Ahli Iymon Bolajonlari @iymonli_boia Channel on Telegram

Ahli Iymon Bolajonlari

@iymonli_boia


بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم

Farzandingizga Allohni taniting

Абдуллоҳ ибн Исо раҳимаҳуллоҳ деди:
«Фарзандлари Қуръон ўрганар экан, ушбу уммат яхшиликда бардавом бўлади».
Ибн Аби Дунё «Ал-Иял» 309

Ahli Iymon Bolajonlari (Uzbek)

Ahli Iymon Bolajonlari kanalimiz, iymonli bo'lib o'tgan insonlar uchun mo'ljallangan ma'lumotlar markazi. Kanalimizda, islom dini asoslariga muvofiq farzandingizga Allohni tanitish haqida foydali ma'lumotlar, hadislar, va ayatlar joylashgan. Abdullo ibn Iso rahimahullohning so'zi bilan boshlanib, Qur'onni o'rganishning farzandlarga yo'l ko'rsatishdagi ahamiyati ta'kidlangan. Kanalimizda, Islom ilmiy yondashuvlaridan zarur ma'lumotlar, ibn Abi Dunyo "Al-Iyal" kitobidagi 309-raqami boyicha ta'limotlar, va yana ko'p narsalardan iborat bo'lgan mayliy ma'lumotlar paydo bo'ladi. Siz ham iymonli olamda ilmga yo'nalish va rivojlanishni istaysizmi? Agar ya, shu bilan birga, Ahli Iymon Bolajonlari kanalimizga obuna bo'ling va ilmni qo'ng'iroq qiling! Sizga faol tartibda yangilanadigan, diniy ma'lumotlar bilan boy boshqariladigan, va iymonli turmush tarzini rivojlandirishga yordam bera olishning oson yo'li. Obuna bo'ling va erkak va ayollar uchun iymonli yashashning qulayliklaridan foydalaning!

Ahli Iymon Bolajonlari

21 Nov, 05:47


ODOB_AHLOQ HAQIDA.

بســـــــــم الله الرحمن الرحيم

Imom Termiziy said ibn Abbos
roziyallohu anhudan payg‘ambar alayhissalom aytadi:_ otaning bolasiga bergan eng katta narsasi ularni odobli qilip tarbiyaligandek afzal emastir".

Shuning uchun Ali Almadaniy : bolalarga odobni meros qoldirish esa, ularga molu_dunyo qoldirishdan yaxshidir" odob ularga molu_dunyo, obruy va qarindoshlariga mehir_shafqat olib keladi, va shu bilan birga dunyolik bilan oxiratining yaxshi oqibatini jamlab beradi.deredilar.

@Iymonli_boIa✿

Ahli Iymon Bolajonlari

19 Nov, 06:46


AYOLLAR ILMLI BO‘LING.

بســـــــــم الله الرحمن الرحيم

Ayol ilmli bo‘sagina u Allohdan qo‘rqadi,

Ayol ilmli bo‘lsagina,
  iffatli juft va solixa ona bo‘la oladi.

Ilmli ayolgina, jamiyatga imonli, vijdonli, aldamaydigan, qatl qilmaydigan va xarom yemaydigan farzandlarni yetishtirib beradi.

Ilmi bor ayolgina Allohni xisobiga tayorlanib, oilasini ham tayorlab yashaydi.

Shariat ilmlarini taxsil olmaguncha, ayol dunyoni quli bo‘lib, dunyo uchun xech bir qobix ishdan qaytmay yashayveradi.

Ayoli joxil erkak farzandlariga joxiliyatni tuxfa qilgan bo‘ladi.

Bilib qo‘ying, ilmli ayolni dini, hayosi, iffati barcha narsadan ustun bo‘ladi.

Ammo biror ilmli ayolni hayosi yo‘qligini ko‘rsangiz bilinki,
uni dini yo‘q ekan.

Chunki din-bu hayodir.

Hayosi yo‘qni esa imoni yo‘qdir.

Allox bergan aqllarni Allohni dinini o‘rganishga sarflang.

Shuncha dunyoda turgandan so‘ng ham Robbingizga joxil bo‘lib qaytib ketmang.

Fursat oz ketish yaqin.

@Iymonli_boIa✿

Ahli Iymon Bolajonlari

16 Nov, 17:52


Jannat

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

16 Nov, 02:12


Bolajonlar uchun tuhfa

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

14 Nov, 07:47


MO‘MINALAR.

بســـــــــم الله الرحمن الرحيم

Gar qilsangiz chindan adolat
Mo‘minani qilmang malomat
Nomin loyga qorib bulg‘amang
Iymoningiz bo‘lsa salomat.

Mo‘minasi bor oilalar
Dildan sezar baxtu xalovat
Mo‘minada bordir saxovat
Ulashgaydir quvonch va roxat.

Og‘ritmangiz nozik qalbini
Qadrlangiz bilib qadrini
Pok qalbiga yetkazmang jabr
Sinamangiz ko‘p ham sabrini.

Xar ayol ham dinga yetolmas
Yetsa hamki xaqda ketolmas
Xodiychayu Fotima kiygan
Shariy xijoblarni tutolmas.

Qadr qiling mo‘minalarni
Shanin bu din uchun or biling
Asrab shanin avaylab so‘ngra
Bir pokiza juftu yor qiling.

@Iymonli_boIa✿

Ahli Iymon Bolajonlari

11 Nov, 06:40


MO‘MINA ONA.

بســـــــــم الله الرحمن الرحيم

Mo‘mina, Ona har doim muazzinning namozga azon aytganini eshitgan zahoti barcha ishlarini yig‘ishtiradi va farzandlaridan ham shuni talab qiladi hamda ularga. Agar biz namozni avvalgi vaqtida ado qilsak, Alloh bizni yaxshi ko‘radi, deya o‘rgatadi. Keyin tahorat qilib, namoz o‘qiydi. Shu tariqa bolajonlar ilk bolalik davridan boshlab namozni o‘z vaqtida o‘qishga odatlanadilar. Nima uchun deysizmi? Chunki ular yoshliklaridan kim namozni vaqtida o‘qisa, Alloh uni yaxshi ko‘rishini o‘rganganlar, shu sababdan. Bu esa bolalar oson tushuna oladigan ma’nolardan biridir.

@Iymonli_boIa✿

Ahli Iymon Bolajonlari

11 Nov, 06:37


#Farzand_tarbiyasi_6

JUDA YUMSHOQ

Anas rivoyat qiladi:
“Men bolaligimda Madinada Nabiy alayhissalomga o‘n yil xizmat qildim. Mening hamma narsam u xohlagandek emas edi, lekin u hech qachon biror narsadan noroziligini bildirmadi va “Nega bunday qilding?” yoki “Nega bunday qilmading?” deb so'ramasdilar

(Abu Dovud, 4774).

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

10 Nov, 11:58


#Farzand_tarbiyasi_5

Ularga din haqida gapiring

• Bolalar Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqida tug'ilishdan bilishmaydi!
• Nabiy sollallohu alayhi vasallam va o'tmishimiz piktogrammalari haqidagi hikoyalar juda muhim

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

10 Nov, 11:56


#Farzand_tarbiyasi_4

Uydagi tortishuvlar

• Hech qachon bolaning oldida nozik masalalarni muhokama qilmang
• Hech qachon bolani tarafga olishga urinmang
• Munozaralarni har doim yopiq eshiklar ortida qoldirmang va bolalar eshitadigan darajada baland ovozda qoldirmang
• Hech qachon bolaning oldida ota onangizga qarshi bolmang.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

10 Nov, 11:55


#Farzand_tarbiyasi_3

Namoz

• Namozingiz to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qiling
• Etti/o'nni kutmang
• 13 yoshga to'lganingizdan keyin ularni tark qilmang
• Esingizda bo'lsin, bu mas'uliyatdir
• Bayramlarni masjidda o'tkazish kerak.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

06 Nov, 05:04


MOʻMINA AYoLGA!

بســـــــــم الله الرحمن الرحيم

Moʻmina, Ayolga sahobiya ayollar hayot tarzida goʻzal ibrat bordir.

Bu ibratlar himmatni  charxlaydi va yoʻlni  oydinlashtiradi.

Ushbu ayollarni qalbaki  dunyoning yaltirogʻi  aldab qoʻymadi va oʻtkinchi hayot oʻz matolari bilan  maftun qilmadi.

Himmatlarining oʻlchovi ular uchun  oxiratdagi yutuqlari boʻlib qoldi.

Ular ayollarning eng yaxshisi xotinlarning eng yaxshisi va  onalarning eng yaxshisi edilar. Alloh taolo ulardan rozi boʻlsin!

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

03 Nov, 10:18


ذالك البناء يمثلني ... وتلك الشجرة هي أمي ودعاؤها

Бу бино менга ўхшайди…
Анави дарахт эса онам ва унинг дуоси…

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

02 Nov, 10:02


Фарзандингиздан жахлингиз чиқди. Ғазабингиз қуйилиб келишни бошлади ва сиз хужумга ўтишга тайёрсиз🤬.

Энди шу жойда бир оз тўхтанг. 3 гача сананг ва ўйлаб кўрингчи, сизни ғазабингиз, бақиришингиз ёки калтаклашингиз фарзандингиз билан ўртангиздага муаммони хал қиладими? Агар жавобингиз ЙЎҚ бўлса унда ўша ғазабингизни ўрнини тушуниш ва тўғри тушунтиришга бўшатиб беришга харакат қилинг. Сиз ўзингизни шу нарсага одатлантиргач кўрасиз ғазабдан кўра тўғри тушунтиришнинг натижаси яхшироқ эканлигини😊

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

02 Nov, 01:54


Боланинг ҳам сабри тўлиши мумкин…

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

31 Oct, 17:07


HOJATHONAGA TAALLUQLI DUO

Hojatxonadan chiqqandan so‘ng aytiladigan duo
Xojatxonadan o‘ng oyoq bilan chiqib quyidagi duo o‘qiladi

غُفْرَانَكَ
Ma’nosi:
Ey Allohim Sendan mag‘firatingni so‘rayman

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

29 Oct, 12:12


Qachon farzandlaringizga Qur'on va sunnatni o'rgataman desangiz, shayton ularga hali erta ekanligini hamda o'yinga muhtoj ekanliklarini aytadi.

Aqida va ibodatga bo'lsa hali erta!

Farzandalringizga yoshligidan dinni o'rgating,
chunki bizni dushmanlarimiz ularga ona qorniligidanoq harakat qilyapti.
Ularni Alloh va uning Rosuli hamda u zotning sahobalariga muhabbat bilan katta qiling.

Bu muhabbatni nafslariga mustahkam joylang.

Kim ularni yaxshi ko'rsa yaxshi ko'ramiz,
kim ularni yomon ko'rsa yoki so'ksa yomon ko'ramiz va dushmanchilik qilamiz.
Ularga Alloh uchun yaxshi ko'rish va yomon ko'rishni o'rgating, chunki u iymonni eng mustahkam arqonidir.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

26 Oct, 05:30


Ummatning salohiyati onalariga bogʻliqdir.


صلاحُ الأمة بصلاحِ منابتِ أطفالها
فالزمن ثُغوركن يا نساءَ المسلمين

Ummatning salohiyati goʻdaklarning ulgʻayadigan joylarini salohiyatli boʻlishiga bogʻliqdir. Zamon sizlarning boʻshliqlaringizdir, ey musulmonlarning ayollari!

Yaʼni kelajak avlodning salohiyati onalarining salohiyatiga bogʻliqdir. Farzandlaringizni islohi uchun oʻzingizni isloh qiling, ey onalar!

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

23 Oct, 09:54


ONA MADRASA!

Ona pokiza tarbiyaning eng birinchi manbaidir, fotih qoʻmondonlarni, amalli ulamolarni, sodiq daʼvat sohiblarini u yetishtirib beradi. Allohga qasam, yana Allohga qasamki, biz dunyoni axloqsiz va yengiltak onalarimiz bilan fath qilmadik, balki biz dunyoni pokiza, dindor, olima, mujohida, sabrli, (erlarining molmulklarini va oʻz iffatlarini) saqlovchi, tavba qiluvchi va ibodatli onalarimiz bilan fath etganmiz.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

22 Oct, 14:41


Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

Бир киши Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳузурларига келиб, «Эй Аллоҳнинг расули, менинг чиройли муомала қилишим учун инсонларнинг қайси бири ҳақлироқ?» деганида, у зот: «Онанг», дедилар. «Кейин ким?» деди. «Онанг», дедилар. «Кейин ким?» деди. «Онанг», дедилар. «Кейин ким?» деди. «Отанг», дедилар.
(Муттафақун алайҳ)

Набий саллаллоҳу алайҳи васалламнинг онани ҳаққини уч марта такрор айтишларига сабаб, она ҳомиладор бўлиши, туғиши ва эмизишини эътиборга олганлар.

"Шундай қилиб, Биз (Мусонинг онасининг) кўзлари шодланиши ва ғам чекмаслиги учун уни онасига қайтардик" (Қосос: 13).

Она учун фарзанди билан бирга ўтириши, у  билан суҳбат қуриш катта шодлик, олий саодатдир. Унинг ўрнини мол дунё ва қисқа зиёрат боса олмайди.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

16 Oct, 15:25


OILA AʼZOLARI OLDIGA KIRGANDA SALOM BERIB KIRISH HAQIDA.

وَعَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ: «يَا بُنَّي، إِذَا دَخَلْتَ عَلَى أَهْلِكَ فَسَلِّمْ يَكُنْ بَرَكَةً عَلَيْكَ وَعَلَى أَهْلِ بَيْتِكَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey oʻgʻilcham, qachon oila aʼzolaring huzurlariga kirsang, salom bergin. Ana shunda oʻzingga va oila aʼzolaringga baraka boʻladi», dedilar.

(Imom Termiziy rivoyati Hadisni hasan, sahih, dedilar).

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

13 Oct, 11:24


Tajvid

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

12 Oct, 11:30


Zikr
Bolajonlar uchun

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

12 Oct, 11:22


Olimlarning onalari farzandlariga qanday tarbiya berib, ulgʻaytirishgan?!

Muhammad Rotib Nabulsiy aytadilar:
Bir kuni yoshlik chogʻimda onam menga: "Halol soʻzini ikki labing ochiq holda ayta olasanmi?", dedi. Halol kalimasini aytishga harakat qilib, ikki labimni bir-biriga yopishtirmagan holda aytdim. Onam maʼqullab, meni oʻpib qoʻydi.

Soʻngra onam: "Harom soʻzini ham ikki labing ochiq holda ayta olasanmi?", dedi.

Aytishga bir necha marotaba harakat qildim, lekin ayta olmadim. Hafa boʻlgan holda onamga, "Onajon, harom soʻzini aytishga koʻp harakat qilishimga qaramay, oxirida ikki labim bir-biriga tegib, yopilib qolyapti", dedim.

Onam kulib, "Oʻgʻlim, bu halol bilan harom orasidagi farqdir. Harom (hayot yoʻllari) yopiq va baxtsizlik, halol (hayot yoʻllari) ochiq va baxt-saodatdir, xohlaganingni ixtiyor qil, dunyo va oxirat eshiklari sen uchun ochilishini yoki yopilishini. Agar xato (gunoh) qilsang, onangni lablari yopilib, yuzida mahzunlik boʻladi. Agar yaxshi amal qilsang, onangni lablari tabassum ila ochilib, xursand boʻladi. Agar onangni doim tabassum holida koʻrishni xohlasang, halol va yaxshi (amallarni) lozim tut!", dedi.

Katta boʻldim va onamning ajoyib tabassumini yoʻqotmaslikka harakat qildim. Onam vafot etgan vaqtda, vidolashish uchun oldiga kirib, oxirgi marta peshonasidan oʻpdim, onamni ikki labi ochiq, tabassum holida koʻrib, oʻzimga-oʻzim "Ey Onajon, to sizga yoʻliqqunimcha halolda boʻlishligimga qilgan vaʼdam, vaʼda", deb aytdim.

Bolalaringizga bu "ayb", debla emas, balki, "bu halol"  Alloh bundan rozi boʻladi, "bu harom" Alloh bundan gʻazab qiladi, deb taʼlim beringlar! Toki odamlardan qoʻrqadigan avlod boʻlib emas, Alloh kuzatib turadi deb, maxfiyda ham, oshkorada ham Allohdan qoʻrqadigan avlod boʻlib ulgʻaysin.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

11 Oct, 11:20


YOSh BOLA YOLGʻON GAPIRMAYDIMI?!

Bu ham xilofli masala :

Kimdir: “Yosh bola yolgʻon gapirmaydi, goʻdaklar qalbi pok, begʻubor boʻladi”, deb qandaydir dalillar keltiradi.

Kimdir: “Avvalgi yosh«YoSh BOLA YOLGʻON GAPIRMAYDI” MI?!

bolalarni bilmadimu, lekin zamonamiz bolalari Aldarkoʻsani ham aldaydi», deydi.

Menimcha, hamma bolalarga bir xil baho berish durust emas. Yaxshi bolalar ham bor, yomon bolalar ham bor. Toʻgʻri soʻz bolalar boʻlganidek, kazzob, yolgʻonchi va hatto mugʻombir bolalar ham bor.

Bu — uy va maktabdagi tarbiyaga bogʻliq. Bolaning solih boʻlib yetilishida yoki buzilib ketishida OTA-ONA va MUALLIMlarning oʻrni katta.

Kecha juma oqshomi namozga azon aytildi. Namozga ketayotsam, masjidimiz yonidagi katta maydonda bolachalar futbol oʻynayapti.
(“Arabistonda ayrim bolalar tugʻuruqxonadan toʻgʻri stadionga boradi”, deydi ayrimlar mubolagʻa qilib).
Namozga endi azon aytilgan boʻlsa, ular qachon, qayerda oʻqib olgan boʻlishi mumkin?!


Haqiqatda ona oʻz bolasiga ming marta aytganmikan?!

عن عبد الله بن عامر رضي الله عنه أنه قال: دعتني أمي يوما ورسول الله صلى الله عليه وسلم قاعدٌ فى بيتنا، فقالت: ها تعال أعطيك، فقال لها رسول الله -صلى الله عليه وسلم: وما أردت أن تعطيه؟

Bir kuni onam meni chaqirdi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam biznikida oʻtirgan edilar.

— Bolajonim, kela qol, kelsang, bir narsa beraman, — dedi onam.

— Oʻgʻlingga nima bermoqchisan? — dedilar Rosululloh sollallohu alayhi va sallam.

— Xurmo bermoqchiman, — dedi onam.

— Agar sen bolaga biron nima bermaganingda, senga (Nomai aʼmolingga) bitta yolgʻon yozilar edi, — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.

Qarang! Eʼtibor bering!

Bashariyat muallimi Muhammad sollallohu alayhi va sallam hatto bolaga ham yolgʻon gapirmaslik kerakligini uqtirmoqdalar.
Tarbiya oʻchogʻi boʻlmish uy va oilaga katta eʼtibor qaratyaptilar.  

Jalol Ibrohim.

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

07 Oct, 10:02


‼️ Болани телефонга қарамликдан халос қилишнинг ягона йўли - аввало ўзингиз болалар олдида телефондан фойдаланишни тўхтатишингиздир.

Янги тадқиқотларга кўра, экранга қарам бўлган ота-оналарнинг телефонга кўп вақт сарфлашлари фарзандларининг тил кўникмаларини йўқотишига сабаб бўлмоқда.

Кичкинтойлар одатда ота-онасининг қилган ҳар бир ишига тақлид қилишади, онаси ва отаси экранга қанча вақт сарфласа, болалар ҳам экранга шунчалик кўп одатланиб қолишади. Электрон китобларни ўқиш ва баъзи фойдали ўйинларни ўйнаш тил ўрганиш имкониятларини очиши мумкин бўлса-да, экрандан келадига зарарлар болага жиддий таъсир қилади.
📌 Энг яхшиси, ота-она ва бола ўртасидаги мулоқот. Фарзандларингиз билан кўпроқ гаплашинг, уларга кўпроқ меҳр беринг!

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

07 Oct, 01:14


Imom Ibnul Qoyyim rohimahulloh aytadilar:

«Chaqaloqning qulog‘iga azon aytishning ma’nosi shundan iboratki, chaqaloq eshitadigan ilk so‘zlari Allohni ulug‘lovchi va Uning yagona parvardigor ekaniga guvohlik beruvchi so‘zlar bo‘lishidir. Yana ma’lumki, azon lafzi shaytonni daf qiladi. Yana bu amalda boshqa ma’no bor, bu ham bo‘lsa chaqaloqni tug‘ulishidanoq Allohga, Uning dini Islomga va yakka O‘ziga ibodat qilishga da’vat qilishdir».

«Tuhfatul Mavdud» 25.

@Iymonli_boIa✿

Ahli Iymon Bolajonlari

05 Oct, 04:06


BOLALARNI YETTI YОSHGA KIRGANDA, NAMOZGA BUYURISH, VA YOTOQDA ORALARINI AJRATIB QO‘YISH HAQIDA.

وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعْيبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ: مُرُوا أَوْلاَدَكُمْ بِالصَّلاَةِ وَهُمْ أَبْنَاءُ سَبْعِ سِنِينَ، وَاضْرِبُوهُمْ عَلَيْهَا وَهُمْ أَبْنَاءُ عَشْرٍ، وَفَرِّقُوا بَيْنَهُمْ فِي المَضَاجعِ. حَدِيثٌ حَسَنٌ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ بإِسْنَادٍ حَسَنٍ.
 
Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Bolalaringiz yetti yoshga kirganda namozga buyuringlar, o‘n yoshga kirib ham (namoz o‘qishmasa), ularni uringlar. Va yotoqda oralarini ajratib, alohida qilib qo‘yinglar», dedilar.

(Imom Abu Dovud rivoyati).

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:48


Har kuni bolalaringiz bilan shugʻullanib ilm berishni unutmang ey ahli onalar🌻

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:24


Musulmon bolaning kitobchasi (7-dars)

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:23


Shayx Muqbil al-Vadiy rohimahulloh aytadi:
 
Allohdan qoʻrqinglar va oilalaringizga taʼlim bering, oʻgʻillaringiz va qizlaringizni tarbiyalanglar. Sunnatga ergashadigan uy naqadar goʻzal!
 
(Al-Hasʼala Talabul hadis, kitobidan).

@Iymonli_boIa

Ahli Iymon Bolajonlari

04 Oct, 05:08


Musulmon bolaning kitobchasi (6-dars)

@Iymonli_boIa