Ingliz tili DTM 2024 @ingliztilidtm2020 Channel on Telegram

Ingliz tili DTM 2024

@ingliztilidtm2020


Ingliz tili 2021-2022-2023 -2024 o'quv yiliga bakalavr magistratura yo'nalishi bo'yicha namunaviy testlar kanali

Reklama va hamkorlik uchun murojaat:
@Abdumalikov_Rasuljon

Ingliz tili DTM 2024 (Uzbek)

Ingliz tili DTM 2024 kanali sizga 2021-2022-2023-2024 o'quv yiliga egasiga bakalavr magistratura yo'nalishi bo'yicha namunaviy testlar bilan ta'minlovchi bo'ladi. Bu kanalda siz Ingiliz tili bo'yicha testlar va sinovlar yechimi yoki mustaqil o'rganishga yordam beradigan materiallar topish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Kanalda eng yangi yangiliklar va imkoniyatlardan xabardor bo'lib qoling! nnIngliz tili DTM 2024 kanaliga qo'shiluvchilarga reklama va hamkorlik uchun @Abdumalikov_Rasuljon ga murojaat qilishingiz mumkin.

Ingliz tili DTM 2024

08 Nov, 02:59


DTM TEST

Ingliz tili DTM 2024

08 Nov, 02:56


Speaking baholash me'zoni

Ingliz tili DTM 2024

08 Nov, 02:55


Odam o‘z hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi.

Vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? O‘zingizda mavjud bo‘lgan kunlarni qadrlaysizmi? O‘zlari bilmagan holda vaqtlarini bekorga sarflayotgan kishilarga xos ayrim belgilar quyidagilardan iborat. Umid qilamizki, bu fikr siz haqingizda emas:

«Maqsadsiz o‘tkazilgan yillar maqsad belgilab olgan ma'qul ekanini ko‘rsatdi».

Vaqtini bekorga ketkazadiganlarni ajratib turuvchi jihatlar nimalardan iborat?

Noliydilar

Bunday kishilar hayotidagi barcha narsadan nolishadi. Bunga atrofdagi kishilar, hukumat yoki osmondagi yulduzlarni aybdor qilib ko‘rsatishadi. Istalgan kishi, faqat o‘zlari emas. Aslida barchasiga ularning o‘zi aybdor. Hayotda yuz bergan voqea emas, unga bildirilgan munosabat muhimroq. Noliydigan kishi emas, hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratuvchi inson bo‘ling.

Hayotlarini zerikarli ko‘rinishga keltirishadi

Uy – ish – ovqat pishirish – uy tozalash – uyqu. Boshi va oxiri yo‘q aylana bo‘ylab yurishadi. Miyaga bir xil shablonlar bilan ishlash oson. Shu yo‘l bilan u quvvatni tejaydi va siz uchun jon saqlashni ta'minlashga harakat qiladi. Biroq bu fikrlash uchun qopqondir. Agar doimiy ravishda bir xil ishlar bajarilsa, hayot zerikarli bo‘ladi. Biroq bu aylanani mustaqil uzish va hayotni o‘zgartirish mumkin. Kichik narsalardan boshlash mumkin, yangi yo‘ldan yurish, qiziqarli joylarga borish, ilgari qilmagan ishlarni bajarish.

Kelajak uchun rejalari yo‘q

Buyuk kishilar o‘z oldilariga buyuk maqsadlarni qo‘yadilar. Hayotda biror nimaga erishishni o‘ylamasangiz, hech nima olmaslik ehtimoliga duch kelasiz. Qayerga qarab harakatlanayotganingizni bilish uchun rejalar tuzish foydali.

Uyqu va hordiq rejimi yo‘q

Ko‘pchilik muvaffaqiyatli kishilar o‘zlarida ish va hordiq rejimi mavjud ekanini aytishadi. Odatda ular erta uxlab, erta turishadi. Masalan, Koko Shanel yaxshi uyquni qadrlagan. Charchagan holatda biror yaxshi narsa yaratish mumkin emas deb hisoblagan.

Salomatliklariga e'tibor berishmaydi

Tanamiz bizga umr bo‘yi xizmat qiladi. U haqida qayg‘urish va uning yaxshi holatda bo‘lishi uchun harakat qilish lozim. O‘z salomatligiga bee'tibor bo‘lgan kishilar keyinchalik buning evaziga juda katta haq to‘lashadi.

Aqllarini mashq qildirishmaydi

Aqlimiz doimiy ravishda yangi ma'lumot va bilimlar ko‘rinishidagi ozuqaga muhtoj. Katta yoshdagi ayrim kishilar yangi narsalarni o‘rganmay qo‘yishadi. Aql ravshanligini doimiy ravishda mashq qildirish va charxlash lozim.

Biror narsa bilan vaqtni o‘ldirish uchungina shug‘ullanishadi

Bunday kishilarning dam olish vaqti bekorchi mashg‘ulotlar bilan to‘lgan. Masalan, yangiliklar lentasini varaqlash yoki telefonda soatlab suhbatlashish kabi. Bir necha qiziqarli postlarni o‘qish, haqiqatan ham qiziqarli bo‘lgan biror narsa haqida ma'lumot olishning yomon tomoni yo‘q. Biroq bunga bir necha soatni sarflash shartmikan? Bu rivojlanishga yordam beradimi yoki hayotingizni biror qiziqarli narsa bilan to‘ldiradimi? Vaqtni behuda sarflash zararli. Uni qadrlashni o‘rganish kerak. Ana o‘shanda hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Biror narsani o‘zgartirishdan cho‘chiydilar

Yangi va noma'lum narsalardan qo‘rqish – organizmning normal himoya reaksiyasi. Qo‘rquvni yengishni o‘rganish lozim. Agar hayotingizda biror nimani o‘zgartirish kerakligini tushungan bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. O‘zingiz istagan insonga aylanish uchun hech qachon kech emas.
Kun. uzdan olindi.

🍀 @IngliztiliDTM2020

Ingliz tili DTM 2024

10 Oct, 18:17


Oramizda IELTS o'qiyotganlar bo'lsa Speaking topiklar ekan !!!

#Speaking. Tushgan. 04.10.2024

Part 1.1
• Tell me about your room
• Do you like to get up early?
• Are you interested in news?
• What do you do to relax?

Part 1.2
• Outdoor market (first picture)
• Indoor market (second picture)
• Compare them

Part 2
• Describe a situation when you faced a dilemma3
• Describe a memorable experience you had during a team activity

Part 3
• Remote working (For and Against)
• Animal testning (For and Against)

#Speaking 2. Tushgan.03.10.2024

Part 1.1
• Do you like flowers
• Tell me about your school
• Where is your hometown?
• Do you like sport?
• What is your favorite number?
• Do you think you could be a teacher?

Part 1.2
• Indoor sport (first picture)
• Outdoor sport (second picture)
• What do you see in these pictures?

Part 2
• Describe a time when you resolved a conflict
• Describe a time when you made an important decision
• Describe a time when you experienced a failure

Part 3
• Technology should replace traditional school subjects
• Celebrities should not be role models
• Fast food should be banned in schools

(Mavuzlar boshqa kanaldan olib tashlandi )

🍀 @IngliztiliDTM2020

Ingliz tili DTM 2024

22 Sep, 15:22


# 2024 yil DTM savollarida tushgan mavzulardan biri
CAN orqali biror ish qilishni so'rash.
#can#2024

Can you help me with my homework?
Sorry, I can't.

Biror ish qilishni so'raganda, CAN, COULD, MAY orqali savol beriladi.
#Can

CAN - bilan odatda,kishi o'ziga yaqin bo'lgan insonlardan(oila azolari, do'stlar) bemalol biror ish qilishni so'raganda, iltimos qilganda, umuman norasmiy vaziyatlarda ishlatiladi.

(1) Can you pass me the salt - Tuzni yuborasanmi?
(2) Can you lend your car. - Mashinangni berib tura olasanmi.

Can you help me with my homework?
Sorry, I can't.

Could - biroz rasmiy hisoblanadi, iltifot bilan, hurmat bilan biror ishni qilishni xijolat bo'lib sorasa ishlatiladi. Faraz qiling ko'chada begona biror odamdan, yuklaringizni ko'tarishishga yordam berishini so'radingiz, shu vaziyatda COULD keladi.

(1) Could you please help me to carry my luggage?

May - may butunlay rasmiy vaziyatlarda ishlatiladi.

(1) May I sit down. - O'tirsam maylimi?
Yes you can. / No you can't.

(2) May I ask a question? - Savol so'rasam maylimi? - Yes you can but later.

https://t.me/ingliztiliDTM2020

Ingliz tili DTM 2024

22 Sep, 15:19


📌 Ushbu kitob DTM kirish📕📎 imtihonlarida tushadigan tarjima tekstlar bilan ishlashni xohlaganlar uchun ajoyib qo'llanma. Kitobda javoblari berilgan. Tarjima kuchaytirish uchun! 💯💯💯💯

https://t.me/ingliztiliDTM2020

Ingliz tili DTM 2024

12 Sep, 16:44


🤔 Sizda offline o'qishga vaqtingiz yo'qmi???

Unda aynan siz uchun boshlang'ich (beginner) online kursimizni taklif etamiz🥳

3-4-5-6-sinflar va boshqalar ham bemalol qatnashishi mumkin🤩

Sizga qanday qulayliklar taklif etamiz:

Dars vaqtlari guruh orqali kelishiladi;
Asosan gramatika bilan shugʻillaniladi;
So'zlar har dars muntazam so'rab boriladi;
Vazifalar muntazam tekshiriladi;
Darslar video darslar bilan emas, jonli tarzda oʻtiladi.( Xohlagan savollarni dars davomida berishingiz mumkin)
Testlar orqali bilimingizni sinash imkoniyati mavjud.

♻️Oʻqituvchi B2 darajaga ega ustoz tomonidan oʻtiladi( Dars oʻtish boʻyicha 3 yillik tajribaga ega)

🔰 Siz uchun yana bir yaxshi tomoni 2ta darsga qatnashib koʻrasiz, agar darsimiz yoqsa, keyin toʻlovni amalga oshirasiz🔆

To'lovlar elektron shaklda, karta orqali amalga oshiriladi.

Narx: 99 000 soʻm

Darslarda aktiv boʻlmagan, vazifalarni oʻz bajarmagan, soʻzlarni oʻrganmagan oʻquvchilar dars mashgʻulotlaridan chetlashtiriladi!

Taklifimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa murojaat qilishingiz mumkin:

📨
@DD_0913

Ingliz tili DTM 2024

14 Jul, 12:17


#Useful_for you

40 talik Test Reading and grammar
rasm varianti

🌷 Basic English


♻️ Share...

📬 @Ingliztilidtm2020

Ingliz tili DTM 2024

14 Jul, 12:13


Useful_for_you

♻️ Share...

Hi everyone. Qanaqasila ? Bugundan sizlar uchun 1 soatda vaqt ajratib har kuni bomba ma'lumotlar tashlab turaman Inshaa Alloh Bugun sizlarga
#Linguamarina YouTube kanalida 2mln martta ko'rilgan grammar lesson tashlayapman , o'rganib qo'ying zero sizlarga foydali bo'lsa

📬
@Ingliztilidtm2020

Ingliz tili DTM 2024

12 Mar, 06:45


🌙 Oylarning sultoni Ramazon muborak!

Barcha Ota Otanalar va o'quvchilarimizni kirib kelgan Ramazon oyi bilan qutlaymiz. Ushbu rahmat va mag’firat oyida xonadoningizga fayz-u barokat, xotirjamlik hamda duolar ijobatini tilaymiz.

🌙 Alloh taolo siz-u bizni hayrli amallarda bardavom qilsin!

@Kelajakn1

Ingliz tili DTM 2024

07 Mar, 04:43


Wishing a day filled with love, joy, and recognition to every strong woman who continues to inspire, lead, and make a difference. You are truly remarkable.” “To the women who fearlessly pursue their dreams, overcome challenges, and inspire others – Happy International Women's Day. Your journey is truly extraordinary.”

🌸🌸🌸 @Ingliztilidtm2020

4,344

subscribers

130

photos

17

videos