Latest Posts from Elektron kitoblar (@kitoblar_pdf) on Telegram

Elektron kitoblar Telegram Posts

Elektron kitoblar
Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling.

Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139

📩 @kitobxonrobot
26,089 Subscribers
203 Photos
952 Videos
Last Updated 01.03.2025 16:30

Similar Channels

bakiroo
63,875 Subscribers
Kitoblar ombori
16,192 Subscribers

The latest content shared by Elektron kitoblar on Telegram


#Tavsiya

Lug‘at boyligini qanday oshirish mumkin?

O‘zini madaniyatli sanaydigan har bir odam ona tilini puxta bilishi kerak. O‘z tilingda aytilgan narsani tushunmay turish juda uyatli holat. Xo‘sh, tilni yaxshi bilish uchun nima qilish kerak? Buning uchun birinchi navbatda lug‘at boyligimiz ko‘p bo‘lishi kerak. Lug‘at boyligi biz biladigan so‘zlar jamlanmasidir. Demak, ko‘p so‘z bilishimiz zarur.

Lug‘at boyligimizdagi so‘zlar ikki xil bo‘ladi: faol va kam qo‘llanadigan. Faol so‘zlar biz og‘zaki va yozma nutqda ishlatadigan so‘zlardir. Kam qo‘llanadigan lug‘at esa biz u yoki bu darajada tushunadigan, ma’nosini to‘liq bilmaydigan, nutqda qo‘llamaydigan so‘zlardir.

Lug‘at boyligi ko‘p bo‘lgan odam til tovlanishlarini, uning o‘ziga xosligini, ohangini, ma’no nozikliklarini ham yaxshi bilsa, yurakdan his qila olsa, chinakam til bilimdoniga aylanadi. Bu yo‘lda birinchi qadamni tashlash – lug‘at boyligini oshirish uchun nimalar qilish kerak? Quyida shu haqda so‘z boradi.

Kitoblar, maqolalar va badiiy adabiyotlarni ko‘p o‘qing. Eng muhimi, ularning ma’no-mazmuniga jiddiy nazar tashlang. O‘qiganlaringizni kasbdoshlaringiz yoki qiziqqanlarga aytib bering.

Matnda tushunarsiz so‘zga duch kelsangiz, gapning umumiy mazmunidan ma’nosini chaqib olaman demang. Izohli lug‘atni ochib, so‘zning asl ma’nosini o‘rganing. Xayolingizda shu so‘z qatnashgan gaplar tuzing.

O‘zingizni qiziqtirgan sohaga oid so‘zlarni lug‘atdan ko‘chirib, qayd qog‘ozlarga yozib chiqing. Qaydvaraqchani hamisha o‘zingiz bilan olib yuring. Chunki bo‘sh vaqtlarda unga qarab, so‘zlarni esga olish, yodlash mumkin.

Yangi o‘rganilgan so‘zlarni qofiyaga solib ko‘ring, ular ishtirokida gaplar tuzing. U anglatadigan ma’noni tasavvuri­ngizda shakllantirishga harakat qiling.

Biror-bir so‘zni o‘zlashtirgandan keyin qaydqog‘ozni yangisiga almashtiring. Yangi so‘zni o‘rganishga kirishing.

Ishingiz samarali bo‘lishini istasangiz, birdaniga ko‘p so‘zni yodlashga kirishmang. Boshida kuniga 7-8 ta so‘z kifoya. Keyinroq qancha so‘zni o‘zlashtirishga qurbingiz yetishi o‘z-o‘zidan oydinlashadi.

O‘rganilgan so‘zlarni amalda qo‘llab ko‘ring. Shunda ular xotirada mustahkam o‘rnashib qoladi.

Orif Tolib

📚 @kitoblar_pdf

📣 Dam olish onlari ham aqlni charxlash, ham hordiq olish uchun munosib taklif:

🎬 Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
🎬 Muhabbat oyatlari (1-2)
🎬 "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
🎬 "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
🎬 Hayot mamot
🎬 "Qashqirlar makoni: Gladio"
🎬 Virus
🎬 Uoll Strit Bo‘risi
🎬 Samo farzandlari
🎬 Quyosh bolalari (2020)
🎬 "Garovdagi qiz"
🎬 Xo‘p janob
🎬 Xatiko: Eng sodiq do‘st
🎬 "Risolat"
🎬 "Titanik"
🎬 "Kichkina tabib"
🎬 "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
🎬 "Joker"
🎬 "Shamolni jilovlagan bola"
🎬 "Murtadlar"
🎬 "Muhammad Allohning elchisi"
🎬 "Yangi Dunyo"
🎬 "Romeo va Julietta"
🎬 "Yangi politsiyachilar tarixi"
🎬 "Ertadan keyin"
🎬 "1917"
🎬 "Ford Ferrariga qarshi"
🎬 "Kitob o‘g‘risi"
🎬 "O‘nta negr bolasi"
🎬 "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
🎬 "Minari"
🎬 "Stiv Jobs"
🎬 "Javohir politsiyachi"
🎬 "Olimpning qulashi"
🎬 "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
🎬 "Uvays al Qaroniy hazratlari"
🎬 "Kichkintoy sayrga chiqdi"
🎬 "Platforma"
🎬 "Twilight | Сумерки" (1—5)
🎬 "Sen bilan uchrashguncha"
🎬 "Buyuk Getsbi"
🎬 "Interstellar"
🎬 "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
🎬 "Vijdon amri"
🎬 "Otamdan qolgan dalalar"
🎬 "Gladiator"
🎬 "Wednesday" (serial)
🎬 "Dunyoning tugashi"
🎬 "Mo‘jiza" (1-2)
🎬 "Bishriy Hofiy"
🎬 "Logan"
🎬 "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
🎬 "G‘urur va andisha"
🎬 "Hasan Basriy"
🎬 "Qochish rejasi"
🎬 "Sherlok" (serial)
🎬 "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
🎬 "Robiya"
🎬 "Eltuvchi" (1-4)
🎬 "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
🎬 "Yashil kitob"
🎬 "Daniyalik kelin"
🎬 "Indiana Jons" (1-4)
🎬 "Sen mening uyimsan"
🎬 "Avatar"
🎬 "Dastlabki kod"
🎬 "Podolsk kursantlari"
🎬 "Shindler ro‘yxati"
🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz"
🎬 "Ayla: Urush qizi"
🎬 Ilohiy ishq
🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
🎬 "Qochqin"
🎬 "Niqob"
🎬 "Chernobil" (serial)
🎬 "Shamollarda qolgan hislarim"
🎬 "Otam va o‘g‘lim"
🎬 "Farengeyt bo'yicha 451"
🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
🎬 "Botmagan quyosh"
🎬 "Qirol nutqi"
🎬 "Qora quti"
🎬 "Mavritaniyalik"
🎬 "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy"
🎬 "Zakovatli Uill Xanting"
🎬 "Bir paytlar Gollivudda"
🎬 "Katta askar"
🎬 "Sevastopol mudofaasi"
🎬 "Aviator"
🎬 "Jek va loviya poyasi"
🎬 "Imom Al-Buxoriy"
🎬 "Karta, Pul va ikki miltiq"
🎬 "So'nggi legion"
🎬 "Novda"
🎬 "La'natlanganlar oroli"
🎬 "Muxojir"
🎬 "Aloqa"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Zanjir" (serial)
🎬 "Maxsus topshiriq"
🎬 "Kutubxonachi" (1-2)
🎬 "Zamin Farzandi"
🎬 "Marslik"
🎬 "Hasad"
🎬 "Baxt ortidan quvib"
🎬 "Forrest Gamp"
🎬 "Karib dengizi qaroqchilari" (1-5)
🎬 "12 yil qullikda"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Baxt kimyogari"
🎬 "Kar va ko‘r"
🎬 "Hayot go‘zal"
🎬 "Hidoyat yo‘li"
🎬 "Osmondagi bolalar" (1-3)
🎬 "Muqaddima"
🎬 "Shoushenkdan qochish"
🎬 "Jangchilar klubi"
🎬 "Taqdir o‘yini" (serial)
🎬 "Eng yaxshi taklif"
🎬 "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
🎬 "Ko‘rinmas mehmon"

🌙 RAMAZON TUHFASI

Tirilish nashriyoti va Kitobly sahifasi kitobsevarlar uchun ajoyib konkurs eʼlon qiladi!

🎉 Sovgʻalar:
📖 «Muqaddima» – 10 ta
📖 «Kulayotgan odam» – 10 ta
📖 «Muxtasar siyrat» – 10 ta


— Siz ham bu kitoblarga bepul ega boʻlishni xohlaysizmi? 🤩

— Unda konkursga hoziroq qoʻshiling!


🔗 Ishtirok etish: 👇👇👇

#Nazmiy


Sen tongda uyg‘onding. Gazga qo‘yding choy.
Bu mehr men uchun emas, hoynahoy.

Sen oppoq ko‘ylakka urasan dazmol.
Bu ishni men uchun qilmog‘ing - mahol.

Uyni supirasan, poklaysan changdan.
Supirib otmaysan meni bu g‘amdan.

Ovqat pishirasan. Mo‘l-ko‘l dasturxon...
Ovqatingni maqtar o‘zga bir inson.

Bolangning ko‘ziga boqib to‘ymaysan.
Sen mening bolamni o‘pib qo‘ymaysan.

Ammo yolg‘iz qolsang egilar boshing -
Ko‘zingdan so‘ramay oqadi yoshing.

Meni sog‘indingmi? Kuydingmi?.. Rahmat!..
Ko‘z yoshing meniki, ko‘z yoshing faqat...

✍️ Usmon Azim

📚 @kitoblar_pdf

#Kitobdan

​​"Ular allambalo bir saroyga yetib keldilar. Osib tashlangan turli shiorlarni o‘qib Yo‘g‘onboyning yuragi hapqirib ketgdi: «Erkaklar-boyligimiz, ko‘z qorachig‘iday asrarlik!», «Erkakni xorlagan xor bo‘lsin», «Har bir erkakni har kuni bir shisha tekin konyak bilan ta’minlashga erishaylik!», «Choyxonada har kuni oshxo‘rlik qilmagan erkak- erkak emas!». Shiorlarni o‘qib Yo‘g‘onboy chidolmadi - yig‘lab yubordi. «Bu dunyoda aqlli odamlar ham bor ekanku!» dedi u ho‘ngrab. Arbobxon uni ovutib, ochkari boshladi. Vo ajab, saroyda minglarcha odam to‘plangan. Eng ajoyibi - bironta erkak zotidan yo‘q, hammasi ayol! Bunaqasi hali tarixda bo‘lmagan. «Qirqta tovuqqa egaman», deb keriluvchi xo‘roz nafasini yutsa ham bo‘larkan. Chunki bu yerda mingga xotinga bittagina Yo‘g‘onboy!"

© Tohir Malikning «Teskari ko‘zlar» hajviya asaridan

📚 @kitoblar_pdf

#Tavsiya

✏️Yaxshi yozay desangiz

Mark Tven (1835–1910) sarguzasht romanlaridan tashqari, oʻtkir hajvi, hikmatli soʻzlari bilan ham mashhur. Dunyo eʼtirof etgan adibning boshlovchi yozuvchilarga bergan maslahatlari, shubhasiz, maktab vazifasini oʻtaydi.

🟢 “Juda”, “oʻta” degan soʻzni ishlatmoqchi boʻlganingizda uning oʻrniga har safar “haddan ortiq” yoki “behad” iborasini qoʻllang. Shunda muharrir bu soʻzlarni oʻchirib tashlaydi va yozganlaringiz binoyiday boʻladi-qoladi.

Xulosa: ortiqcha soʻzlarsiz, aniq, ravon, taʼsirli yozing. Oʻrinsiz hayajon yoki yasama mubolagʻa sunʼiylikka olib keladi.

🟢 Sizga birov qalamhaqi taklif qilmagunicha, tekinga yozavering.

Ijodkor boʻlishni chin yurakdan istang, oʻz ishingizni seving. Faqat pul yo shon-shuhrat uchun yozsangiz, yaxshi natijaga erisha olmaysiz. Bundan hafsalangiz pir boʻladi va ijoddan tezda koʻnglingiz qoladi.

🟢 Maqola yozish uchun eng qulay fursat – uni oʻzingiz uchun yozib tugatgan paytingizdir. Faqat shundagina asli nima demoqchi ekaningizni aniq-tiniq anglaysiz.

Ilk urinishlar faqat qoralamalar, xolos. Buyuk yozuvchilarning aksariyati asarlarini qayta-qayta yozgan, tahrir qilgan. Ishlashdan, fikrlashdan erinmang.

🟢 Gʻoya, fikr hammada bor. Biroq hamma ham uni keragicha ifodalay olmaydi. Bitta xatboshida aytish mumkin boʻlgan fikrni uzundan uzoq choʻzadiganlar koʻp.

Soʻzlarni tejang, loʻnda yozishni oʻrganing. “Soʻz boʻtqasi” hech kimga kerak emas. Ortiqcha iboralar tushunarlilik darajasini tushirib yuboradi.

🟢 Bir safar baxtli tasodif tufayli bir narsani anglab yetdim: yarmiga kelib “toʻxtab” qolgan kitob – agar ozgina nafas rostlab, unga yangi kuch va gʻayrat bilan kirishsangiz – yurishib ketadi. Xom va pala-partish maqolalarga ham biroz tanaffusdan soʻng yangi ruh berish mumkin.

Ish unmay qolishi hammada kuzatiladi. Ijodiy kayfiyat oʻzgaruvchan boʻladi. Dam oling, boshqa yumushlar bilan shugʻullaning. Biroq tanballashib qolmang ham.

🟢 Buyuk kitoblar uslubi va mohiyatiga qarab baholanadi, qoliplangan grammatikasiga qarab emas.

Diqqatni gʻoya, uslub va syujetga qarating. Yozib boʻlgandan keyingina grammatika, ega-kesimning oʻrni haqida bosh qotirishingiz mumkin.

🟢 Sifatlar masalasida bir gap: ikkilanyapsizmi, oʻchirib tashlang.

Soʻzlarni, ayniqsa sifatlarni qoʻllashda eʼtiborli boʻling. Maʼnosini yoki oʻrnini bilmay ishlatgan soʻzingiz teskari, kulgili yoki mavhum maʼno keltirib chiqarishi mumkin.

🟢 Qisqa ibora va gaplar, oddiy til taʼsirchan ekanini angladim. Chin koʻngildan yozyapsizmi, shu uslubni mahkam tuting. “Parday mayin va gulday chiroyli” iboralar oʻquvchini chalgʻitishiga yoʻl qoʻymang.

Qanday usulni tanlash – oʻzingizga havola. Eng muhimi – mohiyat. Yozganingizni oʻqigan odam nima deyayotganingizni, nima demoqchiligingizni tushuna olsin.

🟢 “Ayol baqirdi”, demang. Uni shunday vaziyatga olib kelingki, oʻzi baqirsin.

Voqealarni xuddi koʻrib turganday, oʻzingiz qatnashayotganday tasvirlang. Shunda oʻquvchi ham shu tarzda mutolaa qiladi.

🟢 Bir xil usulda yozadigan adiblarni umuman tushuna olmayman.

Yangicha usullarni qidiring, soʻz yasab koʻring. Tasvir va ifodada tajribalar qiling.

🟢 Toʻgʻri soʻz va deyarli toʻgʻri soʻz oʻrtasidagi farq xuddi chaqmoq bilan tillaqoʻngʻiz oʻrtasidagi farqqa oʻxshaydi.

Soʻzlarni tanlash va qoʻllashga jiddiy ahamiyat bering.

🟢 Siz qancha koʻp tushuntirsangiz, men shuncha kam tushunaman.

Yana oʻsha gap: ravonlik, loʻndalik. Ortiqcha tafsilotlarga umuman oʻrin bermang.

Orif Tolib tayyorladi.

📚 @kitoblar_pdf

🚀 Dasturlashni o'rganish uchun 70 % chegirma!

AyTi o'rganishim kerak, lekin kurs narxlari qimmat deb hali ham o'rganishni boshlamadingizmi?

⚡️ Unda PDP Academy sizga 70 % chegirma orqali onlayn va oflayn kurslarda o'qishni taklif etadi.

💡 PDP Academy'da o'qish orqali siz:

✔️ Bepul Coworking 24/7
✔️ MasterClass va qo'shimcha darslarda qatnashish
✔️ Real loyihalar va amaliyot orqali tajriba orttirish

🌀 Shoshiling, joyingizni tezroq band qiling. Chegirma 3 kun amal qiladi.

☎️ | 78-777-47-47
🤖 @pdpaloqa_bot

📍 Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A
Mo'ljal: Chorsu, Florensiya to'yxonasi ro'parasida.

https://t.me/+5TYa9lt3inNiMDAy
https://t.me/+5TYa9lt3inNiMDAy
https://t.me/+5TYa9lt3inNiMDAy

#Savodxonlik

​​Har bir ish toʻgʻri salomlashishdan boshlanadi.

Assalomu alaykum
Vaalaykum assalom

Vaalaykum assalom / Va alaykum assalom

Alikdagi “va” hamda “alaykum” jumlalari qoʻshib yoki alohida yozilishi borasida manbalarda ixtiloflar bor. Haqiqatan ham shunday.

2006–2008-yillarda chop etilgan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” toʻplamida “alaykum”ga bagʻishlangan maqola kelgan boʻlib, unda bu jumlalar alohida yozilgan.
Ammo 2013-yilda chop etilgan kirill va lotin alifbolariga asoslangan “Oʻzbek tilining imlo lugʻati”da bular qoʻshib yozilgan, buni yuqoridagi rasmda koʻrishingiz mumkin.

Musahhih Gʻiyosiddin Yusuf bu haqda quyidagicha yozadi:
...“va” alohida soʻz (bogʻlovchi) ekanining eʼtiboridan uni “alaykum”dan ajratib yozish toʻgʻri boʻladi.

Qaysi manbaga tayanish kerak?
Aslida imlo lugʻati birlamchi manba boʻlishi kerak. Lekin bizning holatimizda imlo lugʻatining toʻgʻriligiga ishtiboh bor. Shu bois masala ochiqligicha qolmoqda.

Istaganingizcha yozing, har ikki holatda ham yetarlicha asosingiz bor.

Va alaykum assalom
Vaalaykum assalom

©xatoliklar

📚 @kitoblar_pdf

#Adabiyot_olami

Adabiy qahramon, u xoh Otabek yoki Yoʻlchi, xoh Sholoxovning Sokolovi yoki Aytmatovning Yedigeyi boʻlsin, boshqa qahramonlar bilan birga kitobxonlarning shaxs sifatida shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Agar siz Otabek yoki Yoʻlchi, Sokolov yoki Yedigey singari “katta” qahramonlar tasvirlangan asarlarni koʻproq oʻqisangiz, shu qahramonlarga oʻxshagan katta shaxs boʻlib shakllanasiz. Agar siz yengil-yelpi asarlarni oʻqishdan nariga oʻtmasangiz, shu asarlardagi yengil-yelpi qahramonlarning real hayotdagi nusxalaridan biri boʻlib qolasiz. Badiiy asarning estetik taʼsir doirasi shu qadar kuchliki, siz sevimli qahramonlaringizning uchqur soʻz va iboralarini takrorlabgina, ularga oʻxshab kiyinibgina qolmay, agar ular injiq boʻlsa, siz ham injiq boʻlib borasiz, agar ular tanti va saxovatli adabiy qahramonlar boʻlishsa, sizga ham shu xususiyatlar, albatta, yuqadi. Alisher, Oybek, Shuhrat, Otabek, Anvar, Yoʻlchi, Nodira, Zulfiya, Kumush, Gulnor, Hilola singari “adabiy” ismlarning xalq oʻrtasida keng tarqalgani ham bejiz emas.
Badiiy adabiyotning bu fazilatlari unutilib borayotgan Oybek va Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon va Mirtemir, Shayxzoda va Mirkarim Osim, Asqad Muxtor va Turob Toʻla kabi yozuvchilarning asarlarida, bu asarlardagi har bir obraz va har bir poetik vositada – yarim tundagi yulduzlar yangligʻ – jilvalanib turadi. Bu yozuvchilardan uzoqlashish, bu yozuvchilarni unutish, bu yozuvchilar ijodidan bahramand boʻlmaslik yangi avlodlarning shu qutlugʻ fazilatlarsiz oʻsib-ulgʻayishiga, yaʼni manqurtlashishiga sabab boʻlishi hech gap emas. Holbuki, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon va Fitratdan keyin adabiyotimizning oltin xazinasini, birinchi navbatda, xuddi shu yozuvchilar oʻzlarining yuksak badiiy asarlari bilan boyitib berganlar.

Naim Karimov, adabiyotshunos

📚 @kitoblar_pdf

#Adabiyot_olami

✍️ Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?

   Jonatan Franzen (1959-yili tugʻilgan) ijodiy ishdagi chidami bilan ham tarixda qolishga arziydi. Unga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan “Tuzatish” romanining yaratilishi haqidagi maʼlumotlar bu fikrni tasdiqlaydi. Zahmatkash adib 1990-yillarning oxirida boʻlajak kitobining syujetini shakllantirish, mavzusi va mohiyatini aniqlash maqsadida devorlari tovush oʻtkazmaydigan bir uyga qamaladi. Pardalarni tushirib, qulogʻiga paxta tiqadi, koʻziga boylogʻich taqib, qoʻliga noutbuk oladi – sukunat va qorongʻulik qoʻynida ilhom kelishini kutadi. Bu xildagi dunyodan uzilish asabiy zoʻriqish va uyqusizlikka olib keladi, katta zavqt va hayajon chuqur umidsizlikka aylanadi. Biroq ijodkor baribir niyatiga yetadi. “Tuzatish” iztiroblar ichida tugʻiladi, shu sababli ham romanda azob-uqubat ranglari koʻproq.
Roman bosilib chiqqach, bestsellerga aylandi. Franzen shu asar uchun “National Book Award” (“Milliy kitob mukofoti”) sovrindori boʻldi.
Albatta, har bir inson alohida dunyo. Birov jondan yaxshi koʻrgan narsani siz yoqtirmasligingiz mumkin. Biroq koʻpchilikka xos umumiy xususiyatlar ham boʻladi. Yuqorida hayot tarzi bilan tanishgan yozuvchilarimizni birlashtiruvchi bitta jihatga eʼtibor bergan boʻlsangiz kerak: ularning aksariyati yozishga jiddiy eʼtibor bergan. Deyarli har kuni yozgan. Siz shunday qila olasizmi? Bir ustozim Lev Tolstoyning ajoyib odatini bot-bot aytib turardi. Buyuk yozuvchi agar biror kun yozolmasa, hech qursa “Bugun men hech narsa yoza olmadim”, deb qogʻoz qoralab qoʻyarkan. Futbol sharhlarida “U hozir sport formasida”, “U sport formasini hali yaxshi tiklab ololgani yoʻq” singari iboralarni eshitib qolamiz. Biror jarohat olgan yoki shugʻullanishni susaytirgan sportchi oʻz formasini yoʻqotib qoʻyadi, yaʼni oldingiday yaxshi oʻynolmaydi. Har kuni turnikda yigirmatadan tortiladigan yigit bir hafta kasal boʻlib yoki ishga chalgʻib tortilmasa, keyin qiynaladi, oʻzini oʻnglab olishi qiyin kechadi. Yozuvchilik ham xuddi shunday: muntazam shugʻullanishni, oʻqib-oʻrganib, ong-tasavvur “mushak”larini chiniqtirib borishni talab etadi. Shu bilan birga sogʻlom turmush tarziga amal qilish, soddaroq aytadigan boʻlsak, sport bilan shugʻullanish, hayotdan uzilmaslik, jismoniy mehnat bilan ham shugʻullanib turish, ochiq havodagi sayrlarga chiqish ishlash kayfiyatini uygʻotadigan, odamdagi asabiy zoʻriqishlarni kamaytiradigan muhim jihatlardir. Ana shu narsalar kundalik turmushingizga kirsa, ishingizga unum qoʻshilishi aniq.

📚 @kitoblar_pdf