IHMA Sirdaryo viloyati @ihma_sirdaryoviloyati Channel on Telegram

IHMA Sirdaryo viloyati

@ihma_sirdaryoviloyati


IHMA Sirdaryo viloyati (Uzbek)

IHMA Sirdaryo viloyati Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal sizga Sirdaryo viloyati bo'ylab so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun yaratilgan. IHMA Sirdaryo viloyati kanali xalqaro humanitar yordam tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Sirdaryo viloyatidagi yangiliklarni tez va to'liq ko'rish imkonini beradi.

Bu kanalda siz yangi ijtimoiy va siyosiy yangiliklarni, ijodiy ishlar va proyektlar haqida ma'lumotlar, kasb-hunar loyihalari, tabiiy go'zalliklar va turizm imkoniyatlari bilan tanishishingiz mumkin. IHMA Sirdaryo viloyati kanalida Sirdaryo viloyati aholisini qiziqtiruvchi maqolalar va turli ko'rgazmalar ham mavjud.

Sirdaryo viloyati yaratqichi bo'lib, nafaqamizni oshirishni, insoniyatga yordam bering va mamlakatimizni rivojlantirishda ahamiyatli o'rin tutamiz. Sirdaryo viloyatining rivojlanishi va yangilashishi uchun qilinadigan harakatlar va proyektlar haqida ko'p ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Sirdaryo viloyatining ijtimoiy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, va boshqa taraflarini tahlil qilish va o'rganish uchun IHMA Sirdaryo viloyati Telegram kanaliga obuna bo'ling! Sirdaryo viloyati haqidagi so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar bilan xabarlasish uchun sizni IHMA Sirdaryo viloyati kanaliga taklif qilamiz!

IHMA Sirdaryo viloyati

23 Jan, 05:16


❗️ BILASIZMI?

Bolalar nafaqasi olmoqchi bo‘lgan oila kam taʼminlangan oila bo‘lishi kerak!

⚠️ SAVOL:

Bolalar nafaqasini kam taʼminlanmagan oilalar ham olishi mumkinmi?

JAVOB:

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan,

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam mazkur Nizomda belgilangan tartibda oila aʼzolarining taqdim etgan arizalariga asosan «Yagona reyestr» AT orqali kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etilgandan so‘ng tayinlanadi deb ko‘rsatilgan.

🖋 Yaʼni, bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun ariza bergan oilaning ijtimoiy holati yuqoridagi Nizom talablari asosida elektron axborot tizimi orqali o‘rganilganida o‘sha oila kam taʼminlangan deb topilsagina ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari tayinlanishi mumkin.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

23 Jan, 04:47


#statistika
#himoya
#ayollar

“1146” Ishonch raqami operatorlarining 2024-yilda ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha sarhisob

2024-yilda “1146” Ishonch raqami operatorlari tomonidan Respublika bo‘ylab tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan
19 088 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatildi.

Jumladan:
• 3 055 nafar shaxsga yuridik maslahat berildi,
• 480 nafar shaxs psixologik xizmatlardan foydalandi,
• 5 160 nafar shaxsga esa boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatlar taqdim etildi.

Eng ko‘p murojaatlar noyabr va dekabr oylarida, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” targ‘ibot tadbirlari davomida kelib tushdi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar psixologik yoki yuridik maslahat olish uchun “1146” Ishonch raqamiga, tumaningizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning murojaatingiz maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Jan, 10:51


Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Isroil elchixonasi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

2024-yil 21-yanvar kuni Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva O‘zbekistondagi Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ijtimoiy xodimlarni tayyorlash tajribasini almashish, aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda alohida ehtiyojga mujtoj shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Isroil elchisi amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, ko‘zi ojiz bolalarga ko‘mak berish va mutaxassislar uchun kurslar tashkil etish haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar Agentlik delegatsiyasining Isroilga tashrifini tashkil etish, ijtimoiy xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish hamda ko‘rish qobiliyati zaif shaxslar uchun Orcam MyEye qurilmasini yetkazib berish masalalarini muhokama qildilar.
__________________

Национальное агентство социальной защиты и посольство Израиля обсудили сотрудничество

21 января 2024 года первый заместитель директора Агентства Ш.Мирзиёева встретилась с послом Израиля в Узбекистане Гидеоном Лустигом.

На встрече обсудили обмен опытом в подготовке социальных работников, поддержку уязвимых слоев населения и реабилитацию лиц с особыми потребностями. Посол рассказал о проектах посольства, включая помощь незрячим детям и проведение курсов для специалистов.

Стороны договорились организовать визит делегации Агентства в Израиль и семинары для повышения квалификации социальных работников, а также обсудили передачу устройства Orcam MyEye для слабовидящих.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Jan, 09:53


"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlari tomonidan 2024-yilda ko‘rsatilgan xizmatlar #sarhisobini taqdim etamiz

👮‍♂️ 2024-yilda psixologlar tomonidan Respublika bo‘ylab 36 343 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga xizmat ko‘rsatildi. Bularning ichida 6833 nafar voyaga yetmaganlar va 29 510 nafar katta yoshdagilar o‘z muammolari bo‘yicha psixologlardan maslahatlar olishdi.

Xizmatlardan foydalanganlar orasida ayollar ( 29 946 nafar) soni erkaklarga (6397 nafar) qaraganda ko‘proq bo‘lganligi kuzatildi.

Ushbu xizmatlar mamlakatning barcha hududlarida amalga oshirilib, fuqarolarning ruhiy holati, ularning yordamga bo‘lgan ehtiyoji har tomonlama tahlil qilindi. Xizmatlardan foydalanganlar orasida turli yoshdagi va turli holatdagi fuqarolar mavjud bo‘lib, ularning muammolariga alohida yondashuv orqali yechim topildi.

Psixologik yordam olish uchun tumaningizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning murojaatingiz maxfiyligi ta’minlanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Jan, 05:48


❗️ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bolaga qarab turgan shaxsga nafaqa beriladimi?

🖋 Prezidentning 17.02.2022 yil kungi PF–74-son Farmoniga asosan,

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oylik nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etilgan.

Bunda, parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

parvarishlash nafaqasi fuqarolardan murojaat talab etilmagan holda, elektron ma’lumotlar asosida “proaktiv shakl”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

🖋 Prezidentning 12.08.2024 yil kungi 108-son Farmoniga ko‘ra,

hozirgi kunda parvarishlar nafaqasining aniq miqdori 745 000 so‘mni tashkil qilmoqda.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Jan, 04:19


“O‘zbekiston-2030” strategiyasi

🖋 “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun joriy yilning 22-yanvar kuniga qadar www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Jan, 09:46


🥹 Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

🏃 Xovos tumanidagi 2-sonli politexnikumda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qolaversa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

💻 Tuman hokimligi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada 32 ta ish beruvchi korxona va tashkilot 240 dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

🤝 Mehnat yarmarkasi davomida 150 nafarga yaqin fuqaro o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rinlari bilan tanishdi. 40 nafar fuqaro bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, 20 nafar fuqaroga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash uchun yo‘llanmalar berildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Jan, 04:27


💻 Viloyatdagi “Farovon oila” mavzusidagi ilk treninglar Sardoba tumanidan boshlandi

Tumanidagi Doʻstlik, Navroʻz, Xalqobod, Fayzli, Quyitosh va Yurtdosh mahallalarida «Farovon oila” mavzusidagi treninglarga start berildi.

📅 Treninglar tasdiqlangan jadvalga muvofiq haftaning seshanba va juma kunlari oʻtkazilishi nazarda tutilgan.

☺️ Unda mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari ishtirok etishmoqda. Ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining supervayzerlari va malakali psixologlari tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

🎬 Batafsil video-lavhada tanishing.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

14 Jan, 11:11


❗️ Qonunchilikka ko‘ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

🟢 ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinganda;

🟢 ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

🟢 ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo‘lishi oqibatida o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

🟢 ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

🟢 ota-onasi bedarak yo‘qolganda;

🟢 ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o‘xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

14 Jan, 03:16


Vatan himoyachilari kuni bilan!

Bugun biz Vatanimiz tinchligi va har bir xonadondagi osoyishtalikni himoya qilishga o‘z hayotini bag‘ishlagan insonlarga hurmat izhor qilamiz. Vatan himoyachilari kuni – jasorat, matonat va sadoqat ramzi bo‘lgan ulkan bayramdir.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi sifatida biz Vatan himoyasini keng ma’noda tushunamiz. Bu nafaqat yurt chegaralarini muhofaza qilish, balki jamiyatdagi eng zaif insonlarni – bolalar, yoshi ulug‘lar va imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Sizlar, mard himoyachilar, o‘z fidoyiligingiz va mehnatingiz bilan bizga ilhom bag‘ishlaysiz. Sizning jasoratingiz bizga ko‘makka muhtoj har bir insonga yanada mehr va e’tibor ko‘rsatishga undaydi.

Xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Qalblaringizda faxr, xonadonlaringizda osoyishtalik va hayotingizda doimo yaxshilik bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

#VatanHimoyachilariKuni

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

13 Jan, 05:15


#OAV_biz_haqimizda

Tahlilnoma | «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi. Real taqdirlar, real natijalar
Xovos tumani misolida

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

13 Jan, 05:01


😲 Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilingan.

🖋 Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

🔮Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

❗️ Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

📅 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va stasionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;

Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi;

odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

😮 bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;
😮 skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

10 Jan, 16:33


🥹 Guliston shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sport turlariga qamrab olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

💻 Unda O‘zbekiston adaptiv sport turlari Assosiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Adxam Bayzaqov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov, tuman va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari, sport boshqarmasi vakillari, adaptiv sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

😯 Yig‘ilishda Sirdaryo viloyatida adaptiv sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida so‘z bordi.

👮‍♂️ So‘zga chiqqanlar adaptiv sport turlarini rivojlantirishning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishdagi roli va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

🖋 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sportning moslashtirilgan turlarini ommalashtirish, ularga zarur sharoitlar yaratish, sport anjomlari bilan ta’minlash hamda trenerlarning malakasini oshirish borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

10 Jan, 14:15


🟢#Live

Ayni vaqtda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi shoʻba mudirlari Sirdaryo telekanalining "Ochiq muloqot" tok-shousida ishtirok etmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilayotgan dasturda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar xususida so‘z bormoqda.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

10 Jan, 10:06


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga 15 trln so‘mlik ijtimoiy nafaqalar to‘landi

2024-yilda jami 14 962,7 mlrd so‘mlik ijtimoiy nafaqalar orqali 2,6 mln benefitsiarlar (2 mlnga yaqin oilalar hamda 600 mingdan ortiq shaxslar) ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olindi.

Jumladan:

👩‍👩‍👧‍👦 1 269,8 ming kam ta'minlangan oilalarga - 7 379,4 mlrd so’mlik bolalar nafaqasi va moddiy yordam;
👥 Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari ayrim hududlarida yashovchi 37,3 ming oilaga17,9 mlrd so‘mlik bir martalik moddiy yordam;
👥 155,1 ming oilaga – yaqin qarindoshlari vafot etishi sababli 241,6 mlrd so‘m dafn marosimlari uchun yordam;
👫437,5 ming oilaga farzand tug‘ilishi munosabati bilan – 311,8 mlrd so‘mlik moddiy yordam;
👥 6 686,6 mlrd so‘mlik ijtiomiy nafaqalar orqali ish stajiga ega bo‘lmagan va mehnatga layoqatsiz – 696,8 ming shaxslar qamrab olindi:
307,7 ming shaxs nogironlik nafaqasi;
167,1 ming 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlik nafaqasi;
84,6 ming keksaga yoshga doir nafaqa;
74,5 ming parvarishlash bilan band bo’lganlarga parvarish nafaqasi;
55,9 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi.
👥 Shuningdek, 2024 yil may oyidan boshlab 7,3 ming o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolar uchun - 34,2 mlrd so‘mlik moddiy yordamlar to‘lab berildi.

Energotariflar islohotlarining kam ta'minlangan oilalarga ta'sirini kamaytirish maqsadida 1,1 mln oilaga 291,3 mlrd so‘mlik moddiy yordamlar va bazaviy miqdordan oshgan qismi uchun 0,5 mlrd so‘mlik kompensatsiyalar to‘lab berildi.

💵 Shuningdek, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lab berish bo‘yicha arizani elektron shaklda yuborish imkoni yaratilishi orqali 77 mingga yaqin oilalarga birinchi marta nafaqalar tayinlandi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

09 Jan, 08:17


🫴 Joylarda Paraosiyo va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari ishtirokida "Matonat maktabi" uchrashuvlari tashkil etilmoqda

👍Jumladan, Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan ana shunday uchrashuvda 2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan IV yozgi Paraosiyo o‘yinlarida sportning eshkak eshish turi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan Otabek Qo‘chqorov o‘z hayot yo‘lida qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganligi haqida so‘zlab berdi.

👥 Shuningdek, tadbir davomida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, yoshlarda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, qolaversa, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘maklashish borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

🔮Bundan tashqari, qatnashchilarning jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa yoshlar ijtimoiy hayotining turli masalalariga doir tashabbuslar, taklif va tavsiyalari ham tinglandi.

🖋 Bu kabi tadbirlar alohida ishlab chiqilgan reja-jadval asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallalarda tashkil etiladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

09 Jan, 05:42


#2025_yil_1_yanvardan

🖋 Qonunchilikka ko'ra 1-yanvardan boshlab:

1️⃣ Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

2️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratiladi;

3️⃣ Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta’minlanadi;

4️⃣ Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

5️⃣ Bog‘chalarda inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi;

6️⃣ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

08 Jan, 10:50


#kambagallikdan_farovonlik_sari

🏃 "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan "Ijtimoiy uy"da yashovchi Mukarram Jo‘rayeva oilasi farovonlikka yuz tutmoqda.

😲 Ijtimoiy xodimning oilani baholash jarayonida Mukarramning gulchilikka bo‘lgan qiziqishi va bu faoliyat bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalari borligi aniqlandi. Shundan kelib chiqib, hokim yordamchisi bilan kelishilgan holda oilaga 7 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

💵 Bu mablag‘ evaziga qahramonimiz viloyat hokimi tashabbusi bilan "Ijtimoiy uy" hovlisiga o‘rnatilgan issiqxonada gulchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Yetishtirilgan ilk gullar esa oilaga 40 mln so‘mdan ziyod daromad olib keldi. Kelgusida mavsumiy gullarning turlarini ko‘paytirib, yetishtirish xajmini yana-da oshirishni rejalashtirmoqda.

↗️ Oilaga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam nafaqat moddiy manba, balki uning ijtimoiylashuvida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, Mukarram Jo‘rayeva kabi insonlarga berilayotgan imkoniyatlar ularning hayot sifati va farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

07 Jan, 13:04


#inclusive_education

Inklyuziv taʼlim – teng munosabatni taʼminlamoqda


👫 Inklyuziv taʼlim tizimini samarali tashkil etish borasida olib borayotgan izchil islohotlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

🏃 Birgina Sirdaryo viloyatida o‘tgan 2024-yil davomida 6 marotaba psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasi o‘tkazildi. Unda 800 nafarga yaqin alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalar tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 37 nafari umumtaʼlim maktablarida inklyuziv sharoitda taʼlim olishga jalb qilindi.

👩‍👩‍👧‍👦 Hozir kunda Inklyuziv taʼlimga qamrab olingan bolalar soni 2023-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘payganini o‘zi ham yuqoridagi fikrimizning tasdig‘i bo‘la oladi.

Bundan tashqari inklyuziv sinflar tashkil qilingan 31 ta umumtaʼlim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘z tengdoshlari bilan taʼlim olishi uchun zarur barcha sharoitlar, qolaversa to‘siqsiz muhit yaratib berilmoqda.

↗️ 2025-yil davomida yakka tartibda uyda taʼlim olayotgan 623 nafar bolani qayta tekshiruvdan o‘tkazib, ularning 40 foizga yaqinini Inklyuziv taʼlim bilan qamrab olish maqsad qilingan. Mahallardagi ijtimoiy xodimlar bilan bu borada samarali ish olib borilmoqda. Natijada joriy yilning ilk haftasida 45 nafar ota-ona tomonidan farzandlarini inklyuziv sinflarga berish bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

07 Jan, 04:20


“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi 50% – chegirmani kelishuvga ko‘ra yil davomida quyidagi shaxslarga beradi:

🟢II jahon urushi nogironlariga,nogironlik guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

🟢II jahon urushi 3-guruh nogironlariga, II jahon urushi 3-guruh nogironi guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

🟢II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

🟢II jahon urushi 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun kuzatuvchiga, II jahon urushi 1-guruh nogironlariga ularning kuzatib boruvchilari uchun berilgan tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun havo yo‘llari kompaniyalarining rasmiy chiptaxonalariga tashrif buyurishingiz lozim. Chiptaxonaga siz yuqorida so‘ralgan hujjatlarni taqdim etganingizdan so‘ng, ushbu imtiyoz amalda siz uchun qo‘llaniladi.

2020-yil 15-oktabrdagi 641-sonli qonuniga ko‘ra nogironligi bor shaxslarni aeroportlarda va aerovokzallarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni transport vositalarigacha kuzatib borish shuningdek, nogironlik aravachasi va boshqa tibbiy jihozlarni tekinga olib yurish huquqiga ega.

Bugungi kunda aviakompaniya nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarga quyidagi xizmatlarni taklif etmoqda:

🟢uchish/yetib borish aeroportida kuzatib borish va yordam ko‘rsatish;

🟢mustaqil harakatlana olmaydigan yo‘lovchilarni nogironlar aravachasida/avtoliftda havo kemasiga/kemasidan tashish;

🟢havo kemasi o‘rindiqlariga birinchi navbatda joylashtirish;

🟢yostiq va pled taqdim etish;

🟢barcha yo‘lovchilar havo kemasidan chiqib bo‘lgach, bort kuzatuvchilar kuzatuvi ostida chiqish;

🟢yetib borish aeroportida kutib olish.

Manba: @huquqplus

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

07 Jan, 04:19


👨‍🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslarga havo yo‘llarida harakatlanish uchun chipta kassalarida qanday imtiyozlar mavjud?

🖋 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, 2022-yil 15-sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar aviachiptalarni olishda 50 foizlik chegirmali tarifdan foydalanishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, har bir havo transporti kompaniyalari o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib qo‘shimcha imtiyozlar joriy etishi mumkin.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi har yilgi kelishuvga ko‘ra, 100 foizlik chegirmani quyidagi shaxslarga joriy etgan:

🟢II jahon urushi nogironlariga, nogironlik guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

🟢II jahon urushi 3-guruh nogironlariga, II jahon urushi 3-guruh nogironi guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan ikkita talon asosida.

🟢II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan ikkita talon asosida.

🟢II jahon urushi 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun kuzatuvchiga, II jahon urushi 1-guruh nogironlariga ularning kuzatib boruvchilari uchun berilgan tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

Manba: @huquqplus

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

06 Jan, 09:20


#Ijtimoiy_karta

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

😲 ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;
😲 ijtimoiy kartalarni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
😲 "Ijtimoiy karta" axborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.

🖋 "Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

💵 Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
😲 YaIDXP;
😲 "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
😲 "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
😲 moliyaviy agentlar.

🤝 Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

⚠️ 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha "1070" "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

06 Jan, 06:20


❗️Bugungi kun holatiga fuqarolarga to‘lanadigan pensiya va nafaqalar miqdorlarini bilasizmi?

🖋 12.08.2024 yildagi PF-108-son Prezident Farmoniga asosan,

2024-yilning 1-sentabridan boshlab fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari quyidagicha etib belgilangan:

Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m.

Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 920 000 so‘m.

1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 4 056 000 so‘m.

Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori — oyiga 920 000 so‘m.

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 745 000 so‘m.

Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 745 000 so‘m.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 745 000 so‘m.

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 745 000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 244 000 so‘mdan qo‘shiladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 745 000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

04 Jan, 15:47


🎙Navbatdagi radio-muloqotda yakunlangan 2024-yil sarhisob qilindi

Xabar berib borilayotganidek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan FM 90.6 "Sirdaryo yoshlari radiosi" orqali jonli muloqotlar tashkil etilib kelinmoqda.

Navbatdagi radio-muloqotda ishtirok etgan Guliston tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Mahallada ijtimoiy xizmati tashkil etish shoʻbasi mudiri Abdulaziz Tursunaliyev 2024-yilda erishilgan yutuqlar, aholiga ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar haqida tinglovchilarga maʼlumotlar berdi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

04 Jan, 15:47


RASMIY MUNOSABAT

Sirdaryo tumanida joylashgan alohida taʼlim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun yordamchi 71-sonli maktab-internatida bo‘lib o‘tgan Yangi yil tadbiri to‘g‘risida eʼlon qilingan xabar Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

Avvalo shuni qayd etish kerakki, bugungi kunda maktab-internatida 228 nafar aqliy va ruhiy rivojlanishi orqada bo‘lgan bolalar (alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar) taʼlim-tarbiya olib kelmoqda.

O‘tgan 2024-yilning 28-dekabr kuni maktab-internatida Yangi yil munosabati bilan tadbir o‘tkazilgan. Unda o‘quvchilarni imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, bir guruh boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalarga bayram kayfiyati ulashish maqsadida sahna ko‘rinishi namoyish qilgan. Ustozlar yosh bolalar obraziga kirib, sheʼr, qo‘shiq aytgan, raqsga tushgan va bundan bolajonlarga quvonch ulashishdan boshqa maqsad bo‘lmagan.

O‘qituvchilar bilan suhbat davomida, ularning hech qanday g‘araz niyati bo‘lmagani, bolalar bilan tunu-kun ish olib borishi, ayniqsa, ruhiy rivojlanishi orqada qolgan tarbiyalanuvchilar bilan bu kabi o‘yin ko‘rinishidagi interaktiv mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib borilishini taʼkidlashdi.

Shuningdek, soha mutaxassislari alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalar taʼlimi ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda korreksion usulda tashkil etilishi, bunda taʼlim-tarbiya jarayoni oddiy bog‘cha dasturiga o‘xshash tarzda olib borilishi, shu bois muassasada himoyalaydigan muloyim davolovchi maxsus tartib tashkil etilganini qayd etishdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, bunday taʼlim-tarbiya ishlari bolalarning diqqati, fikrlash va ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilishi bilan muhim. Bolalarga bilim berishda tarbiyachilar ularning o‘ziga xos individual xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ish olib borishadi. Korretsion tuzatish usuli taʼlim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarda ham tatbiq etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoq faollari va kuzatuvchilardan ushbu holatni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

04 Jan, 09:03


❗️ Bilasizmi?

🖋 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagi shaxslar va tashkilotlar tomonidan 24 soat ichida asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga (shu jumladan, elektron shaklda) bola aniqlangan hududdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yo'naltiriladi:

😲 ijtimoiy xodim, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi;
😲 ichki ishlar organlari;
😲 notariuslar;
😲sog'liqni saqlash organlari;
😲 sudlar;
😲 ta'lim muassasalari;
😲 fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari.

Vakolatli organga taqdim etiladigan ma'lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ma'lumotni kiritayotgan idoralarning rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

03 Jan, 13:50


#2025_yil_1_yanvardan

🖋 Qonunchilikka ko'ra 1-yanvardan boshlab:

1️⃣ Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

2️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratiladi;

3️⃣ Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta’minlanadi;

4️⃣ Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

5️⃣ Bog‘chalarda inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi;

6️⃣ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

03 Jan, 11:41


🖋 2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

🧮 “Onalar maskani”da:

1️⃣ Onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

2️⃣ ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

3️⃣ Onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

01 Jan, 09:13


#SARHISOB

🧠 2024-yil O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasida misli ko‘rilmagan yutuqlar va muhim tashabbuslarni amalga oshirish yili bo‘ldi. Mamlakatimizdagi davlat idoralari bilan boshlangan hamkorlik xalqaro maydonga quloch yozib, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun qator uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazishga imkon berdi.

🖋 Muhtoj aholi qatlamlari uchun sifatli va zamonaviy ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish maqsadida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Ushbu huquqiy bazalar aholining barcha toifalari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etdi.

🤝 Ijtimoiy himoya sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va amalda qo‘llash uchun xalqaro maydonda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston delegatsiyasi dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan forum va konferensiyalarda ishtirok etib, ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. Shu bilan birga, respublikamizga xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilib, ijtimoiy himoya sohasidagi muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

2024-yilning natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy himoya sohasidagi mehnatlar va sa’y-harakatlar nafaqat mamlakatimiz fuqarolari hayotiga, balki xalqaro maydondagi nufuzimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

↗️ Fuqarolar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida kelgusi yillarda ham izchil ishlar olib boriladi. Xususan, yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etilishi, huquqiy bazani takomillashtirish orqali aholining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan innovatsion dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

27 Dec, 15:48


#Eʼtirof

🥹Tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarning mehnati agentlik tomonidan eʼtirof etildi

Yakunlanayotgan yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining davlat tomonidan kafolatlangan xizmat va yordamlarni olishida, ularning ijtimoiylashuvi va jamiyatga qo‘shilishida qilgan fidokorona mehnati munosabati bilan:

☺️ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlaridan

🟢 Mamurov Nurbekjon Abdiqulovich — Boyovut tumani "Inson" markazi bosh ijtimoiy xodimi
🟢 Ayubqulov Baxtiyor Farxod o‘g‘li — Sirdaryo tumani "Inson" markazi supervayzeri
🟢 G‘ofurova Nafisa Oripjonovna — Mirzaobod tumani "Inson" markazi psixologi
🟢 Ismoilov Abdumannon Xalilovich — Boyovut tumani "Inson" markazi huquqshunosi

👮‍♂️ Mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlaridan

🟢 Xidirova Latofat Xayrullayevna — Xovos tumani, mahallada ijtimoiy xodimi
🟢 Babayarov Toxir Egamnazarovich — Sayxunobod tumani, mahallada ijtimoiy xodimi
🟢 Jumayeva Jumagul Xamdamjon qizi — Boyovut tumani, mahallada ijtimoiy xodimi
🟢 Toshmatov Begali Abdaliyevich — Xovos tumani, mahallada ijtimoiy xodimi
🟢 Jamolov Fazliddin Orifjon o‘g‘li — Guliston shahar, mahallada ijtimoiy xodimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Abdullayev Sirojiddin Sadullayevichning "Tashakkurnomasi" bilan taqdirlandi. Ularga, shuningdek, esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

27 Dec, 12:44


🎄Yoshlar ishlari boshqarmasining “Qorbobo”lari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazidagi bolajonlarni Yangi yil bilan qutlash uchun keldi

Maʼlumot o‘rnida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Respublika Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Sirdaryo viloyati hududiy markazida ayni vaqtda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 6 nafar ayollar, ularning 8 nafar voyaga yetmagan farzandlari istiqomat qilmoqda.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

27 Dec, 06:47


Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i Sirdaryo viloyatida bo‘lib, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi holati, unda yaratilgan sharoitlar, oshxona va muolaja xonalarini ko‘zdan kechirdi.

Bunda asosiy eʼtibor mavjud isitish tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, issiq suv quvurlarining holatiga qaratildi.

O‘rganish ishlari doirasida Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i X.Kutpiddinov viloyat hokimi o‘rinbosari, qurilish soha rahbarlari, loyiha, qurilish-pudrat korxonalari, loyihalarni ekspertizadan o‘tkazishga masʼul bo‘lgan idora vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda "Universal loyiha" taqdimot qilindi. Shuningdek, viloyatdagi ijtimoiy obyektlarda qulay va to‘siqsiz muhit yaratishni tashkil qilish borasidagi ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

26 Dec, 10:33


2024-yil davomida "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar va ushbu yo‘nalishdagi yil #sarhisobini taqdim etamiz.

☺️ 208 ta tuman (shahar)lardagi “Inson” markazlari tomonidan jami 1,622 mingta ariza qabul qilingan. Ulardan:

957 mingta (59 %) arizaga xizmat ko‘rsatilgan;
483,8 mingta (29,8 %) ariza rad etilgan;
181,5 mingta (11,2 %) ariza jarayonda.

🏃 Quyidagi xizmatlarga talab yuqori bo‘lgan:

👫 Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berish (jami arizalarning 31 foizi 503,2 mingta ariza);

🎅Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratish (16,2 foizi yoki 262 mingta ariza);

💵 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish (5,7 foizi yoki 92,4 mingta ariza).

🖋 Shu bilan birgalikda, 2024-yilning yanvar oyida fuqarolardan 14 turdagi xizmat va yordamlar uchun ariza olingan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich oylar davomida oshib, yil yakuniga kelib, 103 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar uchun arizalar qabul qilingan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

25 Dec, 17:32


Bolajonlarga quvonch ulashgan "Prezident archasi"

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

25 Dec, 14:44


"Prezident archasi" bolajonlarga quvonch bag‘ishladi

Har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Prezident archasi” tadbirining bu galgisi Sirdaryoda o‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.

Viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lganlar, Vatanimiz tinchlik-osoyishtaligini saqlash yo‘lida qurbon bo‘lgan yurt fidoyilarining farzandlari ishtirok etdi. Ularning tadbirga kelib-ketishlarida hududlardagi “Inson” markazlari, ijtimoiy xodimlar va bolalar psixologlari yaqindan ko‘maklashdi.

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bolalarni bayram bilan qutlab, Prezidentimizning kelajagimiz egalariga ko‘rsatayotgan mehr-eʼtibori va g‘amxo‘rliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ularga davlatimiz rahbarining Yangi yil bayrami tabrigi, turli xil shirinliklar, o‘quv qurollarini ichiga olgan "Prezident sovg‘a" lari topshirildi.

Tadbir teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram spektakli namoyishi bilan davom etdi.

📝@IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

25 Dec, 14:15


#OAV_biz_haqimizda

Yangiyer shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlili "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturi ijodkorlari talqinida

📝@IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

25 Dec, 14:13


O‘zbekistonda ijtimoiy himoya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar #Sarhisobi

🧠 So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi tizimini takomillashtirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

☺️ 2024-yilda Respublikadagi 208 tuman va shaharlarda "Inson" markazlari va mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tadbirlar doirasida 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.

🎅 Yolg‘iz yoki yakka yolg‘iz shaxslarni qo‘llab-quvvatlash uchun reyestr shakllantirilib, unga 2 429 nafar shaxs kiritildi. Ularga pullik ijtimoiy xizmatlar tashkil etildi. Shuningdek, 10 169 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza orqali nogironlik guruhlari aniqlandi.

🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilib, ular uchun 30 turdagi protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari taqdim etiladi.

👂 Elektron savdo maydonchalari orqali 85 mingdan ortiq shaxslarga vaucherlar tarqatilib, ularning aksariyati buyurtma qilingan vositalarni olish imkoniga ega bo‘ldi.

👫 2021-yildan buyon hozirgi kunga qadar Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 490 nafar bola davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlandi.

💵 Ijtimoiy nafaqalarni taqsimlash tizimi raqamlashtirilib, 1,7 milliondan ortiq oilalarga onlayn rejimda nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi. Kam ta’minlangan oilalar uchun avtomatik hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yildi, bu nafaqa ajratish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi.

🎬 Batafsil videoda…

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

24 Dec, 11:02


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi Xalqaro inklyuziv xab birinchi marta "TEPLO FEST" festivalida ishtirok etdi. Yangi yil festivali ijodkorlik, inklyuziya va bayramona muhitni birlashtirgan holda bolalar, ota-onalar va hunarmandlarni bir maydonda to‘pladi.

Hub o‘qituvchilari turli yo‘nalishlarda mahorat darslari o‘tkazdi, o‘quvchilar esa "Kichkina shahzoda" teatr sahnasi bilan debyut qildi. Shuningdek, festivalda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan foto asarlar ko‘rgazmasi tashkil etildi, shuningdek, mehmonlar mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar qo‘li bilan yaratilgan noyob mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

"TEPLO FEST" festivalida ishtirok etishdan Hubning asosiy maqsadi har bir bolaning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilish, iste’dodlarini rivojlantirish va umumiy kelajak yaratuvchisi bo‘lishga qaratilgan jamiyatni shakllantirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

~~

Международный инклюзивный хаб при Национальном Агентстве социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан впервые принял участие в фестивале «TEPLO FEST». Этот новогодний фестиваль стал особым событием для Хаба и объединил детей, родителей и ремесленников на единой площадке, где творчество и инклюзия переплелись в гармоничной праздничной атмосфере.

Преподаватели Хаба провели мастер-классы по различным направлениям, а студенты дебютировали с театральной постановкой «Маленький принц». Кроме того, на фестивале была организована выставка фоторабот студентов, а гости смогли приобрести уникальные изделия, созданные руками учащихся во время занятий.

Участие в «TEPLO FEST» стало ещё одним шагом на пути к главной цели — построению общества, где каждый ребенок сможет раскрыть свой потенциал, развить таланты и стать активным создателем общего будущего.

📞(71) 202 4848
[email protected]

Facebook | Instagram | YouTube

IHMA Sirdaryo viloyati

23 Dec, 13:29


#OAV_biz_haqimizda

«Prezident sovg'alari» ortilgan avtokarvon Sirdaryoda

@IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

23 Dec, 04:20


#Ijtimoiy_axborot

❗️
MODDIY YORDAM NAFAQASI HAQIDA BILASIZMI?

⚠️ SAVOL:

Moddiy yordam nafaqasi qancha muddatga tayinlanadi va kimlarga beriladi?

JAVOB:

Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan,

moddiy yordam farzandlari bo‘lmagan yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi hamda to‘lanadi.

💵 Moddiy yordam nafaqasi oilaning oylik jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaydigan taqdirda beriladi.

📅 6 oylik muddat tugaganidan keyin yana moddiy yordam olishni davom ettirmoqchi bo‘lgan oila yangi muddat uchun qayta ariza berishi kerak bo‘ladi.

@IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Nov, 14:21


#Kouching
#ijtimoiy_himoya

🥹 "Xalqqa yordam - oliy qadriyat" shiori ostidagi navbatdagi seminar-kouching Mirzaobod tumani aholisi bilan o‘tkazildi

Unda fuqarolarning ijtimoiy himoya ko‘lamini kengaytirish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda aholi uchun qulayliklarni oshirish borasidagi fikr-mulohazalari va takliflar tinglandi.

Shuningdek, ijtimoiy, maishiy xizmatlar va yordamlar yuzasidan tayyorlangan maxsus roliklar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Mutaxassislar tomonidan har bir xizmat bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Nov, 03:08


❗️ Ijtimoiy karta haqida nimalarni bilasiz?

IJTIMOIY KARTA – bu nogironligi bo‘lgan shaxsning yagona ijtimoiy xizmatlardan foydalanishdagi va to‘lovlarni amalga oshirishdagi plastik kartasi hisoblanadi.
Bunda barcha ijtimoiy xususiyatga ega xizmatlar, to‘lovlarni amalga oshirish usullari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilib boriladi.

2024-yil 1-dekabrdan boshlab

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun

yangi tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar;
хizmatlar va imtiyozlar IJTIMOIY KARTALAR;
POM va RTV mahsulotlarini хarid qilish ham tajriba tariqasida ijtimoiy kartalar orqali amalga oshiriladi.

2025-yil 1-apreldan boshlab

Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar;
Talabalik va o‘quvchi guvohnomalari;
Urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaхs guvohnomalari o’rniga IJTIMOIY KARTALAR joriy etiladi.

Shuningdek:

😮 jamoat transporti, temir yo‘l, avia va yo‘nalishli taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha
😮 Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
😮 Ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalariga imtiyozlar IJTIMOIY KARTALARda taqdim etiladi:

🧠 Ushbu IJTIMOIY KARTALAR Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan tartib asosida beriladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

20 Nov, 08:47


Bugun Butunjahon bolalar kuni

Ushbu kun, bolalar huquqlari, ularning xavfsizligi va farovonligi uchun mas'uliyatni eslatadi. Har bir bola ta'lim olish, sog'likni saqlash, hurmat va g'amxo'rlik muhitida o'sish huquqiga ega. Bizning burchimiz – bolalarimizni zo'ravonlikdan himoya qilish, ularning orzu-istaklarini qo'llab-quvvatlash va ularni teng imkoniyatlar bilan ta'minlashdir.

Bugungi kunda bolalarimiz – bizning kelajagimizning tayanchi. Keling, har bir bolaga mehr-oqibat, g'amxo'rlik va hurmat ko'rsatib, ularning huquqlarini himoya qilish yo'lida birgalikda harakat qilaylik.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

20 Nov, 04:29


#Ijtimoiy_axborot

🥹Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.

👫 Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

💵 Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

⚠️ Esda tuting! Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

19 Nov, 14:22


Келгуси йилда ижтимоий хизмат ва ёрдам кўлами янада кенгайтирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IHMA Sirdaryo viloyati

18 Nov, 16:45


Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani);
🟢Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
🟢Prokuratura organlari;
🟢 Ichki ishlar organlari;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
🟢 Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
🟢 Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;
🟢 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
🟢 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya – davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Bolalar masalalari bo'yicha milliy komissiyaning ishchi organidir. Agentlik zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, shuningdek oilada xavf ostida bo‘lgan bolalarni hisobini yuritadi, himoya qilish chora-tadbirlarini belgilab beradi,
shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlashtiradi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

18 Nov, 10:31


#OAV_biz_haqimizda

Rennesans telekanalining “Elchilik” dasturi ijodkorlari qariyb 10 yil ish topolmay uyda o‘tirgan xovoslik Izzat Ashirbayev haqida hikoya qiladi.

Xovos tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ish boshlagan qahramonimizning mehnati tufayli markaz mo‘jaz maskanga aylanyapti. Bino ostonasiga ekilgan sadarayhon tevarak-atrofga ko‘rk bag‘ishlash bilan birga o‘tgan-ketganlarga xush kayfiyat ulashmoqda.

Izzat Ashirbayevning hayoti o‘zgardi, jamiyatda o‘z o‘rnini topdi. Hamkasblariga nafi tegib, o‘zini kerakli insondek his qilayotganidan mamnun. Qolaversa, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlarda uni ham hissasi borligidan faxrlanadi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

18 Nov, 07:31


18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugun, 18-noyabr – xalqimiz uchun faxr va iftixor manbai bo‘lgan Davlat bayrog‘imiz qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi. 1991-yilning aynan shu tarixiy kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan bayrog‘imiz tasdiqlanib, u mustaqil O‘zbekistonning sharafli ramziga aylandi.

O‘zbekiston bayrog‘i – xalqimizning boy tarixini, yorqin kelajakka bo‘lgan intilishlarini aks ettiruvchi ramzdir. Undagi ko‘k rang tinchlik va musaffolikni, oq rang poklik va ezgulikni, yashil rang esa tabiatni, yangilanishni bildiradi. Bayroqda joylashgan qizil chiziqlar hayot va qudrat ramzi bo‘lsa, yulduz va oy musulmon dunyosining muhim belgisi bo‘lib, qadimiy merosimizni eslatadi.

Davlat bayrog‘i bugungi kunda xalqaro maydonlarda yurtimizning timsoli sifatida baland ko‘tarilib, jahon hamjamiyatida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida tan olinganidan dalolat beradi. Har birimiz ushbu bayroqni qadrlab, uning ostida jipslashib, Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishga intilishimiz zarur.

Bayram muborak, aziz yurtdoshlar! Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimiz tinchligi va farovonligini namoyon etaversin!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

18 Nov, 07:15


#kouching
#ijtimoiy_himoya

Sayxunobod tumani aholisi uchun "Xalqqa yordam - oliy qadriyat" mavzusida seminar-kouching bo‘lib o‘tdi


Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tuman “Inson” markazi mutaxassislari fuqarolardan kelib tushayotgan dolzarb masalalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risidagi flayerlar tarqatildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

16 Nov, 12:57


Ijtimoiy tarmoqlarda "Yosh bolani xipchin bilan savaladi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olinib, Ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan atroflicha o‘rganildi. 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu video Tojikistonning Xatlon viloyati, Regar tumanida olinganligi aniqlandi. Shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning onasi Rossiyaga ishlash maqsadida ketgani, bolalar esa amakisining qo‘l ostida qolib, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragani ma’lum bo‘ldi. 

Biz ommaviy axborot vositalari va blogerlarni ma’lumotlarni nashr etganga qadar ularning haqqoniyligini diqqat bilan tekshirishga chaqirib qolamiz. Noto‘g‘ri ma’lumotlar ishonchsizlikka olib keladi, shuningdek, jamiyatda notinchlik va yolg‘on ma’lumot tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Agar siz bolalar yoki ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatiga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlari orqali xabar berishingiz mumkin: 
📞 1146 — Ijtimoiy himoya milliy agentligining ishonch telefoni 
📞 102 — Huquqni muhofaza qilish organlari qisqa raqami
📞 112 — Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda

Sizning faol ishtirokingiz eng zaif qatlamlarni himoya qilishga yordam beradi. Keling, jamiyatni birgalikda xavfsizroq qilaylik!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

15 Nov, 07:21


Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida Qonunning asosiy prinsiplari (4-modda)

Qonuniylik;
Insonparvarlik;
Bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlash;
Bolalarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini ta’minlash;
Bolalarning tahqirlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Bolaning o‘z manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishi;
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka bo‘lgan murosasizlik;
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikning muqarrarligi;
Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlarini tiklash.

Qonunda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning jami 6 ta shakliga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash hamda qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda (3-5-moddalar).

Zo‘ravonlik shakllari:

🟢 Jismoniy zo‘ravonlik;
🟢 Jinsiy zo‘ravonlik;
🟢 Ruhiy zo‘ravonlik;
🟢G'amxo‘rlik ko‘rsatmaslik;
🟢 Ekspluatatsiya;
🟢 Bulling.

Shuningdek,  bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga doir jami 7 ta quyidagi yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanmoqda (23-24-moddalar):

 himoya orderini berish;
 bolalarni himoya qilish rejasi asosida ularga huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
 bolalar oilalarini mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash;
 bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid mavjud bo‘lgan holatlarda ota-onadan olish;
 jinoyat protsessida bolalar uchun maxsus himoya choralarini ta’minlash;
 zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tishi;
 jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning huquqlarini cheklash.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

15 Nov, 05:03


#OAV_biz_haqimizda

Rennesans telekanalining “Elchilik” dasturi ijodkorlari o‘z mehnati irodasi bilan zavqlanib yashayotgan sardobalik Topchiboy Jaynakov haqida hikoya qiladi.

Sardoba tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magi bilan tuman davlat soliq inspeksiyasida ish boshlagan qahramonimizning hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz berib, ijtimoiy hayotga moslashishi oson kechmoqda. Uning ish joyidagi muvaffaqiyati kundalik turmushini yorqinlashtiribgina qolmay, atrofidagi insonlar, oila aʼzolariga ham ijobiy taʼsir ko‘rsata boshladi.

Bundan tashqari, uning ish bilan taʼminlanishi nafaqat moliyaviy mustaqillikka erishishiga, balki o‘z-o‘zini rivojlantirish va jamiyat bilan bog‘lanish imkoniyatini ham bermoqda.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

14 Nov, 10:00


#Ijtimoiy_axborot

❗️ Bilasizmi?

📁 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma beriladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

14 Nov, 07:32


#OAV_biz_hqimizda

BOSHDAN OLINGAN JAROHAT: YAQINLARDAN UZOQDAGI 40 YILLIK UMR

40 yil oldin Tojikiston Respublikasidan Sirdaryo viloyatining Xovos tumaniga kelib qolgan, hozirda 72 yoshni qarshilagan Mirzo Jalilovga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatilgan yordamlar “ZO‘R TV” telekanalining "Bu kun" informatsion dasturi ijodkorlari nigohida

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

14 Nov, 05:25


#ijtimoiy_himoya
#kouching

Seminar-kouching mashg‘ulotlarining navbatdagisi Yangiyer shahri aholisi bilan o‘tkazildi


Anʼanaga ko‘ra, qatnashchilarga dastlab aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risidagi flayerlar tarqatildi.

Mashg‘ulot davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislaridan iborat murabbiylar eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan yo‘nalishlar, ijtimoiy xizmat va yordam turlari, ulardan foydalanish tartibi hamda belgilangan mezonlar haqida atroflicha tushuntirishlar berdi.

Bundan tashqari, “Inson” markazi psixologlari tomonidan zamonaviy va interaktiv psixologik xizmatlar ham tashkil etildi. Mashg‘ulotda faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

13 Nov, 13:27


#Ijtimoiy_axborot

🥹 Ayrim shaxslarga temiryo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi

👨‍🦯 O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tanloviga ko‘ra temiryo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.

🖋 Hukumat qarori bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temiryo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

❗️ Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temiryo‘l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.

⚠️ Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

13 Nov, 05:58


#kouching
#ijtimoiy_himoya

💻 Navbatdagi seminar-kouching Sardoba tumanida bo‘lib o‘tdi

☺️ Unda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari aholi tomonidan eng ko‘r murojaatlar kelib tushayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilganlarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahallalardagi kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy, maishiy xizmatlar va yordamlar haqidagi tarqatma materiallar berildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

13 Nov, 04:34


#imtiyoz

❗️Bilarmidingiz...

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar sport to‘garaklarida bepul shug‘ullanishi mumkin.

Qonunchilikka ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yoki yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yo‘llanmalariga asosan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport to‘garaklarida bepul shug‘ullanishi mumkin.

Shuningdek ushbu toifadagi shaxslar hamda ularni kuzatuvchi shaxslar davlat sport tadbirlariga, teatrlarga va muzeylarga bepul kirishlari va ularning yashash joyida esa bepul dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu shaxslarga ularning uyida maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlariga byudjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yo‘l haqi uchun kompensatsiya to‘lanadi;

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 16:25


Chorvoq hududida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus sport obyektlari quriladi va ularni professional sportga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga muvofiq:

Adaptiv sport turlari Assotsiatsiyasi Toshkent shahridagi Yashnobod tumani Olimpiya shaharchasida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Qolaversa, Chorvoq hududida 50 gektar yer nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport inshootlari qurishga ajratiladi. Bunda:

😲 Ushbu hudud davlat zaxirasidan chiqarilib, Agentlikka doimiy foydalanish huquqi beriladi.

😲 2025-yil 1-dekabrga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun professional mashg‘ulotlar bazasi qurilib, Assotsiatsiyaga tekin foydalanish uchun topshiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 16:10


Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hamrohlik xizmati” yo‘lga qo‘yiladi

Qaror bilan 2025-yil yakuniga qadar:


🤔 Agentlik tomonidan ko‘z va tayanch-harakat a’zolari kasalliklariga chalingan nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport inshootlariga borib-kelishiga yordam berish uchun hamrohlik xizmati tashkil etiladi. 

 🤔Bu xizmat davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida NNTlar va ko‘ngillilar orqali yo‘lga qo‘yiladi. 

 🤔Hududlardagi “Inson” markazlari qoshida ko‘ngillilar guruhlari tashkil etiladi.

🤔 Bu xizmat avval faqat aholisi ko‘p hududlarda bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 16:10


Maxsus ta’lim muassasalari va internat uylari uchun sport obyektlari quriladi

2025–2026-yillarda maxsus ta’lim muassasalari va "Muruvvat" internat uylarida sport obyektlari quriladi, ta’mirlanadi va jihozlanadi.

Bu muassasalarda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun adaptiv sport to‘garaklari tashkil etilib, kunduzgi qatnov xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari nogironlarga mos sport turlari bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarida ishtirok etadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 16:10


Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini tashkil etiladi

Qaror bilan adaptiv sport turlari Assotsiatsiyasining asosiy vazifalari belgilab berilmoqda.

🖋 Shuningdek, Assotsiatsiyaning hududiy bo'linmalari faoliyatini yo'lga qo'yish va Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini tashkil etilishi belgilandi.

Bunda:

🟢 2025-yil 1-fevraldan boshlab, adaptiv sport va jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun maxsus qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Kurs yakunida 4-yil amal qiladigan sertifikat beriladi.

🟢 Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari malaka sertifikatiga ega trenerlarga adaptiv sport turlari bo‘yicha guruhlar tashkil qilish va nogironligi bo‘lgan bolalarni qabul qilish imkonini beradi. Oliy ta’lim muassasasini yaqinda tugatgan bitiruvchilarga sertifikat talab etilmaydi.

🟢 Nogironligi bo‘lgan shaxslar sport maktablari va adaptiv sport guruhlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oson tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🟢 Adaptiv sport guruhlarini tashkil etgan trenerlar maoshiga 50% ustama qo‘shiladi. Guruhlar faoliyati “Inson” markazlari va “ERP-sport” elektron tizimi orqali nazorat qilinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 16:07


Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport  bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengaytirildi

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  Prezident qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-dekabrdan boshlab:

sport bilan shug‘ullanish istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sport bilan bepul shug‘ullanish uchun yo‘llanmalar beriladi;

sport bilan bepul shug‘ullanish imkoni yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ro‘yxati tegishincha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tasdiqlanadi hamda doimiy yangilab boriladi;

Shuningdek, 2025-yil 15-yanvardan boshlab:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport to‘garaklaridagi ishtiroki “Inson” markazi tomonidan yo‘llanma berilgan kundan boshlab har olti oyda bir marotaba joyiga chiqqan holda yoki “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 12:24


🖋 Qonunchilikka muvofiq:

2025-yil 1-yanvardan Protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag‘lar oshiriladi.

protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag‘lar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib chiqib o‘rtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to‘g‘risidagi maʼlumotnoma asosida belgilanadi;

nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 10:45


#OAV

Ijtimoiy xodim Sirdaryo Yoshlar radiosida

Bugun Sirdaryo Yoshlar radiosida Boyovut tumani Alisher Navoiy va Shirin mahallalarida kompleks xizmatlar ko‘rstuvchi ijtimoiy xodim Shohista Jo‘raqulova bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida muloqot tashkil etildi.

Kouching nima? — 01:38

Ijtimoiy xodim faoliyati Alisher Navoiy mahallasi misolida — 03:11

"Keys menejment" amaliyoti nima? — 04:48

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

12 Nov, 08:18


#YangiMediaLoyiha
#KambagallikdanFarovonlikSari

Ижтимоий масъулиятли бизнеснинг фаолият туридан қатъи назар, компаниялар брендининг ажралмас қисмига айланмоқда. Умуман олганда, бизнес билан шуғулланадиган ҳар қандай компания нафақат фойда кўриш, балки мижознинг фаровонлиги ҳақида ҳам қайғуриши керак, шундагина бизнес ҳам фаровонлика эриша олади.

Бунга мисол қилиб, ҳаммамиз билган "Safia" — қандолат маҳсулотлари ишлаб чиқарувчи корхонани олиш мумкин. Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ташаббуси билан Савдо-саноат палатаси билан хамкорликда яратилган ЯНГИ МЕДИА ЛОЙИХА «Камбағалликдан фаровонлик сари» теледастурда корхона ҳақида сўз борди.

Корхона 1 ойда ишчиларига 1 млн доллар маош беради. Ҳозирда бренднинг ишлаб чиқариш ва савдо тармоғида 4000 нафар киши меҳнат қилмоқда. Улардан 150 нафари "Темир дафтари”да турган, яна 55 нафар ногиронлиги бўлган шахсларнинг бандлиги таъминланган.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

11 Nov, 16:05


#Bilasizmi?

🧠 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va Maʼmuriy sudlarga taalluqli bo‘lgan bir qator sud ishlari bo‘yicha davlat hisobidan yuridik xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan.

😮 Xususan,
"Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risida"gi;

"Ishga tiklash to'g'risida"gi;

"Ish haqini undirish to‘g‘risida"gi;

"Aliment to'lovlarini undirish to'g'risida"gi;

"Uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risida"gi;

Mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek, boquvchining vafot etganligi sababli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to'g'risida"gi sud ishlarida davlat tomonidan yuridik xizmatlar ko’rsatilishi belgilangan.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

09 Nov, 10:49


#kouching
#ijtimoiy_himoya

"Xalqqa yordam - oliy qadriyat" shiori ostidagi navbatdagi seminar-kouching Boyovut tumani aholisi bilan o‘tkazildi


Unda fuqarolarning ijtimoiy himoya ko‘lamini kengaytirish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda aholi uchun qulayliklarni oshirish borasidagi fikr-mulohazalari va takliflar tinglandi.

Ijtimoiy, maishiy xizmatlar va yordamlar yuzasidan tayyorlangan maxsus roliklar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Mutaxassislar tomonidan har bir xizmat bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

09 Nov, 08:20


❗️ Imtiyozli ish nima va u nimaga kerak?

Imtiyozli ish — bu maxsus shartlarda hisobga olinadigan va erta pensiya yoki boshqa ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini beradigan staj turi. Bizdagi misolda, bu —  I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalar kabi o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga qarab turganlar uchun imtiyozlarni o‘z ichiga oladi.

❗️ Bunday ma’lumotnomani kim olishi mumkin?

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga muntazam qaragan shaxslar uchun beriladigan dalolatnoma, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 80 yoshdan oshgan keksa shaxsga qaragan va buni muntazam ravishda amalga oshirgan shaxslarga beriladi. Ko‘pincha bunday dalolatnoma ish stajini tasdiqlash uchun kerak bo‘ladi, shu tariqa u imtiyozli staj sifatida hisoblanadi.

Ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

Ma’lumotnomani olish uchun quyidagi ishlarni  bajarish kerak:

☺️  Ijtimoiy himoya organiga (masalan, mahalla yoki hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi) murojaat qilish kerak;

🎅 O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga haqiqatdan ham qaraganligingizni tasdiqlash. Buni keksa shaxsning roziligi va boshqa guvohlarning (mahalla raisi va ijtimoiy xodim) ko‘rsatmalari orqali amalga oshirish mumkin.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

09 Nov, 03:37


Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internati xodimlari va unda davolanayotgan xotin-qizlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi masʼullari tomonidan yo‘qlandi

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

08 Nov, 08:24


#kouching
#ijtimoiy_himoya

Guliston shahri aholisi uchun "Xalqqa yordam - oliy qadriyat" mavzusida seminar-kouching bo‘lib o‘tdi


Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shahar “Inson” markazi mutaxassislari fuqarolardan kelib tushayotgan dolzarb masalalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risidagi flayerlar tarqatildi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

08 Nov, 04:52


#Ijtimoiy_axborot

🥹Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkinmi?

🖋 Qonunchiligimizda shahar yoʻlovchilar transportidan (Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi. Ammo belgilangan toifadagi shaxslar yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan bepul foydalanish huquqi mavjud emas) bepul foydalanish huquqi:

1941—1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxslarga;
nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslarga va ularga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxslarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

Yuqoridagi belgilangan toifadagi fuqarolarga shahar yoʻlovchi transportida yurish uchun yangi tartibga koʻra imtiyozli transport kartasi beriladi.

🖋 2024-yil 18-oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-977-son Qonuniga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berildi. Bunday toifaga kiruvchi shaxslar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024 yildagi 123-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.

⚠️ Eslatma: Imtiyozli transport kartasi bu – belgilangan toifadagi shaxslarga shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini taqdim qiluvchi karta.

❗️ Imtiyozli transport kartasi qanday olinadi?

Belgilangan toifaga kiritilgan fuqarolar imtiyozli transport kartasini olishlari uchun oʻzining xohishiga qarab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga kelib murojaat qilishi lozim boʻladi.

⚠️ E’tibor qiling! 1941-1945 yillardagi urush I guruh nogironlariga va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslarga beriladigan imtiyozli transport kartasi ularga safarlarda hamrohlik qiluvchi bir shaxsga ham shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqini beradi. Ushbu qoidadan kelib chiqib qisqacha aytishimiz mumkinki, nogironligi bor shaxslarga hamrohlik qiliuvchi faqat bir kishi ushbu imtiyozli kartadan foydalanishi mumkin.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

07 Nov, 13:32


#OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Kouching” loyihasi doirasidagi ilk mashg‘ulot Sirdaryo telekanali ijodkorlari nigohida.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

07 Nov, 06:32


#Ijtimoiy_axborot

👫 Ko‘p bolali oilalarga qanday imtiyozlar berilgan?

Avval "ko‘p bolali oila" atamasi turli normativ hujjatlarda turlicha talqin qilinardi.

2020-yil 5-oktyabrdagi 640-sonli Qonuni bilan “ko‘p bolali oila” terminining yagona tushunchasi kiritildi, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirildi. Oila kodeksi 4-1-moddasiga ko‘ra, to‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 26-bandiga ko‘ra, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyasizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandiga ko‘ra, ko‘p bolali oilalar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifasiga kiradi.

Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish xayriya yordami sifatida amalga oshiriladi. Qoramolni bepul berishga ehtiyojmand oilalarni aniqlash Vazirlar Mahkamasining "Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish har bir organida tuzilgan fuqarolar yig‘ini maxsus komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

06 Nov, 13:29


#Eʼlon

Guliston shahri aholisi va mehmonlari diqqatiga!

☺️ Ertaga, 7-noyabr kuni Guliston shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan «Biz bilan muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli resurslarga egasiz!» shiori ostidagi “Kouching” mashg‘uloti tashkil etiladi.

🥹 Unda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, undan foydalanish tartibi haqida batafsil maʼlumot beriladi.

Mashg‘ulotda Siz ham ishtirok etib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

🕰 Boshlanish vaqti: soat 14:00

📱 Manzil: Gulistan shahar "Yoshlar markazi" binosi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

06 Nov, 10:45


#uzbekiston24

Prezident ijtmioiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

06 Nov, 07:13


Ijtimoiy himoya milliy agentligi BMTTD (UNDP) bilan Kambag’allikka barham berish hamkorlik dasturi doirasidagi tadbirlarni davom ettiradi.

🔈Siz ayol tadbirkormisiz?

💼O‘z biznesingizni boshlash va butun mamlakat bo‘ylab xaridorlarni topish haqida o‘ylayapsizmi?

📚U holda sizni quyidagi manzillarda kutamiz:

🏢 12-13 noyabr kunlari Qarshi shahridagi Monomarkazda

🏢 13-14 noyabr kunlari Termiz (Angor) shahridagi Monomarkazda

🏢 19-20 noyabr kunlari Samarqand shahridagi Monomarkazda

🏢 21-22 noyabr kunlari Jizzax shahridagi Monomarkazda

🏢 25-26 noyabr kunlari Farg’ona shahridagi Monomarkazda

🏢 27-28 noyabr kunlari Andijon shahridagi Monomarkazda

🏢 29-30 noyabr kunlari Namangan shahridagi Monomarkazda

🏢 2-3 dekabr kunlari Navoi shahridagi Monomarkazda

🏢 5-6 dekabr kunlari Guliston shahridagi Monomarkazda

🏢 9-10 dekabr kunlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi Monomarkazda

🇺🇳 BMTTD, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Academy tomonidan ayollar uchun tashkil etiladigan moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat bo‘yicha bepul o‘quv seminarlariga taklif etamiz!

🤝 Agar o‘quv seminarida ishtirok etishni xohlasangiz, yaqin Monomarkazga tashrif buyurishingiz mumkin.

-----

Продолжаем мероприятия в рамках программы сотрудничества ПРООН (UNDP) по искоренению бедности.

🔈Вы женщина-предприниматель?

💼Думаете о том, чтобы начать свой бизнес и найти клиентов по всей стране?

📚Тогда приглашаем вас посетить следующие локации:

🏢 12-13 ноября в Моноцентре в городе Карши

🏢 13-14 ноября в Моноцентре в городе Термез (Ангор)

🏢 19-20 ноября в Моноцентре в городе Самарканд

🏢 21-22 ноября в Моноцентре в городе Джиззак

🏢 25-26 ноября в Моноцентре в городе Фергана

🏢 27-28 ноября в Моноцентре в городе Андижан

🏢 29-30 ноября в Моноцентре в городе Наманган

🏢 2-3 декабря в Моноцентре в городе Навои

🏢 5-6 декабря в Моноцентре в городе Гулистан

🏢 9-10 декабря в Моноцентре в городе Нурафшон, Ташкентская область

🇺🇳 Приглашаем вас на бесплатные образовательные семинары по финансовой грамотности и электронной коммерции для женщин, организованные ПРООН, Министерством сокращения бедности и занятости, Национальным агентством по социальной защите и Uzum Academy!

🤝 Если вы хотите принять участие в обучающем семинаре, вы можете посетить ближайший Моноцентр.

IHMA Sirdaryo viloyati

06 Nov, 06:36


#Ijtimoiy_axborot

🦿 Respublika bo‘ylab muhtoj shaxslarni protez va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashning “vaucher” tizimi yo‘lga qo‘yiladi

🖋 2024-yil 1-noyabrga qadar Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-dekabrga qadar respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez va reabilitatsiya vositalari bilan “vaucher” tizimi asosida ta’minlash tartibi joriy etiladi.

Unga muvofiq:

muhtoj shaxslarni protez va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash elektron tijorat orqali amalga oshiriladi;

elektron savdo maydonchasi orqali protez va reabilitatsiya vositalariga buyurtma bera olmaydigan muhtoj shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘mak berib boriladi;

vaucher asosida reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini o‘zining elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish istagini bildirgan elektron savdo maydonchasining operatorlari Agentlik tomonidan jalb etiladi;

vaucher qiymati bilan sotib olingan protez va reabilitatsiya vositalarining narxi o‘rtasida hosil bo‘lgan salbiy farq muhtoj shaxslarning o‘z hisobidan qoplanadi, ijobiy farq hosil bo‘lganda esa muhtoj shaxslarga uning 20 foizini rag‘batlantirish sifatida olish imkoniyati taqdim etiladi.

❗️ Bunda, mazkur rag‘batlantirish mablag‘lari jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

05 Nov, 15:27


#kouching
#ijtimoiy_himoya

Navbatdagi “Kouching” mashg‘ulotlari Shirin shahri aholisi bilan o‘tkazildi

«Ijtimoiy xizmatlardan foydalanib, yangi imkoniyatlarga erishing!» degan shior bilan o‘tgan tadbirda “Inson” markazi bosh ijtimoiy xodimi va shoʻba rahbarlari yig‘ilganlarga aholi tomonidan eng ko‘p murojaatlar kelib tushayotgan yo‘nalishdagi ijtimoiy xizmatlar, yordamlar, undan foydalanish tartibi, talab etiladigan muddatlar haqida atroflicha maʼlumot berishdi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Oct, 16:16


🥹 Biz — Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ovoz berishga tayyormiz, sizchi?

Befarq boʻlmang, oʻz kelajagingizni oʻzingiz tanlang va ovoz bering!

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Oct, 14:52


Bugun soat 20:00 da Sevimli telekanalida "Bolalar o‘rtasidagi o'zaro zo'ravonlik. Bulling" mavzusidagi ko‘rsatuv efirga uzatiladi.

Ota-onalar va bolalar munosabatlari, zo‘ravonlikning turli xil ko‘rinishlari, bullingni qanday aniqlash, uning oqibatlari va bolalarni bu holatdan himoya qilish uchun ota-onalar va jamiyat nimalar qilishlari mumkinligi haqida suhbatlashiladi.

O'tkazib yubormang, bu har bir ota-ona uchun muhim mavzu!

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Oct, 11:08


#Imtiyoz

❗️ Bilarmidingiz...

Nogironligi bor yoshlarga 15 mln so'mgacha subsidiya ajratiladi

🇺🇿 Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022-y.) bilan nogironligi bo'lgan yoshlarga o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🖋 Reglamentga ko'ra, yoshlarga nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta'lim fanlari va xorijiy tillarni o'rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tiladi. Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.

🔘 Ariza 3 ish kunida ko'rib chiqilib: subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma'lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Oct, 09:58


#Ijtimoiy_axborot

🥹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga mol-mulk solig‘idan qanday imtiyozlar bor?

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulkning 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan.

Ushbu soliq imtiyozi mulkdorning tanloviga ko‘ra, faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

Shuningdek, Kodeksning 436-moddasi birinchi qismi 3-bandiga asosan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilingan.

Bunda pensioner to‘g‘risidagi maʼlumotlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan soliq organlariga elektron shaklda yuboriladi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

22 Oct, 02:40


Ta’ziyanoma

Sardoba tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Musurmankulov Zafar Urolovich betoblik tufayli bevaqt vafot etdi.

Zafar Musurmankulov ko‘p yillar Vatan va xalq uchun sadoqat bilan xizmat qildi. Qayerda, qaysi vazifada ishlamasin hamisha el qayg‘usida, yurtimiz ravnaqi, kelajagi yo‘lida bor bilimi, kuch-quvvatini ayamadi, yuksak rahbarlik salohiyatini namoyon etdi.

O‘zining insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongan, ezgu amallari bilan xalqimizga beminnat xizmat qilgan Zafar Musurmankulovning oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Mas’uliyatli rahbar, samimiy va kamtarin inson sifatida uning yorqin xotirasi barchamizning qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi jamoаsi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Oct, 10:40


Bolalarimiz Xalqaro I-Chexiya futzal chempionatida II – o‘rin sohibi

Xabar berganimizdek, 22-sonli Mehribonlik uyi 8 nafar tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan futbol jamoasi Chexiya Respublikasining taklif bilan 2024-yil 18-20-oktyabr kunlarida Nimburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida butun dunyodan 16 ta futbol jamoasi ishtirok etuvchi Xalqaro I-Chexiya futzal chempionatida ishtirok etdilar.

19-oktyabr kuni bo‘lib o‘tyotgan Xalqaro I-Chexiya futzal chempionatida davlatimiz sharafini himoya qilayotgan yosh futbolchilarimiz ilk daqiqalardan boshlab yutuqlarni qo‘lga kirita boshladilar. “V” guruh bosqichida har 7 o‘yinda ham mutlaq g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekiston-Polsha uchrashuvida durrang natijani qo‘lga kiritdilar, o‘yin so‘ngida penaltilar seriyasi belgilandi va yosh jamoamiz 1 ballni boy berib qo‘ydilar.

Natijada yosh futbolchilar 8 o‘yinda raqib darvozasiga 50 ta gol urdilar, faqatgina 3 golni o‘tkazdilar.

Jamoada Maksim - darvozabon, Daniel – chap qanot hujumchisi, Nodir- o‘ng qanot hujumchisi, Arslan - himoyachi, Namoz - himoyachi, Sanjar - markaziy yarim himoyachi, Igor - markaziy yarim himoyachi, kichkina Arslan – hujumchi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va bugungi kunda Agentlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanib borayotgan bolalarimizga g‘alabali o‘yinlari va O‘zbekistonimizning sharafini shijoat bilan himoya qilganlari uchun tashakkur izhor etamiz!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Oct, 09:10


"Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Muhtoj shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari kengaytiriladi.

Ushbu Qonun bilan:

😲 Agentlik tomonidan dafn etish uchun nafaqa berish;

😲 xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;

😲 og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilinganda davlat bojini to‘lashdan ozod etishga doir o'zgarishlar kuchga kirdi;

🎅 Bundan tashqari, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilandi.

👨‍🦯Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

🖋 Shu bilan birga, umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to‘g‘risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma’lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Oct, 05:14


#Ijtimoiy_axborot

🥹Kimlar davlat hisobidan bepul yuridik yordam olish huquqiga ega?

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan bepul yuridik yordam olish huquqiga ega:

👮‍♂️ kam taʼminlangan shaxslar, agar ular:

fuqarolik ishlari bo‘yicha daʼvogarlar yoki javobgarlar;

maʼmuriy ishlar bo‘yicha arizachilar;

maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;

jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

👮‍♂️ ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

👮‍♂️ o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

👮‍♂️ Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi davlat hisobidan bepul yuridik yordam olish huquqiga ega.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

21 Oct, 04:39


“Qadring baland boʻlsin, Ona tilim!”

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir.


Prezidentimiz tomonidan 21-oktabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

19 Oct, 10:19


"Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Muhtoj shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari kengaytiriladi

Ushbu Qonun bilan:

😲 Agentlik tomonidan dafn etish uchun nafaqa berish;

😲 xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;

😲 og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilinganda davlat bojini to‘lashdan ozod etishga doir o'zgarishlar kuchga kirdi;

🎅 Bundan tashqari, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilandi.

👨‍🦯Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

🖋 Shu bilan birga, umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to‘g‘risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma’lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Sirdaryo viloyati

18 Oct, 11:53


#Ijtimoiy_axborot

🥹Kam taʼminlangan oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

🖋 Prezident farmoniga ko‘ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lganiga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi (3 yoshgacha va 18 yoshgacha bola nafaqasi) joriy etilgan.

❗️ Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:

inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi;

to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshirildi;

uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llanila boshladi.

Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Moddiy yordam bola (bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam taʼminlangan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.

Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.

Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar) bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

18 Oct, 03:54


#Ijtimoiy_axborot

🥹Nogironlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi?

🔮 Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek, Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

👥 Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan aniqlanadi. Nogironlik pensiyasi TIEK tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga:

Mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli — mehnat faoliyatining muddatidan qatʼiy nazar;

boshqa sabablar tufayli — muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.

👮‍♂️ Pensiya tayinlash haqida kimga murojaat qilish kerak?

Pensiya tayinlash masalalari bo‘yicha yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limlariga:

ishlayotganlar tashkilot maʼmuriyati orqali;

dehqon xo‘jaliklari aʼzolari, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar ariza bilan murojaat qiladilar;

ishlamaydigan fuqarolar arizani mustaqil o‘zlari yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beradilar.

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun ariza bergan sanadagi belgilangan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun quyidagi “1140” ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga murojaat qilish uchun “1106” ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

17 Oct, 04:22


#Ijtimoiy_axborot

💵 Bola tug‘ilganda «suyunchi puli»ni berish tartibi o‘zgardi

🖋 Qonunchilikga ko‘ra, bola tug‘ilganida bir martalik nafaqa “suyunchi” pulini berish tartibi o‘zgartirildi.

birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;

ikkinchi farzandi uchun – farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi bo‘lgan ayollarga.

ishlayotgan ayollarga – ish joyidan;

taʼlim olayotgan ayollarga – o‘qish joyidan;

o‘qimaydigan va ishlamaydigan ayollarga – eri ishlaydigan yoki o‘qiydigan joyidan;

o‘qimaydigan va ishlamaydigan ota-onalarga – Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan to‘lanadi.

Uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun bir martalik nafaqa berilmaydi.

Ushbu davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tug‘ilgan kundan boshlab 1 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori mehnatga ham to‘lashning eng kam miqdorini 70,3 foizi (hozirda 738 150 so‘m)ga teng.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

IHMA Sirdaryo viloyati

16 Oct, 14:40


#qonun_ijrosi
#saylov

🖋 Xabaringiz bor, sentabr oyida “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilgan edi.

👨‍🦽 Ushbu qonun bilan saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan, o'rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi.

💻 Qonunning ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida nogironligi bor shaxslarning munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

👮‍♂️ Xususan, Respublikaning barcha hududlarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmalari, "Inson" markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslarga fuqarolik pozitsiyasini bildirishda ko‘maklashilmoqda.

🎬 Batafsil Surxandaryo viloyati misolida

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz