Kitob nuri @kitob_nuri Channel on Telegram

Kitob nuri

@kitob_nuri


"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!"

Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Kitob nuri (Uzbek)

Kitob nuri kanali - bu aqlning o‘zini rivojlantirish uchun eng yaxshi vosita. Kanalda siz kitoblardan o‘qiyotgan har bir satrning sizni o‘z mavqo va ko‘rsatgichlaringizga olib kelishi mumkin

Kitoblar - bu xalqlar va millatlarning uzviyati, ularning tarixiy va madaniy bog‘lari. Shu sababli, kitob o‘qish aqlning iqtidorini va nazariy bilimini rivojlantiradi. "Kitob nuri" kanali o‘qish uchun kerakli har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi

Agar siz ham uning a’zosi bo‘lishni istasangiz, shunchaki "kitob_nuri" kanaliga obuna bo‘ling va aqlingizni o‘z hisobingizga olib kelishni boshlang. Peshqadam bo‘lish uchun yana bir qadam qo‘yish harakat qilayotgan aql uchun eng yaxshi yuklamadir

Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Kitob nuri

26 Jan, 14:22


#Tafakkur

Agar notanishlar ham sizni bilishini istasangiz qishloqda yashang. Agar tanishlar ham sizni bilishini istamasangiz shaharda yashang.©️

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

25 Jan, 17:23


🇹🇷 Turk tilini darajangizga mos darslar bilan o‘rganing:

➡️A1 Seviyesi
➡️A2 Seviyesi
➡️B1 Seviyesi
➡️B2 Seviyesi

Kitob nuri

25 Jan, 05:56


#Kitobdan

Gunohlar lazzatlidir. Chunki u nafs tabiatiga muvofiq keladi. Siz g‘iybatni eshitish va unda ishtirok qilishda lazzat topasiz. Chunki u sizga yomonligini zikr qilgan kishidan yaxshi va afzal ekaningizni his qildiradi. O‘g‘irlik mazalidir. Chunki unda molga mashaqqat va qiyinchiliksiz ega bo‘lish bordir. Zino rohatdir. Chunki unda nafsga havosini berish, shahvoniyatiga yetishish mavjuddir. Imtihonda aldov lazizdir. Chunki u muvaffaqiyatga oson erishtiradi. Qanday bo‘lsin majburiyatdan qochish nafsga yoqimlidir. Chunki rohat va tanballik undadir. 
Lekin inson tafakkur qilgan va aqlini ishlatgan paytda, bu muvaqqat hurriyat uning ortidan keladigan jahannamning benihoya tutqunligiga, harom qilingan bu lazzat esa, so‘ngidagi azobga teng kelmasligini anglaydi. 

Shayx Ali Tantoviyning “Islom diniga umumiy ta’rif” kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

24 Jan, 16:02


🇷🇺🇺🇿 Rus tilidan shunaqa lug‘at so‘zlar qidirib yurganmidingiz?

Kitob nuri

24 Jan, 09:21


#Ayol

• Mahbubiydan so‘radilar:
- Ayolni ta’riflab bering!
• Mahbubiy javob berdi:
- Ayolning tabiatan qalbi sofdir. Aqli esa noqis yaratilgan bo‘lsa-da, dahodir. Agar u qalbi bilan sevib muomala qilsa martabangni osmonlarga yuksaltiradi. Ammo sendan nafratlanib, senga qarshi aqli bilan muomala qilsa ertangi tongni ko‘rmasliging mumkin!
• Shunday ekan ayolning qalbidan joy ol, o‘sasan!
• Aqlini noqis, deb o‘ynashma, o‘lasan!

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

23 Jan, 13:03


🗂 MUNDARIJA 🗂

Yaqinlaringizga ulashing va foydali kitoblardan bahramand bo’lishiga sababchi bo’ling!

🎧 "MEN" BAS QIL EY NAFS!

🎧 "SIR" OSHIQLAR O'LMAS

🎧 QONLI GULLAR VODIYSI

🎧 LOL | TO'LIQ SHAKLI

🎧 ACO | TO’LIQ QISM

🎧 PIR | FOTIH DUMAN

🎧ISHQQA OSHIQMAN | TO’LIQ QISM

🎧 SAHRO | MUSTAFO YUSUF

🎧 SULTON SALOHIDDIN

🎧 QUDDUSNING SO’NGGI MUHOFIZI

🎧 ISLOM HAZORASI

🎧 ATOM ODATLAR

🎧 G'OYAM

🎧 MUQADDAS AZOB

🎧 AMIR TEMUR

🎧 UZUN HIKOYA

🎧 VATANDOSHLIK DASTURI

🎧 ISLOM VA OLAM

🎧 ISLOM UMMATINING 100 BUYUK SHAXSI

🎧 AXLOQUS SOLIHIYN

🎧 MURDA O'G'RISI

🎧 DOR OSTIDAGI ODAM

🎧 ILON MASK

🎧 ALVIDO VATAN

🎧 RAMAZONNI QANDAY O'TKAZAMIZ

🎧 CHUMOLILAR SALTANATI

🎧 SHAYTONVACHCHANING NAYRANGLARI 1-KITOB

🎧 SHAYTONVACHCHANING NAYRANGLARI 2-KITOB

🎧 SHAYTONVACHCHANING NAYRANGLARI 3-KITOB

🎧 SHAYTONVACHANING NAYRANGLARI 4-KITOB

🎧 BUVAMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT

🎧 MADINA MUDOFAASI

🎧 SAODAT ASRI QISSALARI

🎧 YONAYOTGAN BUXORO

🎧 ALVIDO BUXORO

🎧 MEN ROBIYA

🎧 ANDALUS FOTIHLARI

🎧 "SULTON ABDULHAMID" yohud "QASHQIRLAR BILAN OʻYIN"

🎧 ICHINDAGI ICHINDADUR

🎧 HAZRAT BAHOUDDIN NAQSHBAND

🎧 RISOLAI QUDSIYA

🎧 MAJOLISI HAKIMUL-UMMA

🎧 RAMAZON KUNDALIGI | 2020/1441

🎧 RAMAZON KUNDALIGI | 2021/1442

🎧 HAZRATI UVAYS QARANIY

🎧 XAYRAT UL-ABROR

🎧 SIR Mustafo Qutlu

Yuksalish kitobxonlari jamiyatiga a’zo bo’lish uchun 👇
https://t.me/+2k-WDgD2dl4zZTYy

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
✈️ Telegram | 💖 YouTube

Kitob nuri

23 Jan, 10:11


⤵️Ko'z yoshlarga g'arq qilgan asar...

📖 Yuy Xuan: "YASHAMOQ"

Kitob nuri

23 Jan, 04:24


#Kitobdan

Tabibga ishim tushmasin desangiz

Birov tabiblardan iltimos qildi:
– Menga salomatlik uchun zarur bo‘ladigan narsalardan aytsangiz, toki tabib va dorilarga ishim tushmasin.
Tabiblar unga quyidagicha javob berdilar:
– Biror kasalingiz bo‘lmasa, yana ham yaxshiroq bo‘lay deb behuda dori ichmang; pishib yetilmagan mevalardan yemang; ovqatni maydalab chaynashga urining, nimaiki yoqsa, o‘shandan tanovul qiling; ovqatdan so‘ng sovuq suv ichmang; qorningiz to‘q bo‘lsa ham ustiga-ustak ovqat yemang, kunduzi ovqat yegandan keyin uxlamang, kechasi yeganda esa, darrov yotib olmay, bir oz u yoqdan bu yoqqa yuring.

©️"Sharq hikoyat va rivoyatlari" kitobidan.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

22 Jan, 09:26


#Tafakkur

"Ochiq-sochiq go‘zallik qaroqchilarni shaydo qilsa, yashirin go‘zallik orifu zohidlarning xayolini o‘g‘irlaydi".

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

21 Jan, 16:19


📣 Dam olish onlari ham aqlni charxlash, ham hordiq olish uchun munosib taklif:

🎬 Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
🎬 Muhabbat oyatlari (1-2)
🎬 "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
🎬 "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
🎬 Hayot mamot
🎬 "Qashqirlar makoni: Gladio"
🎬 Virus
🎬 Uoll Strit Bo‘risi
🎬 Samo farzandlari
🎬 Quyosh bolalari (2020)
🎬 "Garovdagi qiz"
🎬 Xo‘p janob
🎬 Xatiko: Eng sodiq do‘st
🎬 "Risolat"
🎬 "Titanik"
🎬 "Kichkina tabib"
🎬 "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
🎬 "Joker"
🎬 "Shamolni jilovlagan bola"
🎬 "Murtadlar"
🎬 "Muhammad Allohning elchisi"
🎬 "Yangi Dunyo"
🎬 "Romeo va Julietta"
🎬 "Yangi politsiyachilar tarixi"
🎬 "Ertadan keyin"
🎬 "1917"
🎬 "Ford Ferrariga qarshi"
🎬 "Kitob o‘g‘risi"
🎬 "O‘nta negr bolasi"
🎬 "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
🎬 "Minari"
🎬 "Stiv Jobs"
🎬 "Javohir politsiyachi"
🎬 "Olimpning qulashi"
🎬 "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
🎬 "Uvays al Qaroniy hazratlari"
🎬 "Kichkintoy sayrga chiqdi"
🎬 "Platforma"
🎬 "Twilight | Сумерки" (1—5)
🎬 "Sen bilan uchrashguncha"
🎬 "Buyuk Getsbi"
🎬 "Interstellar"
🎬 "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
🎬 "Vijdon amri"
🎬 "Otamdan qolgan dalalar"
🎬 "Gladiator"
🎬 "Wednesday" (serial)
🎬 "Dunyoning tugashi"
🎬 "Mo‘jiza" (1-2)
🎬 "Bishriy Hofiy"
🎬 "Logan"
🎬 "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
🎬 "G‘urur va andisha"
🎬 "Hasan Basriy"
🎬 "Qochish rejasi"
🎬 "Sherlok" (serial)
🎬 "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
🎬 "Robiya"
🎬 "Eltuvchi" (1-4)
🎬 "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
🎬 "Yashil kitob"
🎬 "Daniyalik kelin"
🎬 "Indiana Jons" (1-4)
🎬 "Sen mening uyimsan"
🎬 "Avatar"
🎬 "Dastlabki kod"
🎬 "Podolsk kursantlari"
🎬 "Shindler ro‘yxati"
🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz"
🎬 "Ayla: Urush qizi"
🎬 Ilohiy ishq
🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
🎬 "Qochqin"
🎬 "Niqob"
🎬 "Chernobil" (serial)
🎬 "Shamollarda qolgan hislarim"
🎬 "Otam va o‘g‘lim"
🎬 "Farengeyt bo'yicha 451"
🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
🎬 "Botmagan quyosh"
🎬 "Qirol nutqi"
🎬 "Qora quti"
🎬 "Mavritaniyalik"
🎬 "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy"
🎬 "Zakovatli Uill Xanting"
🎬 "Bir paytlar Gollivudda"
🎬 "Katta askar"
🎬 "Sevastopol mudofaasi"
🎬 "Aviator"
🎬 "Jek va loviya poyasi"
🎬 "Imom Al-Buxoriy"
🎬 "Karta, Pul va ikki miltiq"
🎬 "So'nggi legion"
🎬 "Novda"
🎬 "La'natlanganlar oroli"
🎬 "Muxojir"
🎬 "Aloqa"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Zanjir" (serial)
🎬 "Maxsus topshiriq"
🎬 "Kutubxonachi" (1-2)
🎬 "Zamin Farzandi"
🎬 "Marslik"
🎬 "Hasad"
🎬 "Baxt ortidan quvib"
🎬 "Forrest Gamp"
🎬 "Karib dengizi qaroqchilari" (1-5)
🎬 "12 yil qullikda"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Baxt kimyogari"
🎬 "Kar va ko‘r"
🎬 "Hayot go‘zal"
🎬 "Hidoyat yo‘li"
🎬 "Osmondagi bolalar" (1-3)
🎬 "Muqaddima"
🎬 "Shoushenkdan qochish"
🎬 "Jangchilar klubi"
🎬 "Taqdir o‘yini" (serial)
🎬 "Eng yaxshi taklif"
🎬 "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
🎬 "Ko‘rinmas mehmon"

Kitob nuri

19 Jan, 09:41


#Tafakkur

Shayx Sa’diy aytadilar:

— Men kechalari doim zikrda, ibodatda bo‘lar edim. Ko‘p Qur’onga mashg‘ul edim. Kechalari ibodat qilmay uxlab yotgan odamlarni ko‘rib, otamga: "Ey otajon, bular uxlab yotavermay ibodatga mashg‘ul bo‘lsalar yaxshi bo‘lar edi", dedim.

Shunda otam: "Ey "otasining joni" bolam sen ham bularni g‘iybat qilganingdan ko‘ra uxlaganing yaxshi edi”, dedilar.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

18 Jan, 07:57


#Kitobdan

Kelin-kuyov qanday bo‘lishi kerak?

Haqiqiy yigit diyonatli qizga uylanishni maqsad qiladi. Agar qiz diyonatli bo‘lib, ustiga mol-dunyo, obro‘-e’tibor, go‘zallik sohibasi ham bo‘lsa, nur ustiga nur. Ammo boyligi, mansab-martabasi, chiroyi bo‘lsa-yu, diyonatsiz bo‘lsa, fazilat sanalmaydi. Moldor diyonatsiz ayol bo‘ysunmas, diyonatsiz go‘zal ayol mag‘rur, obro‘li diyonatsiz ayol takabbur bo‘ladi. Diyonatli ayol go‘zal, badavlat, obro‘li bo‘lsayam, kamtar, xushxulq bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Ayolni to‘rt narsa – mol-mulki, nasl-nasabi, go‘zalligi, din-diyonati uchun nikohlab oladilar. Sen diyonatlisini tanla, baraka topkur!” deganlar.
Shunga ko‘ra, ulamolar uylanish borasida yetti o‘lchab bir kesishni, bo‘lajak kelinni adolatli, insof-tavfiqli qo‘ni-qo‘shnilardan so‘rab-surishtirishni maslahat berishgan.
Mazkur sifatlar erkaklarga ham xos. Zero, qiz ham yigitning kelishganligi, boyligi, obro‘si, nasabiga aldanib qolmay, diyonatli yigitni tanlashi kerak. Diyonatli, solih yigit juft bo‘lish uchun eng muhim sifatlarga ega sanaladi. Qolgan sifatlar diyonatdan keyingi o‘rinda turadi.
Diyonatli yigit xotinini har tomonlama himoya qiladi, u bilan totuv yashaydi, uncha-muncha injiqliklarini ko‘taradi. Eng muhimi, uni yaxshi ko‘rsa, e’zozlaydi. Bordi-yu yomon ko‘rsa, zulm qilmaydi. Agar ayol birga yashashni istamasa, uni qiynab ushlab turmaydi, yo‘lini ochib qo‘yadi.
Hozirda ko‘p odamlar kuyov tanlashda oxiratni o‘ylamay ish qilishmoqda. Ular kuyovning imon-e’tiqodi, odob-axloqidan ko‘ra otasining mansabiga, boyligiga uchib qizlari baxtiga zomin bo‘lishmoqda. Sir emas, axloqsiz, ishratparast, nashavand, piyonista, buzuq yigitlarning ko‘pi harom daromad hisobiga boy bo‘lgan oilalar farzandidir.
Oilaviy hayot qiyinchilik, mas’uliyatlarga to‘la bo‘ladi. U – holatlar o‘zgarishining ulkan maydoni. Oila boylik asosiga qurilgan bo‘lsa, mol-dunyo ketgach, nima bo‘ladi? Chiroyga, obro‘ga asoslangan oilalarda bu holatlar o‘zgarsa-chi? Shubhasiz, oilada “inqilob” yuz beradi, kelishmovchilik bosh ko‘taradi. Zero, oila mustahkam asosga emas, beqaror narsaga, shaxsiy istaklarga asoslangan edi.
Ammo diyonatga e’tibor berib oila qurilsa-chi? Din-diyonat musulmon qalbidagi mustahkam aqidadir. Musulmonning so‘ziyu ishi imonga asoslanadi. Shundan kelib chiqib boshqalar bilan muomala qiladi.
Diyonatli er yoki ayol kenglikda Alloh taologa shukrli, qiyinchilikda sabrli bo‘ladi, voqelikka imon bilan yondoshadi, jufti haloliga vafo qiladi. Baxtning asosi din-diyonatda, odob-axloqda. Er-xotinning bir-biriga mehr-muhabbati, hurmati ham ularning naqadar diyonatli ekanlariga bog‘liq.
Kuyov tanlash borasida qizning otasiga, amakisi yoki tog‘alariga katta mas’uliyat yuklanadi. Iloji bo‘lsa, bo‘lg‘usi kuyov haqida yaxshilab so‘rab-surishtirilsa, turli usullar orqali sinab ko‘rilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi .

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

18 Jan, 04:05


#Tafakkur

Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar: “Hazrati Ali raziyallohu anhu bilan birga Jabbon qabristoni yonidan o‘tib qolganimizda, u kishi qabristonga qarab: “Ey qabrlarda yotganlar, ey qorong‘uliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz yetim qoldi, xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor?” – deb so‘radilar.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

17 Jan, 17:17


Turk tili oson

Kitob nuri

17 Jan, 16:47


#Kitobdan

- Ayrimlar tirikligida o‘lik bo‘lur, ba’zilar esa o‘lganida ham tirikdir. Ko‘ngli o‘lik kishining jismi tirik bo‘lsa-da, u o‘lik hisoblanur. Ko‘ngil siridan voqif kishi esa garchi o‘lsa ham, tirikdir. Shu bois o‘lmoq deganlari har doim ham bir xil emas.
Maqsad bu dunyodan voz kechmoq emas, balki uni bilmoq, unga munosib bahoni bermoqdir. Agar bir zargar chaqmoqtoshni oltin qiymatida sotib olsa, uni ahmoq deydilar. Insonning ham holati mana shu zargarning holatiga o‘xshaydi, dunyo chaqmoqtosh bo‘lgani holda uni oltin deb o‘ylaydi va umrini shu tosh ko‘yida fido qilib, tugatadi. Aslida har bir matohga munosib bahoni berish darkor. Qo‘lingdan kelsa, butun boshli dunyoni qo‘lga kirit, hech zarari yo‘q. Lekin dunyo sening birgina hujayrangni qo‘lga kiritsa, mana shu katta zarar bo‘ladi.
- Bunga qanday erishish mumkin, ustoz?
- O‘lmasdan avval o‘lish bilan.
- Bu qanday bo‘ladi?
- Dunyo — karvonsaroy, har bir o‘tkinchi bu yerda biroz qoladi, vaqt o‘tkazadi. Sening siring ham, butun odamzodning siri ham shu karvonsaroyda yo‘lovchi bo‘lmoqdir. Karvonsaroyga egalik qilish insonning ishi emas, ammo o‘zini karvonsaroychi deb hisoblaydi. Eng ko‘p mana shu masalada adashadi.
Qachonki, har narsani Allohdan deb bilsang va buni yodda tutib yashasang, o‘lmasdan oldin o‘lgan bo‘lasan. Avvalo ichingdagi dushmanni o‘ldir. Nafsing senga ochiq-oshkora dushman, uni albatta o‘ldirmog‘ing zarur. So‘ngra kibrni o‘ldir. Ana shunda sen ham, dunyo ham aslida Uning uchunligini ko‘rasan. Hamma narsa U xohlagani uchungina bor. U dunyoni sen uchun yaratgan, seni dunyo uchun emas.

©️ Fotih Duman, "Sir. Oshiqlar o'lmas!"

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

17 Jan, 15:01


🗣Kitobdorlarni izlayapmiz🏆

📚 Kitobxon do‘stlaringizni taklif qiling va har oyning 4-sanasida random tarzida o‘tkaziladigan “KITOBDOR G‘OLIBLAR” aniqlanadigan konkursdan mazza qilib foydalanib qoling.

🤯 Konkurs deysizmi ??? Voy shartlari bor, odam qo‘shish kerak deb o‘ylab ketmang.

💡Shunchaki a’zo bo‘ling, doimiy kuzatib boring, kommentlarda, postlar yoqsa reaksiyalarni ayamang. Qancha safimiz kengaysa “KITOBDOR G‘OLIBLAR” soni shuncha ortadi. Do‘stlaringizga ham yuborib qo‘yish esdan chiqmasin.

➡️ Kanal: https://t.me/anglaymizz

Kitob nuri

17 Jan, 14:04


#ilm_suhbati

📣 Farishtalarga iymon masalasi

🎤 Ustoz Mubashshir Ahmad bilan

💖Suhbat mavzulari:

0:38 Bugungi mavzu haqida qisqacha
1:45 Farishtalar qanday maxluqotlar?
2:52 Mushohada va g‘ayb olami. Kavniyot bobida farishtalar
5:27 Farishtalarga ishonish yo ishonmaslikning iymonimizga qanday ta’siri bor?
9:31 Farishtalarning qanday vazifalari bor?
10:43 Farishtalarning sifatlari
16:10 Qiyomatda farishtalar insonlarning ko‘ziga ko‘rinadimi?
17:01 Farishtalar afzalmi yoki insonlar?
18:31 Farishtalarning aqli bormi?
20:50 Do‘zax farishtalari jannatga kiradimi?
25:08 Film va multfilmlarda farishtalarning obrazini yaratsa bo`ladimi?
27:16 “Farishtalar ozorlanadi”, deganda nima nazarda tutiladi?
30:32 Qur’onda zikr qilingan odamlarga sehr o‘rgatgan farishtalar insonlarga qanday ko‘rinishda ko‘ringan?
35:27 Yaxshi, nurli insonni farishtaga qiyoslaymiz, shu ish joizmi?
36:01 Farishtalarning vazifalari haqida batafsil
42:09 Xulosa

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

17 Jan, 04:05


MUNOSABAT

Menga o‘zingni bebaho ko‘rsatib muomala qilma, shunda men ham sening bir tiyinga qimmat ekaningni aytmayman!

©️ Aliy Vardiy

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

16 Jan, 05:22


#Ayol

Ayol muhabbati biz uchun buyuk, uning oʻrnini hech narsa bosa olmaydi. U xuddi goʻshtga sepiladigan tuzdek: yurakka singib, uni aynishdan saqlaydi.

©️ Viktor Gyugo

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

15 Jan, 17:36


TARAQQIYOT

   "Ba’zi kishilar mening da’vatlarimni eshitib, meni taraqqiyotga qarshi, rivojlanishdan uzoq inson, deyishibdi. Taajjub...
   Men mashinaning o‘rniga eshak mining, samolyotni qo‘yib tuya mining, elektr tokini o‘chirib qo‘yib sham yoqing, shifoxonalarni qo‘yib sahrodagi o‘t-o‘lanlar bilan davolaning, agar sizga qarshi dushmaningiz raketa, samolyot va tanklar bilan urushsa siz ularga qarshi nayza, qilich va kamon bilan kurashing, deydigan jinniga o‘xshaymanmi?!
   Yo‘q azizlar! Bu gapni faqatgina jinni aytishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasini uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrga avvalgi asrlarda Fir’avnlar, Finikiyaliklar, Xusiylar, Bobilliklar, Yunonlar va Rimliklar kabi yaqin sharq davlatlari asos solishgan.
   Ikkinchi davrga esa o‘rta asrlarda musulmonlar asos solishgan. O‘rta asrlarda Yevropa zulmat, qorong‘ulik, qoloq va vahshiylik ichida edi. Ammo islom sharqida taraqqiyot va madaniyat asri boshlangan edi.
   Uchinchi davrga esa hammaga ma’lum Yevropaliklar asos solishdi. Ammo biz musulmonlar bu taraqqiyotga begona emasmiz. Bu taraqqiyotning manbasi aslida bizmiz. Bunda biz sherikmiz. Ammo biz bir zamon uyquda qoldik. Karvon o‘tib ketdi. Biz makonimizni yo‘qotib qo‘ydik. Uyg‘ongach yo‘qotganimizni topish uchun yugurdik. Uyg‘onishimiz bilan biz oldin ko‘rmagan, bizga begona bo‘lgan narsalarni ko‘rdik. Darrov ikkiga bo‘lindik. Birinchi guruh u narsalarni fahmlamasdan, tushunmasdan, ajratmasdan olaverdi. Bu xato edi. Aslida dinimizdagi sobit asoslarga xilof kelmaydigan, odatlarimizga zid bo‘lmagan, bizga manfaatli bo‘lgan narsalarni olishimiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Nega endi madaniyat ne’matlarini tark qilishimiz kerak?!
   Bugun bizdagi eng faqir kishi ham xalifa Abdulmalik ibn Marvondan yaxshi yashaydi. Abdulmalik ibn Marvonning tishi yemirilib kovak bo‘ldi. Undan sassiq hid chiqa boshladi. Uni davolash, plomba qo‘yish uchun shifokor topa olmadi o‘shanda. Bugun eng faqir inson ham tishi og‘risa shifokorga borib tishini davolab plomba qo‘ydirishi mumkin.
   Xalifa Horun ar-Rashid Bag‘doddan Makkaga borishi uchun tuyada yoki biror hayvonda ikki oy yo‘l bosishi lozim edi. Biz esa bu masofani samolyotda ikki soatda bosib o‘tayapmiz.
  Xalifa Abu Ja’far Mansur ichaklari og‘rishidan qattiq dard chekar, oddiy tabletkalarni topa olmas edi. Bizdan oddiy odam uni topib, ichaklarini virus va mikroblardan tozalashi, og‘rig‘ini qoldirishi mumkin.
  Madaniyatning bu ne’matlarini tark qilishimiz kerak deb kim aytdi?! Axir Alloh taolo Qur’oni Karimda:
  "Alloh o‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!", deb ayt", deydi-ku!
   Yo‘q! Ammo biz aytamizki, garchi barcha insonlar uni taraqqiyot deb bilsada, usiz yashab bo‘lmaydi deb hisoblasada, Yevropadan bizning aqidamizni buzadigan, bizni haromga tushiradigan narsalarni olmaymiz!
  
©️Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

15 Jan, 13:55


#ilm_suhbati

📣 Aqidada odamlar nega adashadi?

🎤 Ustoz Mubashshir Ahmad bilan

💖Suhbat mavzulari:

0:57 Bugungi mavzu haqida qisqacha tushuncha
2:26 Odamlar nega to‘g‘ri yo‘lni izlashlari kerak?
8:07 Aqida nima? Odamlarning aqidada adashib ketishlariga sabab nima?
11:46 Dahriylar: “Axloq normalari yetarli-ku, nima uchun inson nimadandir qo‘rqishi kerak?”
18:03 Aqida to‘g‘ri bo‘lmasligining oqibatlari
19:34 Soglom aqida qanday topiladi?
22:06 Aql bilan haqiqatni topishning imkoni bormi?
27:29 Dahriylarning aqidaviy qarashlari
35:37 Aqidada adashishning sabablari
48:18 Axloqsizlik tufayli aqidada adashish
1:11:14 Qiyomatda aqidaning qancha qismidan so‘ralamiz?
1:13:13 Aqida masalalarida miyamizga har xil xayollar kelaversa, nima qilishimiz kerak?
1:18:08 Allohdan qo‘rqish yetarli bolsa, unda nega shar’iy jazo va qonunlar kerak?
1:26:52 Vijdon nima?
1:28:47 Aqida, shariat va tasavvuf
1:44:13 Din monopoliyami, uni faqat ahli ilmlar tushuntirishi kerakmi?
1:49:34 Xulosa

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

15 Jan, 04:43


​#Latoif

Savol:
- Domla, o‘zga sayyoraliklar bilan nikohlansak bo‘ladimi?!

Javob:
- Topib keling, o‘zim nikohlab qo‘yaman!

©️Mahbubiy

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

14 Jan, 16:55


💖 Turk tilini o‘rganish uchun bebaho yechim

Kitob nuri

13 Jan, 16:34


📚 Har bir ayol oʻqishi kerak boʻlgan 10 ta kitob

📚 Har bir erkak o‘qib chiqishi kerak bo‘lgan kitoblar

Kitob nuri

13 Jan, 14:35


#ilm_suhbati

📣 Allohning go'zal ismlari va tavhid tushunchasi

🎤 Ustoz Mubashshir Ahmad bilan

💖Suhbat mavzulari:

1:29 Allohning go‘zal ismlari va tavhid tushunchasini bilishimizning ahamiyati qanday?
5:46 Tavhid masalasida ham g‘uluvga ketish mumkinmi?
10:13 Aqidaviy mazhablar o‘rtasida tavhid bo‘yicha ixtilof bormi?
13:19 Tavhid Allohning yagonaligi bo‘yicha tushuncha bo‘lsa, bunda qanday ixtilof bo‘lishi mumkin?
15:22 Olimlar tavhid haqida nima uchun kam gapirishadi?
23:14 Oli Imron surasi 7-oyatida muhkam va mutashobih oyatlar haqida
28:39 Mutashobih xabarlarni qanday tushunishimiz kerak?
49:20 Ixtilofli masalalarni odamlar orasiga olib chiqayotganlar…
50:17 Tavhid va tasavvuf boshqa-boshqa narsalarmi?
54:40 Allohning nechta ismi bor va ularning barchasini qanday bilishimiz mumkin?
56:23 Allohning zotiy va subutiy sifatari orasidagi farq nima?
59:55 Sababiyat qonuniga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

11 Jan, 06:17


#Tafakkur

Ey ayollar! 
Agar siz erlaringizning ustingizdagi bo'lgan huquqlarini bilsangiz edi, har biringiz eringizning oyog'idagi changni yonog'ingiz bilan artar edingiz.


Oisha roziyallohu anho

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

10 Jan, 17:48


📣 Tinglamasangiz bo‘lmaydi

🎚️ Shakar — ommaviy narkotik

🎚️ Erkaklik inqirozi — Zamonaviy erkaklar kuchsizligi

🎚️ Shaxsiy hikoyam: Hayotimni o'zgartirgan kasb

🎚️ Maqsad izlaganlar: Shaxsiy masʼuliyat kuchi

🎚️ Raqamli Qullar. Nosog'lom jamiyat.

🎚️ Miya qanday ishlaydi?

Kitob nuri

10 Jan, 12:15


#Nuktalar
▶️ Jamiyatda dinning o'rni qanday?
🎤 Shayx Husayn Buxoriy

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

10 Jan, 04:05


#Tafakkur

"Fosiq bilan do‘st bo‘lgan inson ayni fosiqning o‘zidir. Kishi do‘stining dinida bo‘ladi. Fosiqlardan uzoqlashgandagina insonlarda poklanish ehtimoli paydo bo‘ladi". ©️

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

09 Jan, 17:04


📣 Audio kitoblarning bir faylga jamlangan to‘liq shaklini izlayapsizmi? Mana ular: ⤵️

💿 Qur’oni Karim (O’zbek tilida ma’nolar tarjimasi)
💿 Payg‘ambarlar tarixi
💿 Tarixi Muhammadiy
💿 Ilm olish sirlari
💿 Amir Temur saltanati
💿 Qiyomat va oxirat
💿 Mahzun bo‘lma
💿 Riyozus solihiyn
💿 Ulamolar nazdida vaqtning qadri
💿 Hazrat Umar
💿 Alkimyogar
💿 Million dollarlik xatolar
💿 Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
💿 O‘tkan kunlar
💿 Mehrobdan chayon
💿 Chunki sen Allohsan...
💿 Munabbihot
💿 Halqa
💿 Jangchi
💿 Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q
💿 O‘kinma
💿 Jannat vasfi
💿 Turkiston qayg‘usi
💿 Oq nilufarlar yurtida
💿 Jarayon
💿 Men: Bas qil, ey nafs!
💿 Sir: Oshiqlar o‘lmas
💿 Ey qizim
💿 To'siqlarga qaramay sevdik
💿 Yashash fursati
💿 Partiyaning oltinlari
💿 Mungli ko‘zlar
💿 O‘nta negr bolasi
💿 Ajal ta'qibi
💿 Izlash
💿 Hazrat imom al-Buxoriy
💿 Otamdan qolgan dalalar
💿 Tanishishni unutibmiz
💿 Imomning maneken qizi
💿 Iblis va Prim xonim
💿 O‘gay ona
💿 Halol luqma
💿 Gonkongdan kelgan tobut
💿 Ikki karra ikki — besh
💿 Kaktuslar ham gullaydi
💿 Oybegim mening
💿 Buyuk boburiylar tarixi
💿 Devona
💿 Alpomish
💿 Millioner singari fikrlashni o'rganing
💿 Boburnoma
💿 Jumali
💿 Portobello jodugari
💿 Daftar hoshiyasidagi bitiklar
💿 O‘lsang kim yig‘laydi
💿 Sarafan Marketing
💿 Jimjitlik
💿 Morrining seshanba darslari
💿 Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval
💿 Mafiya a'zosining iqrori
💿 Oshxonadagi qotillik
💿 Ravshan
💿 Bir vijdon uyg‘onur
💿 So‘nggi to‘fon
💿 Hazrati Uvays Qaraniy
💿 Odamiylik mulki
💿 Peshonamdagi nur
💿 Dor ostidagi odam
💿 Voy, onajonim!
💿 Dunyoning ishlari
💿 Vido cho‘qqisi
💿 Temur tuzuklari
💿 Dunyoni anglash kitobi

Kitob nuri

09 Jan, 05:10


#Latoif

Savol:

- Uyimiz sovuq, sharoit yo‘q, er-xotin ertalab junublikdan g‘usl qilmay, tayammum bilan namoz o‘qisak bo‘ladimi?

Javob:

- Oldin sharoitni qilib qo‘yib, keyin junub bo‘ling!

©️ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

08 Jan, 15:03


#Tafakkur

KICHIK ISHLAR KATTASIDAN DARAK BERADI!

   Xatib Bag‘dodiy rohimahulloh "Tarixu Bag‘dod"da, ibn Asokir rohimahulloh "Tarixu Dimashq"da, Mizziy "Al-kamol"da keltirishadi:
   "Asma’iy aytadi:
"Bir kuni Horun ar-Rashidning huzurida o‘tirgan edim. Unga kishilar Ofiyat ismli qozidan shikoyat qilib kelishdi. Xalifa qozi Ofiyatni chaqirdi. Majlisda juda ko‘p odam bor edi. Horun ar-Rashid unga gapirdi. Kishilarning shikoyati haqida esladi. Majlis cho‘zilib ketdi. Shu orada Horun ar-Rashid birdan aksirib yubordi. Atrofdagilarning barchasi "yarhamukalloh" deyishdi. Ammo qozi Ofiyat indamadi. Horun ar-Rashid so‘radi:
- Nega sen boshqalar kabi menga "yarhamukalloh" demading?
Qozi dedi:
- Chunki sen "alhamdulillah" demading ey moʻminlar amiri. Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlarida ikki kishi aksirdi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam ularning biriga tashmit aytdilar. Ikkinchisiga aytmadilar. Shunda ulardan biri aytdi:
- Ey Allohning Rasuli! Nega unga tashmit aytdingiz-u menga indamadingiz?
Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar:
- U aksirib Allohga hamd aytdi. Sen bo‘lsang aytmading.
Shuning uchun senga tashmit aytmadim!
  Buni eshitgan xalifa qozi Ofiyatga dedi:
- Borib ishingni davom ettiraver. Aksirib "alhamdulillah" demagan kishini avf qilmagan inson boshqa katta ishlarda albatta adolatsizlik qilmaydi!".

   Insonlarni tanishingiz uchun ularning qalbi tubida yashashingiz shart emas. Ular turli vaziyatlarda o‘zliklarini oshkor qilishadi.
   Kishilarning o‘zidan pastdagi insonlarga qiladigan muomalasidan ko‘ksidagi qadriyatlarini, olgan tarbiyasini anglasa bo‘ladi. Bizning haqiqiy axloqimiz oddiy qorovulga, ko‘chalarda ozgina narsani sotib o‘tirgan kishiga, ko‘cha tozalovchiga, uydagi xizmatkorga qilgan muomalamizdan bilinadi.
   Vazirlarga, hokimlarga, raislarga, mudirlarga hamma o‘zini odobli tutaveradi.
   Haqiqiy axloq g‘azab holatida bilinadi. Xursandchilikda hamma siyosatchi bo‘ladi. Shuning uchun arablar aytishadi: "Do‘st tutmoqchi bo‘lgan odamingni g‘azabini chiqar. Agar senga zarar bermasa do‘st tutaver!".
   Er-xotinlarning axloqi yotoqxonada emas, hayot yo‘llarida bilinadi. O‘zaro ixtilof chiqqanida, maosh yetmay qolganida bilinadi. Vaziyat haq va burchlarga emas, chiroyli muomalaga ehtiyoj sezganida bilinadi!
   Biz gohida kelishmovchiliklar oldida qarzdor bo‘lamiz. Chunki bu ixtiloflar bizni boshqalarga, boshqalarni esa bizga fosh qiladi, tanitadi!
   Sizning haqiqiy xulqingiz masjidda bilinmaydi. Masjidda hamma o‘zini taqvodor va sipo ko‘rsatadi. Haqiqiy xulqingiz masjiddan chiqqaningizda,  do‘koningizda, ko‘chada, mashina haydaganingizda, savdo qilganingizda, qarz oldi-berdingizda, bemor ko‘rganingizda, ustaxonangizda, mansabda turganingizda va qisqasi muomalotda bilinadi!
   Sizning madaniyatga erishganingizni profilingizda kitob bilan qahva suratini qo‘yganingizdan emas, istirohat bog‘ini qanday holatda tark qilganingizdan, suvdan bo‘shagan yelim idishlarni qayerga tashlaganingizdan, g‘ijimlangan qog‘ozni mashinadan uloqtirgan yoki uloqtirmaganingizdan bilinadi!
   Kichkina ishlar aslida katta ishlardan darak beradi, tushuning!

©Abdulqodir Polvonov

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

07 Jan, 17:24


📚 Siz so‘ragan audio kitoblar:

💽 ​Niyatning kuchi
💽 Qirq qudsiy hadis
💽 Ey, qizim
💽 Yulduzlar aybdor
💽 Siz qanday yashamoqchisiz?
💽 Masnaviy: Qirq hikoyaga qirq sharh
💽 Izlash
💽 Turkiston qayg‘usi
💽 Ihyou ulumid-din. O'limdan so‘ng
💽 Hazrat Umar (roziyallohu anhu)

Kitob nuri

07 Jan, 05:07


#Maslahat

Bir erkakka ehtiyoji bor ayol bo‘lmang, balki bir erkakning ehtiyoji bor ayol bo‘ling!

© Aliy Muzayyan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

06 Jan, 17:34


🌸Ko‘pchilik izlayotgan kitoblar shu yerda bor ekan:

💽Men Robiya...

💽Aso. Inson unutilganda o'ladi

💽Ishqqa oshiqman

💽Bizni yolg‘iz deb o‘yladilar

💽Faqat ahmoqlargina 8 soat uxlaydi

Kitob nuri

06 Jan, 08:03


#Kitob
✍️ Ahmad Lutfiy Qozonchi
📖 «So‘nggi to‘fon»

Qalami o‘tkir turk yozuvchisi Ahmad Lutfi Qozonchining «So‘nggi to‘fon» asarini o‘qir ekansiz, qahramon Hasanning yosh bolaligidan tortib ulg‘aygunga qadar chekkan iztiroblarini — onasi bilan birga otasi tomonidan xo‘rlanishini, o‘z padari o‘g‘rilikka undashini, nafsi bilan olib borilgan muhorabalarni, o‘smirlik yoshining bosimlarini hamda Hasan bu sinovlardan qanday o‘tganini, yetti yot begona insonlardan ko‘rgan yaxshiliklari ko‘ngliga qanday kechinmalar solganini, kelajakda qanday qilib chin ma'noda muslim, xushxulq inson bo‘lib yetishganini tushunib yetasiz va umuman olganda, qodir Allohning toshda ham gul unishi borasidagi tushunchaga bergan mukammal misoli bilan tanishasiz.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

06 Jan, 08:01


#Kitob
✍️ Ahmad Lutfiy Qozonchi
📖 «So‘nggi to‘fon»

Ahmad Lutfiy Qozonchi avvalgi asarlarida bo‘lgani singari "So‘nggi to‘fon" romanida ham maktab o‘quvchisi Hasan va uning mushtipar onasining boshidan kechirganlari orqali Alloh har bir bandasiga hamisha mehribon ekanligini taʼkidlaydi. Jabrdiyda onaning, begunoh bolaning iltijosi izsiz ketmasligi Lutfulloh amakining ularga beminnat yordam ko‘rsatishi orqali gavdalantiradi. "So‘nggi to‘fon" ramziy-majoziy maʼnoni anglatadi. Romanda Tursunga o‘xshagan yovuz, mehrsiz kimsalar har bir xonadon uchun, jamiyat uchun bamisoli to‘fon deyiladi. Insonga chuqur exhtirom bilan bitilgan "So‘nggi to‘fon" romanini o‘qigan har bir kishining qalbini insoniy tuyg‘ular, o‘ylar qamrab oladi.


🎧 Audiokitobini tinglash:
▶️ So‘nggi to‘fon (1-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (2-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (3-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (4-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (5-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (6-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (7-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (8-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (9-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (10-qism)

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

06 Jan, 04:38


#Tafakkur

​​SABRNING SHAROFATI

Bir ayol payg‘ambarimiz (alayhissalom)ning oldilariga kelib “Erim menga xiyonat qiladi, nomahram ayollar bilan yuradi, men noroziman. Yo, Allohning Rasuli menga bir duo bering erimni o‘zimga qaytaray” debdi.
Rasululloh alayhissalom “Ey, zaifa men senga o‘sha duoni beraman buning evaziga seni bu dunyoda qilgan savob amallaring eringga qilgan xizmatlaringni savoblari Alloh huzurida ya’ni Arshi A’loda qabul bo‘lmaydi, shunga rozimisan”.
Ayol: “Yo‘q - men sabr qilaman!” deb orqasiga qaytib ketibdi.
Rasululloh alayhissalom yonlaridagi saxobalarga: “Bu ayol har bir qilayotgan sabri uchun Jannatda uning uchun bittadan qasr qurilayotganini bilmaydi-da!” degan ekanlar!.

©

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

05 Jan, 14:02


#ilm_suhbati

📣 Aqida haqida tushuncha

🎤 Ustoz Mubashshir Ahmad bilan

💖Suhbat mavzulari:
3:13 — Aqida nima?
5:30 — Aqidaning ahamiyati
8:30 — Aqida ilmida nimalar o'rganiladi?
21:40 — Imom G'azzoliyning aqida bo'yicha kitoblari haqida
23:48 — Kalom ilmi haqida
29:01 — Aqida bo'yicha kuzatilayotgan tortishuvlarning sababi nima?
34:38 — "Alloh borligiga 100 ta shubhasi bo'lmaganida 100 ta dalil toparmidi?!"
36:43 — Aqida masalasida musulmonlar bahslashmaylik!
41:04 — Kalom ilmini o'rganish farzi kifoyami?
42:14 — Aqidada adashmaslik uchun nima qilish kerak?
44:07 — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning aqida kitoblari haqida
47:01 — Aqida ilmi o'zgarmas bo'lsa, zamonaviy aqida ulamolarining vazifasi nima?
53:04 — Aqidada mustahkam bo'lish uchun botil aqidalarni ham o'rganishimiz zarurmi?
54:04 — Aqida to'g'risida savol berilsa, biz javob bersak bo'ladimi?
55:02 — Aqida ilmini aql bilan tushunishga harakat qilishimiz kerakmi, yoki bor narsani yodlashimiz?
1:05:46 — Xulosa

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

05 Jan, 04:05


#Tafakkur

Mo‘min ekanliging telegram akkountingdan boshqa joyda ham ko‘rinsin.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

04 Jan, 16:40


Dam olish onlari ham aqlni charxlash, ham hordiq olish uchun munosib taklif:

🎬 Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
🎬 Muhabbat oyatlari (1-2)
🎬 "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
🎬 "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
🎬 Hayot mamot
🎬 "Qashqirlar makoni: Gladio"
🎬 Virus
🎬 Uoll Strit Bo‘risi
🎬 Samo farzandlari
🎬 Quyosh bolalari (2020)
🎬 "Garovdagi qiz"
🎬 Xo‘p janob
🎬 Xatiko: Eng sodiq do‘st
🎬 "Risolat"
🎬 "Titanik"
🎬 "Kichkina tabib"
🎬 "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
🎬 "Joker"
🎬 "Shamolni jilovlagan bola"
🎬 "Murtadlar"
🎬 "Muhammad Allohning elchisi"
🎬 "Yangi Dunyo"
🎬 "Romeo va Julietta"
🎬 "Yangi politsiyachilar tarixi"
🎬 "Ertadan keyin"
🎬 "1917"
🎬 "Ford Ferrariga qarshi"
🎬 "Kitob o‘g‘risi"
🎬 "O‘nta negr bolasi"
🎬 "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
🎬 "Minari"
🎬 "Stiv Jobs"
🎬 "Javohir politsiyachi"
🎬 "Olimpning qulashi"
🎬 "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
🎬 "Uvays al Qaroniy hazratlari"
🎬 "Kichkintoy sayrga chiqdi"
🎬 "Platforma"
🎬 "Twilight | Сумерки" (1—5)
🎬 "Sen bilan uchrashguncha"
🎬 "Buyuk Getsbi"
🎬 "Interstellar"
🎬 "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
🎬 "Vijdon amri"
🎬 "Otamdan qolgan dalalar"
🎬 "Gladiator"
🎬 "Wednesday" (serial)
🎬 "Dunyoning tugashi"
🎬 "Mo‘jiza" (1-2)
🎬 "Bishriy Hofiy"
🎬 "Logan"
🎬 "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
🎬 "G‘urur va andisha"
🎬 "Hasan Basriy"
🎬 "Qochish rejasi"
🎬 "Sherlok" (serial)
🎬 "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
🎬 "Robiya"
🎬 "Eltuvchi" (1-4)
🎬 "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
🎬 "Yashil kitob"
🎬 "Daniyalik kelin"
🎬 "Indiana Jons" (1-4)
🎬 "Sen mening uyimsan"
🎬 "Avatar"
🎬 "Dastlabki kod"
🎬 "Podolsk kursantlari"
🎬 "Shindler ro‘yxati"
🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz"
🎬 "Ayla: Urush qizi"
🎬 Ilohiy ishq
🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
🎬 "Qochqin"
🎬 "Niqob"
🎬 "Chernobil" (serial)
🎬 "Shamollarda qolgan hislarim"
🎬 "Otam va o‘g‘lim"
🎬 "Farengeyt bo'yicha 451"
🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
🎬 "Botmagan quyosh"
🎬 "Qirol nutqi"
🎬 "Qora quti"
🎬 "Mavritaniyalik"
🎬 "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy"
🎬 "Zakovatli Uill Xanting"
🎬 "Bir paytlar Gollivudda"
🎬 "Katta askar"
🎬 "Sevastopol mudofaasi"
🎬 "Aviator"
🎬 "Jek va loviya poyasi"
🎬 "Imom Al-Buxoriy"
🎬 "Karta, Pul va ikki miltiq"
🎬 "So'nggi legion"
🎬 "Novda"
🎬 "La'natlanganlar oroli"
🎬 "Muxojir"
🎬 "Aloqa"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Zanjir" (serial)
🎬 "Maxsus topshiriq"
🎬 "Kutubxonachi" (1-2)
🎬 "Zamin Farzandi"
🎬 "Marslik"
🎬 "Hasad"
🎬 "Baxt ortidan quvib"
🎬 "Forrest Gamp"
🎬 "Karib dengizi qaroqchilari" (1-5)
🎬 "12 yil qullikda"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Baxt kimyogari"
🎬 "Kar va ko‘r"
🎬 "Hayot go‘zal"
🎬 "Hidoyat yo‘li"
🎬 "Osmondagi bolalar" (1-3)
🎬 "Muqaddima"
🎬 "Shoushenkdan qochish"
🎬 "Jangchilar klubi"
🎬 "Taqdir o‘yini" (serial)
🎬 "Eng yaxshi taklif"
🎬 "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
🎬 "Ko‘rinmas mehmon"

Kitob nuri

04 Jan, 05:27


#Kitobdan

KELIN TANLASH

Imom Gʻazzoliy “Nikoh odobi”da juft tanlashda quyidagi sakkiz jihatga ahamiyat berish lozimligini ta’kidlagan:
😎1. Bo‘lg‘usi kelinning din-diyonatli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Zero, haqiqiy soliha, diyonatli ayolda keyinchalik boshqa ibratli, yaxshi jihatlar ham jamuljam bo‘ladi.
😎2. Yaxshi axloqli bo‘lishi ham muhim. Zero, mahmadona, shallaqi, qanoatsiz, buzuqi ayoldan solih farzand dunyoga kelishi dargumon. Shu bois bo‘lajak kuyovlarga minnatni xush ko‘radigan, shahvatparast, molparast, besabr, ko‘cha uchungina bezanadigan xulqi yomon qizlar bilan oila qurmaslik tavsiya etiladi.
😎3. Kelinning go‘zal, xushro‘y bo‘lishi ham zaruriy shartlardan sanaladi. Chunki muhabbatni alangalatuvchi omillardan biri chehra go‘zalligidir. Ko‘rimsiz ayol chehrasi ko‘ngilni tezda zada qilishi mumkin. Shu bilan birga, go‘zallik diyonat, xushxulqlikdan ayro bo‘lmasligi lozim. Diyonatsiz, badxulq ayolning chehra go‘zalligi buzuqlikka yetaklashi xavfi bor.
😎4. Kelinga beriladigan mahrning oz bo‘lishi ham maqsadga muvofiqdir.
😎5. Kelinning tug‘a olish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham o‘ta muhim. Haqiqatan, homilador bo‘lish imkoniyatidan mahrum ayollarga uylanmaslikni ko‘p olimlar ma’qullashgan. Chunki, uylanishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri o‘zidan zurriyot qoldirish, naslni davom ettirish.
😎6. Juftlikka tanlangan qiz bokira bo‘lgani yaxshi. Sababi:
– Bokira kelinchak ilk do‘st qadriga yetadi, faqat o‘zi bilgan erini sevadi, odatda, u bilan kifoyalanadi, oldin erkak sinagan ayolga nisbatan eriga muhabbatli bo‘ladi;
– bokira ayol eri tomonidan ko‘proq seviladi. Chunki rafiqasining oldingi turmushini eslash erkak ko‘nglini g‘ash qilishi, ehtirosini susaytirishi mumkin;
– oldin turmush qurgan ayol birinchi erini ko‘proq eslaydi. Zero, muhabbat ilk juft bilan jo‘shqinroq bo‘ladi, xotirada yaxshiroq saqlanadi.
😎7. Ayolning nasl-nasabli bo‘lishi ham muhim o‘rin tutadi.(O‘zbekchilikda yetti ajdod surishtirilishi bejiz emas). Zotan, tag-tugli, zoti asl, diyonatli qizlargina kelajakda iffatli, hayoli muslima ayol bo‘lib, solih, sog‘lom farzandlarni tarbiyalashga qodir bo‘ladi. Bu o‘rinda nasliy kasalliklarni surishtirish ham zarur.
😎8. Juftlikka tanlangan ayol yaqin qarindosh bo‘lmagani ma’qul. Chunki shahvat quvvati ham ehtirosli nazar, erkalashga uzviy bog‘liq. Zamonaviy tibbiyot ilmi ehtiroslar jo‘shqinligi ayolning notanishligiga bog‘liq ekanini e’tirof etmoqda. Aniqlanishicha, yaqin qarindoshlardan qurilgan oilalardagi erkaklarda “ruhiy mijoz sustligi” dardi ancha ko‘p uchrar ekan. Buning yana boshqa salbiy tomonlari bor.

Shuningdek, Kelin tanlashda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
1. Oh-voh qilib, hamma narsadan noliyveradigan;
2. Qilgan ishini minnat etadigan;
3. Begona erkaklarga – ko‘z uchida bo‘lsa ham – shahvat bilan qaraydigan;
4. Tashqarida bezanib-yasanib, uyida befarosatlik bilan kiyinadigan;
5. Itoatsiz, kibrli, qo‘pol qizlarni aslo juftlikka tanlab bo‘lmaydi.

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

04 Jan, 04:03


🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀
Assalomu alaykum sizlarga O'zbekistondagi toza va eko mahsulotlarni tavsiya qilmoqchimiz.
Mahsulotlarimiz halol sifatli original litsenziyasi bor va eng asosiysi inson salomatligi uchun zarar bermaydi
Brendlarimiz:
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
SEALUXE - Shveytsariya (parvarish kosmetikasi)
MARVISIA - Italiya (poyabzal, kiyim-kechak, to'qimachilik, sumkalar, chamadonlar, ryukzaklar, aksessuarlar)
INTERCOS - Italiya (kosmetika)
ILIFE - Xitoy (uy va oila uchun hamma narsa, aksessuarlar)
CARICH - Yaponiya (sog'liqni saqlash yo'nalishi, uy)
KARDLI - Yaponiya (uy)
NILRICH - Germaniya (oziq-ovqat, vitaminlar)
CABEVIN - Fransiya (olmosli va olmossiz zargarlik buyumlari)
EASYLOVE - Fransiya (parfyumeriya)
🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀
Mahsulotlarimizdan foydalanib ko'ring also afsus qilmaysiz 👇👇👇

https://t.me/my_eco_products

Reklama

Kitob nuri

04 Jan, 03:10


#TAJRIBA

• Eng so‘nggida yoningda seni sevganlar qoladi.
• Sen sevganlar emas...

©

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

03 Jan, 17:48


📚 Siz izlagan (audio) kitoblar:

💽 Qaytganimda uyda bo‘l

💽 MEN: Bas qil, ey nafs!

💽 SIR: Oshiqlar o‘lmas

💽 LOL: Har shaharning o‘z egasi bor...

💽 Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri

💽 Sevgi san'ati

💽 Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og'dirish san'ati

💽 Zulmat ostonasidagi muhabbat

💽 Yolg‘izlikning yuz yili

💽 Andisha va G‘urur

Kitob nuri

03 Jan, 07:54


Erimning menga jismoniy mayl ko‘rsatmayotganiga ham sababni topdim.
Men erimdan ilk bor o‘zimning qo‘polligim uchun bolalarim oldida uzr so‘ragan kunimni esdan chiqarmasam kerak.
Yoki ilk bor unga “bilganingizday qila qoling” deganimni...
Men endi har bir qadamim uchun erimdan ruxsat so‘ray boshladim.
Erimning hayotiga aralashmay qo‘ydim, uning tanlovini tanqid qilmas, qaytaga o‘zim ustimda ishlay boshladim.
Men ortiq erimga uning onasi kabi munosabat qilmasdim.
Qaytaga uning sevgilisi o‘laroq munosabat qilishni boshladim...
Oqibatda esa biz kamroq urushadigan bo‘ldik.
Ayrim payt qo‘limni ushlab olar va yo o‘pib qo‘yardi.
Men o‘z baxtim uchun o‘zim mas’ul ekanimdan mutlaqo bexabar bo‘lgan ekanman!
Qaytaga erim meni baxtli qilishi kerak deb o‘ylar ekanman.
Farzandlarimiz ham bizning munosabatlar o‘zgarib borayotganini sezishardi.
Uyimizga yana nur kirdi. Tinch, osuda va quvnoq bir hayot kirib keldi...
Ko‘pincha ayollar mendan bunaqa munosabat bilan siz qaytaga eringizga qul bo‘lib qolmadingizmi, deb so‘rashadi.
Men feministman! Itoatkor bo‘lish va yo taslim bo‘lish bir haqiqatni anglashdir – haqiqatki, siz faqat o‘zingizni o‘zgartirishingiz va yo nazorat qilishishingiz mumkin, xolos. Boshqalarni emas. Ayni shu haqiqat hayotbaxsh va insonga kuch bag‘ishlaydi!

Mubashshir Ahmad sahifasidan olindi

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

03 Jan, 07:53


#Tafakkur

💬 Eriga itoatkor ayolning hikoyasi

Amali shu birgina oyatga muvofiq bo‘lib qolgani uchun baxt-saodatga erishgan amerikalik ayol hikoyasi ekan. Hikoya to‘qima emas. BBC radiosi xabaridan. Demak, avval oyatni o‘qiymiz:
"Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar–itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir" (Niso surasi, 34-oyat).


Kaliforniyalik Keti Marreyga ko‘ra, u eri bilan turmushini unga itoat qilish yo‘li orqali saqlab qolgan.
Keti o‘zini feminist deb sanaydi, ammo hozirda boshqa ayollarni ham itoatkor bo‘lishga da’vat qiladi. Bu esa “Itoatkor ayol” nomli kitobning o‘ziga xos yo‘li... Ayni kitobda ayollar o‘z erlarini tinch qo‘yishlari va ko‘proq hurmat qilishlari shartligi urg‘ulangan.
Keti Marrey: Men birinchi turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimda 26 yoshda edim.
Ikkinchi bor 32 yoshda turmushga chiqdim. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, erimning yonida emas, qo‘shni xonada yotadigan bo‘ldim. Deyarli har kuni janjallashardik.
Aksariyat janjallarimizga sabab mening erim haqida fikrlarim bilan bog‘liq edi.
Masalan, erim bolalar tarbiyasi haqida hech narsa bilmaydi degan fikrda edim.
Yoki ro‘zg‘or va pul masalalarida erimning uquvi yo‘q deb ishonardim.
Men o‘shanda xususiy maktablarning birida moliyaviy masalalarda mas’ul ishda ishlardim. Ko‘ngilli ravishda bolalarimning maktabida ham mehnat qilar, jamoatchilik ishlarida ham faol edim. Erim esa qurilish shirkatida ishlardi.
Ammo toparmon tutarmon deganlari oilada men edim va hamma narsaga o‘zim xo‘jayin kabi ish tutardim.
Shunda ham hech kimga o‘z erim bilan doim jiqqamusht ekanimni aytmas edim.
O‘zim esa doim...uyatda va jahl ustida edim.

😎“Itoatkor ayol”ning oltita qoidasi
• O‘z erlari ustidan ortiqcha va nokerak nazoratni to‘xtatish
• Erkakning fikrini hurmat qilish
• Erning sovg‘alarini minnatdor bo‘lib qabul qilish va izhor etish
• O‘z istagini nazorat qilish niyatisiz izhor etish
• Ro‘zg‘or kirim-chiqimini eriga ishonish
• Ayol o‘ziga va o‘zining hayotdan qoniqishiga e’tibor qaratadi

Manba: Laura Doyl, “Itoatkor ayol” kitobi muallifi
____
Men o‘z ehtiyojlarim bilan erimning g‘ashiga tegadigan darajada injiqlik qilar ekanman, u televizionga “mixlanib” olar va yoki uy hayvonlariga mehribon bo‘lib qolardi.
Hatto jismoniy yaqinlik yo‘q edi... Ammo...Ishqilib, bu juda og‘ir edi.
Men bilan umuman ishi yo‘q edi.
Men unga er qanday bo‘lishi haqida qancha ko‘p gapirsam, u shuncha shavq ko‘rsatmasdi.
Keyin uni er-xotinlarga maslahat beruvchi mutaxassisga borishga ko‘ndirdim.
Bolalar ham bizning janjallarimizdan ozurda bo‘laverganidan... ularni ham mutaxassisga jo‘natdik. Ammo bu ham ish bermadi.
O‘zim mutaxassisga qatnay boshladim.
Bir yilcha erimning ustidan arz qilib yurdim. Minglab dollar sarfladim, ammo ish yana ajralishga qadar yetib borayotgandi...
Men kechalari yig‘lardim, u bilan janjallashardim, baqirardim...Erim menga qiyo boqmas edi.
Men ozdim, mashq qila boshladim va boshqa erkaklarning e’tiborini jalb qila boshladim.
Lekin bilasizmi, bunaqa qilolmasdim, undan ko‘ra men qurbon, jabrdiyda rolini o‘ynayman, shunda erim menga iliydi deb o‘yladim.
Ilimadi.
Turmushimdan ajralishimga bir bahya qolganida esa qo‘limga Laura Doylning “Itoatkor ayol” degan kitobi tushib qoldi.
Rostdan ham maktablarimizda qanday qilib turmush qurish, ro‘zg‘or yuritish kabi hayotiy muhim o‘gitlarni berishmaydi.
O‘z oilamizdagi boshqa ayollar esa hech qachon bu masalada maslahat berishmagan.
Men o‘z turmushim nurab borayotganiga aslida...o‘zim sababchi ekanimni anglab yetganimdan so‘ng, ishonsangiz, shunaqa ham xijolat bo‘ldimki, asti qo‘yaverasiz. Lekin shu kitob menga kuch-quvvat ham berdi.
Men o‘z erimga hurmatsizlik qilayotganim va yo faqat tanqid qilganimdan mutlaqo xabarsiz edim.
Men qaytaga unga yordam berayapman, mantiqan ish ko‘rayapman deb o‘zimni ovutgan ekanman.
Men erkaklar uchun hurmat birinchi o‘rinda turishini angladim, ya’ni, bu ularga havoday zarur ekanini tushunib yetdim.

Kitob nuri

03 Jan, 05:15


#Tafakkur

Najib Mahfuz shirinlik sotib yurgan bir bolani ko'radilar va yig'lab shunday deydilar:
"Bolalarning orzusi - bir parcha shirinlik, bu bola esa orzusini sotyapti".

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

02 Jan, 17:33


#Rivojlanish

🎚 Bir kunda bir bet kitob o'qing!
🎚 Dunyo va oxirat
🎚 Har bir musulmonning hayoti rejalangan bo'lishi kerak
🎚 Har qanday muammoning yechimi ilm
🎚 Ixlos va muhabbat
🎚 Ishni nimadan boshlash kerak?
🎚 Maqsad yoki mehnat qaysi kuchliroq?
🎚 Maqsadingiz bo‘lmasa maqsadi borlarga xizmat qilasiz
🎚 Moliyaviy savodxonlik
🎚 Mustahkam xotira
🎚 Nega o‘qishga xohish yo‘q?
🎚 Nima uchun erta turish kerak?
🎚 Odatlar zanjirini tuzish
🎚 Real hayotga qayting
🎚 Taym menejment — Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash
🎚 Tez o'qish sirlari
🎚 O‘zbek menejmenti yohud samarali boshqaruv usullari
🎚 O‘zingizni aldamang
🎚 Chet tillarini qanday o'rganamiz

Kitob nuri

02 Jan, 13:33


#Nuktalar
▶️Hojar — Haqiqiy ona timsoli
🎤 Husaynxon Yahyo Abdulmajid

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

30 Dec, 17:57


🫰Endi tillarni o‘rganish muammo emas!
Tanlang va A'zo bo‘ling👇


Arab tili 0 dan
Ingliz tili 0 dan
Turk tili 0 dan
Koreys tili 0 dan
Rus tili 0 dan

Kitob nuri

29 Dec, 16:47


Turk tilini shunaqa oson o‘rgansa ham bo‘larkan:
Turk tili oson

Kitob nuri

29 Dec, 04:05


#Tafakkur

Bir notiq Abu Ja’far Mansur huzuriga kirdi. Unga qo‘pol gapirdi. Shunda Abu Ja’far: “Muloyim bo‘l, Alloh taolo senday yaxshi kishini menday yomon kishiga yubordi, Alloh Musoni Fir’avnga yubordi va unga aytdi:
«Bas, unga yumshoq so‘z aytingiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok qilishimdan) qo‘rqsa» (Toho, 44).

Shunda notiq qilgan ishidan hijolat bo‘ldi va u Musodan (alayhissalom) afzal emasligini bildi va Abu Ja’far Fir’avndan yomon emasligini angladi.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

28 Dec, 04:05


#Farzand_tarbiyasi
#Kitobdan

FARZANDINGIZNING TAOMNI O‘ZI YEYISHIGA IMKONIYAT BERING

Pedagogikaning asosiy qoidalaridan biri bu bolaga o‘z yosh saviyasiga ko‘ra qo‘lidan kelishi mumkin bo‘lgan barcha ishni o‘zi qilishiga ruxsat berishdir. Ya’ni ovqatlanish, ichish, kiyinish, yolg‘iz harakatlanish, uxlash, zinadan tushish kabi asosiy hayotiy ko‘nikmalarni avval kattalar yordamida, so‘ngra bosqichma-bosqich bolaning o‘zi mustaqil ravishda bajarishiga imkon berilishi darkor.

Afsuski, jamiyatimizda yaxshi ona bo‘lishning asosiy belgilaridan biri bu bolaning o‘zi qila olishi mumkin bo‘lgan ishlarni go‘yoki «ko‘zi qiymay», «joni achib» bolaning nomidan qilishga urinish sifatida kuzatilmoqda. Onalar tomonidan o‘zi ovqat yeya oladigan bolaga yedirib qo‘yish, o‘zi kiyina oladigan bolani kiyintirib qo‘yish, bolaning o‘rniga vazifasini tayyorlab berish, hatto ulg‘ayib qolgan bo‘lsa ham, bolani yuvintirib qo‘yish kabi holatlar xuddi bolalarimizga «yaxshi» bo‘lishi uchun davom ettirib kelinmokda. Xolbuki, bir bolaning o‘zi yolg‘iz uddalay olishi mumkin bo‘lgan har ishni o‘zining qilishiga qo‘yib berish ham jismoniy, ham psixologik rivojlanishi uchun juda muhimdir.

Avvalo, bolaning fiziologik rivojlanishi uchun ahamiyatlidir, chunki bolalarning katta va kichik mushaklarining rivojlanishi, koordinatsion qobiliyatlari, muvozanatni saqlash ko‘nikmasi kundalik ishlarni bajarish orqali rivojlanib boradi. Hamma ishini onasi bajarib beradigan bolalar esa qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan, yo‘lda muvozanatini yo‘qotadigan, noshud bola bo‘lib ulg‘ayib qoladi.

Xadicha Kubro Tongar

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

27 Dec, 16:57


👀 Farzand tarbiyasi ilmi

Kitob nuri

26 Dec, 16:23


📚 Siz izlagan (audio) kitoblar:

💽 Qaytganimda uyda bo‘l

💽 MEN: Bas qil, ey nafs!

💽 SIR: Oshiqlar o‘lmas

💽 LOL: Har shaharning o‘z egasi bor...

💽 Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri

💽 Sevgi san'ati

💽 Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og'dirish san'ati

💽 "Zulmat ostonasidagi muhabbat"

💽 "Yolg‘izlikning yuz yili"

💽 "G‘oyam"

Kitob nuri

01 Dec, 14:42


📣Ingliz tilini qanday o‘rganish siz uchun qulay bo‘lsa shunday o‘rganing. Sizni qulayiga yo‘naltirish bizdan. Tanlang:

▶️ Audio so‘zlashgich orqali o‘rganish
Videokurs orqali o‘rganish
📚 Kitoblar orqali o‘rganish
💖 Audiokitoblar orqali o‘rganish
⚡️ Lug‘atlar orqali o‘rganish
Grammatika orqali o‘rganish
🎬 Filmlar orqali o‘rganish
🎤 Qo‘shiqlar orqali o‘rganish
IELTS'ga tayyorlanish
😎 CEFR'ga tayyorlanish
💬 Speaking'ni o‘stirish

Kitob nuri

30 Nov, 13:05


📖 "Duo taqdirni o‘zgartiradi"
💖 4-qism

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

29 Nov, 13:05


📖 "Duo taqdirni o‘zgartiradi"
💖 3-qism

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

29 Nov, 11:05


#Farzand_tarbiyasi

  Kunlarning birida bankda o'z navbatimni kutib turar ekanman, beixtiyor yonimda navbatda turgan ikki ayolning suhbati qulog'imga chalindi. Ulardan biri bolalarining chiqishmasliklaridan noliy boshladi. «Hecham kelisha olishmaydi. Uyda doim janjal, doim shovqin-suron, doim baqir-chaqir», deb arz qilardi u. Uning suhbatdoshi esa «Ehtiyot bo'ling, hozirdan qattiq ushlamasangiz, ertaga bundanam battarlashib ketishi mumkin», deb o'zicha ogohlantira boshladi.

  Ikki ona ancha dardlashishgach, meni sezib qolishdi. Kitoblarimdan o'qishgan ekan, tanib, quchoqlashib koʻrishishdi. Ozroq suhbat qurdik. Boya farzandlari hech kelisholmasligidan arz qilgan ayol menga ham shikoyat qilib, biron yo'l ko'rsatishimni iltimos qildi. Men ham buning yechimiga ishora qildim.
  «Bolalarigizga emas, bolaligingizga nazar tashlang...»
  «Qanday qilib?» dedi u.
  «Oilada nechta farzand edinglar?» so'radim undan.
  «Uchta», javob berdi boyagi ayol.
  «Hmm, menimcha, xonada baqir-chaqirdan xoli, kattasidan tortib kichigigacha juda yaxshi chiqishadigan, bir xil fikrlaydigan, hecham janjallashmagan, yigʻi-sig'i, ur-to'polon boʻlmagan oila muhiti boʻlgandir-a?»
  «Qo'ysangiz-chi! – dedi ayol tabassum qilib. – Rosmana bir-birimizning go'shtimizni yerdik. Haliyam goh-gohida yosh boladek janjallashib turamiz».
  «Xo'sh, haliyam janjallashib turishlaringizga qaraganda ularni uncha xushlamasangiz kerak-a?»
  «Bu nima deganingiz? – keskin javob berdi u. – Yaxshi ko'rmasligim mumkinmi? Albatta, juda yaxshi ko'raman».
Shunda ko‘zimiz ko'zimizga tushdi. Kulib yubordik. U «tushundim» deganday boshini silkidi. Shundan keyin xayrlashdik.

📖 Xadicha Kubro Tongar, «Ahil va inoq farzandlar tarbiyalash san'ati» kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

29 Nov, 05:15


#Oila

Ikki yillik turmushim davomida bir narsaga to‘liq amin bo‘ldim. Birgalikda har taraflama yaxshi hayot kechirish uchun juftlarda shu uch hislat bo‘lishi lozim ekan.

😎Birinchisi, TUSHUNISH

Inson yashash davomida turli xil holatlarni boshdan kechiradi: kasalliklar, gormonal o‘zgarishlar, muvaffaqiyatsizlik, ishdagi stress va boshqa muammolar. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, odam o‘zini ongli boshqarolmaydi.

Bunday vaqtlarda juftlar hamrohining hislarini tushunib, gaplarini ko‘ngilga olmay, dalda bo‘lishi yoki nariroq turishi kerak.

😎Ikkinchisi, KECHIRISH

Turmushda shunday davrlar bo‘ladi: layli majnunlik tugaydi. Ayblar ko‘rinib, xizmatlar, fidoiyliklar tabiiy, majburiyatday qabul qilana boshlanadi. Ovozlar ko‘tariladi. Oqibatda juftlar bir-biridan sovib ketadi. Ba’zida (odatda) bunga munosabatlarga tinimsiz aralashuvlar, ya’ni yaqinlar sababchi bo‘ladi. Xullas, u yoki bu vajlar bilan bir-birlarini qattiq ranjitib qo‘yadi.

O‘ziga kelib, xatosini tushunganida erkakdir, ayoldir g‘ururga berilmay, kechirim so‘rashi kerak. Jufti ham agar yana birga yashash niyati bo‘lsa qalbidagi ginalarni ertaga yuziga solmaydigan darajada unutib, (bilaman bu ayollarga oson emas) chin dildan kechirgani ma’qul. 

😎Uchinchisi, eng muhimi, KELISHISH

Erkak va ayol bir-biridan tubdan farqli yaratilgan: dunyoqarashi, fe’l-atvori, jismoniy va aqliy imkoniyatlari, odatlari, xohishlari. Bu esa, albatta, oilada turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.

O‘zining haqligini isbotlab, tortishavergan sari parda ko‘tarilib, munosabatlar yomonlashib boraveradi. Nazarimda, er-xotin jamoa bo‘lishi kerak. Bir-biriga murabbiy emas) Ha, erkak jamoa sardori. Biroq  “faqat meni aytganim bo‘lishi kerak” deb qattiq turib olmasdan, juftini ham xohish-istaklarini hisobga olib, maslahatlashib, qaror chiqarishi lozim.

Alqissa, ro‘zg‘ori tinch, barakali, jufti bilan rohatda umr kechirishni istagan erkak ham, ayol ham bir-birlarini tushunib, kechirib, maksimal darajada kelishib yashashi kerak deb o‘ylayman.

Sizning-cha, munosabatlarni mustahkamlash uchun juftlarda qanday hislatlar bo‘lishi kerak?

Xonzodabegim A’zamova

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

29 Nov, 04:04


📣📣📣 Erta tongda dars qilishni sevuvchi va ingliz tilini 0 DAN o'rganuvchilar uchun ajoyib ONLINE KURS yaqinda boshlanadi. Bizda haftaning Seshanba, payshanba va shanba kunlari ertalab 09:00 da onlayn beginner guruh ochiladi.
Kursda siz MUKAMMAL BAZA asosida tayyorlanib 0 darajadan boshlab 1 oyda elementary darajaga ko'tarilasz.

Online darslar haftada 3 kun telegram yopiq guruhda 1,5 -2 soat vaqt davomida JONLI tarzda olib boriladi.Bundan tashqari o'tilgan har Bir dars bo'yicha tayyor VIDEODARSLAR , mavzu o'zlashtirish uchun materiallar va albatta vazifalar berib boriladi.
✳️Kurs davomida :
🔴1⃣Reading
🟠2⃣Speaking
🟢3⃣Listening
🔵4⃣Grammar
🟣5⃣Vocabulary

Bir vaqtning o'zida olib boriladi(har Bir o'quvchi bilan alohida alohida ishlanadi)

💳 Kurs to'lovi oyiga 150 ming so'm

🗓 Darslar 5- dekabrda boshlanadi(bemalol Bir nechta darsda qatnashib keyin to'lov qilsangiz bo'ladi, shuningdek kurs qatnashchilari 50% Dan 100% gacha CHEGIRMAga EGA bo'lishi mumkin)
📌 O'quv dasturi IELTS bali 7.5 va DARS o'tish bo'yicha ko'p yillik tajribaga EGA ustoz Zuhro Ravshanova👩‍💻 tomonidan tayyorlangan.

‼️ Vaqtni boy bermang biz bilan ingliz tilida o'z natijangizga erishing.
Murojaat uchun: @Teacher_Ravshanova

Kitob nuri

28 Nov, 13:05


📖 "Duo taqdirni o‘zgartiradi"
💖 2-qism

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

28 Nov, 11:46


👀 Farzand tarbiyasi ilmi

Kitob nuri

28 Nov, 04:05


#Farzand_tarbiyasi

Bolaga kitob o‘qib berish emas, qanday kitobni o‘qib berish muhim

Jahon adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega ijodkor Henrix Hayne bolalik xotiralari haqida yarmi hazil, yarmi chin ma'noda shunday yozadi: “Onam bolaligimda she'rlar o‘qib berardi, men shoir bo‘ldim. Amakivachchamning onasi faqat qaroqchilar haqida kitoblar o‘qib berardi, u bankir bo‘ldi”.  Aminmizki, bu gapi bilan u hamma bankirlarni ham qaroqchi demoqchi bo‘lmagan va biz bugun tilga olmoqchi bo‘lgan mavzu ham bu haqda emas.
Aytmoqchi bo‘lganimiz, bugun kitob mutolaasiga e'tibor davlat siyosati darajasida ko‘tarildi. Shunga hamohang xalqimizning ham kitobxonlikka munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Boshqacha qilib aytganda, kitobning “obro‘”si oshmoqda. Ya'ni, farzandlarimizni kichik yoshidanoq mutolaaga qiziqtirish, ularga turli kitoblar sovg‘a qilish, hali harf tanimaydiganlariga ham ota-onalarining kitob o‘qib berishi yaxshi odatga aylanmoqda. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor.

Chindan ham, murg‘ak bolakaylarga kitob o‘qib berish go‘zal fazilat, ammo qanday kitoblarni o‘qib berish masalasi muhim. Chunki, hech kimga sir emaski, kitob rastalarida “Ertaklar” nomi ostida turgan kitoblarning hammasi ham bola xarakterini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilmaydi. Misol uchun, ayrim ertaklarda bahodir “yomon odam”ni qilich bilan o‘ldirib tashlagani, boshini tanidan judo qilgani, jardan uloqtirib yuborgani tasvirlanadi. Uxlash oldidan mana shunday ertaklarni eshitgan bolada bahodir bo‘lish orzusi tug‘ilishi shubhasiz. Ammo bahodirlik odam o‘ldirishmi?! Bizning tarbiyamizga ko‘ra, yomonning jazosini Xudo bermaydimi? Umuman, bolani xunrezlikka chorlamaydigan, yorug‘ maqsadlarga undaydigan ertaklarga bo‘lgan ehtiyoj bugungi kunning dolzarb masalasidir. Shu bois ham ota-onalar farzandiga ertak o‘qib berishdan avval o‘sha ertakni oldin o‘zi o‘qib, loyiq deb topganidan keyingina jajji ong, vujud egasiga havola qilishi lozim.
Shundagina biz jallod “bahodir”larni emas, zamonamiz qahramonlarini tarbiyalay olamiz.

Zuhal RO‘ZIYEVA

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

27 Nov, 14:13


📖 "Duo taqdirni o‘zgartiradi"
💖 1-qism

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

27 Nov, 10:32


📚 Siz izlagan (audio) kitoblar:

💽 Qaytganimda uyda bo‘l

💽 MEN: Bas qil, ey nafs!

💽 SIR: Oshiqlar o‘lmas

💽 LOL: Har shaharning o‘z egasi bor...

💽 Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri

💽 Sevgi san'ati

💽 Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og'dirish san'ati

💽 "Zulmat ostonasidagi muhabbat"

💽 "Yolg‘izlikning yuz yili"

Kitob nuri

27 Nov, 04:54


#Tafakkur

Inson aqlini sinab ko‘rmoqchi bo‘lsang, u bilan boshqa bir inson haqida suhbatlashib ko‘r.

Agar u haqida faqat yomon taraflarini gapirsa, bilginki, uning ichki olami xarob, ma’rifatsiz johildir.

Agar yaxshi taraflarini gapirsa, unga ayrim ayb-kamchiliklarini eslatib ko‘r. Agar hammada ham kamchilik bo‘ladi, hamma ham adashadi kabi so‘zlar bilan uni oqlashga intilsa, bilginki, u insonning botini obod va qalbi pokdir.

Mo‘min doimo birodari nomusi salomat bo‘lishi uchun kurashadi.

Ibn Atoulloh Sakandariy

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

26 Nov, 10:38


💓 Ingliz tilini shunaqa oson va tartib bilan o‘rgansa ham bo‘larkan-ku

Kitob nuri

25 Nov, 11:21


➡️ Payg‘ambarlar tarixi

Kitob nuri

25 Nov, 05:48


#Mehr

Oilasidan mehr olib turgan qizning noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘yish ehtimoli maksimal past bo‘ladi.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

25 Nov, 04:33


#Mutolaa

Bizga kitob begonadir borgan sari,
Ko‘nglimiz ham kirxonadir borgan sari...

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

24 Nov, 17:23


🇷🇺🇺🇿 Rus tilidan shunaqa lug‘at so‘zlar qidirib yurganmidingiz?

Kitob nuri

03 Nov, 06:26


📢  Alohida mavzu

💖 Hashamatli hayot ortidan yolg‘onlar yoxud infoqalloblar sizni qanday aldaydi?

💖 Kambag‘allikdan qutula olamizmi?

💖 Omma chiqindi istasa chiqindiga aylanmang yoxud qanday kontent tanlash kerak?

💖 Qanday qilib professional boʻlish mumkin?

💖 Qachon oila qurish kerak?

💖 Yuzimizga tutilgan oyna yoxud PISA natijasi O'zbekistonda ta'lim qulaganidan darakmi?

💖 O'zbek jamiyatiga psixolog kerakmi? Yoxud zamonaviy psixologiyaning ta'siri qanday?

Kitob nuri

02 Nov, 05:03


#Farzand_tarbiyasi

TARBIYA

   Ibn Abid Dunyoning “Al-ʼiyal” nomli kitobi bor. Oʻsha kitobda keladi:
   “Sufyon Savriy rohimahulloh oʻgʻlini hijoma qildi. Oʻgʻli yigʻladi. Unga qoʻshilib Sufyon ham yigʻladi!”.

   Tarbiya mana shunday boʻlishi kerak.
   Bolaga doim foydali narsa beriladi, unga boylik berilmaydi!
   Oʻgʻlingizni ukol uchun shifokorga olib bordingiz. Siz ukol ogʻritishini yaxshi bilasiz. Ammo bunda shifo borligi uchun olib bordingiz!
  Din va qadriyatlar ham shunaqa boʻlishi lozim. Uni roʻza tutishga oʻrgatasiz. Ammo ochiqqanini va chanqaganini koʻrib yuragingiz eziladi. Ertalab bomdodga issiq oʻrnidan uygʻotasiz. Chunki issiq oʻrinning oʻgʻlingizga suyukli ekanligini, bomdodga turganlar esa Allohga suyukli ekanligini bilasiz!
   Baʼzida bolalar pul soʻrasa “yoʻq” deb turing. Qalbingiz ezilsa ham mayli. Bu ularning shaxsiyatini sayqallaydi!
   Bola tarbiyasida bundan koʻra muvaffaqiyatli qoida yoʻq. Aqlingiz yumshashi uchun unga ozgina hissiyot qoʻshing. Qalbingiz kuchayishi uchun esa unga ozgina aql qoʻshing!

Abdulqodir Polvonov

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

01 Nov, 04:50


#Oila

Er kutdi, “sevsa keladi”, dedi oʻziga oʻzi.
Xotin kutdi, “sevsa keladi”, dedi oʻziga oʻzi.
…Ikkisi ham yoʻqotdi!

Sizga kelmagan sizni sevmaganidan yoki istamaganidan emas, balki sizni kutganidan boʻlishi mumkin. Siz qadam tashlang, siz boring, siz tuzating.

Ikrom Sharif

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

31 Oct, 04:05


#Tabassum

Qiz, yigit va ota

Qobulda kitob sotadigan bir qiz do‘koniga sevgilisi kelganini ko‘radi. Shu payt qizning otasi ham yonida bo‘ladi. Qiz sevgilisiga qarab:

- Nemis yozuvchisi Yorg Danielning «Otang uydami?» kitobini olishga keldingiz shekilli? - deb so‘raydi.

Yigit:
- Yo‘q, men ingliz yozuvchisi Tomas Munisning «Seni qayerda ko‘rishim mumkin?» kitobini olishga kelgandim.

Qiz:
- U kitob qolmagan, lekin, amerikalik yozuvchi Patrice Olferning «Olma daraxtlarining ostida» kitobini tavsiya qilishim mumkin.

Yigit:
- Juda yaxshi. Belgiyalik yozuvchi Jean Barnerning «5 daqiqadan keyin qo‘ng‘iroq qilaman» kitobi ham kerak edi, olib kela olasizlarmi?

Qiz:
- Albatta. Bundan tashqari sizga fransuz yozuvchisi Mishel Danielning «Aslo yolg‘izlatmayman» kitobini ham tavsiya qilaman.

Bu suhbatni eshitib turgan otasi:
- Buncha kitob ko‘plik qilmasmikin, hammasini o‘qirmikin bu bola?, - deb qizidan so‘raydi.

Qiz:
- Ha, otajon. U judayam aqlli bola, hammasini o‘qiydi.
Ota:
- Mening go‘zal qizim, unday bo‘lsa, unga gollandiyalik yozuvchi Frank Martinisning «Men ahmoq emasman» kitobini ham tavsiya qil. Keyin, o‘zing ham rus yozuvchisi Muris İstankovićning «Amakingning o‘g‘liga turmushga chiqishga tayyorlan» kitobini o‘qib chiq...

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

30 Oct, 04:55


#Tafakkur

Ulamolar aytadi:
Mol-dunyo talabgori dengiz suvidan ichayotgan kishiga o‘xshaydi: ichgan sari chanqog‘i ortib boraveradi.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

29 Oct, 13:30


#Nuktalar
▶️ Dunyo matohiga berilganlik alomati
🎤 Husaynxon Yahyo Abdulmajid

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

29 Oct, 07:08


#Tabassum

   Tahonaviy rohimahullohga Darvin degan biri chiqib, odam maymundan tarqagan deyapti. Shunga raddiya qilib bir kitob yozing - deyishibdi.

Davomini o‘qish

Kitob nuri

29 Oct, 04:30


#Kitobdan

Ketyapman, - dedi erkak. Ayol yig‘ladi. Xojasining bo‘ynidan quchdi.
- Qaramang! - dedi qatʼiy ammo past tovushda .
- Kimga, jonim? - deya so‘radi erkak. Titroq ovozda ohista shivirladi ayol:
- Jannatdagi hurlarga!
Er tishini-tishiga qo‘yib chuqur
uh tortdi. Og‘ir-og‘ir so‘zladi:
- Sen mening jufti halolimsan. Boshqalar birodarim!.. Seni jannatda kutaman!                                               
🔴"Seni jannatda kutaman" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

28 Oct, 16:21


#Kitobdan

XOTIRADAGI NUQSONLARNI QANDAY BARTARAF ETISH MUMKIN?

Inson xotirasi imkoniyatlari juda katta. Faqat har qanday odam bundan yuqori (maksimal) darajada foydalana olmaydi. Yuz minglab hadislarni sanadlari bilan puxta yod bilgan vatandoshimiz, buyuk muhaddis Imom Buxoriy ham bizga o‘xshagan odam bolasi bo‘lgan. Faqat u zotda intilish, qobiliyat kuchli edi.
Nima bo‘lganda ham inson xotirasi qay darajada kuchli yoki zaif bo‘lishi ko‘proq o‘ziga bog‘liq. O‘tmishda, avvaliga qobiliyatsizdek ko‘rinib, keyin qattiq harakat qilib katta olim bo‘lib yetishgan kishilar yetarlicha topiladi.
Mutaxassislar fikricha, yosh ulg‘ayishi xotira susayishiga biz o‘ylagan darajada katta ta’sir qilmaydi. Balki vaqt o‘tgan sari ko‘p odamlar ruhiy tarafdan zaiflashadi, o‘zini qarigan hisoblaydi. Aslida, yosh o‘tsa ham xotira doim ishlab tursa, kunda-kunora nimadir yodlab borilsa, ko‘proq mashq qilib, yodlangan ma’lumotlar takrorlab mustahkamlansa, xotiradagi axborotlar pishiq bo‘lib boraveradi. Bunda inson ruhiyati, tibbiy holati katta ahamiyat kasb etadi.
Xotira kuchli bo‘lishi uchun inson tanasini kerakli ozuqalar bilan ta’minlash ham kerak. Masalan, yong‘oq bilan asal xotirani mustahkamlaydi. Xotirani kuchaytirish yo‘lidagi harakat ma’naviy, moddiy tarafdan uyg‘unlashsa, ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Fikr teran, xotira mustahkam bo‘lishi, inson o‘zini doim baxtli his qilishi, qalbning turli g‘ullu g‘ashlardan yiroq bo‘lishida gunohlardan saqlanish muhim o‘rin tutadi. Jumladan, nomahramlardan ko‘zni tiyish aql, xotira, tana salomatligi garovidir. Begonalarga hirs bilan qarash xotira pasayishiga, xayol bo‘linishiga, o‘rganilgan ilmning unutilishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi paytda turli sohaga oid ma’lumotlar juda ko‘p. Avvallari ilm olmoqchi bo‘lgan odam ma’lumot qidirish bilan ancha vaqtini yo‘qotardi. Hozir esa ma’lumotlar bisyor. Faqat ularni saralay bilish, afzalini, ishonchlisini olib, ortiqcha narsalarni tark etish lozim. Zero, duch kelgan narsani o‘qib ketaverish, oldi-qochti xabarlarga ko‘z yugurtiraverish inson aqlini shoshirib qo‘yadi. Xotirada qayta ishlanmagan ilm, fikr-mulohaza, mushohada bilan pishitilmagan ma’lumot miyada ortiqcha yuk bo‘lib turaveradi. Mana shunday narsalar yig‘ilib-yig‘ilib inson xotirasi susayishi, qobiliyati o‘tmaslashishi mumkin.
Fikr teran bo‘lishi uchun tilni ortiqcha so‘zlardan tiyish, kamroq gapirish, ko‘proq fikr yuritish lozim. Ko‘p gapirishdan naf yo‘q. Biron fikrni ifodalashdan oldin uni miyada obdon pishitib keyin tilga chiqarilsa, yaxshi bo‘ladi.
Demak, o‘z ustida tinimsiz ishlash, bilimini, tajribasini oshirib borish, avval yodlangan ma’lumotlarni takrorlash, mulohaza yuritish, o‘qigan narsalarini tafakkur qilish manfaatli ilmning, kuchli xotiraning asosidir.

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

28 Oct, 04:47


#Riyo

RIYO
  Muslim ibn Yasor rahimahulloh aytadi:
  "O‘zingni bir kiyimning ichida boshqa kiyimni ichidagidan afzal bilsang u kiyiming qanday yomon kiyim ekan!".
------------
  Bu gap kiyimga mehr qo‘yganlar va yangi kiysa faxrlanib, eski kiysa xijolat bo‘ladiganlarga, kiyimi bilan riyo qiladiganlarga tegishli.
  Solik yangi kiysa faxr qilmaydi, eski kiysa xijolat qilmaydi!


Abdulqodir Polvonov

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

27 Oct, 14:56


#Mutolaa

💖 MAQOLALAR:
📖 Alloh taoloni sherik tutgan ishbilarmon
📖 Buyuklik siri
📖 Imom Termiziy o‘zining eng mashhur kitobini kim bilan uchrashgandan keyin yoza boshlagan?
📖 Islom haqiqatiga dalillar
📖 Islomda er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari
📖 Islomda shaxsiy gigiyena
📖 Iymon nima?
📖 Jum’a qandoq kun? (1917)
📖 Mnemonika va islomiy bilimlar
📖 MUHADDISlik oson emas, MUJTAHIDlik imkonsizdir!
📖 Qalb kasalliklari muolajasi
📖 Qalb ofatlari (1-kitob)
📖 Qalb ofatlari (2-kitob)
📖 Qalb ofatlari (3-kitob)
📖 Qalb ofatlari (4-kitob)
📖 Qur’oni karimning to‘rtdan biriga teng sura
📖 Tavhid nima?
📖 Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
📖 Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
📖 Shayx Ali Solih Azhariy hafizahulloh – 60000 dan ziyod kitob o‘qigan «ilm xazinasi» (birinchi maqola)
📖 Shayx Ali Solih Azhariy hafizahulloh – 60000 dan ziyod kitob o‘qigan «ilm xazinasi» (ikkinchi maqola)

💖 KITOBLAR:
📓 "Baxtli hayot sari"
📓 «Dildagi gaplar»
📓 "Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi"
📓 "Islom aqidasi"
📓 "Keng rizq va baraka omillari"
📓 "Mashriqzamin hikmat bo'stoni"
📓 Munabbihot (Oxirat kuniga tayyorgarlik)
📓 "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom"
📓 "Qur'on - qalblar shifosi"
📓 "Sharq Haqni topdi"

💖 HADIS KITOBLARI
📔 «2002-hadis»
📔 «Musnad»
📔 «Nuxbatul fikar»
📔 «Taysir mustalah al-hadis»

Kitob nuri

26 Oct, 04:43


#Tafakkur

QALBI SINGANLARGA...

   Mas’udiy o‘zining "Murujuz zahab" nomli ajoyib kitobida keltiradi:
   "Arab ayollari qadimda yig‘layotgan bolasini uxlatmas ekan. Yig‘layotgan bolani shu holda uxlatilsa uning jismiga g‘am sizib kiradi, deb e’tiqod qilishar ekan. Oldin bolani ovutib, kuldirib keyin uxlatishar ekan. Ana shunda uning tanasi yaxshi o‘sadi, rangi va qoni toza bo‘ladi, deyishar ekan!".

    Sizning og‘riqlaringizdan maza qiladigan, ko‘z yoshlaringizga yengil qaraydiganlardan uzoqda bo‘ling. Qalbingizni sindirishga, ko‘zingizni yoshlatishga hech kimning haqqi yo‘q.
   Bulardan ham yomoni aksar insonlar buni muhabbat nomi bilan qilishadi.
    Yo‘q! Sevadigan kishi aziyat bermaydi. Bizdan har birimiz to‘shakda xotirjam uxlashga haqlimiz!
  
✍️ Abdulqodir Polvonov


📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

25 Oct, 14:02


#Kitobdan

ENG MAROQLI HORDIQ OILA DAVRASIDA BO‘LADI

   Erkak – ko‘chaning odami. Istagan mahal xohlagan joyga borib dam oladi, oshxo‘rlik qiladi, hordiq chiqaradi. Qisqasi, har kuni uydagi bir xil yovg‘onni ichishga majbur emas. Xotin, bola-chaqa esa...
   To‘g‘ri-da, beshinchi sinfda o‘qiyotgan qizchangiz kafega borib, dugonalari bilan o‘ynab kelishiga yoki endi uchinchiga o‘tgan o‘g‘lingiz tengqurlari bilan markazga borib, kabobxo‘rlik qilishiga qo‘yib berasizmi? Albatta, yo‘q! Yoki sizga shirindan-shakar farzandlar tug‘ib berib, necha yillardan beri uyingizni saranjom-sarishtalab, kamingizni to‘ldirib, qo‘li kosov, sochi supurgi bo‘lib, kecha-kunduz xizmatingizni qilib kelayotgan turmush o‘rtog‘ingizni loaqal oyda bir marta biron joyga olib borib, ikki-uch soatgina yayratib kelarsiz? Bi-ir harakat qilib ko‘ring-chi, shunday qilganingizni eslay olasizmi?
   “Maishatni erkakka chiqargan-da!” deb o‘zingizni oqlamang. To‘g‘ri, yaxshi yashash, yaxshi ishlash, ko‘ngildagidek dam olish juda soz ish. Lekin vujudingizning ikkinchi yarmi rafiqangiz, jigaringizning bir porasi farzandlaringiz bir necha kundan beri uyda go‘shtsiz ovqat ichib o‘tirganida choyxonada barra kabob tomog‘ingizdan qanday o‘tadi?
   Endi insof bilan o‘zingizga savol berib ko‘ring: oila a’zolaringiz ichida kim eng ko‘p mehnat qiladi? Siz ertadan kechgacha bitta joyda o‘tirib, nari borsa, u yoq-bu yoqqa borib kelib kunni kech qilasiz. Shu – siz uchun ish. Ayolingiz esa uyda – sizning tilingiz bilan aytganda – bekorchi. Lekin o‘sha “bekorchi” ayol uyda har kuni qiladigan yumushlarni loaqal yarim kun ham eplolmasligingizni yaxshi bilasiz. Agar ko‘p ishlagan, farzand tarbiyasi, uy yumushlari bilan ko‘proq band bo‘ladigan odam dam olishi kerak bo‘lsa, siz uchun hordiqqa sira hojat qolmasliginiyam tushunarmikansiz?
   Ayolingiz ko‘ngli uchun bittagina “choyxona”dan voz kechib, farzandlar bilan oilaviy hordiq chiqarsangiz, ular qancha quvonishini tasavvur qilib ko‘rganmisiz? Bolalaringiz o‘sha kunni esidan chiqarmasdan, “Dadam bizni falon joyga obordilar!” deb, faxr bilan tinmay gapirib yurishlarini-chi?
   Oshingizni pishirib-suzib oldingizga qo‘yadigan, ust-boshingizni yuvib-artib, dazmollab yaraqlatib beradigan, issiq-sovug‘ingizga hamisha ko‘z-quloq bo‘lib turadigan, doim ko‘nglingizga qarab ish tutadigan, atrofingizda parvona bo‘lib, aylanib-o‘rgiladigan oilangiz bir yoqda qolib, maishatni nuqul boshqalar bilan qilishingiz insofdanmikan?
   Ulfatlar bilan har kuni choyxo‘rlik, oshxo‘rlik qilaverib, dunyoda oilaviy hordiq, oilaviy dam olish degan narsalar ham borligi xayolingizdan ko‘tarilib ketmadimi?..

Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

24 Oct, 16:40


🇷🇺🇺🇿 Rus tilidan shunaqa lug‘at so‘zlar qidirib yurganmidingiz?

Kitob nuri

24 Oct, 15:29


Arab alifbosi, mahroj-sifat va tajvidni o'z ichiga olgan fonetika darslarini eng arzon narxda shu kanaldagi e'lon orqali topishingiz mumkin. Ustoza tajribaga ega.
Taskiyn izlagan qalblar uchun ajoyib kanal❤️🌷👇

Bintu_jamiyla🦋sahifasi

Kitob nuri

24 Oct, 04:27


#Sheʻriyat

📩 Nafsingga ayt...

Nafsinga ayt ey muqtadiy, o‘zini tiysin.
Unga falon, falonni olib beraman.
Tilingga ham ayt, shirin so‘zlasin.
Oshiga navvotlar solib, beraman.

Ko‘zingga ham ayt mo‘ralamasin,
O‘zim halol ila quvontiraman.
Jig‘ildoning ham bo‘ralamasin,
Uni ham bir amallab, ovuntiraman.

Hayollaringga ayt uzoqlashmasin,
Xaq g‘oyalarni topib beraman.
Hamma muammoga o‘ralashmasin,
Ko‘pida bittasini yopib beraman.

Yuragingga ayt vaqtida ursin,
Axir men shu  uchun tirik yuraman.
To‘xtasa magar sajdada to‘xtat,
Mayli men ozgina kutib turaman.

Qo‘llaringga ayt to‘g‘ri bo‘lsinlar,
O‘g‘ri bo‘lsalar o‘zim kesaman.
Oyog‘ingga ayt ravon yursinlar,
Bo‘lmasa tosh qo‘yib rosa ezaman.

Nafsingga ayt… ta’kidla shuni,
Alloh va rasuliga boshini egsin.
Amaylab bu dunyoni o‘tib olaylik,
Shunda boshing osmonga bemalol tegsin.

© Muzaffar Muhammadzoda.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

23 Oct, 15:12


#Kitobdan

📘 SUYUKLI AYOL BO‘LISHNING 12 USULI

Dunyoda turmush o‘rtog‘ining muhabbatiga sazovor bo‘lishni istamaydigan ayol bo‘lmasa kerak. Chunki baxtning asosiy mezoni er-xotin o‘rtasidagi mehr-muhabbatdir. Qolaversa, ikki dunyo saodatiga erishmoqchi bo‘lgan soliha ayol birinchi galda erining yuksak sevgisiga sazovor bo‘ladi.
Quyidagi tavsiyalar ayollarning baxtga erishishlarida ko‘maklashadi.


🌸1. Tinglang, itoat eting.
Eriga itoat etish – farz. Sizning umr yo‘ldoshingiz – oila boshlig‘i. Unga ana shu tuyg‘uni his etish imkonini bering. Shunda hurmat qozonasiz.

🌸2. Eringiz mol-mulkini, uy-joyini ko‘z qorachig‘idek asrang. Chunki uning mulki sizning mulkingiz.

🌸3. Biron joyga borsangiz, albatta eringizdan ruxsat so‘rang. Iznsiz ostona xatlab ko‘chaga chiqa ko‘rmang. Chunki eringiz sizga javobgar.

🌸4. Eringiz uchun jozibali bo‘ling.
Alloh taolo barcha ayollarni erlari uchun pardoz-andoz qilishga, doim go‘zal, pokiza, orasta bo‘lib yurishga buyurgan. Alloh amr etganidek, eringiz yuragini zabt etish uchun chiroyingizni ishga soling. Begona erkaklar e’tiborini tortishga urinmang.

🌸5. Yaxshi kayfiyat bilan qarshi oling.
Tasavvur qiling: eringiz ishdan qaytdi. Qarshisida saranjom-sarishta uy, shirin kalom, yaxshi kayfiyat bilan kulib qarshi olgan go‘zal ayoli, sevib iste’mol qiladigan mazali taomlar, aqlli farzandlar. Shunda ham eringizda salbiy munosabat kuzatilarmikan?!

🌸6. Uyingizda zeb-ziynatga burkaning, eringiz uchun bezaning.
Barcha ayollar bolaligidan nafis sirg‘alar, bilakuzuklar taqadi, chiroyli kiyimlar kiyadi. Ana shu odatni endi uyingizda davom ettiring. Bu, eringizga ma’qul keladi.

🌸7. Hazillashing, kayfiyatini ko‘taring, eringizning jinsiy ehtiyojini qondirishga harakat qiling.

🌸8. Oilasi uchun qilayotgan barcha ezgu harakatlari, mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirib turing.
Jannatiy ayolning bezagi erini doimiy qo‘llab-quvvatlash, oilasi farovonligi uchun qilayotgan ishlariga ijobiy baho berish, rahmat aytishdir. Zero, erining topganiga qanoat qilish, unga minnatdorchilik bildirish ayolning saodat kalitidir.

🌸9. Oilaviy sirlarni, jinsiy hayot bilan bog‘liq ishlarni zinhor ko‘chaga olib chiqmang. Bunday gaplar er-xotin o‘rtasida qolsin. Bu, oila mustahkamligida juda muhim sanaladi.

🌸10. Bahs paytida, aybingiz bo‘lmasa-da, “Kechiring”, “Uzr” deyishni lozim tuting.
Har bir xonadonda kelishmovchilik, qo‘ydi-chiqdilar bo‘lib turadi. Bu – tabiiy holat. Ana shunday paytda bahslashmang, olovga moy sepmang, vaziyatni kuting, “Kechiring, jahlingizni chiqardim. Iltimos, bahslashmaylik, dadasi”, desangiz, olam – guliston.

🌸11. “Jannat kaliti” bo‘lgan eringiz ko‘nglini olishga doim harakat qiling.

🌸12. Nikohingiz mustahkam, oilaviy munosabatlaringiz yaxshi bo‘lishini Allohdan so‘rang.

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

23 Oct, 14:01


📣📣📣 Ulgurib qoling!

🧡 English Learners! ⭐️ 
🔈 30/40 Day Challenge ga start berishga tayyormiz! 

📚 Kurs barcha darajadagi oʻrganuvchilar uchun: 
👶 Beginner: 30 kun 
🌱 Elementary: 30 kun 
🧑‍🎓 Pre-Intermediate: 40 kun 
🎓 Intermediate: 40 kun 

🔥 ENG ARZON NARXDA, ENG SIFATLI TA’LIM!
💸 Ajoyib imkoniyat! O‘zingiz uchun ortiqcha sarflanishlarsiz, sog‘ligingiz va hayotingizga e’tibor bering. Bizda esa➡️ MAKSIMAL SIFAT-MINIMAL NARX

🩶ENG tajribali oliy ma'lumotli (WEBSTER UNIVERSITY'S graduates🎉) öqituvchilar xizmatingizda.
🌱 Main teacher va Support teacher hamrohligida TARGET natijangizga osonlik Nolan erishing!
📈 Bu kurs orqali darajangizni 100% kafolat bilan oshirasiz! 
🔖 Har kuni yangi darslar 
🧠 Yodlash texnikalari va nazorat bilan muvaffaqiyatga tezroq yetishasiz! 
🔥 Siz uchun mos, samarali va jonli feedbacklar bilan yuqori natijalar! 

“Ta’lim — eng yaxshi sarmoya.”
💸 Pulni tejab, ta’lim oling — bu kursni boshlash vaqti hozir! Siz butun koinotga keraksiz, azizlarim! 🌐

💥 Shoshiling! Joylar cheklangan!

🌟 Ro‘yxatdan o‘tish va kurs narx haqida batafsil bilish uchun quyidagi havolaga öting⤵️
https://t.me/pari_englishhub

Kitob nuri

23 Oct, 10:50


#Nuktalar
▶️ Istiqoma va ixlos
🎤 Husaynxon Yahyo Abdulmajid

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

23 Oct, 04:30


#Tafakkur

Abu Hotim rahimahulloh dedi: “Insonlarning qalblarini o‘ziga moyil bo‘lishi uchun oqil kishi biroz hazilkash bo‘lishi va xo‘mrayishni tark etishi shart”.

“Rovzatul ’uqalo va nazhatul fuzalo” kitobidan.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

22 Oct, 08:59


#Kitobdan

⚡️ NEGA “SEVISHIB” TURMUSH QURGANLAR HAM KO‘PINCHA AJRASHIB KETISHADI?

Tabiatda yil fasllari o‘zgarib turishini, har bir faslning o‘ziga xos takrorlanmas go‘zalliklari borligini bilamiz. Tabiatdagi o‘zgarishlarni orziqib kutamiz, ulardan zavqlanamiz. Lekin o‘z ruhiy olamimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘ra bilmaymiz. Bu esa hissiyotlarimizga, oilaviy hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu o‘rinda so‘z muhabbatdagi fasllar o‘zgarishi haqida boryapti.
O‘tish davri ma’lum bir inqirozlar bilan kechadi. Shuning uchun bu bosqichda bir qator qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Chunki aynan shu davrdan boshlab sevgilisini ideallashtirib idrok qilishga moyillik kamayib boradi. Endi odam qanday bo‘lsa, shundayligicha, aniq, xolisona idrok qilinadi.
Er-xotin qanchalik yosh bo‘lsa, bu davr shunchalik og‘ir o‘tadi, o‘zaro kelishmovchiliklar ko‘payadi. Ularning yoshligi, tajribasizligi oqibatida “muhabbatimiz o‘ldi” yoki “umr yo‘ldosh tanlashda adashdim, men hali yoshman, xatoyimni to‘g‘rilab olaman”, deb oilaviy yong‘inni alanga oldiriladi, ahvol yanada og‘irlashadi. Kuyov o‘zicha: “Ko‘cha to‘la xotin”, desa, kelin: “Er qurib qolibdimi? Ko‘chaga chiqsam, son mingta er. Xohlasam, ertagayoq birontasiga tegib olaman”, degan xayolga borishi mumkin. Natijada to‘yinishga uchragan hissiyotlarni ruhiy jihatdan tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘rniga salbiy munosabatlar yuzaga keladi, ikki yosh bu munosabat quliga aylanib qoladi. Bu esa asta-sekin oila poydevorini yemiradi, uning barbod bo‘lishiga olib keladi. Endi o‘zaro er-xotinlar emas, ular orasida yuzaga kelgan salbiy munosabatlar kurashadi. O‘rtadagi ixtilof muhabbat butkul tamom bo‘lgunicha davom etadi. Biroq hammada ham bunday bo‘lavermaydi. Bir-birini ko‘rib-yoqtirib oila qurgan, tinib-tinchib, uvali-juvali bo‘lib ketgan er-xotinlar ham ko‘p.
Xalqimizda “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q” degan maqol bor. Bu, eng avvalo, oilaviy hayotga, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli. Shuning uchun doim o‘rtadagi sevgi-muhabbat, qadr-qiymat arzimagan sabablar bilan yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, har qanday ko‘ngilsizlik oldini olib yashash kerak. Aks holda o‘ylamay bosilgan qadam bir umr ruhiy azob berishi mumkin. Zero, o‘ylamasdan chiqarilgan noto‘g‘ri qaror, suyaksiz tildan chiqib ketgan bir og‘iz so‘z bir umrlik afsus-nadomatga sabab bo‘lishi hech gap emas.
Hayot – murakkab jarayon. Unda nimalar bo‘lmaydi, deysiz. Arzimas sabablar bilan janjal chiqarish, uni avj oldirishning keragi yo‘q. Bizda “Er-xotinning urushi – doka ro‘molning qurishi” degan gap bor. Ayniqsa, o‘rtada bir-biridan shirin farzandlar bo‘lsa, mas’uliyat ikki hissa ortadi. Barbod bo‘layotgan oilani, hech bo‘lmasa, norasida go‘daklar uchun asrab qolish shart.
Oilaviy hayotdagi xursandchiliklarni, o‘tib ketgan shirin damlarni, iliq munosabatlarni eslash ham arzimas nizolar kelib chiqishi oldini oladi. Bu o‘rinda er-xotin bir-birining xulq-atvoridagi ijobiy xususiyatlarni eslab turishlari muhim ahamiyatga ega.

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

21 Oct, 10:04


🎶 Ingliz tilini qo'shiqlar orqali o'rganing
🎤 Endi bir vaqtda qo'shiq matnini (lyrics) o'qishingiz va audio/video shaklda tinglashingiz mumkin!

Kitob nuri

20 Oct, 05:54


Bularni tinglamasangiz bo‘lmaydi

📣 FIKR ATOLYESI

▶️ Adashganlar yohud Robbini haqorat qilayotganlar
▶️ Baxtlimisiz? Baxtsizmisiz?
▶️ Birinchi uchrashuv
▶️ Jallodiga oshiqlar yoxud soyalar bilan raqs
▶️ Kech bo'lmasdan bu qissadan ibrat oling!
▶️ Kutish va qutilish
▶️ Mana bu TRAGEDIYA
▶️ Men ham o'ldiraman
▶️ Musibatlar va biz
▶️ Nega savol bermaysiz?
▶️ "Qaytar dunyo" deydilar...
▶️ Turma – yugur, Tinma – tirish, Bukilma – yuksal...
▶️ Umidsiz do'stim, eshit!
▶️ "Uch narsadan voz kechdim... Hayotim tuzaldi" yoxud haqiqiy ayriliq azobi
▶️ O‘lik umidlardan tirik umidlarga...
▶️ O'zgarishni istaysizmi, unda...
▶️ Shaxrizodaning 1001 ertagi

Kitob nuri

19 Oct, 05:02


#ishq

Kimnidir go‘zalligi, chiroyi uchun yaxshi ko‘rsang, bu sevgi emas, shahvatdir.
Kimnidir zakovati uchun yaxshi ko‘rsang, bu muhabbat emas, hayratdir.
Kimnidir boyligi uchun yaxshi ko‘rsang, bu ham muhabbat emas, balki moddaparastlikdir.
Kimnidir o‘z nazdingda yaxshi bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rsang, bu ham sevgi emas, balki his-tuyg‘ularingdan minnatdorligingdir.
Ammo yaxshi ko‘rgan kishingni nima uchun yaxshi ko‘rishingni o‘zing ham bilmasang, mana shu haqiqiy sevgidir.

Sharif Abdullatif

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

18 Oct, 11:05


#Farzand_tarbiyasi
#ilm_suhbati

📣 Farzandingizni o'zingizga dushman qilib yetishtirmang!

Ta'limdanda ustun hisoblangan — tarbiya haqida qay darajada bilasiz? Farzandining dunyoqarashi tor, tengqurlaridan orqada yuradigan va qo'rqoq bo'lib yetishmasligi uchun ota-onalar qanday tarbiya uslublaridan foydalanishi kerak? Bola tarbiyasi nima? Haqiqiy biznesmenlar ota-onalaridan qanday tarbiya olishgan? Barchasi haqida ushbu suhbat orqali bilib olasiz.

00:00 Tizer
00:58 Kirish
01:51 Bola psixologiyasida nimalar tavsiya etilmaydi?
03:46 Bolaga qanday tanbeh berish kerak?
04:48 Bola tarbiyasida 1+2, 1+3, 1+4 usuli
10:28 Bolaga yo'q deyish kerakmi?
13:13 Bolangizga o'zingizni sevdirish
13:33 Boladagi kichik yutuqlarni e'tirof etish
15:15 Bolangiz bilan birga o'ynang
18:15 Bolangiz bilan birga tomoshalar ko'ring
19:35 Bola bilan birga chizish, bo'yashning foydasi
21:00 Bola bilan sayr qilish
21:50 Hazil qilib kuldirish
23:10 Oilada guruh bo'lib o'yin o'ynash
24:20 Ovqat yedirishga qiynalyapsizmi?
26:22 Bola bilan birga raqsga tushing

⤵️ Ushbu suhbat sizga manzur kelgan va foydali bo'lgan bo'lsa uni yaqinlaringiz bilan ulashing.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

18 Oct, 09:01


#Kitobdan

AJDODLARIMIZ ASAB KASALLIGI NIMALIGINI BILISHMAGAN

Asab kasali qadimdan ma’lum, ammo xalq tabobatida uni alohida kasallik deb hisoblashmagan. U hozirdagidek keng miqyosda kun tartibida bo‘lmagan. Allomalar jahl chiqishini qoralashgan, odamiylikka, odob-axloqqa, og‘ir-vazmin bo‘lishga chaqirishgan. Afsuski, keyingi 40-50 yil ichida asab kasali alohida bo‘lib chiqib, ko‘pchilikni qamrab oldi.
Avvallari kundalik hayot juda oddiy kechgan, ko‘p vaqtni jismoniy ish tashkil qilgan, meva-sabzavotlar o‘g‘itsiz, ekologik toza, tabiiy bo‘lgan.
Hozirgi zamonda hayot murakkabligi, serqirraligi, texnika taraqqiyoti, shovqin-suron ko‘pligi, muammolar birin-ketin paydo bo‘lishi, jismoniy ish kamayib, aqliy mehnat ko‘payishi, yeguliklar kimyoviylashuvi, ekologiya buzilishi kabi son-sanoqsiz sabablarga ko‘ra, asabiylashish ko‘pchilikda uchraydi. Ko‘chada, ishda, uyda, bozorda, do‘konda, oilada, hatto dam oladigan joylarda odamlar bir-birlari bilan munosabatlarda ko‘pincha jig‘ibiyron bo‘lishadi. Inson tanasi charchaganda, uyqusizlik holati ro‘y berganida, asab tizimiga turli salbiy ta’sirlar o‘tkazilganida bir qator kasalliklar kelib chiqishi aniqlangan.
Ko‘p odamlarda xudbinlik, shuhratparastlik, badjahllik, hasadgo‘ylik, jizzakilik, so‘zni o‘tkazishni yaxshi ko‘rish, badnafslik kabi yomon odatlarni kuzatish mumkin. O‘z imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera oladigan oddiy, sergak, vazmin odamlar ishdagi, oiladagi keskin vaziyatlarda o‘zlarini xotirjam tutadilar. Yuqoridagi illatlarga chalingan kishilar esa bunday holatlarda o‘zlari asabiylashishlari yetmaganiday, atrofdagilarning ham kayfiyatini buzadilar.
Odam irodasi zaif bo‘lishi, muqarrar ravishda vujudga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etolmaslik, o‘zidan norozi bo‘lish, vaziyatlar fojeali tus olishi salbiy hissiyotlarga – vahimaga, qo‘rquvga, g‘am-g‘ussaga, zerikishga, qattiq ruhiy hayajonlar avj olishiga sabab bo‘ladi.
Kam harakat qiladigan, doim o‘tirib ishlaydigan odamlar qoni kislorod bilan yetarli ta’minlanmaydi, to‘qimalari, a’zolari kislorodga yolchimaydi. Natijada odam tez charchaydi, toliqib qoladi. Kislorod esa kuch-quvvat manbaidir. Aqliy mehnatda kislorod ko‘p sarf bo‘ladi. Asab hujayralari bir necha daqiqa ham kislorodsiz tura olmaydi. Shuning uchun aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilarga dam-badam jismoniy mashqlar bajarish, juda uzoq vaqt bir joyda o‘tirish ishlamaslik, vaqti-vaqti bilan turib havo almashtirish, miyaga, ko‘zga dam berish tavsiya etiladi.

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

18 Oct, 09:01


📣 Audio kitoblarning bir faylga jamlangan to‘liq shaklini izlayapsizmi? Mana ular: ⤵️

💿 Qur’oni Karim (O’zbek tilida ma’nolar tarjimasi)
💿 Payg‘ambarlar tarixi
💿 Tarixi Muhammadiy
💿 Ilm olish sirlari
💿 Amir Temur saltanati
💿 Qiyomat va oxirat
💿 Mahzun bo‘lma
💿 Riyozus solihiyn
💿 Ulamolar nazdida vaqtning qadri
💿 Hazrat Umar
💿 Alkimyogar
💿 Million dollarlik xatolar
💿 Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
💿 O‘tkan kunlar
💿 Mehrobdan chayon
💿 Chunki sen Allohsan...
💿 Munabbihot
💿 Halqa
💿 Jangchi
💿 Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q
💿 O‘kinma
💿 Jannat vasfi
💿 Turkiston qayg‘usi
💿 Oq nilufarlar yurtida
💿 Jarayon
💿 Men: Bas qil, ey nafs!
💿 Sir: Oshiqlar o‘lmas
💿 Ey qizim
💿 To'siqlarga qaramay sevdik
💿 Yashash fursati
💿 Partiyaning oltinlari
💿 Mungli ko‘zlar
💿 O‘nta negr bolasi
💿 Ajal ta'qibi
💿 Izlash
💿 Hazrat imom al-Buxoriy
💿 Otamdan qolgan dalalar
💿 Tanishishni unutibmiz
💿 Imomning maneken qizi
💿 Iblis va Prim xonim
💿 O‘gay ona
💿 Halol luqma
💿 Gonkongdan kelgan tobut
💿 Ikki karra ikki — besh
💿 Kaktuslar ham gullaydi
💿 Oybegim mening
💿 Buyuk boburiylar tarixi
💿 Devona
💿 Alpomish
💿 Millioner singari fikrlashni o'rganing
💿 Boburnoma
💿 Jumali
💿 Portobello jodugari
💿 Daftar hoshiyasidagi bitiklar
💿 O‘lsang kim yig‘laydi
💿 Sarafan Marketing
💿 Jimjitlik
💿 Morrining seshanba darslari
💿 Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval
💿 Mafiya a'zosining iqrori
💿 Oshxonadagi qotillik
💿 Ravshan
💿 Bir vijdon uyg‘onur
💿 So‘nggi to‘fon
💿 Hazrati Uvays Qaraniy
💿 Odamiylik mulki
💿 Peshonamdagi nur
💿 Dor ostidagi odam
💿 Voy, onajonim!
💿 Dunyoning ishlari
💿 Vido cho‘qqisi
💿 Temur tuzuklari
💿 Dunyoni anglash kitobi

▶️ Kerakli kitobni tanlang va tinglang.

Kitob nuri

18 Oct, 04:05


#iqtibos

Qo‘lga kiritish, gohida o‘sha narsani qo‘ldan chiqarish bilan bo‘ladi.

Mubashshir Ahmad

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

17 Oct, 10:28


✔️ Endi rus tili juda juda oson [Bu yerda o‘rganing]

Kitob nuri

17 Oct, 05:51


#Tafakkur

TUZ HAQQI

Usmoniylardan qolgan bir go‘zal odat bor. Erkak kishi Ramazon hayitidan uyiga qaytganida xotini uylarni tozalab, chiroyli kiyimlarini kiyib unga bir finjon qahva tutadi. Qahvani ichgan er uni bo‘sh qaytarmaydi. Finjonning ichiga yo tilla uzuk, yoki tilla bilakuzuk solib qaytaradi. Bu ayolining Ramazonda qilgan mehnatlariga mukofot bo‘ladi.
Bu odat shaxsan menga yoqadi. Bu odat haqida eshitganimdan buyon unga amal qilaman. Ammo biznikida qahva tutish odati yo‘q. Nimadir sovg‘a qilaman va peshanasidan o‘pib: "Bu tuz haqqi!", deyman.
Gohida qo‘liga pul berib: "Bozorga borib istaganingni sotib ol!", deyman.
Menga nisbatan bu ish ko‘r-ko‘rona taqlid emas. Kishining go‘zal va buyuk ishlarda birovga taqlid qilishining zarari ham yo‘q. Ammo men birovlarning mehnatini qadriga borish, fidokorligini e’tirof qilish ularni nechog‘li xursand qilishini yaxshi bilaman!
Er xotinining uy ichidagi zahmatlarini qadrlashi, xotin ham erning ko‘chadagi mehnatlarining qadrlashi lozim. Yo‘qsa sakiynat qayerdan keladi?! Muhabbat va rahmat bulutlari ostida yo‘qsa qanday soyalanamiz?!
Er agar xotini tayyorlagan har-bir ovqat uchun xotinini taqdirlasa bundan hech bir zarar ko‘rmaydi. Gohida shirin gap kifoya qiladi. Lutfning o‘zi ham hadyadir. Ammo bu lutf, bu shirin so‘zlarga biror moddiy sovg‘ani yoki uning pulini toj qilsangiz nur ustiga nur bo‘ladi!
Xonadonlarni narsaga to‘ldirgandan ko‘ra muhabbatga to‘ldirish zaruroqdir. Qalbdagi sovuqlikni dunyodagi barcha o‘choqlar ham qizita olmaydi. Ammo qaynoq quchoq, shirin so‘z, o‘zaro rahmat uylarimizni jannatga aylantiradi!

| Abdulqodir Polvonov

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

17 Oct, 04:35


100% Garantiya beramiz

BARCHA BARCHA UCHUN ISHONCHLI VA SERDAROMAD LOYIHAMIZDAN SEVARAXONIM KOMANDASIDAN SHAXSIY HAMKORSIZ HAM NAVBAT BILAN DAROMADLAR OLISHINGIZGIZGA KAFOLAT BERAMAN🕊🕊🕊🕊🕊🕊
MUNISAXONNI TAKLIFIMAN DEB KIRING JONLI EFIRIMIZGA👇👇👇👇👇
https://t.me/+kQ7O5-XJjbVkYWFi


🤑🤑🤑🤑🤑🤑🤑🤑🤑🤑🤑
BUNING UCHUN 1MAROTABA PUL KIRITIB JOY OLING VA RO‘YHATIMIZGA QO'SHILING. QANCHA TEZ JOY OLSANGIZ SHUNCHA TEZLIKDA DAROMADINGIZNI OLASIZ..
GURUHIMIZGA KIRIB QO'SHILING JONLI EFIRDA MALUMOT OLING.
🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰

https://t.me/+kQ7O5-XJjbVkYWFi

(ko‘p loyihalarga qo‘shilib hamkor qilolmay daromadsiz qolyapsizmi. Endi sizga hamkorsiz ham daromadlar olishingizga imkoniyat beramiz. @Munisaxon0292

Kitob nuri

17 Oct, 04:05


#Kitobdan #Uylanish

Erkak uylanishga qaror berishdan avval uylanadigan ayolini, albatta, ko'rsin. Ko'rsinki, yuragi "Jiz" qilsa, uylansin!

Ko'ngilning bir ayolga  bog'langanini ishorati undan ko'z uzishni istamaydi. Ko'zi uni ko'rmaganda qalbi qovrila boshlaydi. Yoqtirishni ham darajalari bordir. Uylanmoqchi bo'lgan ayol bilan, albatta, ko'rishishi kerak, chunki go'zallik ko'zlarda va lisonda (til) bo'ladi.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

16 Oct, 17:15


Ingliz tilini ana boshlayman, mana boshlayman deganlar uchun o‘sha kun keldi!
➡️ Ingliz tili noldan

Kitob nuri

16 Oct, 11:10


#Kitobdan

BARVAQT TURISHGA ODATLANING!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Yo Alloh! Ummatimning barvaqt qilgan ishlariga baraka ber!” deb haqimizga duo qilganlar. Bu duo mag‘zini chaqqan ota-bobolarimiz vaqtli turishga odatlanishgan, tongdan ishga kirishishgan. Natijada ko‘p yutuqlarga erishishgan. Ular farzandlarini ham shunga o‘rgatib borishgan. Milliy urf-odatlarimizga ko‘ra, kelinlar erta tongdan ko‘chalarga suv sepishadi, hovlini, ko‘chalarni supurib-sidirib, saranjom-sarishta qilib qo‘yadilar, axlatlarni olib, yog‘ tushsa yalagudek top-toza holga keltiradilar. Bu ishlarda ko‘p xayr-baraka bor.
Inson erta tongda turib, yuz-qo‘lini yuvib, Yaratganga shukronalar aytib, ibodatdan so‘ng ishga kirishsa, ishi barakali bo‘ladi. Bu hamma sohaga tegishli. Ilm olishni misol qilib keltiradigan bo‘lsak, tong saharda kitob o‘qilsa, ma’lumotlar xotirada yaxshi saqlanadi. Chunki uyqu vaqtida dam olgan miya ma’lumotlarni yaxshi qabul qiladi.
Dinimiz ta’limotlariga ko‘ra, inson barvaqt uyqudan turib, ishlarini bajarib, xuftondan so‘ng ertaroq uyquga yotadi. Iloji bo‘lsa, shomdan keyin ko‘chaga chiqmagan ma’qul. Ayniqsa, bolalarni shom paytida tashqariga chiqarmaslik ta’kidlangan. Chunki shom paytida jinlar yer yuzi bo‘ylab tarqaladi. Ular bolalarga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin. E’tibor bersangiz, bemahalda ko‘chada sanqib yurganlarga jin tekkanini, turli ruhiy kasalliklarga chalinganini ko‘ramiz. Shariat ko‘rsatmasiga amal qilinsa, bunday noxush holatlar oldi olinadi.
Hadisi shariflarda aytilishicha, xuftondan keyin o‘zaro gaplashib o‘tirish, behuda ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish ma’qul emas. Ayrim odamlar tun yarmigacha televizor ko‘rib, allamahalda uyquga ketadi. Natijada ertalab juda kech uyg‘onadi. Bunday kishilar ro‘zg‘orida baraka, ishida unum bo‘lmaydi. Bunaqa hayot tarzi kishi sog‘lig‘iga ham zarar keltiradi.
Hadisi sharifda shunday deyilgan: “Rizq talabida barvaqt harakat qilinglar! Zero, ertalabdan harakat qilish baraka, muvaffaqqiyat keltiradi” (Imom Tabaroniy rivoyat qilgan).
Ba’zi odamlar rizqi torligidan shikoyat qiladi, “Qancha harakat qilsam ham birim ikki bo‘lmaydi!” deb zorlanadi. Ularning holatiga quyidagi hadisi sharif izoh beradi.
Tonggi (uyqu) rizq (kelishi)ni to‘sadi” (Imom Ahmad rivoyat qilgan).
Kim kunini xayrli suratda boshlasa, qolgan qismi ham xayrli bo‘ladi, ishlari baroridan keladi, Alloh tarafidan o‘sha banda rizqiga baraka beriladi. Rivoyatlarda kelishicha, quyosh chiqquncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rizqlar taqsimlanadi. Rizq taqsimotida ishtirok etmagan banda undan mahrum bo‘lgan bilan baravar. Chunki tong otgach ham uyqudan uyg‘onmagan banda o‘rnidan lanj, dili xira bo‘lib turadi. Natijada unda g‘ayrat-shijoat bo‘lmaydi, biron ishni hafsala bilan qilmaydi. Shuning uchun rizqidan baraka ketadi.

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

16 Oct, 04:05


#Muhabbat

Muhabbat - koʼngil qoʼygan insoningni oʼzingdan afzal bilishingni anglatadi. Аgar shu tuygʼu ikkalasida ham jam boʼlsa, oʼsha oila aniq baxtli yashaydi. Bitta ovqatni ustida shuncha mehr va himmat. Men mana shunday juftliklarni bilaman. Ular chinakam baxtiyor oila binosini qura olgan mohir quruvchilar.

📚 @kitob_nuri

Kitob nuri

15 Oct, 04:05


#Soliha #Ayol

Soliha ayol

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
"Sizlarga jannatdagi ayollar haqida xabar beraymi? Eriga muhabbatli va tug‘adigan xotin bo‘lib, agar g‘azab qilsa yoki unga nisbatan yomonlik qilinsa (yoki eri g‘azab qilsa): "Mana bu qo‘lim sizning qo‘lingiz ustidadir, ya’ni men sizning izmingizdaman. To rozi bo‘lmaguningizcha uxlamayman", deb aytadigan xotindir", dedilar.
Nasaiy va Tabaroniy rivoyati.

❗️Izoh:
Soliha ayol - ovozini erining ovozidan balandlatmaydigan va qo‘chqor suzgani kabi qo‘pol xatti harakat qilmaydigan hamda, g‘azabi kelsada erini rozi qilishga oshiqadigan ayoldir.

📚 @kitob_nuri