Yoqutxon_Mo'minova @komil_inson_akademiyasi Channel on Telegram

Yoqutxon_Mo'minova

@komil_inson_akademiyasi


Ruhiy ko'tarilish maskani-ayollar rivoji uchun!

Islohiy psixolog || Pedagog Yoqutxon Mo'minova akademiyasi.

Konsultatsiya onlayn va oflayn formatda mavjud.

Murojaat uchun: @psixolog_qabuliga

Psixologik ilmiy kitoblar: t.me/psixo_book kanalida.

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi (Uzbek)

Yoqutxon Mo'minova rasmiy akademiyasi, komil inson akademiyasi nomi bilan tanilgan kanaldir. Kanal, ruhiy ko'tarilish maskani-ayollar rivoji uchun islohiy psixolog va pedagoglar tomonidan olib boriladi. Bu kanalda onlayn va oflayn formatda konsultatsiyalar mavjud. Agar sizning ruhingizni yoritish, o'z o'zingizni rivojlantirish yoki muammolaringizni hal qilish uchun yordam kerak bo'lsa, kanalda joylashgan @psixolog_qabuliga murojaat qiling. Psixologik ilmiy kitoblar yordamida o'z o'zingizni tushunib, o'rganib borish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Bu kanal sizning ruhingiz va o'z hayotingizga zaminli yondashuv topish uchun eng muhim manba.

Yoqutxon_Mo'minova

15 Dec, 11:40


So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xizmatlarini ilgari surayotgan yangi ezoterika mutaxassislari — rodologlar paydo bo‘ldi. Ularning ta’kidlashicha, inson hayotida sodir bo‘layotgan barcha muammolar uning ajdodlari hayotida yuz bergan travmatik voqealar bilan bog‘liq.

Yoqutxon_Mo'minova

13 Dec, 18:05


Kech bòlganda yap-yangi ilmiy post bilan keldim❤️

Manfaatli bòlsin🫰

Yoqutxon_Mo'minova

13 Dec, 18:03


Siz qaysi tipga kirasiz?

https://www.instagram.com/reel/DDhvec2ueAh/?igsh=ZnFmeDcwOHpvZzVs

Yoqutxon_Mo'minova

27 Nov, 11:03


Yuqoridagi tweet'dan keyin shu fikrlar tug'ildi: internetdagi psixologik kontentning aksar qismi — "jabrdiyda"lar yoki odamlarning "qurbon" tarafiga qaratilganday. Ózini sevish, qadrlash, shaxsiy chegaralarini himoya qilish haqida kóp gapiriladi. Balki bu odatda travmalovchi munosabatlardan qiynalgan ta'sirchan insonlarning psixologiya bilan shug'ullanishi, psixologlik kasbini tanlashi va óziga óxshagan odamlarga murojaat qilib kontent yaratishi bilan bog'liqdir.

Boshqalarga noqulaylik va zarar keltiradigan darajada "ózini sevadigan"lar uchun esa psixologik kontent yaratishdan unchalik foyda yóq. Ular psixologlarni ham, psixologiyani ham pisand qilmaydi.

Men psixologik kontent yaratish va qabul qilish vaqtida shuni ham e'tiborga olish kerak deb óylayman: "qurbon"lar ('Karpman uchburchagi'dagilarni nazarda tutyapman, zóravonlik qurbonlari va real qurbonlarni emas) — 100% qurbon bólmaydi. Ularda ham olamga/boshqalarga nisbatan distruktiv munosabat, agressiya, shaxsiy chegaralarni buzish kabi xususiyatlar yetarlicha bor. Ya'ni ózlariga kórinmaydigan yoki bostirishga harakat qiladigan "zolim" tomonlari mavjud.

"Hayotimdan hamma zararli odamlarni chiqarishim kerak" deb óylab yurgan kishi ham — ósha odamlarning joniga tegib ketgan bólishi mumkin. "Meni borimcha sevishsin" deb yurgan kishining ózi hech kimni sevmasligi, sevgi deganda giperg'amxórlik va gipernazoratini nazarda tutib yurgan bólishi mumkin("qutqaruvchi"larga xos ravishda).

Shuning uchun ommabop psixologiyadan kóra ilmiy psixologik nazariyalar va psixoterapiyaga murojaat qilgan foydaliroq — voqelikka va ózimizga keng nazar solish, yuzaki xulosalar bilan yuzaki qarorlar qilmaslik uchun.

Sarvinoz Omonova

Yoqutxon_Mo'minova

27 Nov, 11:03


Ayollarga nisbatan zóravonlikka qarshilik haqidagi mana bu video twitterdagi ba'zi erkaklarga yoqmabdi. Kambag'allar zóravonlik qiladimi faqat, boy erkaklar orasida ham zóravonlar bor-ku, deyishyapti. Bishimbayevni misol qilganlar bor.

Ha, ba'zi shaxslar boy bólsa ham, kambag'al bólsa ham, zóravonlikka moyil bóladi. Ular odatda psixopat va nartsisstik xarakter vakillaridir. Bishimbayev kabilar, masalan. Daromadi oshgani sayin "buyuk men"i (грандиозная Я) kattalashib, boshqalarni qadrsizlashi oshib boradiganlari bor.

Bundan tashqari, zóravonlik norma deb qabul qilingan jamiyatda har qanday qatlam vakillari jahli chiqqan paytda zóravonlikka ózini haqli deb hisoblashi mumkin.

Kambag'allarning orasida zóravonlik kóproq bólishi mumkinmi? Ha.
Chunki kambag'al qatlam orasida yashash sharoiti og'ir bólib kelgani va bunga chidash uchun shakllangan psixikaning himoya mexanizmlari (masalan, kambag'allarni boylardan moral ustun hisoblash) keng yoyilgani hisobiga — mazoxistik xarakter egalari kóproq bóladi. Mazoxist erkakka ayolining yaxshiroq hayotga intilish, komfort yaratish, nozik va yuqori darajadagi ehtiyojlar haqidagi istaklari yoqmaydi. Moliyaviy cheklash, gazlaytingdan tortib jismoniy zóravonlik orqali uni tiyib turishga urinishi mumkin. Shuningdek, daromad kamligi tufayli stressdan xalos bólish yóllari (dam olish, kóngilochar mashg'ulot va xobbilar) kamligi hisobiga — yig'ilib qolgan jahl hissini boshqalarga (zaifroq qatlam bólgan ayol va bolalarga) yónaltirish qulay yechim bólib qoladi.

Boy mamlakatlar va kambag'al mamlakatlardagi zóravonlik qurboni bólgan ayollar soni statistikasini solishtirsak, nimalarga isyon qilish to'g'riroqligini bilib olamiz.

Sarvinoz Omonova

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

21 Jul, 16:00


InshaaAlloh juda kòp yangiliklar tayyorlayapman. Yangi kontentlar va postlar, albatta jonli efirlar bilan qaytaman ❤️

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

21 Jul, 15:59


Ассаламу алайкум Сизни согиндим Сог саломатмисиз Нега Биз билан гаплашмаябсиз Имтихонларга тайерланаябсизми 1тагина жонли эфир килинг

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

11 Jul, 12:32


Qishgi narsalarni muzlatsa yozgi bòladi- yozgi narsalarni qaynatsa qishgi bòladi😁

Yoqutxon_Mo'minova

telegram🔸instagram

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

11 Jul, 12:30


Asosiy tushunchalarni ajratib kòrsatgan holda, matnlarni tòliq òqishni tavsiya qilaman.

Yoqutxon_Mo'minova

telegram🔸instagram

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

11 Jul, 12:26


Assalom aleykum 💛

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

20 Jun, 20:14


#xotira

Òtmish degan ajoyib sòz bor. U huddi kinofilmga òxshaydi. Biz har kuni hayotimizning bir qismidagi rollarni ijro etamiz. Kinofilmlar disklarga yozib borilganidek hayot kinoyimiz ham bizning miyamiz burmalariga yozilib boradi. Bu yozilganlar esa bizning xotiralarimiz deb nomlanadi. Biz bu kinoda doim bosh qahramon vazifasini bajaramiz. E'tibor bersangiz biz kòradigan kinofilmlarda ham asosan bosh qahramon va uning hissiyotlari asosiy planda kòrsatiladi. Biz ham hayotimiz davomida faqatgina òzimiz bilan eng kòp birga vaqt òtkazamiz, òzimizni fikrlarimizni bilamiz va faqatgina òzimizni hissiyotlarimizni his qila olamiz. Ammo har doim ham buni anglamaymiz.
Bir rejissor òzi suratga olgan, bir aktyor òzi rol òynagan filmni boshqalar tomosha qilishlarini, uning mazmunini tushunishlarini qanchalar istasalar, bizning har birimiz ham aqalli birgina inson bòlsa ham biz suratga olgan va rol ijro etgan filmimizni qiziqish va tushunish, hayratlanish, his qilish ila kòra olishini istaymiz. Ammo, doim bu imkonsizdek tuyuladi, chunki bu ehtiyojlarimiz har safar tòqnashaveradi. Psixologning sehrli tayoqchasi yòq, shunchaki yuqoridagi ehtiyojni qondira olish qobiliyati bor bòlgan psixologgina sizga òzingizni yaxshi qilishingizga sababchi bòla oladi!

Yoqutxon_Mo'minova

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

04 Jun, 18:57


Irodali boʻlish kerakmi?

Qaramliklardan xalos boʻlish yoki foydali yangi odatlarni oʻzlashtirish paytida bizga kerakli asosiy narsa — iroda ekani haqidagi firk keng yoyilgan. Kimda iroda koʻproq boʻlsa, qoʻrquvlar kamroq boʻlsa, oʻsha odam yaxshiroq natijalarga erishadiganday. Bunday qarash, odatda qaramlikni battar kuchaytiradi yoki yangi odatni oʻzlashtirishga halal beradi.

Masalan, ozishga harakat qilayotganlarda uchrab turadigan holat: “1/3/6 oy davomida umuman shirinlik yemasligim kerak” deb maqsad qoʻyishadi. Shu vaqt ichida shirinlik yeb qoʻygach, yo “irodasizman! hech qachon ozolmayman” deb ozishdan voz kechishi, yoki “bugungi irodasizligim uchun jazo sifatida ertaga odatdagiday 5 km emas, 10 km yuguraman” deb yana-da koʻproq “portlash”larga olib keluvchi cheklovlar girdobiga shoʻngʻishadi.

Yangi odatlarni shakllantirishda irodasini/motivatsiyasini kuchaytirish uchun ba’zilar boshqalarning muvaffaqiyat tarixini ham oʻrganishga kirishadi. “U qilolgan boʻlsa, men ham qilolaman!“ deb oʻylash uchun. Shunday koʻrinishda ilhomlantiruvchi kouchlar ham bor: “Men qiloldim, siz ham qilolasiz! Aytganlarimni bajaring, yetarli”
Lekin bu koʻp hollarda ish bermaydi. Chunki hammaning hayotiy vaziyati, ruhiy ahvoli har xil. Homiladorlik tufayli ortiqcha vazn yigʻgan ayolning ozish jarayoni bilan butun umr semizlikdan azob chekkan, bullinglardan va diyetalardan bezgan kishining ozish jarayonini solishtirib boʻlmaydi.

“Iroda” konsepsiyasi — kimnidir ayblash yoki oʻzini ayblashga xizmat qiladi va zarar keltiradi asosan. Hayotingizni oʻzgartirish uchun yordam beradigan narsa — oʻzingizga gʻamxoʻrlikdir.

Sarvinoz Omonova

Yoqutxon_Mo'minova

telegram🔸instagram

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

03 Jun, 16:25


Bolalar nega janjallashadilar?!

Bu savolga javob 👇

https://www.instagram.com/reel/C7wjYCWNSEL/?igsh=Mmd0bXp6MmhoMGZ0

Yoqutxon_Mo'minova

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

30 May, 16:50


Uzoq tanaffusdan keyin instagramga yangi post joylandi🌹
Kòrish uchun silka ustiga bosing👇


https://www.instagram.com/reel/C7mXbnVokUb/?igsh=MW01d3k5Yzdxcmdtcg==

Yoqutxon_Mo'minova

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

23 May, 18:53


Har qanday vaziyatni tòĝri tahlil qila oladigan,doimiy ravishda òz ustida ishlaydigan,farosatli,faqat va faqat òz olamida Yaratgan va òzini qalbi bilan yashaydigan,òz fikriga ega insonni aqlli deb bilaman🙌

Bilim,aql,zehn bòlsa-yu qalb hasadga tòlgan,kibrga tòla bòlsa ham aqlni ishlashiga halaqit qiladi. Hamma narsa me'yorida bòlishi kerak insonda. Insonlarni muhokama qilib,òzini undan ustun deb bilguvchilarni ham hech biri aqlli emas! Kim va qanday bòlishidan qat'iy nazar hechkimni muhokama qilmay,hamma òzini ichki dunyosi bilan shug'ullanishi kerak -bu mani fikrim❤️

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

23 May, 14:48


Savol:
Siz "aqlli inson" deganda qanday insonni tasavvur qilasiz? Sizningcha qaysi sifatga ega insonni "aqlli" deyish mumkin?

Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring 👇

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

05 May, 15:00


#kino

🎬Film: 172 kun

Kòrganlar bòlsa fikrlaringizni izohda yozib keting👇

Yoqutxon_Mo'minova

telegram🔸instagram

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

05 May, 07:30


Har bir musulmon uch xil tug‘yonga ketishdan hazir bo‘lsin!

Bu tug‘yonga olib boruvchi so‘zlar «men», «meniki», «o‘zimniki» so‘zlaridir. Ushbu uch kalima sababli Iblis, Fir’avn va Qorunlarga balo kelgan.
Iblis: «Men undan (insondan) yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratgansan», degan (Sod surasi, 76-oyat).
Fir’avn: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?!» degan (Zuxruf surasi, 51-oyat).
Qorun: «U menga o‘zimdagi ilm tufayligina berilgan», degan (Qasas surasi, 78-oyat).


telegram🔸instagram

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

30 Apr, 06:16


‼️‼️‼️

"Ilohiy qonunlar " kursi bu ichki olamingizni isloh qilish uchun mòljallangan, maxsus, ma'naviy-islohiy turkumdagi kurs.

Davomiyligi 1 oy + (5 hafta)
Darslar yozib olingan audio formatda beriladi.
Kurs umumiy 8 ta asosiy darslar va 1 ta kirish, 1 ta xulosa qismlaridan iborat. (umumiy 10 ta)
Dars yopiq telegram kanalda bòlib òtadi va chat gruppasi bòladi. Barcha savollarga javob beriladi. Yakuniy xulosa darsi jonli efir kòrinishida, òzaro muloqot asosida òtkaziladi.

Kurs narxi: Sizlarning fikrlaringizni inobatga olgan holda 255.000 sòm deb belgilandi.

Kursning boshlanish vaqti: 1-may

Kurs boshlanguniga qadar bòlib tòlash imkoniyati mavjud.

Kursimiz 2-patoki uchun qabul ochiq va 1-maydan start oladi.
Kursga yozilish uchun bir hafta vaqtingiz bor, lekin joylar soni juda kam.

💳Tòlov uchun karta:
5614681916897147
Yoqutxon_Mo'minova

Tòlovni amalga oshirib skrenni @psixolog_qabuliga yuborasiz.

🌹🌹🌹

Yoqutxon_Mo'minova|rasmiy akademiyasi

30 Apr, 05:22


Assalom aleykum 🌹

Konsultatsiyaga yozilish uchun:
tel: 998 94 604-61-91
telegram: @psixolog_qabuliga

Savol va takliflar uchun: @Yoqutxon_02_05

"Òzingla angla" jonli kursga yozilish uchun:
97 132 60 07
97 187 50 07

"Ilohiy qonunlar" onlayn kursiga yozilish uchun : @psixolog_qabuliga


Yoqutxon_Mo'minova

telegram🔸instagram