Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI @samdchti_shtf Channel on Telegram

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

@samdchti_shtf


𝐒𝐡𝐚𝐫𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢
👉🏻https://www.facebook.com/profile.php?id=100074683772675
👉🏻https://www.instagram.com/sharq_tillari_fakulteti

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI (Uzbek)

🌟 Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI 🌟nn𝐒𝐡𝐚𝐫𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 is a Telegram channel dedicated to the faculty of Eastern Languages at Samarkand State Institute of Culture and Arts. The channel aims to provide valuable resources, updates, and announcements related to the faculty, as well as create a community for students, teachers, and language enthusiasts to connect and engage.

Who is it?
Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI is for anyone interested in Eastern Languages, culture, and arts, specifically those affiliated with or interested in Samarkand State Institute of Culture and Arts. Whether you are a student, teacher, or simply passionate about Eastern Languages, this channel is the perfect place for you.

What is it?
The channel serves as a hub for information and communication within the Eastern Languages faculty. From important announcements about events and exams to educational resources and cultural insights, Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI provides a valuable platform for staying connected and informed.

For more updates and to join the community, make sure to follow the links below:n👉🏻 Facebook: [link](https://www.facebook.com/profile.php?id=100074683772675)n👉🏻 Instagram: [link](https://www.instagram.com/sharq_tillari_fakulteti)

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Jan, 15:54


Samarqand davlat chet tillari instituti Sharq tillari fakulteti jamoasi bugun atoqli adib, ma’rifatparvar alloma, milliy matbuot fidoyisi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi.

Unda professor-o‘qituvchilar, tarixchilar, behbudiyshunos izlanuvchilar, taniqli jurnalistlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashishdi.

Dastlab ishtirokchilar Mahmudxo‘ja Behbudiy byusti poyiga gullar qo‘ydi, markaz hovlisiga ko‘chat o‘tqazildi.

So‘ngra jadidchi olimning 150 yillik yubileyiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari R.Qobilov va H.To‘xtayev, "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari bosh muharriri F.Toshev, tarixchilar, olimlar va buyuk ma’rifatparvarning evarasi Shohruh Behbudiy Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, avlodlarga qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritdi.

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Jan, 04:24


#DIQQAT

Samarqand davlat chet tillar instituti talaba yoshlari diqqatiga! Bugundan institutda
''SamDCHTI Adolat boti'' ishga tushirildi.

Siz, Samarqand davlat chet tillar institutida YaDA sinovlari, fanlar bo‘yicha oraliq yoki yakuniy imtihonlardan nazorat ishlari jarayonida korrupsion harakatlar ro‘y berayotgani yoxud noqonuniy ravishda turli moddiy qiymatlar (pul, qimmatbaho sovg‘alar) talab qilinayotgan holatlarga duch kelmoqdamisiz?

🗣Yuzaga kelayotgan bunday muammolar va ularning yechimi borasida fikr hamda takliflaringiz bormi? Unda bizga murojaat qiling, Sizga yordam berishga tayyormiz.


''SamDCHTI Adolat boti''ga murojaat qilishingiz mumkin.

📍Eslatib o‘tamiz, taklif, shikoyat va murojaatlar maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi. Shaxsingiz, albatta, sir saqlanadi.

SamDCHTI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
👉
@samdchti_antikorrupsiya

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

16 Jan, 14:52


#tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tyutorlari ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlaridan xabar olishmoqda. Tyutorlar tomonidan talabalar bilan yaqindan muloqot oʻrnatilib,qish mavsumida kelib chiqishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz voqealarni oldini olish hamda sogʻlom turmush qoidalariga amal qilish borasida tavsiya va maslaxatlar berilmoqda.

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

13 Jan, 17:36


#Tabrik

Barchangizni xalqimiz va yurtimiz uchun muhim bo‘lgan sana, ya'ni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan tabriklayman

👉 Batafsil...

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

13 Jan, 13:00


#tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tyutorlari talabalar bilan "Biz giyohvandlikka  qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.

Suhbat davomida talabalarga ushbu illatning, jamiyat uchun inson hayoti uchun qanchalik xavfli ekanligi va keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlariga alohida to’xtalib o’tildi.


➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

11 Jan, 11:50


#Insholar_tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovini e’lon qildi.

Tanlov 2 bosqichda, ya’ni oliy ta’lim muassasasida va respublika miqiyosida tashkil etiladi. Insholar tanlovi "Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkazilmoqda.

Bugun, 11-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” yo’nalishida institut bosqichi o’tkazildi. Unda talabalar faol qatnashishdi. Shuningdek, insholar tanlovining ikkinchi, ya’ni “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” yo’nalishi joriy yilning 14-sentabr kuni o’tkaziladi.

❗️Eslatma: respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritganlar pul mablag’lari hamda qimmatbaho savg’alar bilan taqdirlanadi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

11 Jan, 02:53


🎓 2-patok Gid-tarjimon kursi uchun start beriladi!

🏢 Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Mintaqa til o‘rgatish markazida quyidagi Gid-tarjimon kurslariga qabul boshlandi!

✔️ Kurs davomiyligi: 5 oy (O‘zb. bo‘ylab 5 viloyatga)
✔️ Kurs davomiyligi: 3 oy (Samarqand, Shahrisabzi)

💸 Hozirgi kunda ARAB, YAPON, XITOY, ITALYAN, MALAY va URDU tillar bo‘yicha xizmat ko'zsatuvchi Gid-tarjimonlar bir haftada 300$ dan 500$ gacha daromad qilmoqda.
⚡️ Ammo yuqorida keltirilgan tillar bo‘yicha eng kamida B1 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘lish kerak.

🏃 Shoshiling joylar soni chegaralangan. Eng birinchi ro‘yxatdan o‘rtan 10 nafar SamDChTI talabalari uchun KATTA chegirma!

🏢 Manzil: Samarqand davlat chet tillar instituti, Roman-german fakulteti, Til o'rgatish markazi. 3-qavat.

📞 Murojaat uchun: +998 93 351 51 57
📋 Ro'yxatdan o'tish: 2-patok_ZukkoEdu.Bot

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

10 Jan, 17:59


#Bilasizmi

🔹 Zikirov Odiljon Obidjonovich,
Samarqand davlat chet tillar instituti  talabalar orasida ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

10 Jan, 17:32


#Bilasizmi

🔹Ishmatov Ulug'bek Boltaboyevich,
Samarqand davlat chet tillar instituti moliya-iqtisodiy ishlar bo'yicha prorektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

10 Jan, 17:01


#Bilasizmi

🔹Kuraxmedov Azamat Erkinovich,
Samarqand davlat chet tillar instituti
yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

10 Jan, 17:01


#Bilasizmi

🔹Xoliqov Bahodir Aliqulovich,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

10 Jan, 17:01


#Bilasizmi

🔹G'aybullayev Otabek Muxammadiyevich
,
Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

10 Jan, 17:01


#Bilasizmi

🔹Jumanazarov Umid Umurzoqovich,
Samarqand davlat chet tillar instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

08 Jan, 14:33


#tyutorlar_faoliyati

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabirdagi F-62 sonli farmoyishini ijrosini taminlash maqsadida. Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tyutorlar tashabbusi bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan boxabar qilish hamda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish istagini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida “talaba yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.


➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

07 Jan, 10:22


#tyutorlar_faoliyati

Sharq tillari fakultetining 3-son TTJ da istiqomat qiluvchi talabalari qishki ta’tildan qaytishmoqda. Fakultet tyutorlar jamoasi talabalarning joylashishiga koʻmaklashmoqda.


➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

07 Jan, 10:07


#tyutorlar_faoliyati

Sharq tillari fakultetining 3-son TTJ da istiqomat qiluvchi talabalari qishki ta’tildan qaytishmoqda. Fakultet tyutorlar jamoasi talabalarning joylashishiga koʻmaklashmoqda.


➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

03 Jan, 13:11


#Diqqat_muhim

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar diqqatiga!


Qishki ta’til munosabati bilan 2025-yilning 7-yanvar kuniga qadar barcha talabalar turar joylarida talabalarining salomatligini asrash maqsadida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, qishki ob-havoning sovuqligi inobatga olinib, turar joylardagi yaratilgan imkoniyatlar, isitish tizimlarining holati qaytadan ko’rib chiqaladi va talabalarning qishki ta’tildan qaytish vaqtiga tayyor holatga keltiriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda 1-, 2-, 3-, 4-sonli hamda DXSH asosida qurilgan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar 2025-yilning 7-yanvar kunidan boshlab turar joylariga joylashishlari munkin.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

31 Dec, 17:28


#Yangi_yil_tabrigi

Ulug'bek Husanov
Sharq tillari fakulteti dekani

"Yilning eng faol fakulteti nominatsiyasi"da Sharq tillari fakulteti g'oliblikni qo'lga kiritdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

👉 @samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

31 Dec, 17:28


#Tabrik

Azamat Kuraxmedov,
Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori


SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

31 Dec, 13:39


#Tabrik

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovning yangi yil bayrami munosabati bilan mehnat jamoasi hamda talaba-yoshlarga tabrigi


👉 Batafsil...

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

22 Dec, 14:13


Yangi yil – A’lo kayfiyat!

Sharq tillari fakultetining TTJ da yashovchi talabalari kayfiyatini koʻtarish maqsadida, fakultet tyutorlar jamoasi tomonidan tadbir tashkillashtirildi.

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

20 Dec, 09:05


SamDCHTI – Yil sarhisobi – 2024

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Dec, 10:40


Prezident stipendiyasi qanday olinadi?

Joriy yil ushbu nomdor stipendiya sohibasi boʻlgan Iroda Gʻaffarova bilan suhbat.

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Dec, 07:03


"Ummon Sultonligining 'الرؤية' gazetasida 18-dekabr - Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir yoritildi"

Yaqin Sharq tillari kafedrasi katta-oʻqituvchisi Temirov Jasur tomonidan 14.12.24 dagi SamDChTI rektori B.A Xolikov hamda Ummon Sultonligining Oʻzbekistonda favqulodda va muxtor elchisi Wafa Jabr Nasser al-Busaidi oʻrtalaridagi uchrashuv hamda "18-dekabr -Xalqaro arab tili kuni" munosabati bilan o`tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir Ummon Sultonligining "الرؤية" gazetasida yoritildi

😄 https://alroya.om/post/357334

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Dec, 05:10


🟦🟦🟦🟦 #iqtibos 🟦🟦🟦

Bilming borligi seni aqlli qilib qoʻymaydi.

© Suqrot

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Dec, 04:43


"Huquqiy va Psixologik Yordam: Talabalar uchun Davra Suhbati"

Institut xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori, kapitan M. Xudoyberdiyeva, institut psixologi S. Rajabova hamda Sharq tillari fakulteti tyutorlari Sh. Narzullayeva va K. Islamova tashabbusi bilan talabalarga huquqiy va psixologik maslahat berish borasida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida talabalarga huquqiy yordam ko'rsatish, psixologik jihatdan qo'llab-quvvatlash va ular duch kelishi mumkin bo'lgan turli muammolarni hal etish bo'yicha maslahatlar berildi. Tadbirda huquqiy savodxonlikni oshirish, talabalarning psixologik holatini yaxshilashga qaratilgan muhim masalalar ko'rib chiqildi.

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

17 Dec, 20:01


#OAVda_chiqishlar

"Kelajak bunyodkorlari" ko'rsatuvida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

17 Dec, 19:53


#OAVda_chiqishlar

Ummon Sultonligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vafa Jabr Nasser Al-Busaidi xonim Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

👉
Batafsil...

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

17 Dec, 19:53


#OAVda_chiqishlar

Ummon Sultonligi elchisi arab tili bayramida qatnashdi

Ummon Sultonligining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati bilan tanishdi.

Batafsil: 👉
https://zarnews.uz/chnf

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

17 Dec, 03:07


🟦🟦🟦🟦 #iqtibos 🟦🟦🟦

Hamisha qahramon boʻlish mumkin emasdir, lekin hamisha inson boʻlib qolish mumkin.

© Gyote

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

16 Dec, 08:11


#biz_OAV_da

DIYOR YANGILIKLARI | 18 - DEKABR – XALQARO ARAB TILI KUNI

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati

📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

15 Dec, 04:01


🟦🟦🟦🟦 #iqtibos 🟦🟦🟦

Fursatni kutganlar emas,
uni yaratganlar g’olibdir.

© Toni Robins

➡️Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

14 Dec, 13:21


#Xamkorlik_aloqalari

Ummon Sultonligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vafa Jabr Nasser Al-Busaidi xonim Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi


Mehmonni institut rektori Bahodir Xoliqov qabul qildi. Uchrashuv davomida Ummon Sultonligi oliy ta'lim muassasalari bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, ilmiy tadqiqot ishlarini birgalikda tashkil etish, o'qituvchilar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish kabi yo'nalishlardagi ishlarni yanada rivojlantirish bo'yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

Batafsil:
👉
https://samdchti.uz/uz/news/view/3145

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

03 Dec, 07:21


#Davra_suhbati

Samarqand viloyati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor xodimi, kapitan F.Raxmatova, SamDCHTI xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektori, kapitan M.Xudayberdiyevalar birgalikda “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan saqlash”, “Qonunchilikka kiritilgan o’zgarishlar” mavzularida davra suhbatlarini o’tkazishdi.

Yig‘ilish qatnashchilariga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan atroflicha javob olishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

03 Dec, 07:20


#OAVda_chiqishlar

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA "QIZLAR IBOSI – MILLAT LIBOSI" KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI


Sharq tillari fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda qizlarning ijodiy va badiiy salohiyatini namoyon etishga alohida e’tibor qaratildi. Tanlov ishtirokchilari turli millatlarning milliy liboslari, urf-odatlari va taomlari bilan tanishtirib, o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Natijada 1-o‘rinni Sarvinoz Isayeva (Filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili), 2-o‘rinni Marjona Doliyeva (Filologiya va tillarni o'qitish: koreys tili), 3-o‘rinni Farida Narzullayeva (Filologiya va tillarni o'qitish: yapon tili) qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari, barcha ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

02 Dec, 12:21


YAPON VA O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI "ANOR" ASARLARI QIYOSIY TAHLIL QILINDI.
Samarqand davlat chet tillar instituti "Qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi dotsenti Gulnoza Kurbonova tomonidan SamDCHTI akademik litseyi o‘quvchilariga “Yapon adabiyoti bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Kavabata Yasunarining hayoti va ijodi” mavzusida master-klass mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda Kavabata Yasunarining hayot yo‘li, uning ijodiy faoliyati, asarlarining mazmun va mohiyati, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lish sabablari haqida ma’lumot berdi.
G.Kurbonova yozuvchining o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Anor” qissasi va Abdulla Qahhorning ham “Anor” deb nomlangan asarlaridagi konseptlar qiyosiy tahlil qilindi.
Shuningdek, yozuvchining “Izudagi raqqosa”, “Eski poytaxt”, “Qor mamlakati” kabi asarlari haqida ma’lumot berildi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi yozuvchining “Izudagi raqqosa” asariga qiziqish bildirishdi. Asar mazmuniga singdirilgan tarixiy-madaniy g‘oyalar mohiyati ochib berildi.

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

29 Nov, 19:40


#Qizlar_ibosi_millat_libosi

"Qizlar ibosi - millat libosi" shiori ostida Sharq tillari fakulteti talaba qizlari oʻrtasida ochiq tanlov boʻlib oʻtdi.

Tanlovda qizlar 4 ta shart bo'yicha bellashdilar:
1-shart: TANISHTIRUV
2-shart: TEZKOR SAVOL-JAVOB
3-shart: PAZANDALIK MAHORATI
4-shart: ERKIN MAVZU

Saralangan g'oliblar tanlovning institut bosqichiga yo'l olishdi hamda ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

28 Nov, 17:47


⚡️⚡️⚡️Diqqat e’lon!!!
Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Huquq bilimdoni" tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagicha:
🥇-shart yangi konstitutsiya va qonunchiligimizga oid 30ta test.
🥈-shart muammoli vaziyat (kazus) huquqqa oid.

Tanlovda institutimizning barcha fakultet talabalari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun quyidagi profilga murojaat qilib, roʻyhatdan oʻtishingiz so'raladi. @kholiqov_salokhiddin
Roʻyhatdan oʻtmagan talabalar ishtirok eta olmaydi.
Roʻyhatdan oʻtishning oxirgi muddati 3-dekabr 23:59 gacha

G‘oliblar institut tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
O‘z bilimingizni sinab ko‘rish va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

20 Nov, 18:49


#SamDCHTI_30_yoshda

Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan institutda Madaniyatlar festivali o’tkazildi

Batafsil...

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

20 Nov, 16:19


#SamDCHTI_30_yoshda
#Tabriklar
#OAVda_chiqishlar

DIYOR YANGILIKLARI | SAMDCHTI 30 YOSHDA

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

20 Nov, 15:04


#SamDCHTI_30_yoshda
#Tabriklar
#Videolavha

Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil topganining 30 yilligiga bag'ishlangan videolavha

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

20 Nov, 10:10


Самарқанд давлат чет тиллар институти – юртимиз ва хорижда ўз ўрнига эга олий таълим муассасаси бўлади

Самарқанд давлат чет тиллар институти бугун 30 ёшда. Ўтган давр мобайнида институт шаклланиш босқичини босиб ўтиб, юртимиздаги кўзга кўринган олий таълим муассасаларидан бирига айланди. Институти ректори Баҳодир ХОЛИҚОВ билан суҳбатимиз институтнинг 30 йиллик фаолияти, эришилган ютуқлар, амалга оширилаётган ишлар ва келгуси режалар ҳақида бўлди.

————

Samarqand davlat chet tillar instituti – yurtimiz va xorijda oʻz oʻrniga ega oliy taʼlim muassasasi boʻladi

Samarqand davlat chet tillar instituti bugun 30 yoshda. Oʻtgan davr mobaynida institut shakllanish bosqichini bosib oʻtib, yurtimizdagi koʻzga koʻringan oliy taʼlim muassasalaridan biriga aylandi. Instituti rektori Bahodir XOLIQOV bilan suhbatimiz institutning 30 yillik faoliyati, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida boʻldi.


Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/kjpx

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Nov, 18:50


#ZAKOVAT_QUIZ!!!🔥🔥

Samarqand davlat chet tillar instituti 30 yilligi bayrami munosabati bilan "Zakovat QUIZ" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Zakovat eng adrinalinga boy va koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

30 Oct, 16:49


💫💫💫💫💫

Sizlarga ajoyib taklif!
Bizga tezda malakali rus tili o'qituvchisi zarur!!!

Talablar...
C1 daraja
Malakali
O'z ishiga mas'ulyatli
Har bir o'quvchi bilan a'lo darajada shug'ullanish

Bunga erishasiz
Jamoaviy ish
Qulay sharoit
Malakani mustahkamlash

Oylik kelishiladi
Manzil :Samarqand gagarin 43 Samdchti xususiy yotoqxona podvali
Tel :+998992909290
https://t.me/sharq_akademiya

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

30 Oct, 14:15


📌📌📌

Insholar 200 belgidan kam bo’lmasligi, qo’lda grid qog’ozga yozilishi hamda mavzuga mos kelishi lozim 📝‼️

Belgilangan sanadan keyin topshirilgan insholar qabul qilinmaydi ‼️

Insholar ichidan eng yaxshi 3 tasi saralab olinib, talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar 🎉

Batafsil ma’lumot uchun @u_laoshi ga murojaat qilishingiz mumkin 📩

Barchani ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

30 Oct, 11:55


#Adabiy_kecha
#Davra_suhbati
#SamDCHTI_30_yoshda

Davlatimiz rahbarining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” qarorida qator vazifalar bilgilangan va samarali ishlar amalga oshirilmqoda.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetida professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirokida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati o'tkazildi.

Unda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Yormamat Rustamov ham ishtirok etdi. Jarayonda ishtirokchilar adibning hayoti, faoliyati hamda ijodi bo’yicha fikr-mulohazalar almashishdi.

SamDCHTI yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
👉
@samdchtieduuz👈

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

29 Oct, 10:19


#Korrupsiyasiz_soha

Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tyutori Nomozov Abduaziz 3 kurs xitoy ,arab yo'nalishi talabalar bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarashimiz '' mavzusi ostida  ogohlantiruv profilaktik suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida  institutning ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga roiya qilish kerakligi ham ta'kidlab o'tildi.

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

29 Oct, 09:40


Hurmatli talabalar!

📌Uzoq kutilgan seminar - SamDChTI iqtidorli va faol talabalari uchun turli mavzularni qamrab oladigan online seminar tashkil etilmoqda.

Ushbu online seminarda SamDChTI Ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha xizmat ko'rsatish sektori menejeri - Aslonov Shahram Sherzodovich tomonidan siz uchun quyidagi ma'lumotlar berib o'tiladi:

Xalqaro grantlar va ularga hujjat tayyorlash;
Prezident va nomdor davlat stipendiyalari;
Yil talabasi tanlovi;
Yosh tarjimon olimlar jamiyati;
Talabalar konferensiyasi.

📆 29-oktabr
21:00


Online seminar ovozli video chat shaklida ushbu guruhda bo'lib o'tadi👇
https://t.me/Ingliz_tili_Iqtidorli_talabalar

Qo'shimcha ma'lumot uchun: @FAO_7730

❗️Do'stlarga ham ulashing❗️

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

29 Oct, 09:14


#_Shoir_shuur_she’r

⭕️⭕️⭕️

➡️Institutimizning 3⃣0⃣ yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy davra suhbati boʻlib oʻtadi.

Yormuhammad ( Yormamat Rustamov) Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.
Shoirning “Muhabbat bekati”, “Yurtim nafasi”, “Koʻngilga tashrif”, “Quyoshni sigʻdirgan yurt”, “Mangulikning 30 lahzasi”, “Mehr daraxti” kabi oʻnga yaqin kitoblari chop etilgan.
➡️Eslatib oʻtamiz uchrashuv "Qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasining Navoiy izdoshlari toʻgaragi doirasida tashkil etildi.
🟢Joriy yilning 3⃣0⃣-oktabr kuni soat 1⃣0⃣:0⃣0⃣da SamDChTI Sharq tillari fakulteti 4-qavat “Faollar zali”da shoir Yormuhammad bilan “Ochiq suhbat” boʻlib oʻtadi.
📣🚨Barcha ijodkor talabalarni uchrashuvga taklif etamiz.

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

26 Oct, 06:10


#Bir_asar_muhokamasi

Sharq tillari fakulteti tyutori Nomozov Abduaziz va 3 kurs xitoy, arab tili yo'nalishlari talabalari tomonidan o‘zbek adabiyotining nodir asarlaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriy ijodiga mansub bo'lgan " Mehrobdan chayon '' romani tahlili bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Unda o‘zbek romanchiligining beqiyos kuchi, so‘z qudrati va yaqindagina nishonlangan "Til bayrami'' haqida so‘z bordi. Jarayonda barcha talabalar faol qatnashib, o‘z fikrlarini bayon etishdi. Talaba yoshlarni kitobxonlikka chorla vaqtlarida kitob mutolaasi bilan o'tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

#kitob_bizning_do'stimiz

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

25 Oct, 02:54


#koordinatorlar_faoliyati
#tadbirkorlik
#sharq_tillari_fakulteti
#kanji_musobaqasi

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Sharq tillar fakulteti “Tadbirkorlik va innovation loyihalar” yo'nalishi koordinatori fakultetda Yapon tili yo'nalishi bo'yicha o'quvchilarning bilim darajasini bilish maqsadida qiziqarli “Kanji” musobaqasini o'tkazdi va unda barcha talabalar faol ishtirok etishdi.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

24 Oct, 18:03


#samdchti_30yoshda
#Diqqat_tanlov
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Samarqand davlat chet tillar instituti 3⃣0⃣ yoshga toʻlishi munosabati bilan Sharq tillari fakulteti miqyosida fotosurʼatlar tanlovi e’lon qilinadi.

Fotosurʼatda institutimiz hayoti va yutuqlari tasvirlangan boʻlishi kerak.

👉 Tanlovda eng koʻp “👍” yigʻgan surʼat muallifi Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlaydi.

Fotosurʼatlari quyidagi manzilga yuboring:
@toxirov_hikmatullo

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

24 Oct, 15:22


#Seminar
#SamDCHTI_30_yoshda

Samarqand davlat chet tillar institutida “Yong‘in xafsizligi oyligi” doirasida Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Samarqand shahar yong‘inga qarshi kurash  bo‘limi va Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalar bo‘yicha mintaqaviy qutqaruv otryadi bilan hamkorlikda o‘quv seminar va taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.

👉
Batafsil...

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

24 Oct, 15:21


#OAVda_chiqishlar

Bobolari samarqandlik boʻlgan xitoylik – Salarlarni bilasizmi?


Manba: "Xalq so'zi"

Erkin MUSURMONOV,
Samarqand davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori.


👉
Maqola bilan tanishish

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

24 Oct, 15:21


#OAVda_chiqishlar

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovning "O'zbekiston ovozi" gazetasining 44-sonida "Til bilib, sirlashing dunyolar bilan" mavzusidagi maqolasi chop etildi.

Maqola 7-sahifada

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

23 Oct, 09:14


Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Sharq tillari fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor Abduaziz Namozov Samarqand shahar FVV kichik inspektori Bo‘riyev Jonibek hamrohligida ijarada turuvchi talabalar holidan xabar oldi. Jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi hamda talabalarga qishki mavsumga tayyorgarli ko'rish to’g’risida ma'lumot va tushunchalar berib o'tildi.

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

22 Oct, 17:23


#Diqqat⚡️

Shaxmat va shashkaga qiziqadigan talabalar uchun ajoyib imkoniyat

Haftaning har chorshanba kuni tashkil etiladigan Shaxmat to'garagiga qatnashishni istagan talabalarni 25-auditoriya(SHTF) xonasida kutib qolamiz.
Murojaat uchun tel:+998933504742

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

22 Oct, 07:11


#Grant
#Koreya

Koreys tili taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 2-va 3-kurs talabalari diqqatiga !!!
Koreya Respublikasining Jeju milliy universiteti bahorgi semestr uchun 2 ta grant e'lon qiladi.
👉 Oʻqish davomiyligi 1 yil.
👉Grand uchun tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi:
➡️1-bosqich til bilish darajasi bo'yicha test,
➡️2- bosqich suhbat
👆 Tanlovda qatnashish mumkin: TOPIK 4 급 va undan yuqori darajaga ega talabalar.

Tanlovda qatnashish istagida bo'lganlar Koreys filologiyasi kafedrasiga borib ro'yhatdan o'tishi lozim.

Imtihon kuni:
1-bosqich 24.10.2024 (payshanba) 13:30
2-bosqich 26.10.2024 (shanba) 13:30

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

21 Oct, 18:20


#koordinatorlar_faoliyati
#til_bayrami

SamDChTI Sharq tillar fakulteti koordinatorlari tashabbusi bilan 21-oktyabr "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabatiga 3-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabar bilan birgalikda "Til - millatning ruhi" nomi ostida kichik tadbir o’tkazildi.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

21 Oct, 14:28


#Bayram_tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz hamkasblar, hurmatli talabalar!
Barchangizni 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi ayyomi bilan tabriklayman.

Qadimiy boy tarixga ega bo’lgan goʻzal va betakror ona tilimiz ota-bobolarimizning oʻz tiliga boʻlgan mehr-u muhabbati, e’tibori va ijodkorligi bilan asrlar davomida sayqallanib, chiroy ochib, goʻzal ibora va tashbehlar, hikmatli soʻz va naqllar bilan boyidi. Quvonarlisi, ona tilimiz bizgacha ana shu javohir-u goʻzalliklari bilan yetib keldi.

Bugun bizning vazifamiz ajdodlarimiz mehri va ijodkorligi bilan dunyoga tengsiz boʻlgan ona tilimizning umriga umr, boyligiga boylik, goʻzalligiga go’zallik qo’shishdan iboratdir. Mana shu ezgu maqsad yoʻlida olib borayotgan ishlaringiz maqtovga arzirli, e’tirofga sazovor, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Qadrli hamkasblar!

Buyuk ajdodlarimiz oʻz ona tilini sevish, uni qadrlash bilan birga, boshqa tillarni ham oʻrganishi natijasida ilm-fan olamida buyuk kashfiyotlar qilishgan. Har ikkala Uygʻonish davriga asos solishgan. Bugun bizdan davr talab qiladigani – yoshlarimizni ana shu ajdodlarimizga izdosh qilib tarbiyalash, ularning ishlariga davomchilarni yetishtirish, qalbida ona tiliga mehri ummon bo‘lgan avlodni kamolga yetkazishdir.

Hurmatli jamoadoshlar!

Barchangizni ona tilimizning bugungi ayyomi bilan qutlayman. Oʻzligimizning asosi boʻlgan ona tilimizning umri boqiy bo’lsin! Barchangizga sihat-salomatlik buyuk va ezgu maqsad yo’lidagi ilmiy-pedagogik faoliyatingizga omad, xonadoningizga totuvlik tilayman.

Hurmat bilan B.Xoliqov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

20 Oct, 16:20


#zakovat

Samarqand davlat chet tillar institutida 21-oktabr "Oʻzbek tili kuni" munosabati bilan "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkaziladi.

Oʻyin 21-oktabr, soat 17:00da Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Zakovat zali(5-qavat)da boʻlib oʻtadi

Oʻyinda 6 kishidan iborat boʻlgan xohlagan jamoalar ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish uchun jamoalar roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Usmonjon2803
@Zamirovna06 ga murojaat qilishingiz kerak boʻladi.

Jamoalardan oʻyinga o’z vaqtida kelishlari soʻraladi!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Oct, 07:00


#Diqqat_muhim

TALABALAR KONFERENSIYASI BO'LIB O'TADI

Samarqand davlat chet tillar institutida 2024-yilning 18-noyabr kuni "Yangi O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti yosh olimlar nigohida" mavzusida ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi o'tkaziladi!

Barcha maqolalar Google scholar tizimida indekslanadi.

Konferensiya to'plamiga maqolalar berish BEPUL. Konferensiyada faqatgina SamDCHTI talaba va magistrantlari qatnashishlari mumkin!

Konferensiyada eng yaxshi maqolalar bilan ishtirok etgan talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar!

Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Axborot xatida keltirilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

MAQOLALARNI QABUL QILISH MUDDATI 2024-YILNING 12-NOYABR KUNIGACHA DAVOM ETADI.

❗️Murojaat uchun:
@Samdchti_conference

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Oct, 06:36


#Diqqat

TALABALARNI TURK TILI KURSIGA TAKLIF ETAMIZ             
                                                                                          

Turk tilini o‘rganishga qiziqishi yuqori bo’lgan talabalar uchun ajoyib imkoniyat.

"Yaqin sharq tillari" kafedrasining yuqori bilim va 14 yillik tajribaga ega bo'lgan ikki karra nomzodlik ishini yoqlagan turkiyalik o'qituvchi Bayram Bilir tomonidan "Türkçe kursu" kursi tashkil etildi.

O‘quv kursning asosiy maqsadi turk tili bo'yicha Xalqaro TYS va CEFR (Milliy sertifikat) imtihonlariga sizni tayyorlashdir.

Haftaning dushanba, seshanba, chorshanba va payshanba  kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha, Sharq tillari fakulteti joylashgan yangi binoning 8-xonasida bo'lib o'tadi.

Institutning barcha ta'lim yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalar kurs mashg’ulotlarida ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:
+998912096765

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

19 Oct, 04:57


#Saylov_2024
#SamDCHTI_30_yoshda

Samarqand davlat chet tillari instituti barchani saylovda faol ishtirok etishga chorlaydi!

Sizning ovozingiz — bizning umumiy kelajagimizdir!

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 17:16


#Davra_suhbati

Sharq tillari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 3-son talabalar turar joyida 18-oktabr Samarqand kuni munosabati bilan "Shaxrimiz – faxrimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida talabalarga qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Suhbat davomida talabalar o'zlarining qiziqarli ma'lumotlari bilan davra suhbatini qizg'in muhokama tarzida o'tkazdi.

SamDCHTI yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
👉
@samdchtieduuz👈

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 15:20


#Milliy_kontent
#SamDCHTI_30_yoshda

Ona buyuk zot

SamDCHTI Axborot xizmati

👉 @samdchtijamoasi

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 14:40


#Diqqat #Tanlov

"Qizlar ibosi - millat libosi" shiori ostida institutimizning faol, qobiliyatli va uddaburon qizlari o'rtasida ochiq tanlov e'lon qilinadi !!!

Tanlovda qizlar to'rtta shart bo'yicha bellashadilar:
1-shart: TANISHTIRUV
2-shart: TEZKOR SAVOL-JAVOB
3-shart: PAZANDALIK MAHORATI
4-shart: ERKIN MAVZU

Saralangan g'oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo'l olishadi hamda ishtirokchilar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishadi.

Tanlov sanasi: 23-oktabr
Ro'yhatdan o'tish muddati: 21-oktabr

Murojaat uchun:@mashhura1118
@shaxzoda_ismailova
SamDCHTI Xotin-qizlar kengashi
👉 @samdchtieduuz👈

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

18 Oct, 14:26


#Samarqand_shahri_kuni

18- Oktyabr - Samarqand shahri kuni❗️❗️❗️

Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast,
Jamolingni ko‘rib kim bo‘lmagan mast,
Kim qilich ko‘tarib kelsa qoshingga,
Niyatlari qadar ketavergan past.

Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tyutori Dilsuz Xamrayeva bilan birgalikda filologiya va tillarni o'qitish: arab tili yo'nalishi talabalari tomonidan "Samarqand - mening shahrim" mavzusida video rolik tayyorlandi.