Feruza Burkhanovna @feruza_burkhanovna Channel on Telegram

Feruza Burkhanovna

@feruza_burkhanovna


Birgalikda sog’lom farzand va ongli onalik ❤️

💫Uyqu bo’yicha konsultant

@otziv_feruzaburkhan

Hamkorlik uchun : @menejder_feruza

Feruza Burkhanovna (Uzbek)

Feruza Burkhanovna kanali - bu birgalikda sog’lom farzand va ongli onalik bilan bog’liq ona uchun mo’ljallangan bo’yicha konsultant. Kanal yordamida ota-onalar uyqu bo’yicha masalalarda maslahatlar olishlari mumkin. Feruza Burkhanovna, @otziv_feruzaburkhan bo’yicha ko’rsatmalar va maslahatlar bilan sizga yordam beradi. Birgalikda sog’lom oila tarbiyasi va farzandi hayotini o’rganishda yordam beruvchi kanalga a’zo bo’ling. Hamkorlik uchun: @menejder_feruza

Feruza Burkhanovna

03 Dec, 08:54


#blw

❤️Tovuq-kabachokli kotlet : Yarimta tovuq filesini chopperda farsh holatiga keltirib olamiz. 1 ta kabachok , 1 ta piyoz va bir bo’lak nonni ham chopper qilib farshga qo’shib qo’l bilan ishlov berib aralashtiramiz. Suyuqroq massa hosil bo’ladi. Ushbu massani qo’limizni xo’llab shakl berib muzxonaga jo’natamiz. Shaklini tutib olgach 20 minutga duxovkaga qo’yib pishirib olamiz. Yarim tayyor maxsulot sifatida olib qo’ysa ham bo’ladi 👌

❤️qovoq pyuresi va sariyog’

❤️bodring

@feruza_burkhanovna 📍

Feruza Burkhanovna

30 Nov, 18:16


Bu dunyodagi eng yaxshi narsa nima bilasizmi ?

Bu ilm ! O’tda yonmas, suvda cho’kmas narsa. Vaqt o’tsa eskirmaydigan , kamaymaydigan narsa.

Xalid va mening oramizdagi seperatsiya ya’ni ajralish xato bo’lyaptimikin degan havotir bor edi hatto Ozgina oldinroq ham yig’laab o’tirgan edim. Chunki Xalid borgan sari mensiz hech narsani qilgisi kelmaydigan bo’lib qolgan. Oilada Xalidning ma’suliyatini teng bo’lib olgan va ishongan insonimiz dadasi bilan bo’lsa ham meni qidiradigan bo’lib qolgandi. Xalidni qanchalik yaxshi ko’rsamda uning hayri va kelajakdagi oilasiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan seperatsiya mavzusini chetlab o’tolmayman. Chunki u mustaqil qarori bor, мамин сыночек bo’lmagan haqiqiy erkak bo’lishini xohlayman. Zotan o’zbekistondagi juda ko’p oilalar aynan shu erkaklarning ma’suliyatsiz va o’z fikri yo’qligi sababli notinch.

Shu sababdan bolam uchun eng yaxshisi va to’g’risini qilishim uchun o’zimni qo’lga olishim kerakligini tushunib seperatsiya haqida ma’lumotlarni o’rganishni boshladim.

Inshallah qo’llab ko’rib albatta siz bilan ham bo’lishaman , iltimos duo qilib qo’ying farzandim va men uchun bu ishimiz hayrli bo’lsin 💕

@feruza_burkhanovna 📍

Feruza Burkhanovna

30 Nov, 08:44


Kunlar sovuqlashib shundoq ham chiniqmagan bolalar battar o’rab chirmalishni boshladi.

Iltimos , onalar bolalarga komfort bering. Ko’chaga olib chiqing, uy ichida harakatlanishiga , terisi nafas olishiga yengil bo’lgan kiyimlar kiydiring. Ba’zi bolalarni ko’rib rahmim keladi qavat qavat shapkalar , jemfer materialli kiyimlar … Bolangiz terisi nafas olmasa , chiniqmasa 10 metr uzoqdagi odam aksirsa ham yuqtirib olaveradigan bo’lib immuniteti past bo’lib qoladi.

Ha sizni uyiz issiqda deyishiz mumkin lekin uyimiz eeng past gradusda turadi shunda ham 2-3 soat derazalarni ochib qo’yaman. Shu xona haroratda ham Xalid paypoqsiz yupqa xb ishton futbolkada yoki bodyni o’zida yuradi. Bolalarga qavat qavat noqulay kiyimlar olgandan ko’ra xonaga uvlajnitel oling)
Yoki tekin havoga olib chiqib, tez tez cho’miltirib tursangiz foydasi ancha ko’p bo’ladi.

💙 Video Doctor Maksudova sahifasidan olindi.

@feruza_burkhanovna 📍

Feruza Burkhanovna

28 Nov, 16:59


Xalidni juda to’polonchi ekan deb o’ylamang yana 😁

35+ dan katta odamlarni ko’rishi bilan assalom deb egiladi 😂 Ya’ni yoshroq odamlarga salom bermaydi. Bobo buvilarini ko’rishi bilan qo’li ko’ksida 😆

Hozir yangi so’z o’rgangan dadyyyy deb cho’zib aytadi , men esa doimgidek Fezza !

Feruza Burkhanovna

28 Nov, 16:42


1+ yosh onalari salomatmisizlar ?

Sizlarda ham ketma ket isterikalar bo’ladimi ? Bugun Xalid barcha imkoniyatlarini ishga solgan holda meni nakaut holatiga olib keldi.

Suv idishiga tegib qolsak ham vaqtida ovqatni qo’liga bermasak ham kimdir uni olmay ko’chaga ketsa ham shunaqa yig’laydiii 🥲😶‍🌫️ Faqat va faqat uning aytgani bo’lishi kerak agar bo’lmasamii kettiiik deb oyoq kiyimini ko’tarib eshikni tagida o’tiradi😆
Masalan rasmdagi barglar ham uyimizgaca kelgan ko’chaga tashlashni qat’iy xohlamadi.

Shunda ham asabim ancha mustahkam ekan e’tibor bermaslikka harakat qilaman qulog’imni off rejimga o’tkazib olaman 🤧 Qachon o’tib ketadi bu davrlar 🥹
Isterika payti nimalar qilasiz ?

Feruza Burkhanovna

28 Nov, 06:42


Obedga shunaqa yengilgana suyuq taom🍲

Xalid ham yoqtiradi.

Farzandi uchun prikorm yoki blw boshlamoqchi bo’lganlar yoki farzandi ovqatlanishida muammosi bor onalar bormi ?

Feruza Burkhanovna

28 Nov, 03:11


Salatlarni ratsionga qo’shish. Souslar.

Salatlarni , karam , rukolla va ko’katlarni ta’mini yaxshilab berish uchun bizga souslar kerak bo’ladi.


Rasmda man ko’pincha ishlatadigan souslar.

☁️1. Monini Glaze - Istalgan salatni dekoratsiyasi uchun ishlatiladigan souslardan. Ta’mi shirin chuchmal lekin barcha salatlarga restoranskiy vid bera oladi.

☁️2. Nare - Anor sousi. Universal souslardan biri : istalgan sabzavotga yoqimli ta’m beradi. Nordon sous. Limon+zaytun yog’i+anor sousi rukollali salatlar uchun ideal kombo hisoblanadi.

☁️3. Pesto sous - Italyan oshxonasining eng voz kechilmas souslaridan. Zaytun yog’i , parmezan sir va rayhon birlashmasidan tayyorlangan sous. Pitsa, Pesto Salad va Makaronlar bilan ta’mi yaxshi kelishadi. Ta’mi zaytun yog’idaka ta’m.

☁️4 Nare Limon sousi - Oddiy limon soki bo’lsa ham juda yoqimli ta’mga ega. Agar uyingizda limon bo’lsa limon siqib ishlatsangiz bo’ladi bu sousdan ham bitta olib qo’ysangiz bu ham barcha salatlarga yaxshi ta’m beradi.

☁️5. Aroy Di sladkiy chili sousi - achchiqroq lekin o’z tamiga ega souslardan xrystyashiy baklajan va tovuq marinovkasi bilan yaxshi ketadi.

☁️5-6- Salat uchun yog’lar - o’zim ishlatadiganim zaytun va zig’ir yog’i. Juda foydali yog’

☁️7. Mayonez - ko’p yeyishni tavsiya qilmayman lekin mayonezli salatlar uchun aynan shunisi yaxshi va xidsiz.


🛍️Bu mahsulotlar barchasi uzum, korzinka yoki ecobozorda mavjud.

Lifehack: Rukolla,aysberg, salat bargi qo’shiladigan istalgan salatga barcha souslarni alohida idishda aralashtirib so’ng salatga qo’shsangiz o’zgacha ta’m bo’ladi. Masalan zaytun yog’i+limon soki+anor sous+tuzni yaxshilab aralashtirib so’nf salatga qo’shamiz.

Ma’lumot foydali bo’lgan bo’lsa ❤️ bosishni unutmang! Ma’lumotlar omonat manbaasiz tarqatmang !

@feruza_burkhanovna📍

Feruza Burkhanovna

27 Nov, 12:24


Qizlar souslar mavzusini juda kopchilik so’ragan postni ham tayyorlab qo’ydim lekin yaqin kunlarda bo’layotgan ko’chirmachiliklar ko’nglimni xira qilib turibdi. Yozgan gaplarimni , ma’lumotlarimni manbaasiz o’z kanallarida qo’yib olishyapti , Xalidning ham yurgan videosi tarqalgan. Bu kanaldagi hamma ma’lumot omonat !Hech kim ko’rmasa ham. Alloh ko’rib turibti 💫

Feruza Burkhanovna

27 Nov, 10:04


Xalid’s daddy bugun nonushtada bizni hursand qildilar ❤️

O’zlari turib nonushta qilibdilar , Xalidga parda brokkoli pishiribdilar 🥹 Brokkoli ko’rsangiz ezilib ham ketmagan juda maromida pishgan 🙂‍↔️ Allohga shukr, farzandlarimiz uchun yaxshi inson bilan taqdirimni bog’laganiga 💫

Xalidga mandan ko’p qayg’uradilar , Xalid kiygan,yegan va boradigan har bitta joyiga e’tibor beradilar.Bola tarbiyasi haqida kitob o’qib menga ham aytadilar.

Mashaallah

Feruza Burkhanovna

27 Nov, 06:07


Bolalarni mashinada xavfsizligini ta’minlash O’zbekistonda yetarlicha e’tibor ko’rmagan mavzulardan afsuski. Mashinada yolg’iz qoldirish , maxsus o’rindiqlarsiz olib yurish, mashinaning old sidenyalarida olib ketish afsuski juda ko’p.

Bu aslida to’g’rimi ? Tadqiqotlar va statistikalar nima deydi?

Hozir shu haqida gaplashamiz⬇️

🔴Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki , bolalarni o’chiq mashina ichida yolg’iz qoldirish SIDS ( Sudden Infant death syndrome-Bolalar tasodifiy o’lim sindromi ) ning 2004-2014 yillar davomidagi statistikasining 11 mingga yaqin bolalar o’limi aynan mashinada bolani yolg’iz qoldirish , xavfsizligini ta’minlay olmaslik sababli yuz bergan.

Maqola linki


📍Qanday qilib ?

🔵Mashina motori o’chganidan so’ng issiq kunlarda tashqaridagiga nisbatan 2-3 barobar isishni boshlaydi. Sovuq kunlarda esa muzlashni. Havo alishinuvi to’xtaydi. Bunday holat bolaga juda katta noqulaylik va jabr bo’ladi holos. Kislorod yetishmasligi, isib ketish va O’zbekiston sharoitidagi mashinalardagi 80% mashina gaz ballonlari bilan yurishini xisobga olsak havf 2 barobar ortadi.

💚Eshik va oynalarga qisilib qolish , tushib ketish va yana nazoratsiz qolganda bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni hisobga olsak har qanaqasiga bolani yolg’iz qoldirish xato. Zotan kecha Marvariddan eshitdim Amerikada bolani mashinada yolg’iz qoldirish jinoyat hisoblanarkan.

Juda mayda ko’ringan lekin bola havfsizligi uchun muhim bo’lgan bu omillarni unutmaylik 💚

@feruza_burkhanovna

Feruza Burkhanovna

27 Nov, 02:53


💞Good morning, qizlar kecha kechqurun miyyamni band qilgan bir mavzu haqida fikrilani bilmoqchiman :

💚Bolani moshinada uxlab yotgan payti yolg’iz tashlab ketib (telefon qo’yib eshtib turadi uyg’onib yig’lasa kelinarkan ) ishlarni bitirishga qanday qaraysiz ? Sinab ko’rganmisiz 💚

Sizlar o’z fikringizni yozib turing , bu haqida o’zim ham post yozaman albatta ❤️

Feruza Burkhanovna

26 Nov, 16:24


Qizlaaar , onalikka oid kontent qilmasam ham sizlarga foydali bo’lishidan qanchalik hursandman ishonmaysiz 🥰 Bu blogda faqat onalik emas balki barcha bilganlarimni bo’lishishni xohlashim bejizga emas ❤️

@feruza_burkhanovna

Feruza Burkhanovna

26 Nov, 14:10


🐳Bloggerlik o’z yo’liga ayollik vazifamiz qolib ketmasin 🥰

Uyga keliboq shkaflarni yig’ishtirib , organayzerlarga joylab chiqdim. Ujin ham tayyorladim⬇️

💚Рубленые котлеты Retsept
💚Bulgur
💚Salat : Qizil piyoz, bolgar, ko’katlar, bodring , brokkoli,jo’xori va pomidordan.

@feruza_burkhanovna

Feruza Burkhanovna

26 Nov, 13:37


Maxsus trend, maxsus telegramdagilar uchun🎊

Feruza Burkhanovna

26 Nov, 10:45


Trend bo’lsa trendda deb zo’r video oldiiik 🕺

https://www.instagram.com/reel/DC1Lm8vNVZh/?igsh=ZTExMXpueDhheGh3


kirib ko’rishila mumkin , bale bale qilib komment, like qo’yinglar ho’pmi ?

Feruza Burkhanovna

26 Nov, 08:37


Bo’lsa bo’lsin sho’xidan bo’lsin deb bugun naqd 5 ta mamabloggerlar bir uchrashdik 🙂‍↔️

5 ta bola 5 tomondan baqirganini hisobga olmasa mazza qilib keldik.Gapimiz,fiklashimiz o’shab ketadigan insonlar bilan vaqt tez o’tarkan.

Aytgancha, juda zo’r kontent ham oldik 👌 Yaqin kunlarda montaj qilib sizlarga ulashamiz ☺️


@feruza_burkhanovna

Feruza Burkhanovna

25 Nov, 08:39


Ploshadkaga borib kim narsasini yo’qotishi mumkin ?

Albatta biz !


O’ta tartibli og’lim kolyaskada turgan kurtkalarini yerga tashlab yuboribdilar ) Rossa qidirdik, umidimni uzib ketayotganimda bir rus bola kelib ho anovi yerda turibdi deb aytib qoldi.

Bunaqa holatlar ko’p bo’lyapti shunday vaziyatlarda Takasur surasini o’qib topilishini so’rab duo qilaman💫 Va har doim topganman. Bugun ham sura o’qib olay, nasib bo’lsa topiladi deb ichimdan o’tkazishim bilan rus bola joyini aytdi.

Har qanday mushkolotga yechib bergan dinimiz borligiga va Allohga shukr ❤️

@feruza_burkhanovna