von so‘zlash talab qilinadi. Muxbir o‘quvchilar ham suxandonlik mahoratiga rioya qiladilar. Muxbirlikka erishish uchun o‘quvchilar o‘z ustilarida ko‘p ishlaydi. Oynaga qarab adabiy tilda chiroyli gapi­rishni mashq qiladilar. Shuning­dek, barcha o‘quvchilarda savolga to‘g‘ri javob be­rish maqsadida mavzuni chuqur o‘rganish va bilganlarini tushunarli, ra­von so‘zlab berishga intilish ortadi. Hatto darsda umuman qatnashmaydigan, tortinchoq o‘quvchi ham uyda oyna qarshisida o‘zini muxbirdek his qilib darsga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

31 Oct, 02:20


Tinch qoʻyishmas ekandaaa 😁😁

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Oct, 05:08


Categories -" Ustunchalar " oʻyini

Oʻquvchilaringizga daftar varagʻiga 5 yoki 7 ta Ustunchalar chizishlarini aytasiz .

Ustunchalar boshida esa mavzular nomi boʻladi .

Siz bergan harflarga moslab oʻquvchilar ustunchalarni toʻldirishi kerak boʻladi .

Masalan : Ona tili darsi T harfiga bilan ustunchalarni toʻldirish kerak

1. Ot : Tol
2. Sifat : Tinch
3. Feʼl: Toʻxtamoq
4. Son : Toʻrt

Shu tariqa boshqa harflar bilan ham oʻyinni davom ettirish mumkin .

Biroz murakkabroq fanlarda bitta ustuncha oʻsha fanga oid biror atama va boshqa Ustunchalar esa boshqa qiziqarliroq mavzudan boʻlishi mumkin .

Masalan kimyo fanida quyidagi tarzda tuzish mumkin.

1. Kimyo : Temir elementi
2. Shahar nomi : Toshkent
3. Hayvon : Toshbaqa
4. Ovqat nomi : Tabaka yaʼni tovuq 😄

Ushbu oʻyinni doskada , oʻquvchilarni ikki jamoaga boʻlib ham tashkil qilish mumkin.

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Oct, 05:07


“USTUNCHALAR” o’yini:

📚📚 Barcha oʻqituvchilar biladigan, barcha oʼquvchilar esa sevib oʻynaydigan oʻyin


#retrometodlar

Yaqin o’tgan mavzularni qayta xotirlash va mustahkamlash, chaqqonlik va tez fikrlay olish qobiliyatlarini tez o’stirish uchun ayni qo’l keluvchi o’yindir.

1⃣ O’quvchilar daftar varog’ini istagingizga qarab 3, 4 yoki 5 ta ustunchaga bo’lishadi. Ustunchalar boshiga mavzu nomi yoziladi.

2⃣ Har bir ustunchaga belgilashingizga qarab 5 tadan yoki yettidadan mavzuga oid atama yozish kerak bo’ladi.

3⃣ Birinchi bo’lib bo’lgan o’quvchini yozuv taxtasiga taklif qilasiz. Ular barchasini to’gri va bexato bajarishgan bo’lsa qo’shimcha baho bilan siylashingiz mumkin.

https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

30 Oct, 04:36


Siz qaysi fan oʻqituvchisisiz 😄😄

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

29 Oct, 06:11


KERAKLI SOʻZNI TOP


USHBU METOD ORQALI SIZ O'QUVCHINGIZNI FANGA BO'LGAN QIZIQISHNI OSHIRISHINGIZ VA DIQQATINI JAMLAY OLISHGA YORDAM BERASIZ.


TURLI HARFLARDAN TUZILGAN AMMO MA'NO ANGLATMAYDIGAN HARFLAR BIRIKMASINI HOSIL QILASIZ VA SHU HARFLAR BIRIKMASINING ORASIDA MAVZUNGIZGA OID KALIT SOʻZNI YOZIB QO'YASIZ VA O'QUVCHILAR DIQQATINI JAMLANGAN HOLDA KALIT SOʻZNI TOPA OLISHI KERAK BO'LADI.

HAR QANDAY FAN OʻQITUVCHISI HAM USHBU METODDAN UNUMLI FOYDALANA OLADI VA FANIGA MOSLASHTIRA OLADI


MASALAN: TARIX FANI

BUXORO XONLIGI MAVZUSIGA OID SOʻZNI TOPING

Adxfgghbbklllghjkuyrddgjbccffvbkutfdeamirtjkkvxdzcjjiikolimxondssghjlnbhhklnnnmlgʻgʻgʻddcghyukbbmgʻppkjgthhvbllhgcc

BU YERDA DIQQAT BILAN QARALSA AMIR OLIMXON DEGAN KALIT SOʻZNI TOPISH MUMKIN.


Navoiy viloyati Karmana tumani 14-maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Shodiyeva Gulbonu


https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

29 Oct, 06:04


Milliy ingliz tili 😁😁

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

28 Oct, 02:50


Agar sinfda turli darajadagi oʻquvchilar boʻlsa, oʻqituvchi quyidagi usullar orqali sinfni samarali boshqarishi mumkin:

1. Differensial yondashuv: Darsda materiallarni o‘zlashtirish darajasiga qarab mos ravishda guruhlarga bo‘lingan topshiriqlar bering. Masalan, o‘quvchilarni kuchli va yordamga muhtoj guruhlarga ajratib, ularning bilimiga mos topshiriqlar tayyorlang.


2. O‘zaro o‘rgatish: Kuchli oʻquvchilarga yordamga muhtoj o‘quvchilarga murabbiylik qilishni tavsiya qiling. Bu, nafaqat yordamga muhtoj oʻquvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, balki kuchli oʻquvchilarning bilimlarini ham mustahkamlaydi.


3. Motivatsiyani oshirish: Har bir o‘quvchining muvaffaqiyatini ta’kidlab, ular uchun motivatsiya yarating. Harakatni qadrlash va kichik yutuqlarni rag'batlantirish sinfdagi ishtiyoqni oshiradi.


4. O‘quv jarayonini qiziqarli qilish: Interaktiv o‘yinlar, guruh bo‘lib yechiladigan vazifalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quv jarayonini qiziqarli va tushunarli qiling. Bu barcha o‘quvchilarni darsga jalb qilishda yordam beradi.


5. Qo‘shimcha yordam: O‘zlashtirishi past o‘quvchilarga darsdan so‘ng yoki tanaffus vaqtida qo‘shimcha yordam ko‘rsating, kerak bo‘lsa, ularga maxsus qo‘llanmalar yoki resurslar bilan ta’minlang.



Bu usullar orqali sinfdagi barcha oʻquvchilarning ehtiyojlarini qondirib, o‘quv jarayonini samarali va balansli qilishingiz mumkin.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

28 Oct, 02:43


Boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan ishlashda bir nechta samarali usullar mavjud. Mana ulardan baʼzilari:

1. Individuallashtirilgan yondashuv: Har bir oʻquvchining o‘ziga xos oʻzlashtirish qobiliyati va qiziqishlari bor. Ular bilan yakka tartibda ishlash yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish, o‘quv materialini osonlashtirish yoki sekinlashtirish foydali boʻlishi mumkin.


2. Rag‘batlantirish:
Qiyinchilikka duch kelayotgan oʻquvchilarga motivatsiya berish, ularni kichik yutuqlari uchun ham rag‘batlantirish muhim. Ragʻbatlantirish, ular o‘zlariga ishonch hosil qilishiga yordam beradi va yanada faol bo‘lishlariga turtki beradi.


3. Qiziqishlarini inobatga olish:
Agar oʻquvchi uchun mavzu qiziqarli bo‘lsa, oʻrganish osonlashadi. Shu sababli, oʻquvchining sevimli mashg‘ulotlari va qiziqishlari bilan bog‘liq misollar, mashqlar yoki loyihalar orqali darsni qiziqarli qilishga harakat qiling.


4. Oddiy va tushunarli tushuntirish: Murakkab mavzularni iloji boricha oddiyroq va hayotiy misollar bilan tushuntirish kerak. Bu tushunishni osonlashtiradi va oʻquvchilar oʻzlarini darsda qulay his qilishadi.


5. Davriy nazorat va fikr-mulohaza: Boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan ishlaganda ularning taraqqiyotini muntazam kuzatib borish va ularga fikr-mulohaza berish zarur. Shu yo‘l bilan ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va kerakli yordam koʻrsatish mumkin.


6. Texnologiyalardan foydalanish: Interaktiv darslar va oʻquv ilovalari orqali oʻquv materiallarini qiziqarli va oson oʻzlashtirishga yordam beradi. Shu kabi resurslar oʻquvchilarni dars jarayoniga qiziqtiradi va oʻrganishni osonlashtiradi.



Bu usullar orqali boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan samarali ishlash va ularning bilimlarini yaxshilash mumkin.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Oct, 02:41


Bugun bu usullarning qaysi biridan foydalanmoqchi siz??

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Oct, 02:40


Darslarni qanday samarali tashkil etish mumkin :

1. Ko‘rgazmali vositalar: Vizual usullar, slaydlar, rasmlar va diagrammalardan foydalanish ularning e'tiborini jalb qiladi.


2. Interaktiv metodlar: O'quvchilarni faol qatnashishga undaydigan metodlardan foydalaning (masalan, guruhlarda ishlash, muhokamalar).


3. Qiziqarli materiallar: Darslarni hayotiy misollar bilan boyitib, o'quvchilar uchun dolzarb va qiziqarli mavzularni tanlang.


4. O‘yin va raqobat elementlari: O'yinlar, testlar va raqobat orqali motivatsiyani oshiring.


5. Qisqa va aniq ko‘rsatmalar: Darsning asosiy qismiga e'tibor qaratib, tushuntirishlarni qisqa va sodda qiling.


6. Pauzalar: Diqqatni yangilash uchun qisqa pauzalar qilish o'rinli bo'ladi.


7. Shaxsiy yondashuv: Har bir o'quvchining ehtiyojlarini tushunishga harakat qilib, individual yordam ko'rsating.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Oct, 02:34


Erkin Bozorovdan yana bir ijod . Judayam taʼsirli chiqibdi . Ustozlarga boʻlgan hurmat uchun tashakkur deymiz ❤️❤️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Oct, 02:34


Xayrli tonglar Vatanimning jonkuyar ustozlari ❤️❤️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

24 Oct, 02:33


Sheʼr bitdi. Men hamon qidirib taskin ,
Olis mktabimga yoʻl olaman jim .
Bilmayman , bu yurtda ustoz sharafin,
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim ?

Erkin Bozorov .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

23 Oct, 03:01


“Qoshningni top” oʼyini


🔘 Bu oʼyinda sinf oquvchilari 2 guruhga boʼlinadi.

🔘 Birinchi guruhga jumlalar beriladi.
Ikkinchi guruhga javoblar tarqatiladi.

🔘 Birinchi guruhdan bir oʼquvchi turib jumlani oʼqiydi, shu jumlaga mos ravishda 2 guruhdan bir oʼquvchi javobni oʼqiydi. Javob toʼgʼri yoki notoʼgʼri ekanini savol bergan oʼquvchi izohlaydi.

🔘 Bu jarayonni oʼqituvchi kuzatib turadi va oʼquvchilarni baholab boradi. Bu oʼyin 15daqiqaga moʼljallangan.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

23 Oct, 02:13


Ota onalar guruhiga joʻnatib qoʻyamiz

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

23 Oct, 02:13


Xayrli tong qadrli ustozlar❤️❤️❤️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

23 Oct, 02:12


Kelajakda farzandingizni ham aqlan , ham jismonan yetuk boʻlishini istasangiz , bir quloq tutingchi soʻzlari haqiqatmi ?!

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

22 Oct, 06:31


Bu nimasi endi ?! Nahotki shu darajagacha yetib keldik . Agar shu qizlarga gapirgan taqdirda ham ustozi toʻgʻri yoʻlda yursin deb tanbeh bergan boʻlsa kerak . Yoki otasi yokida onasi tanbeh bersa ham shunaqa qilarminkan bu qizlar " Ustoz otangdek ulugʻ " degan maqolga nisbatan qarasak .

Baʼzan baʼzi oʻquvchilarni koʻzida ustozga nisbatan nafrat , nazar pisand qilmaslik kabi holatlarni koʻrib farzandlarimizga nima boʻlayotganiga , ularga nimalar bunchalik taʼsir oʻtkazayotganiga tushunmay qolaman toʻgʻrisi.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

22 Oct, 06:21


UCHTA TOʻGʻRI BITTA NOTOʻGʻRI METODI


Ta’rifi

    Har bir ishtirokchi bir varaq qog
ʼozda oʼrganilayotgan yoki oʼrganilgan mavzu boyicha uchta toʼgʼri fikr va bitta notoʼgʼri fikrni yozadi.  Ishtirokchilar juftliklarga boʻlinadilar, varaqlarini bir birlari bilan almashadilar va qaysi fikr notoʼgʼri boʼlgan ekanligini aniqlaydilar. 

Afzalliklari :

    Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish ko'nikmasini shakllantiradi, bolalarni xatolarni topa olish va fikrlarni ifodalashga oʼrgatadi, oʼqituvchiga oʼquvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.


Qiyinchiliklari

    Materialni oʼzlashtirib ololmagan bolalar topshiriqni uddalay olmasliklari xavfi bor. Mashqni oʼtkazish uchun vaqtni moʼljallab olish qiyin, chunki boʼsh oʻzlashtiruvchi oʼquvchilarda koʼpincha fikrlarni aniq ifodalash koʼnikmasi mavjud boʼlmaydi.   


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

22 Oct, 06:21


Ustozlarda ham deyarli shu holat 😁

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

21 Oct, 02:41


Bizga mangu sen merossan ajdodlardan ,
O'zingdirsan tahdidlardan omon qolgan,
Goh xo'rlanib, goho qaddi bukuk bo'lgan,
Bugun esa e'zozlaydi seni elim,
Yasha abad ona tilim, ona tilim.

Sen deganda yodga kelar bobolarim,
"Bolam" deya erkalagan momolarim,
Goho "borin" so'zlolmagan daholarim,
Bugun mana o'zim erkin, so'zim erkin,
Yasha abad ona tilim, ona tilim.

Sen tufayli biyron bugun zabonim ham,
O'zingdirsan g'ururim , sharaf shonim ham,
Faxrim sensan, senla qaddi osmondirman,
Qayga borsam yoritgaysan o'zing yo'lim,
Yasha abad ona tilim, ona tilim.

Shodiyeva Gulbonu Sobirovna.


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

21 Oct, 02:40


▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

21 Oct, 02:40


🇺🇿 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Bayram barchaga muborak bòlsin


"Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman."


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

18 Oct, 16:31


#Matematika
#1_B_sinf
#Kim_chaqqon?mashqi

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

18 Oct, 16:24


#Matematika
#1_B_sinf
#Jim_õyini

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

18 Oct, 06:43


T N B Metodi

T- Toʻgʻri
N- Notoʻgʻri
B - Berilmagan


Yakka tartibda , juft boʻlib ishlashda yoki jamoa bilan ishlashda juda ham samarali metod .

📌 Bu metod bilan bemalol yangi mavzuni oʻzlashtirishda , mustahkamlashda yoki oʻtilgan mavzularni takrorlashda ishlatish mumkin .

Oʻquvchilarni mantiqiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi .

Qoʻllanishi :

1. Oʻquvchilaringizga darslikdan biror bir mavzuni aytasiz ;

2. Ularga oldindan A4 formatidagi listga tayyorlab kelgan savollarni taqdim etasiz .

Masalan : Siz adabiyot fani oʻqituvchisisiz . Omon Matjonning hayoti va ijodidan savollar tuzasiz .

Omon Matjonning otasi pochtada ishlagan .

a) toʻgʻri b) notoʻgʻri c ) berilmagan

Agar ushbu maʼlumot toʻgʻri boʻlsa oʻquvchilar toʻgʻrini ,notoʻgʻri boʻlsa notoʻgʻri ni ,agar bu maʼlumot berilmagan boʻlsa berilmagan degan javoblarni tanlaydilar .


📌 Juftliklarda yoki guruhlar bilan ishlansa yanada qiziqarli boʻladi .

📌 Yangi mavzuni mustaqil oʻzlashtirishga ham yordam beradi .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

17 Oct, 02:59


Assalomu alaykum Xayrli tonglar . Ertalabdan to kechgacha yaxshi kayfiyat sizni tark etmasin ☺️❤️

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

17 Oct, 02:59


Maktabda tadbir tashkil qilsangiz-u, baʼzi bir oʻquvchilar oʻz sheʼri yoki matnini yaxshi yodlamagan boʻlsa, mana sizga vaziyatdan chiqishning tayyor usuli.

Yoshlar ancha kreativ 😉😉

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

16 Oct, 16:15


Bir umrga yodimda qolgan maqol:

Buloqqa tupurma...

Maktabda zoʻr oʻqirdim, lekin xulqim sal yomon edi - janjalkash boʻlganman. Yaxshi oʻqiganim hisobiga oʻqituvchi va raxbarlar qiliqlarimga koʻz yumishardi.

9-sinfni bitirish arafasida ham yomon bir ish qildim. Kechirim soʻrashimni talab qilishdi - soʻramadim. Maktabni faxri edim-da...

Maktabni bitirdim, lekin kollejga xujjat topshirishga kechikib, kollejdan qolib ketdim. Maktabimga qaytib keldim: 10-11 sinfni davom ettirish uchun. Direktorimiz qabuliga kirdim, uning gapi yodimda qoldi:

- Ergashev, bir gap bor: "Buloqqa tupurma, kun kelib, oʻsha buloqdan yana suv ichishing mumkin". Siz yomon xulqingiz bilan koʻp marta maktabimizga tupurib keldingiz, sizni qabul qila olmaymiz...

Manba : foydali moliya

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

15 Oct, 06:02


Ta'lim tizimidagi arzimas xato 10 yildan keyin bilinadi.
Uni tuzatish uchun esa 100 yillar ham kamlik qiladi.

Erkinjon Yarashev

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

15 Oct, 06:01


Oʻtgan oʻquv yili davomida terndga aylangan oʻyin . Bu yil ham qoʻllashingiz mumkin albatta . Barcha fanlar uchun " Energiyaga toʻlish daqiqasi " da 5 minut qoʻllash mumkin .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

15 Oct, 05:58


Jismoniy tarbiya fani ustozlari uchun . Bundan tashqari sinfda quvnoq muhit yaratish uchun ham qoʻllash mumkin .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

11 Oct, 02:39


Erta tongdan yaxshi kayfiyat hamroh boʻlsin ☺️😁

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Oct, 02:59


Bugun shu oʻyinni qoʻllaymizmi👆👆👆

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Oct, 02:59


" BILIMDONLAR BAHSI "

1⃣
Oʻquvchilaringizni ikki guruhga boʻlasiz

2⃣ Doskaga har bir guruh uchun 3 tadan mavzu yozib qoʻyasiz

3⃣
Har bir guruhdan bittadan aʼzo chiqib xohlagan mavzusiga bittadan atama yoki maʼlumot yozadi va keyingi oʻquvchiga boʻr yoki markerni eltib beradi . Keyingi oʻquvchilar chiqib ular ham bittadan maʼlumot va atama yozadi va keyingi oʻquvchilarga beradi . Shu tariqa barcha oʻquvchilar chiqib boʻlguncha oʻyin davom etadi .

4⃣ Oxirida ballarni hisoblab ,gʻolib jamoa eʼlon qilinadi .

Bu oʻyindan maqsad jamoa boʻlib ishlashni oʻrganish , bir biriga yordam berish koʻnikmasini shakllantirish va oʻtgan mavzularni takrorlash .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

"Mahoratli pedagog" Haqiqiy ustozlar uchun

09 Oct, 02:58


Xayrli tong Shamchiroqlarim ☺️☺️