Boks|MMA|UFC @ufcboxing_uz Channel on Telegram

Boks|MMA|UFC

@ufcboxing_uz


Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. Murojaat: @Aloqachi11bot

©Shaxsiy blog

Boks|MMA|UFC (Uzbek)

UFC, MMA va boks sovg'alarini izlash va ulash uchun yagona manzil - 'ufcboxing_uz' Telegram kanali! Bu kanalda eng yangi va maqbul yangiliklarni o'qib, tajribalar bilan baham ko'rish va eng sevimli boshqa boks, MMA va UFC ishtirokchilarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo'lasiz. 'Boks|MMA|UFC' kanaliga azaldan qo'shiling va sportning qiziq vaqt o'tkazishini baham ko'ring! Zo'ri bo'lishga emas, sifatlisi bo'lishga harakat qiling, 'ufcboxing_uz' kanalida! Murojaat uchun @Aloqachi11bot ga murojaat qiling. Shaxsiy blog. Sifatli sport yangiliklari va muhim ko'rsatuvlar uchun 'Boks|MMA|UFC' kanaliga a'zo bo'ling!

Boks|MMA|UFC

17 Feb, 04:56


UFC reytingidagi eng qari jangchilar

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Feb, 19:39


Boksda 1 raund qancha davom etadi? Shohjahon Ergashev raqibini nokaut qilmaguncha😎

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Feb, 19:33


Nursulton Ro‘ziboyev jang qiladigan UFC Fight Night kardi esa shunday ko‘rinishda

Jarohatlar bo‘lib qolmasin, hamma vazn qilsin deb niyat qilamiz…

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Feb, 19:28


🚨Katta Ro‘ziboyev UFC’dagi navbatdagi jangini 23-fevralda o‘tkazadi

Nursulton (34-9-2) Sietldagi UFC Fight Night turnirida amerikalik UFC debyutanti Erik Makkonikoga (9-2-1) qarshi jang qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

15 Feb, 06:17


“Chuchvara otmen”: Mashrabjon Ro‘ziboyevning UFC’dagi debyuti kechiktirildi

Chunki kichik Ro‘ziboyev vazn me’yorini bajara olmagan. Shu tariqa uning Jared Gordonga qarshi jangi bekor qilindi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

14 Feb, 11:03


Dmitriy Bivol jamoasi bilan 22-fevralda bo‘ladigan Beterbiyevga qarshi revansh jangi uchun Ar-Riyoda yetib bordi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

14 Feb, 05:15


Terens Kroufordning nega zarbalari kuchli deysizmi? U hatto 206 kg toshni ko‘tarib mashq qiladi chunki…

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

13 Feb, 17:34


“Darmoyed” samolyot olibdi😫

Aytishlaricha, Jeyk Pol Mayk Tayson bilan jangdan olgan gonorariga shaxsiy samolyot xarid qilgan.

Juda ko‘p ishni noto‘g‘ri qilyapmiz-da, o‘rtoqlar!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

13 Feb, 17:28


UFC 313: Pereyra vs Ankalayev

9-mart sanasida bo‘ladigan raqamli turnirning kardi hozircha shunday ko‘rinishda.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

11 Feb, 22:12


🇺🇿Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboyev 16-feval kuni UFC’da debyut jangini o‘tkazadi

Mashrabjon (20-4-1) yengil vazn toifasida Jared Gordonga (20-7) qarshi UFC Fight Night 251 turniri doirasida oktagonga chiqadi.

Gordon aslida Kaue Fernandeshga (9-2) qarshi jang qilishi kerak bo‘lgan, biroq u jarohat olib safdan chiqqan. Mashrabjon esa jangga 4 kun qolganda rozilik berib, UFC’da debyut qilishga qaror qilgan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

11 Feb, 17:42


G‘amxo‘r shogird

Habib Nurmagomedov ustozi Xavyer Mendesga Dubaydan kvartira sovg‘a qilibdi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

10 Feb, 16:16


“Darmoyed” to‘xtamayapti-ku😁

Pol meksikancha sombreroni kiyib, Kanelo tomon yo‘l olganini aytib, hayp qilishni davom ettiryapti.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

10 Feb, 04:32


Xayriyat, Kanelo bu masxarabozlikda ishtirok etmaydi (hozircha…)

Saudiyalik “katta aka” Turki Al ash-Shayx prof boksni saqlab qolishga harakat qilishda davom etadi.

Uning ma’lum qilishicha, Kanelo Riyadh Season doirasida 4 ta jangga shartnoma imzolagan. Saul Alvares (62-2-2, 39 KO) 3-may kuni Jeyk Polga qarshi emas, balki kubalik Uilyam Skallga (23-0, 9 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

09 Feb, 18:09


Maynazovchilik davom etadi

Pulning hidini 2 kilometrdan biladigan yigit — Jeyk Pol 3-mayda Las Vegasda Saul Alvares “Kanelo” bilan jang qilar ekan. Ikkala tomon bu borada shartnomaga imzo chekkan. Shouni esa Netflix platformasi translyatsiya qiladi.

UFC promousheni MMA’ni qanchalik yuqori cho‘qqiga olib chiqishda davom etayotgan bo‘lsa, boks shunchalik quyiga sho‘ng‘ishda davom etmoqda. Afsuski, bunda top-bokschilarning ham rol o‘ynayotgani achinarli…

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

09 Feb, 17:41


🇹🇯Sobiq chempionni shunday ayanchli nokautga uchratishdi

Prof boksning birinchi yengil vazn tofiasida IBF sobiq chempioni Shavkat Rahimov (17-2-1, 14 KO)ning omadsiz yurishi davom etadi. Tojikiston vakili AQSHdagi boks oqshomida Jastin Poldo (18-2, 9 KO) 8-raundda nokaut bilan yutqazdi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

09 Feb, 16:20


Chempionning rejalari

Drikus dyu Plessi Shon Striklendni yutib, chempionlikni himoya qilganidan so‘ng kelajak rejalari ham oydinlashib qoldi. Chempion endi Hamzat Chimayevga qarshi titul jangi himoyasini o‘tkazishni reja qilmoqda.

Shuningdek, Drikus Nassurdin Imavov bilan hozir jang qilmoqchi emas. Balki, Imavov avval Kayo Borralyo bilan bu maqomga munosib bo‘lish uchun jang qilib, g‘olib aniqlanishi kerak deb hisoblamoqda.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

09 Feb, 16:17


Dushmanlik va do‘stlikning orasi bir qadam

Har holda sportda shunday. Aslida sportda dushman emas, raqib bo‘ladi. Adesanya va Pereyra kikboksing davridan bir-biriga ashaddiy raqib edi. Bu raqiblik UFC’da ham davom etdi. Biroq hozir ular ancha yaqin bo‘lib qolishgan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

09 Feb, 16:15


Qadrdonlar, so‘nggi kunlardagi passivlik uchun uzr!

Endi faolroq bo‘lishga harakat qilamiz! Qani boshladik!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Feb, 04:57


Bu jang “otmen”: Jalolovda uchuq yoki akne chiqqani sababli jang bekor qilingani aytilmoqda

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

05 Feb, 04:08


Shohjahon Ergashev afrikalik raqibi o‘rniga yana Afrikadan raqib topdi

15-fevralda Farg‘onadagi boks oqshomida jang qiladigan Ergashevning raqibi o‘zgardi. U aslida namibiyalik Paulus Shishiiveni Amavila (10-2-1, 5 KO) bilan jang qilmoqchi edi, ammo bu jang bekor bo‘lgan. Sababi bizga qorong‘i. Uning o‘rniga esa Ugandadan 24 yoshli Junju Pauer (8-1, 6 KO) olib kelinmoqda. Pauer faoliyatidagi 9 ta jangidan 8 tasini vatanida o‘tkazgan va ularda g‘alaba qozongan. Vatanidan tashqaridagi 1 ta jangida esa nokaut bilan yutqazgan.

Farg‘onada nima tomosha ko‘rsatishini esa 15-fevralda bilib olamiz.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

01 Feb, 20:50


https://www.youtube.com/watch?v=ARXj0LjiKew&t=2s

Boks|MMA|UFC

01 Feb, 20:50


https://www.youtube.com/watch?v=Y4goxZdxTjU

Boks|MMA|UFC

01 Feb, 14:16


UFC FN: Adesanya vs Imavov

Janglar biroz oldin 19:00 da boshlandi. Asosiy kard esa soat 22:00 da.

UFC’ning navbatdagi turnirini mualliflik huquqini buzmagan holda UFC Fight Pass, Setanta Sports, ESPN+, Match TV (Boets) telakanallari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Aytgancha, Setanta ayni damda ushbu turnirni bepul namoyish etmoqda. Shunchaki ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

31 Jan, 07:07


Adesanya—Pereyra jangini eslamoqchi bo‘lganlar uchun

Montajni buzvorish qanday bo‘ladi desa shuni ko‘rsating.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

31 Jan, 05:58


Qo‘qon shapalog‘i bo‘yicha chempionat😅

Xullas, rossiyalik Vasiliy “Chuchvara” Kamotskiy Power Slap turnirida superog‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘libdi.

O‘zimizda ham qilish kerak bu turnirni.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

30 Jan, 09:39


UFC’ga doim shoumenlar kerak bo‘lgan. Shara Bullet esa ana shundaylardan. U nafaqat jang qilish uslubi bilan, balki tashqi ko‘rinishi bilan ham UFC’ning barcha “talab”lariga to‘g‘ri keladi

Shuning uchun ham uni hozir hatto Ronalduning oldida ham ko‘rish mumkin. UFC’ning piar kompaniyasi juda zo‘r ishlaydi.

Aytgancha, Shara 1-fevral kuni UFC’dagi navbatdagi jangini tajribali Maykl Peyjga qarshi o‘tkazadi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

30 Jan, 09:18


So‘nggi 5 ta jangning 3 tasida yutqazgan Israel Adesanya 1-fevral kuni Nassurdin Imavovga qarshi jang qiladi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Jan, 18:20


Shuning uchun to‘ydan oldin nog‘ora chalish kerak emas

Bor hunarni jangdan ko‘rsatish eng to‘g‘risi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Jan, 14:49


MMA’ning ikki tirik afsonasi — Fyodor Yemelyanenko va Habib Nurmagomedov

Uchinchisini ham e’tirof etmaslik adolat bo‘lmaydi — Xavyer Mendes ham bor.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Jan, 14:47


Pul bor joyda bilingki, albatta, Konor Makgregor va mana bu ikki “darmoyed” ham bo‘ladi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

23 Jan, 07:24


Jiu jitsu boksga qarshi

Charlz Oliveyra va Maks Hollouey iyun oyida BMF kamari uchun jang qilarkan.

Olovli jang bo‘ladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

23 Jan, 07:23


Ishqilib shu bola bilan ham oxiri baxayr bo‘lsin)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

22 Jan, 05:22


Shohjahon Ergashev o‘ziga Afrikadan raqib topdi, u bilan Farg‘onada jang qiladi

Shohjahon Ergashev 15-fevral kuni Farg‘onada tashkil etiladigan boks kechasida namibiyalik Paulus Shishiiveni Amavila (10-2-1, 5 KO) bilan jang qilarkan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Jan, 10:19


UFC 311 asosiy janglari rasmiy videosharhlari (sifatli formatda)

Maxachev vs Moykano
Dvalishvili vs Nurmagomedov
Proxazka vs Hill
Guskov vs Elekana

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Jan, 06:24


🇺🇿Bogdan Guskov (17-3) 2-raundda Billi Elekanani mana shunda tarzda bo‘g‘ib qo‘ydi

📹UFC Eurasia

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Jan, 06:24


UFC 311 ni bezagan jang: Irji Proxazka (31-5-1) 3-raundda Jamal Hillni shunday tarzda nokaut qildi

📹UFC Eurasia

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Jan, 06:24


Islom Maxachev (27-1) mana shunday tarzda 1-raunddayoq Renato Moykanoni taslim qildi

📹UFC Eurasia

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Jan, 06:15


Zo‘rdan zo‘r chiqishiga “issiq isbot”:

UFC 311 da hali yutqazmagan 4 jangchi faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

1. Kleyton Kapenter (8-1) bungacha 8 ta jangda yutgandi, Tagir Ulanbekovdan ilk mag‘lubiyatni qabul qildi.

2. Rinya Nakamura (9-1) bungacha 9 ta jangda yutgandi, Muin G‘ofurovdan ilk mag‘lubiyatni qabul qildi.

3. Peyton Telbott (9-1) bungacha 9 ta jangda yutgandi, Raoni Barselosdan ilk mag‘lubiyatni qabul qildi.

4. Umar Nurmagomedov (18-1) bungacha 18 ta jangda yutgandi, Merab Dvalishvilidan ilk mag‘lubiyatni qabul qildi.

📷Jeff Bottari/UFC/Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Jan, 06:06


UFC 311: Maxachev 1-raunddayoq yutdi, Umar Nurmagomedov yutqazdi, Proxazkada nokautli g‘alaba

Asosiy kard:

Islom Maxachev 1-raundda Renato Moykanoni sabmishen bilan yutdi;

Merab Dvalishvili ochkolar evaziga Umar Nurmagomedovni taslim qildi;

Irji Proxazka 3-raundda Jamal Hillni nokaut qildi;

Jailton Almeyda 1-raundda Sergey Spivakni nokaut qildi;

De Ridder 1-raundda Kevin Hollandi sabmishen bilan yutdi.

📷Jeff Bottari/UFC/Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Jan, 06:00


Tajriba baribir tajriba, Islom kuchli zarba o‘tkazdi, biroq 1 daqiqa ichida hammasini hal qilib qo‘ya qoldi!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Jan, 19:16


Moykanoni faoliyati davomida Joze Aldo va Rafael Fiziyevlar nokaut qilgan

Renatoning o‘zi esa 2016-yilda Zubayra Tuxugovni ochkolar evaziga UFC 198 turnirida taslim qilgan.

UFC’dagi so‘nggi 4 ta jangida yutgan. 2023-yilda Moykanoning Arman Sarukyan bilan jangi bekor qilingan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Jan, 19:12


Yo‘qdan ko‘ra: Maxachevga raqib berildi

Islom UFC 311 da braziliyalik Renato Moykano (20-5-1) bilan jang qiladi. Aslida Renato bu turnirda Beneil Dariush bilan jang qilishi belgilangandi. Biroq u asosiy jangni saqlab qolishga rozi bo‘ldi. Dariush esa raqibsiz qoldi va turnirda ishtirok etmaydi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Jan, 19:11


Shifokorlar Sarukyanga jang qilishga ruxsat bermagan. Uning o‘rniga Charlz Oliveyra varianti ko‘rilgan. Biroq bu ham amalga oshmadi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Jan, 19:08


⚡️Afsus: Sarukyan belidan olgan jarohati sabab UFC 311 da Maxachev bilan jang qilmaydi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Jan, 03:37


❤️Inson

Irji Proxazka oqqon kasaliga chalingan odam 50 ming dollar xayriya qildi va bemor sharafiga sochini UFC 311 dan oldin kalga oldirgan.

UFC prezidenti Dana Uayt ham mazkur bemorga 50 ming dollar xayriya qilishini e’lon qildi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Jan, 03:33


Islom Maxachev vs Arman Sarukyan

Bu yerda maksimum hurmat ko‘rsatishi ikkalasi ham.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

07 Jan, 04:46


Birinchi jang

Islom Maxachev va Arman Sarukyanning revanshidan oldin 1-jangni ko‘rib qo‘yish zarar qilmaydi. Bu jang “stoyka” muxlislari uchun xush kelmasligi aniq. Boisi to‘qnashuv asosan parterda o‘tgan. Ikkalasi ham kurashini ishga solishga harakat qilgan.

Lekin bir narsani tan olish kerak, Sarukyan yaqqol kuchsiz ko‘rinmagan. Bu esa ikkinchi jangning qiymatini yanada oshiradi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

07 Jan, 04:43


https://youtu.be/UiXLK3e76KM

Boks|MMA|UFC

06 Jan, 20:06


💪Islom Maxachev agar 19-yanvar kuni Sarukyanni yuta olsa, UFC’dagi ketma-ket g‘alabalari soni 15 taga yetadi

Bu orqali Islom Kamaru Usmonning rekordini yangilaydi. Oldinda esa faqat ketma-ket 16 ta jangda yutgan Anderson Silva qoladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Jan, 16:26


Sening zalga mashq qilishga chiqqan do‘sting😂

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Jan, 11:31


“Endi bunaqa ish qaytarilmaydi” — Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani uchun uzr so‘radi

Shahram kamsonli aqlli bokschilarimizdan biri. Har bir gapini ancha o‘ylab gapiradi. Lekin qanday qilib, bu ishga rozi bo‘lganiga haliyam hayronman.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Jan, 11:25


Aleks Pereyra MMA’dan ketgandan so‘ng nima ish qilishi ma’lum

U shapaloq shouda qatnashadi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Jan, 18:08


Ramazon Temirov UFC’dagi ikkinchi jangini top-15 dagi raqib qarshi o‘tkazadi

UFC’da debyut qilgan Ramazon Temirov (18-2) navbatdagi jangini 2025-yil 1-martida amerikalik Charlz Jonsonga (17-6) qarshi o‘tkazishi nihoyat tasdiqlandi.

Bu jang boʻyicha aslida 2024-yil oktabrida gap-soʻz chiqqan va oʻshanda manbalar jang ehtimolini oʻta past baholagandi.

Lekin UFC 2-jangidayoq Ramazonga top-15 dan raqib berdi. Bu katta chaqiriq! Bosish kerak!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Jan, 09:08


UFC 311 ga roppa-rosa 15 kun qolmoqda

Toshkent vaqti bilan 19-yanvar erta tongda bizni yaxshi janglar kutmoqda.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Jan, 08:35


Yakkakurash sport turlarida zo‘rdan zo‘r har doim chiqqan, shunday ekan chiranishga hojat yo‘q)

Teofimo Lopes bir vaqtlar Vasiliy Lomachenkoning g‘alabali seriyasini buzgandi. Jorj Kambosos esa Lopesning g‘alabali odimiga yakun yasagan. Kambososning yurishiga esa Devin Heyni nuqta qo‘ygan. Heyni ham aslida Rayan Garsiyaga yutqazgandi, biroq hozirda ushbu jang natijasi bekor qilingan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

03 Jan, 05:12


UFC 2025-yilda va’da qilayotgan janglar

Ko‘rsa bo‘ladi-a?

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

31 Dec, 19:26


2025-yilda ham qatorimizdan kamaytirmasin. Omad, baxt va eng asosiysi sog‘liq doim hamrohingiz bo‘lsin!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

30 Dec, 15:53


Kelib qolinglar: UFC jangchilaridan “KFS” bor

Palon-pul ishlatib, biznes qilasan. Lekin nom topishga kelganda kallang zarba o‘tkazib, ishdan chiqqanligi sezilib qoladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 20:23


🇺🇿Anvar Abdullayev (9-0) Octagon 68 ning asosiy jangida 🇦🇿ozarboyjonlik Farid Alibobozodani (13-8-1) ochkolar evaziga taslim qildi va chempionlikni himoya qildi

📹OctagonLeague

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 19:24


🇺🇿Shohasan Mirzamatov (14-4) 36-soniyada raqibini nokautga uchratdi

Shohasan 🇧🇷braziliyalik Pedro Fariasni (10-8) 1-raundda noakutga uchratib, revansh jangini o‘z foydasiga hal qildi.

📹OctagonLeague

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 19:07


🇺🇿Odilxon “Tramplin” Kamolov (6-4) Octagon 68 da debyutant Jasur “Tayson” Jo‘rayevni (0-1) 1-raunddayoq yutdi

Nimayam deymiz, konsert tugadi.

📹OctagonLeague

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 18:52


🇺🇿Muhiddin Mamajonov MMA’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi

U Octagon 68 turnirida 🇹🇯tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga (14-5) hakamlarning bo‘lingan qarori bilan yutqazdi. Qayd etish kerak, Muhiddin 1-raundni to‘liq o‘z foydasiga hal qildi. Ikkkinchi raundda esa raqibi uning beldan pasiga taqiqlangan zarba berdi. Shundan so‘ng Muhiddin jangga qaytishi qiyin bo‘ldi.

📹OctagonLeague

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 18:37


😅Muxlislar yozyapti: non kabob zo‘rmi yoki tandir go‘sht?

Xo‘sh, siz nima deb o‘ylaysiz?

Non kabob → 👍
Tandir go‘sht → 🔥

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 18:30


MMA’da kurash nega kerak deganlar shu jangning to‘lig‘ini qayta-qayta ko‘rishi lozim

🇰🇿Daniyar Ongar (7-3) 3 raundlik jangda bunga qadar yutqazmagan 🇺🇿Mironshoh Husanovni (5-1) parterda shunchaki yeb tashladi.

📹OctagonLeague

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 17:59


🇺🇿Azamat Nutfillayev (13-1-1) 2-raundda 🇧🇷braziliyalik Fernando Batistani (11-9) nokautga uchratdi

📹OctagonLeague

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Dec, 17:45


🇺🇿Amirxon Alixo‘jayev (11-5) 3-raundda 🇧🇷Elismar Limaga (31-13) sabmishen bilan yutqazib qo‘ydi

📹OctagonLeague

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

28 Dec, 11:41


😅

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

28 Dec, 04:27


2025-yilda ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan ehtimoliy chempionlik janglari

Ikkita jangni ko‘rish shaxsan o‘zim uchun qiziqroq: Jon Jons va Tom Aspinell. UFC afsonasi bu jangni yutib, og‘ir vazn toifasi qiroli sifatida faoliyatini yakunlasa ham bo‘laveradi. Aspinell yutsa, tabiiyki, katta shuhratga ega bo‘ladi.

Ikkinchisi: Islom Maxachev va Iliya Topuriya. Ikki pancher kurashi. Zarbalari toshdek og‘ir ikki buldozer. Ha, Islom kurashda ustunroqdek. Biroq Iliyaning kurashi ham yomon emas. O‘ta qiziq jang…

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

27 Dec, 13:23


Roppa-rosa 1 yil avval “Monstr” Naoya Inoue muddatidan oldin Marlon Tapalesni taslim qilib, o‘zi uchun ikkinchi vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi

Murodjon Ahmadaliyev Naoyani bir necha bor jangga chorlagan bo‘lsa ham, hozircha uning javobi o‘zgargani yo‘q: u Murodjon o‘z navbatini kutishi kerak deb hisoblamoqda.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

27 Dec, 10:55


Bo‘ri ovga shaylanmoqda

Uning o‘ljalari allaqachon 14 taga yetgan. Keyingi ov UFC chempionligi uchun!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Dec, 04:09


12-yanvar tongida ham bir to‘da janglar bor. Asosiy jang braziliyalik opalar ishtirokida

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

24 Dec, 10:21


UFC 311 kardi hozircha shunday ko‘rinishda

19-yanvarda bizni yaxshi janglar kutmoqda. 🇺🇿Bogdan Guskov ham shu kechada jang qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

22 Dec, 02:32


https://youtu.be/3hPGzcpovoo

Boks|MMA|UFC

22 Dec, 02:32


Zarbalar statistikasi

Usik jeblar va to‘g‘ridan berilgan zarbalar borasida Fyuridan ortda qoldi. Biroq aniq zarbalar borasida ustunlik qildi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

22 Dec, 02:30


Hakamlarning qarorlari shunday ko‘rinish oldi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

22 Dec, 02:29


Oleksandr Usik revansh jangida Tayson Fyurini mag‘lub etdi

Prof boksning og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik revansh jangida ham Tayson Fyurini mag‘lub etdi.

To‘liq davom etgan jangda yakunda Usik ochkolar evaziga (116-112) g‘alaba qozondi va o‘zining chempionlik kamarlarini himoya qildi.

Ular o‘rtasidagi ilk jang 2024-yil may oyida o‘tkazilgan va unda ham Usik g‘alaba qozongandi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

21 Dec, 18:54


Usik—Fyuri 2 jang translyatsiyasi va vaqti haqida

Ayni damda ushbu boks oqshomi DAZN va ESPN+ telekanallari tomonidan jonli efirda namoyish etilmoqda.

Usik—Fyuri jangi esa tonggi 03:30—04:30 larga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Nasib qilsa, asosiy jangni birgalikda ko‘ramiz.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

21 Dec, 18:48


Usik—Fyuri 2 jangini ko‘rishga taklif etilgan yulduzlar

Ularning oila a’zolarigacha joylar ajratib hozirlab qo‘yilgan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Dec, 21:51


Usik vs Fyuri: tarozidan o‘tildi, nigohlar yana to‘qnashdi

Usik — 102,5 kg
Fyuri — 127,5 kg

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Dec, 19:17


UFC’da omadi kelmagan Robelis Despanye Karate Kombat ligasida tarixidagi eng tezkor nokautni qayd etdi — raqibni qulatish uchun 4 soniya kifoya qildi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Dec, 07:52


1-fevralda esa UFC Saudiya Arabistonida navbatdagi Fight Night turnirini o‘tkazadi

Raqamli turnir bo‘lmasa-da, asosiy kard yomon tuzilmagan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Dec, 07:51


UFC 2025-yilni 12-yanvardagi Vegas 101 turniri bilan boshlaydi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Dec, 19:00


Tayson Fyuri: “21-dekabrda Usik ustidan g‘alaba qozonaman. Keyin esa bizda 3-jang bo‘ladi. Kamar uyga qaytgandan so‘ng 2025-yilda bizning trilogiyamiz bo‘ladi”.

Oleksandr Usik: “Bu safar ham men yutaman”

Sizningcha, revanshda kim yutadi?

Fyuri → 🔥
Usik → 👏

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

15 Dec, 07:07


UFC: Kovington texnik nokaut bilan yutqazdi, Svonson esa Kuarantilloni nokaut qildi

Asosiy kard:

Xoakin Bakli 3-raundda Kolbi Kovingtonnni texnik nokaut bilan yutdi;

Kab Svonson
3-raundda Billi Kuarantilloni nokaut qildi;

Manel Kape 3-raundda Bruno Silvani nokaut qildi;

Dastin Yakobi 3-raundda Vitor Petrinoni nokaut qildi;

Daniel Markos ochkolar evaziga Adrian Yanesni yutdi;

Navaho Sterling ochkolar evaziga Tuko Tokkosni yutdi;

Prelim kard:

Maykl Jonson 2-raundda Ottman Azaytarni nokaut qildi;

Xoel Alvares 1-raundda Drakkar Klozeni nokaut qildi;

Shon Vudson 1-raundda Fernando Padilyani nokaut qildi;

Felipe Layma ochkolar evaziga Maykl Jonsni yutdi;

Miranda Meverik ochkolar evaziga Jeymi Lin-Horntni yutdi;

Deyvi Grant ochkolar evaziga Ramon Tavaresni yutdi;

Pyera Rodriges ochkolar evaziga Yozefina Knutssonni yutdi.

📷Chris Unger|Zuffa|Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

14 Dec, 22:45


🇺🇿Murodjon Ahmadaliyev Espinosani mana shunday tarzda nokdaunga tushirdi

📹DAZN/Matchroom

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

14 Dec, 22:42


🇺🇿Murodjon Ahmadaliyev meksikalik tajribali raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi

Prof boksning birinchi yarimyengil vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev (13-1, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangini Monte-Karloda meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoga (30-5, 25 KO) qarshi o‘tkazdi.

Murodjon jangni o‘ta faol boshladi va 3-raundda raqibini ketma-ket nokdaunga tushirdi. Raund so‘ngida esa referi texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev vakant turgan WBA vaqtinchalik chempionlik kamarini o‘ziniki qildi.

📹DAZN/Matchroom

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Dec, 04:11


Adham Muhiddinov vs Dai Jenmin

-63,5 kg vazn toifasida Muhiddinov ilk bosqichda xitoylik Dai Jenminni taslim qilib, chorak finalga chiqdi. Yarim final yo‘llanmasi uchun u endi Saudiya Arabistoni vakili Musa al-Havsaviyga qarshi jang qiladi.

To‘liq jang.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Dec, 04:09


Javohir Ummataliyev vs Daniel Abdurahmonov

-75 kg vazn toifasi vakili Ummataliyev ilk bosqichda qirg‘izistonlik bokschini taslim qilib, chorak finalga chiqdi. U yarim final yo‘llanmasi uchun tailandlik Jongjoho Viraponga qarshi jang qiladi.

To‘liq jang.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Dec, 04:06


Shodiyor Meliqo‘ziyev vs Thumcharoen Nathaphong

-48 kg vazn toifasi vakili Meliqo‘ziyev tailandlik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi. Endi u ukrainalik Ondrey Yefimovichga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

To‘liq jang.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Dec, 04:04


Asilbek Jalilov vs Davadorj Likhagvadorj

-51 kg vazn toifasida Jalilov mo‘g‘ulistonlik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi. Endi u qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi jang qiladi.

To‘liq jang.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

03 Dec, 03:43


Kroufordga qarshi jangning foydasini ko‘ryapsizlarmi? Jang qilsalaring mana shunday gursillaganlariga qarshi jang qilinglar!

Ha, promouterda ham gap katta. U janglarni tashkil qiladi. Isroilning havaskor boksda juda ham omadi chopmagan bo‘lsa-da profda hozircha yomon ketmayapti. Ko‘z tegmasin!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

03 Dec, 03:39


🔥Isroil Madrimovda 2 oy ichida 2 ta katta jang. U 22-fevralda Virjil Ortizga qarshi chempionlik jangini o‘tkazadi

21-dekabrda Usik-Fyuri kechasida Sergey Bohachukka qarshi ringga chiqadigan Isroil Madrimov 2025-yilning 22-fevralida Beterbiyev—Bivol jangi kardida Virjil Ortizga qarshi WBC vaqtinchalik jahon chemionlik qarshi uchun jang qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Dec, 09:33


🇺🇿Isroil Madrimov 21-dekabrdagi jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Dec, 04:19


Osiyo chempionati-2024. Miraziz va To‘rabekda g‘alaba, Dilshodda esa mag‘lubiyat

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov xitoylik Dicheng Lini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi.

-60 kg: Dilshod Abdumurodov qozog‘istonlik Jexen Bibarsga yutqazib, turnirni tark etdi.

-80 kg: To‘rabek Habibullayev tojikistonlik Abdumalik Boltayevni yutib, keyingi bosqichga chiqdi.

To‘liq janglar.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Dec, 04:15


Havas Abdullayev vs Cheazmi Mohd

O‘zbekistonlik bokschi -71 kg vazn toifasida Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi.

To‘liq jang.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Dec, 04:03


6 kundan so‘ng: Shavkat Rahmonov jang qiladi

8-dekabr tongida UFC 310 turniri bo‘lib o‘tadi. Nasib qilsa, birgalikda ko‘ramiz.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Dec, 04:01


Usik Fyurining qo‘rqinchli tushi😁

Qayerga qaramasin uni ko‘ryapti. 21-dekabrda revansh. Ko‘ramiz!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Nov, 20:46


“Ustasiga farqi yo‘q” — UFC jangchisi Ramazon Temirov va Olimpiada chempioni, bokschi Abdumalik Xalokov mashg‘ulotlarda

Ikkala tomon uchun ham birdek foydali mashg‘ulot.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Nov, 20:37


🇺🇿Havas Abdullayev bugun O‘zbekistonning Osiyo chempionatidagi yurishini boshlab beradi

-71 kg vazn toifasi vakili ilk bosqichda Malayziya bokschisi Cheazmi Mohd bilan to‘qnash keladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Nov, 12:28


O‘lay agar yoshligimda shu narsani haqiqat deb o‘ylardim😁

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Nov, 07:02


Jo Joys 4 yil avval Daniel Dyubani 10-raundda nokautga uchratib, unga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni keltirgandi

Qayd etish kerak, Dyubua jang to‘xtatilguncha ochkolar hisobida ustunlik qilib turgandi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

27 Nov, 08:51


Bunday referilardan esa o‘zi asrasin😳

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Nov, 12:48


MMA afsonasiga aylanishlaridan oldinroq Frenk Shemrok va Den Henderson

Ularning biri 25, biri esa 27 yoshda bo‘lgan vaqtlar. Grepplingsiz MMA’ni tasavvur qilish qiyin.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

25 Nov, 07:37


Shahram G‘iyosov 1-mart kuni chempionlik jangini o‘tkazadi

Prof boksning yarimo‘rta vazn toifasida (-66,68 kg) WBA kamari sohibi Eimantas Stanionis (15-0, 9 KO) 2025-yilning 1-mart kuni majburiy da’vogar, hamyurtimiz Shahram G‘iyosovga (16-0, 9 KO) qarshi ringga chiqadi.

Jang AQSHning Bruklin shahrida o‘tkaziladi. Markaziy jangda Jervonta Devis va Lamont Roach o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

24 Nov, 18:17


🇺🇿Bahodir Jalolov 6-fevralda jang qiladi, raqib aniq

Faoliyatini endi to‘liq prof boksda davom ettiradigan Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) 2025-yilning 6-fevralida Kanadaning Monreal shahrida ringga chiqadi. Unga prof boksdagi 15-jangida fransiyalik David Spilmont (16-8-1, 11 KO) raqiblik qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

24 Nov, 18:08


Bahodir Jalolov prof boksning superog‘ir vazn toifasida chempion bo‘la olsa ham u yangilay olmaydigan rekord bor😉

U suratda aks etgan — bular prof boksning superog‘ir vazn toifasida eng yosh chempionlari.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

23 Nov, 05:05


UFC: Yan vs Figeredo

UFC bugun navbatdagi Fight Night turnirini Makaoda o‘tkazadi. Turnir Toshkent vaqti bilan 13:00 start oladi. Asosiy janglar esa 16:00 dan.

Musobaqani mualliflik huquqini buzmagan holda Setanta Sports, ESPN+, Match TV (Boets) telakanallari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

22 Nov, 09:28


Isroil Madrimov 21-dekabrdagi jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

22 Nov, 06:29


Rahmonov vs Garri: 8-dekabrda UFC 310

Yaxshi janglar bo‘ladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

21 Nov, 13:31


Faqat o‘z farzanding shunday o‘lim topsa uyg‘onasanmi? Ayt, qachon harakat qilasan?

La’nati avtoterroristlar butun bir oilani yo‘q qilib tashlayapti-ku.

Boks|MMA|UFC

21 Nov, 13:29


Ming la’natlar bo‘lsin! Normal jamiyatda ikki go‘dakning 60 tezlik belgilangan joyda 130 km tezlikda harakatlangan avtoterrorist tomonidan o‘ldirilishi jim kutib olinmaydi. Ayting, yana qancha go‘daklar, bolalar bu yo‘llarda o‘lishi kerak? La’natilar, qachon ko‘zingiz ochiladi?

Boks|MMA|UFC

21 Nov, 13:27


https://youtu.be/yoxiOjsbi7Y

Boks|MMA|UFC

21 Nov, 10:04


Madrimov—Bohachuk jangiga roppa-rosa bir oy qoldi

Madrimov (10-1-1, 7 KO) navbatdagi jangini Fyuri—Usik revansh jangi kechasida, ya’ni 21-dekabrda Ar-Riyodda o‘tkazadi. Unga bu kechada ukrainalik Sergey Bohachuk (24-2, 23 KO) raqiblik qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Nov, 14:34


Maykl «Venom» Peyj Islomni qabul qilibdi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Nov, 09:58


🇺🇿Murodjon Ahmadaliyevning jangiga 24 kun qoldi

Prof boksning birinchi yarimyengil vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini 14-dekabr kuni Monte-Karloda meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoga (30-4, 25 KO) qarshi o‘tkazadi. Jang vakant turgan WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Nov, 05:01


Koreyalik taniqli aktyor Don Li Aleks Pereyraga kuchini ko‘rsatib qo‘yibdi🤭

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Nov, 04:18


Maykl Chendler avval shunday jang qilardi

2011-yil 19-noybarida Bellator 58 turnirida Maykl Chendler (8-0) Eddi Alvaresni (22-2) taslim qilgandi. Bu Bellator tarixidagi eng yaxshi janglardan biri sifatida eslanadi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Nov, 09:17


Pereyraning Koreyadagi sarguzashtlari davom etadi

Pressi bor ekan-a?)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Nov, 05:33


Aleks Pereyra boks bo‘yicha qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazyapti

U Janubiy Koreyadagi zalda sparring tushdi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Nov, 04:14


Menni Pakyao 15 yil avval Migel Kottoni 12-raundda texnik nokaut bilan yutib, uning yarimo‘rta vazndagi WBO chempionlik kamarini tortib olgandi

Referi jangni to‘xtatgunga qadar Pakyao 108-99, 109-99, 109-99 hisobi bilan yaqqol ustunlik qilayotgandi.

Jang tugagandan keyin Migel Kotto aslida 12-raundga chiqishni xohlamaganini, uning burchagidagilar esa uni chiqishga majburlaganini aytgandi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

18 Nov, 13:00


UFC nafaqat oktagon ichida shou qiladi, balki undan tashqarida ham katta tomosha qo‘yadi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

18 Nov, 04:39


Menni Pakyaoni 2001-yilda deyarli hech kim tanimasdi

U shu yilning 21-iyunida AQSHda prof boksdagi ilk jangini o‘tkazadi. U birinchi yarimyengil vazn toifasida IBF kamari sohibi Lelo Ledvabuni 6-raundda nokautga uchratadi. Bu jang orqali Pakyao dunyo boksida yangi nom paydo bo‘layotganini ko‘rsatadi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Nov, 05:28


UFC 309 hozircha yilning eng zerikarli turnirlaridan biriga aylanib turibdi. Hatto Oliveyra—Chendler jangi ham buni qutqara olgani yo‘q. Yagona umid Jon Jons va Stipe Miochichdan

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Nov, 03:15


Katta akalar ham UFC 309 da

Donald Tramp va Ilon Mask turnirni arenadan kuzatmoqda.

📷Chris Unger|Zuffa|Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Nov, 09:10


Mayk Tayson vs Jeyk Pol

Jangning eng esda qolarli (agar buni jang deb atab bo‘lsa) vaziyatlari.

📹Netflix|ESPN

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Nov, 07:46


⚡️Yengilmaslar jangi: Shavkat Rahmonovga jiddiy raqib berildi

Shavkat Rahmonov (18-0) UFC 310 kechasida 8-dekabr kuni o‘zi kabi MMA’da bitta ham jangni boy bermagan Ien Garri (15-0) bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Aslida Shavkat chempionlik uchun Bilol Muhammad bilan jang qilishi kerak edi, biroq Bilol oyog‘idan jarohati sabab safdan chiqdi.

Ien Gerri esa 15-dekabrda UFC FN turnirida Xoakin Bakli (20-6) jang qilishi belgilangandi. UFC Bakli bilan Kolbi Kovington (17-4) jang qilishini e’lon qildi.

UFC va Dana Uayt qanday qilib vaziyatdan chiqib ketish va soqqa qilishni yaxshi biladi. Qoyil!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Nov, 07:41


Jons vs Miochich: 17-noyabr tongida bizni UFC 309 super turniri kutmoqda

Janglar tonggi 04:00 da boshlanadi. Asosiy kard esa soat 08:00 da.

UFC 309 ni mualliflik huquqini buzmagan holda Setanta Sports, ESPN+, Match TV (Boets) telakanallari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Nov, 05:56


Evander Holifildning qulog‘ini tishlagan Mayk Tayson bu safar faqat o‘z qo‘lqopini tishladi😂

Bu yoshda nimanidir tishlayotganining o‘zi ham katta natija-ku, to‘g‘rimi?)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Nov, 05:44


58 yoshda ringga chiqib, o‘zidan 31 yosh kichik kuchga to‘lgan yigit bilan jang qilish faqat Taysonga yarashadi

Ha, Maykka pul kerak edi va u buni uddaladi. 16 daqiqalik shou uchun 20 mln dollar ishlab oldi. Bu yoshda buni uddalash ham Taysonga yarashadi.

Ha, jang masofada o‘tdi. Siz nima kutgandingiz? Bu yoshda 16 daqiqa tinimsiz ringda harakat qilganining o‘zi ham katta natija. Buning orasida esa zarbalar ham bo‘ldi.

Hakamlar yakunda 79-73 hisobida Jeyk Polning g‘alabasini qayd etdi. U ham o‘z maqsadiga erishdi. Katta haypni o‘ziniki qildi. Uning ishlab olgan summasi 40 mln dollardan ham ko‘p. Pol bir so‘z bilan aytganda bloger, u o‘z ishini zo‘r eplayapti deyishdan boshqa choramiz yo‘q.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

12 Nov, 17:09


UFC afsonasi Jon Jons 17-noyabrda nihoyat oktagonga qaytadi

UFC 309 ga atigi 5 kun qoldi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

12 Nov, 17:05


Shapqaloq jangini ko‘rganlar uchun yangisi😉

Bunaqa jang turiga nima deysizlar?

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

12 Nov, 17:04


Mening IQ darajam 110 dan yuqori ekan😂

Sizniki-chi?

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

11 Nov, 13:52


Noyabr va’da qilayotgan janglar

Yomon emas-a? Tayson bloger bolaning abjagʻini chiqaradi deb umid qilaman.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

11 Nov, 10:03


Tojikistonlik Habib UFC’dag navbatdagi jangini 11-yanvarda o‘tkazadi

Nurillo Aliyev UFC Vegas 101 turniri doirasida Yanal Ashmoz bilan jang qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

11 Nov, 06:26


Floyd Meyvezer 23 yil avval Xesus Chavesni 9-raundda nokautga uchratib, birinchi yengil vazndagi WBC chempionlik kamarini 8-bor himoya qilgandi

Nokautgacha Meyvezer raqibiga 197 marta aniq zarba bergan. Chavesda esa bu ko‘rsatkich 182 ta bo‘lgan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

09 Nov, 03:32


Hamzat Chimayevning Slovakiyadagi adashi)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

08 Nov, 17:58


UFC 10-noyabrga o‘tar kechasi navbatdagi Fight Night turnirini o‘tkazadi

Janglar 02:00 da boshlanadi. Asosiy kard esa 05:00 da. Sportchilar tarozidan o‘tdi, hammasi jangga tayyor.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

08 Nov, 06:41


🇲🇽Saul Kanelo Alvaresning kamtaringina garajchasi ekan😉

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Nov, 12:29


UFC’ning ishlari nega zo‘r bo‘lishda davom etishiga javob beradigan surat

Dana Uayt qachon, qayerda va kimlar bilan bo‘lishni yaxshi biladi.

Surat bugun olingan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Nov, 10:33


MJ 14-dekabrdagi jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Nov, 10:31


Isroil Madrimovning oyoq harakatlari alohida masala)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Nov, 07:05


AQSHning 47-prezidenti😊

UFC’ning kelajagi chiki-chiki bo‘ladi deyapti Tramp tag‘o)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

06 Nov, 05:44


Bir kam dunyo

1 metr oraliqda UFC’ni jonli ko‘rish imkoniyating bor, lekin sen tasvirga olishing kerak)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

05 Nov, 10:36


🔥Agar o‘xshasa, UFC 310 da “bomba” jang ko‘ramiz

Shavkat Rahmonovning menejeriga ko‘ra, u UFC 310 da jang qilishi kutilmoqda. Shavkatga katta ehtimol bilan Kamaru Usmon raqiblik qilishi mumkin. Usmonga taklif yuborilgani, javob kutilayotgani aytilmoqda.

Kutamiz…

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

05 Nov, 09:59


😂“O‘lay agar bilmagandim”

Mayk Tayson Xasbulla bilan bo‘lgan holat haqida gapirdi. Taysondan Xasbullani quchoqlagani, o‘pgani haqida so‘rashdi. Mayk esa Xasbullani 22 yoshdan ekanligini bilmaganligini, uni chindan ham yosh bola deb o‘ylab uni quchoqlab, o‘pganini aytgan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

05 Nov, 03:52


Navbatdagi mag‘lubiyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan Toni Fergyuson

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

04 Nov, 14:25


Abdurahim buzvoribdi. Ko‘ringlar. Uning kanalga aloqasi bormi? Bor. Shu kanalning logosini yasab bergandi.

Boks|MMA|UFC

04 Nov, 14:23


https://youtu.be/v0kqHzeUmyE

Boks|MMA|UFC

03 Nov, 03:00


Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini qanday mag‘lub etdi?

Jangning eng esda qolarli vaziyatlari.

📹DAZN

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

03 Nov, 02:58


Bektemir Meliqo‘ziyev 12 raundlik jangda g‘alaba qozondi

Prof boksning supero‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev (15-1, 10 KO) navbatdagi jangini amerikalik Devid Stivensga (14-2, 10 KO) o‘tkazdi.

Jang to‘liq davom etdi. Bektemir ko‘proq va aniq zarbalar evaziga raqibini shoshirib qo‘ya oldi. Biroq Stivens ham jeblari orqali Bektemirni tutib olishga harakat qildi.

Yakunda 2 hakam Meliqo‘ziyevning 118-110, 117-111 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi. Bir hakam esa 116-112 hisobida ustunlikni Stivensga berdi. Shu tariqa Bektemir hakamlarning bo‘lingan qarori bilan amerikalik raqibini mag‘lub etdi.

📷Cris Esqueda/Golden Boy

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Nov, 11:39


Murabbiy: Hech qachon raqibingdan ko‘zni uzma

Men: Mashg‘ulotlarda

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Nov, 08:31


Rasman: Islom Maxachev va Arman Sarukyan o‘rtasidagi revansh jangi 18-yanvarda bo‘ladi

Jang Los Anjelesdagi UFC 311 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.

🔥💪
👍 — 🇦🇲

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Nov, 07:01


Bektemir Meliqo‘ziyevning jangi qaysi vaqtga to‘g‘ri keladi?

Las Vegasdagi boks oqshomi 3-noyabrga o‘tar kechasi 02:00 da boshlanadi. Bektemirning jangi ro‘yxatda oxiridan ikkinchiga joylashtirilgan. Jang 3-noyabr tonggi 06:00—07:30 larga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

02 Nov, 04:47


Garri vs Bakli

Shavkat Rahmonov bilan jang qilishga tayyorligini bildirgan Ien Machado Garri va Xoakin Bakli 14-dekabrda UFC FN turnirida jang qiladigan bo‘ldi.

Yaxshi jang. “Stoyka”da jang ko‘rishni xohlaydiganlar buni o‘tkazib yubormasliklari kerak.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

01 Nov, 10:54


Kim aytdi Konor jang qiladi deb?)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

31 Oct, 20:07


Aleks Pereyra UFC 310 ni qutqaradimi?

MMA Mania nashri Aleks Pereyraga UFC 310 asosiy jangida Magomed Ankalayevga qarshi oktagonga chiqish taklifi bildirigani haqida xabar berdi. Biroq taniqli insayder Ariel Helvani buni rad etib, UFC Pereyra bilan Ankalayev jangini UFC 310 da o‘tkazish borasida muzokara o‘tkazilmaganini ta’kidladi.

Helvani Pereyra shu kunlarda bir nechta safarlarni rejalashtirganini qo‘shimcha qildi.

Bu orada Aleks Pereyraning o‘zi Bilol va Shavkatning jangi bekor qilingani haqidagi xabarlardan biriga ☎️emojisini qo‘yib, xuddi UFC’dan qo‘ng‘iroq kutayotgandek izoh qoldirgan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

31 Oct, 19:44


Misha, chuchvara “otmen”: Bilol Muhammad va Shavkat Rahmonov jangi bekor qilindi

Ular 8-dekabr kuni UFC 310 turnirining asosiy jangida qatnashishlari kerak edi. Biroq Bilol Muhammad chap oyoq barmog‘idan olgan jarohati sabab safdan chiqqan.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

31 Oct, 10:15


Chempion Hamzat bilan jang qilishni xohlayapti

UFC chempioni Drikus dyu Plessi tezroq Hamzat Chimayev bilan jang qilishni istamoqda. U UFC’dan hozir o‘ziga Shon Striklend bilan revansh emas, aynan Hamzatga qarshi jang berilishini talab qilgani aytilmoqda.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

31 Oct, 09:34


🇮🇪Konor “brat” Habib bilan jangdan so‘ng faqat parterdagi qobiliyatlarini oshirish ustida ishlayapti. Lekin hozircha foydasi bo‘lgani yo‘q)

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

30 Oct, 04:07


Abdumalik Xalokov endi bo‘ydoqlar safida emas. U uylandi. Abdumalik aqlli bokschi, hayotda ham shunday kamsuqum bo‘lib qolishini tilaymiz. Baxtli bo‘lsin.

Aytgancha, 3 ta mashinali kortej qilsa ham bo‘larkan. Malades!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Oct, 11:02


Tan olish kerak, Floyd Meyvezer gavda bilan ham zo‘r ishlardi

Jeblari esa alohida masala.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Oct, 10:13


🐄“Bully” Bektemir Meliqo‘ziyev jangga tayyor

Prof boksning supero‘rta vazn toifasi vakili Bektemir Meliqoʻziyev (14-1, 10 KO) 2-noyabr kuni Las-Vegasdagi boks kechasida jang qiladi. Bu jangda unga amerikalik Devid Stivens (14-1, 10 KO) raqib bo‘ladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Oct, 05:54


Dekabr ham 🔥bilan boshlanadi

8-dekabrda UFC 310: Bilol Muhammad chempionlikni Shavkat Rahmonovdan himoya qilishga harakat qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Oct, 05:21


UFC 310: Jons vs Miochich

Niyohat hammasi yaxshi bo‘lib tursa, 17-noyabr kuni Jon Jonsni yana oktagonda ko‘ramiz.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

29 Oct, 04:08


Taqdir va mehnat

2018-yil: Iliya Topuriya va Hamzat Chimayev birgalikda Brave CF’dagi janglariga tayyorgarlik ko‘rmoqda (Maks Hollouey va Robert Uittaker bu vaqtda UFC chempionlari edi)

2024-yil: Iliya Topuriya va Hamzat Chimayev UFC 308 da turnirning ikki asosiy jangi ishtirokchilari va ular ikki sobiq chempionni nokaut qildi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

28 Oct, 11:24


O‘zbekistonlik mutaxassis Ozarboyjon boks terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Ravshan Xo‘jayev Ozarboyjon boks terma jamoasini boshqaradi. U bungacha mazkur mamlakat boks federatsiyasida texnik direktor sifatida ham ishlagandi.

Bu chindan ham yaxshi xabar. O‘zbek boksi faqat mamlakat ichida qolib ketmasligi kerak.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

28 Oct, 04:57


🇺🇿Murodjon Ahmadaliyevga raqib berildi, 14-dekabrda jang

Prof boksning birinchi yarimyengil vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini 14-dekabr kuni Monte-Karloda meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoga (30-4, 25 KO) qarshi o‘tkazadi.

Jang vakant turgan WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Oct, 21:14


UFC 308 asosiy janglari rasmiy videosharhlari sifatli formatda!

Topuriya vs Hollouey

Uittaker vs Chimayev

Ankalayev vs Rakich

Shara Bullet vs Petrosyan

Rebenski vs Miqtibek O‘rolboy

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Oct, 20:52


🇬🇪🇪🇸 Iliya Topuriya Holloueyni nokaut qildi, chempionlikni himoya qildi

UFC 308 ning asosiy jangida Iliya Topuriya (16-0) Maks Holloueyga (26-8) qarshi jang qildi.

Jang 3-raundda yakunlandi. Topuriya ketma-ket zarbalari bilan Holloueyni nokaut qildi va chempionlik kamarini himoya qildi.

📷Chris Unger/Zuffa LLC/Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Oct, 20:47


🔥VAUU! Topuriya Holloueyni nokaut qildi!

Maks 34 ta jangida ilk bor nokaut bilan yutqazdi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Oct, 20:11


🔥 Hamzat Chimayev 1-raunddayoq Uittakerni taslim qildi

UFC 308 ning ikkinchi asosiy jangida Hamzat Chimayev (14-0) va Robert Uittaker (27-8) o‘zaro jang qildi.

Jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Hamzat raqibini sabmishen bilan taslim qildi va MMA’dagi ketma-ket 14-g‘alabasini nishonladi.

Hamzatning keyingi jangi titul uchun bo‘ladi.

📷Chris Unger/Zuffa LLC/Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Oct, 20:08


🔥Hamzat Chimayev! Robert Uittakerni yeb tashladi!

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Oct, 18:36


🔥Sharabutdin Magomedov 2-raundda raqibini nokautga uchratdi

UFC 308 doirasida Shara Magomedov (15-0) navbatdagi jangini Armen Petrosyanga (9-4) qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raund sportchilar teng jang qilgan bo‘lsa, 2-raund so‘ngida Magomedov bakfist orqali raqibni ayanchli nokautga uchratdi.

📷Chris Unger/Zuffa LLC/Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

26 Oct, 17:58


14 ta g‘alaba, 14 ta nokaut🇹🇷Ibo Aslan haqida

Turkiyalik “so‘nggi Ottoman” 28 yoshda. Prof MMA’da 15 ta jang o‘tkazgan. Shundan 14 tasida g‘alaba va bularning barchasida nokaut evaziga yutgan. Bitta mag‘lubiyati esa 2020-yilda Brave CF 40 turnirida Anton Turkaljga qarshi jangda qayd etilgan.

U bugun UFC 308 da braziliyalik Rafael Serkeyrani (11-1) 1-raunddayoq nokaut qildi. Bu Iboning UFC’dagi ikkinchi g‘alabasi.

Eng qizig‘i, Aslan UFC’dagi debyut jangida o‘zining yagona mag‘lubiyati sohibi Anton Turkaljni nokaut qilgandi.

📷Michelle Farsi/Zuffa LLC/Getty

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

24 Oct, 08:50


Usik vs Fyuri 2

Eski tanishlar 21-dekabr kungi revanshdan oldin dastlabki matbuot anjumanida qatnashdi va tabiiyki bu nigohlar to‘qnashuvisiz o‘tmadi.

Tayson Oleksandrni qitiqlab ham ko‘rdi😁

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

23 Oct, 17:48


“Hamzat — UFC qiroli”

Chimayev UFC jangchilarini 1 dan 10 gacha baholab, o‘zini UFC qiroli ekanligini aytdi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

23 Oct, 17:37


Maks Holloueyning UFC’dagi rezyumesiga albatta gap yo‘q

Lekin Maksga chempionlik ham kerak. Ehtimol, vaqti kelgandir…

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

23 Oct, 17:35


Kormye vs Ankalayev

Magomed bechoraga ham titul jangi bermay qiynab yuborishdi. UFC’ga hozircha bu ish “nevigodno” ko‘rinyapti, afsuski...

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

22 Oct, 12:46


Hamzat jangga tayyor!

Chimayev 26-oktabr kuni Robert Uittakerga qarshi jang qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

21 Oct, 11:24


Mayk Tayson 15-noyabrda bloger Jeyk Polning “enasini ko‘rsatib qo‘yaman” deyapti

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

21 Oct, 05:34


22-fevralda eng katta nomlar jang qiladi

Turki al ash-Shayx va Eddi Hirn 2025-yilning 22-fevralida katta boks oqshomi bo‘lishini va’da qilmoqda. Katta ehtimol bilan Beterbiyev—Bivol revansh jangi ham ushbu sanada bo‘lishi mumkin.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

21 Oct, 02:09


Hafta so‘ngida bizni kutadi: UFC 308

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Oct, 04:50


“Bu g‘alaba Kobiga bag‘ishlanadi” — Frensis Ngannu g‘alabasidan so‘ng marhum o‘g‘lini eslab, yig‘lab yubordi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

20 Oct, 04:46


Frensis Ngannu PFL Super Fights kechasida Renan Fereyrani 1-raundda nokautga uchratdi

2 yillik tanaffusdan keyin Ngannu qaytdi va 5 kg oltindan ishlangan PFL chempionlik kamarini o‘ziniki qildi.

📹PFL

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

19 Oct, 17:49


🇺🇿Humoyun To‘xtamurodov (11-4) Naiza 68 turnirida eronlik 33 yoshli Hesam Rasulini (3-4) 1-raundda og‘ritish usuli bilan yengibdi

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

18 Oct, 11:15


Yigitning omadi bilan o‘ynashmang!

Shara Bullet tez orada UFC 5 videoo‘yinida paydo bo‘ladi. Sharabutdinning o‘ng ko‘zi bilan muammosi bo‘lsa-da, u kurashdan to‘xtamadi. Hozir dunyoning eng yaxshi divizioni jangchisi. Kamiga eng mashhur o‘yinlardan biri qahramoniga aylanadi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Oct, 16:44


Ngannu vs Fereyra

2 kundan keyin yana bir yaxshi jang guvohi bo‘lamiz. Frensis Ngannu (17-3) 2 yillik tanaffusdan so‘ng prof MMA’da jang qiladi. Unga Renan Fereyra (13-3) raqiblik qiladi.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

17 Oct, 05:38


Hamzat Chimayev va Olimpiada chempioni Razambek Jamalov

Hamzat kurashni yaxshi bilsa-da, zerikarli jang qilmasligi uchun ham hurmatga sazovor.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Oct, 11:26


Rahmonov vs Muhammad

UFC 310 kardi hozircha shunday ko‘rinishda.

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

16 Oct, 04:29


Kaleb Plant 2 yil avval chap qo‘l huki bilan Entoni Dirrellni “ko‘mib qo‘ygandi”

Bunday nokautlar ham kamayib ketdi.

🔥

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

15 Oct, 09:52


🐺Hamzat Chimayevda hozircha hammasi yaxshi🫡

Chimayev 26-oktabrda UFC 308 doirasida 🤝Robert Uittakerga qarshi jang qiladi.

Sizningcha bu jangda kim g‘alaba qozonadi?

👍🐺
🔥🤝

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

12 Oct, 23:12


“UFC’ning bu divizioni chempioni keldi” — Ramazon Temirov

Intervyu o‘zbekcha, bosvoriloradi)

📹UFC

Boks|MMA|UFC

Boks|MMA|UFC

12 Oct, 23:02


Hakamlar qarori

Boks|MMA|UFC