UktamRakhmonov @uktamrakhmonov Channel on Telegram

UktamRakhmonov

@uktamrakhmonov


The channel is based on mathematics and logic

Hamkorlik, taklif va shikoyatlar @UktamRahmonov ga.

UktamRakhmonov (Uzbek)

Uktam Rakhmonov kanali matematika va logikaga asoslangan. Bu kanalda, matematikaga oid ko'p asosli mavzular va nazariy tushunchalar o'rgatiladi. Uktam Rakhmonov kanali siz uchun matematika va logikadagi muammolarga yechim topishda yordam beradi. Bu kanalda, yangi o'quvchilar uchun qulay darsliklar va o'quv materiallari ham mavjud. Uktam Rakhmonov kanali bilan ajoyib matematika fanini o'rganish imkoniyatini hisobga olishingiz mumkin. Kanalda suhbatlar va maslahatlar olish uchun @UktamRahmonovga murojaat qilishingiz mumkin. Matematikaga qiziqishingiz yoki bu sohadagi bilimlarini yaxshilashni istaysizmi? Uktam Rakhmonov kanaliga obuna bo'ling va bu fandan to'liq mazmun qidirishga tayyormisiz!

UktamRakhmonov

07 Jan, 11:03


Funksiyaning hosilasini toping.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

06 Jan, 10:29


@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

02 Jan, 12:19


Xardi-Ramanudjan formulasini Ramanudjan tushida ko’rgani haqida.

@Suhrob_Yusupov

UktamRakhmonov

31 Dec, 18:01


2025 ni turli holatlarda keltirib chiqaramiz .

1. 2024+1=2025

2. 2025+0+0..+0=2025

3. (20+25)²=2025

4. 1×2025=2025

5. (1+2+3+4+5+6+7+8+9)²=2025

6. 1³+2³+3³+4³+5³+6³+7³+8³+9³=2025

7. 2025=40²+20²+5²

8. 1936-yildan so'ng 2025-yil to'la kvadratga keladi. 44²=1936. 45²=2025

9. e^(ln2025)=2025

10. 2025=2×1000+0×100+2×10+1×5


Barchamizga kirib kelayotgan 2025-yil barakali bo'lsin .
Ilm shaydolariga o'qishlarizga zafarlar tilab qolamiz !
Ustozlarimizga shaxsiy professional rivojlanish tilaymiz !

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

29 Dec, 04:34


📖 Oliy matematika fanidan 1-semestr uchun yakuniy baholash nazorat savollari bazasi

UktamRakhmonov

29 Dec, 04:34


“OLIY MATEMATIKA” fanidan KUZGI SEMESTR uchun YAKUNIY NAZORATGA TAYYORLANISHGA SAVOL VA MISOLLARNING RO'YHATI:

1. OLIY MATEMATIKA FANIDAN 1-SEMESTR YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI
2. 1-SEMESTR YAKUNIY NAZORATGA TAYYORLANISH UCHUN NAMUNAVIY MISOLLAR (1-kurs)
3. 1-kurslar uchun namunaviy variant misollarining yechilishi
4. OLIY MATEMATIKA FANIDAN 3-SEMESTR YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI
5. 3-SEMESTR YAKUNIY NAZORATGA TAYYORLANISH UCHUN NAMUNAVIY MISOLLAR (2-kurs)
6. 2-kurslar uchun namunaviy variant misollarining yechilishi

@tdtu_oliymatematika

UktamRakhmonov

18 Dec, 05:39


Муҳаммад ал-Хоразмийнинг "Ал-Жабр..."ини Европа Роберт Честернинг лотинча таржимаси орқали таниган эди. Орадан асрлар ўтиб, "Ал-Хоразмий алгебраси" ("Algebra of Al-Khowarizmi") бўлиб инглизга таржима қилинган ва Нью Йоркдаги "Макмиллан" нашриётида нашр этилган. Асарнинг инглизча таржимасини қуйидаги ҳавола орқали кўриш мумкин: https://archive.org/details/robertofchesters00muha/page/n11/mode/2up?view=theater

UktamRakhmonov

17 Dec, 16:54


Film: Tafakkur o'yinlari (2001)
Rejissyor: Ron Hovard
Mukofot: 4 ta Oskar (film, ssenariy, rejissura, 2-plan aktrisasi), Oltin globus.

Matematik Jon Nesh hayoti haqida ajoyib film. Jon Nesh Jr (1928-2015) amerikalik matematik bo'lib, o'yinlar nazariyasi va xususiy hosilali differensial tenglamalar nazariyasi sohalarida ilmiy ishlar olib borgan. Uning ishlari iqtisodiyotda keng qo'llaniladi. 1994-yilda Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotiga (Zelton va Harsani bilan) sazovor bo'lgan. 2015-yilda esa Abel mukofotini olgan. Jon Nesh Jr ham Abel ham Nobel mukofoti olgan yagona inson hisoblanadi. 2015-yilda xotini bilan birgalikda Nyu Jersi shtatidagi avtohalokatda vafot etgan.
1959 yilda Neshda ruhiy kasallikning aniq belgilari bo'y ko'rsata boshlaydi va u bir necha yil psixiatrik shifoxonalarda paranoid shizofreniyadan davolangan. Film shu haqida.
P/S: Filmga asos bo'lgan biografik asar muallifi Silviya Nazar bo'lib, unin tagi o'zbekka borib taqaladi.

кино на вечер

@uzmu_matfak

UktamRakhmonov

15 Dec, 04:39


ҚОР ЁҚҚАН КУН

Қандайин сўз топай тасвирлаш учун Майсалар рангини қор ёққан куни, Қордан чиқиб турган майсалар учин,
Юлдузлар совуқдан музлаган тунни.

Ой билан сайр этиб юрган чоғимда Йўлакдаги музнинг қисир-қисирин, Кўрпага ўранган тунги боғимда
Қари дарахтларнинг маҳзун шивирин.

Сирғадек осилган алвон дўлана
Юлдуздек ёнади йўлак четида,
Қорнинг учқунлари гўё парвона
Қўнару эрийди бўш ҳовучимда

Қор ёғар…
Ҳаяжон мисли шамчироқ
Ёритиб туради юрагим ичин, Барчасин сирини биламан, бироқ Сўз топа олмайман тасвирлаш учун…

Хуршид Даврон

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

14 Dec, 06:58


Ўзбекистонлик ёшларнинг IELTS натижалари

UktamRakhmonov

09 Dec, 07:05


🎂 Tug‘ilgan kun paradoksi: Sizni hayratda qoldiruvchi matematik fakt!

Tug‘ilgan kunlarni o‘ylaganda, odatda 365 kunlik yilni hisobga olib, bir guruh odamlar ichida ikkitasining tug‘ilgan kuni bir xil bo‘lish ehtimoli pastdek tuyuladi.

Savol: Sizningcha, guruhda nechta odam bo‘lsa, ulardan kamida ikkitasining tug‘ilgan kuni bir xil bo‘lish ehtimoli 50% dan yuqori bo‘ladi?

💡 Javob: Faqat 23 kishi!


Nima uchun bunday?
Bu ehtimoliyatning yuqori bo‘lishi har bir yangi odamning allaqachon mavjud bo‘lgan tug‘ilgan kunlardan biriga mos kelish ehtimoliyati bilan bog‘liq.

Matematik hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki:

23 kishi uchun ikki kishining tug‘ilgan kuni bir xil bo‘lish ehtimoli ≈ 50.7%.

Agar 70 kishi bo‘lsa, bu ehtimoliyat deyarli 99.9% ga yetadi!


🎲 Matematik tadqiq:

Bu hodisa ehtimollar nazariyasidagi eng qiziqarli paradokslardan biridir va u inson mantiqidan farqli bo‘lgan matematik natijalarni ko‘rsatadi.

📌 Siz bu haqida avval eshitganmisiz?
Fikrlaringizni yozib qoldiring va ushbu ajoyib paradoksni do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

🌟 Matematika – bu faqat sonlar emas, balki fikrlashni yangi darajaga olib chiqish san’atidir!

https://t.me/milliymatematikauz

UktamRakhmonov

06 Dec, 03:25


🏗 Muhandislikda vektorlarning tatbiqi: Ko‘prikning kuch taqsimoti

Muhandislik loyihalarida vektorlar murakkab muammolarni hal qilish uchun eng samarali vositalardan biridir. Ko‘prik qurilishi jarayonida ko‘plab kuchlar ta’sir qiladi va ularning muvozanatini hisoblashda vektorlar ishlatiladi.

🔍 Masala:

Bir avtomobil ko‘prik ustidan o‘tayotganda unga quyidagi kuchlar ta’sir qiladi:
1️⃣ Tortishish kuchi (avtomobilning og‘irligi, pastga yo‘nalgan vektor).
2️⃣ Tayanch kuchlari (ko‘prikning ustunlari tomonidan yuqoriga qarab ta’sir qiluvchi vektor).
3️⃣ Shamol kuchi (gorizontal yo‘nalishda yon tomondan ta’sir qiluvchi vektor).

📐 Vektorlar yordamida qanday ishlanadi?

Har bir kuch kattaligi va yo‘nalishi bilan vektor sifatida ifodalanadi.
Kuchlarning koordinatalar o‘qlaridagi proyeksiyalari hisoblanadi.
Barcha kuchlarning yig‘indisi natijaviy vektorni beradi.
Natija:
Agar natijaviy vektor nolga teng bo‘lsa, ko‘prik xavfsiz va muvozanatda bo‘ladi. Shu tarzda, muhandislar ko‘prikni mustahkam va ishonchli qilib loyihalashtiradilar.


💡 Vektorlarning qo‘llanilishi muhandislikda xavfsizlik va samaradorlikni ta’minlashning asosiy qismidir.
Bizni kuzatib boring va bilimlaringizni oshiring! 🌟

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube

UktamRakhmonov

02 Dec, 05:58


Сўз мулкининг Султони Алишер Навоий

Ps: маълумотларни бошқа илмий доираларга ҳам юбориб қўйинг.

🚀Каналга уланишни унутманг
@ILM_NUR_2020

UktamRakhmonov

01 Dec, 11:27


Uchrashuv haqidagi masala.

Geometrik ehtimollikdan faydalanib hisoblaymiz.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

01 Dec, 11:27


To'la ehtimollik

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

01 Dec, 11:27


Ehtimollarni ko'paytirish.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

01 Dec, 11:27


Гмурман В. Е.
Эҳтимоллар назарияси ва
математик статистика. 368 б.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

01 Dec, 11:27


Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik.

Sh.Q. Farmonov, R.M.Тurgunbayev, L.D.
Sharipova, N.Т. Parpiyeva., Тoshkent, 2007
.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

01 Dec, 11:27


Ehtimollarni qo’shish. Shartli ehtimol. Xodisalarning bog’liqmasligi. To’la
ehtimol. Beyes formulasi
Ma’ruza rejasi:
1. Ehtimollarni qo’shish.
2. Shartli ehtimol.
3. Hodisalar ko’paytmasining ehtimoli.
4. To’la ehtimol va Beyes formulalari.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

24 Nov, 17:43


Ehtimоllаr nаzаriyasi fаnining аsоsiy
tushunchаlаri. Kоmbinаtоrikа elеmеntlаri. Hоdisаlаr аlgеbrаsi. Ehtimоlning klаssik tа’rifi.
Gеоmеtrik ehtimollik.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

24 Nov, 17:43


Uchta merganning o'qni nishonga tekkizish ehtimollari mos ravishda 0.4 0.7 va 0.8 ga teng. Demak P(a)=0.4 P(b)=0.7 va P(c)=0.8 Bu merganlar baravariga o'q uzganda:

Savol:

1. Hech birining nishonga tekkiza olmaslik ehtimolini toping.
Yechim: P(d)=1-P(a)•1-P(b)•1-P(c)=0.6•0.3•0.2=0.036

2. Uchalasining ham o'qni nishonga tekkizish ehtimolini toping.
Yechim: P(f)=P(a)•P(b)•P(c)=0.4•0.7•0.8=0.224

3. Birinchi mergan nishonga tekkizib, ikkinchi va uchinchi merganlar nishonga tekkiza olmaslik ehtimolini toping.
Yechim: P(g)=P(a)•1-P(b)•1-P(c)=0.4•0.3•0.2=0.024

4. Ikkinchi merganniki tegib birinchi va uchinchi merganniki tegmaslik ehtimoli

P(h)=1-P(a)•P(b)•1-P(c)

5. Uchinchi merganniki tegib, birinchi va ikkinchi merganniki tegmaslik ehtimoli

P(j)=1-P(a)•1-P(b)•P(c)

6. Birinchi va ikkinchi merganniki tegib, uchinchi merganniki tegmaslik ehtimoli

P(k)=P(a)•P(b)•1-P(c)

7. Birinchi va uchinchi merganniki tegib, ikkinchi merganniki tegmaslik ehtimoli

P(l)=P(a)•1-P(b)•P(c)

8. Ikkinchi va uchinchi merganniki tegib, birinchi merganniki tegmaslik ehtimoli

P(z)=1-P(a)•P(b)•P(c)

9. Aniq (faqat) bittasiniki nishonga tegish ehtimoli

P(x)=P(g)+P(h)+P(j)

10. Hech bo'lmaganda ( kamida) bittasining nishonga tekkizish ehtimoli

P(v)=1-P(d)

11. Aniq (faqat) 2 tasining nishonga tekkizish ehtimoli

P(n)=P(k)+P(l)+P(z)

12. Hech bo'lmaganda ( kamida) ikkitasining nishonga tekkizish ehtimoli

P(m)=P(n)+P(f)

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

14 Nov, 03:45


Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

UktamRakhmonov

14 Nov, 03:44


https://kun.uz/news/2024/11/14/oliy-matematika-suniy-intellektning-zaif-tomoni-bolib-qolmoqda-tadqiqot

UktamRakhmonov

11 Nov, 03:38


Шахматни ҳинд браҳмани ихтиро қилган. Бир куни рожа ундан ўз ихтироси учун мукофот сифатида нима олишни хоҳлаётганини сўраганида, браҳман ундан шахмат тахтасининг биринчи катаги учун бир дона, иккинчи катаги учун икки дона, учинчи катаги учун тўртта ва ҳоказо дон тўлашини сўрайди.

Математикани тушунмайдиган ҳукмдор тезда рози бўлди, ҳатто ихтирога бундай паст баҳо беришдан бироз хафа бўлиб, хазиначига ҳисоблаб чиқишни ва ихтирочига керакли миқдордаги донни беришни буюрди.

Бироқ, маълум бўлишича, буни тўлашнинг иложи йўқ экан, чунки дон миқдори бутун инсоният тарихида йиғилган буғдой ҳосилидан ошиб кетди.

Бутун тахтада 2 нинг 64-даражаси сонича, яъни 18.446.744.073.709.551.616 дон бўлади. Унинг умумий оғирлиги 461 168 602 000 тоннани ташкил қилади. Бундай миқдордаги донни жойлаштириш учун сизга 10х10х15 км ҳажмдаги омбор керак бўлади.

Хулоса шуки, математикани билган ҳеч қачон кам бўлмайди!

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

05 Nov, 05:29


Ҳиндистондан Кумар, Хитойдан Шин, Ўзбекистондан Жўравой Green Card ютиб, АҚШга келди. Ҳаммаси ўқимаган, оддий одамлар...

Хитойлик кирхонага, ҳинд дўконга, ўзбек эса ошхонага ишга кирди. Ҳаммаси қаттиқ ишларди. Ҳинд билан хитойлик қаттиқ ишлаб, емай, ичмай, топганига боласини ўқитарди. Ўзбек эса икковидан ҳам қаттиқроқ ишлаб, йиққанини Ўзбекистонга жўнатарди. Укаларига данғиллама тўйлар қилди, қаср уйлар қурди...

Орадан йиллар ўтди. Ҳинд ва хитойликнинг болалари тақдирлари ота-онасиникидан тубдан фарқ қилди. Улардан бириси кучли доктор, иккинчиси инженер бўлиб, вояга етди. Ўзбекнинг боласи эса, Green Card ўйнаш учун ҳужжатлар топшириб юрарди.

👉Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020

UktamRakhmonov

30 Oct, 04:01


«Олтин тўп» ғолиби қандай аниқланди?

"France Football" журнали 2024 йилги эркаклар ўртасидаги «Олтин тўп» ғолибини аниқлаш тизимига ўзгартириш киритди.

ФИФА рейтингида топ-100га кирган мамлакатлардан бир нафардан журналист танлаб олинди. Нашр экспертлари эса совринга номзод бўлган 30 футболчи рўйхатини уларга тақдим этиб, шулар орасида 10 нафарини танлаб беришни сўраган.

Футболчиларга эса ўринлардан келиб чиқиб қуйидагича балл берилган:

1-ўрин — 15 балл
2-ўрин — 12 балл
3-ўрин — 10 балл
4-ўрин — 8 балл
5-ўрин — 7 балл
6-ўрин — 5 балл
7-ўрин — 4 балл
8-ўрин — 3 балл
9-ўрин — 2 балл
10-ўрин — 1 балл

Ҳисоб-китоб натижасида Родри энг кўп балл тўплаб, "Олтин тўп"ни қўлга киритди.

P.S. Интернетда тарқалган баъзи маълумотлар мени ҳайрон қолдирди. Негадир кўпгина журналистлар, "France football"нинг талабини тушунмаган шекилли, фақат 3 нафар ўйинчи танлаш билан кифояланган (ҳатто бир футболчини танлаган журналистлар ҳам бўлган).

P.S-2. Ўзбекистондан қайси журналист овоз бергани ҳақидаги маълумотни топа олмади. Балки овоз берган журналист қайси ўйинчиларни танлаганини ўзи маълум қилар.

👉⚽️@futbol_qoidalar

UktamRakhmonov

29 Oct, 12:45


Robert Kiyosaki Toshkentga kelmoqda!

Central Asian Universityʼda 5-dekabr kuni moliyaviy savodxonlik haqidagi mashhur "Boy ota, kambag‘al ota" kitobining muallifi tomonidan maxsus master-klass va Cash Flow o‘yini o‘tkaziladi.

O‘rinlar soni cheklangan, soha mutaxassisidan qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🇺🇿 Yangiliklarni o'zbek tilida kuzatib borish uchun
🇬🇧 For reading in English

📞 71 200 05 22, 71 208 12 34

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Reklama

UktamRakhmonov

16 Oct, 15:44


This channel is about math olympiad and AI and a little economy.

https://t.me/aopscommunIty

UktamRakhmonov

14 Oct, 16:49


Геометрияни билган тўқ юради...

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

13 Oct, 16:37


🔴Diqqat olimpiada!

“Akademik Qori Niyoziy merosi”
ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida matematika fani o'qituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.

Birinchi saralash bosqichi 2024 yil 20-oktabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi.

Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2024 yil 27 oktabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar univeristetida offline tarzda o‘tkaziladi.

1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2-bosqich 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) topshiriqlaridan iborat bo‘lib, unda maksimal 50 ball to‘plash mumkin. Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!

UktamRakhmonov

10 Oct, 06:18


Кичкинам Абдумаликка ADHD (attention deficit & hyperactivity disorder) — диққат етишмовчилиги ва гиперактивлик синдроми диагнози қўйилган.

Биз пайтларда бундай болаларни шўх, гапга қулоқ солмайдиган, қайсар дердик. Бундай болалар партасида ўтиролмаганидан ўқитувчисидан доим гап эшитар, фанлардан эса оқсаб, “иккичи” тамғасига эга бўларди. Гиперактив болалар уришқоқ, бетгачопар, ўз ўрнини билмайдиган деб айтиларди. Ҳозир бу касаллик сифатида тан олинибди.

Абдумалик (8 ёш, 3 синф) жуда шўх: бир жойда ўтиролмасди, мактабда болалар билан баъзида келишолмасди, қўл кўтариб гапириш ўрнига, навбатини кутиб ўтирмасдан гапириб кетарди. Доим ўзини ҳақ деб ҳисоблаб, ҳамма билан, ҳатто ўқитувчилари билан тортишарди. Натижада эса дўст орттиришга қийналарди.

Икки йил аввал доктор томонидан Абдумаликка расман диққат етишмовчилиги ва гиперактивлик синдроми диагнози қўйилди. Диагнозни мактабга олиб бордик ва Абдумалик IPP — индивидуал режа-дастурга киритилди.

Шундан сўнг биз боланинг ўқитувчиси билан учрашдик ва Абдумаликнинг таълимида нималарга эътибор беришимизни муҳокама қилдик. Ўқитувчининг сўзларига кўра, ўғлимнинг ўзлаштиришида муаммо йўқ, аммо ижтимоий кўникмалари устида ишлаш керак.

Кейин ўқитувчи бир йиллик режа тузиб, бизга кўрсатди. Режада нафақат қилинадиган ишлар, балки ишлар натижаси ўлчамлари ҳам киритилган. Биз унга қўл қўйиб бердик. Йилига икки марта (декабрь ва июнда) ўқитувчи бизга режа бўйича ёзма равишда хисобот бериб турди.

Бундай режа янги ўқув йили учун ҳам тузилди. Унда ҳам ижтимоий кўникмалар, хулққа эътибор беришга келишиб олдик. Ўқитувчи биздан Абдумалик тарбиясидан қандай йўллардан фойдаланишимизни сўради. Бола жахли чиққанида, қилаётган ишини уддалай олмасдан асабийлашганида қандай йўл тутиш фойда бериши ҳақида ҳам гаплашдик.

Мана шу хилма-хилликни инобатга олиш ва инклюзивликка яхши мисол бўла олади. Ўқувчи “шўх” деб тамғаланмасдан, балки у билан алоҳида, унинг алоҳида талабларини инобатга олган ҳолда ишлашга келишиб олинди.

Ишларимиз натижа беряпти, чоғи. Ўтган йили Абдумаликнинг битта ўртоғи бўлган бўлса, бу йил бешта ўртоқ орттирдим деб хурсанд бола.

@zambarakning_oqi

UktamRakhmonov

09 Oct, 08:11


A D A B I Y O T L A R

1. SH. R. XURRAMOV. OLIY MATEMATIKA MASALALAR TO‘PLAMI NAZORAT TOPSHIRIQLARI. I QISM. TOSHKENT-2015
2. SH. R. XURRAMOV. OLIY MATEMATIKA MASALALAR TO‘PLAMI NAZORAT TOPSHIRIQLARI. II QISM. TOSHKENT-2015
3. SH. R. XURRAMOV. OLIY MATEMATIKA MASALALAR TO‘PLAMI NAZORAT TOPSHIRIQLARI. III QISM. TOSHKENT-2015
4. Yo. Soatov. Oliy matematika. 1-jild
5. Yo. Soatov. Oliy matematika. 2-jild
6. Yo. Soatov. Oliy matematika. 3-jild
7. Yo. Soatov. Oliy matematika. 4-jild
8. Yo. Soatov. Oliy matematika. 5-jild

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

09 Oct, 08:11


Л И Т Е Р А Т У Р А

1. А.П.Рябушко. Сборник индивидуальных заданий по высшей математике. Часть 1

2. А.П.Рябушко. Сборник индивидуальных заданий по высшей математике. Часть 2

3. А.П.Рябушко. Сборник индивидуальных заданий по высшей математике. Часть 3

4. Лунгу К.Н. и др. Сборник задач по высшей математике. 1 курс

5. Лунгу К.Н. и др. Сборник задач по высшей математике. 2 курс

6. В.П.Минорский. Сборник задач по высшей математике

7. Минорский. Олий математикадан масалалар тўплами (Ўзбекчаси)

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

07 Oct, 06:26


Tekinga o‘qib, yuqori daromadli ishga ega bo‘ling!

Jahon iqtisodiy forumi tomonidan dunyoda masovafiy ish joylari 2030 yilgacha 25 foizga o‘sishi kutilayapti. Ushbu masofaviy ishlarda ishlab, yuqori daromad topish uchun TEKINGA chet tillari va zamonaviy IT texnologiyalarini o‘rganing:

- Tekinga IT texnologiyalarini School21da Toshkentda va Samarqandda bemalol o‘qishingiz mumkin (boshqa viloyatdagilarga esa yotoqxona bor): https://21-school.uz/

- Tekinga Yandex dasturlash maktabida Toshkent, Samarqand va Urgenchda ham o‘qishingiz mumkin: https://codingschool.yandex.uz/

- Tekinga Ingliz va boshqa chet tillarini Ibrat Farzandlari loyihasi orqali o‘rganing: https://t.me/ibratfarzandlari

- Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimiz esa IT sertifikatini TEKINGA olishlari mumkin (o‘qish va sertifikat olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi): https://t.me/shshermatov/553

- ITni TEKINGA o‘qishning boshqa imkoniyatlari ham bor: https://t.me/shshermatov/574 https://code.org/ https://www.khanacademy.org/

- Linkedinda profil yaratib yarim milliondan ortiq masofadan ishlash mumkin bo‘lgan vakansiyalarga topshiring: https://t.me/shshermatov/552

- yoki IT Park residentlariga ishga kiring: https://t.me/itmarket_uz

UktamRakhmonov

06 Oct, 08:53


Yurish oqlardan va ular yutishadi.

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

04 Oct, 05:48


«Мне не нужно серебро! У меня есть высшее богатство — знания».
«Настоящее мужество заключается в презрении к смерти и борьбе против лжи».

4 октября 973 г. родился Аль-Бируни — персидский учёный-энциклопедист и мыслитель, автор многочисленных капитальных трудов по истории, географии, филологии, астрономии, математике, механике, геодезии, минералогии, фармакологии, геологии и др. Бируни владел почти всеми науками своего времени. Свои научные труды писал на арабском и персидском языках.
В работах по математике большое внимание Бируни уделял тригонометрии: он посвятил ей сочинения «Об определении хорд в круге при помощи вписанной в него ломаной линии» (здесь рассматривается ряд принадлежащих Архимеду теорем, не сохранившихся в греческих рукописях), «Об индийских рашиках» (в этой книге обсуждается так называемое тройное правило), «Сферика», «Книга жемчужин» и др. Вопросам прикладной математики посвящены трактат «Тени», несколько трактатов об астролябии и других астрономических инструментах, ряд сочинений по геодезии. Выдвинул идею движения Земли вокруг Солнца, а также, что Солнце состоит из огня. Описал движение планет и силу тяготения, усовершенствовал астролябию и квадрант (инструменты для астрологических исследований). Разработал первый стационарный квадрант радиусом 7,5 м для точных (до 2-х угловых минут) наблюдений Солнца и планет, который на протяжении четырёхсот лет был самым большим в мире. Выдвинул теорию движения литосферных плит.
Владел множеством языков — хорезмийским, персидским, арабским, санскритом, греческим, сирийским, ивритом.

UktamRakhmonov

04 Oct, 05:48


Как Бируни измерил Землю

Первое известное измерение радиуса Земли сделал Эратосфен ещё в III в. до н.э. — он сопоставил линейное расстояние между двумя египетскими городами — Александрией и Сиеной (ныне Асуан) с разностью их широт. Это был трудоёмкий способ, и он не позволял достичь хорошей точности.

Довольно простой и красивый способ измерения радиуса Земли, доступный современному школьнику, знакомому с тригонометрией, предложил Аль-Бируни.
Если наблюдатель поднимется на вершину горы А высотой h, то увидит линию горизонта в точке С. Измерив угол понижения горизонта α и высоту горы, легко найти радиус Земли.
Для определения высоты горы Бируни измерил с помощью астролябии угол возвышения горы в двух точках, отстоящих друг от друга на расстоянии d.
Доказательство этих формул оставим в качестве несложного упражнения.

UktamRakhmonov

01 Oct, 03:20


1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни!

Ушбу кун муносабати билан юртимиздаги барча ўқитувчи ва мураббийларни чин дилдан самимий муборакбод этамиз!

Сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин!

Касб байрамингиз муборак бўлсин ҳурматли устозлар!

@UktamRakhmonov

UktamRakhmonov

29 Sep, 14:06


Якшанба оқшоми учун O’zbekistonlik фильмини кўришни тавсия қиламиз. Бу фильм ўзбекистонликларнинг АҚШдаги муваффақиятлари ҳақида. Уларнинг орзулари ва меҳнатлари сизни илҳомлантириши аниқ!

UktamRakhmonov

26 Sep, 04:48


mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube

UktamRakhmonov

24 Sep, 09:31


Нега шундай бўлди?

Бир неча кун олдин шу пост фейсбукда тарқалди, кўплаб инсонлар буни калака ҳам қилишди, университетда ўқишнинг оқибати шу деб пост муаллифининг устидан кулишди, ачинганлар ҳам бўлди.

Аммо мен масаланинг бошқа томони ҳақида бир неча кун ўйладим, нега шунақа ҳолат кузатилади ўзи, ҳатто юртимиздаги энг олди университет битирувчиларининг баъзилари ҳам иш университетни битиргач иш топа олмай охири шунақа ишлар ёки ўз соҳасига алоқадор бўлмаган ишларга ўзларини уришади.

Бунга бир қанча сабаблар бор:

1. Жуда кўплаб олийгоҳларнинг ўқув дастурлари ҳозирги замон талабига мос эмас, ўша эски совет давридан қолган ўқитувчи лекция беради, уни талаба тинглайди ва ўқиб келиб айтиб беради. Ҳеч қандай ижодкорлик йўқ. 50 йил олдин ҳам шу эди, ҳозир ҳам шу, лекин 50 йил олдин режали иқтисодиёт даврида бу усул иш берган, университетни битирган битирувчи тўғри заводга боришини олдиндан билган. Ҳозир эса замон ўзгарди, лекин дастурлар ўзгармади.

2. Талаба мен университетга борсам, ҳамма устозлар бирлашиб менга билимни миямга солиб қўяди деб ўйлайди. Унақа бўлмайди, талаба мустақил ўрганмас экан, ҳеч нарса ўзгармайди.

3. Фақат мутахассис бўлишнинг ўзи етарли эмас, ҳозирги замонда фақат ўз соҳангни зўр билишинг етарли эмас, сенда мулоқот қилиш, презентация қилиш, умуман олганда ўзингни намоён қилиш, бошқача айтганда ўзингни сота олиш маҳорати ҳам яхшигина ривожланган бўлиши керак. Ишонавер, талаба, сен математикани йиртиб юборадиган даражада билиминг бўлгани билан уни кўрсатиб бера олмасанг, бошқага ўз фикрингни етказиб бера олмасанг, бари бефойда.

4. Меҳнат бозори ривожланмоқда ва жуда тез ўзгармоқда. Агар битирувчи талаба шу бозорга мослашувчанлик қобилияти бўлмаса, пастки поғонадан жой олаверади.

@bektoshkhatamov

UktamRakhmonov

23 Sep, 10:17


Izohsiz...