O‘QITUVCHI @oqituvchii Channel on Telegram

O‘QITUVCHI

@oqituvchii


Dunyoda bitta kasb bor, bu-o‘qituvchilik. Qolgan kasblar esa uning mahsulidir!

Reklama uchun @reklama_da

O‘QITUVCHI (Uzbek)

O‘QITUVCHI kanali - bu o‘qitish va o‘qituvchilikga qiziqganlar uchun ma’qul joy. Bu kanalda dunyoda bitta kasb bor, bu-o‘qituvchilik. Qolgan kasblar esa uning mahsulidir! Agar siz o‘qishni sevib, bilim va ma’lumotlaringizni boshqa insonlar bilan bo‘lishni istasangiz, O‘QITUVCHI kanali sizning uchun! Bu yerda siz yangi texnologiyalar, o‘qitish usullari, ma’lumotlar va ko‘p narsalarni o‘rganishingiz mumkin. Har kuni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlangan, bu kanal sizni o‘z bilim doirasini kengaytirishga yordam beradi. Siz ham bu qatorga qo‘shiling va o‘z ma’lumotlaringizni boshqalar bilan bo‘lishingizga ruxsat bering! Kanaldan foydalanish bepul! Reklama uchun @reklama_da

O‘QITUVCHI

08 Dec, 15:02


🔰PEDAGOG VA XODIMLAR JORIY YIL TUGAGUNGA QADAR MALAKA OSHIRISH KURSIDA O‘QIB TEGISHLI SERTIFIKAT OLISHLARI SHART.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qaroriga ko‘ra: 👇👇

Xodim asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Mazkur xodimning ta’lim muassasasida o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

08 Dec, 13:59


— 70%li ustama qay tartibda olinadi?

— qanday ishlarni amalga oshirganingizdan so'ng sizga aniq shuncha %da haq to'lanadi?

— Bahorgi attestatsiyada 86 ball olsangiz, umumiy oladigan haqingizga aslida 70% qo'shiladimi yoki yo'qmi?

📖 Ona tili va adabiyot

O‘zbek tili ustozlari
yuqoridagi savollarning barchasiga bittada javob olishni istasangiz
9⃣🔠🔠🔠🅰🅱🔠

@habelonatili
@habelonatili
@habelonatili kanalida

soat1⃣4⃣: 0⃣0⃣da

🪩 Jonli efirda ishtirok eting.

25 yillik tajribaga ega, 3000dan ortiq abituriyentlar, 2500dan ortiq ustozlarning, ko'plab xalq ta'limi a'lochisi ustozlarining ustozi, sobiq BMBA
TESTOLOG-EKSPERTI

Dilafro'z Fayzullayevna barcha savollaringizga birma-bir javob beradilar

🧑‍🏫 Attestatsiya va unga tushadigan savollar haqida bilishni istasangiz, sizni chatda kutamiz!!!

Kanalga obuna bo'lish
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
http://t.me/habelonatili
http://t.me/habelonatili
http://t.me/habelonatili

O‘QITUVCHI

08 Dec, 12:31


🔰SINF RAHBARLARINING YANGI LAVOZIM YO‘RIQNOMASIGA KO‘RA SINF RAHBARLARI QUYIDAGI HUJJATLARNI YURITADI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27- iyundagi 190-sonli buyrugʻiga 2-ilovada keltirilgan yo'riqnomaga ko'ra sinf rahbarlari quyidagi hujjatlarni yuritadi.

1. Sinf rahbari daftari; (sinf oʻquvchilari haqida umumiy ma’lumot, sinfning ijtimoiy xaritasi, kam ta’minlangan oilalar, toʻliq boʻlmagan oila, yetim va ota-onalik huquqidan mahrum etilganlarning farzandlari,sinf oʻquvchilarining toʻgarak va seksiyalarga qatnashish darajasi, ota-onalar bilan ishlash monitoringi, ota-onalar majlis bayonnomasi, biriktirilgan sinfda darslarni tahlil qilish, profilaktik ishlari, oʻquvchilarni kitob bilan ta’minlanganligi.)
(Ushbu sinf rahbari daftarini ELEKTRON HOLDA HAM YURITISH MUMKINLIGI BELGILANDI.)

2. Maktabning ichki roʻyxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi ogʻir va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yigʻma jildi. (308-sonli nizom boʻyicha qilingan ishlar)

Shuningdek, sinf rahbarlari oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha hisobotlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradi.

Sinf rahbarlarining yuqorida koʻrsatilgan hujjatlaridan tayyor namunalarni va hisobotlarni kanalimiz orqali berib boramiz, bizni kuzatishda davom eting.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

07 Dec, 16:04


🔰Maktab darsliklari bu yil ham tekin bo‘ladi

Avvalroq maktab darsliklari ijara to‘lovini qayta joriy etish taklifi ilgari surilgandi.

Xalqtaliminfo.uz so‘roviga javoban Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mulozimi maktab darsliklari ijara to‘lovini qayta joriy etish taklifi qabul qilinmaganligini ma’lum qildi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/984

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

07 Dec, 14:02


🔰Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.

Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?

YURIST JАVOBI:

Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Manba: Yurist_Xizmati

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

06 Dec, 16:37


🔰METODBIRLASHMA RAHBARINING HUJJATLARI AMALDAGI NIZOMGA KO‘RA QUYIDAGICHA.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga ko‘ra:

Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;

Yig‘ilish bayonnomasi;

Yillik hisoboti.

Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yigʻilish bayonnomasi, hisoboti uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.

Metodbirlashmaning yuqoridagi hujjatlarini sifatli holda tayyorlanganini sotib olish uchun quyidagi lichkaga yozing👇👇
@hujjatlar_mutahasisi
@hujjatlar_mutahasisi

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

06 Dec, 14:54


Robototexnika sohasi orqali o'z daromadini oshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga💰

Aynan siz uchun biz 8 yillik tajribaga ega jamoamiz bilan 7-8-dekabr kunlari "Robototexnika sohasi orqali $1000 daromad" deb nomlangan Online Vebinar tashkil qilyapmiz

Online vebinarda qatnashish mutlaqo bepul, hoziroq pastdagi link orqali kanalimizga o'ting👇

Online vebinar kanali👉https://t.me/+vl-CDE3q5oNhMjQy

O‘QITUVCHI

05 Dec, 16:21


🔰PEDKENGASH BAYONNOMALARI ELEKTRON HOLDA YURITILISHI KERAK.

Pedagogik kengash umumta’lim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.

Pedagogik kengash tarkibi maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Maktabning har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishida maktabning faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin. Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini raqamlash hardi. o‘quv yili boshida (avgust oyida) yangidan boshlanadi.

⚠️Pedkengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

🔹Tuman (shahar) MMTB ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi nizom;
🔹pedkengashning tasdiqlangan ish rejasi;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalari; (elektron holda yig‘majildlar reyestrda tikib boriladi)
🔹pedkengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.


Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrug‘i va MMTV ning 2024-yil 17-maydagi 163-sonli buyrug‘i.

Pedkengashning sifatli holda tayyorlangan yillik ish rejasi va 1-sonli tayyor bayonnomasini sotib olish uchun ushbu lichkaga yozing. @hujjatlar_mutahasisi
@hujjatlar_mutahasisi

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

04 Dec, 09:40


🔰DAVOMAT DAFTARINI YURITISH ENDI SHART EMAS.

MMTVning 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrugʻida o‘quvchilarning davomatini yuritish masalasi aniq belgilab berildi. Unga ko‘ra

Oʻquvchilar davomati sinf rahbari tomonidan elektron sinf jurnalida quyidagi tartibda qayd etiladi:

♦️Sababsiz dars qoldirganda:
s- sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
m- surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch- respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʻrsatish uchun;
q- taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns- ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun;


🔹Sababli dars qoldirganda:
dq- sababli dars qoldirilganligini koʻrsatish uchun;
k- kasallik sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
kq- darsga kechikib kelganligini koʻrsatish uchun;
tq- turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun belgilanadi.


Fan oʻqituvchilari tomonidan esa oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s- sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
dq- sababli dars qoldirilganligini koʻrsatish uchun;
kq- darsga kechikishni koʻrsatish uchun ( baholash mumkin).


⚠️Muntazam dars qoldirish – sababsiz ravishda bir oʻquv haftasida 3 kun va undan ortiq, bir oy mobaynida 10 kun va undan ortiq dars mashgʻulotlariga uzluksiz qatnashmaslik.

Hafta yakuni boʻyicha MMIBDOʻ oʻquvchilarning davomatini tahlil qilib, sababsiz va muntazam ravishda darslarga qatnashmayotgan oʻquvchilarni taʼlimga toʻliq jalb qilish choralarini koʻradi. Zarur hollarda Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyasi, inspektor-psixologlar hamda mahalla faollari hamkorligida oʻquvchilarni taʼlimga jalb qilish choralari koʻriladi.

Manba: 🔰MAKTAB kanali

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

04 Dec, 08:27


🔰UY TA’LIMI UCHUN QANDAY HUJJATLAR YURITILADI.

O’quvchilarni uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil qilish uchun quyidagi hujjatlar yuritiladi.

1-tibbiy hulosa
2-ota-onasining arizasi
3-pedagogik kengash qarori
4-MMTB ga maktab tomonidan so’rov xati
5-MMTB ning buyrug’i
6-maktabning buyrug’i
7-dars jadvali
8-jurnal (kundalik tizimida va daftarga qog’oz variyantda)
9-tashrif daftari (kelish-ketish)
10-o‘quvchining shaxsiy fayili.

🔹Pedagoglardan:

Ish reja, odatda ish reja o’quvchining kasallik turi va qiziqishlaridan kelib chiqib mavjud rejadan tanlab olinadi. Darsga tayyorgarlik, ko’rgazma, video, audio vositalar orqali.

🔹Psixologdan:

Suhbat daftari, turi xil psixolagik so’rovnomalar va psixolagik testlar. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)

🔹Raxbarlardan:

Uyda ta’lim olayotgan o’quvchining uyiga borish, shart sharoitlari bilan tanishish, darslarni nazorat qilish, tashrif daftarga imzo qo’yish.

🔹Sinf rahbaridan:

Dars mashg‘ulotlarining olib borilishini nazorat qilish, ota-onalar va o‘quvchining o‘qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash, o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda yoki sinfda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

03 Dec, 15:36


🔰HOZIRDA QANCHA MAOSH OLISHINGIZNI BILASIZMI?

Maktab direktori:
4 mln 696 ming 805 so'm (400 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 625 ming 394 so'm (1600dan ortiq).

Direktor o'rinbosarlari: (MMIBDO, O'TIBDO)
4 mln 386 ming 677 so'm (400 o'quvchigacha);
4 mln 696 ming 805 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (1600dan ortiq).

Direktorning xoʻjalik ishlari bo'yicha o'rinbosari:
1 mln 779 ming 871 so'm (400 o'quvchigacha);
2 mln 030 ming 275 so'm (401-880 o'quvchigacha);
2 mln 111 ming 025 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
2 mln 286 ming 447 so'm (1600dan ortiq).

CHQBT rahbari:
Mutaxassis 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali 4 mln 674 ming 594 so'm.

Psixologlar:
Oliy ma'lumotli psixolog - 3 mln 051 ming 742 so'm;
Ikkinchi toifali psixolog - 3 mln 268 ming 047 so'm;
Birinchi toifali psixolog - 3 mln 489 ming 865 so'm;
Oliy toifali psixolog - 3 mln 702 ming 280 so'm.

O'qituvchilar:
O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 169 ming 623 so'm;
Oliy ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali o'qituvchi - 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali o'qituvchi - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali o'qituvchi - 4 mln 674 ming 594 so'm.

Kadrlar boʻyicha menejer:
1 mln 598 ming 520 so'm.

Kutubxona mudiri:
O'rta maxsus ma'lumotli - 2 mln 135 ming 861 so'm;
Oliy ma'lumotli 2 mln 330 ming 402 so'm.

Kutubxonachi:
O'rta maxsus ma'lumotli - 1 mln 852 ming 107 so'm;
Oliy ma'lumotli - 1 mln 949 ming 589 so'm.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

03 Dec, 08:54


🔰Sertifikat ma'lumotlarini ERPga kiritish (Yo'riqnoma) yangisi

P.S.: ERP bilan shugullanuvchi ustozlarga yuborib qo'ying

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

02 Dec, 17:35


🔰2024-2025-OʻQUV YILIDA OʻTKAZILADIGAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIRLARNING NAMUNAVIY REJASIGA KO'RA TADBIRLAR OYLIGI QUYIDAGICHA ETIB BELGILANDI.

Sentabr
–Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini madh etish oyligi

Oktabr – Ustoz va murabbiylarni ulugʻlash oyligi

Noyabr – “Bagʻrikenglik”oyligi

Dekabr – “Huquqiy madaniyatni oshirish” oyligi

Yanvar – Vatanparvarlik oyligi

Fevral – Buyuk allomalar oyligi

Mart – Milliy qadriyatlar oyligi

Aprel – “Buyuk ajdodlar merosini oʻrganish oyligi”

May – Xotira va qadrlash oyligi

Asos: MMTV ning 2024-yil 23-avgustdagi 273-son buyrug‘iga 4-ilova

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

01 Dec, 15:01


🔰MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?

Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.

Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

01 Dec, 03:08


🔰METODBIRLASHMANING AMALDAGI NIZOMI.

MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i


📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

30 Nov, 07:49


🔰XODIMLARNING LAVOZIM MAJBURIYATLARI YANGI TAXRIRDA TASDIQLANDI.

Barcha xodimlarga yetkazilishi va tanishtirilishi shart.

MMTV ning 2024-yil 16-oktabrdagi 334-sonli buyrug‘i.

Umumta’lim maktablari uchun

🔹Direktorning lavozim majburiyatlari

🔹O‘IBDO‘ ning lavozim majburiyatlari

🔹MMIBDO‘ ning lavozim majburiyatlari

🔹O‘qituvchining lavozim majburiyatlari

🔹Psixologning lavozim majburiyatlari

🔹CHQBT rahbarining lavozim majburiyatlari

🔹Kadrlar bo‘yicha menejerning lavozim majburiyatlari

🔹Kutubxona mudirining lavozim majburiyatlari

🔹Xo‘jalik ishlari bo‘yicha menejerning lavozim majburiyatlari

💰Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat

O‘QITUVCHI

20 Nov, 10:57


🔰2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

©Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

18 Nov, 15:51


🔰SINF RAHBARI DAFTARINI ELEKTRON HOLDA HAM YURITSA BO'LADIMI?

Javob: Ha, elektron holda yuritish mumkin. MMTV ning 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i 5-ilovasi bilan sinf rahbarlari daftari tasdiqlangan. Ushbu daftarda uni elektron holda ham yuritish mumkinligi quyidagicha bayon etilgan.

"Mazkur daftar sinf rahbarlari tomonidan qog‘oz yoki elektron ravishda yuritilishi mumkin. Sinf rahbari daftariga ijodiy yondashilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ushbu daftarning yuritilishi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan o‘quv yilining har bir choragi yakunida nazorat qilinadi."

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

18 Nov, 14:44


Ўқитувчилар аттестация тест синови ҳақида

Аттестация тест синовларидан ўтолмасликнинг энг биринчи сабаби бу - фан йўналиши бўйича билимларнинг етишмаслигидир. Агар ўзингизга ишонсангиз ҳар қандай синовлардан бемалол ўта оласиз.

Ўқитувчи аттестация тест синовидан ўта олмаса, демак уларни қуйидаги 3 та асосий муаммо кутиб туради:

Биринчи муаммо,
ўқитувчи аттестациядан ўта олмаган тақдирда ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли у билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Иккинчи муаммо, агар ўқитувчи аттестациядан ўтмаса, унинг нафақат жамиятдаги балки, мактаб жамоаси олдида ҳам обрўси тушиб боради. Бу эса жуда ёмон.

Учинчи муаммо, аттестациядан ўта олмаслик педагог ходимнинг ойлик маошига ҳам жуда катта таъсир ўтказади. Чунки ўқитувчиларга дарс тақсимот қилишда ҳам уларнинг малака тоифалари муҳим рол ўйнайди.

Ўқитувчи юқорида санаб ўтилган муаммоларга дуч келмаслиги учун катта тажрибага эга бўлган мутахассисларда тайёргарлик кўриши керак бўлади.

Бугун сизларга 9 йиллик тажрибага эга бўлган, бухоролик мутахассис томонидан репетиторлар тажрибаси асосида малака тест синовидан ўтиб олиш учун тизимли тарзда ишлаб чиқилган курсларни таклиф этамиз.

Эътиборли жиҳати шундаки, ушбу курсда тайёрланган 3401 нафар ўқитувчидан 3196 нафари аттестация имтиҳонидан муваффақиятли ўтган. Бу дегани ўрта ҳисобда курсда тайёрланган 94.3 фоиз ўқитувчи аттестация имтиҳонидан ўтган.

Дарслар онлайн равишда ҳар бир киши билан алоҳида платформада индивидуал тартибда олиб борилади. Ушбу курсларда:

📚Математика

📚Кимё

📚География

📚Тарих

📚Бошланғич таълим

📚Биология

📚Инглиз тили

📚Рус тили

📚Она тили фанларига 100 % кафолат асосида тайёрлашади.

Бериладиган кафолат шундан иборатки, агар сиз ушбу курсда ҳар кунлик дарсларга қатнашиб, тўлиқ дарсларни ўқиб, имтиҳондан ўтолмасангиз, ҳеч қандай гап сўзсиз 100% пулингиз қайтариб берилади.

❗️Курсга ёзилиш учун ҳозирда 128 та жой бор холос. Бошқа ўқитувчи олишни имкони йўқ. Чунки назорат қилиш имконияти чекланган.

📝РЎЙХАТДАН ЎТИНГ

@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot

O‘QITUVCHI

17 Nov, 13:00


🔰Асосий фан олимпиадасининг III (вилоят) босқичида 1-ўринни эгаллаган ўқувчи 2.250.000 сўм пул мукофоти олади

Асосий фан олимпиадасининг III (вилоят) босқичида ҳам ҳар бир фан йўналишида баллар кетма-кетлигида 1-2-3-ўринларни эгаллаган ўқувчилар ғолиб ҳисобланади.

Вазирлар Маҳкамаси қарорига кўра, асосий олимпиаданинг III (вилоят) босқичи ғолибларига қуйидаги миқдорда бир марталик пул мукофотлари берилади:

1-ўрин – БҲМнинг 6 баравари (ҳозирда 2.250.000 сўм);
2-ўрин – БҲМнинг 4 баравари (ҳозирда 1.500.000 сўм);
3-ўрин – БҲМнинг 3 баравари (ҳозирда 1.125.000 сўм).

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

16 Nov, 15:22


🔰UY TA’LIMI UCHUN QANDAY HUJJATLAR YURITILADI.

O’quvchilarni uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil qilish uchun quyidagi hujjatlar yuritiladi.

1-tibbiy hulosa
2-ota-onasining arizasi
3-pedagogik kengash qarori
4-MMTB ga maktab tomonidan so’rov xati
5-MMTB ning buyrug’i
6-maktabning buyrug’i
7-dars jadvali
8-jurnal (kundalik tizimida va daftarga qog’oz variyantda)
9-tashrif daftari (kelish-ketish)
10-o‘quvchining shaxsiy fayili.

🔹Pedagoglardan:

Ish reja, odatda ish reja o’quvchining kasallik turi va qiziqishlaridan kelib chiqib mavjud rejadan tanlab olinadi. Darsga tayyorgarlik, ko’rgazma, video, audio vositalar orqali.

🔹Psixologdan:

Suhbat daftari, turi xil psixolagik so’rovnomalar va psixolagik testlar. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)

🔹Raxbarlardan:

Uyda ta’lim olayotgan o’quvchining uyiga borish, shart sharoitlari bilan tanishish, darslarni nazorat qilish, tashrif daftarga imzo qo’yish.

🔹Sinf rahbaridan:

Dars mashg‘ulotlarining olib borilishini nazorat qilish, ota-onalar va o‘quvchining o‘qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash, o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda yoki sinfda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

12 Nov, 17:00


🔰Emaktab.uz da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

12 Nov, 15:01


👩‍🏫🧑‍🏫SIZ MATEMATIKA O'QITUVCHISIMISIZ, UNDA BU SIZ UCHUN!!!
😔Ustoz attestatsiyadan o'ta olmadingizmi?
🎯 Bahorgi attestatsiyaga qanday tayyorgarlik ko'rishni bilmayapsizmi?
🥇
Siz ham shunday NATIJALARGA erishmoqchimisiz?
💸 Oylik maoshingizni oshirmoqchisiz-u, lekin buni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi?

🎯9 yillik Buxoro tajribasi;
📚O'zining 10 ga yaqin mukammal o'qitish qo'llanmalariga ega;
📊1000 ga yaqin online va offline shogirtlar ustozi
🥇Matematikadan "A" daraja milliy sertifikat sohibi
🎖Matematikadan xalqaro GRE sertifikati sohibi

👋Men Muxiddinov Muhriddin ustoz sizga yaqindan yordam beraman!

🔥Biz bilan noldan puxta tayyorlaning!

👍 Bahorgi milliy sertifikat va attestatsiyaga tayyorgalik ko'rayotgan ustozlar uchun kanalimda har kuni 20:00 da "0 dan QAYMOQLI" bonus darslar o'tyapman!
Hoziroq
kanalimga o'tib "BOMBEZNIY" darsimdan bahramand bo'ling!
"0 dan QAYMOQLI" darslar ushbu kanalda bo'lib o'tadi
📍
@matemfizsuper
📍
@matemfizsuper
📍
@matemfizsuper

📊Bizning natijalarni https://t.me/muhriddinnatija kanaldan ko'rishingiz mumkin!

O‘QITUVCHI

11 Nov, 15:56


🔰XODIMLARNING LAVOZIM MAJBURIYATLARI YANGI TAXRIRDA TASDIQLANDI.

Barcha xodimlarga yetkazilishi va tanishtirilishi shart.

MMTV ning 2024-yil 16-oktabrdagi 334-sonli buyrug‘i.

Umumta’lim maktablari uchun

🔹Direktorning lavozim majburiyatlari

🔹O‘IBDO‘ ning lavozim majburiyatlari

🔹MMIBDO‘ ning lavozim majburiyatlari

🔹O‘qituvchining lavozim majburiyatlari

🔹Psixologning lavozim majburiyatlari

🔹CHQBT rahbarining lavozim majburiyatlari

🔹Kadrlar bo‘yicha menejerning lavozim majburiyatlari

🔹Kutubxona mudirining lavozim majburiyatlari

🔹Xo‘jalik ishlari bo‘yicha menejerning lavozim majburiyatlari

💰Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat

O‘QITUVCHI

11 Nov, 14:50


⚡️ 🤩1 OYLIK " BEPUL MARAFON"🤩⚡️

⚡️Bahorgi Attestatsiyaga biz bilan samarali tayyorgarlik ko'ring ⚡️

⚡️9 yildan ortiq tajribaga ega Buxorolik Matematika fani ustozi men YUNUSOV SHAXBOZ ,siz ustozlarimizni bahorgi attestatsiyaga tayyorlov uchun:

1 Oylik (BEPUL)"Marafon" ga taklif qilaman

Marafon doirasida sizlar:

Murakkab qoldiqli bo'lish, " Ferma " va "Vilson " teoremalari

Taqqoslama( Modlash)

Sonning oxirgi ikki raqamini topish

Ko'phadlar ( xossalari va murakkab misollari, Bezu teoremasi)

Geometriya bo'limi (noldan boshlab , professionalgacha)


👆Shu va shunga o'xshash bir qancha... murakkab mavzularni o'rganasiz va shu mavzular bo'yicha testlarni ishlab tahlillarida qatnashasiz( Jonli efirda ) .

MARAFON. 6-noyabrdan boshlab, 6 - dekabrga qadar davom etadi....( Boshlanib bo'lgan shoshilinglar😉)
Qolgan narsalarni "Kanal" da gaplashamiz
😊

🧐O'ylanib o'tirmasdan kanalimga obuna bo'ling👇

https://t.me/matem_yunusov

https://t.me/matem_yunusov

https://t.me/matem_yunusov

O‘QITUVCHI

10 Nov, 04:47


🔰Мактабда сариқ касаллиги аниқлангани учун СЭС ходимлари мактаб раҳбариятига жарима қўллаши мумкинми?

Yurist Xizmati 4792-савол:

Таьлим муассаларида  сарик касалик аникланган булса. Мактаб рахбариятига СЭС ходимлар тамонидан жарима солиш мумкинми. Хеч кандай Ота оналар тамонида шикоят еки ариза булмаган булса.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Ҳа, мумкин. Бу учун кимдир мурожаат қилиши шарт эмас.

Умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал таълим муассасаларида ўқувчилар овқатланишини ташкил этишнинг санитария қоидалари, нормалари ва гигиена нормативлари (Ўзбекистон Республикасининг санитария қоидалари, нормалари ва гигиена нормативлари, 22.07.2021 йилдаги 0017-21-сон) тасдиқланган.

Айнан шу ҳужжатга мувофиқ мактабнинг санитария-гигиена қоидалари амал қилганлиги ўрганилади.

❗️Агарда камчиликларга йўл қўйилган бўлса ва айнан ўша вирусли гепатит тарқалишига олиб келган бўлса, у ҳолда жаримага тортиш ўринли бўлади. Санитария-эпидемиология назорати ходимларининг бунга ҳаққи бор.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

10 Nov, 03:47


Matematika fanidan bahorgi attestatsiyaga  va milliy sertifikatga topshirmoqchi ustozlar hamda matematika ixlosmandlari uchun yangilik.

☄️☄️Biz geometriyani 0 dan mavzulashtirilgan holda darslarni boshlayapmiz.

Darslarimiz mavzulashgan holda bo'lib har bir bo'limdan keyin nazorat ham olib boriladi.

Darslarni Oliy toifali oʻqituvchi Milliy sertifikat A+ sohibi Matnazarov Sarvar ustoz tomonidan o'tiladi.

Darslar 19- noyabrdan boshlanadi.

Hozirda Algebradan qiyinroq mavzular bo'layapdi

Bizning kanal👇👇👇👇👇👇

@matematika_Matnazarov



Matematik ustozlarga va abiturientlarga yuborib qo'yamiz🍸🍸🍸

O‘QITUVCHI

04 Nov, 16:24


🔰1-oktabrdan sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?

Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lovlar o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1 155 000 so‘m) nisbatan foiz hisobida to‘lanadi.
Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:


– 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (304 490 so‘m);

– 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (364 980 so‘m);

– 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (426 195 so‘m);

– 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (486 255 so‘m);

– 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (609 840 so‘m).

Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (104 640 so‘m), 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (203 280 so‘m).

Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (203 280 so‘m).

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

04 Nov, 15:01


🔸 Iqtidorlar Maktabida “Hamjihatlik formulasi” / “Uchinchi ming yillik” хalqaro matematika olimpiadasi o’tkazilmoqda!

Yakuniy bosqich g’oliblari hamda o’qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etadi: 5-11-sinflar
Olimpiadada ishtirok etish: Bepul

Olimpiada 2 bosqichda o’tkaziladi:
1-bosqich onlayn;
2-bosqich oflayn.

1-bosqich savollariga yechim yuborish muddati:
10-Noyabrgacha

1- bosqichdan qatnashish uchun pastdagi havola orqali saytdan ro’yhatdan o’ting!

Ro'yhatdan o'tish uchun havola!

Ro’yhatdan o’tish va yechimlarni yuborish bo’yicha video qo’llanma!


☎️ To’liq ma’lumot:
+998 94 324 10 50
+998 94 546 10 50

Manzil: 📍 Chilonzor tumani, Chilonzor dahasi, M-mavze, 28A

Mo’ljal: Mirzo Ulug’bek metro bekati

Instagram / Facebook / You tube / Telegram

O‘QITUVCHI

03 Nov, 16:19


🔰HOZIRDA QANCHA MAOSH OLISHINGIZNI BILASIZMI?

Maktab direktori:
4 mln 696 ming 805 so'm (400 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 625 ming 394 so'm (1600dan ortiq).

Direktor o'rinbosarlari: (MMIBDO, O'TIBDO)
4 mln 386 ming 677 so'm (400 o'quvchigacha);
4 mln 696 ming 805 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (1600dan ortiq).

Direktorning xoʻjalik ishlari bo'yicha o'rinbosari:
1 mln 779 ming 871 so'm (400 o'quvchigacha);
2 mln 030 ming 275 so'm (401-880 o'quvchigacha);
2 mln 111 ming 025 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
2 mln 286 ming 447 so'm (1600dan ortiq).

CHQBT rahbari:
Mutaxassis 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali 4 mln 674 ming 594 so'm.

Psixologlar:
Oliy ma'lumotli psixolog - 3 mln 051 ming 742 so'm;
Ikkinchi toifali psixolog - 3 mln 268 ming 047 so'm;
Birinchi toifali psixolog - 3 mln 489 ming 865 so'm;
Oliy toifali psixolog - 3 mln 702 ming 280 so'm.

O'qituvchilar:
O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 169 ming 623 so'm;
Oliy ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali o'qituvchi - 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali o'qituvchi - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali o'qituvchi - 4 mln 674 ming 594 so'm.

Kadrlar boʻyicha menejer:
1 mln 598 ming 520 so'm.

Kutubxona mudiri:
O'rta maxsus ma'lumotli - 2 mln 135 ming 861 so'm;
Oliy ma'lumotli 2 mln 330 ming 402 so'm.

Kutubxonachi:
O'rta maxsus ma'lumotli - 1 mln 852 ming 107 so'm;
Oliy ma'lumotli - 1 mln 949 ming 589 so'm.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

26 Oct, 15:14


🔰XODIMLARNING LAVOZIM MAJBURIYATLARI YANGI TAXRIRDA TASDIQLANDI.

Barcha xodimlarga yetkazilishi va tanishtirilishi shart.

MMTV ning 2024-yil 16-oktabrdagi 334-sonli buyrug‘i.

Umumta’lim maktablari uchun

🔹Direktorning lavozim majburiyatlari

🔹O‘IBDO‘ ning lavozim majburiyatlari

🔹MMIBDO‘ ning lavozim majburiyatlari

🔹O‘qituvchining lavozim majburiyatlari

🔹Psixologning lavozim majburiyatlari

🔹CHQBT rahbarining lavozim majburiyatlari

🔹Kadrlar bo‘yicha menejerning lavozim majburiyatlari

🔹Kutubxona mudirining lavozim majburiyatlari

🔹Xo‘jalik ishlari bo‘yicha menejerning lavozim majburiyatlari

💰Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat

O‘QITUVCHI

26 Oct, 02:15


💰1-OKTABRDAN SIZGA QANCHA OYLIK CHIQADI.

Hoziroq /start tugmasini bosish orqali oyligingizni mustaqil hisoblab ko‘ring!

Ushbu oylik bot 1-oktabr holatiga 15% oshgan narxda hisoblaydi.

Oylikni hisoblab ko‘rish

O‘QITUVCHI

25 Oct, 11:17


🔰BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIGA TASVIRIY SAN'AT FANI UCHUN MALAKA TOIFASIGA ASOSAN EMAS, MUTAXASIS TOIFASIGA ASOSAN HAQ TO'LANADI.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 3-oktabr kungi 03-14-2632-sonli ko'rsatma xatida pedagoglar olgan malaka toifalari qaysi fanlar uchun tatbiq etilishi haqida ma'lumot berilgan. Shunga ko'ra boshlang'ich sinf o'qituvchilari olgan malaka toifalari quyidagi fanlar uchun inobatga olinishi belgilangan:

Tabiiy fan (Science)
Tarbiya
Adabiyot (qardosh)
Ona tili (qardosh)
Jismoniy tarbiya
Texnologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Matematika


Yuqoridagi fanlar ro'yxatida tasviriy san'at fani ko'rsatilmagan. Demak, boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga tasviriy san'at fani uchun mutaxasis toifasiga asosan oylik to'lanishi mumkin. Qolaversa, UzAsbo dasturiy majmuasida ham tasviriy san'at fani uchun mutaxasis toifasiga asosan haq to'lanayotgan ekan.

Manba: 🔰MAKTAB kanali

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

24 Oct, 17:14


⚡️XODIMLARNING LAVOZIM YO‘RIQNOMALARI YANA YANGI TAXRIRDA TASDIQLANDI.

MMTV ning 2024-yil 16-oktabrdagi 334-sonli buyrugʻi

Avvalgisi o‘z kuchini yo‘qotdi. (MMTV ning 2023-yil 20-dekabr kungi 565-sonli buyrug‘i.)

💰15% oshgan holda hisoblovchi oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat

O‘QITUVCHI

24 Oct, 12:52


🔰“Davlat va huquq asoslari” fani doirasida qanday oʻzgarishlar va yangiliklar boʻlishi kutilmoqda

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 532-sonli qaroriga asosan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

🔹 Umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchilari o'rtasida "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovini o'tkazish.

🔹O‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi.

🔹"Yosh huquqshunos" ko'rik-tanlovi va "Huquqiy zakovat" intellektual o'yinini tashkil etish. Davlat va huquq asoslari fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan "Huquq sinflari"ni tashkil etish.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

19 Oct, 09:56


🔰PEDKENGASH BAYONNOMALARI ELEKTRON HOLDA YURITILISHI KERAK.

Pedagogik kengash umumta’lim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.

Pedagogik kengash tarkibi maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Maktabning har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishida maktabning faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin. Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini raqamlash hardi. o‘quv yili boshida (avgust oyida) yangidan boshlanadi.

⚠️Pedkengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

🔹Tuman (shahar) MMTB ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi nizom;
🔹pedkengashning tasdiqlangan ish rejasi;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalari; (elektron holda yig‘majildlar reyestrda tikib boriladi)
🔹pedkengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.


Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrug‘i va MMTV ning 2024-yil 17-maydagi 163-sonli buyrug‘i.

Pedkengashning sifatli holda tayyorlangan yillik ish rejasi va 1-sonli tayyor bayonnomasini sotib olish uchun ushbu lichkaga yozing. @hujjatlar_mutahasisi
@hujjatlar_mutahasisi

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

19 Oct, 08:49


⭕️⭕️⭕️Eron Geometriya Olimpiadasi (IGO2024)

Ko'lami:
2023-yil dunyoning 73 ta davlatidan 28,000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan.

Masalalar qiyinligi:
Haqiqiy olimpiada masalalari, test EMAS. Ro'yxatda o'tishdan oldin o'tgan yilgi masalalarni yechib ko'rishingizni maslahat beraman.

Qachon: 2024-yil 20-Oktabr kuni bo’lib o’tadi.

Qayerda: O'z hududingizda

Kimlar uchun: IGO 4 xil kategoriyada o’tkaziladi.

i) 7-8-sinf o’quvchilari uchun;
ii) 9-10 sinf o’quvchilari uchun;
iii) 11-sinf o'quvchilari uchun;
iv) Ixtiyoriy yoshdagilar uchun;
Ya’ni yoshidan qat’iy nazar, talabalar, o’qituvchilar yoki boshqa sinf o’quvchilari ham qatnashishi mumkin.

⏱️ Ajratilgan vaqt:
4 soat yoki 4 soat 30 minut

📝 Masalalar soni va ballar:
Barcha
kategoriya uchun 5 ta har xil qiyinlikdagi masala. Har bir masala 8 balldan baholanadi. Jami 40 ball.

Qatnashish shakli:
Individual qatnashishingiz kerak. Ya'ni har kim o'zi uchun.

G’oliblarga mukofot:
🥇oltin olgan har bir ishtirokchiga umumiy qiymati $250 bo’lgan 14 ta kitob
🥈 kumush olgan har bir ishtirokchiga umumiy qiymati $125 bo’lgan 9 ta kitob
🥉 bronza olgan har bir ishtirokchiga umumiy qiymati $50 bo’lgan 6 ta kitob

Batafsil:
https://t.me/uzmathcommunity/2233

Ishtirok etish pullik: 190,000 so’m

🇺🇿🇺🇸 Masalalar o’zbek, rus va ingliz tillarida beriladi!

Ro'yxatdan o'tish uchun
@umc_admin
📲+998 94 324 10 50

https://t.me/uzmathcommunity
https://t.me/uzmathcommunity
https://t.me/uzmathcommunity
https://t.me/uzmathcommunity

O‘QITUVCHI

16 Oct, 16:02


🔰METODBIRLASHMANING AMALDAGI NIZOMI.

MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i


📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

15 Oct, 15:04


🔰Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 2024-2025 oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning NAMUNAVIY REJASI

MMTV ning 2024-yil 23-avgustdagi 273-son buyrug‘iga 4-ilova


📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

11 Oct, 05:54


🔰Toifaga test topshirish sanalari belgilandi.

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.

Unga koʻra:

Informatika va axborot texnologiyalari  — 29-oktyabr (1 kun);

Matematika, fizika — 30-31-oktyabr (2 kun);

Boshlangʻich taʼlim  — 1-2, 4-noyabr (3 kun);

Oʻzbek tili (davlat tili), ona tili va adabiyot — 5-6-noyabr (2 kun);

Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik  — 7-8-noyabr (2 kun);

Tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari — 9-noyabr (1 kun);

Fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili  — 11-12-noyabr (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), qirgʻiz tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati — 13-noyabr kuni (1 kun);

Jismoniy tarbiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, psixologi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog, qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr (1 kun);

Boshqa fanlar 16-noyabr kuni (1 kun);

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

10 Oct, 12:02


🔰Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.


Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

©Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

08 Oct, 11:01


🔰15 yillik stajga ega oliy toifali pedagoglarga umrbod oliy toifali degan sertifikat beriladimi?

28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etildi.

Unda quyidagi savollarga ham javob berildi:

Vazirlar Mahkamasining qarori va MMTV ning ikki qayta bayonotiga koʻra oliy toifam umrbod saqlandi. Menga UMRBOD OLIY TOIFALI degan sertifikat qachon va qay tartibda beriladi?

15 yillik staj va 2022-yil 2-avgustgacha oliy toifada umrbod qolganlarning sertifikatini platformaga joylash masalasi nima bo‘lyapti? Bu toifadagi ustozlarni joylardagi mas`ullar tomonidan attestatsiya jalb etish masalasi ko‘p uchramoqda.

© Ta’lim nazorati

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

07 Oct, 16:04


🔰PEDKENGASH BAYONNOMALARI ELEKTRON HOLDA YURITILISHI KERAK.

Pedagogik kengash umumta’lim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.

Pedagogik kengash tarkibi maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Maktabning har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishida maktabning faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin. Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini raqamlash hardi. o‘quv yili boshida (avgust oyida) yangidan boshlanadi.

⚠️Pedkengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

🔹Tuman (shahar) MMTB ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi nizom;
🔹pedkengashning tasdiqlangan ish rejasi;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalari; (elektron holda yig‘majildlar reyestrda tikib boriladi)
🔹pedkengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.


Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrug‘i va MMTV ning 2024-yil 17-maydagi 163-sonli buyrug‘i.

Pedkengashning sifatli holda tayyorlangan yillik ish rejasi va 1-sonli tayyor bayonnomasini sotib olish uchun ushbu lichkaga yozing. @hujjatlar_mutahasisi
@hujjatlar_mutahasisi

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

07 Oct, 13:23


⚡️Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda:

📆22-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
📆23-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
📆24-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
📆25-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
📆26-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 1-GURUH FANLARIdan 4-9-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

1-guruh fanlari (Matematika, Fizika, Kimyo Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari)

Xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichi Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 9-noyabr kuni, Matematika Fizika, Kimyo, Biologiya fanlaridan 10-noyabr kunlari tashkil etiladi;

Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 2-GURUH FANLARIdan 3-5-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

2-guruh fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tarix, Davlat va huquq asoslari, Geografiya )

⚠️Yuqoridagi olimpiada tashkil etiladigan sanalar o‘zgarishi kuzatilsa ushbu telegram kanal orqali hamda hududiy boshqarmalar orqali ma'lumot yetkaziladi.

©Fan olimpiadalari

💰15% oshgan holda hisoblovchi oylik bot

🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e

O‘QITUVCHI

07 Oct, 05:59


🔰Сайловга жалб этилган педагогларнинг дарслари бошқа ўқитувчига юклатилса, ҳақ тўлаш тартиби қандай бўлади?

@Yurist_Xizmati 4731-савол:

Maktabimizda saylov uchastkasi tashkil qilingan Men USK raisi o'rinbosariman 15  soat darsim bor Agar meni darslarim saylov munosabati bilan boshqa o'qituvchiga yuklatilsa haq to'lanish tartibi qanday bo'ladi  To'lovda muammo bo'lmaydimi

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Меҳнат кодексининг 116-моддаси биринчи қисмига кўра ходимнинг розилиги билан унга иш кунининг (сменанинг) белгиланган давомийлиги мобайнида худди ўша иш берувчида қўшимча ҳақ эвазига меҳнат шартномасида шарт қилиб кўрсатилган асосий иш билан бир қаторда, асосий ишидаги каби айнан ўша касб (лавозим) бўйича ёки бошқа касб (лавозим) бўйича ҳам қўшимча ишни бажариш топширилиши мумкин.

☝️Ушбу модданинг иккинчи қисмида вақтинча йўқ бўлган ходимнинг мажбуриятларини меҳнат шартномасида белгиланган, асосий ишидаги айни ўша касб (лавозим) ёки бошқа касб (лавозим) бўйича ишдан озод этилмаган ҳолда бажариш вақтинча йўқ бўлган ходимнинг ишини бажариш ҳисобланади.

❗️Шунга кўра вақтинча йўқ бўлган ходимнинг вазифасини бажариш бошқа ходим зиммасига юклатилади. Сизда ҳам айнан шундай ҳаракат амалга оширилиши керак.

❗️Лекин ходимга қўшимча иш юклаш учун унинг розилиги талаб этилади. Бунда розилик ёзма шаклда олиниши лозим. Шунга кўра сиздан ҳам ариза олиш талаб этилади. Шундан сўнггина сизга қўшимча вазифа юклаш мумкин. Бунда мазкур вазифа юкланиши ҳақида алоҳида буйруқ ҳам чиқарилади.

Бунда ушбу кодекс 259-моддасига асосан бир неча касбда (лавозимда) ишлаганда, хизмат кўрсатиш доираси кенгайганда, иш ҳажми кўпайганда ходимнинг асосий лавозимдаги иш ҳақига қуйидагилар учун қўшимча тўлов белгиланади ва тўланади:
👉 бюджет ташкилотлари ходимлари учун — бир неча лавозимда ишлаганлик учун тариф ставкасининг (маошининг) эллик фоизидан кўп бўлмаган миқдорда.

Бунда лавозим юклатилган ходимга шу лавозим маошининг 50 фоизигача қўшимча ҳақ тўланади.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

03 Oct, 19:20


🔰1-OKTABR “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN 525 MING SO‘MLIK MUKOFOT PULLARI KIMLARGA BERILADI?

Assalomu alaykum! Har yili''1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni''munosabati bilan berilayotgan moddiy rag‘batlantirish qay tartibda beriladi? 70 nafar xodim va o‘qituvchiga bir berilishdami yoki ikkiga bo‘lib berilsa ham bo‘ladimi?

YURIST JAVOBI:

Ma’lumki, pedagog xodimlar umumta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to‘lash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirilishi, bu yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin edi.

Eski amaliyot bo‘yicha ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar ko‘rsatgan natijalariga qarab kalendar yili davomida navbatma-navbat lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan rag‘batlantirilardi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori bilan ushbu tartibga cheklov o‘rnatilgan.

Yangi tartibga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqatgina «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha ya’ni 525 ming so‘m (1 oktabrdan 577 500 so‘m) miqdorida mukofotlanishi mumkin.

⚠️Hamma o‘qituvchilar bayram munosabati bilan mukofotlanishi ish beruvchi (maktab direktori, XTB mudiri) hamda xalq ta’limi bo‘limlarining buxgalter va iqtisodchilariga bog‘liq.

Menimcha, katta ehtimol bilan xalq ta’limi bo‘limi iqtisodchilari barcha maktabning 100% pedagog xodimlarini pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishiga rozi bo‘lmasa kerak.

Agar yuqori tashkilotlardan o‘qituvchilarni bayram munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida alohida ko‘rsatma berilmasa ularni moddiy rag‘batlantirish juda qiyin masala.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, sizlardagi holatda agar maktabning direktor jamg‘armasida yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lsagina, hamma xodimlarga birdaniga mukofot puli berilishi mumkin. Agar mablag‘ yetarli bo‘lmasa, xodimlarning ma’lum qismi bu yil mukofot ololmaydi.

©Yurist_Xizmati

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

03 Oct, 15:34


🔰UY TA’LIMI UCHUN QANDAY HUJJATLAR YURITILADI.

O’quvchilarni uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil qilish uchun quyidagi hujjatlar yuritiladi.

1-tibbiy hulosa
2-ota-onasining arizasi
3-pedagogik kengash qarori
4-MMTB ga maktab tomonidan so’rov xati
5-MMTB ning buyrug’i
6-maktabning buyrug’i
7-dars jadvali
8-jurnal (kundalik tizimida va daftarga qog’oz variyantda)
9-tashrif daftari (kelish-ketish)
10-o‘quvchining shaxsiy fayili.

🔹Pedagoglardan:

Ish reja, odatda ish reja o’quvchining kasallik turi va qiziqishlaridan kelib chiqib mavjud rejadan tanlab olinadi. Darsga tayyorgarlik, ko’rgazma, video, audio vositalar orqali.

🔹Psixologdan:

Suhbat daftari, turi xil psixolagik so’rovnomalar va psixolagik testlar. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)

🔹Raxbarlardan:

Uyda ta’lim olayotgan o’quvchining uyiga borish, shart sharoitlari bilan tanishish, darslarni nazorat qilish, tashrif daftarga imzo qo’yish.

🔹Sinf rahbaridan:

Dars mashg‘ulotlarining olib borilishini nazorat qilish, ota-onalar va o‘quvchining o‘qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash, o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda yoki sinfda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

01 Oct, 01:31


🔰1-oktyabri – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o'qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo'lidagi shijoatingiz, mеtin irodangiz, tog'dеk sabringiz, bilim ummonidagi sabog'ingiz doimo sarbaland bo'lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo'lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin hurmatli ustozlar!

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

30 Sep, 07:20


🔰Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.

Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

29 Sep, 07:24


🔰Ertaga, 30-sentyabr kuni pedagog kadrlar attestatsiyasiga hujjat topshirishning oxirgi kuni

Joriy yilning 1-avgust kuni boshlangan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayoni 1-oktyabrga qadar davom etadi. Bugun va ertaga hujjat topshirish mumkin.

Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:

👉 Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

👉
Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

👉
Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

👉
Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

👉
Ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

👉Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?

👉 Tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

28 Sep, 11:58


🔰​​Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa,  doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik-bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Temur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

-Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

© Isroil Tillaboyev

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

24 Sep, 11:45


🔰1-OKTABR “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN 525 MING SO‘MLIK MUKOFOT PULLARI KIMLARGA BERILADI?

Vazirlar Mahkamasining 425-son qarori bilan pedagog va xodimlarga 1-oktabr o’qituvchilar bayramida mukofotlash mumkinligi bo’yicha qaror qabul qilindi. Shu bilan Vazirlar Mahkamasining  2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga o’zgartirish kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining  2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida xodimlarni mukofotlash bo’yicha aynan shunday yozilgan. “Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.”

Qisqasi, rag‘batni barcha xodimlarga (yangi ishga kirgan, talaba va bosh) berish mumkin. Faqat, hayifsan olgan xodimlar bundan mustasno.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

23 Sep, 16:04


​​🔰Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi

Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.

O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.

Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:

s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

⚠️ Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Asos:
Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug‘i.

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

23 Sep, 04:41


🔰PEDKENGASH BAYONNOMALARI ELEKTRON HOLDA YURITILISHI KERAK.

Pedagogik kengash umumta’lim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.

Pedagogik kengash tarkibi maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Maktabning har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishida maktabning faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin. Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini raqamlash hardi. o‘quv yili boshida (avgust oyida) yangidan boshlanadi.

⚠️Pedkengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

🔹Tuman (shahar) MMTB ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi nizom;
🔹pedkengashning tasdiqlangan ish rejasi;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;
🔹pedkengash yig‘ilishi bayonnomalari; (elektron holda yig‘majildlar reyestrda tikib boriladi)
🔹pedkengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.


Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrug‘i va MMTV ning 2024-yil 17-maydagi 163-sonli buyrug‘i.


Pedkengashning sifatli holda tayyorlangan yillik ish rejasi va 1-sonli tayyor bayonnomasini sotib olish uchun ushbu lichkaga yozing. @hujjatlar_mutahasisi
@hujjatlar_mutahasisi

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii

O‘QITUVCHI

19 Sep, 16:13


🔰Olimpiada natijalarni baholash

Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil qilinadi. Har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi.

1. Dastlabki 10 tasi sodda darajada — har bir toʼgʼri javob 0,9 ball;
2. Keyingi 10 tasi oʼrta qiyinlik darajada — har bir toʼgʼri javob 1,5 ball;
3. Oxirgi 10 tasi murakkab darajada — har bir toʼgʼri javob 2.6 ball bilan baholanadi.


Jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50)

Izoh: I  guruh fanlaridan oxirgi 10 ta (21-30) topshiriqlar ochiq (javobi yoziladigan) shaklda, II  guruh fanlarida esa barcha test topshiriqlari yopiq (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) shaklda boʼladi.

Eslatma:
I GURUH FАNLАRI (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo, biologiya)
II  GURUH FАNLАRI (ona tili va adabiyot, oʼzbek tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, frantsuz tili, rus tili va adabiyoti, tojik tili, qozoq tili, tarix, geografiya)

📚Hujjat Bot

O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇
https://t.me/oqituvchii