Mehnat huquqi (@mehnathuquqi)の最新投稿

Mehnat huquqi のテレグラム投稿

Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@MehnathuquqimurojaatBot
31,322 人の購読者
987 枚の写真
276 本の動画
最終更新日 28.02.2025 10:20

類似チャンネル

Kontekst.uz
13,977 人の購読者
HR assistant
12,666 人の購読者
Sevara Urinbayeva
2,424 人の購読者

Mehnat huquqi によってTelegramで共有された最新のコンテンツ


#savolimbor Ассалом алейкум. Иш стажи учун бериладиган таътилларни ҳисоблашда ходимларни харбий хизматда ҳамда олий ўқув юртларида ўқиган даврлари ҳам иш стажига кирадими.

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

❗️ МК 226-моддасида ҳар йилги асосий меҳнат таътилини ва битта ташкилотда ёки тармоқда кўп йиллик иш стажи учун қўшимча таътил (МК 220 - моддаси) олиш ҳуқуқини берувчи иш стажи жумласига нималар кириши белгилаб қўйилган.

Агар жамоа келишувларида, шунингдек жамоа шартномасида ва ички ҳужжатларда, меҳнат шартномасининг шартларида бошқача қоидалар назарда тутилмаган бўлса, харбий хизмат даври ҳамда олий ўқув юртларида ўқиган даврлари ҳар йилги асосий меҳнат таътилини ва битта ташкилотда ёки тармоқда кўп йиллик иш стажи учун қўшимча таътил олиш ҳуқуқини берувчи иш стажи жумласига кирмайди.

«Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни 37-моддасига кўра, ҳарбий хизмат ва олий таълим муассасаларида, аспирантурада, стажёр-тадқиқотчи-изланувчилар институтида, катта илмий ходим-изланувчилар институтида, таянч докторантурада, докторантурада ва клиник ординатурада кундузги ўқиш, шу жумладан чет элда ўқиш даври иш стажига қўшиб ҳисобланадиган меҳнат фаолияти турларига киради.

❗️ Демак, эътибор беринг, харбий хизмат даври ҳамда олий ўқув юртларида ўқиган даврлар ҳар йилги асосий меҳнат таътилини ва битта ташкилотда ёки тармоқда кўп йиллик иш стажи учун қўшимча таътил олиш ҳуқуқини берувчи иш стажи жумласига кирмайди. Лекин пенсияни ҳисоблаб чиқиш жараёнида иш стажига қўшиб ҳисобланади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#lekinbufakt 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, jami kasaba uyushmalari a'zolari soni 6 mln 16 ming 244 nafarni tashkil qiladi.

#namuna

Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi) buyruq

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://www.youtube.com/watch?v=4WNDF7bR7is)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

Hujjatlar to'plami bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Prokuror protesti asoslimi?

#savolimbor Assalomu alaykum. Prokuratura MK 385-moddasi bo’yicha sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdori to’lab berilmagan deb protest kiritmoqda. Xodim esa bir necha bor aytishimizga qaramasdan transport xarajatlarini tasdiqlovchi hech qanday taqdim qilmagan.

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:
MK 385-moddasi 4-qismiga ko’ra, ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanadi.

⚠️ Demak, e’tibor bering bu kafolat sirtqi ta’lim shaklida o’qiyotgan xodimlarga taqdim qilinadi. Agar xodim transport xarajatlarini tasdiqlovchi hech qanday hujjat (masalan, aviachipta yoki temir yo’l chiptasi) taqdim qilmagan bo’lsa, ish beruvchi qaysi asosga ko’ra yo’lkirani to’lab beradi. Agar hech qanday asossiz to’lab bersangiz, yana protest kiritishadi baribir))

“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga ko’ra, qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.

Prokuror qonunga zid hujjat, mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan protest keltiradi. Agar sirtqi ta’lim shaklida o’qiyotgan xodim ish beruvchiga transport xarajatlarini tasdiqlovchi hech qanday hujjat tadqim qilmagan bo’lsa, prokuror asossiz ravishda protest keltirgan bo’ladi. Agar xodim tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilganu, lekin ish beruvchi yo’lkirani to’lab bermagan bo’lsa, unda protest asosli hisoblanadi.

❗️Ha, yana bir masala. “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizomga chalg’ib ketmanglar! Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda xizmat safari yo‘lkirasiga har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida ya’ni 375 so’m haq to‘lanadi! E’tibor bering ushbu nizom tashkilotlarning xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlariga yuborish, xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish, xizmat safariga ketayotgan va xizmat safaridan qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus elektron jurnallarni yuritish hamda xizmat safariga yuborilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tartibini belgilaydi.

Ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizom MK 385-moddasiga umuman aloqasi yo’q! Chunki o’quv ta’tiliga chiqish va xizmat safari boshqa-boshqa tushunchalardir!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

Mehnat kodeksining barcha 581 ta moddasini bepul o'rganing!
1) Mehnat kodeksining 1-33-moddalari tahlili
2) Mehnat kodeksining 34-47-moddalari tahlili
3) Mehnat kodeksining 48-59-moddalari tahlili
4) Mehnat kodeksining 60-79-moddalari tahlili
5) Mehnat kodeksining 80-93-moddalari tahlili
6) Mehnat kodeksining 94-102-moddalari tahlili
7) Mehnat kodeksining 103-112-moddalari tahlili
8) Mehnat kodeksining 113-117-moddalari tahlili
9) Mehnat kodeksining 118-128-moddalari tahlili
10) Mehnat kodeksining 129-132-moddalari tahlili
11) Mehnat kodeksining 133-144-moddalari tahlili
12) Mehnat kodeksining 145-150-moddalari tahlili
13) Mehnat kodeksining 151-154-moddalari tahlili
14) Mehnat kodeksining 155-160-moddalari tahlili
15) Mehnat kodeksining 161-167-moddalari tahlili
16) Mehnat kodeksining 168-170-moddalari tahlili
17) Mehnat kodeksining 171-174-moddalari tahlili
18) Mehnat kodeksining 175-180-moddalari tahlili
19) Mehnat kodeksining 181-190-moddalari tahlili
20) Mehnat kodeksining 191-200-moddalari tahlili
21) Mehnat kodeksining 201-212-moddalari tahlili
22) Mehnat kodeksining 213-223-moddalari tahlili
23) Mehnat kodeksining 224-235-moddalari tahlili
24) Mehnat kodeksining 236-242-moddalari tahlili
25) Mehnat kodeksining 243-249-moddalari tahlili
26) Mehnat kodeksining 250-257-moddalari tahlili
27) Mehnat kodeksining 258-268-moddalari tahlili
28) Mehnat kodeksining 269-278-moddalari tahlili
29) Mehnat kodeksining 279-284-moddalari tahlili
30) Mehnat kodeksining 285-294-moddalari tahlili
31) Mehnat kodeksining 295-301-moddalari tahlili
32) Mehnat kodeksining 302-311-moddalari tahlili
33) Mehnat kodeksining 312-315-moddalari tahlili
34) Mehnat kodeksining 316-324-moddalari tahlili
35) Mehnat kodeksining 325-330-moddalari tahlili
36) Mehnat kodeksining 331-336-moddalari tahlili
37) Mehnat kodeksining 337-343-moddalari tahlili
38) Mehnat kodeksining 344-350-moddalari tahlili
39) Mehnat kodeksining 351-359-moddalari tahlili
40) Mehnat kodeksining 360-366-moddalari tahlili
41) Mehnat kodeksining 367-372-moddalari tahlili
42) Mehnat kodeksining 373-382-moddalari tahlili
43) Mehnat kodeksining 383-387-moddalari tahlili
44) Mehnat kodeksining 388-391-moddalari tahlili
45) Mehnat kodeksining 392-399-moddalari tahlili
46) Mehnat kodeksining 400-405-moddalari tahlili
47) Mehnat kodeksining 406-410-moddalari tahlili
48) Mehnat kodeksining 411-416-moddalari tahlili
49) Mehnat kodeksining 417-422-moddalari tahlili
50) Mehnat kodeksining 423-431-moddalari tahlili
51) Mehnat kodeksining 432-436-moddalari tahlili
52) Mehnat kodeksining 437-442-moddalari tahlili
53) Mehnat kodeksining 443-449-moddalari tahlili
54) Mehnat kodeksining 450-455-moddalari tahlili
55) Mehnat kodeksining 456-459-moddalari tahlili
56) Mehnat kodeksining 460-464-moddalari tahlili
57) Mehnat kodeksining 465-472-moddalari tahlili
58) Mehnat kodeksining 473-484-moddalari tahlili
59) Mehnat kodeksining 485-490-moddalari tahlili
60) Mehnat kodeksining 491-494-moddalari tahlili
61) Mehnat kodeksining 495-499-moddalari tahlili
62) Mehnat kodeksining 500-moddasi tahlili
63) Mehnat kodeksining 501-moddasi tahlili
64) Mehnat kodeksining 502-moddasi tahlili
65) Mehnat kodeksining 503-moddasi tahlili
66) Mehnat kodeksining 504-506-moddalari tahlili
67) Mehnat kodeksining 507-513-moddalari tahlili
68) Mehnat kodeksining 514-520-moddalari tahlili
69) Mehnat kodeksining 521-526-moddalari tahlili
70) Mehnat kodeksining 527-529-moddalari tahlili
71) Mehnat kodeksining 530-533-moddalari tahlili
72) Mehnat kodeksining 534-538-moddalari tahlili
73) Mehnat kodeksining 539-540-moddalari tahlili
74) Mehnat kodeksining 541-542-moddalari tahlili
75) Mehnat kodeksining 543-546-moddalari tahlili
76) Mehnat kodeksining 547-551-moddalari tahlili
77) Mehnat kodeksining 552-557-moddalari tahlili
78) Mehnat kodeksining 558-565-moddalari tahlili
79) Mehnat kodeksining 566-569-moddalari tahlili
80) Mehnat kodeksining 570-574-moddalari tahlili
81) Mehnat kodeksining 575-581-moddalari tahlili
Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (Phd) Miryoqub Raximov

#savolimbor Assalomu alaykum. 12 yoshga to‘lmagan 2ta farzandim bor. O’tgan ish yilim 2ta bola uchun beriladigan 4 kun ta’tilim qolib ketgan. Shuni olsam bo’ladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

#savolimbor Ассалому алайкум, бир жойда 3 кун ишладим, кунига 150 мингдан ҳисоблаб бораркан. Иш менга тўғри келмаганли учун кетмоқчиман десам ҳар 15кунда ойлик берилади, 3 кун учун берилмайди дейишяпди.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤:

Aloqador moddalar: MK 172, 224, 234, 254, 333-moddalar

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#namuna

Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodimning harbiy xizmatga chaqirilganligi) buyruq

📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://www.youtube.com/watch?v=4WNDF7bR7is)

🔒 Xususiyatlari:
Ikkita qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

Hujjatlar to'plami bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

#savolimbor Assalomu alaykum. Ta’tillar jadavalida xodiming har yilgi mehnat ta’tiliga chiqishi aniq sana bilan ko’rsatilishi shartmi? Agar oyni o’zi ko’rsatilsa bu qonunbuzilishi hisoblanadimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Yo'q, bu qonunbuzilishi emas!

MK 228-moddasiga ko’ra, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

Ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadi.

Xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.

MK 228-moddasida va boshqa moddalarda ham, bundan tashqari birorta qonunchilik hujjatida ta’tillar jadvalida xodimning har yilgi mehnat ta’tiliga chiqishini aniq sana bilan ko’rsatish majburiyati belgilanmagan. Amaliyotda asosan kalendar oyni o’zi ko’rsatiladi, konkret sana ko’rsatilmaydi.

Masalan, ta’tillar jadvalida xodimning har yilgi mehnat ta’tiliga chiqishini yanvar oyi deb ko’rsatilsa bo’ladi. Yoki aniq sanani ko’rsatib 30-yanvar deb ham ko’rsatsangiz bo’ladi. Har ikki variant ham to’g’ri. Tashkilot qay birini ma’qul deb bilsa, har ikki variantdan birini tanlashi mumkin.

⚠️ Ta’tillar jadvalida aniq sana ko’rsatilmagan deb mansabdor shaxsni ma’muriy jarimaga tortish g’ayriqonuniy hisoblanadi! Chunki bu holat qonunbuzilishi emas.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ta’tillar jadvalida aniq sana ko’rsatish shart emas.

❗️ Batafsil: https://t.me/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

#savolimbor Assalomu alaykum, xodim 1 yilda 2 marta ta’tilini to’liq olishi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Ha, mumkin. Buni quyidagicha asoslaymiz. Bu yerda kalendar yilga chalg’imaslik lozim. Ta’til xodimning ish yili davomida beriladi, kalendar yil davomida emas.
MK 225-moddasiga koʼra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida 12 oyga teng boʼlgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan eʼtiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.

Masalan, xodim 22.02.2024 dan ish boshladi. Uning ish yili 22.02.2024 dan 21.02.2025 gacha boʼladi. Bizning misolda har yilgi mehnat taʼtili xodimga taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar yaʼni 21.02.2025 gacha ( shu kuni ham) berilishi kerak. ❗️ Koʼpchilik mana shu oʼrinda kalendar yilga chalgʼib ketib, xodimni 31-dekabrgacha taʼtilga chiqarsam boʼladi deb, xato oʼylashadi. Yaʼni xodimni kalendar yil tugagunga qadar emas, xodimning ish yili tugaguniga qadar taʼtilga chiqarish shart ekan.

Misolimizdagi xodim 2025-yil 21-fevral kuni ta’tilga chiqdi. Shu xodim 2025-yili, masalan, may oyida yana ta’til olishi mumkinmi yoki faqat 2026-yil fevraldagina ta’tilga chiqa oladimi? Xodim 2026-yil 22-fevralgacha ham ta’tilga chiqishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Xodim yangi ish yili boshlangan sanadan ya'ni 2025-yil 22-fevraldan boshlab 22.02.2025 dan 21.02.2026 gacha ish yili uchun ta’tilini olishi mumkin. Ko’pchilik mana shu yerda xodim 1 yilda ya'ni 2025-yilda 2 marta ta’tilga chiqyaptiku, bu xato emasmi deb so’rashadi. Yo’q xato emas. Chunki xodim 2025-yil fevral oyida 22.02.2024 dan 21.02.2025 gacha bo’lgan ish yili uchun ta’til oldi.

2025-yil may oyida esa 22.02.2025 dan 21.02.2026 gacha bo’lgan ish yili hisobiga ta’til oldi ya’ni sodda qilib aytganda qarzga ta’til oldi. Xodim boshqa-boshqa ish yillar uchun ta’til olmoqda. Diqqat! Lekin xodim 22.02.2026 dan 21.02.2027 gacha bo’lgan ish yili hisobiga ta’tilni 2025-yilda ololmaydi. 22.02.2026 dan 21.02.2027 gacha bo’lgan ish yili hisobiga ta’tilni ish yili boshlangan sana 22.02.2026 dan boshlab olishi mumkin.

⚠️ Diqqat! MK 228-moddasi 1-qismiga ko’ra, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

⚠️ MK 228-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin.

⚠️ MK 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga ko’ra, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi, bundan 269-moddasi 3-qismidagi holatlar mustasno.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi