Forish tumani hokimligi @forishtumani Channel on Telegram

Forish tumani hokimligi

@forishtumani


Forish tumani hokimligi rasmiy kanali

Forish tumani hokimligi (Uzbek)

Forish tumani hokimligi rasmiy kanali - bu Telegram kanali Forish tumani hududidagi eng so'nggi yangiliklar, maqolalar, va ma'lumotlar bilan sizni ta'minlaydigan joydir. Bu kanal Forish tumani hokimligi tomonidan boshqariladi va eng muhim ma'lumotlar uchun rasmiy manba sifatida faoliyat ko'rsatadi. Kanalda Forish tumani hududiga oid hokimlik faoliyatlarining o'z ichiga olgan eng yangi yangiliklar, jamoat a'zolari uchun ma'lumotlar, ijtimoiy tadbirlar va boshqa foydali ma'lumotlar mavjud. Forish tumani hokimligi kanali sizga Forish tumani so'nggi hodisalari va tadbirlari haqida ma'lumot beradi. Agar siz Forish tumani a'zosi yoki bu hududaga qiziqqan bo'lsangiz, ushbu kanal sizning uchun ideal manba bo'ladi. Xususan hokimlikning qabul kunda o'tkaziladigan tadbirlar, yangiliklar va loyihalar haqida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, Forish tumani hokimligi kanaliga obuna bo'ling! Sizning uzoq vaqt o'tkazayotgan hududingizdagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz uchun bu kanalni kuzatib boring va maqbul qilish maqsadida doimiy obuna bo'ling!

Forish tumani hokimligi

15 Feb, 03:24


15-FEVRAL OB-HAVO PROGNOZI.

Bugun kunduzi Toshkent viloyatida ertalab qor yog’adi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq.

Poytaxtimizda ertalab qor yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.



ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 15 ФЕВРАЛЯ

Сегодня днем по Ташкентской области утром снег, по Кашкадарьинской, Сурхандарьинской, Самаркандской областям во второй половине дня местами дождь. По остальной территории без осадков. В отдельных районах возможен туман. Ветер 7-12 м/с. Температура 5-10° тепла.

В столице утром снег, днем без осадков. Ветер 3-8 м/с. Температура 8-10° тепла.

По горным районам местами снег, возможен туман. По горным районам Ташкентской и Наманганской областей лавиноопасно. Ветер 7-12 м/с. Температура 3° мороза-2° тепла.

Forish tumani hokimligi

15 Feb, 03:22


Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Boshlanayotgan kuningiz xayrli bo‘lsin.
Bugun 15 fevral, shanba. Dam olish kunlaringiz maroqli o'tsin.

Forish tumani hokimligi

14 Feb, 15:22


#chellenj

“Obod-xonadon, obod-ko‘cha, obod-mahalla”

Aziz hamshaharlar! Yurtimiz obod qilishga barchamiz o‘z hissamizni qo‘shaylik!

👉 @Jizzax24kanal
https://t.me/joinchat/AAAAAEb1PYV00dCr2WDOpw

Forish tumani hokimligi

14 Feb, 12:51


MILLIY LIBOSLAR O‘ZLIGIMIZ RAMZI

🌺 Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi. Milliy liboslar – o‘zligimiz va go‘zalligimiz ramzi sanaladi.

🌺 Bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ‘ib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.

🌺 Shu ma’noda “Xonbandi” mahallasida joylashgan 59-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida har juma milliy liboslar kunini targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlar – kuch, bilim va tafakkurda” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

🌺 Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, milliy o‘ziga xoslik va qadriyatlarni aks ettiradi. Ushbu tadbir doirasida o‘quvchilar va o‘qituvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosini namoyish etdilar. Shuningdek, tadbir davomida milliy liboslar ko‘rgazmasi, o‘quvchi qizlar tomonidan pazandachilik san’ati namoyish etildi.

🌺 Tadbir so‘ngida maktab o‘quvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

🌺 Milliy liboslarni kiyish nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki yosh avlodning o‘z an’ana va urf-odatlariga hurmatini oshiradi. Ajdodlarimizning bebaho merosini kiyinish madaniyati orqali targʻib qilaylik!

Forish tumani hokimligi

14 Feb, 12:20


MILLIY LIBOSLAR O‘ZLIGIMIZ RAMZI

🔹Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi. Milliy liboslar – o‘zligimiz va go‘zalligimiz ramzi sanaladi.

🔹 Bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ‘ib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.

▶️Forish tumani 18-son bolalar musiqa va san`at maktabida har juma milliy liboslar kunini targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlar – kuch, bilim va tafakkurda” mavzusida suhbat tashkil qilindi.

✔️ Milliy liboslarni kiyish nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki yosh avlodning o‘z an’ana va urf-odatlariga hurmatini oshiradi. Ajdodlarimizning bebaho merosini kiyinish madaniyati orqali targʻib qilaylik!

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

14 Feb, 12:09


AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI

🔰 Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi.

🔰 Forish tuman hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, hal etilyapti.

🔰 Forish tumani 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallasida joylashgan 25-umumta`lim maktabida Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman moliya bo‘limi boshlig‘i Shavkat Uzoqov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilovlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔰 Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi va aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

🔰 Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning kundalik vazifasiga aylangan. Bu galgi sayyor qabulda aholi tomonidan elektr energiya ta’minotini yaxshilash, tomorqani sug‘orishda oqar suv bilan ta’minlash, bolalar nafaqasini tayinlashda ko‘maklashish va shu kabi muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Ushbu murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar o‘rganish uchun tegishli tashkilotga topshirilib ijrosi nazoratga olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

14 Feb, 11:34


MILLIY LIBOSLAR O‘ZLIGIMIZ RAMZI

🌺 Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi. Milliy liboslar – o‘zligimiz va go‘zalligimiz ramzi sanaladi.

🌺 Bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ‘ib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.

🌺 Shu ma’noda “Xonbandi” mahallasida joylashgan 59-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida har juma milliy liboslar kunini targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlar – kuch, bilim va tafakkurda” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

🌺 Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, milliy o‘ziga xoslik va qadriyatlarni aks ettiradi. Ushbu tadbir doirasida o‘quvchilar va o‘qituvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosini namoyish etdilar. Shuningdek, tadbir davomida milliy liboslar ko‘rgazmasi, o‘quvchi qizlar tomonidan pazandachilik san’ati namoyish etildi.

🌺 Tadbir so‘ngida maktab o‘quvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

🌺 Milliy liboslarni kiyish nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki yosh avlodning o‘z an’ana va urf-odatlariga hurmatini oshiradi. Ajdodlarimizning bebaho merosini kiyinish madaniyati orqali targʻib qilaylik!

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

11 Feb, 13:40


RESPUBLIKA O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHI UCHUN JOYLASHUVLAR ANIQLANDI

👥 Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab fizika va kimyo fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

🗓 Fizika – 14-fevral
🗓 Kimyo – 15-fevral

🏢Jizzax viloyati bo‘yicha olimpiada joylashuvlari:
• Arnasoy tumani –8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Baxmal tumani – 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Do'stlik tumani – Do'stlik ixtisoslashtirilgan maktabi
• G'allaorol tumani –44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Sh. Rashidov tumani –13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Zarbdor tumani – 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Zomin tumani – 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Zafarobod tumani –1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Forish tumani –33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Yangiobod tuman – 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
• Jizzax shahar –6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘xatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi.

Forish tumani hokimligi

11 Feb, 13:39


TEATR – TARBIYA VA MA’NAVIYAT MASKANI

🔹Tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

✔️Forish tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanning 30-son madaniyat markazida Muqimiy nomidagi Jizzax davlat musiqali drama teatri repertuaridagi – “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” spektakli namoyish etildi.

🔹 Tomoshabinlar uchun havola etilgan sahna ko‘rinishi oilani mustahkamlash, uning baxtli hayot kechirishini ta’minlash, farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash kabi muhim masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

11 Feb, 12:23


SAYYOR QABUL: MUROJAATLARGA IJOBIY YECHIM TOPILMOQDA

🔰 Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi.

🔰 Forish tuman hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, hal etilyapti.

🔰 Forish tumani 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasida joylashgan 12-umumta`lim maktabida Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman moliya bo‘limi boshlig‘i Shavkat Uzoqov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilovlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔰 Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi va aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

🔰 Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning kundalik vazifasiga aylangan. Bu galgi sayyor qabulda aholi tomonidan elektr energiya ta’minotini yaxshilash, tomorqani sug‘orishda oqar suv bilan ta’minlash, bolalar nafaqasini tayinlashda ko‘maklashish va shu kabi muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Ushbu murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar o‘rganish uchun tegishli tashkilotga topshirilib ijrosi nazoratga olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

11 Feb, 12:09


MAXSUS TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI

▶️ Forish tuman hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2-sonli buyrug‘iga asosan Forish tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi va tuman favqulotda vaziyatlar davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishini oldini olishda favqulotda vaziyatlar davlat tashkilotlari oldida turgan vazifalar yuzasidan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.

▶️ Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulot davomida favqulotda vaziyatlar davlat tashkilotlari xodimlari odamlar va hayvonlarda quturish kasalligi tarqalishining oldini olish borasida yetarli malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

07 Feb, 13:58


“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) ga muvofiq Jizzax viloyatida "Pilot" loyiha uchun auksion savdolariga chiqariladigan tuman zaxirasidagi yer maydonlari to‘g‘risida MA’LUMOT

Viloyat bo’yicha jami - 511,7 ga

Arnasoy tumani - 94 ga
Paxtakor tumani - 40 ga
Zarbdor tumani - 101,1 ga
Sh. Rashidov tumani - 52,4 ga
Do'stlik tumani - 131,4 ga
Mirzacho'l tumani - 47,8 ga
Zafarobod tumani - 45 ga

Forish tumani hokimligi

07 Feb, 13:58


SAYYOR QABUL

Forish tumani “Osmonsoy" MFYda joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Maxsudov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔸Sayyor qabulda Forish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elnora Ummatova, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo'ldoshev, tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari, “Mahalla yettiligi” va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullarining ishtiroki ta’minlanib, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va tegishli javob qaytarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi, muammolarni hal qilib berish uchun zarur choralar ko‘rildi.

🔹Tadbirda 40 nafardan ziyod Oybek nomli,“Oqtepa”, “Sayyod”, “Uchquloch”, "Osmonsoy" MFYlarda yashovchi fuqarolar ishtirok etib, ulardan 2 nafari oilasi og‘ir ijtimoiy holatga tushganligi sababli ularga moddiy yordam ko‘rsatish masalasida, 6 nafari o‘zlari va yaqin qarindoshlariga nogironlik belgilanishi masalasida, 4 nafari POM va RTV bilan ta’minlash masalasida, 5 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va bepul davolanish uchun order, sanatoriyda davolanish uchun yo‘llanma masalasida, 2 nafari boshqa masalalarda murojaat qilishdi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga oid 5 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, 4 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan
huquqiy tushuntirish berildi.

🔸Qolgan murojaatlarning mazmuni va taalluqligidan kelib chiqib, ko‘rib chiqish va ijobiy hal etilishi vaqt talab qilishi sababli , ularning ijrosini nazoratga olish maqsadida tegishli mazmudagi Bayon rasmiylashtirildi.

🔹Shu bilan birga, Ijtimoiy inspeksiya tomonidan sayyor qabul vaqtida fuqarolarga ko‘rsatilishi nazarda tutilgan ijtimoiy xizmat va yordamlarning turlari, ulardan foydalanish tartib-qoidalari haqida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zarur tushuntirishlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

07 Feb, 12:43


“OQTOM” MAHALLASI OBOD MASKANGA AYLANADI

Forish tumanidagi "Oqtom" mahalla fuqarolar yig`inida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ Bugungi kunda “Oqtom” mahallasida obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, aholi xonadonlari, hovli joylar, ko‘chalarni, ijtimoiy soha ob’ektlari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jaddallik bilan olib borilmoqda.

▶️ Aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mahalla qiyofasini yanada yaxshilash yo'lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida mahalla obod maskanga aylanadi.

📝Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

07 Feb, 12:29


KENG KO‘LAMLI BUNYODKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Forish tumanidagi "Oqtom" mahalla fuqarolar yig`inida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush tarzini, farovonligini oshirish maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.

🔰“Oqtom” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida ichki yo‘llarni shag‘allashtirib, tekislash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xizmatchilari faol ish olib borishmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

07 Feb, 12:17


“OQTOM” MAHALLASI OBOD MASKANGA AYLANADI

📌 Ayni kunlarda Forish tumanidagi “Oqtom” mahalla fuqarolar yig'ini hududida “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” mezonlari asosida keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish tadbirlari olib borilmoqda.

📌 Bugungi amaliy tadbirlar davomida mahallaning ichki ko'chalariga shag'al yotqizilib, tekislandi. Ko'chalardagi daraxtlar va devorlar oqlanib, yo'l chetlari chiqindilardan tozalandi.

📌 Aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mahalla qiyofasini yanada yaxshilash yo'lida olib borilayotgan ushbu ezgu ishlar davomida xonadonlar va ma'muriy binolar atroflari obodonlashtirilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

27 Jan, 12:24


“OQTOM” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Forish tumanidagi "Oqtom" mahalla fuqarolar yig`inida "Obod mahalla, obod koʼcha va obod xonadon" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash va ogʼir hudud toifasidan chiqarish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ “Oqtom” mahallasida obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, aholi xonadonlari, hovli joylar, ko‘chalarni, ijtimoiy soha ob’ektlari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlir jaddallik bilan olib borilmoqda.

Ayni kunda “Oqtom” mahallasida aholi xonadonlarida bahorgi ekin ekish ishlariga hozirlik ko‘rish maqsadida yerlar haydalmoqda. Shuningdek, aholi daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va ishsiz aholini ish bilan ta’minlash maqsadida aholi tomorqalarida tuman hokimligi tashabbusi bilan issiqxona tashkil etish uchun joy hozirlab berilmoqda.

🔰Forish tumanidagi "Oqtom" mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

27 Jan, 11:17


FORISH TUMAN HOKIMI AHOLINI TADBIRKORLIKKA YO‘NALTIRISH, OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YUZASIDAN AHOLI BILAN MULOQOTLAR O‘TKAZMOQDA

🔸 Forish tumani “Oqtom” mahallasida ayni kunda “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon”, “Obod mahalla” dasturi doirasida ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸 Dastur doirasida mahallada yashovchi aholining daromadini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida ham ishlar olib borilmoqda.

🔸 Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev xonadonma-xonadon yurish orqali aholi bilan xonadonlarda tomorqani rivojlantirib ko‘proq daromad olish, har bir xonadonda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, xizmat ko‘rsatish sohalarini yo‘lga qo‘yish, issiqxonalar tashkil etish yuzasidan suhbatlar o‘tkazmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

27 Jan, 11:08


FORISH TUMAN HOKIMI “OQTOM” MAHALLASIDA BO‘LIB, MAHALLANI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TEGISHLI KO‘RSATMA VA TOPSHIRIQLAR BERDI

➡️ Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasida bo‘lib, mahallada “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturini amalga oshirish, mahallani obodonlashtirish, hovli-joylarni tartibga keltirish yuzasidan navbatdagi shtab yig‘ilishini o‘tkazdi.

➡️ Yig‘ilishda kunlarning isishidan unumli foydalangan holda mahalladagi obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, aholi xonadonlari, hovli joylar, ko‘chalarni, ijtimoiy soha ob’ektlari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan zarur topshiriqlarni berdi.

➡️ Shuningdek, yig‘ilishda har bir korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga belgilangan ishlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalarni berdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Jan, 12:21


Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlarining tezkor tadbirida yer sotish bilan bilan bogʻliq qonunbuzarlikka chek qoʻyildi. Xususan, Sharof Rashidov tumanida yashovchi tadbirkor investitsiya kiritishi sharti bilan ajratilgan yer maydonining 30 sotixini sotib, haridordan kelishilgan pullarning 500 million soʻmini olgan vaqti protsessual tartibda ushlangan.

Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish

Forish tumani hokimligi

24 Jan, 11:01


TIBBIYOTDAGI ISLOHOTLAR INSON QADRI UCHUN

⚡️ Forish tumanining 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida viloyat va tuman tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. O‘tkazilgan mazkur tibbiy ko‘rik davomida aholi malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.

🔹 Tibbiy ko‘rikda terapevt, travmatolog, okulist, kardiolog, akusher ginekolog, dermatolog va OITS markazi mutaxassislari ishtirok etishib, aholi salomatligini ko‘zdan kechirishdi.

🔹 Tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarga ambulator va statsionar tartibda davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

🔹 Shuningdek, aholi uchun malakali mutaxassislar tomonidan jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish mavzusida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Jan, 07:27


Toshkent, Oʻzbekiston

23.01.2025


Ташкент, Узбекистан

23.01.2025

Forish tumani hokimligi

24 Jan, 07:00


КИМЛАРГА ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАНГАНДА УСТАМА ҲАҚ ҚЎШИБ БЕРИЛАДИ?

❇️ Қонунчиликка мувофиқ пенсияларга устама ҳақлар қуйидаги шахсларга берилади:

➡️ I гуруҳ уруш ногиронларига;
➡️ – II гуруҳ уруш ногиронларига;
➡️ – Кўзи ожизлик бўйича I гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга;
➡️ – I гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга;
➡️ – II гуруҳ ёлғиз ногиронлиги бўлган шахсларга;
➡️ – уруш қатнашчилари ва уларга тенглаштирилганшахсларга;
➡️ – 1941 — 1945-йиллардаги уруш даврида мамлакат ичкарисида ишлаган ва ҳарбий мажбуриятни бажарган шахсларга;
➡️ – вафоти ҳарбий хизмат ёки ички ишлар органларидаги,Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардиясидаги хизмат мажбуриятларини бажариш билан боғлиқ бўлган ҳарбий хизматчиларнинг ҳамда ички ишлар органлари, Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси ходимларининг ота-оналарига ва янги никоҳдан ўтмаган бева хотинларига (бева эрларига);
➡️ – Ўзбекистон Республикаси олдида алоҳида хизматлари бўлган шахсларга;
➡️ – ёшидан қатъи назар имтиёзли пенсияга чиқиш ҳуқуқига эга бўлган артистларга;
➡️ – театр-концерт ташкилотлари артистлари ва бадиий ходимларига, театр ва мусиқа санъати ижодий ходимлари тайёрловчи ўқув муассасаларининг профессор-ўқитувчилари ва концертмейстерларига.

Мазкур тоифа шахсларнинг пенсияларига қўшиб бериладиган устамалар миқдорлари ҳақида “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонуннинг 28-моддасида белгилаб қўйилган.

Ёрқин НУРҚУЛОВ,
бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Фориш туман бўлими бошлиғи.

Forish tumani hokimligi

24 Jan, 06:56


NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI

♻️ Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Forish tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi.

♻️ Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʼrifat soati”ning bu galgi sonida ham davlat xizmatchilari uchun muhim mavzular yuzasidan tayyorlangan kontentlar taqdim etildi.

♻️ Ushbu “Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali namoyish etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

20 Jan, 11:02


MAHALLA INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA

Forish tumanining barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida asosiy va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, ayni kunda tumanning 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasida "Obod mahalla, obod koʼcha va obod xonadon" dasturi doirasida ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari olib borilyapti.

Yo‘llar sifatini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar tumanning barcha mahallalarida keng quloch yoymoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

20 Jan, 10:54


“OQTOM” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Forish tumanidagi "Oqtom" mahalla fuqarolar yig`inida "Obod mahalla, obod koʼcha va obod xonadon" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash va ogʼir hudud toifasidan chiqarish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ Bugungi ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda “Oqtom” mahallasida obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, aholi xonadonlari, hovli joylar, ko‘chalarni, ijtimoiy soha ob’ektlari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jaddallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, tuman madaniyat bo‘limi jamoasiga biriktirilgan xonadonlarda tozalash ishlari olib borilmoqda. Xonadonlardagi tomorqalarda koʻchat ekish uchun joy tayorlanmoqda, tomorqaga ishlov berilib, devorlar ohaklanmoqda.

🔰 Forish tumanidagi "Oqtom" mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

20 Jan, 10:34


MAHALLADA AHOLI O`RTASIDA TUSHINTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🔰Forish tumani “Oqtom” mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi doirasida ishlar davom etmoqda.

➡️Mazkur dastur doirasida mahalladagi barcha xonadonlarda ham obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilishi, xonadon egalari tomonidan hovli joylar tartibga keltirilib, uy-joylar, yordamchi xo‘jalik binolari ta’mirlanishi lozim.

🔶Shu maqsadda kadastr agentligi Forish tuman bo'limi xodimlari “Oqtom” mahallasida o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarda bo‘lib, “Obod mahalla, obod xonadon, obod ko‘cha” dasturining maqsad vazifalari, xonadon egalari tomonidan uy-joylarni ta’mirlab, hovli joylarni tartibga keltirish yuzasidan tushintirish ishlarini olib borishmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

20 Jan, 07:19


ERTA TURMUSH VA ERTA TUG‘RUQLARNI OLDINI OLISH BORASIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

🔰 Forish tumani 2-sektor hududidagi “Qoraabdol ota” mahallasida joylashgan 69-umumta’lim maktabida maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyundagi 50-2022-soli bayoni 19.2-bandi ijrosi yuzasidan mahalla xotin-qizlar faoli, mahalla patronaj hamshirasi va mahalladagi faol ayollar, onaxonlar ishtirokida “Erta tug‘ruq va erta nikohning salbiy oqibatlari” va “Istalmagan homiladorlik” mavzusida targ‘ibot tadbirlari va davra suhbat o‘tkazildi.

🔰 Tadbirda qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, qizlarni turmushga tayyorlash, ular o‘rtasida kiyinish madaniyatiga e’tibor berish hamda qizlar o‘rtasidagi milliy mentalitetimizga mos kelmaydigan xatti-harakatlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

🔰 Shuningdek, davra suhbatida qizlar tarbiyasi, oilada onalarning o‘rni, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, erta turmush va erta tug‘ruqlarni oldini olish, xonadonlarda gigiena talablari hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish borasida fikr-mulohazalar ham bildirildi.

🔰 Suhbat jarayonida qizlar o‘rtasida psixologik suhbatlar, sport tadbirlari, kitobxonlik tanlovlari o‘tkazish orqali yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, kelgusida oliy o‘quv yurtlarida o‘qishlari uchun munosib poydevor yaratish masalalarida ham takliflar bildirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

13 Jan, 11:38


OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🔸 Forish tumanidagi “Oqtom” mahallasida “Obod xonadon, obod koʼcha, obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ogʼir hudud toifasidan chiqarish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸 Jumladan, yo‘l chetlari, ariqlar turli chiqindilardan tozalanmoqda va qurugan daraxt shoxlari kesilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

13 Jan, 10:54


HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLAGA OLIB BORUVCHI YO‘L TA’MIRLANMOQDA

📌 Forish tumanidagi barcha mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada mahallalarda hasharlar tashkil etilib, aholi va yoshlar hasharlarda faol ishtirok etishmoqda.

📌 Ayni kunda tumandagi “Qizilqum” mahallasida hashar tashkil etilib, mahallaga olib boruvchi yo‘l ta’mirlanmoqda. Hashar davomida Forish – Qizilqum avtomobil yo‘liga qum-shag‘al aralashmasi to‘shab chiqildi.

📌 Mahallada aholining birlik va hamjmihatligi ko‘p narsani hal etadi.

📌 Bu kabi xayrli ishlar tumanning eng uzoq va chekka qishloq va mahallalarida ham amalga oshirilayotgani aholini uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilib, mamnun etmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

13 Jan, 10:19


YOSH TADBIRKOR – ELGA MADADKOR

📌 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, bugungi kunda mazkur sohani jadallik bilan rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning safini yanada kengaytirish va rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor bilan yondashilyapti.

📌 Yurtboshimiz rahnamoligida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizning o‘z biznes loyihalarini hayotga tatbiq etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

📌 Sherzod Jonabulov yosh tadbirkorlardan. U 20 million o‘z mablag‘i hisobidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Textile SO” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ochdi. Bu yerda kesilgan gilam chetlarini tikish, naqd va muddatli to‘lovlar asosida gilam xarid qilish mumkin.

📌 Mas’uliyati cheklangan jamiyatining yana bir qulay va afzal tomoni shundaki, xarid qilingan gilamlar buyurtmachining uyiga yetkazib beriladi. Yetkazish xizmati bepul.

📌 Korxona ishga tushgach 3 nafar vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ish bilan ta’minlandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

13 Jan, 10:17


FORISH TUMAN HOKIMI “OQTOM” MAHALLASIDA BO‘LIB, MAHALLANI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TEGISHLI KO‘RSATMA VA TOPSHIRIQLAR BERDI

➡️ Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Qahramon Nazarov bilan 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasida bo‘lib, mahallada “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturini amalga oshirish, mahallani obodonlashtirish, hovli-joylarni tartibga keltirish yuzasidan navbatdagi shtab yig‘ilishini o‘tkazdi.

➡️ Yig‘ilishda kunlarning isishidan unumli foydalangan holda mahalladagi obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, aholi xonadonlari, hovli joylar, ko‘chalarni, ijtimoiy soha ob’ektlari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan zarur topshiriqlarni berdi.

➡️ Shuningdek, yig‘ilishda har bir korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga belgilangan ishlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalarni berdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

01 Jan, 09:41


Forish tuman hokimligi muassisligidagi «Forish tongi» gazetasining 2025 yil 1 yanvar kungi 1-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.

Forish tumani hokimligi

01 Jan, 05:35


Юксак марралар сари интилаётган ёш тадбиркор (+видео)

2024 йил – Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили, деб эълон қилингач ёш тадбиркорларга янада кенг йўл очилди. Давлатимиз раҳбарининг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти ишбилармонларнинг ўзига бўлган ишончини орттирди.

📽 https://youtu.be/YxWti84Z7is

Батафсил: https://uza.uz/posts/673394

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Forish tumani hokimligi

01 Jan, 05:35


Yangi yil – bu butun dunyo bolalari uchun mo‘jizalar va orzularning ushalish davridir.

Ularning tinch hayot haqidagi orzulari amalga oshsin!

-

Новый год — время чудес и исполнения желаний для детей всей земли.

Пусть мечты этих ребят о мирной жизни сбудутся!

Forish tumani hokimligi

01 Jan, 05:35


Yangi Yilingiz bilan!
-

С Новым Годом!

🎄

Forish tumani hokimligi

31 Dec, 19:08


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forish tumani hokimligi

31 Dec, 13:31


Фориш тумани ҳокими Икром Матиеа сектор раҳбарлари ҳамда масъуллар иштирокида туман Тиббиёт бирлашмасининг бўлимларида даволанаётган беморлар ва болажонлар ҳузурида бўлди.

Унда туман ҳокими беморлар билан мулоқот қилди.

- Барчангизни яқинлашиб келаётган Янги 2025 йил билан қизғин қутлайман. Дунёда ҳеч ким бетоб бўлмасин. Сизлар ҳам тезда соғайиб, оилангиз бағрига қайтишингизга тилакдошман,-дейди Икром Матиев.

Шу куни тиббиёт бирлашмасидаги 20 дан ортиқ беморларга байрам совғалари тақдим этилди.

Фориш туман ҳокимлиги ахборот хизмати

Forish tumani hokimligi

31 Dec, 10:30


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forish tumani hokimligi

31 Dec, 08:25


🎄❄️Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги жамоаси кириб келаётган янги — 2025 йил муносабати билан барча юртдошларимизни самимий қутлайди. Янги йил — мамлакатимиз келажаги ва тараққиёти учун кенг кўламли ислоҳотларимизни амалга оширишда ўзига хос йил бўлсин.

Юртимизга тинчлик, халқимизга мустаҳкам соғлик ва фаровонлик тилаймиз!

Каналга уланиш — @argos_uz

Forish tumani hokimligi

31 Dec, 04:51


ФОРИШ ТУМАН ҲОКИМИ ИКРОМ СИНДАРОВИЧ МАТИЕВНИНГ ТУМАН АҲЛИГА ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Азиз юртдошлар!
Муҳтарам дўстлар!


Манашу файзли дамларда янги 2025 йилни кутиб олаётган Сиз азиз юртдошларимни ушбу қутлуғ айём билан табриклаб, барчангизга ҳурмат ва эҳтиромимни билдирмоқчиман.
Якунига етаётган 2024 йилда машаққатли меҳнатимиз билан тарраққиёт йўлида муҳим марраларга эришдик. Инсон қадрини улуғлаш, халқимизни рози қилиш, камбағалликни қисқартириш ва муносиб турмуш шароити яратиш борасида янги қадамлар қўйдик.
Дунёдаги ғоят мураккаб вазият, глобал инқирозга қарамасдан, иқтисодиётимиз ривожланмоқда. Деҳқон ва фермерларимизнинг фидокорона меҳнати билан мўл ҳосил етиштирилди. Саноат, қурилиш, хизмат кўрсатиш, туризм соҳалари жадал ривожланмоқда. Маҳаллаларимиз, қишлоқларимиз обод бўлмоқда. Янги иш ўринлари яратилиб, аҳоли даромадлари ва ҳаёт даражаси ошмоқда.

Қадрли юртдошлар!

Якунига етаётган 2024 йил ҳам мамлакатимиз ҳаётида тарихий воқеаларга бой бўлди. 27 октябрь куни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасига ва маҳаллий Кенгашлар депутатлигига сайловлар бўлиб ўтди. 18-19 ноябрь кунлари Президентимиз Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Олий Мажлис Сенатининг биринчи ялпи мажлисларида иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётининг янги вазифаларини белгилаб берди. Муҳтарам Президентимиз тшаббуси билан 2025 йил мамлакатимизда “Атроф-муҳитни асраш ва яшил иқтисодиёт йили” деб эълон қилинди.

Азиз дўстлар!

Ўтган давр мобайнида давлатимиз раҳбари ва ҳукуматимиз томонидан белгилаб берилган вазифаларнинг амалий натижаси бугун ўзини яққол намоён этиб турибди. Чунки одамларимизнинг турмуш тарзини янада яхшилаш, инсон манфаатларини ҳамма нарсадан устун эканлигини таъминлаш йўлида амалга оширилган ишлар ўз самарасини бермоқда.
Якунланган 2024 йилда барча соҳаларда халқимизнинг фидокорона меҳнати, жипслиги эвазига катта ўзгаришлар амалга оширилди. Замонавий корхоналар, уй-жойлар, йўллар, кўприклар қурилди. Таълим, тиббиёт, маданият ва спорт масканлари барпо этилди. Энг муҳими халқимизнинг давлатга бўлган ишончи ортмоқда. Турмуш фаровонлиги ошиб, қадриятларимиз ҳаётимизнинг мазмунига айланмоқда.
Мамлакатимизда муҳтарам Президентимиз Шавкат Миромонович Мирзиёев ташаббуси билан «Инсон қадри учун» деган тамойил асосида юртдошларимизга муносиб турмуш шароитини яратиш, кам таъминланган, ижтимоий кўмакка муҳтож аҳолини ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш борасида изчил ишлар амалга оширилаяпти.
Туманда ижтимоий кўмакка муҳтож аёллар ва ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш мақсадида «Аёллар дафтари» ва «Ёшлар дафтари» жорий этилди. 2450 нафар кўмакка муҳтож хотин-қизлар «Аёллар дафтари»га, 658 нафар ёшлар эса «Ёшлар дафтари»га киритилди.
Бугунги кунда туманда қурилиш, ободонлаштириш, маҳаллалар қиёфасини ўзгартириш ишлари давом этмоқда. Муҳтарам Президентимизнинг маҳаллалар ободлигини таъминлаш борасидаги ташаббуси асосида “Ўзбекистон” маҳалласида “Обод хонадон – обод кўча – обод маҳалла” дастури доирасидаги ишлар олиб борилмоқда.
2024 йилда “Нурак” маҳалласидаги 8-умумтаълим мактаби биноси реконструкция қилинди. “Сайёд” маҳалласидаги 29-умумтаълим мактабига янги спорт зал қуриб берилди. “Эгизбулоқ” маҳалласида йилига икки миллион тонна цемент ишлаб чиқарадиган цемент заводи қуриб фойдаланишга топширилди. Натижада 450 та янги иш ўринлари яратилди.
Янги йил арафасида “Ўзбекистон” маҳалласида “Экобозор”, “Қораабдол ота” маҳалласи Шохусмон қишлоғида 60 ўринли давлат мактабгача таълим ташкилоти қурилиб, фойдаланишга топширилди.
“Оқтепа” маҳалласининг намунавий уй-жойлар бунёд этилган Тутак массивида янги 330 ўринли мактаб биноси қурилиши якунланиш арафасида.
2023 – 2024 йилларда Фориш туманига аҳоли турмуш даражасини юксалтириш учун давлат дастурлари доирасида 98,1 млн. сўм маблағ ажратилиб, 94 километр ичимлик сув тармоқлари, 78,5 км. автомобиль йўлларига янгидан асфальт қопламаси ётқизилди, 94 км. йўллар жорий таъмирланди, 58 км. йўлларга қум-шағал аралашмаси ётқизилди, 5 км. пиёдалар йўлаги бунёд этилди, 5 км. бетон ариқлар ётқизилди ва 27,6 км. янгидан электр тармоқлари тортилди. Бу борадаги ишларимиз давом эттирилмоқда.

Forish tumani hokimligi

31 Dec, 04:51


Туманда тадбиркорликни кенг ривожлантириш, шу йўл билан аҳоли фаровонлигини юксалтириш асосий вазифаларимиздан бири бўлиб қолмоқда. Ҳар бир хонадонда узумчилик, боғдорчилик, сабзавотчилик, чорвачилик, паррандачилик, асаларичиликни ривожлантиришга, кичик иссиқхоналар ташкил этиш, ҳунармандчиликни йўлга қўйиш борасида изчил ишлар олиб борилди.
Бугунги кунда туманимизда 1192 та кичик бизнес субъектлари фаолият юритмоқда. Уларнинг сонини жорий йилда 359 тага кўпайтиришга эришилди. Туманни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш ҳудудий дастури доирасида 2024 йилда 3 трлн 781 млрд 356 миллион сўмлик 21 та лойиҳалар амалга оширилди ва 409 та янги иш ўринлари яратилиши таъминланди. Тадбиркорларимиз томонидан туманда қишлоқ хўжалигини ривожлантириш дастурига асосан асаларичилик, балиқчилик, боғдорчилик, паррандачилик, узумчилик, чорвачилик соҳаларида ҳам 5 миллиард сўмлик 2 та янги лойиҳалар ҳаётга татбиқ этилди. Саноат йўналишида базальт тошини қайта ишлаш ва қурилиш материаллари ишлаб чиқаришга ихтисослашган 9 та саноат корхоналари ишга туширилди. 2024 йилда 206 миллион 571 минг долларлик инвестициялар тўғридан тўғри ўзлаштирилди. Турли йўналишлар бўйича 8678 та янги иш ўринлари яратилди.
Муҳтарам Президентимиз Шавкат Миромонович Мирзиёев раҳбарлигида барча соҳаларда амалга оширилаётган ислоҳотлар юртимиз равнақи ва халқимиз турмуш фаровонлигини юксалтиришга қаратилган Президентимизнинг «Халқ давлат идораларига эмас, давлат идоралари халққа хизмат қилиши керак» деган тамойил кундалик фаолиятимизнинг мезонига айланган.

Қадрли юртдошлар!

2024 йил мамлакатимиз тарихида унутилмас йил сифатида муҳрланиб қолади. Янги Ўзбекистоннинг янгиланган Конституциясига «ижтимоий давлат» ибораси киритилди. Аслида «Инсон қадри» ва «ижтимоий давлат» тушунчалари бир-бири билан чамбарчас боғлиқдир.
Биз 2025 йилда Президентимиз томонидан белгилаб берилган вазифалар ижросини таъминлаш борасида тадбиркорлик ва хусусий мулкни қўллаб-қувватлаш ишларини давом эттирамиз. Туманимизни янада обод ва кўркам қилиш, халқимизнинг фаровон турмушини яратиш асосий вазифамиз бўлиб қолади. Эҳтиёжманд оилалар ва ёрдамга муҳтож инсонларни ҳимоя қилишга, аҳоли даромадини оширишга эътибор янада кучайтирилади.

Азизларим, қадрдонларим!

Ушбу ҳаяжонли дақиқаларда барчангизга дунёдаги энг катта бахт – оилавий хотиржамлик, фарзандлар, набиралар бахту камолини кўриб юриш насиб этсин! Ҳар бир оила, ҳар бир инсон мурод-мақсадига етсин. Фарзандларимиз, набираларимизнинг бахту камолини кўрайлик!
Гўзал ва бетакрор юртимиз тинч-осойишта, олийжаноб, бағрикенг халқимиз ҳамиша омон бўлсин!

2025 йилнинг қадами қутлуғ келсин!

Янги йил барчамизга муборак бўлсин!

Forish tumani hokimligi

29 Dec, 09:43


Президент Шавкат Мирзиёев:

Ўзбекистон минтақада энг қулай ва жозибадор бизнес муҳитини сақлаб қолиш учун барқарор солиқ сиёсатини давом эттиради. Ҳаётий зарур харажатларини молиялаштириш учун бюджет тушумлари қанчалик зарур бўлмасин, асосий солиқлар бўйича ставкалар ўзгартирилмайди.

Шунингдек, 2025 йил 1 январдан:

⁃ ер ёки давлат мулки ҚҚСсиз сотилади;

⁃ мобил алоқа учун акциз солиғи бекор қилинади;

⁃ шаҳар чегарасидаги қишлоқ ерларига 2 карра ер солиғини ҳисоблаш тўхтатилади;

⁃ нашриёт корхоналари фойда солиғини тўлашдан 5 йилга озод этилади;

⁃ IT парк резидентларига барча турдаги солиқларни тўлашдан озод этиш бўйича имтиёзлар 2040 йилгача узайтирилади.

Forish tumani hokimligi

29 Dec, 09:42


#Yangi_yil_BARKAMOLDA

🎉Ayni kunlarda "YANGI YIL" kirib kelishi munosabati bilan barcha hududlarda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

❄️ Jizzax viloyat Forish tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan tarmoq to`garaklarda bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.
🎄 Bayram tadbirlari o'tkazilib barcha to'garak a'zolari o'zlarini tayyorlab kelgan raqs va she'rlar bilan ishtirok etishdi.

🎊Yaqinlashib kelayotgan "YANGI YIL" barchaga muborak bo‘lsin

Forish tumani hokimligi

29 Dec, 09:38


Diyor yangiliklari

"Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz"

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Forish tumani hokimligi

29 Dec, 09:24


ЯНГИ ЙИЛ БАЙРАМ ТАДБИРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ

Фориш туманининг энг узоқ ва чекка махалласи бўлган " Гараша" маҳалласида жойлашган 80- умумталим мактабида янги йил байрам тадбири ташкил этилди

Тадбирда ўқувчилар томонидан тайёрланган байрам тадбири намойиш этилди.

Фориш туман хокимлиги ахборот хизмати

Forish tumani hokimligi

27 Dec, 07:18


MAHALLADA MADANIY TADBIR

🎤 Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi. Forish tumani madaniyat bo‘limi tomonidan belgilangan tadbirlar reja grafigiga asosan 3-sektor hududidagi “Nurak” mahallasida aholining bayram kayfiyatini ko‘tarish maqsadida madaniy konsert dasturi namoyish etildi.

🎼 Unda madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bayram juda ham sermazmun o‘tdi.

🎹 Yangi yil yangi orzular, oppoq qordek beg‘ubor, sof tuyg‘ular nishonasidir.

🎤 Dastur davomida o‘tkazilgan turli xil shoular, ajoyib kuy-qo‘shiqlar bayramga tashrif buyurgan yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

🎼 Konsert tadbiriga mahalla aholisi va yoshlar jalb etildi.

🎤 Bayram tomoshalari davom etadi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

27 Dec, 07:13


“BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI” TASHKIL ETILDI

♻️ Forish tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi hamda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida tumanning “Osmonsoy” mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

♻️ Unda tumandagi 11 ta korxona, tashkilot, muassasalar, kichik biznes sub’ektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 34 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

♻️ “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida bir qancha fuqarolar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

27 Dec, 07:08


ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKALARI DAVOM ETMOQDA

🔹 Yangi yil oldidan Forish tumanining qator mahallalarida aholi gavjum joylarda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

🔸 Forish tumanining “Sayyod” va “Nurak” mahallalarida ham arzonlashtirilgan ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

🔹 Mahallada tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyatini Respublika ishchi guruhi a’zolari, Forish tuman hokimligi va tuman prokuraturasi vakillari ko‘zdan kechirishdi.

🔸 Mahallalarda tashkil etilgan yarmarkada dehqon hamda bog‘bonlar tomonidan yetishtirilgan sarxil mevalar, shuningdek, asal, sut, tuxum, go‘sht, baliq, un, yog‘ umuman 50 dan ortiq turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari nisbatan arzon narxlarda xaridorlarga taqdim etilmoqda.

🔹 Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, mahalla ahlining bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishini ta’minlash, narx-navoning sun’iy oshib ketishining oldini olish maqsadida tashkil etilgan savdo yarmarkalaridan aholi mamnun bo‘lmoqda.

🔸 Aholiga qulaylik yaratish, narx-navoning sun’iy oshib ketishining oldini olish maqsadida tashkil etilayotgan ko‘chma savdo yarmarkalari tumanning boshqa mahallalarida ham tashkil etilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

27 Dec, 03:30


Президентнинг Санкт-Петербургга ташрифи: Ўзбекистон МДҲ ва ЕОИИ бўйича шериклар билан яқин ва самарали ҳамкорликни ривожлантириш тарафдори

Визит Президента в Санкт-Петербург: Узбекистан привержен развитию тесного и продуктивного сотрудничества с партнерами по СНГ и ЕАЭС

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forish tumani hokimligi

27 Dec, 03:30


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Евроосиё иқтисодий кенгаши мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Высшего Евразийского экономического совета

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forish tumani hokimligi

27 Dec, 03:29


27-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda 12° iliqqacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9°  iliq bo‘ladi.
__

ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 27 ДЕКАБРЯ

Сегодня днем без осадков. В отдельных районах возможен туман. Ветер 7-12 м/с. Температура 5-10° тепла, местами до 12° тепла.

В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с. Температура 8-10° тепла.

По горным районам без осадков. В отдельных районах возможен туман. Ветер 7-12 м/с. Температура 4-9° тепла.

Forish tumani hokimligi

27 Dec, 03:29


Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Boshlanayotgan kuningiz xayrli bo‘lsin.
Bugun 27 dekabr, juma.

Forish tumani hokimligi

26 Dec, 12:24


XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Sessiyaga tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

🔹 Sessiyani deputat Botir Karimov boshqarib bordi.

🔹 Sessiyada dastlab deputatlar tuman mahalliy byudjetinining 2024-yilga kutilayotgan ijrosi hamda 2025-yilga mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari haqidagi masalani qarab chiqdilar. Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman moliya bo‘limi mudiri Shukur Qoraboev axborot berdi.

🔹 Shundan so‘ng sessiyada tuman soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho‘basi boshlig‘i Shahboz Egamberdiyev Forish tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2024-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov Forish tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orilishini yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash to‘g‘risidagi axborotlarini tingladilar.

🔹 Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari Elnora Ummatovaning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida”gi axboroti ham eshitildi.

🔹 Shuningdek, sessiyada Forish tuman hokimining qarorini tasdiqlash haqidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda tuman hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Bobir Karimov axborot berdi.

🔹 Sessiyada deputatlar bir ovozdan Elnora Ummatovani tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqladi.

🔹 Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Dec, 13:13


FORISH TUMANINING ENG CHEKKA MAHALLARIDA "YANGI YIL" BAYRAMI OLDIDAN ARZONLASHTIRILGAN QISHLOQ XOʻJALIGI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YARMARKALARI TASHKIL ETILMOQDA.

Aholining bayram dasturxoni toʻkin boʻlishini taʼminlash, narx-navo keskin oshib ketishining oldini olish hamda oziq-ovqat xavfsizligi maqsadida tashkil etilayotgan yarmarkalarda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, tuxum, goʻsht, un kabi ko'plab turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda.

Bugun tumanning Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh “Istiqlol” va “Darboza” mahallarida ham ko'chma savdo yarmarkasi tashkil etilib, aholiga yangi va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, mevalar, salqin ichimliklar, umuman olganda, kundalik ehtiyoj uchun eng kerakli noz-neʼmatlar yetkazildi.

Shu bilan birga, narxlarning asossiz oshirilmasligi hamda oziq-ovqat xavfsizligi yuzasidan tuman hokimligi va IJQK departamenti tuman bo'limi tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Dec, 11:20


“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

🔰🔹Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-sonli farmoni ijrosini ta’minlash, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.

🔹Forish tumanida ijtimoiy himoya yagona reestrida turuvchi kambagʻal oilalarga biriktirilgan tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari bo‘limi boshlig‘i Qobil Xidirov va “Egizbuloq” mahallasi hokim yordamchisi Aliddin Erxonov bilan “Egizbuloq” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini o‘rganib borishmoqda.

🔸O‘rganish davomida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish va shu orqali ular daromadini oshirish borasida ishlarni olib borishayapti.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Dec, 10:58


MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasida bo‘lib, xonadonma-xonadon yurish orqali aholi muammolarini o‘rgandi. Aholi bilan muloqot qildi.

Shuningdek, tuman hokimi mahallada tadbirkor Alisher Ahmedov tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, qish mavsumida uning isitilishi bilan tanishdi. Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi holatiga e’tibor qaratdi.

O‘rganish davomida mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Dec, 10:54


2017-2024 йилларда мактабгача ва мактаб таълими тизимида амалга оширилган қурилиш-таъмирлаш ишлари статистикаси.

@rezonans24

Forish tumani hokimligi

24 Dec, 10:54


#poytaxt
Toshkent │"Poytaxt" Informatsion dasturi │23 Dekabr

Facebook | Instagram | Telegram | Uztv.tv │ Youtube

Forish tumani hokimligi

24 Dec, 10:49


MAHALLADA “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI” TASHKIL ETILDI

🔰 Forish tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi hamda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida tumanning Amir Temur nomli mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔰 Unda tumandagi 11 ta korxona, tashkilot, muassasalar, kichik biznes sub’ektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 34 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

🔰 “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida bir qancha fuqarolar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

07 Dec, 09:42


KORRUPSIYA TINCHLIK VA TARAQQIYOTIMIZGA TAHDID

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish lozim!

Korrupsiya – har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.

Shu munosabat bilan 2023-yil 9-dekabr kuni Meksikada Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 9-dekabr kunidan boshlab “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Kadastr agentligi Forish tuman bo‘limida “Forish tongi” gazetasi va tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi jamoat fondining “Qonun hamisha ustuvor” grand loyihasi doirasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Korrupsiya jamiyat taraqqiyotini, tinchligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini izdan chiqaradi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda kadastr agentligi Forish tuman bo‘limi xodimlari, ishchi-xizmatchilari va bu yerga tashrif buyuruvchi aholi ishtirok etdi.

Tadbirda tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Ollomberdi Saidmurodov “Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini izdan chiqaradi” mavzusida ma’ruza qildi.

Korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, tadbirda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

07 Dec, 08:46


ZAKOVAT INTELLEKTUAL O'YINI

🔰 Forish tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" nomli “Zakovat” intellektual o'yini o'tkazildi.

🔰 “Zakovat” intellektual o'yinida 3 ta jamoa bellashdilar.

🔰 Jamoalarning ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga ko‘ra hisoblab chiqildi. Zakovat intellektual o‘yinini ochiq va shaffof o‘tkazish, jamoalarni kuzatib borish maqsadida Nizom qoidalari asosida komissiya a’zolari ushbu o‘yinni kuzatib bordishdi.

🔰 Ishtirokchilarga har bir savol uchun 1 daqiqa vaqt ajratildi. O‘yin natijalariga ko‘ra, “Bilimdonlar” jamoasi faxrli 1-o'rinni egallab esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🔰 Bellashuv so'ngida faol qatnashchilarga ham hakamlar hay’ati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

07 Dec, 08:17


❗️❗️❗️

Конституциянинг 32 йиллиги муносабати билан 483 киши афв этилди


Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармони эълон қилинди.

Фармон билан афв этилган 483 нафар шахсларнинг 107 нафари жазодан тўлиқ озод қилинади, 275 нафари жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинади, 7 нафарига тайинланган жазо енгилроқ жазо билан алмаштирилади.

Шунингдек, 94 нафар шахсга тайинланган озодликдан маҳрум этиш жазосининг муддатлари қисқартирилади.

Каналимизга обуна бўлинг ва энг сўнгги янгиликларни кузатиб боринг


|Тelegram  | Facebook | Dzen | YouTubе

Forish tumani hokimligi

07 Dec, 08:10


KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOTIMIZ VA TARAQQIYOTIMIZ ASOSI

❇️ Forish tumani “Forish tongi” gazetasi va tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi jamoat fondining “Qonun hamisha ustuvor” grand loyihasi doirasida tumandagi Amir Temur nomli mahallada joylashgan 55-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

❇️ Barchamizga ma’lumki, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan. 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.

❇️ Tadbirda tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Ollomberdi Saidmurodov “Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini izdan chiqaradi” mavzusida ma’ruza qildi. Korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berdi.

❇️ Tadbirda xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi ekani, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tkazilgani ochib berildi.

❇️ Shuningdek, mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati yoritib berildi.

❇️ Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob oldilar.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

23 Nov, 11:28


Forish tuman “Nurota” davlat qo'riqxonasidagi so'lim tabiat manzarasi. Ko'rib zavqlanamiz.

Forish tumani hokimligi

23 Nov, 11:27


NAZORAT TADBIRLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

🔹 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi huzuridagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti”ga qarashli Forish tumanidagi “Nurota” davlat qo‘riqxonasi xodimlari qo‘riqxonadagi mavjud hayvonot va nabotot olamini avaylab-asrash va uni yanada ko‘paytirish borasidagi ishlarni amalga oshirishmoqda.

🔹 Ayni kunda qo‘riqxona xodimlari o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash maqsadida muntazam ravishda nazorat tadbirlarini olib borishmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

23 Nov, 11:25


MAHALLALARDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRLARI

📃 Bugungi kunda adliya organlari oldida g‘oyat muhim – aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishdek g‘oyat muhim vazifalar turibdi.

📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli qarorida ham bu borada muhim vazifalar belgilab berilgan.

📃 Forish tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari ham davlatimiz rahbari farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi mahallalarga chiqib, aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatishmoqda.

📝 Shuningdek, tumanning barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Adliya kuni” tadbirlari tashkil etilib, aholiga bepul huquqiy maslahat va ko‘maklar berishayapti hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilariga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

📝 Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi tumanning “Egizbuloq” mahallasida tashkil etildi.

📃 Tadbir davomida aholiga mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonunlar, qonunlarga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berilib, aholiga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko‘rsatildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

23 Nov, 09:07


🌳“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI

🌱Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlanib nomiga munosib bo‘lgan makonni yaratish, atrof-muhitni bog‘-rog‘ga aylantirish bugunga kunda umumxalq harakatiga aylandi.

🌱 Forish tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ va yashil maydonlar tashkil etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

🌿Forish tuman “Xonbandi” mahallasida joylashgan 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zuxra G'oziyeva va Milliy Tiklanish demokratik partiyasi vakillari tomonidan yashil makon umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt kòchatlari ekildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

20 Nov, 15:12


Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi
sport musobaqalarida idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida 2024-yil 21-noyabr kuni soat 10:00 da Qo'lba MFY 12-sonli umumta'lim maktabida sportning Mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o'tkazilishi belgilangan ushbu musobaqaga ishtirok etuvchi tashkilot xodimlarini taklif qilamiz.
Izoh: Ushbu musobaqada idora va tashkilot xodimlari o'rtasida 2 bosqichda o'tkaziladi.
idora tashkilot jamoasining talabnomasi, raxbar buyrug'i, shaxsini tasdiqlovchi xujjad bo'lishlari va
yoshi 45 yoshdan oshmagan bo'lishi kerak. Barcha berilgan nizom shartlariga rioya qilmagan
jamoalar musobaqada qatnasha olmaydi
.

Aloqa uchun Sport maktabi o'rinbosari. tel: 99-012-93-12

Forish tumani hokimligi

20 Nov, 12:49


FORISH TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA BETALAFOT O‘TKAZISH YUZASIDAN O'RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA

🔹 Forish tumanida 2024 – 2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi, tashkilot va muassasalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan o'rganish va targ'ibot ishlari davom etmoqda.

🔹 Xususan, ishchi guruhi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uylar hamda aholi xonadonlarida kuz-qish mavsumida ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishini oldini olish maqsadida o'rganishlar olib borilib, aniqlangan kamchilik va muammolar ishchi guruh a'zolari ko'rsatmasi asosida mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

20 Nov, 12:47


Jizzax viloyatida bajarilgan qurilish ishlari qanchaga o‘sdi?

2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 931,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,8 % ga o‘sdi.

Forish tumani hokimligi

20 Nov, 11:37


“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA

♻️ Forish tumanida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan muhim “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida turli sport tadbirlari, qiziqarli musobaqalar tashkil etilmoqda.

♻️ Forish tumani “Qo‘lba” mahallasida joylashgan 12-umumta’lim maktabi sport majmuasida tumandagi korxona, tashkilot, muassasalarda ishlovchi ishchi-xizmatchilar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, ularni muntazam sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini hayotga tadbiq etish maqsadida ishchi-xizmatchilar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

♻️ Musobaqalar qizg‘in kurashlarga boy tarzda murosasiz kechdi.

♻️ Musobaqa yakuniga ko‘ra tuman tibbiyot birlashmasi ishchi xizmatchilaridan tashkil topgan jamoa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

♻️ Tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi jamoasiga 2-o‘rin, 12-umumta’lim maktabi jamoasiga 3-o‘rin nasib etdi.

♻️ Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga va musobaqalarda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga tuman hokimligining diplomlari topshirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

20 Nov, 11:32


MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA REESTRIDA TURGAN OILALAR UCHUN YANGI BOG‘ TASHKIL ETILMOQDA

Forish tumani “Xonbandi” mahallasida ijtimoiy himoya reestrida turgan oilalar uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3 gektar yerda yangi bog‘ tashkil etilmoqda.

Ushbu bog‘da “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etilib, ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.

Ko‘chat ekish ishlarida tuman hokimi Ikrom Matiyev bosh barcha korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va mahala aholisi ishtirok etishdi.

Mazkur bog‘ga suv chiqarilib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi. Atroflari egirilmoqda. Belgilangan barcha ishlar yakunlangach foydalanish uchun ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarga bo‘lib beriladi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Oct, 12:34


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “БРИКС плюс” форматидаги саммитда сўзлаган нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите в формате «БРИКС плюс»

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the “BRICS plus” format

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forish tumani hokimligi

24 Oct, 12:34


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “БРИКС плюс” саммитининг ялпи мажлисида нутқ сўзлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на пленарной сессии саммита «БРИКС плюс».

#Mirziyoyev #sammit #BRIKS #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forish tumani hokimligi

24 Oct, 12:09


KUZ-QISH MAVSUMIDA AHOLINI UZLUKSIZ TABIIY GAZ BILAN TA’MINLASH MAQSADIDA TAYYORGARLIK ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

♻️ Forish tumanida 2024 – 2025-yillar kuz-qish mavsumiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish maqsadida ishlar olib borilmoqda.

♻️ “Forishtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari ham 2024 – 2025-yillar kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida ayni kunda tegishli ishlarni amalga oshirishmoqda.

♻️ Jumladan, “Forishtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan aholini kuz-qish mavsumida uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida tuman hududidagi tabiiy gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlari birma-bir ko‘zdan kechirib, gaz quvurlarida bo‘yoqlash ishlari olib borilmoqda.

♻️ Ushbu jarayonda aniqlangan kamchiliklar korxonadagi ta’mirlash brigadalari tomonidan bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

24 Oct, 12:04


“ADLIYA KUNI” TADBIRLARI O‘TKAZILDI

❇️ Forish tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Uchquloch” mahallasida “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazilib, aholi muammolari o‘rganildi.

❇️ Shuningdek, tadbir davomida aholi o‘rtasida qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan manzilli targ‘ibot tadbirlari ham olib borildi.

❇️ Shu bilan birga aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida aholi o‘rtasida so‘rovlar ham o‘tkazildi.

❇️ Tadbir davomida bir qancha fuqarolar murojaatlariga huquqiy tushunchalar berildi. Bir nechta fuqarolarning murojaatlari ish yurituviga olindi.

❇️ Adliya kuni tadbirlarida bir nechta fuqarolarga tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy soha ob’ektlari ko‘zdan kechirildi, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

22 Oct, 13:10


Jizzax viloyatidan 62 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

♦️Arnasoy tuman 4 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Baxmal tuman 4 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️G'allarol tuman 5 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Sh.Rashidov tuman 5 ta👉🏼 (ko'rish)
♦️Do'stlik tuman 4 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Zomin tuman 10 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Zarbdor tuman 5 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Mirzacho'l tuman 7 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Zafarobod tuman 2 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Paxtakor tuman 3 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Forish tuman 2 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Yangiobod tuman 4 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Jizzax shahar 7 ta 👉🏼 (ko'rish)

🔻Xabardor boʼlish uchun🔻
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Auksion hududiy vakillari: 998-99-2072608,99-2073608 (( soat 09:00 dan 18:00 gacha))

Forish tumani hokimligi

22 Oct, 13:10


UZEX aksiyalarini sotib olib, dividendlar olish mumkin

Siz "Xalqсhil IPO" doirasida O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) aksiyalariga taklif yubormoqchi bo'lsangiz bizga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun tel: 992072608
992073608

Aksiyalarni brokerlar orqali yoki ipo.e-auksion.uz portalida onlayn xarid qilish mumkin.

Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024 yil 28 oktyabrgacha amal qiladi.

Batafsil: www.xalqchilipo.uz

Forish tumani hokimligi

22 Oct, 12:09


Biz kelajagimiz uchun ovoz beramiz! O'z kelajagingizga befarq bo'lmang !

Saylovda ishtirok eting!

Forish tumani hokimligi

22 Oct, 12:05


🌐 Xorijda ovoz berish

Chet davlatlardagi O‘zbekiston fuqorolari saylovchilar ro‘yxatiga kirish uchun yozma shaklda xorijdagi saylov komissiyalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga saylov.mfa.uz sayti orqali elektron shaklda murojaat qiladilar.

📱 Saylov2024

Forish tumani hokimligi

22 Oct, 11:32


FORISH TUMANIDA JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI MUNOSIB TOPSHIRGAN FA'OL FUQAROLAR TAQDIRLANDI

🏆🏆🏆 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5148-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 23-son qaroriga muvofiq Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston mahallari uyushmalarining qo‘shma qaroriga asosan Forish tumani hokimligida mahallalarda istiqomat qiluvchi 30-70 yoshdagi aholidan ixtiyoriy va maxsus sport sinovlarini topshirgan erkaklar va ayollar Sport vazirligi tomonidan guvohnoma, ko‘krak nishoni va sport formalari bilan taqdirlandilar.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

22 Oct, 11:25


HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLA ICHKI YO‘LLARI TA’MIRLANMOQDA

🔹 Forish tumanida tuman hokimligi tashabbusi bilan aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mahallalarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida ishlar davom ettirilmoqda. Bu kabi xayrli ishlar tumanning eng uzoq va chekka qishloq va mahallalarida ham amalga oshirilayotgani aholini uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilib, mamnun etmoqda.

🔹 Tumanning 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasi Qo‘lba qishlog‘ida ham ayrim ko‘chalar kengaytirilib, qum-shag‘al to‘kib tekislanmaganligi aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgandi.

🔹 Tuman hokimligi tashabbusi bilan “Qo‘lba” mahallasi Qo‘lba qishlog‘ida ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari hashar yo‘li bilan amalga oshirila boshlandi. Bu ishga mutasaddi tashkilotlar bosh-qosh bo‘lishmoqda.

🔹 Hashar – xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan.

🔹 Ayni kunda Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va texnika vositalari tomonidan “Qo‘lba” mahallasida ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

19 Oct, 14:33


Kechki sayr

Muallif: Dilshod Jo'rayev
Ko'rsatuv mehmoni Forish tumani hokimi o'rinbosari Elnora Ummatova

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Forish tumani hokimligi

19 Oct, 14:14


Biz saylovda oila a’zolarimiz bilan faol ishtirok etamiz.

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani "Tuyoqli"mahallasida istiqomat qilayotgan namunali tomorqachi Shuhrat medali sohibi Abdumo‘min Karimov

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling
Telegram / Facebook

Forish tumani hokimligi

19 Oct, 14:14


Bizning mahalla saylovga tayyor, sizning mahallangiz tayyormi?

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani mahallalari xotin qizlar faollari

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling
Telegram / Facebook

Forish tumani hokimligi

19 Oct, 11:48


YOSHLAR YETAKCHILARI BELLASHGANDA

🏐Forish tumanidagi mahalla yoshlar yetakchilari o`rtasida "Yetakchi spartakiadasi" doirasida gandbol musobaqasi o`tkazildi.

🏈Musobaqalar murosasiz qizg‘in kurashlarga boy tarzda kechdi.

🏉Spartakiada doirasida o`tkazilgan gandbol bahslarida tumandagi 4 ta sektorga qarashli mahalla yoshlar yetakchilar o`zaro kuch sinashdilar.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

19 Oct, 10:14


HASHAR YO‘LI BILAN MAHALLA ICHKI YO‘LLARI TA’MIRLANMOQDA

🔹 Forish tumanida tuman hokimligi tashabbusi bilan aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mahallalarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida ishlar davom ettirilmoqda. Bu kabi xayrli ishlar tumanning eng uzoq va chekka qishloq va mahallalarida ham amalga oshirilayotgani aholini uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilib, mamnun etmoqda.

🔹 Tumanning 3-sektor hududidagi “Oqtepa” mahallasidagi Kuybuloq qishlog`ida ham ayrim ko‘chalar kengaytirilib, qum-shag‘al to‘kib tekislanmaganligi aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgandi.

🔹 Tuman hokimligi tashabbusi bilan “Oqtepa” mahallasidagi Kuybuloq qishlog`ida ham ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari hashar yo‘li bilan amalga oshirila boshlandi. Bu ishga mutasaddi tashkilotlar bosh-qosh bo‘lishmoqda.

🔹 Hashar – xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan.

🔹 Ayni kunda Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va texnika vositalari tomonidan “Oqtepa” mahallasidagi Kuybuloq qishlog`ida ichki yo‘llarni kengaytirish, qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

Forish tumani hokimligi

19 Oct, 08:45


AHOLIGA QONUNLARNING MAZMUN-MOHIYATLARI TUSHINTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmoni aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish, aholiga yuridik xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash va uzoq qishloq va mahallalarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqishda muhim rol o‘ynamoqda.

🔸Bugungi kunda Forish tuman adliya organlari oldida g‘oyat muhim – aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishdek g‘oyat muhim vazifalar turibdi.
Yana shulardan kelib chiqqan holda tuman adliya organlari xodimlari muntazam ravishda mahallalarda bo‘lishib, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklar yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini olib borish bilan birga aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatishayapti.

🔹Ana shunday targ‘ibot tadbirlarining navbatdagisi aholi eng ko‘p to‘planadigan Forish tumani “Osmonsoy” mahallasida joylashgan “Farhod dehqon bozori”da tashkil etildi.
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi jamoat fondi grant loyihasi doirasida “Forish tongi” gazetasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Korrupsiya va uning oqibatlari”, “Noqonuniy qurilish” va noqonuniy egallangan yerlar bo‘yicha aksiya mazmun-mohiyati hamda boshqa qonun hujjatlari bo‘yicha tushintirishlar berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.

🔻Targ‘ibot tadbiri davomida aholiga mamlakatimiz qonunchiligidagi o‘zgarish va yangilanishlar haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida qonunlarga kiritilgan o‘zgarish va yangilanishlar yuzasidan tarqatma materiallar ham tarqatildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

1,520

subscribers

51,863

photos

4,565

videos