Xushnudbek.uz @hushnudbekreklama Channel on Telegram

Xushnudbek.uz

@hushnudbekreklama


Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Reklama uchun:
@Uzbwepbot

Xushnudbek.uz (Uzbek)

Assalomu alaykum, Aziz Do'stlar! Bugun sizlarga Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanaliga qarang. Kanalimizda sizni qiziqtiradigan, foydali va maqbul ma'lumotlar olishingiz mumkin. Xushnudbek Xudoyberdiev - bu talantli huquqshunos, shuningdek ijrochi. Uning Telegram kanalida siz huquqiy masalalar, kanunlar va boshqa huquqiy savollar haqida maqbul ma'lumotlar topishingiz mumkin. Kanalimizga a'zo bo'lib, yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Siz ham xohlagan savollaringizni berishingiz mumkin. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdi bilan ta'riflash va huquqiy bilimlaringizni oshirish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Sifatli va foydali ma'lumotlar uchun bizning kanalimizga a'zo bo'ling! Reklama uchun bog'lanish: @Uzbwepbot

Xushnudbek.uz

22 Jan, 12:30


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etilgan. Uning vazifalari O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov zimmasiga vaqtinchalik yuklandi.

O‘FAning xabar berishicha, 22-fevral kuni navbatdan tashqari saylov kongressi bo‘lib o‘tadi va o‘sha kuni yangi rahbar saylanadi.


👉@hushnudbekreklama👈

Xushnudbek.uz

22 Jan, 11:50


Asaxiy'dan navbatdagi PREMYERA - "Anomaliya"!

Loyiha tarixida ilk bor zamonaviy fransuz adabiyotidan tarjima asar

"Anomaliya" - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellyening detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik romani. Kitob adabiyot olamidagi nufuzli mukofotlardan biri – Gonkurga sazovor bo‘lgan va 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

Romanda anomaliya sababli qahramonlarning qadriyatlari va o‘ziga ishonchi sinovdan o‘tadi. Har bir qahramon hayotidagi anomaliyalarni qabul qilish, ulardan saboq olish va o‘z yo‘lini topishga intiladi. Kitobda asosiy urg‘u inson hayotidagi noaniqliklar va o‘z-o‘zini anglash jarayoniga berilgan.

Kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etildi.

Tarjimon: Bobur Yo‘ldoshev
Muqova: qattiq
Sahifa: 384 bet
Narxi: 99 000 so‘m
Chegirmada: 60 000 so‘m

Buyurtma bering va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling: asaxiy.uz/u/anomaliya

Reklama

Xushnudbek.uz

22 Jan, 09:25


❗️Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.


👉@hushnudbekreklama👈

Xushnudbek.uz

22 Jan, 07:16


Turkiyaning Bolu muzofotidagi tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi.

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. 


👉@hushnudbekreklama👈

Xushnudbek.uz

22 Jan, 06:25


🇺🇿🇺🇸 Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga kirishgani munosabati bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi.


👉@hushnudbekreklama👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 16:31


🇺🇸 Donald Tramp AQShning 47-prezidenti sifatida ish boshladi

Kecha, 20-yanvar kuni AQShda prezident Donald Trampning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

U o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng, dastlabki soatlarda 10 ga yaqin farmonni imzoladi. Jumladan:

🔹AQShda tug‘ilganlarga avtomatik fuqarolik berishni to‘xtatish;

🔹Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan 12 oy ichida chiqish va tashkilotga ajratilayotgan hissalarni to‘xtatish;

🔹Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 2015-yilgi Parij kelishuvidan chiqish. Tramp o‘zining birinchi ma'muriyati davrida, 2017-yilda ham kelishuvdan chiqqan, biroq hokimiyatga Jo Bayden kelgach, 2021-yil AQSh unga qayta qo‘shilgan edi;

🔹 Meksika ko‘rfazini "Amerika ko‘rfazi" deya qayta nomlash;

🔹Baydenning 2030-yilga qadar yangi avtomobillarning 50 foizi elektromobillar bo‘lishiga erishish dasturini bekor qilish;

Shuningdek, u sobiq prezidentning global iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ko‘plab loyihalarini bekor qilib, ularni "yangi yashil firibgarlik" deb atadi.

🔹 Energetika tizimida favqulodda holat e'lon qilish. Jumladan, Alyaskada neft burg‘ilashga hamda gaz eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish;

🔹Mamlakatda TikTok platformasining bloklanishini 75 kunga kechiktirish;

🔹Jo Bayden tomonidan imzolangan 78 ta hujjatni bekor qilish;

🔹Davlat chegaralarida favqulodda holat e'lon qilish. Xususan, noqonuniy migratsiya oqimini zudlik bilan to‘xtatish;

🔹 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliydagi tartibsizliklarda ayblangan 1500 ga yaqin odamni afv etish;

👉@hushnudbekreklama👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 15:15


Xalqaro tanlov g’oliblariga avtomobil sovg’a qilindi

Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga Prezident nomidan BYD avtomobili sovg’a qilindi.

Mukofotni topshirish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 13:00


Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Prezident Administratsiyasi bank sohasi, moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish shu’basi mudiri edi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 12:15


🚚 O‘zbekistonda Germaniya mehnat bozori uchun yuk mashinasi haydovchilari tayyorlanadi

Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH hamda "Vatanparvar" tashkilotlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama kelishuvga ko‘ra, 700 nafar o‘zbekistonlik yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida 🇺🇿O‘zbekiston hududida nemis tiliga o‘qitiladi.

Shuningdek, ular "Vatanparvar" tashkilotida kasbiy qayta tayyorlov kurslarida malaka oshiradi va 🇩🇪Germaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga yuboriladi.

💰Oylik maosh: oyiga 2400-2600€.

Hozirgi kunda bir guruh tinglovchilar onlayn darslarda ishtirok etmoqda. Yaqin kunlarda yangi guruhlar ochilishi va keng miqyosli o‘qishlar boshlanishi ma'lum qilindi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 11:20


❗️O‘zbekistonda 23-24-yanvar kunlari havo harorati -13 darajagacha soviydi

"O‘zgidromet"ning ma'lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechalari -13 darajagacha, mamlakatning boshqa hududlarida -7 darajagacha sovuq bo‘ladi.

22-23-yanvar kunlari Respublikaning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi) kutilmoqda.

Havo harorati hafta oxiriga borib, asta-sekin yana ko‘tarila boshlaydi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 10:10


🚆Urganch—Qo‘ng‘irot—Urganch yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qatnov bugun, 20-yanvardan boshlab Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikdan amalga oshirilmoqda. Harakat rejasiga ko‘ra, poyezd Urganchdan 06:00 da, Qo‘ng‘irotdan esa 13:24 da harakatlanadi.

Ma'lumot uchun, Amudaryo ustidan o‘tuvchi temiryo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigi 2024-yilning 29-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochib berilgan edi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 09:30


Magistratura va doktoranturaga kirish endi muammo emas!

🇹🇷 Turk tili sertifikati bakalavr, magistratura va doktoranturaga qabul qilinadi. Oʻzbekistondagi yirik turk tili markazlaridan biri – Hilol Edu’da turk tilini yaxshi natija bilan oʻrganishingiz mumkin.

Kuchli va professional turk tili mutaxassislaridan tahsil olish uchun Hilol Edu turk tili markazining kurslariga yoziling!

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun

📞 33-287-88-88
33-286-88-88
33-287-78-88

Reklama

Xushnudbek.uz

21 Jan, 06:45


Abduqodir Husanovning “Manchester City” futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi.

— Bu boshlanishi, hali o’zbeklar Angliyada ko’p o’ynaydi, - dedi hamyurtimiz.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 05:25


RASMAN: Abduqodir Husanov "Manchester City" jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda jamoaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Jan, 15:03


❗️Kechadan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik sulhi kuchga kirdi

Sulhning dastlabki shartlari kelishilgan muddatdan bir necha soat o‘tib bajarildi.

Unga ko‘ra, HAMAS garovga olingan 3 nafar isroillik ayolni qo‘yib yubordi. Isroil esa qamoqxonalarda saqlanayotgan 90 nafar falastinlik mahbus ozod qilinganini e'lon qildi.

Kelishuvga binoan, tinchlik sulhi quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1⃣ – bosqich 6 hafta davom etadi va unda HAMAS 33 nafar garovga olingan isroillikni (ayollar, bolalar va 50 yoshdan oshgan erkaklarni) qo‘yib yuboradi. 🇮🇱Isroil esa qamoqlarda saqlanayotgan yuzlab falastinliklarni ozod qiladi.

2⃣ – bosqichda barcha garovga olinganlar, xususan harbiy asirlar ham qo‘yib yuboriladi va o‘t ochish to‘xtatiladi. Isroil G‘azodan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi.

HAMAS jami 98 nafar garovdagi isroillikni, Isroil esa 2 mingga yaqin falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

3⃣ – bosqichda esa halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish hamda 🇪🇬Misr, 🇶🇦Qatar va 🇺🇳BMT nazoratida G‘azoni qayta tiklash nazarda tutilgan.


👉@hushnudbekreklama👈

Xushnudbek.uz

19 Jan, 06:30


Shavkat Mirziyoyev hamda Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon hamyurtimiz Abduqodir Husanovning “Manchester City” jamoasiga o‘tgani haqida suhbat qurishdi.

Davlatimiz rahbari Abduqodirning transferi haqida eshitgani va bundan juda xursand bo‘lganini ta’kidladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

18 Jan, 13:11


Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

07 Jan, 16:19


Xitoyda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 7-yanvar tongida kuzatilgan zilzila epimarkazi 🇨🇳Xitoyning Tibet avtonom viloyati Shigatse shahridan 180 kilometr uzoqlikda qayd etilgan.

Hodisa oqibatida hozirgacha 53 kishi halok bo‘lgan, 62 kishi esa jarohatlangan. Zilzila kuchi qo‘shni mamlakatlar:🇳🇵Nepal, 🇮🇳Hindiston va 🇧🇹Butanda ham sezilgan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

07 Jan, 06:39


Yandex Uzbekistan hamkor kuryerlar uchun sug‘urta joriy qilibdi.

Sug‘urta dasturi kuryerlar ish vaqtidagi baxtsiz hodisalar oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganda ularga 100 million so‘mgacha qoplab beradi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Jan, 13:49


Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Jan, 11:31


SSV: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz

Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta bo‘limida — Chaqaloqlarni parvarish qilish, Chaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bo‘limlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur bo‘limlarning barchasi bugun, 6-yanvar kunidan qayta ochildi va bu holat tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortishiga sabab bo‘ldi.

Qolaversa, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani haqida xabarlar tarqalgan edi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Jan, 06:42


🚆O‘zbekistonda 1-fevraldan ayrim poyezd chiptalari narxi oshadi

Narxlar quyidagicha oshirilmoqda:

yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining VIP, biznes-klass toifadagi chipta narxlari — 25% ga;
ekonom-klass chipta narxlari — 20% ga;
tezyurar yo’lovchi poyezdlar "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarining chipta narxlari — 30% ga.

💰"Afrosiyob" elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:

🔹Toshkent — Buxoro

VIP – 994 000 so‘m
Biznes – 751 000 so‘m
Ekonom – 484 000 so'm

🔹Toshkent — Qarshi

VIP – 854 000 so‘m
Biznes – 634 000 so‘m
Ekonom – 406 000 so'm

🔹Toshkent — Samarqand

VIP – 619 000 so‘m
Biznes – 450 000 so‘m
Ekonom – 294 000 so'm.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Jan, 10:04


#firibgar

Diqqat, firibgarlar!

Sizga hech kim sovg’a yuborgani yo’q. “Faollashtirish” so’zining ustiga bossangiz, firibgarlar o’zi yaratgan soxta saytga kirib qolasiz. Natijada Telegram profilingiz firibgarlar qo’liga o’tib ketadi va sizning nomingizdan kontaktingizdagi hamma odamga virusli xabar tarqatishni boshlaydi.

Agar sizga yaqin insoningizdan shunaqa xabar kelsa ham, ishonmang, hech narsani bosmang, chunki o’sha inson ham firibgarlar tuzog’iga ilingan bo’ladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Jan, 09:14


Xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Jan, 07:15


Hayotiy latifa.

Bu ishni qilgan firibgarga 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Unga maslahat va yordam bergan sherigi esa 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Jan, 06:43


🏥 Tibbiyot oliygohlarida o‘qishni istaysizmi?! Unday bo'lsa Buxorodagi “Nodirbek Ismoilov o‘quv markazi” aynan siz uchun!

Markazda yangi guruhlarga 7-8-9-10-11-sinf o’quvchilari va abituriyentlar qabul qilinadi
!

O‘quv markazi TIBBIYOT OLIYGOHLARIga yo‘naltirilgan bo’lib, quyidagi fanlardan sifatli ta’lim beriladi:

● Asosiy fanlar
KIMYO | BIOLOGIYA
● Majburiy fanlar
Ona tili | Matematika | Tarix

📌
Uzoq hududdan keladigan abituriyentlar barcha sharoitlarga ega yotoqxona bilan ta'minlanadi (3 mahal issiq ovqati bilan)

 📈O‘quvchilar natijalari bilan tanishish uchun: @Ismoilov_ziyo

📍 Manzil: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Armechan MFY, Frishkent qishlog’i (mo‘ljal: 20-maktab)

📞 Murojaat uchun: +998888669960, +998973070303, +998973086336, +998913373010
Telegram | YouTube | Instagram | Taʼlim reklamasi

Xushnudbek.uz

03 Jan, 18:12


❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni

Ertaga — 4-yanvar (shanba) barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

03 Jan, 16:14


G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozod qilindi

Toshkent shahar sudining qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori o‘zgartirildi va ma’muriy qamoq jazo chorasi 15 sutkadan 8 sutkaga kamaytirildi.

Uning 8 sutkadan buyon qamoqdaligi hisobga olinib, tayinlangan jazo o‘talgan deb hisoblandi va sud zalidan ozod qilindi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

03 Jan, 15:15


🇺🇿🇺🇸Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Jozef Baydenga hamdardlik bildirdi.

Ma'lumot uchun, shaharda 31-dekabr kuni 42 yoshli erkak avtomobilida odamlar ustiga bostirib borib, otishma sodir etishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Uning o‘zi ham otishma vaqtida halok bo‘ldi.

Jinoyatchining avtomobilidan qurollar, qo‘lbola portlovchi vositalar hamda IShID (terroristik tashkilot) bayrog‘i topilgan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

03 Jan, 11:10


🚇Toshkent metropoliteniga Rossiyadan uchta yangi poyezd (12 ta vagon) olib kelindi.

Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

03 Jan, 09:51


Muhitdinov Erkin Madorbekovich Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar u vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i edi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

03 Jan, 07:24


Shartnomaviy miqdordan ko‘p iste'mol qilingan elektr va gaz uchun to‘lov miqdori o‘zgardi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yuridik iste'molchilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilganda, belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bundan avval yuridik shaxslar uchun shartnomaviy miqdordan oshgan iste'mol uchun 2 va 3 baravarlik tariflar joriy qilingan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari uchun elektr va gaz iste'moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tariflar saqlanib qoladigan tartib joriy qilinishini aytgan edi.

❗️Eslatma: ushbu tartib maishiy iste'molchilar, ya'ni aholi xonadonlari uchun emas, tadbirkorlik subyektlari uchun joriy qilinmoqda.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

02 Jan, 16:32


❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!

Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari o’z nihoyasiga yetdi.

Ertaga — 3-yanvar (juma) hamda ertadan keyin — 4-yanvar (shanba) kunlari barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

02 Jan, 10:52


Endi mana bunaqasi chiqibdi. Bugun menga yuborishdi. Taklifnoma emish.

Aslida esa .apk formatli virus fayl bo’ladi. Kimdir adashib ochib qo’ysa, Telegramiga virus tushadi va profili birovlarning foydalanishiga o’tib ketadi. Xullas, firibgarlarning ishi.

Adashib ham ochib qo’ymang bunaqa fayllarni. Hatto eng yaqin insoningizdan kelsa ham. Chunki o’sha yaqin insoningizning ham profili firibgarlar qo’liga o’tib ketgan bo’ladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

01 Jan, 13:16


Adolatning kuchi haqida
(bu yerda adolat qiz bolaning ismi emas)

Agar xalq adolatni his qilsa, juda ko‘p muammolarga sabr bilan chiday oladi. To‘g‘ri, muammolardan norozi bo‘lib, e’tirozini baralla aytadiganlari ham ko‘p bo‘lishi tabiiy, chunki xalq bu yaxlit tana emas, 37 million xil insondan tarkib topgan. Ammo gapirib-gapirib, baribir muammolarga sabr qilishda, tishini-tishiga qo‘yib, turmush tashvishlari bilan o‘ralashishda davom etaveradi. Axloqsizlikka o‘tmaydi. Dardini aytib, sal yengillashishi mumkin, chunki bu jinoyat emas.

Ammo xalq adolatni his qilmasa, har qadamda adolatsizlikni ko‘rsa, unda bu yomon. Bunaqada taranglashgan asablar axloq chegarasini kesib o‘tadi, oqibati kafolatlanmagan.

Og‘zidan shodi kirib, bodi chiqqan hokimlar bitta uzr bilan qutulsa, o‘zining vakolati doirasidan chiqib, qonunlarga tupurib qo‘yadigan ayrim mas’ullar oddiy ogohlantirish bilan cheklansayu, lekin uzoq vaqt metanda navbat kutib, endi navbati kelganda "zapravka" yopilib qolganidan fig‘oni ko‘kka chiqqan botinkasi teshik oddiy bir xalq vakilini qamab qo‘yishsa, bechora Yangi yil bayramini oila davrasida emas, panjara ortida kutib olsa, bunda xalq adolatsizlik ko‘radi. Va bu adolat ham emas, albatta.

Yilni katta xato bilan boshladik. Afsus, ming afsus. Zig‘irchalik foydasi bo‘lmagan, ammo xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi nuqtayi nazaridan juda katta zarar olib keladigan ushbu tashabbus kimdan chiqqani bilmayman. Ammo bu xatoning o‘rnini qoplash uchun juda ko‘p ish qilinishi kerakligini aniq bilaman.

Afsus, ming afsus...


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

01 Jan, 12:00


Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan migrantlar 30-aprelgacha mamlakatni tark etishi kerak

Bu bo‘yicha Vladimir Putinning farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 30-aprelga qadar Rossiyani tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak bo‘ladi.

Talab qonuniy ravishda qolishni istagan xorijliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Mazkur farmon chiqqandan so’ng, O’zbekiston Migratsiya agentligi yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo hujjatlarida kamchiligi bo‘lgan fuqarolarimizga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

31 Dec, 19:14


Yangi yil bilan!

2025-yil xalqimiz uchun xayrli va barakali bo’lsin, ilohim.



👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

31 Dec, 18:52


Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi yil tabrigi eshittirilmoqda


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

31 Dec, 14:37


Avstraliyada yangi 2025-yilni kutib olishdi. Yangi yil xayrli bo‘lsin.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

31 Dec, 12:21


🇺🇿🇹🇲Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali bir-birini va qardosh xalqlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan tabrikladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

31 Dec, 10:04


🔻Mobiuz mobil aloqa operatori sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi va maxsus takliflar haqida xabar beradi!

“MobiDRIVE” aksiyasi
- BYD Song Plus Champion avtomobilini yutib olish imkoniyatidan foydalaning! Buning uchun shunchaki 35 000 soʻm va undan yuqori abonent toʻlovili tarif rejasiga ulanishingiz kerak. Amaldagi abonentlar esa *2024# orqali aksiyada ishtirok etishni faollashtirishlari mumkin.

“Xotirjam 40”, “Xotirjam 60”, “Xotirjam 80” tarif rejalariga ulaning va 6 oy davomida abonent to‘loviga 50% chegirmaga ega bo‘ling.

Chiroyli raqamlarga 70-80% lik katta chegirmalardan foydalaning! Chegirmalar miqdori tanlangan tarif rejasiga bog'liq.

‼️Shoshiling, aksiyalar faqat 2024-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Takliflar haqida batafsil ma'lumot Mobiuz Telegram-kanalida

Reklama

Xushnudbek.uz

24 Dec, 16:31


❗️Rasman: 2-yanvar ham dam olish kuni deb e’lon qilindi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shunday qilib, Yangi yilda olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasidagilar 6 kun dam oladi:

28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.

2-yanvar (payshanba) — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.


👉@hushnudbekreklama👈

Xushnudbek.uz

24 Dec, 14:45


🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

24 Dec, 12:45


Yangi yil bayramida necha kun dam olinadi?

Qisqa javob: hozircha 4 kuni aniq, lekin yana o‘zgarishi mumkin.

📋 Batafsil javob: har yili qo‘shimcha dam olish kunlari oldindan ma’lum qilinadi. 2024-yil uchun Prezident farmoni mavjud, ammo hali 2025-yilgi dam olish kunlari haqida farmon chiqmadi. Shu sababli ham Yangi yil bayramidagi dam olish kunlari hozircha to‘liq ma’lum emas, sababi yil boshida taqvim qanaqa bo‘lishini bilmaymiz.

Ammo yil oxirida qanday bo‘lishi ma’lum:

28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.

Bundan kelib chiqadiki, hozircha olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ketma-ket 4 kun, besh kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Ammo 2025-yil uchun chiqishi kutilayotgan farmonda yil boshida yana qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilinishi ham mumkin. Masalan, 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilsa bo‘ladi (besh kunliklarga 4-yanvar, shanbadan ko‘chirgan holda). Shunda olti kunliklar ketma-ket 5 kun, besh kunliklar ketma-ket 6 kun dam olishi mumkin bo‘ladi. 3 va 4 yanvar — barcha uchun ish kuni bo‘ladi. Bu shunchaki variant xolos, rasmiy tasdiqlangan emas.

Balki yil boshi uchun hech qanaqa dam olish kuni berilmas va barcha 2-yanvardan ishga chiqib ketishi ham mumkin.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

24 Dec, 10:48


❗️Tuman va shahar hokimliklariga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar va vakolatlar berilmoqda

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan quyidagi soliq va tushumlar to‘liq hajmda tuman (shahar)lar byudjetiga o‘tkaziladi:

🔹aylanmadan olinadigan soliq;
🔹yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
🔹yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
🔹davlat aktivlarini ijraga berishdan tushumlar.

Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining kamida 50 foizi ham tuman (shahar)lar byudjetiga o‘tkaziladi.

🔰Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablag‘larning 90 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

24 Dec, 07:35


Karimov Avazjon Qudratillayevich sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar sport vazirining maslahatchisi edi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

24 Dec, 05:40


O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiun.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

23 Dec, 14:44


Ⓜ️Toshkent metropoliteni 31-dekabr kuni 21 soat ishlaydi

Yangi yil bayrami munosabati bilan metro poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, Toshkent metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan rejaviy ishlar amalga oshirilayotgani aytildi. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Dec, 10:48


“Lolazor”ning 37-soni mehmoni Kanadada yashaydigan yurtdoshimiz Farhod Fayzullayev bo‘ldi.

📹 https://youtu.be/5P7Wu7RJVQg

Farhod aka bilan Kanadadagi mahalliy saylovlar, ta’lim, tibbiyot va sud tizimi, uy-joy narxlari, soliqlar, u yerdagi o‘zbek diasporasi haqida suhbat qurdik. Shuningdek, podkast davomida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, taksi va yetkazib berish xizmatlari, karta va navigatsiyalar bilan bog‘liq muammolar haqida ham so‘z bordi.

📹 https://youtu.be/5P7Wu7RJVQg


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Dec, 07:53


Eh, tinib-tinchimagan odamlarey, kontent uchun nimalarni o’ylab topishmaydi-ya… Juda zo’r chiqibdi, qoyil!!!


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Dec, 14:50


❗️Kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Dec, 11:10


❗️20-dekabrdan uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

Arizalarni qabul qilish uchun 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan).

Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

📄 Ariza beruvchilar quyidagi hujjatlarni (offlayn) taqdim etishlari talab etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❗️Ma'lumot uchun, o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi 2 ta uzrli sabab mavjud. Bular:

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Dec, 12:48


Abat Fayzullayev O‘zbekistonning 🇨🇾Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi.

U bir vaqtning o‘zida mamlakatimizning 🇮🇹 Italiyadagi elchisi ham hisoblanadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Dec, 09:40


❗️Rasman: Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bunga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi edi.

Viloyatni bunga qadar boshqarib kelgan Soliyev Ergash Alibekovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmonlari qabul qilindi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Dec, 06:26


❗️“Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari donorligiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar roʻyxati” tasdiqlandi

Ro‘yxatdagi kasalliklarda inson a'zolari donorligiga ruxsat berilmaydi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

19 Dec, 18:10


❗️Talabalar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

07 Dec, 05:30


Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdga chiqib, Toshkentdan Xojikentga keldi.

Vagonlarda o‘rindiqlar soni 586 ta. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uchtadan qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent va Xojikent oralig‘idagi temir yo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga ko‘rsatma berildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Dec, 16:15


Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin shaxs afv etildi

Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Dec, 15:07


Bugun, 6-dekabr kuni 🇺🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda 🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy qutladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Dec, 11:38


Kamilov Muzaffar Murotovich Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining amaldagi rektori Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Dec, 08:45


Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilinayotgani sababli 7-dekabr soat 00:00 dan 10-dekabr soat 06:00 ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

Xususan:

— Elektron hisobotlar;
— ERI;
— EHF* (7-8-dekabr kunlari);
— Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
— korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
— mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);
— fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
— elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.

* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Dec, 06:20


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi saylangan deputatlari davlat byudjetining 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m (775,8 mln dollar)ga oshirish haqidagi qonunni uch o‘qishda qabul qildi.

Qonunni qabul qilish jarayoni atigi 9 daqiqa davom etgan. Qonun ma’qullash uchun Senatga yuborilgan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

06 Dec, 05:50


Biznesingizni targ‘ib etish uchun SMS-tarqatma xizmati

90% abonentlar SMSni olinganidan keyingi besh daqiqa ichida o‘qiydi. “Promo” tijoriy tarqatmalar xizmati bilan sizda quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:

• Ucell abonentlari orasidan yangi mijozlar orttirish;
• Faqat mo‘ljaldagi auditoriyani jalb etish;
• Mavjud mijozlarning sodiqligini oshirish;
• Kompaniyaning ijobiy imijini shakllantirish.

O‘z tovar va xizmatlaringizni targ‘ib etish uchun tezkor va ishonchli usuldan foydalaning!

✉️ [email protected]
Batafsil: www.ucell.uz/3fkk
Reklama

Xushnudbek.uz

05 Dec, 15:24


❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2024-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

05 Dec, 10:25


Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi direktori Rafael Grossini qabul qildi

Uchrashuvda milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xoʻjaligi, suvdan foydalanish, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

05 Dec, 07:45


Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanadi?

JAVOB:
Hozircha bu haqda rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

Lekin Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabr (juma) kuniga to‘g‘ri keladi, 28-dekabr (shanba) kuni qishki ta’tilning ilk kuni hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, ta’til 14 kalendar kuni, ya’ni 10-yanvargacha davom etadi. Nizomga binoan, III chorak darslari esa 11-yanvar (shanba) kunidan boshlanishi kerak. Balki vaziyatga qarab, darslar boshlanadigan kun o’zgarishi ham mumkin. Bu haqda qo’shimcha xabar qilinadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Dec, 15:53


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Ruslanbek Quroltayevich Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Abdusalom Abdumavlanovich Azizov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Adxam Muratovich Turdiyev Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Dec, 13:19


Parlament kuchi

Janubiy Koreya prezidenti parlamentning harbiy holatni bekor qilish haqidagi qarorini qabul qilishini hamda o’zi e’lon qilgan harbiy holatni bekor qilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi. Chunki prezidentning parlament qaroriga bo’ysunmasligi jinoyat deb hisoblanadi, deya ma’lum qilishdi;

Janubiy Koreya hukumati ham harbiy holatni bekor qilishga rozilik bildirgan;

Harbiy holat rejimini ta’minlashga jalb etilgan janubiy koreyalik harbiy xizmatchilar doimiy joylashuv manzillariga qaytib ketdi;

Janubiy Koreyaning asosiy muxolif partiyasi prezidentdan o’z ixtiyori bilan iste’foga chiqishni talab qildi, aks holda unga nisbatan impichment e’lon qilish bilan tahdid solmoqda;

Muxolifat Janubiy Koreya prezidentini harbiy holat e’lon qilgani uchun davlatga xiyonatda ayblamoqchi ekanini ma’lum qildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Dec, 11:50


Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN)ning vakolatxonasi ochiladi

Bu bo‘yicha bitim Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib o‘tayotgan COP16 konferensiyasi doirasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar tomonidan imzolandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston mazkur ittifoqqa 2021-yilda a'zo bo‘lgan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

04 Dec, 11:15


Korzinka va Yas Auto'dan Yangi yil aksiyasi bosh sovriniga Lixiang L6 qo‘yildi!

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun Korzinka do‘konlaridan kamida 200 000 so‘mlik xarid qilish kifoya.

Shartlar quyidagicha:

– Xariddan avval Korzinka mobil ilovasini yangilang va ishtirokingizni tasdiqlang;
– Korzinka’da kamida 200 000 so‘mlik xaridni amalga oshiring va Korzinka Plus kartangizni skanerlang;
– Yoki Korzinka Go orqali kamida 200 000 so‘mlik buyurtma bering, bunda Korzinka Plus kartangiz ulangan bo‘lishi kerak.

Ishtirokchiga aylangach, ilovadagi mini o‘yinga o‘tib, kartochkalarni ochish kerak. U yerda 100 000 nominalli Korzinka sertifikatlarini va avtomobil o‘yinidagi ishtirok uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yutishingiz mumkin.

Diqqat! Aksiya 31-dekabrgacha davom etadi!

App | Telegram | Facebook | Insta |  Web | Korzinka Go | Reklama

Xushnudbek.uz

24 Nov, 15:51


Ichki ishlar tizimida quyidagilar lavozimidan ozod etildi:

IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi polkovnik Atxamov Axrorjon Xalimjonovich;

Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Tashxodjayev Doniyor Baxtiyarovich;

Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

24 Nov, 15:07


Xolmuhamedov Shuhrat G’ayratjonovich mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i edi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

24 Nov, 14:17


O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi.

Uning o’rniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangan.

Bu haqda GazetaUz hamda KunUz xabar bermoqda.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

23 Nov, 14:58


❗️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

🔹zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
🔹kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
🔹oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Nov, 13:20


❗️O‘zbekistonda “Vatandosh” kartasi joriy qilinadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasidan:

🔹 yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan;
🔹 mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan;
🔹 respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotganlarga “Vatandosh” kartasi beriladi.

💳 “Vatandosh” kartasi 5 yil muddatga beriladi hamda karta egalari quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

✈️ Oʻzbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;
🏠 mamlakat hududida koʻchmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan koʻchmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
📃 xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;
🏥 Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

❗️Karta egalarining oila aʼzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

🔹 amaldagi viza muddatini uzaytirishda Oʻzbekiston hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan koʻp martalik viza olish;
🔹 Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
🔹 vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Nov, 09:09


🚧Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10-dekabrgacha yopildi

Qaysi ko’cha?

🔹Furqat koʻchasining Beshyog'och maydonidan Seul ko'chasi keshishmasigacha bo'lgan bir tomonlama yo'nalishi;

🔹Beshyog'och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov koʻchalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo'nalish.

Qancha muddatga?

Bugun, 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabrga qadar;

Nima sababdan?

Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 110 kVli yuqori kuchlanishli yerosti elektr kabel tarmoqlari o‘tkazilishi munosabati bilan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Nov, 18:15


Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Yusuf Idris. Sho‘rpeshona

Izoh
: Butun umr yoʻqchilikdan qiynalib, pul dardida boshini har joyga suqib koʻrgan Abduga yangi ish topildi. Qiyin ish emas, daromadi ham yaxshigina. Unga koʻpchilikning havasi kelyapti. Ammo bu ish qahramonimizga qanchalik xayr olib keldi, bunisi qorongʻu.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/yusuf-idris-shorpeshona

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/QV0wkANSdfY

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

#kechki_mutolaa


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Nov, 16:22


🕋 “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berildi

Bular quyidagilar:

🔹“Ihlos travel 1” MChJ

🔹“Yuksak travel Air” XK

🔹“Muhtasham travel” MChJ

🔹“Musaffo turizm xizmati” MChJ

🔹“Risola travel lux” MChJ

🔹“Xorazm umra jamiyati” MChJ

🔹“Hikmat Umra Travel” MChJ

🔹“Real Dreams” MChJ

🔹“Travel with family” MChJ

🔹“Sofa Marva tour” MChJ

🔹“B2 Management” MChJ

🔹“Safar time exclusive” MChJ

❗️Litsenziyasiz “Umra” tadbirlarini tashkil etgan va oʻtkazgan yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida jarima solinadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Nov, 15:10


🏨 Toshkentdagi 2 ta mehmonxona sotildi

1⃣ “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasini “ALFA INVEST sug‘urta kompaniyasi” AJ 20 mln AQSh dollariga; 

2⃣ “International” mehmonxonasini esa “Smart Fast Stroy” MChJ 26 mln AQSh dollariga sotib oldi.

Shuningdek, investor “InterHotel” MChJning tegishli bank oldidagi 14,7 mln yevro miqdoridagi kredit qarzdorligini ham o‘z zimmasiga oldi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Nov, 09:20


“Xalqchil IPO”ning dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Ushbu dastur doirasida 2024-yil 26-sentyabrdan 8-noyabrga qadar ommaviy joylashtirilgan 3 million 606 ming 466 dona aksiyani sotib olish uchun 46,6 milliard so‘mlik 12,6 mingta ariza kelib tushgan.

Bu rejalashtirilgan joylashtirish hajmining 108 foizini tashkil etadi.

Shundan 42,9 mlrd so‘mlik 11 298 ta ariza qanoatlantirilib, ular quyidagicha taqsimlangan:

👥 jismoniy shaxslar - 11 234 ta;
🏢 yuridik shaxslar - 64 ta.

Ma'lumot uchun, “Xalqchil IPO”da sotib olingan har bir aksiya uchun 4 tadan qo‘shimcha aksiya taqdim etiladi.

👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Nov, 06:40


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan bugungi majlisdan fotosuratlar


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Nov, 16:30


⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Nov, 15:16


A.N. Aripovni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-noyabrdagi qarori bilan Bosh vazir lavozimiga  A.N. Aripov  ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq, Abdulla Nigmatovich Aripov O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlansin.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Nov, 14:15


Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi.

Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega boʻlgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, masʼuliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani taʼkidlandi.

Ayni daqiqalarda Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturini taqdim etmoqda.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

13 Nov, 15:38


Bugun nimalar bo‘ldi?

Shavkat Mirziyoyevning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Butunjahon iqlim sammitidagi (COP29) ishtiroki yuzasidan bugungi tadbirlar:

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida "yashil" energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi;

Shavkat Mirziyoyev hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi;

O‘zbekiston Prezidenti Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi, JSTga a’zolikka oid muzokaralarni tezroq yakunlash yuzasidan fikr almashildi;

davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi, mas’ullar tomonidan pavilonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi;

prezidentimiz ozarbayjonlik adabiyotshunos va Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi. U umrining katta qismini O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. Uchrashuvda Akif Bag‘irov o‘zi ozarbayjon tilida tayyorlagan «Shavkat Mirziyoyev fenomeni» kitobini taqdim etdi;

shuningdek, davlatimiz rahbari Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis va Global ekologik fond bosh direktori Karlos Rodriges bilan uchrashuvlar o‘tkazdi;

shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi va Toshkentga jo‘nab ketdi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

13 Nov, 14:30


DXX: Tojikiston va Qirgʻizistondan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan qariyb 65 kg “gashish” giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro “Cobalt” rusumli avtomashinasida Uzun tumani hududida toʻxtatilgan. Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasida 50 kg 567 gr “gashish” moddasi borligi aniqlangan.

***

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Toshkent viloyatining Boʻka tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg 929 gr “gashish” moddasini qabul qilib olib, yoʻlovchi avtomashinada yashash joyiga qaytib kelayotganda Fargʻona shahrida qoʻlga olingan.

***

“Spark” rusumli avtomashina Andijon viloyati Boʻston tumanidagi YPX maskanida toʻxtatilib, tekshirilganda, unda ketayotgan uch nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarosidan 4 kg 727 gr “gashish” moddasi topilgan.

Boshqa holatda esa Paxtaobod tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro Qirgʻizistondagi narkosavdogarlar yetkazib bergan 4 kg 634 gr “gashish” moddasini Andijon tumanida 53 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

***

Mazkur shaxslarga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

13 Nov, 11:38


Boku shahrida bo‘layotgan COP29 davomida Shavkat Mirziyoyev bir qator yuqori martabali shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan:

— Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel;
— Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb;
— Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich;
— Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil-Reno Basso;
— Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir;
— Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Bler;
— ICESCO bosh direktori Salim Al-Malik;
— Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte.

Tadbirlar ertaga ham davom etadi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

13 Nov, 06:25


🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

“Xanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida olib borilmoqda.

Unda ikki davlat harbiy xizmatchilari turli jangovar qurollardan otish, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi.

👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

28 Oct, 15:33


✔️ Dastlabki natijalarga ko‘ra, Qonunchilik palatasidagi 150 ta o‘rin partiyalar orasida quyidagicha taqsimlanadi:

O‘zLiDeP — 64 ta o‘rin (38 ta bir mandatli okrug, 26 ta yagona okrug);

Milliy tiklanish — 29 ta (15+14);

Adolat SDP — 21 ta (9+12);

XDP — 20 ta (7+13);

Ekopartiya — 16 ta (6+10).


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

28 Oct, 14:29


⚡️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

27 Oct, 17:42


Soat 20:00 da O’zbekiston hududida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi.

Ayni daqiqalarda ovozlarni sanab chiqish jarayonlari boshlandi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

27 Oct, 10:35


Shavkat Mirziyoyev bugun tongda oila a’zolari bilan saylovda ovoz berdi hamda saylov uchastkasiga kelgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

27 Oct, 09:18


Senat raisi Tanzila Norboyeva, Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov (nabirasi Mirhamid bilan), muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazarov hazratlari saylovda ovoz berdi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

27 Oct, 07:28


Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari 59-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuqori saviyada o‘tayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini ta’kidlashdi.

Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga sog‘lik-omonlik tilab duolar qildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

27 Oct, 06:57


Prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

27 Oct, 05:48


Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylov jarayonlariga rasman start berildi. Barcha saylov uchastkalarida soat 8:00 da davlatimiz madhiyasi yangradi.

Videoda Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasidagi jarayon aks etgan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

23 Oct, 12:15


🚍✈️ 🚆 O'zbekistonda poyezd, samolyot va avtobus qatnovlari haqida ma'lumot va chipta sotib olish uchun yagona platforma ishga tushiriladi

Transport vazirining buyrug‘i bilan mazkur platforma 20-noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab “Uztrans” axborot tizimida transportning barcha turlari uchun chipta qidirish imkoniyatiga ega modul faoliyati to‘xtatiladi.

👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

23 Oct, 11:35


HONOR X7c — sizning ishonchli hamrohingiz

Har daqiqada o‘zingizga ishonch uyg‘otish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega yangi smartfon: tasodifiy tushirib yuborishlarda 5 yulduzli bardoshlilik, suvga chidamlilik va 360° ultra mustahkamlik.

Yuklama va salbiy ta’sirlardan himoyalangan. Uning 256 + 16 (8+8) GB katta xotira hajmi bilan unutilmas lahzalaringizni saqlang.

Smartfonni brend saytida yoki O'zbekiston bo'ylab texnika do'konlarida xarid qiling va sovg'asiga simsiz kolonkaga ega bo'ling.

Sayt | Instagram | Telegram | Reklama

Xushnudbek.uz

23 Oct, 10:40


🅿 Toshkentda 14 mingga yaqin pulli avtoturargoh o‘rni quriladi

Kelgusida esa jami 84 mingga yaqin parking maydoni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Pulli to‘xtash joylari 10 yil muddatga “e-auksion” platformasi orqali ijaraga qo‘yiladi.

💰 “Parkovka” narxlari esa zonasiga qarab 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilangan.

🗺 “Parkovka” uchun ajratiladigan hududlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

23 Oct, 08:20


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan:

— Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;

— Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;

— Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;

— Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

23 Oct, 06:10


Shavkat Mirziyoyev 23-24-oktyabr kunlari BRICS sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Oct, 13:20


Prezident Toshkent shahrining drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirdi, kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatganini qayd etdi.

Drenajni to‘g‘irlashnining o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygan.

Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Oct, 11:10


2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Bu haqda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida eslab o‘tildi.

Qadrli vatandoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

O‘zbek tilimizning boyligi, kuch-qudrati yanada ziyoda bo‘lsin!, — deyiladi tabrikda.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Oct, 09:40


Rasul Hamzatov bir asarida shunday eslaydi:

Avarlar qishlog‘idan bir yigit Fransiyaga o‘qishga ketib, o‘sha yerda qolib ketadi. Boshqa bir hamqishlog‘i Fransiyaga borib kelgach, yigitning onasi o‘g‘li haqida so‘rashga shoshiladi:

- O‘g‘lim bilan ko‘rishdingizmi?
- Ha, ko‘rishdim.
- O‘g‘lim Siz bilan qaysi tilda gaplashdi: avar tilidami yoki fransuz?
- Fransuz tilida.
- Unda u mening o‘g‘lim emas!
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi.

Butun xalqimizni ushbu muhim sana bilan tabriklayman.

O‘zligimizning asosiy belgisi bo‘lgan ona tilimizning umri boqiy bo‘lsin!


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Oct, 07:50


Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi.

450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun 🇺🇸AQSh, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇲🇽Meksika va 🇫🇷Fransiyadan chet ellik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

O‘quv jarayoni “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etilgan. Bu yaxlit o‘quv tizimini yaratish, resurslarni optimallashtirish, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligini oshirish kabi jihatlar bilan ajralib turadi.

Universitetning imkoniyatlarini kengaytirish uchun kelgusida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sobiq kollejlar binolari ta’mirlanib, kampusga aylantirilishi rejalashtirilgan.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

22 Oct, 06:25


O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra:

boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash 9-sinfni tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Oct, 15:13


#abituriyent

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavr yo‘nalishlariga qabul imtihonlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlarini e'lon qildi.

O‘quv dasturlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

E’tibor bering: bu darsliklar ro’yxati emas, balki o’quv dasturlari ro’yxati. Jaydari tilda aytganda, abituriyentlar qaysi bilimlarni (mavzularni) egallashi kerakligi haqida ma’lumot.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

21 Oct, 14:19


UZEX aksiyalarini sotib olish uchun ariza berish imkoniyatlari yanada kengaytirildi

Endi aksiyalarni quyidagi usullar orqali sotib olish mumkin:

ipo.e-auksion.uz platformasi;
GoInvest ilovasi (hozirda Google Play’da mavjud);
Jett servisi (Multicard, Zoomrad, MyUztelecom, DavrMobile 2.0 ilovalarida) yoki app.jett.uz veb terminali;
brokerlar orqali;

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) "Xalqchil IPO" doirasida mablag‘larni foydali joylashtirishni taklif qilmoqda. Xarid qilingan har bir aksiya 4 ta qo‘shimcha aksiya olish imkonini beradi. Bundan tashqari, birja har yili foydaning kamida 50 foizini dividendlar to‘lashga yo‘naltiradi.

Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024-yil 28-oktyabrgacha amal qiladi (7 kun qoldi).

👉 Batafsil: www.xalqchilipo.uz

Reklama

Xushnudbek.uz

20 Oct, 07:21


DJ PILIGRIM — SENZURA, SIYOSAT, "BARSELONA" VA HALOVATNING QAYMOG‘I HAQIDA — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/UATEWVA5axg

“Lolazor”ning bugungi mehmoni — Dj Piligrim nomi bilan xalqimizga yaxshi tanish bo’lgan san’atkor Ilhom Yo‘lchiyev bilan turli qiziq mavzularda suhbatlashdik.

Podkast mundarijasi:

00:00 Tizer
00:54 Reklama
01:13 Intro
01:43 Bugungi mehmonimiz — Dj.Piligrim
04:54 17 yil vegeterianlik
08:45 Soqolim olinmagani uchun tadbirlarga chaqirishmasdi
17:28 “Ko‘k choy” qo‘shig‘i haqida
19:08 Dj.Piligrim oxirgi yillarda nimalar bilan band?
22:38 To‘y sanoati haqida
26:14 Mualliflik huquqiga nega qaralmaydi?
29:37 Madaniyat vazirligi kerakmi?
34:16 Mustaqillik bayrami qanday bo'lishi kerak?
36:20 Yulduz Usmonova haqida
37:13 San’atkorning fuqarolik pozitsiyasi haqida
40:50 Teylor Svift haqida
44:25 Siyosat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganman
46:54 Qozog‘istonda yulduz ekanman
47:40 Ijodkorga ijod erkinligi kerak
53:18 Brbalo guruhining yigitlarini qamab qo‘yishdi
55:20 Haqiqiy ijod “oqar suv”ga o‘xshaydi
1:00:27 Heyt qiladigan insonlar — muhabbati yo‘q insonlar
1:03:12 “Ovoz. Bolalar” loyihasiga kelishi va undagi vazifalari haqida
1:11:32 O‘zbek san’atida Dj.Piligrim tan oladigan qo‘shiqchilar
1:14:45 O‘zbek san'ati nima uchun degradatsiyaga uchradi?
1:16:45 “Он и она” qo‘shig‘ining tarixi
1:20:15 Sayohatni nima uchun yaxshi ko‘radi?
1:26:16 “Barselona” futbol klubiga muxlisigi haqida
1:27:57 “Yevropadan to‘yib qoldim”
1:29:35 Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi haqida
1:33:57 “Oyiga 3 millionga yaqin jarima to‘layman”
1:38:53 “Halovatni hamon izlayapman”
1:41:33 Dj.Piligrimning gonorari qancha?
1:43:26 “Sizda SSSRga nisbatan nostalgiya bormi?”
1:45:49 Urush haqida
1:49:32 Toshkent ekologiyasi haqida
1:52:26 “Ты меня забудь” qisqa muddatda yaratilgan
1:55:54 Rossiyada ham “запрет”ga tushgani haqida
2:02:00 “Katta konsertlar qo‘yishni xohlayman”
2:04:00 “Nay chalishni yaxshi ko‘raman”
2:06:46 Ko‘rishguncha xayr

Dam olish kunida maroqli tomosha tilayman.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Oct, 06:23


❗️5 oy ichida 24 mingdan ortiq muhtoj fuqarolar protez-ortopediya vositalari bilan ta'minlandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi may oyida muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida yangi tizimni ishga tushirgan edi.

🗓 Ushbu tizim yordamida ta'minot muddati protezlar uchun 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari uchun 52 kundan 11 kunga qisqardi.

🩼 Ayni paytgacha fuqarolar zarur vositalarni xarid qilishi uchun 57 mingdan ortiq onlayn-vaucher shakllantirilib, 24 ming kishiga barcha zarur vositalar berilgan, 90 dan ortiq tadbirkor platformada 500 turdagi mahsulotlarni joylashtirgan.

🦼 Hozirda muhtoj shaxslar yana 7 mingta tegishli vositalarni olishi hamda 14 mingta vaucheri shakllangan fuqarolar buyurtma berishlari kutilmoqda.

📞 Protez-ortopediya vositalariga ehtiyoji bo‘lganlar “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga yoki 1140 qisqa raqami orqali Call-markazga murojaat qilishlari mumkin.

👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

20 Oct, 04:41


"Lolazor" podkastining navbatdagi sonida DJ Piligrim taxallusi bilan xalqimizga yaxshi tanish bo’lgan san’atkor Ilhom Yo’lchiyev mehmon bo‘ldi.

O’zgacha suhbat bo‘ldi. Dam olish kunida ko‘rish tavsiya etiladi.

Suhbatni bugun soat 12:00 dan boshlab YouTube kanalimiz orqali ko‘rishingiz mumkin.


👉 @hushnudbekreklama 👈

Xushnudbek.uz

19 Oct, 15:10


Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.


👉 @hushnudbekreklama 👈