Media kontent @mediakontentuz Channel on Telegram

Media kontent

@mediakontentuz


Ўзбекистон ва жаҳон ахборот маконида содир бўлаётган муҳим воқеаларни тезкор етказувчи манба.

Media kontent (Uzbek)

Mediakontentuz kanali O'zbekiston va jahonning eng muhim voqelarini tezkor tarzda taqdim etadi. Bu kanalda eng so'nggi yangiliklar, tadbirlar, va xabarlar bilan birgalikda, dunyo bo'ylab sodir bo'layotgan muhim voqelar haqida ma'lumotlar ham topish mumkin. Mediakontentuz kanali foydali va zamonaviy ma'lumotlar bilan to'ldirilgan, uning a'zolari o'zlarini so'nggi voqelar va yangiliklar bilan xabardor qilishda ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, bu kanal orqali o'zbek va jahon media kontentining yanada yaqinroqiga yetishingiz mumkin. Mediakontentuz kanaliga qo'shiling va eng so'nggi voqelar bilan doimiy ravishda taqdim etilayotgan ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Media kontent

15 Nov, 09:06


Youth at the Forefront of Climate Actions

#COP29
#WeAreIndivisible
#EcoSchoolsUzbekistan

Media kontent

12 Nov, 14:30


Ziroat Mirziyoyeva 2024-yilning iqlim siyosati va barqaror rivojlanish sohasidagi asosiy voqeasining qator tadbirlarida ishtirok etmoqda

Sammit doirasida “Yoshlarning iqlim oʻzgarishi boʻyicha harakatlardagi yetakchiligi” mavzusida forum boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva oʻz nutqida qardosh Ozarbayjon hukumati va xalqini SOR-29 yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Media kontent

31 Oct, 15:36


Қонунчилик палатасига янгидан сайланган депутатларнинг сифат таркиби

Media kontent

27 Oct, 13:23


Komil Allamjonov: "O‘z tanlovimni qildim!"

🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#saylov #parlament

Media kontent

26 Oct, 17:04


Эртага сайлов: Сайлов куни овоз бериш тартибини билиб олинг!

Media kontent

25 Oct, 10:41


📞 Марказий сайлов комиссияси ҳузуридаги "Call-center" ишга туширилди

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш даврида жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари самарали кўриб чиқилишини, шунингдек фуқароларга сайловга оид масалалар юзасидан тезкор ва қулай тарзда ҳуқуқий тушунтириш ва маслаҳатлар берилишини ташкил этиш мақсадида Марказий сайлов комиссияси ҳузурида "Call-center" ишга туширилди.

📞"Call-center" орқали сайлов жараёнларига оид ўзингизни қизиқтирган барча саволларга жавоб олишингиз ҳамда мурожаатларингизни йўллашингиз мумкин.

☎️ "Call-center" рақами: 1200

‼️ 1200 қисқа рақамига қўнғироқ қилиш бепул.

Media kontent

23 Oct, 15:46


Saida Mirziyoyeva:

"Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Ushbu qaror 2024-yil 22-oktabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi.

Mukofot ikki yilda bir marotaba sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. Gʻoliblar mustaqil xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi eʼtirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi."

Media kontent

23 Oct, 15:44


Қиш мавсумини беталофат ўтказиш ва юзага келиши мумкин бўлган нохуш вазиятларни олдини олиш мақсадида тегишли идоралар билан ҳамкорликда жами 825 та ишчи гуруҳлар ташкил этилган

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ахборот хизмати раҳбари ўринбосари Самандар Ҳикматуллаев маълум қилди.

Турмушда газдан фойдаланишда истеъмолчиларга қуйидагилар тақиқланади:

▪️ўзбошимчалик билан уйни газлаштириш, газ жиҳозлари ўрнини алмаштириш ёки таъмирлаш;

▪️газ асбоблари ўрнатилган хоналар режасини ўзгартириш;

▪️газ асбоблари конструкциясига, дудбурон ва шамоллатиш тизимларига ўзгартиришлар киритиш;

▪️шамоллатиш каналларини тўсиб қўйиш;

▪️хавфсизлик ва созлаш автоматикасини узиб қўйиш. Газ асбоблари, автоматикаси ва газ баллонлари носозлигида газдан фойдаланиш;

▪️дудбурон ва шамоллатиш каналларини ўз вақтида текширмасдан газдан фойдаланиш;

▪️махсус маълумотга эга бўлмай ва газ хўжалиги корхонасидан рухсатнома олмай туриб, дудбурон ҳамда шамоллатиш каналларини тозалаш, текшириш ҳамда газ-баллон қурилмасининг баллонларини алмаштириш;

▪️форточкалар (фрамугалар), жалюзали панжаралар, шамоллатиш каналларининг панжаралари, ваннахона ва ошхона эшиклари остидаги тирқишлар ёпиқлигида, дудбурон ҳамда шамоллатиш каналларида тортиш бўлмаган ҳолларда газдан фойдаланиш;

▪️узлуксиз ишлашга мўлжалланмаган, тегишли автоматикага эга бўлмаган газ асбобларини қаровсиз қолдириш;

▪️ёш болаларга, шунингдек ўз ҳаракатларини назорат қила олмайдиган ва газ асбобларидан фойдаланиш қоидаларини билмайдиган шахсларга фойдаланишга рухсат бериш;

▪️газ чиқаётганлигини аниқлаш учун олов ёқиб текшириш;

▪️табиий газдан фойдаланишда турли хилдаги резина шланглар, газ сўргичлардан фойдаланиш;

▪️автомобилларга ўрнатилган ёки улардан яроқсиз деб ечиб олинган техник кўрикдан ўтмаган метан ва пропан газ балонлардан фойдаланиш.

📞 Ёнғин ёки заҳарланишлар содир бўлганда қуйидаги шошилинч телефон рақамларига қўнғироқ қилиб ёрдам сўранг:

⚫️101 – ёнғин хавфсизлиги хизмати;
⚫️104 – газ авария диспетчерлик хизмати;
⚫️103 – тез тиббий ёрдам хизмати;
⚫️1050 – қутқарув хизмати.
⚫️112 – ягона навбатчи диспетчерлик хизмати.

✍️ Батафсил

Media kontent

23 Oct, 05:13


Paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha maxsus vakil sifatida ish boshladi.

22 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida boʼlib oʼtgan tadbirda para yengil atletika boʼyicha paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova Аgentlikning nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.

“Аgentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qoʼshildi. Biz Аsila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Аsila Mirzayorova Аgentlik Maxsus vakili boʼldi. Аgentlik oilasiga xush kelibsiz Аsila! Аsila juda kuchli va aqlli qiz. Аsila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shugʼullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Аsila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli boʼldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!” – dedi Shahnoza Mirziyoyeva

Tadbirda soʼzga chiqqan paralimpiyada chempioni bildirilayotgan yuksak ishonch uchun oʼz minnatdorchiligini bildirib, agentlik maxsus vakili boʼlishga rozi boʼlganining sababini quyidagicha izohladi:
“Men uchun nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va masʼuliyat. Bu vazifa menga nogironligi boʼlgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga oʼz hissamni qoʼshish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy toʼsiqlarni qanday yengishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli aʼzosi boʼlishi kerak, deb ishonaman.”- deya taʼkidladi paralimpiyada chempioni.

Oʼz oʼrnida Аsila Mirzayorova, maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratishda oʼz hissasini qoʼshishidan mamnunligini alohida qayd etdi.

#AsilaMirzayorova

Media kontent

21 Oct, 09:24


27 октябрь. Сайловда иштирок этинг!

Media kontent

18 Oct, 09:35


Saida Mirziyoyeva:

"Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘zining 50 yilligini nishonlamoqda.

Markazning barcha xodimlarini ushbu muhim sana bilan chin yurakdan tabriklayman va ularning har kunlik fidokorona mehnatlari uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman.

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi hamda uni davolash bo‘yicha yangi Davlat dasturi doirasida ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtiramiz. Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol uchun baxtli onalikni kafolatlaydigan sharoit yaratishimizga ishonaman".

Media kontent

17 Oct, 17:36


Saida Mirziyoyeva:

"Bugun UZINFOCOMda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdim.

Ushbu tizim ishga tushishi natijasida tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, bemorlarning sog‘lig‘i haqida turli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni yagona elektron tibbiy kartaga birlashtirish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar joriy etiladi. Shuningdek, ish hajmini optimallashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat samaradorligi oshiriladi.

Ishonchim komilki, loyiha rejadagidek amalga oshirilsa, barcha: soha xodimlari uchun ham, aholi uchun ham manfaatli bo‘ladi".

Media kontent

17 Oct, 07:53


#YoungFarmer #EcoSchoolsUzbekistan #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture

Media kontent

16 Oct, 12:22


"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

Media kontent

16 Oct, 12:15


Шоҳимардонда биринчи қор

Мана, икки кундирки, мамлакатимизни совуқ ҳаво оқими қамраб олди. Ҳарорат кескин пасайди. Масалан, Фарғона вилоятида +3 даражагача тушгани кузатилди.

Media kontent

16 Oct, 11:51


"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Nukus shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, ularning yutuqlari haqida ma’lumot oldi, shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

Fond ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi.

Loyihaning barqarorligini ta’minlash maqsadida maktablarda YUNISEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiyena bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.

"Toza ichimlik suvi" loyihasini amalga oshirish doirasida kelgusida Qoraqalpog‘istonning yana 52 ta maktabida suv tozalash tizimlari o‘rnatiladi, bu esa bolalarning ta’lim olish sharoitlari va salomatligini yaxshilash imkonini beradi.

Media kontent

04 Oct, 10:49


Saida Mirziyoyeva:

"Kecha biz YUNESKOning Butunjahon merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan “Namuna” va “Hasti Imom” tarixiy mahallalarida art-rezidensiyalarning tantanali ochilish marosimini o‘tkazdik. Bu Toshkentning madaniy merosini asrab-avaylash va ijodiy muhitini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Art-rezidensiya tajriba almashish, madaniyatlararo muloqot va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish platformasiga aylanadi".