🐛Kitob.qurti @kitobxor_dunyosi Channel on Telegram

🐛Kitob.qurti

@kitobxor_dunyosi


Har bir kitob oʻquvchiga bir kitob olib beruvchi kerak🍀

Kerak boʻlsam shu yerdaman:
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=c033f0c95bc

🐛Kitob.qurti (Uzbek)

🐛Kitob.qurti kanali - bu sizning kitobxoniz! Bu kanal orqali har bir kitob oʻquvchiga bir kitob olib beriladi. Kitob oʻqishning soʻnggi tuzilishi, shuningdek, yangi va mo'ljallangan kitoblarni olib kelish uchun bu kanal sizga yordam beradi. Sizni kitobxonlik hayotingizni yaxshilash uchun ushbu kanalga obuna bo'ling va yangi dunyoqlar bilan tanishing. 🍀nnKitob.qurti kanaliga obuna bo'lish uchun quyidagi havolaga o'ting: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=c033f0c95bc

🐛Kitob.qurti

20 Nov, 07:46


🐳Koʻp ham oʻylamasdan, tinchgina yashash kerak.

Oʻy insonni yeb-bitiradi. Biz Gʻaybni bilmaymiz. Shunday ekan na oʻtmishni, na kelajakni oʻylab hayotimizni oʻtkazib yubormaylik. Me’yorni ushlagan holda yashashda davom eting🌷

🐛Kitob.qurti

20 Nov, 07:42


Alhamdulillah darslarni boshlab oldik🥹🌷

Alloh oʻzi hayrli qilsin hammaga!

🔥Ishonch va hurmat uchun tashakkur, qizlarim

🐛Kitob.qurti

19 Nov, 16:01


Yuzlaridan jiddiy ko’ringanlar, qalban muloyim bo’lishadi ishonavering) Yuzlaridagi sovuq ifoda qalblaridagi soflikni asray olish uchun tortilgan bir "himoya" xolos..

🐛Kitob.qurti

19 Nov, 12:27


Qadriyatlari sen bilan bir xil boʻlgan insonlarni hayotingda koʻpaytir…

#suhbatdan

🐛Kitob.qurti

18 Nov, 16:47


Insonga inson ne'mat qilib beriladi, bilasizmi?
Hatto bizdan qachonlardir yuz burib ketganlar ham o'sha paytlarda qaysidir ma'noda bizga ne'mat bo'lib kelgan. Masalan, qaysidir og'irimizni yengil qilgan, qaysidir o'rinda ko'mak bergan, maslahat bergan, o'rnak bo'lolgan. Keyinchalik ularning hayotimizdagi o'rni tugay boshlagach Alloh izni bilan hayotimizdan chiqib ketishgan.

Hech o'ylab ko'rganmisiz? Alloh nega kimlarnidir hayotimizga kirgizadi-yu, keyin yana uzoqlashtiradi. Ular hayotimizning qaysidir o'rnida bizga kerak bo'lishi uchun. Yaxshimi, yomonmi qanday bo'lmasin, ibrat va ne'mat bo'lib hayotimizga kirib-chiqaveradi. Qaysilarnidir Alloh yo'limizga paydo qiladi. Qabul qilish-qilmaslik bizning qarorimiz. Keyinchalik ularning aslini Alloh o'zi bizga ko'rsataveradi.

Hayotingizga kirib-chiqayotgan insonlardan doim o'rnak, ibrat va foyda olishga harakat qiling. Tafakkur qiling, ular hayotingizda bekorga paydo bo'lmagan, yoki o'z-o'zidan g'oyib bo'lmagan. Man doim hayotimdagi insonlarni analiz sintez qilib turaman. Masalan, "bu odam nimaga yana hayotimga kirmoqchi? nega uni qabul qilishim kerak?" yoki " bu yangi insonni hayotimga kirgizsam hayot yo'limda manga qandaydir foydasi tegadimi? undan nimadir ilm, tajriba, o'rnak olamanmi? u manga yaqin do'st bo'loladimi?" kabi savollarni beraman o'zimga. Hech bo'lmasa bittasiga javob topolsam, demak shunisi hayrli degan qarorga kelaman.

Nima demoqchiman? Yashayapsizmi, har narsadan hikmat izlab yuring." Bejizga shu taksiga minmadim, bejizga shu institutda o'qimayapman, bejizga shu yerda ishlamayapman, bejizga shu inson bilan tanishmadim, bejizga kech qolmadim, bejizga shu niyatim amalga oshmadi." kabi vaziyatingizdan kelib chiqib, o'zingiz uchun hikmat qidiring. Qalbingiz orom topadi, ishonavering.

Kitobqurtingiz yozdi🕯

🐛Kitob.qurti

18 Nov, 05:08


Bugun maktabda amaliyot kunim edi. Ingliz tili ustozam yaqinda Umra ziyoratidan kelgandilar. Quchoq ochib kutvoldilar🌷 quchganimda biram sokinlikni his qildim. Ta’riflash qiyin. Yuzlaridan nur yogʻilib turardi🥹

In Shaa Alloh bizlarga ham Makka-yu Madinani koʻrish, Ka’bani tavof qilish, Arafotda turish nasib qilsin😭
“Amiyn” deb qoʻying🌷

🐛Kitob.qurti

17 Nov, 10:31


Ha aytgancha, bugun “Talabalar kuni” ekan. Shu munosabat bilan barcha talabalarni hamda oʻzimni ham tabriklayman😄🔥

Oʻz sohasida eng zoʻr kadr boʻlib, vatanimizga foydamiz tegadigan inson boʻlaylik🌷

🐛Kitob.qurti

17 Nov, 06:45


😄 Tipratikan

Quloqchasi biram chiroylikan🥹

🐛Kitob.qurti

17 Nov, 04:08


😃Bugun 00:00 gacha skidkaning oxirgi kuni

😎Siz hali oʻylab oʻtirguncha kimlardir hayotini oʻzgartirishga, daromad qilish uchun tavakkal qilib ulgurishyapti.

Oʻrningizda boʻlsam qoʻshilgan boʻlardim: @bookworm_z

🐛Kitob.qurti

16 Nov, 18:31


Yigʻladingmi?🥲

Videoda g’ij-gʻij ma’no bor. His qilgan qildi uje)

🐛Kitob.qurti

16 Nov, 13:46


Hozir singlim aytyapti:
- opa, sizni ona tili va adabiyot fan o'qituvchim tanirkanlar. ........ ni singlisimisan? dedilar. Opang yaxshi o'qirdi, bir marta 4 baho qo'yganimga osmonni uzib qo'limga bergandi dedilar😅

O'sha o'qituvchi kimligini so'rab bilganimdan so'ng:
- ha, esladim. Adabiyotdan konspektim to'liq emasdi lekin hamma savollarga javob bergandim. Nohaq 4 qo'ygandida, xay.

Eslasam, o'sha paytlarda aynan 1-8 sinfgacha a'lo baholarda o'qigan ekanman. Baho juda muhim deb o'ylaganman. Agar 4 olsam sinfdagi "a'lochi" degan nomni oqlolmasligimdan qo'rqardim. Hozir esa....😅 umuman baho qiziq bo'lmay qolgan. Singlimga o'sha ustoz meni maqtagani biram yoqdi. To'g'ri o'shanda urushganman. Lekin ijobiy bo'lib, ustozni xotirasida qolgan ekanman😄

Ajoyib)

🐛Kitob.qurti

16 Nov, 04:28


Ikkilanish boʻlishi tabiiy!

Shuncha pulni oʻtkazib qoʻysam-u, natijaga erisholmasamchi? deyishingiz tabiiy. 1 yil oldin menda ham shunday qoʻrquv boʻlgan. Kurs uchun 100$ toʻlov qilishim kerak edi. Bilardim, ikkilanib kutib yursam, qachongacha yuraman derdim. Va oxiri pul topib, boʻlib toʻlash imkoniyati bilan kursga yozilganman.
Alhamdulillah, adashmaganman.

Sizlar uchun bu summa eng arzoni desam, ishonasizmi? Chunki SMM kurslari aslida qimmat. Bundan arzonlari esa sifatsiz! Kurator yoʻq, darslar shunchaki tashlab beriladi, oʻzing oʻrgan qabilida. Lekin man har bir inson uchun alohida shugʻullanaman. Idealar topishda, video yasashda, video syomka qilishda har bir oʻquvchi bilan individual shugʻullanaman.

Qoʻldan boy bermang demoqchiman! Kursni bundan boshqa yana qachon ochaman, bunisi noma’lum. Hozirgisidan foydalaning, maslahatim shu!

Murojaat: @bookworm_z

🐛Kitob.qurti

16 Nov, 03:18


Skidka faqat bugun va erta uchun amal qiladi. Sizda yetarli summa boʻlmasa, oz miqdorda toʻlov qilib, “skidka orqali qoʻshilaman” desangiz kifoya.

🌷 Kanalga dostup berilgan soʻng darslar boshlanadi.
🔥Ulguring: 20-noyabrdan START

Murojaat: @bookworm_z

🐛Kitob.qurti

16 Nov, 03:13


SMM va BLOG” with Kitobqurti

Barcha ma’lumotlar tepada yozilgan.

Eslatma: toʻlovni boʻlab toʻlash imkoniyati bor.
Murojaat uchun shu yerdaman @bookworm_z

🌷Toʻlovdan keyin kanalga dastup beriladi. Kutib qolaman😍

🐛Kitob.qurti

16 Nov, 03:10


Yodingizdami?

😍Oʻsha kun keldi. Bugun kursga qabulni ochaman!

🐛Kitob.qurti

15 Nov, 09:08


🌝📚

Tasavvurning kuchi

🐛Kitob.qurti

15 Nov, 06:51


Boshimda xuddi bomba portlagandek, umuman koʻtarolmayapman💔
Oʻqishga borish kerak, lekin hol yoʻq.

Duoda boʻling, muhtojman)🥲

🐛Kitob.qurti

14 Nov, 13:17


Men sevgan kuz kelib, yana ketyapti..
Lekin sen haliyam kelmading🤍

:)

🐛Kitob.qurti

14 Nov, 13:16


-eng koʻp kimlarga rahming keladi? deb soʻrashsa, hech ikkilanmay
-hasadchilarga! deb javob beraman😊

🐛Kitob.qurti

13 Nov, 15:51


Endi faqat shu qoidalar bo'yicha yashang :

Kim sog'insa: topadi.
Kimga keraksiz: telefon qiladi.
Kim xohlasa: yoningizga keladi.
Kimga yoqmasangiz: oq yo'l.

#me

🐛Kitob.qurti

12 Nov, 17:39


Bugundan🤎

Doimgidek coffee hamrohimiz edi

🐛Kitob.qurti

12 Nov, 17:17


Qaysi qismi yaxshiroq sizningcha?

1 - ❤️
2 - 🔥
3 - 🥰

Reaksiya bilan belgilang!

🐛Kitob.qurti

12 Nov, 17:13


🌷Vada qilingan video

>Kitobqurti bilan bir kun (3-qism)

1-qism
2-qism

🐛Kitob.qurti

12 Nov, 04:27


Mini vlog kutayotganlar bormi?😄

*

🐛Kitob.qurti

11 Nov, 10:40


Yaqin kunlarda sizlarga manfaatli taklifim bor, In Shaa Alloh. O'zimda bor barcha bilimlarni yig'ib sizlarga manfaat beradigan kurs tashkillashtiraman. Aynan blog yuritish, SMM, va barcha instagram bilimlari, daromad qilish bo'yicha. Hayotiy tajribalarga asoslangan holatda bomba kurs bo'ladi, In Shaa Alloh.

Men bilanmisiz?❤️

🐛Kitob.qurti

11 Nov, 08:23


Shunday murojaatlar kelib tushdi. Deyarli 1 yildan buyon SMM sohasi ichidaman. Mobilografiyadan ham xabarim anchagina bor.

Siz mendan oʻrgangan boʻlarmidingiz? Moddiy daromadingizga ega boʻlishni istarmidingiz?

Reaksiya orqali bildiring❤️

🐛Kitob.qurti

07 Nov, 15:48


Bir hadya kitobim egasiga yetib bordi🌷🥰

Allohumma Barik

🐛Kitob.qurti

06 Nov, 18:02


Oʻrni kelganda “yaqin doʻstim” deganlaring koʻnglingdan qolib, hayotingdan sekin-asta chiqib ketishadi. Buni ularga sezdirmaysan, sezishmaydi ham.

Tayyor tur! Hali oldinda ancha koʻngilsizliklar bor

🐛Kitob.qurti

06 Nov, 17:31


Menga hammasi qiyin, O'zingga hammasi oson. Qarorimni qaroringga topshirdim Alloh)

#me

🐛Kitob.qurti

06 Nov, 09:43


Sizlar uchun topib keldim)

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 19:12


Yomg'ir, sen va kitob oshyoning📚

shinam xonangda klaviaturani shiqillatib institut darslarini qilyapsan, yoningda o'qilmagan kitobing "bugun meni o'qimading" deya senga qarab turibdi. ko'chada esa yomg'ir sharros quyyapti. hali qilinmagan darslaring qalashib yotibdi. ertaga esa yana yangi kun boshlanadi. sen esa jimgina sukut saqlagancha o'z xayollaring bilan bandsan.

sokinlik🕯

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 16:36


-senga bir sirni aytaymi?
-ayt

-shunchaki, hayotni murakkablashtirma. Yasha, ilm ol, zavqlan. Armon bo'lishini istamagan niyatlaring tomon bor. Alloh sen bilan!😊

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 14:54


Biz kitobxonmiz achchiq-shirin haqiqatlar bilan bo'lishib boraman😊 (1-qism)

Deyarli hammasi shaxsan hayotimdan olingan!

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 09:35


3 kishiga yozdim🌷📚

Anonim botdan xabar kelsa, bilingki bu-Kitobqurti👀

In Shaa Alloh bugun manzil berishsa ertaga yetkazaman kitoblarni☺️ Alloh hayrli va barokatli qilsin

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 05:50


Albatta boʻladi☺️ qaysi kitobni hadya qilmoqchisiz? Yozib qoʻysangiz siz bilan bogʻlanamiz

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 05:40


Vaalaykum assalam. Hayriyat bitta inson shunday yozibdi😅❤️

Mani ham oʻylaydiganlar tirik ekan haliyam:)

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 05:38


Shu gapdan keyin qalbim tirnaldi🥲💔

Toʻgʻri, hamma istagan kitobini olib berolmayman. Man ham inson farzandiman. Oyiga 1000$ topadigan qizmasman😅 oʻrni kelganda oʻzim ham kitob doʻkondan kitobsiz boʻsh qoʻl bilan chiqib ketgan kunlarim juda koʻp boʻlgan💔

Lekin, shunday boʻlsa-da kimnidir qalbiga xursandchilik olib kirish, men hadya qilgan kitobni oʻqiyotganida haqqimga duo qilishini juda-juda istayman. Oʻrni kelganda oʻzim sotib ololmagan kitobimni boshqa insonga hadya qilib ham yuborganman. ☺️ yaxshi gumonda boʻlaylik🌷

🐛Kitob.qurti

05 Nov, 05:33


Mabodoga hadya kitoblar sonini oshirishim ham mumkin🌷

Moddiy koʻmak uchun:
9860 0801 3322 0923

🐛Kitob.qurti

31 Oct, 15:57


Kamayib ketibmiz..💔

🐛Kitob.qurti

30 Oct, 06:52


Kuz tugayapti, sezyapman buni..

Koʻproq
tabiatda sayr qilib olaman. Ish, oʻqish deb xohishlarimni bir chetga surib qoʻyolmayman. Masalan, tabiatda mazza qilib sayr qilish.
Qaniydi, kuz biroz ketmay tursa..🍂

🐛Kitob.qurti

28 Oct, 15:27


- Siz uchun "Seni sevaman" dan ham ko'ra yoqimliroq so'z bormi?
- Bor albatta. Masalan - "hisob raqamingizda 1000.000$ dan ko'proq pul mavjud" - degan so'zlar :)

#me

🐛Kitob.qurti

28 Oct, 12:14


Hadya kitoblar..🤍📚

*

🐛Kitob.qurti

27 Oct, 17:08


Tashqaridan umuman kitob oʻqiydigan qizga oʻxshamas ekanman…💔

*qalbimga ogʻir botdi

🐛Kitob.qurti

27 Oct, 15:03


We don’t say: …..

🐛Kitob.qurti

25 Oct, 13:06


Yomgʻirli havoda uyga ketish, taksi derazasidan yomgʻir tomchilarini tomosha qilish—kayfiyatni koʻtaradi😊

Kuz shunisi bilan quvonchli🍂

🐛Kitob.qurti

25 Oct, 10:30


Juma kunidan ham goʻzal kun bormi? Yaqinlaringizga gul va kitoblar hadya qilish uchun😊

Hadya qiladiganlar reaksiya bosinglarchi👀

🐛Kitob.qurti

24 Oct, 09:11


Autumn🍂 vibe

🐛Kitob.qurti

23 Oct, 16:38


Kuz ham yomg'ir ham qahva...
Men sevgan hamma narsa bor bir Sendan bo'lak)
Imkonsiz bo'lsa ham kutyapman kel...

🐛Kitob.qurti

22 Oct, 17:00


Ba’zan oʻtmishdagi ayrim kunlarga qaytgim keladi. Qaysidir xatolarimni tuzatish uchun emas, qaysidir hislarni yana qayta tuyish uchun…

*

🐛Kitob.qurti

22 Oct, 09:35


Mutolaa vaqti📚

Tashqarida yana yomgʻir☺️

🐛Kitob.qurti

22 Oct, 09:05


Bu kitobni oʻqishingiz uchun sizga aynan tavsiya kerak emas!

Umr davomida hech boʻlmasa bitta kitob mutolaa qilish imkoniyati boʻlsa, aynan shu kitobni oʻqishimiz shart va zarurdir.

Shunchaki “nomiga” musulmonman deyishni nima keragi bor, hayronman. Bu videoni yasab bitirguncha oʻzim bitib, tugab boʻldim💔

Oʻzi qalbimizni isloh qilsin. Oxirimiz nima boʻladi bilmadim, gʻaybdan xabardor emasmiz. Biladiganimiz faqat oʻz amallarimiz!