Últimas Postagens de Mehnat huquqi (@mehnathuquqi) no Telegram

Postagens do Canal Mehnat huquqi

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 Inscritos
987 Fotos
276 Vídeos
Última Atualização 28.02.2025 10:20

Canais Semelhantes

ELTUZ
145,013 Inscritos
Bektosh Khatamov
11,780 Inscritos

O conteúdo mais recente compartilhado por Mehnat huquqi no Telegram


Xorijda xususiy OTMda sirtqida o'qiydigan xodimlarga ham ish beruvchi ta'til va yo'l kira berishi shartmi?

#savolimbor Assalomu alaykum. Men qo’shni Qirg’izistonda xususiy universitetda sirtqida o’qiyman. O’qish joyimdan sessiyada qatnashish uchun ish joyimga chaqiruv qog’ozi olib keldim va ish haqi saqlangan ta’til so’radim. Lekin ishxonam aytyaptiki, birinchidan xorijiy OTM, ikkinchidan xususiy universitet ekan shuning uchun kafolatlar taqdim qilinmas ekan?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️MK 383-387-moddalarida ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan.

MK 383-moddasiga ko’ra,
ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

⚠️ Diqqat! Yuqoridagi imtiyozlar oliy ta'lim muassasasining mulkchilik shaklidan qat’i nazar ya’ni davlat OTMsi yoki xususiymi, O’zbekistondami yoki xorijdami farqi yo'q, taqdim qilinadi.

❗️Demak, Siz Qirg’izistonda xususiy universitetda sirtqida o’qiyotgan bo’lsangiz, Sizga ham ish beruvchi MK 383-387-moddalardagi kafolatlatni taqdim qilishi shart.

Ya’ni MK 385-moddasiga ko’ra ish haqi saqlangan ta’til (ta’til muddati kursingizga qarab farqlanadi) va Qirg’izistonga borib-kelishingiz uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning 50 foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘lab berishi shart.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

O‘zbekiston Respublikasining 22.12.2018 yildagi O‘RQ-507-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga ko’ra,
2️⃣6️⃣ - yanvar O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

Barcha bojxona xizmati organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz!

Barchangizga ofiyat, xonadonlaringizga fayzu baraka, g'oyat mas'uliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
https://t.me/mehnathuquqi

Ko'proq yuring piyoda, umringiz bo'lar ziyoda.

#savolimbor Assalomu alaykum, ishga taklif qilindim. Safardaligim bois 3-4 kundan keyin bordim. Biroq boshqa xodimni ishga olib qo‘yishganligini aytishdi. Qonunchilik bo‘yicha bu o‘rinda kim haqli?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 101-moddasiga ko’ra (Taklif etilgan shaxslarga ishga joylashtirish sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar), basharti ish beruvchi ishga joylashtirish to‘g‘risidagi taklif bilan jismoniy shaxsga taklifnoma yuborgan bo‘lsa, ish beruvchi taklifnomaning amal qilish muddati davomida, agar taklifnomada muddat shartlashilmagan bo‘lsa, taklifnoma yuborilgan kundan e’tiboran 1️⃣ oy ichida ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas. Taklifnoma deganda ish beruvchining ushbu jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, aniq ifodalangan rozilik bildirishi tushuniladi. Taklifnoma ish beruvchining tegishli vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari xodim qonunchilikda nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillardan o‘tgan taqdirda chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

❗️ Demak, agar ish beruvchi Sizga yozma yoki elektron shaklda taklifnoma yuborgan bo’lsa, agar taklifnomada masalan, 2 oylik muddat ko’rsatilgan bo’lsa, 2 oy ichida Sizni ishga qabul qilishlari shart.

❗️Agar muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, taklifnoma yuborilgan kundan e’tiboran 1️⃣oy ichida ishga qabul qilishi shart.

⚠️ Shuningdek, MK 119-moddasiga ko’ra, ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish deb hisoblanadi.

⚠️ MK 220-moddasiga ko’ra, agar xodim ish beruvchining taklifiga ko‘ra ishga qabul qilingan bo‘lsa, ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi.

Ekspertga murojaat:
@MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#savolimbor
Assalomu alaykum ichki ishlari organi xodimning diplomi soxtaligi aniqlandi uning 20 yillik staji bor unga pensiya tayinlanadi mi yoki yuqmi?


Juda qiziq savol. Hayotda bunday holatlar ro‘y berishi mumkin ekan. Savolga javob beradigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2017 yildagi PQ-3413-son qaroriga ko‘ra, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati 20 yilni tashkil etadi. Ushbu qarorning 5-bandiga asosan, xizmat stajining 20 yilini to‘liq amalga oshirgan shaxslarda yoshga doir pensiya olish huquqi paydo bo‘ladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, pensiya olish huquqi ish staji va yoshga bog‘liq bo‘ladi. Agar ichki ishlari organi xodimi soxta diplom bilan 20 yil xizmat qilgan bo‘lsa, uni shu diplom sababli pensiyadan mahrum qilish mumkin emas deb hisoblaymiz.
Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing

https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot

#savolimbor Ассалому алейкум устоз узр сўрайман сиздан 2 гурух ногирони штатига қисқартириш келган ходимни қисқартирса бўладими жавоб учун олдиндан рахмат.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Bo’ladi. Qonunchilikda nogironligi bo’lgan shaxslar qisqartirishga tushmaydi degan taqiq yo’q. Nogironligi bo’lgan shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilib, ish beruvchi tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.

Nogironligi bo’lgan shaxs homilador bo’lsa (MK 408-modda) yoki 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bo’lsa qisqarishga tushmaydi.

Demak, mehnat shartnomasini bekor qilishda MKning 163-moddasida belgilangan taqiqlarni inobatga olib, nogironligi bo’lgan shaxlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko’ra bekor qilish mumkin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Bugun mehnat huquqi sohasining yetuk darg’asi, Mehnat kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh rahbari, Ustozimiz Gasanov Mixail Yusupovichning 70 yillik yubileylari. Mehnat huquqi kafedrasi jamoasi Ustozni tavallud ayyomlari bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, uzoq umr tilaydi.

#yurist_ijodi

Меҳнат ҳуқуқи бўйича экспертимиз Мухаммадамин Каримжоновнинг дарси жонли ва ҳамма учун қизиқ бўлган доим.

Ўтилаётган дарслар давомида мана бундай лирик чекинишлар албатта бўлади.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

👉https://t.me/kadr_yurist

#namuna

Ogohlаntirish xаti (o‘rindosh bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida)
📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ogohlаntirish xаti namunalari
Qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/XRotnHtGe6g?si=5i9EsWmB5GNZf8eO4)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

Hujjatlar to'plami bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

#savolimbor
Assalom aleykum men mehnat shartnomamni bekor qilishim kerak edi. Boshqa ishga oʻtmoqchiman hozirgi ishga kirganimga ikki oy boʻlib qoldi. Yaqinda buyrugʻim chiqadi yangi ishimga qanday bekor qilsam boʻladi birinchi ish joyim bilan.


Javob
Ushbu vaziyatda siz hozirda ishlab turgan ish joyingiz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksininng 160-moddasiga asosan bekor qilishga haqlisiz. Faqat o‘n to‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirishingiz lozim. Shundan keyin yangi topgan ishingizga o‘tib ketsangiz bo‘ladi.

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot