MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI® @mech_math6_1 Channel on Telegram

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

@mech_math6_1


MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI® (Uzbek)

Salom! Sizning davomatingizda matematikaga yo'l qo'ymoqda, haqiqiy bilim va ma'rifiy rivojlantirishni hohlaydiganlarga mo'ljallangan kanalda sizni ko'rib chiqamiz. "MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®" - bu sizning matematika fanini o'rganish va rivojlantirish uchun eng yaxshi manba. Bu kanal orqali siz real matematik bilimlari haqida yangiliklarni olish, ko'p mavzular bo'yicha qiziqarli maqolalarni o'qish, va matematika fanining muhim bo'limlari ustida o'rgangilaringizni kengaytirishingiz mumkin. Sizga matematikaga qiziqtirish gaqaydigan, o'zini rivojlantirishni istagan, va nutqiy bilimingizni oshirishni xohlaysizmi? Agar yaqinda "MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®" ga obuna bo'lsangiz, bu hammasi sizning baxt va omadingiz uchun. Sizni yangi bilimlar va o'rganish imkoniyatlari bilan tanishtirishga tayyorlanishni hozir boshlashing! Obuna bo'lish tugmasini bosing va junatilgan matematika dunyosida sizning o'z bilimingizni kengayting! Hojatni qo'lingizdan qaytarib, bu faol va ma'noli kanalda o'z fikrlaringiz va savollaringizni qoldiring. Biz bilan birga matematikadagi muammolarni yechishingiz uchun tayyormisiz? Marhamat, kanalga qo'shiling va boshqacha bir uniberga dastlabki qadamlaringizni qo'ying!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

12 Feb, 16:11


Xitoylik olim Xiaojun Chen O‘zMU talabalariga ma’ruza o‘qidi

🇺🇿 Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston matematika jamiyati bilan hamkorlikda respublikamizdagi yosh matematiklar, doktorantlar va talabalar ishtirokida xitoylik olim, Chendu universiteti professori Xiaojun Chen bilan uchrashuv o‘tkazildi. Xorijlik mehmon o‘zbekistonlik yoshlarga “Sun’iy intellektda matematikaning o‘rni” mavzusida qiziqarli ma’ruza o‘qidi.

📰 Uchrashuv doirasida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali akademik direktori Matyoqub Baqoyevning sun’iy intellekt bo‘yicha so‘zlagan ma’ruzasi ham talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

💬Ma’ruzalar so‘nggida talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

11 Feb, 12:48


Created and shared using Adobe Scan.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

11 Feb, 09:12


#XALQARO_HAMKORLIK

# O‘zbekiston Matematika jamiyati dunyodagi nufuzli Xalqaro Matematika Uyushmasining teng xuquqli a'zosi sifatida respublikamiz universitetlarida ilm-fanni rivojlantirish va uning nufuzini oshirishda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.

# Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida respublikamizdagi yosh matematiklar hamda talabalar, magistrant va doktorantlar ishtirokida “Sun’iy intellektda matematikaning o‘rni” mavzusida Xitoylik olim, Chendu universiteti professori Xiaojun Chenning iqtidorli talabalari bilan uchrashuvi va ma'ruzasi rejalashtirilgan.

# Anjuman 2025 yil 12 fevral kuni soat 10:30 da O‘zMU Axborot resurs markazi katta zalida bo‘lib o‘tadi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

09 Feb, 16:42


#CHALLENGE

Matematika fakulteti Yoshlar ittifoqi BT kengashi 9-fevral Hazrati Alisher Navoiy tavallud ayyomiga bagʻishlangan "Gʻazalxonlik" nomli challengini Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakultetidan qabul qildi.

Matematika fakulteti Yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu challengini davom ettirish uchun Fizika fakulteti Yoshlar ittifoqi jamoasiga uzatadi...

Bizni kuzating👇
Https://t.me/nuu_sardorbek
Https://t.me/mech_math6_1

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

09 Feb, 13:00


#Buyuk_siymolar_yodi
Buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan Matematika fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan “Kitobxon “ chellenji .

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

08 Feb, 06:44


Talaba e'tiborda

7-fevral sanasida Matematika fakulteti talabalari istiqomat qiladigan 14-TTJda, universitetda o'tkazilgan "Shunqorlar" harbiy-sport musobaqasining "Rektor kubogi" yakkalik bahslarida chempionlikni qo'lgan kiritgan quyidagi talabalar:
a) Axmadaliyev Sardor Muxtor o'g'li (balon sudrash)
b) Ergashov Samandar Umirzoq o'g'li (tosh ko'tarish)
c) Jahonov Sarvar Axmadovich (turnikda tortinish)
lar
fakultet raxbariyati tomonidan ham e'tirof etilib tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar! Talabalarimizning yutuqlari bardavom bo'lsin.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

08 Feb, 06:16


Talaba e'tiborda

Talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlar muntazam tashkil etib borilmoqda

🔷7-fevral sanasida O'zMUning Matematika hamda Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetlari talabalari istiqomat qiladigan 14-TTJda tegishli mas’ullar, jumladan, rektor maslahatchisi J.Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Gʻulomov, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik A.Abdulhaqov ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

🔷Unda yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, turli ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etishdan ogoh bo‘lish, turli xil korrupsion holatlarni bartaraf etish kabi mavzularda tushuncha berildi.

🔷Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

03 Feb, 09:50


#💐TABRIKLAYMIZ!
#Talaba_muvaffaqiyati

Joriy yilning 1-2-fevral kunlari Milliy kurash bo'yicha kattalar o'rtasida Toshkent shahar chempionati o'tkazildi. Ushbu musobaqada sportchi qizlar bahslarida Matematika fakulteti 2-kurs talabasi Tuyeva Gulrux Sohib qizi ham faol ishtirok etib, faxrli 2-o'rin sohibasi bo'ldi. Talabamizning yutuqlari bilan tabriklaymiz. Bardavom bo'lsin.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

01 Feb, 10:51


#5_fevral

⚡️5-fevral Chorshanba soat 14:00 da O'zbekiston Milliy universitetida "Shunqorlar” harbiy sport o‘yinlari musobaqasining "Rektor kubogi" bo'lib o'tadi.

🔹Musobaqa shartlari quyidagicha:

1-shart Saf tayyorgarligi (Jamoaviy)
2-shart Harbiylashtirilgan estafeta (balon sudrash)
3-shart Turnikda tortilish
4-shart Armrestling
5-shart AK-74 avtomatini no to‘liq qismlarga ajratib sochish hamda ajratilgan qismlarni qayta yig‘ish
6-shart Tosh ko'tarish
7-shart Arqon tortish

‼️Ma'lumot uchun: Musobaqaning sovrin jamg'armasi 24 000 000 so'mni tashkil etadi.

1-o'rin 10 000 000 so'm
2-o'rin 8 000 000 so'm
3-o'rin 6 000 000 so'm pul, diplom hamda ko'chma rektor kubogi topshiriladi.

📲Qo'shimcha ma'lumot: @UzMU_Yoshlar telegram sahifasida beriladi.

📍Bizni kuzating:
Telegram | Instagram | O'zMU Yoshlar

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

27 Jan, 13:45


O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!
#Chimyon_ichki_turizm

🔶 Joriy yilning 26-yanvar sanasida Matematika fakultetining bir guruh faol talaba yoshlari bo'sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda "Ichki turizmni rivojlantirish" dasturi doirasida Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan Chimyon kurortiga sayohat qildilar.

🔷 Sayohat davomida talabalar Toshkent viloyatining go'zal manzaralaridan bahramand bo'lib, Chimyonning paydo bo'lish tarixi turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Zero bunday tashabbuslar, talaba yoshlarni birlashtirib vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlaydi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

27 Jan, 08:24


🤩 Fevral oyida o'zingiz uchun yangi til o'rganishni boshlang!

😎 Bizda quyidagi til kurslari uchun yangi guruhlar tashkil qilinmoqda:
🇬🇧 Ingliz tili - 400 000
🇷🇺 Rus tili - 375 000
🇹🇷 Turk tili - 500 000*
🇩🇪 Nemis tili - 500 000*

*Ushbu kurslar uchun kitob va qo'llanmalar markaz tomonidan taqdim etiladi🎁

❄️ Qishning bu go'zal kunlarida o'zingizga yangi bilimlar bag'ishlang! Hozir ro'yxatdan o'ting va birinchi sinov darsida qatnashing. 🎓

Murojaat uchun:
📩 @dream_language_admin
📲 +998991940606

Manzil: O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi Ⓜ️ Beruniy metro
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

23 Jan, 10:23


🌟 Bizning o‘qituvchilar – sizning muvaffaqiyatingiz kafolati! 🌟

🆗 Ingliz tilini o‘rganishda malakali o‘qituvchi tanlash muhim ahamiyatga ega. 💪 Bizning o‘quv markazimizda sizga IELTS 8+ natijaga ega tajribali mutaxassislar dars beradi.

🎯 Sizga nimalarni va’da qilamiz?
Tilni o‘rganishda qiyinchiliklarni yengish.
IELTS, CEFR va boshqa imtihonlar uchun to‘g‘ri tayyorlanish.
Ishonch bilan ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

😎 Shuningdek, o‘quv markazimizda siz nafaqat darslarda, balki amerikalik nativ speakerlar bilan qiziqarli va foydali suhbat clublarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

🤩 Oylik to'lov (chegirma) - 400 000 so'm!

👋 Bugun boshlang! Har bir yangi so‘z, har bir yangi jumla sizni maqsadlaringizga yaqinlashtiradi. Bizning kurslarimizga qo‘shiling va birinchi qadamni bugun tashlang! 😎

📮Murojaat uchun:
📧 @dream_language_admin
📱+998991940606

Manzil: O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi Ⓜ️ Beruniy
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

22 Jan, 17:21


#QvZ_rektor_kubogi
#UzMU_Yoshlar_ittifoqi

🔹O‘zbekiston Milliy universitetida fakultetlararo «Quvnoqlar va zukkolar» ko‘rik-tanlovining Rektor kubogi bo'lib o'tadi

📑Jamoalar 10-fevralga qadar ro'yxatga olinadi.

📆Musobaqa fevral oyining uchinchi o'n kunligida bo'lib o'tadi.

✔️Musobaqa sovrin jamg'armasi va manzili bo'yicha qo'shimcha ma'lumot @UzMU_Yoshlar telegram sahifalarida beriladi.

📲Bizni kuzating:
Telegram • Instagram • O'zMU Yoshlar

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

20 Jan, 17:17


#Даҳшат
🔞 2006-2007 йилги ёшлар "закладчик"лик қилмоқда 😳


🚭 Уни чакган бошқа ёшлар эса автомобилида "передоз"дан ўлик холда топилмоқда.

Ёшлар осон пул топаман деб 20 йилга кесилиб кетманг.

Ота оналар огоҳ бўлинг

➥ Қуйидаги линкни босинг ва Бухороликларга қўшилинг👇

https://t.me/+JbyXxNcaRac5MzI6

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

10 Jan, 23:31


π olimpiadasi!

V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va TIFT Universiteti tashkilotchiligida 2025-yilning 26-29 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida matematika bo'yicha talabalar o'rtasida xalqaro darajadagi olimpiada bo'lib o'tadi.


Olimpiada tartibi:
1. Olimpiadada 2 kun 5 tadan masala beriladi, har kungi masalalarni yechish uchun talabalarga 5 soatdan vaqt ajratiladi. Har bir masalaga 10 balldan ball beriladi.

2. Olimpiadaga qatnashishda jamoaviy ro'yxatdan o'tiladi. Bir jamoada jamoa rahbari va 6 tagacha talaba bo'lishi mumkin. Olimpiadada alohida o`zingiz ham qatnashsangiz bo`ladi.

3. Appelyatsiya jarayonida talabalar umuman aralashmaydi, barcha appelyatsiya jarayonlarida jamoa rahbarlari shogirdlari ishlarini himoya qiladi.

4. Olimpiadada 1-4 kurs bakalavr talabalari va magistratura bosqichi 1-kurs talabalari qatnashishi mumkin.


Hozircha Jamoa rahbarlari olimpiadada ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Deadline 14-mart 2025(π day). Keyinchalik talabalar uchun ro'yxatdan o'tish ochiladi. Tezroq jamoangizni tuzing va jamoa sifatida ro'yxatdan o'ting!


Olimpiada ro'yxatdan o'tish va olimpiada haqida to'liq ma'lumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://sites.google.com/view/uzmc

@karimraximov

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

08 Jan, 12:01


❗️Ўзбекистонда тақиқланган диний манбалар рўйхати

Олий суд 8 январь ҳолатига интернетда диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистонга олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манбалар рўйхатини эълон қилди.

@pressuzb

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

07 Jan, 13:21


Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

@otabek_khasanov

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

07 Jan, 07:48


🔥Yangi yilni yangi maqsadlar bilan boshlash vaqti keldi! 
Dream languageda quyidagi chet tillaridan barcha darajadagi o'quvchilar uchun yangi guruhlar tashkil qilinmoqda:

🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇩🇪 Nemis tili
🇹🇷 Turk tili

😎Darslar tajribali o'qituvchilar tomonida o'quvchilarga qulay vaqtlarda hamda hamyonbop narxlarda olib boriladi.

🎓Oylik to'lov narxlari talabalar uchun chegirmada!
📌Joylar soni cheklangan!
📞 Bepul sinov darsiga qatnashib ko'rish uchun hoziroq biz bilan bog'laning!

📮Murojaat uchun:
📧 @dream_language_admin
☎️ +998991940606

Manzil: O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi
Ⓜ️ Beruniy metro

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

27 Dec, 10:18


🇺🇿 O‘zMU matematiklari odatdagidek yilni g‘alaba bilan yakunlaydi! 🏆

🏫 27-noyabr-1-dekabr kunlari o‘tkazilgan RUDN-2024 olimpiadasida O‘zMU talaba-matematiklari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi 📊

🥈 Kumush medal:
📌 Nabixonov Nabixon
📌 Sharipov Baxtiyor
📌 Turdiboyev Shukurullo


🥉 Bronza medal:
📌 Zoyirov Afzalbek
📌 Keldiyorov Fathulla

👨‍🏫 Jamoa rahbari:
👨‍🏫 PhD Xursanov Shohruh Yashinovich

💐 Barcha ishtirokchilarni va ularning ota-onasi hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

24 Dec, 08:38


#Президент_табриги

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

21 Dec, 10:21


#Zavodga_tashrif
#UzAuto_motors_powertrain
Joriy yilning 19-dekabr kuni Mexanika va matematik modellashtirish yo'nalishi bitiruvchi kurs talabalari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida UzAuto Motors Powertrain zavodiga amaliy tashrifi o'tkazildi. Uchrashuvda talabalar zavod faoliyati hamda ishlab chiqarilayotgan motor turlari bilan yaqindan tanishdilar.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

20 Dec, 12:21


#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab, 1 mlrd so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi

⚡️ Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi g‘oliblari:

🥇1-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti
🥉3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti

🎁🤩 Ushbu talabalar o‘qiydigan oliy ta’lim muassasalariga egallagan o‘rniga mos ravishda quyidagi miqdordagi Prezident sovg‘asi topshiriladi:

1-o‘rin: 2 mlrd so‘m
2-o‘rin: 1,5 mlrd so‘m
3-o‘rin: 1 mlrd so‘m

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

20 Dec, 10:19


#talabalarga_qulaylik

🚆Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:

✓ Qo‘shimcha qatnovlar:

"Toshkent – Urganch – Toshkent" yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi.

"Samarqand – Toshkent – Samarqand" yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

✓ Qo‘shimcha vagonlar:

"Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent", "Toshkent – Termiz – Toshkent", "Toshkent – Urganch – Toshkent" va "Toshkent – Sariosiyo – Toshkent" yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.

👉 На русском

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

19 Dec, 18:08


Қувонарлиси, Саида Шавкатовна билан учрашган ёшлар орасида Ўзбекистон Миллий университети Математика факультети талабаси, халқаро фан олимпиадалари ғолиби Мадина Суюнова ҳам бор.

П.С. Мадина Саида Шавкатовнинг ўнг томонида (биринчи суратда) :)

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

08 Dec, 11:29


#Konstitutsiya_32

📚Konstitutsiya - bizning huquqlarimiz himoyachisi.

🇺🇿 Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi BT kengashi yetakchi va kordinatorlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy qutlaydi!

Yaqinlarga ulashing:
@Ulugbek_Tukhtayev

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

07 Dec, 13:01


Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ochiq eshiklar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari, Korrupsiyaga qarshi kurishish talaba-yoshlar klubi yetakchilari va a’zolari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Matematika fakulteti Mexanika va matematik modellashtirish yo’nalishi 2-bosqich talabasi Jo’raqulov Siyovush Baxodir o’g’li universitet talaba yoshlari o’rtasida o’tkazilgan "9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO’Q DEYDI" mavzusida talaba-yoshlar o’rtasida "ENG YAXSHI INSHOLAR" tanlovining universitet bosqichida ishtirok etib faxrli 3-o’rinni qo'lga kiritib, 2 000 000 so’m pul miqdorini sohibiga aylandi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

06 Dec, 06:20


#14_TTJ_Kafedra_kuni
#Konstitutsiya_qomusimiz
Joriy yilning 5-dekabr sanasida Matematika fakulteti talaba yoshlari istiqomat qiladigan universitetga qarashli 14-TTJda Kafedra kuni doirasida Geometriya va topologiya kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Boyturayev boshchiligida kafedra professor o‘qituvchilarining tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif doirasida kafedra jamoasi tomonidan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan, Yangi Konstitutsiya to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, kafedra tashabbusi bilan tashkil etilgan devoriy gazetalar tanlovi yakuniy qismi o‘tkazildi.
G‘olib deb topilgan talabalarga kafedra jamoasining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Konstitusiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi bilan tabriklaymiz. Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

05 Dec, 14:38


#tanishing
#OʻzMU_iftixori

👩‍🎓Gulayim Aytjanova Torebaevna

🇺🇿O’zbekiston Milliy universiteti
Matematika fakulteti Matematika yo’nalishi
3-bosqich talabasi.


✔️Yutuqlari:
2023-yili 10-11 oktabr kunlari I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi filialida matematika fanidan ochiq xalqaro internet olimpiadasi Superfinali (OIIO-Open International Internet Olympiad) da bronza medalini qo‘lga kiritgan;

2023-yili 25-27 oktyabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 2-Xalqaro Matematika Olimpiadasida kumush medaliga sazovor bo‘ldi;
2023-yili 25-27 oktyabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 2-Xalqaro Matematika Olimpiadasida jamoaviy hisobda 3-o‘rinni egalladi;

2023-2024 o‘quv yilida PQ-5172 bo‘yicha o‘tkazilgan Prezident granti tanlovining matematika-statistika yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi deb topildi;

2023-2024 o‘quv yilida akademik Qori-Niyoziy nomidagi stipendiya tanlovi g‘olibi;

2023-yili 1-2 dekabr kunlari Rudn universiteti tomonidan o‘tkazilgan onlayn Xalqaro Matematika Olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi;
2023-yili 10-dekabr kuni onlayn Sibir matematika olimpiadasida jamoaviy hisobda 3-o‘rinni egalladi;
2024-yili 22-iyulda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matematika fanidan talabalar olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi;
2024-2025 o‘quv yilida Akademik T.A.Sarimsoqov nomli stipendiya tanlovi g‘olibi bo‘ldi;
2024-yil 5-sentyabr kuni IDP tomonidan o‘tkazilgan ingliz tili bo‘yicha IELTS imtihonida 7.5 ball natija ko‘rsatdi.
2024-yili 15-16 oktabr kunlari I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi filialida matematika fanidan II ochiq xalqaro internet olimpiadasi Superfinali (OIIO-Open International Internet Olympiad) da kumush medalini qo‘lga kiritgan;

Yil talabasi-2024 respublika ko'rik tanlovi “Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi boʻyicha Universitet bosqichida faxrli 1-oʻrin

📘Maqola va kitoblari:
Shu kunga qadar 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Xalqaro va respublika ilmiy jurnallari va konferensiyalarda chop etilgan.

✈️ @Ulugbek_Tukhtayev

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

05 Dec, 12:06


#Академик_билан_учрашув

🔹Бугун Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети Математика факультетида “Замонавий математика ва унинг тадбиқлари” мавзусида ЎзР ФА В.И.Романовский номидаги Математика институти директори ўринбосари, ЎзР ФА академиги Ўткир Абдуллаевич РОЗИҚОВ билан талаба-ёшларнинг учрашуви ва давра сухбати бўлиб ўтди.
🔹Ушбу учрашув ва давра сухбатида факультетнинг иқтидорли талабалари иштирок этдилар. Тадбирда 2024 йилда олий таълим муассасалари талабалари ўртасида мукофот жамғармаси 20 000 000 сўм бўлган анъанавий “Қори Ниёзий олимпиадаси” ғолибларига ҳамда 2024/2025 ўқув йилида “Қори Ниёзий стипендияси”ни қўлга киритган талабаларга сертификат ва мукофотлар топширилди.
🔹 Тадбирда “Академик Қори Ниёзий меъроси” илмий методик марказ ижрочи директори ўринбосари профессор Отабек Хакимов иштирок этди.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

04 Dec, 18:54


#Konstitutsiya_erkin_va_farovon_hayot_garovi
Joriy yilning 4-dekabr sanasida fakultetga qarashli 14-TTJda Geometriya va topologiya kafedrasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Kafedra kuni doirasida RASMLAR(qo'l chizmalari) tanloviga start berildi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

29 Nov, 17:11


📚 Dekabr oyida yangi imkoniyatlarga start beramiz! 🎉

🤩Biz sizga quyidagi tillarda yangi guruhlarga qo'shilish imkoniyatini taqdim etamiz:
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇹🇷 Turk tili
🇩🇪 Nemis tili

Birinchi SINOV darsi bepul! Kelib, darslarimiz sifatini o'zingiz sinab ko'ring va til o'rganishda biz bilan birga rivojlaning! 💪

Kurs oylik to'lovlari hamda yangi guruhlar jadvali bilan tanishish uchun Telegram sahifamizga tashrif buyuring!

📮Murojaat uchun:
📧 @dream_language_admin
📱+998991940606

Manzil: O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi Ⓜ️ Beruniy metro
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

25 Nov, 08:52


#Maktab_bilan_hamkorlik

📌Олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг
1295-хдфу-сонли топшириги ижросини таъминлаш мақсадида,
📌Жорий йилнинг 25-ноябрь санасида Ўзбекистон Миллий университети Математика факультети декан ўринбосари М.Маматқулов, Республика ва Халқаро олимпиадалар совриндори Н.Набихонов ва фаол талаба ёшлар университетга бириктирилган Олмазор тумани 11-сонли мактабга ташриф буюрдилар.Ташриф давомида директор муовини Ш. Иргашева ва Математика фани ўқитувчилари билан учрашиб университет - мактаб ҳамкорлиги асосида Математика фани бўйича тўгарак ташкил қилинди.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

25 Nov, 05:36


“Men zoʻravonlikka qarshiman!”

🔹25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan o'tkazilgan videorolik va rasmlar tanlovi natijalarini ma'lum qilamiz!

🎥Videorolik bo'yicha:

🥇1-o'rin Olimjonova Dilnavoz Fizika fakulteti
🥈2-o'rin Qahramonova Marjona Biologiya fakulteti
🥉3-o'rin Karimjonova Kamila Ijtimoiy fanlar fakulteti


🎨Rasm bo'yicha:

🥇1-o'rin Samadova Farangiz Jurnalistika va o'zbek filologiya fakulteti
🥈2-o'rin Jo'raqulov Siyovush Matematika fakulteti
🥉3-o'rin Sa'dullayeva Madina Ijtimoiy fanlar fakulteti

📚Tanlov g'oliblari 25.11.2024 yil soat 14:00 da Rektorat binosi ARMda taqdirlasha marosimi bo'lib o'tadi.

Bizni kuzating va mohiyatdan uzoqlashmang:
@Ulugbek_Tukhtayev

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

18 Nov, 02:54


#Hilpira_mag’rur

🇺🇿 Shonli tarix, hurlik timsoli, ezgulik va tinchlik ramzi – Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi muborak bo‘lsin!

🇺🇿O‘zbekiston bayrog‘i moviy osmon uzra hamisha hilpirab turaversin.

🇺🇿Ko‘nglimizni mehr-muhabbat, ongimizni esa aql-tafakkur bayrog‘i nurlantirsin, yuksaltirsin.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

17 Nov, 19:33


#14_TTJ
#Tadbir
Joriy yilning 17-noyabr sanasida Matematika fakulteti talabalari istiqomat qiladigan O'zMUga qarashli 14-TTJda talaba yoshlar bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish maqsadida, 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan, talabalar ochiq osmon ostida kuy qo'shiqlar sadosi ila raqslarga tushib maroqli dam oldilar! Tadbir davra suhbati ko'rinishida davom ettirilib, TTJni tozaligida hamda talabalarni nazoratida o'zining beg'araz yordami ila faol bo'layotgan qavat sardorlariga fakultet raxbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari topshirildi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

17 Nov, 04:10


#xalqaro_talabalar_kuni

Qadrli O‘zMU talabalari!


Sizlarni 17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

🥰 Talabalik – katta hayot bo‘sag‘asidagi takrorlanmas, beg‘ubor, shuningdek mas’uliyatli va muhim palla. Ulkan orzu-umidlar, dadil maqsadu marralarga to‘la davr.

🤩 Tilagimiz: umr yo‘lingizning mana shunday oltin lahzasi porloq va yorug‘ kelajagingizga mustahkam poydevor bo‘lsin!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

16 Nov, 14:17


#OʻzMU
#Matematika
💐TABRIKLAYMIZ💐

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti talabasi -  Aytjanova Gulayim Torebaevna “Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi boʻyicha Universitet bosqichida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Fakultet jamoasi nomidan gʻalaba bilan tabriklab, bundan keyingi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

16 Nov, 14:17


#OʻzMU
#Matematika
💐TABRIKLAYMIZ💐

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti talabasi - Jo'raqulov Siyovush Baxodir o'g'li “Yilning eng faol targʻibotchi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha Universitet bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Fakultet jamoasi nomidan gʻalaba bilan tabriklab, bundan keyingi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

16 Nov, 14:17


#OʻzMU
#Matematika
💐TABRIKLAYMIZ💐

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti talabasi - Shovdirova Odina Dilshod qizi “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha Universitet bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Fakultet jamoasi nomidan gʻalaba bilan tabriklab, bundan keyingi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

13 Nov, 15:02


#Yoshlar_ittifoqi
#Tanishing

🔹AXMADALIYEV SARDOR MUXTOR O'G'LI


🔹Matematika fakulteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchisi.

🔹2-kurs Matematika yo'nalishi talabasi.

Murojat uchun:
📞
+998770034384
📲Telegram:
@Axmadaliyev_001

🔹Fakultet Yoshlar kanali:
https://t.me/mech_math6_1

O'zMU Yoshlar ittifoqi:@U_Tukhtayev

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

13 Nov, 07:59


#Diqqat #Tarqating

🏛️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining san’atga ishtiyoqmand yoshlari !!!

🇺🇿Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan !!!

⚡️Universitetimizda «DORILFUNUN» nomi ostida musiqa va raqs ansambli tashkil etilgan.

Siz musiqa va san’atga qiziqasizmi ?

Milliy yoki boshqa turdagi cholg’u asboblari chalasizmi ?

Xonandalik bo’yicha o’zingizni universitetimiz bo’yicha namoyon qilmoqchimisiz ?


Bularning barchasi albatta biz bilan amalga oshadi

Bizga kerakli yo’nalishlar:
🔹xonandalik(estrada,vokal, an’anaviy xonandalik-yigitlar va qizlar)
🔸sozandalik(milliy yevropa va boshqa)
🔹raqs(raqqos va raqqosalar)

🔸suhandonlik

🎤Siz iste’dodlimisiz ?
Bizga murojaat qiling✍️

Zero Yoshlar Ittifoqi bilan-yorqin kelajak sari birga boramiz😊

Murojaat uchun:
📞+99899-009-21-27 yoki @khusniddinoff1

Bizni kuzating👇
@U_Tukhtayev

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

11 Nov, 18:30


#14_TTJ_Zakovat
Joriy yilning 10-noyabr kuni Matematika fakultetiga qarashli 14-TTJda Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi S.Axmadaliyev hamda fakultet bitiruvchisi S.Safarovlar hamkorligida talaba yoshlar oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Qiziqarli va baxs munozaralarga boy o'tgan intellektual o'yinda jami 7 ta jamoa kuch sinashishdi.
🔷 Oʻyin natijalariga koʻra quyidagi jamoalar yuqori o'rinlarni egalladilar:
🥇-"Osmondagi bolalar" jamoasi.
🥈-"Magenta" jamoasi.
🥉-"The best" jamoasi.
G'olib jamoalar fakultet bitiruvchisi S.Safarov tomonidan rag'batlantirildilar.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

09 Nov, 12:07


🔥SOVRIN JAMG'ARMASI 40 000 000 SO'M BO'LGAN ZAKOVAT INTELLEKTUAL MUSOBAQASINING REKTOR KUBOGI BO'LIB O'TADI!

❗️11-noyabr soat 12:00 ❗️da O'zbekiston Milliy universitetida Zakovat intellektual musobaqasining rektor kubogi bo'lib o'tadi!


Mazkur musobaqa Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda

‼️G'olib jamoalar quyidagicha sovrin jamg'armasini qo'lga kiritadi:

🥇- o'rin 12 000 000 so'm pul va diplom
🥈- o'rin 10 000 000 so'm pul va diplom
🥉- o'rin 8 000 000 so'm pul va diplom

🔥Shuningdek yakkalik bahslar ham bo'lib o'tadi.Bunda 4 ta eng yuqori natijani qayd etgan jamoadan bittadan vakil ishtirok etadi.

⚡️Yakkalik bahslari g'oliblari quyidagicha mukofotlanadi:

1⃣- o'rin 4 000 000 so'm pul va diplom
2⃣- o'rin 3 000 000 so'm pul va diplom
3⃣- o'rin 2 000 000 so'm pul va diplom
4⃣- o'rin 1 000 000 so'm pul va diplom.

📍Batafsil 📍

▪️Manzil: Zakovat arena
▪️Vaqti 11.11.2024 soat 12:00


📌
Bizda eng zo'rlari hali oldinda!

📲O'zMU Yoshlar ittifoqi:@U_Tukhtayev

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

09 Nov, 12:05


🌿YASHIL_MAKON🌿

OBODLIKKA HISSA QO‘SHISH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!

🌳 Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda bir qator obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

☘️ Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida Matematika fakulteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

🌿 Yaxshi niyat, yuksak uyushqoqlikda tashkil etilgan har bir ish o‘z natijasini beradi.

🌷 Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

09 Nov, 06:36


11-noyabr dam olish kunimi?

Qisqa javob:
yo’q, ish kuni.

ℹ️ Batafsil javob:
Ko’pchilik shu haqida so’rayapti.

O’tgan yili may oyida bir loyiha ko’rib chiqilayotgani xabar berilgandi, loyihada 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida e’lon qilish to’g’risidagi masala aks etgandi.

Ammo keyinchalik bu loyiha kun tartibidan olindi, shekilli, boshqa xabar chiqmadi. Hozircha bunday qonun qabul qilingani yo’q.

Shu sababli 11-noyabr ish kuni hisoblanadi, dam olish kuni emas.

Joriy yilda 11-noyabr dushanba kuniga to’g’ri keladi va barcha xodimlar uchun esa ish kuni hisoblanadi.

ℹ️ Mehnat kodeksiga ko’ra, hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:

1-yanvar – Yangi yil;
8-mart – Xotin-qizlar kuni;
21-mart – Navroʻz bayrami;
9-may – Xotira va qadrlash kuni;
1-sentyabr – Mustaqillik kuni;
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
Ramazon hayitining birinchi kuni;
Qurbon hayitining birinchi kuni.


👉 @xushnudbek 👈

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

08 Nov, 18:38


#TTJ_Kafedra_kuni
#Matematik_analiz_Kafedrasi
Joriy yilning 8-noyabr kuni Matematika fakultetiga qarashli 14-TTJga Kafedra kuni doirasida fakultetning Matematik analiz kafedrasi katta o'qituvchisi PHD M.Eshimbetov va o'qituvchi R.Ergashevlar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talaba yoshlar yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, "Matematikani chuqur oʻrganamiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda talaba yoshlarni qiziqtirgan va tushunmagan savollariga master klass darslari orqali javob berdilar. Tadbir so'ngida talaba yoshlar tashriflari hamda foydali maslahatlari uchun kafedra o'qituvchilariga o'z minnatdorchiligini bildirdilar!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

08 Nov, 17:57


🎮 "Matematik Zakovat" musobaqasi topshiriqlari!

🗓 07.11.2024 kuni O‘zMU Matematika fakultetida tashkil etilgan "Matematik Zakovat" musobaqasining topshiriqlari va yechimlarini sizga taqdim etamiz.

Agarda Siz qadrdon matematiklarga ozgina bo‘lsada bilim va yuqori kayfiyat ulasha olgan bo‘lsak, biz juda xursandmiz!

😎Hurmat va ehtirom ila, fakultet rahbariyati hamda ko‘ngilli talaba-yoshlar jamoasi!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

08 Nov, 17:53


📆 Joriy yilning 7-noyabr kuni O'zMU Matematika fakultetida jami 150 nafardan ziyod talaba yoshlarni qamrab olgan "Matematik Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli, murosasiz hamda bahs-munozalarga boy o‘tgan o‘yinda
1.Epsilon
2.Special
3.Delta
4.Cosmos
5.Geksa
6.Diamond 2
7.Crazy Math
8.Hexagon
9.Abstract Genius
10.Intriga
11.Infinity
12.Epsilon
13.Tafakkur mex
14.Al-Jabr
15.Tavakkul
16.Femida
17. 2402 Bilimdonlar
18.Diamond 1
19.Wonderful
20.Whalien 2408
21.Unusually
22.Ekskalibur
23.Renesans
24.Tafakkur titanlari

jamoalari o'zaro bahs olib bordilar.
Uch bosqichdan iborat bo'lgan intellektual o'yin natijalariga ko'ra,
🥇 Epsilon (3-kurlar)
🥈 Special (2-kurslar)
🥉 Delta (4-kurslar)
🏅 Cosmos (1-kurslar) jamoalari yuqori o'rinlarni egalladilar.

🏆 G'olib jamoalar I, II, III darajali DIPLOM, esdalik sovg'alari hamda 11-noyabr kuni bo'lib o'tadigan Zakovat intellektual o'yinining ''Rektor kubogi"ga yo'llanmani qo'lga kiritdilar!

☄️ Ushbu musobaqa o'tkazilishida o'zining munosib hissasini qo'shgan, Matematika fakulteti ko'ngilli talaba-yoshlar jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

24 Oct, 12:07


“Matematik fizikaning noklassik tenglamalari va ularning tatbiqlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazilmoqda

Bugun, 24-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Matematika jamiyati, O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Rossiya Fanlar Akademiyasi S.L.Sobolev nomidagi Matematika instituti hamda Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlikda “Matematik fizikaning noklassik tenglamalari va ularning tatbiqlari” Xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu anjumanni o‘tkazishdan maqsad matematik fizika va analizning noklassik masalalari, buziladigaan va aralash tiplagi tenglamalar, qo‘shma va aralash-qo‘shma tipdagi tenglamalar nazariyasi, kasr tartibli differensial tenglamalar va ularning xossalari, optimal boshqaruv va differensial o‘yinlar nazariyasi va ularning tadbiqlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda mazkur sohaning istiqbolli ustivor yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat.

Konferensiyada Rossiya, Germaniya, Bolgariya, AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq xorijlik olimlar bevosita ishtirok etmoqda.

👉 Batafsil

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

22 Oct, 09:58


Adiblar xiyobonida sport tadbirlari o‘tkazildi

🟢Bugun, 22-oktyabr kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika, Biologiya hamda Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida sport tadbirlari tashkil etildi.

🟢Tashkil etilgan mazkur sport tadbiri doirasida arqon tortish, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

🟢Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

21 Oct, 09:57


🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Til — millatning o‘zligi, g‘ururi, iftixori, qalbi demakdir. Xalqning eng nodir xazinasi, mamlakat tamaddunining xolis guvohi ham ona tili hisoblanadi.

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

21 Oct, 08:22


#LIVE

Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetida “Stoxastik analiz” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.


Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika instituti hamda Malayziyaning 4 ta universiteti: Monash, Putra, Milliy hamda Malayziya Xalqaro Islom universitetlari hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Ukraina, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va boshqa mamlakatlardan olimlar qatnashmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari malayziyalik olimlar bilan ko‘p yillar davomida hamkorlik qilib keladi. Xususan, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida ham aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali