Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat @samtexmarifat Channel on Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

@samtexmarifat


Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlari bilan amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bag‘ishlangan kanal

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat (Uzbek)

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat kanali - bu yangi va innovatsion texnikalar bilan tanishib, ma'naviyatga e'tibor qaratgan yoshlar uchun mo'ljallangan bir platforma. Bu kanalda siz Samarqanddagi temir yo‘llar, ularga oid yangliklar va texnologiyalar haqida eng so'nggi yangiliklarni topishingiz mumkin. Kanalda yoshlar va ma'naviyatga qiziqqanlar uchun bir necha mavzular mavjud, ular orasida yengil texnologiyalar, innovatsion loyihalar va texnik taraqqiyot bo'yicha maqolalar keng qamrovda keltiriladi. Samtexmarifat kanaliga a'zo bo'lib, eng so'nggi temir yo‘l yangiliklari va texnikasi haqida ma'lumotlardan xabardor bo'ling! Bu kanal sizning ma'naviyatga yangi daraja ochishi va texnikaviy bilimlaringizni oshirish uchun eng yaxshi joy!

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

08 Feb, 09:14


#Navoiy_584_yoshda

2025-yilning 7-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, 115A-guruh rahbari Sh.Misratov va o‘quvchilar tomonidan buyuk davlat arbobi so‘z mulkining sultoni hazrati Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan "So‘z mulkining sultoni" mavzusida ochiq ma'naviyat soati tashkil etildi.
Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirda g‘azal mulkining sultoni hazrati Navoiyning hayot yo'li, qoldirgan boy ma‘naviy merosi to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi. Shuningdek, Navoiy ijodidan g‘azallar tinglanib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

08 Feb, 08:47


"Milliy qadriyatlar - millat ma‘naviyatining ko‘zgusi"

Yurtimizning boy ma‘naviy merosi, milliy an'ana va urf odatlari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladiShu munosabat bilan Samarqand temir yo‘l texnikumida Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-yanvardagi 01-15-29-sonli kalendar rejasi 1-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida "Milliy qadriyatlar - millat ma‘naviyatining ko‘zgusi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

06 Feb, 09:08


#YoshlarOvoziGazetasi

🖋 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing

➡️ Ishsizlik nafaqasi kimlarga beriladi?
➡️ Migrantlar bilan ishlashda Xosilot tajribasi
➡️ Janubiy Koreyada oʻqish uchun maxsus grantlar
➡️ Mukammallik illuziyasi — perfeksionizm
➡️ Navoiyga qaytish
➡️ Yoshlar yetakchisi kutubxonasi

⬇️ Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasi va telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

04 Feb, 10:16


#Volontyorlik #QStudyInternationalVolunteersTeam

🎓 Q Study International Volunteers Teamga qo‘shilish imkoniyati!

🔎Q Study xalqaro volontyorlar jamoasini shakllantirmoqda va sizni ushbu ajoyib imkoniyatga taklif etadi!

📌 Volontyorlar uchun imtiyozlar:
➡️ Ish davomida bepul ovqatlanish
➡️ Transport xarajatlari uchun kompensatsiya
➡️ Nutqni rivojlantirish kursida ishtirok etish
➡️ Yangi tajriba va ko‘nikmalar
➡️ Sertifikat olish imkoniyati

📌 Talablar:
➡️ Ingliz tilida yaxshi gapirish va tushunish qobiliyati
➡️ Chiroyli va tartibli ko‘rinish
➡️ Yaxshi muomala va jamoada ishlash qobiliyati
➡️ 21-27 fevral kunlari ishlash imkoniyati

👥 Qanday qo‘shilishingiz mumkin?

🔗 Ushbu so’rovnomani to‘ldiring
🔗 Telegram guruhimizga qo‘shiling
📞 +998770335575

📍 Imkoniyatingizni boy bermang! Biz sizni kutyapmiz!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

03 Feb, 12:03


#Biz_yoshlar_giyohvandlikka_qarshimiz

💉 Joriy yilning 3-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tomonidan texnikumda kunduzgi ta‘lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, xalqaro maydonda u bilan kurashishga qaratilgan ishlar, yurtimizda ushbu jinoyatni sodir etganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik to'g'risida ma‘lumotlar berildi. Shundan so'ng, o‘quvchilarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

02 Feb, 06:49


#Worldskills_Samarkand_2025

🇺🇿 Samarqand shahrida "Worldskills Samarkand-2025" V milliy kasblar chempionati munosabati bilan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov va texnikum o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

30 Jan, 18:13


https://t.me/psixologiyainsight

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

30 Jan, 04:32


#Direktor_kubogi_2025

🏐 Samarqand temir yo'l texnikumida tashkil etilgan sportning voleybol turi bo‘yicha "Direktor kubogi-2025" sport musobaqasidan videolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

30 Jan, 04:22


#Direktor_kubogi_2025

🏐 2025-yilning 29-yanvar sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tomonidan
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi "Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-274-son qarori ijrosini ta'minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida texnikum 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Direktor kubogi-2025" musobaqasi tashkil etildi.
Jamoalar qur‘a tashlash orqali guruhlarga bo‘linib, musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. Murosasiz bahslarga boy kechgan o'yin yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o‘rin - 115A-guruh
2-o‘rin - 116-guruh
3-o‘rin - 113-guruh

G‘olib va sovrindorlar texnikum rahbariyatining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

08 Jan, 10:16


#vatan_himoyachilari_kuni

🇺🇿 2025-yilning 8-yanvar sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida texnikum o‘quvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Markaziy Harbiy Okrug qo‘shinlari  harbiy xizmatchilari, texnikum pedagog xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

04 Jan, 11:03


#HuquqiyAxborot

🗣 "Yoshlar daftari"ga necha yoshdan kirish mumkin?

🇺🇿 Qonunchilikka ko‘ra, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston fuqarosi "Yoshlar daftari"ga kirishi va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.

➡️ Batafsil: https://lex.uz/docs/6051791#6054345

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

03 Jan, 10:22


#Obunachilar #RasmiySahifa

🗣 Biz Instagramda 19 mingta bo‘ldik!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi kuzatuvchilari soni 19 mingtaga yetdi. Bugungi kunga qadar sahifamiz orqali ulashgan postlarimiz esa 3 000 tadan oshdi.

🙋 Yoshlar hayotiga oid so‘ngi va foydali yangiliklarni sevimli ijtimoiy tarmog‘ingizdagi sahifamiz orqali kuzatib boring.

📱Instagramda kuzatish - instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

20 Dec, 11:09


#Harbiy_vatanparvarlik_karvoni

🇺🇿 Samarqand temir yo'l texnikumida o‘tkazilgan "Harbiy vatanparvarlik karvoni" tadbiridan videolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

20 Dec, 10:33


#Harbiy_vatanparvarlik_karvoni

🇺🇿 2024-yilning 20-dekabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-sonli Farmoyishi ijrosi hamda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o'rtasida milliy armiyamizga g'urur va iftixor tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida "Harbiy vatanparvarlik karvoni" tadbiri tashkil etildi.
Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirda Markaziy Harbiy Okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari mayor D.Raximov, mayor S.Axmedov, kapitan J.Raxmonov, kichik serjant D.Qodirov va muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan chiqishlar namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

19 Dec, 05:50


#Moziyga_sayohat

🇺🇿 2024-yilning 18-dekabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tashabbusi bilan maxsus fan o'qituvchisi T.Jumayev tomonidan 114A-guruh o‘quvchilari bilan birgalikda ichki turizmni rivojlantirish va "Moziyga sayohat" dasturi doirasida Samarqand shahridagi me‘moriy obidalariga sayohat tashkil etildi.
Sayohat doirasida o‘quvchilar Registon ansablida, Xazrati Hizr majmuasida, I.A.Karimov yodgorlik majmuasida, Bibixonim masjidi va Xalq baxshilari yodgorlik majmualarida bo‘lishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

16 Dec, 05:36


#Zulfiyaxonim_qizlari

Samarqand temir yo'l texnikumida o‘tkazilgan "Zulfiyaxonim qizlari" ko‘rik-tanlovidan videolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

08 Dec, 03:01


#bayram_muborak

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Bugun 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun.
Bugungi ayyom, bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32-yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbot etamiz. Yurtimiz obod, tinchligimiz abadiy bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

07 Dec, 12:41


#Mening_Konstitutsiyam_32_yoshda
#1_ōrin

🎬 Samarqand temir yo'l texnikumida "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida o‘tkazilgan videorolik tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 114A-guruh o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan viderolik.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

07 Dec, 12:41


#Mening_Konstitutsiyam_32_yoshda
#2_ōrin

🎬 Samarqand temir yo'l texnikumida "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida o‘tkazilgan videorolik tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 116-guruh o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan viderolik.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
                 Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

07 Dec, 12:41


#Mening_Konstitutsiyam_32_yoshda

🇺🇿 2024-yilning 7-dekabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, o‘quv bo‘limi uslubchilari B.V.Suyunova, L.K.Sharipova, sirtqi bo‘lim uslubchisi X.Aliyevlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” F-53-son Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida videoroliklar tanlovi tashkil etildi.
O‘quvchilar va keng jamoatchilikda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tanlovning hakamlar hay'ati qaroriga ko'ra:
1-o‘rin - 114A-guruh
2-o‘rin - 116-guruh
3-o‘rin - 114 va 114B-guruhlarga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar texnikum rahbariyatining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.             

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

07 Dec, 09:01


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan Samarqand temir yo'l texnikumida tashkil etilgan tadbirdan videolavhalar.

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

06 Dec, 15:58


#ochiq_dars

🇺🇿 2024-yilning 6-dekabr  sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, Murabbiylar kengashi Sh.Sh.Mirzanova, 114-guruh rahbari J.O.Jontemirov va guruh o‘quvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan   "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" mavzusida ochiq ma'naviyat soati tashkil etildi.
Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirni, texnikum YBIBDO‘ E.I.Temirov ochib berdi. Shundan so'ng, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, bosh qomusimizdan olingan moddalar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
                    Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

03 Dec, 08:57


#Olimpiada

2024-yilning 3-dekabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilning 17-oktabrdagi F-53-son Farmoyishida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Musobaqa hakamlar hay'atining yakuniy qaroriga
1-o‘rin - Azimova Mashhura -118-guruh
2-o‘rin - Soatmurodov Abdulaziz - 113-guruh
3-o‘rin - Tursunboyev Arslon - 112-guruh.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari texnikum rahbariyatining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

03 Dec, 08:05


#GrantVaStipendiya

🗣 Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: g‘oliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul o‘qiydi

🎓 Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

🗒 Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

🎉 G‘oliblar quyidagi imtiyozlar bilan ta'minalandi:
➡️ AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
➡️ G'olib maqolalar belgilangan talablarga mos bo‘lsa, rasmiy nashrda chop etiladi

🖋 Maqolalar qabuli 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

30 Nov, 16:15


#Biz_OITSga_qarshimiz

🎗 Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tomonidan 1-dekabr "Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Biz OITSga qarshimiz" targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram / YouTube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

30 Nov, 16:15


#Biz_OITSga_qarshimiz

🎗 1-dekabr - Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Samarqand temir yo'l texnikumida "Biz OITSga qarshimiz" shiori ostida targ‘ibot aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram / YouTube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

20 Nov, 19:31


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, hurmatli Sattarov Xayrulla Fayzullayevich!

Tavallud ayyomingiz munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz! Sizning mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi fidokorona mehnatingiz uchun sizga tashkilot va uning jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Sizning boshqaruvingiz ostida Yoshlar ittifoqi nafaqat yoshlarning manfaatlarini himoya qilishda, balki ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Tug‘ilgan kuningizda sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik, hamda mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlaringizda yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga va atrofingizdagi barcha yaqinlaringizga tinchlik va quvonchli kunlar tilaymiz. O‘zbekiston yoshlari nomidan sizga minnatdorlik izhor qilamiz va doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

20 Nov, 12:15


#GrantVaStipendiya

🗣 Scientific Internships: Avstriyada haq to‘lanadigan amaliyot!

🙋 Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

🗒 Kimlar qatnasha oladi?

➡️ Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

🎓 Amaliyotchilarga oyiga kamida 1462 yevro haq to‘lanadi.

🖋 Arizalar yil bo‘yi qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

18 Nov, 08:33


#muqaddasdir_vatan_bayroģi

🇺🇿 2024-yilning 18-noyabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, texnikum psixologlari Sh.N.Davlatova va G.A.Hamidovalar tomonidan Samarqand viloyat hokimining 2024-yil 14-noyabrdagi 07-01/809-sonli chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan texnikum o‘qituvchilari o‘rtasida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o‘rin - Nosirov Qodir - 114-guruh
2-o‘rin - Klichev Shaxriyor - 114A-guruh
3-o‘rin - Oblokulova Dilnura - 118-guruh
Tanlov g‘oliblari texnikum rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

18 Nov, 06:34


🗣 RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

🙋 RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot o‘tash imkonini beradi.

🗒 Amaliyot ingliz tilida, 2025-yil 23-iyundan 22-avgustgacha bo‘lib o‘tadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma’lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o‘zi ichiga oladi.

📌 Dastur imkoniyatlari:

➡️ Stipendiya (odatda 4000-4500 dollar);
➡️ Bepul turar joy va oziq-ovqat;
➡️ AQSHga borish-kelish uchun mablag‘;
➡️ Viza olishga yordam.

🖋 Arizalar 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

17 Nov, 09:34


#ochiq_dars

📌 2024-yilning 16-noyabr  sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi informatika fani o'qituvchisi Sh.Sh.Mirzanova tomonidan 219-guruh o‘quvchilari uchun   "Ma‘lumotlar ombori va uni boshqarish tizimi" fanidan "Turli qiyinlikdagi so‘rovlarni yaratish" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Ta‘limdagi ilg‘or pedagogik texnalogiyalar va metodlar asosida tashkil etilgan dars davomida o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib fudbol qoidalari asosida do‘stona bellashishdi.
Noan'anaviy usulda tashkil etilgan dars o‘quvchilar va o‘qituvchilarda unutilmas taassurotlarga boy tarzda yakunlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
                    Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

15 Nov, 05:33


#voleybol

🏐 Joriy yilning 14-noyabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, "O‘quvchilar turar joyi" tarbiyachilari B.Taylanov va D.Mushtakovlar tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish maqsadida "O‘quvchilar turar joyi"da yashovchi o‘quvchilar o‘rtasida voleybol o‘yinlari tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

14 Nov, 05:32


#yilning_eng_faol_ōquvchisi

🥋 2024-yilning 14-noyabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 3/15-52-1405-sonli xati ijrosini ta‘minlash maqsadida "Yilning eng faol o‘quvchisi" ko‘rik tanlovining texnikum bosqichi tashkil etildi. Tanlovda "Yilning eng faol sportchi o‘quvchisi" nominatsiyasi g‘oliblari aniqlandi.
Ko‘rik tanlov hakamlar hay'atining yakuniy qaroriga ko‘ra natijalar quyidagicha bo'ldi:
1-o‘rin - Abduhakimov Abdullajon
2-o‘rin - Valiyev Solijon
3-o‘rin - Ergashev Abbos

Ko‘rik tanlov g‘oliblari texnikum rahbariyatining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

13 Nov, 15:27


#ekskursiya_darsi

🏢 Joriy yilning 13-noyabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi Biznes asoslari fani o'qituvchisi I.I.Abdullayeva tomonidan 211-guruh o‘quvchilari uchun Samarqand temir yo'l vokzaliga ekskursiya darsi tashkil etildi. Ekskursiya davomida vokzal faoliyati, xodimlarning ish jarayonlari va sohadagi normativ hujjatlar bilan o‘quvchilar tanishtirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

11 Nov, 03:30


#ota_onalar_majlisi

👨‍👩‍👧‍👦 Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, Harakatni tashkil etish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i R.B.Isomov, 114B-guruh rahbari B.F.Narzullayeva tomonidan 114B-guruh o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir qatnashchilariga texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, texnikum pedagog o‘qituvchilari va boshqalar to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi. Ishtirok etgan ota-onalarning takliflari tinglanib, muntazam hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

09 Nov, 01:27


🏢 Samarqand temir yo'l texnikumida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinidan videolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

09 Nov, 01:24


#Zakovat

📌  2024-yilning 8-noyabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, Murabbiylar kengashi Sh.Sh.Mirzanova, texnikum Xotin-qizlar kengashi raisi B.F.Narzullayevalar   tomonidan Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi ""Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda texnikum o‘quvchilari o‘rtasida intellektual muhitni shakllantirish maqsasida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining saralash bahslari tashkil etildi. 
Yuqori intrigaga boy kechgan o'yinda barcha jamoalar faollik ko'rsatib savollarga yuqori aniqlikda javob yo'llashdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra 113, 114A, 116 va 118-guruhlar final bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
                   Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

08 Nov, 16:20


#õquvchilar_turar_joyi

🍝 2024-yilning 8-noyabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumida YBIBDO‘ E.I.Temirov, "O‘quvchilar turar joyi" tarbiyachisi B.Z.Taylanovlar tomonidan "O‘quvchilar turar joyi"da yashovchi qizlar o‘rtasida "Pazandachilik musobaqasi" tashkil etildi.
O‘quvchi qizlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda, qizlarimiz o‘z epchilliklarini namoyish etgan holda faol ishtirok etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

29 Oct, 09:15


#milliy_kurash

🥋 Samarqand temir yo'l texnikumida o‘tkazilgan milliy va belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha "Transport prokurori kubogi" musobaqasidan video lavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

29 Oct, 06:33


#milliy_kurash

🥋 Joriy yilning 28-oktabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumida Samarqand viloyat transport prokuraturasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida milliy va belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha "Transport prokurori kubogi" musobaqasi tashkil etildi.
Milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga qaratilgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Samarqand viloyat transport prokuraturasi va texnikum rahbariyatining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
                  Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

29 Oct, 06:33


#milliy_kurash

🥋 Joriy yilning 28-oktabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumida Samarqand viloyat transport prokuraturasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida milliy va belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha "Transport prokurori kubogi" musobaqasi tashkil etildi. Milliy sport turlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan mazkur musobaqada texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

26 Oct, 13:32


#qizlar_majlisi

👧 Joriy yilning 26-oktabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov va Xotin-qizlar kengashi raisi B.F.Narzullayevalar tomonidan texnikumida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida qizlarning kiyinish madaniyatiga rioya qilishi, dars jarayonlarida faol ishtirok etishi, odob-axloq va ichki-tartib qoidalarga amal qilishlari to'g'risida ma‘lumotlar berib o'tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram

Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat

26 Oct, 13:26


#ochiq_dars

📌 2024-yilning 25-oktabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ E.I.Temirov, Murabbiylar kengashi Sh.Sh.Mirzanova, 118-guruh rahbari N.A.Sharipov va guruh o‘quvchilari tomonidan "Til - millat ko‘zgusi" mavzusida ochiq ma'naviyat soati tashkil etildi.
Diltortar novalar va raqslarga boy o'tgan tadbirda, ona tilimizning qadrini ko‘taruvchi, uning istiqbolini ko‘rsatuvchi chiqishlar o‘quvchilar e'tiboriga namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram