XOVOS YOSHLARI 🇺🇿 @xovoslik_yoshlar Channel on Telegram

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

@xovoslik_yoshlar


Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limining rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @Xovosyoshlari_bot

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿 (Uzbek)

Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limi rasmiy sahifasi, yoshlar uchun eng yangi va ma'qulli ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu kanal Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limi tomonidan boshlangan va yoshlar bilan bog'liq muhim voqealardan xabardor bo'ladi. Kanalda yoshlarga yo'naltirilgan interaktiv darslar, nutq, va kimyo mavzulari haqida ma'lumotlar, sovg'alar va ishonchli maslahatlar mavjud. Xovoslik_yoshlar kanali orqali siz yoshlarga yo'nalgan xizmatlardan foydalanishingiz va ularning rivojlanishi va o'zini mustahkam his qilishi uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Agar sizga yoshlar bilan bog'liq yangiliklar, ko'pchiq ma'lumotlar va foydali ko'rsatmalar kerak bo'lsa, shu erga murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga a'zo bo'ling va yoshlar uchun eng qiziqarli kontentlardan xabardor bo'ling! Murojaat va takliflar uchun: @Boburakramov

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

18 Feb, 06:14


⚡️“Super Start” bilan ingliz tilini 0 dan o‘rganish har doimgidan osonroq va tezroq!

Sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan darslar kreativ amaliyotga boyligi bilan boshqa uslublardan mutlaqo farq qiladi. Ishingiz tufayli endi vaqt hamda amaliyot yetishmasligi muammo emas. “Super Start” aynan siz uchun ishlab chiqilgan.

Aziz sirdaryolik yoshlar ushbu super imkoniyatdan foydalanishda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan “SIRDARYO10” promokodini kiritib, -10% chegirmaga ega boʻlishingiz mumkin!

Hoziroq “Ibrat Academy” ilovasidan “Super Start” darslarini boshlang!

Google play | App Store

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

17 Feb, 05:00


Yoshlarning bo'sh vaqti yetakchining ish vaqti!

📆 Bugun 17-fevral kuni mahallalarda yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar uchun tashkil etiladigan tadbirlar bilan tanishing:

Tinchlik MFY - Futbol
Istiqlol MFY - Futbol
Farxod MFY - Kibersport
Sharqobod MFY - Voleybol
Sohibkor MFY - Voleybol
Qayirma MFY - Futbol
Nurli kelajak MFY - Voleybol
Mustaqillik MFY - Futbol
O‘zbekiston to‘kinchiligi MFY - Futbol
Xovosobod MFY - Stol tennis
Qaxramon MFY - Futbol
Bo‘ston MFY - Futbol
Husnobod MFY - Voleybol

🏆 Ushbu sport tadbirlarida ishtirok etish istagida bo'lgan yoshlar mahalladagi yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin.

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

17 Feb, 04:16


Startup Garage Sirdaryoda!

Sirdaryo: Innovatsiyalar sari qadam


✈️ 18-fevral Startup Garage'ning Sirdaryo filiali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Marosim dasturi haqida:


Marosimda qatnashish uchun:
Ro'yxatdan o'ting!

Startap go'yangizni taqdimot qilmoqchi bo'lsangiz:
Ariza topshiring!

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Zarbdor MFY, Yoshlar markazi binosi 2-qavat
Sana: 18-fevral, Seshanba
Vaqti: 10:00

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

16 Feb, 16:48


🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?

Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?

#prezident #yoshlar #uzbekpower

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

16 Feb, 14:13


OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Yoshlar – kelajak bunyodkori

Tafsilotlar "O’zbekiston 24" telekanali informatsion dasturida.

#16feb #uzbekiston24 #Sirdaryoyoshlari

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

15 Feb, 18:37


Mamlakatimizning barcha hududlarida "Besh tashabbus olimpiadasi" 2025-yilgi mavsumi ochilish marosimi o'tkazildi. Sirdaryo viloyatida ham ushbu tadbir yuqori saviyada va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Tadbir tafsilotlari bilan ushbu video orqali tanishing.

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

15 Feb, 18:37


Germaniyaga borishga ikkilanyapsizmi?

💶 Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidan Germaniyaga borib, hozirda 1,500dan 2,500 eurogacha maosh bilan ishlab kelayotgan inson bilan gaplashsangiz, fikringiz qaysi tarafga o’zgargan bo’lardi?!

📌 Hali ham ikkilanayotgan bo’lsangiz, videoni tomosha qiling! O’ralov Sardor Samatovichning fikrlari sizni befarq qoldirmaydi.

⏩️ Ro’yxatdan o’tish

☎️ Murojaat uchun:
+998933226000

📍Sirdaryo viloyati Guliston shahar, Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosi


Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

15 Feb, 16:31


Yoshlar uchun eng muhim so‘ngi yangiliklar va imkoniyatlar – barchasi bir joyda!

🚀Bepul kurslar;
🎓Ta’lim loyihalari;
💼Ish va subsidiya imkoniyatlari;
⭐️Forum va tadbirlar.


Hammasidan birinchi bo‘lib xabardor bo‘lishni istasangiz, Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram kanaliga hoziroq qo‘shiling!
👇👇👇👇👇
https://t.me/+37eiuYMoQCAwOTMy
https://t.me/+37eiuYMoQCAwOTMy
https://t.me/+37eiuYMoQCAwOTMy

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

15 Feb, 13:38


Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

15 Feb, 10:05


Besh tashabbus olimpiadasi 2025 – Xovos tumanida tantanali start!

Bugun Xovos tumanida besh tashabbus olimpiadasi – 2025-yilning navbatdagi mavsumi davlat madhiyasi sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi!

Yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni sport va san’atga keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan ushbu olimpiada yurtimiz bo‘ylab qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Ishtirokchilar o‘zlarining iqtidor va mahoratini namoyish etib, g‘oliblik sari intilmoqda. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

11 Feb, 13:08


Maxsus reportaj | Yoshlar bandligi: Imkoniyat va natijalar
#11feb #uzbekiston24

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

11 Feb, 08:04


Yoshlarning bo'sh vaqti yetakchining ish vaqti!

📆 Bugun 11-fevral kuni mahallalarda yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar uchun tashkil etiladigan tadbirlar bilan tanishing:

Chamanzor MFY - Voleybol
Tinchlik MFY - Stol tennisi
Istiqlol MFY - Voleybol
Do‘stlik MFY - Stol tennisi
Bunyodkor MFY - Voleybol
Farxod MFY - Voleybol
Obod turmush MFY - Zakovat
Gulbahor MFY - Stol tennisi
Sharqobod MFY - Voleybol
Sohibkor MFY - Voleybol
Qayirma MFY - Zakovat
Qoraqum MFY - Voleybol
Nurli kelajak MFY - Zakovat
Mustaqillikning 25 yilligi MFY - Stol tennisi
Mustaqillik MFY - Stol tennisi
O‘zbekiston to‘kinchiligi MFY - Futbol
Yettiguzar MFY - Voleybol
Oqchangal MFY - Futbol
Xovosobod MFY - Voleybol
Karvonsaroy MFY - Voleybol
Qaxramon MFY - Futbol
Bo‘ston MFY - Zakovat
Binokor MFY - Kibersport
Husnobod MFY - Voleybol

🏆 Ushbu sport tadbirlarida ishtirok etish istagida bo'lgan yoshlar mahalladagi yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

10 Feb, 11:57


Germaniyada ish topish endi orzu emas!

🇩🇪 Germaniyada qonuniy va yuqori maoshli ish topish siz o’ylaganchalik mushkul emas!

DeutschHub sizga shunday imkoniyatni taqdim etadi:
🔸 Nemis tilini o’rganish;
🔹 Germaniyaga borish uchun hujjatlar tayyorlash;
🔸 Qonuniy ish topishda yordam;
Yana bir qancha imkoniyatlar sizni kutmoqda!

📌 Ro’yxatdan o'tish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga uchrashing!

☎️ Murojaat uchun:

+998933226000

📍Sirdaryo viloyati Guliston shahar, Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosi


Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

10 Feb, 10:24


⚡️“Super Start” bilan ingliz tilini 0 dan o‘rganish har doimgidan osonroq va tezroq!

Sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan darslar kreativ amaliyotga boyligi bilan boshqa uslublardan mutlaqo farq qiladi. Ishingiz tufayli endi vaqt hamda amaliyot yetishmasligi muammo emas. “Super Start” aynan siz uchun ishlab chiqilgan.

Aziz sirdaryolik yoshlar ushbu super imkoniyatdan foydalanishda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan “SIRDARYO10” promokodini kiritib, -10% chegirmaga ega boʻlishingiz mumkin!

Hoziroq “Ibrat Academy” ilovasidan “Super Start” darslarini boshlang!

Google play | App Store

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

09 Feb, 06:15


🖋Bugun 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning 584 yilligi

Navoiy bobomizning “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor”, — degan o‘gitlari bugungi kun yoshlarini ona tilini qadrlash va ulug‘lashga daʼvat etadi. O‘z davrida turkiy tilning buyukligini isbotlab, uni ilm va adabiyot tiliga aylanish yo‘lini ochib bergan. Bugun biz ham tilimizni rivojlantirish va ilm-maʼrifat bilan yuksaltirishni o‘z oldimizga muhim maqsad qilib qo‘ymoqdamiz.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlar Navoiy merosini faqat kitob sahifalarida emas, balki o‘z hayotlarida ham yashatib, uning ma’naviy boyligidan bahramand bo‘lishlari lozim.

#AlisherNavoiy584

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

08 Feb, 03:51


Qayirma mahallasi yoshlari: Bandlik, sport va kitobxonlikda yuqori natijalar!

Xovos tumani Qayirma mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Mahalla yoshlari o‘z xonadonlarida tomorqadan unumli foydalanib, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmoqda. Bu esa nafaqat ularning bandligini ta’minlash, balki oilaviy daromadni oshirishga ham xizmat qiladi.

Bundan tashqari, yoshlarning jismoniy va intellektual rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilib, mahallada volleybol va futbol bo‘yicha "Mahalla ligasi" tashkil etilgan, Natijada, Qayirma yoshlari sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishmoqda

Shuningdek, mahallada kitobxonlik targ‘ib qilinib, yoshlarning bilim va dunyoqarashini oshirish uchun turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

06 Feb, 14:43


⚡️Aksariyat hamkasblarim, davlat xizmatchilari til o'rganishga vaqt yetishmasligini aytishardi.

Vanihoyat o'zbek tilida sun'iy intellekt yordami bilan ingliz tili darslarini oson va tez o'rganish mumkin.

Omad! Sinab ko'ringlar, natijalarni, taassurotlarni izohlarda yozib qoldiring. Jamoa loyihani rivojlantirish va harakatda davom etishadi!

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

06 Feb, 14:14


Uzchess Freestyle Arena

⚡️Obunachilarimiz vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida turnir o'tkazishga qaror qildik

Ulug'bek Tillayev va Islombek Sindarovga qarshi o'ynash imkoniyatini qo'ldan boy bermang

👉Musobaqa shaxmat 960(Fisher shahmati) formatida o'tkaziladi.

🟥Ro'yxatdan o'ting

⚠️Ro'yxatdan o'tish musobaqa boshlanishiga 1 soat qolganda boshlanadi

Musobaqa 20:00 da boshlanadi


Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

06 Feb, 12:41


⚠️ Bu gaplar bolangiz hayotini saqlab qolishi mumkin

Siz farzandingizga begonalar bilan qanday muloqot qilish kerakligini oʻrgatganmisiz?

Qizlar akademiyasi ilovasini yuklab oling:
Google Play | App Store

Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

05 Feb, 17:04


⚡️"Ibrat Academy"dan navbatdagi katta yangilikni kutib oling!

Endi "Super Start" bilan ingliz tilini 0 dan o'rganish har doimgidan osonroq va tezroq bo'ldi. Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan darslarimiz kreativ amaliyotga boy darslari bilan boshqa uslublardan mutlaqo farq qiladi. Ishingiz tufayli endi vaqt hamda amaliyot yetishmasligi muammo emas. “Super Start” aynan Siz uchun ishlab chiqilgan.

Asosiy grammatika va so‘z boyligini mustahkamlang
Interaktiv darslar va mashqlar orqali o‘rganing
Dastlabki kunlardanoq natija


Hoziroq "Ibrat Academy" ilovasidan "Super Start" darslarini boshlang!

Google play | App store

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

30 Jan, 14:49


#Sirdaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Sardoba tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Mahalla drayverlarini ishga solish, ixtisoslashuvini kengaytirish va mikroloyihalar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis;

▪️O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xovos tumani bo‘limi: “Paxtakor” mahallasi yoshlar yetakchisi;

▪️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi: Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo'yicha etakchi mutaxassis;

▪️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi: Kadrlar bo‘limi boshlig‘i;

▪️O‘simliklar karantini va himoyasi Mirzaobod tumani bo‘limi: Kasallik, zararkunanda, hashoratlar va begona o‘tlar tarqalishini prognoz qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis;

❗️Arizalar 03.02.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Rasmiy sahifalarimiz
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | X | Murojaat

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

29 Jan, 10:43


"Uch avlod uchrashuvi" – maʼnaviy uyg‘unlik va ezgulik davomchisi

Xalqimiz hayotida chuqur anʼanaga aylangan "Uch avlod uchrashuvi" maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari yoshlar va faxriylarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, tajriba almashish va ezgu qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.

✈️Xuddi shunday tadbir Xovos tumani "Gulbahor" mahallasida O'zbekiston qahramoni Mirzaaxmad Shoyimov, "Nuroniylar" jamg'armasi raisi Sherbo'ta Primqulov va bir guruh nuroniylar hamda yoshlar ishtirokida o'tkazildi. Samimiy suhbat va muloqotlarda davlatimizda inson omiliga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

🔍Uchrashuvda uch avlod vakillari yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish, ezgu qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidladilar.

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

28 Jan, 16:59


#Tayinlov

Madumarov Bobirjon Soyibjon o'g'li O'zbekiston mahallalari uyushmasi Xovos tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
 
✈️ U mazkur tayinlovga qadar Xovos tumani "Paxtakor" mahallasidagi yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

✈️ B.Madumarov "2024-yil davomida samarali faoliyat olib borgan TOP-100 mahalladagi yoshlar yetakchilari" orasidan tavsiya qilindi.

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

28 Jan, 15:35


Yoshlarni bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda!

Xovos tumani Yetti Guzar va Karvonsaroy mahallalari o‘rtasida voleybol sport turidan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

✈️ Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va mahallalar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

28 Jan, 08:57


Уважаемая молодёжь Хаваста! Ведётся набор сотрудников в компании "HUMO VOICE" на должность "Оператор колл-центра"

Мы рады объявить об открытии вакансии на должность оператора колл-центра! Если вы ищете возможность начать карьеру в динамичной и дружелюбной команде, то это предложение для вас!

✈️Не требуется опыт работы — мы всему научим!

✈️ Обязанности:
- Информирование клиентов о наших услугах и состоянии их лицевых счетов.

✈️Требования: (от 16 лет)
- Грамотное владение русским языком.
- Грамотная речь и чёткая дикция.
- Уверенный пользователь ПК.

✈️ Условия:
- Удобный и гибкий график.
- Официальное трудоустройство.
- Средняя заработная плата
3 000 000 сум
- Возможности для профессионального роста и развития.
- Рабочая среда в команде настоящих профессионалов.

✈️ Если вы готовы к новым вызовам и хотите стать частью нашей команды, звоните нам по номеру указанному ниже! Мы ждем именно вас!
✈️ +998 94 252 6006
🔍 @Humo_voice
✈️ Сырдарьинская область, Хавастский район.
Ориентир: Клуб

🕊Присоединяйтесь к молодежи Ховосского района!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

28 Jan, 08:57


Xovoslik yoshlar diqqatiga!

Siz tadbirkormisiz?
Volontyor yoki tashabbuskormisiz?

Kitobxonlik,san’at, hunarmandchilik, smm, mobilografiya yo’nalishlarida amalga oshirishni istagan takliflaringiz bormi? Unda bu e’lon aynan siz uchun!

Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limi
tomonidan siz aziz yoshlarning takliflarini o'rganish, g'oya va tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus telegram bot ishga tushirildi

Ushbu bot orqali siz o’zingizni qiziqtirgan savol,taklif, g'oya va tashabbuslaringizni @Xovosyoshlari_bot orqali yozib qoldirishingiz hamda quyidagi raqamlar +998 99 477 16 44 orqali bog’lanishingiz mumkin

Har qanday taklif, tashabbus, g’oya va fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring — biz esa albatta sizlar bilan bog’lanamiz

Eslatma: Aziz yoshlar taklif, g’oya hamda tashabbuslaringizni yo’llashda ma’lumotlaringizni aniq va batafsil kiritishni unutmang.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

28 Jan, 08:55


Yoshlar tashabbuslari e’tiborda!

Xovos tumani hokimi Ulug'bek Yo'ldoshev va sektor rahbarlari "Yangiyer" mahallasida yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi. Samimiy va ochiq muloqotda yoshlarning ishga joylashish, kasb-hunarga o‘qish, tadbirkorlikni rivojlantirish, davolanish va sport musobaqalarini tashkil qilish bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

✈️Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarining turli tashabbuslarini ilgari surishdi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Keyingi uchrashuvlarda murojaatlar ijrosi muhokama qilinishi rejalashtirildi.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

24 Jan, 13:36


Уважаемая молодёжь Хаваста! Ведётся набор сотрудников в компании "HUMO VOICE" на должность "Оператор колл-центра"

Мы рады объявить об открытии вакансии на должность оператора колл-центра! Если вы ищете возможность начать карьеру в динамичной и дружелюбной команде, то это предложение для вас!

✈️Не требуется опыт работы — мы всему научим!

✈️ Обязанности:
- Информирование клиентов о наших услугах и состоянии их лицевых счетов.

✈️Требования: (от 16 лет)
- Грамотное владение русским языком.
- Грамотная речь и чёткая дикция.
- Уверенный пользователь ПК.

✈️ Условия:
- Удобный и гибкий график.
- Официальное трудоустройство.
- Средняя заработная плата
3 000 000 сум
- Возможности для профессионального роста и развития.
- Рабочая среда в команде настоящих профессионалов.

✈️ Если вы готовы к новым вызовам и хотите стать частью нашей команды, звоните нам по номеру указанному ниже! Мы ждем именно вас!
✈️ +998 94 252 6006
🔍 @Humo_voice
✈️ Сырдарьинская область, Хавастский район.
Ориентир: Клуб

🕊Присоединяйтесь к молодежи Ховосского района!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

24 Jan, 04:41


Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish niyatida bo‘lgan, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, hudud aholisining hayot sifatini yaxshilashga yordam beradigan loyihalar va tashabbuslarni ilgari surishga tayyor hamda salohiyatli, tashabbuskor, iste’dodli va vatanparvar yoshlar investitsion faoliyat yo‘nalishida ishga taklif etiladi.

Nomzodlarga:

munosib ish haqi,
kareraviy o‘sish,
Milliy kadrlar zaxirasi tarkibiga kirish,
xorijiy davlatlarga xizmat safarlari,
rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlarida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjudligi;
kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga egalik;
xorijiy tillar – xitoy, ingliz va nemis tillarini mukammal bilish.

Nomzodlarning hujjatlari quyidagi havola orqali 2025 yil 30 yanvarga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:

+998 90-401-99-00
+99867-225-56-65

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

24 Jan, 03:03


Xovos tumani "Istiqlol" mahallasida yoshlarni xatlovdan o'tkazish jarayoni qizg‘in davom etmoqda

Mahallalarda yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan xatlovlar "Yoshlar balansi"ni shakllantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Jarayon davomida 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning ma’lumotlari maxsus namunaviy anketa asosida yig‘ilmoqda.

📝 Mazkur tadbir Xovos tumanidagi yoshlar muammolarini aniqlash, ularning bandligi, ta’limi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirishda muhim o‘rin tutadi. Mahalla faollari va valantyor yoshlar ushbu jarayonda faol ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

📎 Bu ishlar yoshlar salohiyatini rivojlantirish hamda ularning farovon kelajagini ta'minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 😊 📹 🌎 🖐 🎓

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

23 Jan, 05:22


Xovoslik yoshlar diqqatiga!

Siz tadbirkormisiz?
Volontyor yoki tashabbuskormisiz?

Kitobxonlik,san’at, hunarmandchilik, smm, mobilografiya yo’nalishlarida amalga oshirishni istagan takliflaringiz bormi? Unda bu e’lon aynan siz uchun!

Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limi
tomonidan siz aziz yoshlarning takliflarini o'rganish, g'oya va tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus telegram bot ishga tushirildi

Ushbu bot orqali siz o’zingizni qiziqtirgan savol,taklif, g'oya va tashabbuslaringizni @Xovosyoshlari_bot orqali yozib qoldirishingiz hamda quyidagi raqamlar +998 99 477 16 44 orqali bog’lanishingiz mumkin

Har qanday taklif, tashabbus, g’oya va fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring — biz esa albatta sizlar bilan bog’lanamiz

Eslatma: Aziz yoshlar taklif, g’oya hamda tashabbuslaringizni yo’llashda ma’lumotlaringizni aniq va batafsil kiritishni unutmang.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

23 Jan, 05:22


🏆 TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingi!

Mahallalarda yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‘z mehnati va g‘ayratini namoyon etib kelayotgan eng faol yoshlar yetakchilarining 2024-yil IV choragi bo‘yicha reyting natijalarini taqdim etamiz!

📰Xabaringiz bor, 2024-yil davomida I chorak, II chorak va III chorak natijalari asosida jamiyatimiz kelajagi uchun yoshlarning orzulariga qanot bo‘lib kelayotgan yoshlar yetakchilar e’tirof etib kelindi.

👏Yil davomida o‘zining tirishqoqligi va bilimi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlar yetakchilarini yana bir bor tabriklaymiz! Yoshlar intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda aslo charchamang.

#TOPreyting

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

22 Jan, 07:11


Chiroyli suratlar tushura olmaysizmi?

👧Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar akademiyasi” loyihasi sizlarga professional fotograf bo‘lishingiz uchun bepul kurslarni taqdim etadi!

📹 Fotografiya kursi

Kurslarni mobil ilova
orqali ham o‘rganishingiz mumkin:

📱Google Play 🍏App Store

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

22 Jan, 07:02


Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi

🇺🇿Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

2025-yil 1-fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.

#huquqiy_yangiliklar

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

22 Jan, 06:05


Toshkent shahar kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markazi (KOICA) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:

👉Axborot texnologiyalari;
👉Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyalari - Payvandlash ishlari;
👉Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash;
👉Elektronika, elektrotexnika va avtomatlashtirish
.

Kerakli hujjatlar:
▪️Pasport;
▪️Diplom yoki shahodatnoma;
▪️Bandlik bo‘limi yo'llanmasi.

📍Manzil: Toshkent sh, Sergeli-8a.
📞Telefon: (71) 251-19-03, (94) 660-88-09, (94) 660-88-03

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

21 Jan, 12:46


Xovoslik yoshlar diqqatiga!

Siz tadbirkormisiz?
Volontyor yoki tashabbuskormisiz?

Kitobxonlik,san’at, hunarmandchilik, smm, mobilografiya yo’nalishlarida amalga oshirishni istagan takliflaringiz bormi? Unda bu e’lon aynan siz uchun!

Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limi
tomonidan siz aziz yoshlarning takliflarini o'rganish, g'oya va tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus telegram bot ishga tushirildi

Ushbu bot orqali siz o’zingizni qiziqtirgan savol,taklif, g'oya va tashabbuslaringizni @Xovosyoshlari_bot orqali yozib qoldirishingiz hamda quyidagi raqamlar +998 99 477 16 44 orqali bog’lanishingiz mumkin

Har qanday taklif, tashabbus, g’oya va fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring — biz esa albatta sizlar bilan bog’lanamiz

Eslatma: Aziz yoshlar taklif, g’oya hamda tashabbuslaringizni yo’llashda ma’lumotlaringizni aniq va batafsil kiritishni unutmang.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

21 Jan, 12:20


Yoshlar – mamlakat kelajagi!

🇺🇿Yoshlar – jamiyatning rivojlanish yo‘lidagi asosiy tayanchi va poydevori. Ularning bugungi orzulari, maqsadlari va intilishlari nafaqat hozirgi taraqqiyotning mezoni, balki kelajak manzarasini belgilaydigan ulkan strategik kuchdir.

📹“Strategik kuch” hujjatli filmi orqali yoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar, ulardan samarali foydalanayotgan va mamlakatimiz kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olayotgan faol yigit-qizlar haqida hikoya qilinadi.

Filmni Agentlikning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin!

#StrategikKuch #YoshlarSiyosati

📹 https://youtu.be/9EOmn2cD3Dw

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

21 Jan, 09:07


Abu-Dabida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar avtomobil bilan taqdirlandi

🇺🇿Prezident maktabining ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga Prezident nomidan avtomobil sovg‘a qilindi.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

21 Jan, 06:27


⚡️Abduqodir Husanov Manchester City futbolchisiga aylandi!

🇺🇿O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Endi hamyurtimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri – Manchester City safida to‘p suradi.

👏Bu nafaqat Abduqodir Husanov uchun, balki butun O‘zbekiston futboli uchun ulkan qadam va katta yutuqdir!

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

21 Jan, 06:26


Xovos tumanida ham yoshlar yetakchilari tomonidan - "Yoshlar balansi"ni shakllantirish jarayonlari davom etmoqda

Xatlov jarayonlarida har bir yoshning to'liq ijtimoiy portreti yaratishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Ularning qiziqishlari bilan bir qatorda kasb-hunar va xorijiy tillarni o'rganishlari uchun "Ustoz AI" va "Ibrat farzandlari", kitob o'qishlari uchun "Mutolaa" ilovalari targ'iboti ham amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 🌍 📚 📹 🖐

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

19 Jan, 13:32


Hurmatli mahalla yoshlar yetakchilari!

🇺🇿Sizlarni yoshlar bilan ishlash tizimining vertikal boshqaruvi, xususan, Prezident vakillari – yoshlar yetakchilari lavozimining joriy etilganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi kunda sizlar, davlatimizning mahallalardagi ishonchli tayanchi sifatida yoshlar siyosatini hayotga samarali tatbiq etishda beqiyos rol o‘ynayapsiz. Yoshlarimizni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida olib borayotgan ishlaringiz tahsinga loyiq.

🇺🇿Sizning har bir sa’y-harakatlaringiz – bu Prezidentimiz ishonchini oqlash, kelajagimizni mustahkamlash yo‘lidagi ulkan hissa hisoblanadi. Sizlarga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va g‘alabalar tilaymiz!

🤝Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

19 Jan, 07:19


Sirdaryolik yoshlar diqqatiga!

Siz tadbirkormisiz?
Volontyor yoki tashabbuskormisiz?

Kitobxonlik,san’at, hunarmandchilik, smm, mobilografiya yo’nalishlarida amalga oshirishni istagan takliflaringiz bormi? Unda bu e’lon aynan siz uchun!

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi
tomonidan siz aziz yoshlarning takliflarini o'rganish, g'oya va tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus telegram bot ishga tushirildi

Ushbu bot orqali siz o’zingizni qiziqtirgan savol,taklif, g'oya va tashabbuslaringizni @Sirdaryolikyoshlarbot orqali yozib qoldirishingiz hamda quyidagi raqamlar +998 99 001 63 13 orqali bog’lanishingiz mumkin

Har qanday taklif, tashabbus, g’oya va fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring — biz esa albatta sizlar bilan bog’lanamiz

Eslatma: Aziz yoshlar taklif, g’oya hamda tashabbuslaringizni yo’llashda ma’lumotlaringizni aniq va batafsil kiritishni unutmang.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

18 Jan, 16:06


Qabristonlarda obodonlashtirish hashari!

Xovos tumani Gulbahor mahallasida joylashgan "Chambil" qabristonida Gulbahor va Mustaqillikning 25 yilligi mahallalari nuroniylari hamda yoshlari ishtirokida hashar tashkil etildi. Hashar davomida qabriston hududida tozalash, obodonlashtirish va tartibga solish ishlari amalga oshirildi.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

13 Jan, 17:23


"Hokim kubogi" musobaqalarining taqdirlash marosimi!

Avval xabar berganimizdek, Xovos tumani hokimligi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari bo'limi va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda sport maktablari bilan hamkorlikda o'quvchi yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Hokim kubogi" musobaqalari tashkil edi.

🔍Ushbu musobaqalarning taqdirlash marosimi ertaga soat 9:30 da tuman markazidagi "Temiryo'lchilar madaniyat saroyi"da 14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbirida o'tkaziladi.

🏆 "Hokim kubogi" musobaqalarining taqdirlash marosimi va bayram dasturida tumanimizning barcha yoshlarini kutib qolamiz.

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

13 Jan, 16:51


Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni izohda qoldiring?

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

13 Jan, 15:03


Faoliyati to'xtagan IT markaz qayta ishga tushiriladi

Ma'lumki, bugungi kunda zamonaviy kasblarga talab oshib bormoqda, bu esa ushbu yo'nalishda salohiyatli kadrlarni ko'paytirishni taqozo etadi.

Xovos tumani sektor rahbarlari bugun bir yildan ortiqroq vaqt davomida faoliyat yuritmayotgan IT markazda bo'lib, yirik xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qiluvchi mahalliy tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Sektor rahbarlari tomonidan Xovoslik yoshlarni zamonaviy kasblarga o'qitish va daromad topishiga ko'maklashish maqsadida bu yerda "call center" tashkil etish masalasini muhokama qildi.

Tomonlar o'rtasidagi muhokamalar yakunlangach, natijalar to'g'risida keyingi xabarlarda batafsil to'xtalamiz.

Bizni kuzatishda davom eting...

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

13 Jan, 09:35


Deepfake nima, u qanchalik xavfli va uni qanday aniqlash mumkin?

Deepfake — sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida videolar va suratlarni manipulyatsiya qilish usuli. U orqali insonlarning yuzini yoki ovozini soxta tarzda boshqa biriga almashtirish mumkin.

❗️Aziz yoshlar, siz ham noto‘g‘ri ma’lumot va yolg‘on xabarlarga aldanib qolmang!

📹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan rolik.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

10 Jan, 12:20


🟦🟦🟦
Xovos yoshlari turizm haftaligida tarixiy va ma’naviy meros bilan tanishdi!

Xovos tumani hokimligi va tuman Yoshlar ishlari bo'limi hamkorlikda "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida tumanining 40 nafarga yaqin yoshlari Sirdaryo viloyati Yoshlar markaziga, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi maktabga va Oʻzbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy muzeyiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif davomida yoshlar milliy qadriyatlarimiz, adabiyot va madaniy merosimizning noyob namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

📝 Mazkur tadbir yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish, madaniy boyliklarimizni anglash va yosh avlodni milliy merosga e’tiborli bo‘lishga undash maqsadida tashkil etildi. Turizm haftaligi yoshlarga tarix va madaniyat bilan tanishishning yangi imkoniyatlarini yaratmoqda.

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

10 Jan, 06:19


Hokim kubogi musobaqalari: Basketbol final

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

08 Jan, 18:02


Sayxunobodga tashrif: Ilg‘or tajriba va yangi tashabbuslar

🔍Xovos tumani hokimligi va tuman Yoshlar ishlari bo'limi hamkorlikda tumandagi bir guruh ishsiz va bitiruvchi yoshlari tajriba almashish, o‘rganganlarini o‘z yashash hududidagi bo‘sh, ammo foydalanilmay kelinayotgan tomorqalarida yo‘lga qo‘yish maqsadida Sayxunobod tumaniga tashrif buyurishdi.

✈️Tashrif davomida yoshlar Sayxunobod tumani aholisi tomonidan tomorqalardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. Ular tomorqalarda ekinlar yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, zamonaviy sug‘orish usullari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, yer maydonlaridan daromad olishning yangi yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.

✈️Ushbu tashrif Xovos tumani yoshlari uchun nafaqat amaliy bilim olish, balki qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish uchun ham katta imkoniyat yaratdi.

🕊Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

08 Jan, 12:50


Futzal bo'yicha "Hokim kubogi" musobaqasining final bosqichi o'tkazildi

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

05 Jan, 15:02


🫡

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

05 Jan, 15:02


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab poytaxtimizning asosiy koʻchalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

05 Jan, 13:04


#Qurolli_Kuchlar_33_yil

🫡O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab poytaxtimizning asosiy koʻchalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.

Bu rasmlarni koʻrib, harbiy xizmatchilarimizni koʻrib, xalqimizni koʻrib, quvonadi kishi.

Davlatimiz umri boqiy, buyuk xalqimiz hayoti farovon boʻlsin!

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

05 Jan, 07:54


Poytaxtimizning asosiy koʻchalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari davom etmoqda.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

04 Jan, 11:11


“Men Gʻolib” musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida “Men Gʻolib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

“Men Gʻolib” yugurish musobaqasining o‘zi 12 yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi, u yerda mamlakat qurolli kuchlarining mingdan ortiq vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar to‘planishadi.

Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi 3 km va 10 km masofada o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar uchun slotlarni 8 yanvargacha Yugur.uz platformasidagi havola orqali sotib olish mumkin.

Yugurish ishqibozlari yakka tartibda, idoraviy tuzilmalar uchun jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

29 Dec, 09:31


Qorbobolar bolajonlarga quvonch ulashmoqda!

Qorbobolar Xovos tumanidagi markaziy archaga tashrif buyurib bolajonlarga sovg'alar ulashishdi.

Ushbu loyiha bayram kuniga qadar davom etishi ko'zda tutilgan.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

29 Dec, 09:27


Ko'ngillarga mehr ulashib...

Xovos tumani hokimi Ulug'bek Yo'ldoshev yangi yil bayrami munosabati bilan o'ziga biriktirilgan xonadonlar holidan xabar oldi.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

28 Dec, 17:02


Ijtimoiy tarmoqlarda "Nurli kelajak" mahallasi yoshlar yetakchisi Narzullayev Sirojiddin faoliyati e'tirof etildi

Avval xabar berganimizdek, @Xovoslik_yoshlar telegram kanalimizda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatinj baholash bo'yicha so'rovnoma o'tkazilgan edi. Bugun ushbu so'rovnomada g'olib deb topilgan "Nurli kelajak" mahallasi yoshlar yetakchisi Sirojiddin Narzullayev va uning oila a'zolari ishtirokida tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

27 Dec, 15:37


🎄 Mahallalarda bayram shukuhi!

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

27 Dec, 14:22


Ijtimoiy tarmoqlarda "Nurli kelajak" mahallasi yoshlar yetakchisi Narzullayev Sirojiddin faoliyati e'tirof etildi

Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limining mahallalardagi yoshlar yetakchilari rahbarlarining faoliyati bo‘yicha Telegram'dagi @Xovoslik_yoshlar kanalida o‘tkazilgan ochiq so‘rovnoma natijalariga ko‘ra 1000 nafardan oshiq kanalimiz kuzatuvchilari tomonidan "Nurli kelajak" mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati yuqori baholandi. Tuman Yoshlar ishlari bo'limi barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirib qoladi.

Hurmatli Sirojiddin Ortiqboy o'g'li!

Sizni ijtimoiy tarmoqlarda munosib eʼtirof etilganingiz bilan tabriklaymiz! Hamma vaqt xususan, 2025-yilda ham OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali yanada faollik ko‘rsatishingizga ishonamiz.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

27 Dec, 10:46


Qorbobo bolajonlarga quvonch ulashmoqda!

Yangi yil shukuhi yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan shu kunlarda hammadan ham ko‘ra bolajonlar o‘zgacha ishtiyoq bilan orziqib kutadi. Shu munosabat bilan Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limi tomonidan bayram loyihalari o‘tkazilmoqda.

Qorbobolar xonadaonlarda yurgan holda bolajonlarning yod olgan sherlarini eshitib ularga ga sovg'alar ulashishdi.

Ushbu loyiha bayram kuniga qadar davom etishi ko'zda tutilgan.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

19 Nov, 06:39


“Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!” — Shavkat Mirziyoyev

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

19 Nov, 06:39


Yashil makon— ezgu amallar namoyishi

Ayni kunlarda yurtimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Unga ko‘ra, yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Bugun, Xovos tumani sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari tumanning "Mustaqillikning 25 yilligi" mahallasida joylashgan "Prokuror bog'i"ga umummilliy loyiha doirasida 2 ming 200 tup mevali (olma, o'rik, behi va nok kabi) daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Bundan tashqari, umummilliy loyihaning bahorgi mavsumida ekilgan, lekin qurib qolgan ko'chatlar o'rniga ham yangilari o'tkazildi. Ko‘chatlarni parvarishlash choralari sifatida esa maydonga artezian qudug‘idan suv chiqarilgan hamda ko‘chatlarni yaxshi rivojlanishi uchun o‘g‘it zaxiralari yaratilgan.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

18 Nov, 13:21


#Xovostumani
#vatanbayrog'i

🇺🇿 Mag‘rur hilpiragin yurtim bayrog'i!

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

18 Nov, 13:14


O'zbegim, millatim, bayrog'im - meni g'ururim

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

18 Nov, 11:29


Xovosda O‘zbekiston respublikasi bayrog‘i kuniga bag‘ishlanib #Байроғимғурурим chellenji bo‘lib o‘tdi.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

18 Nov, 06:57


🇺🇿Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, faxrimiz.

⭐️Davlat ramzlari hamisha muqaddas sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

🇺🇿Davlat bayrog’i suverinetitet ramzi bo’lib, u xalqaro munosabatlarda davlatning timsoli hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi 5-moddasiga ko’ra davlat bayrog’i bu O’zbekiston Respublikasining davlat ramzidir.

#Millat_bayrogʼi

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

16 Nov, 14:56


Yoshlar bilan uchrashuvimiz erkin va samimiy muloqot tarzida kechdi.

Biz ularning orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida gaplashdik.

Bugungi kunda xalqimizning ham, Prezidentimizning ham ko‘nglida yoshlarga nisbatan katta ishonch va umid bor.

Qadrli yoshlar, sizlarni katta hayot, butun O‘zbekiston kutib turibdi.


Наша встреча с молодёжью прошла в свободной и искренней атмосфере.

Мы поговорили о мечтах, целях и планах молодых людей на будущее.

Сегодня и наш народ, и наш Президент возлагают большие надежды и доверие на молодёжь.

Дорогая молодёжь, вас впереди ждёт большая жизнь, вас ждёт вся страна!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

15 Nov, 14:20


⚡️Media sohasiga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!

🇺🇿Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Yoshlar media markazi faoliyatida turli loyihalarni amalga oshirish maqsadida, “Yosh ijodkorlar klubi”ga kasting e’lon qilamiz.

💠Kasting quyidagi yo'nalishlarda bo'lib o'tadi:

➡️Jurnalistika
➡️Boshlovchilik
➡️Muharrirlik
➡️Operatorlik
➡️Montaj ustasi
➡️SMM mutaxassisi

🔵Kasting ertaga ya’ni 16 noyabr kuni soat 14:00 da viloyat Yoshlar markazi binosida bo’lib o’tadi. Kastingda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Aziz yoshlar bu imkoniyatni aslo qo‘ldan boy bermang!

Ro'yxatdan o'tish hamda murojaat uchun:
😎Telegramdan @Sirdaryolikyoshlarbot ga yozing.

😎Barchangizni Guliston shahar viloyat Yoshlar markazi binosida kutamiz!

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

14 Nov, 12:40


Xovoslik yoshlarga "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvatlash yili" munosabati bilan jami qiymati 22 mln.so'mlik kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi

Sektor rahbarlari tomonidan tumandagi barcha 28 ta mahallada faoliyat yurituvchi yoshlar yetakchilarining xar biriga 20 donadan jami qiymati 22 mln.so'm bo'lgan kitob jamlanmasi berildi.

Sektor rahbarlarining sovg'asi sifatida taqdim etilgan ushbu kitoblar yoshlar yetakchilarida liderlik hususiyatlarini shakllantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga yordam beradi.

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

13 Nov, 10:59



⭐️Liderlar jamoasiga qo'shiling!

🇺🇿 Xovos tumani Yoshlar ishlari bo'limi tomonidan tashkil etilayotgan "Liderlar klubi"da sizni nimalar kutmoqda:
➡️ Jamoada ishlash;
➡️ Har haftada liderlar bilan doimiy davra suhbatlar;
➡️ Maqsad qo'yish va unga erishish;
➡️ Qarorlar qabul qilish;
➡️ Vazifani qabul qilish va bajarish;
➡️ Faol hamkorlik;
➡️Tuman yoshlari uchun yangi loyihalar ishlab chiqish va boshqalar.

🔍 "Liderlar klubi"ga a'zo bo'lish orqali hayotda o'z o'rningizni topish uchun ishonchli qadam tashlang.

📨 Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring:
https://forms.gle/sRgdiLyTGbLHBXeaA

☎️ +998996700123
📥 @XovosDostlik

🔍 Shoshiling, roʻyxatdan oʻtish 16-noyabrga qadar davom etadi.

🔍 Liderlar klubini tashkil etishimizning eng muhim vazifasi esa odamlarni kichik tashvishlardan chalg‘itib, katta maqsadlarga erishish yo‘lida birlashtirish hisoblanadi.

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

13 Nov, 02:57


Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada

🌱 Xovoslik bir guruh yoshlar ham nuroniylar duosini olib “Xovosobod” mahallasi hududida manzarali daraxt ko’chatlarini ekishdi.

#Yashilmakon

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

13 Nov, 02:51


Xovos tumani “Xovosobod” mahallasida ham endi “YOSHLAR BOGʻI” bor!

🌳 Xovos tumani Yoshlar ishlari bolimi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil makonni birga quramiz” aksiyasi o'tkazilib, 500 dan oshiq manzarali daraxtlar “Xovosobod” mahallasida joylashgan bosh yer maydoniga o'tqazildi.

Yashil maydonlarni kengaytirishga bel bog'lagan 40 nafardan ziyod Xovoslik tashabbuskor yoshlar qatorida tuman hokimi o'rinbosari, tuman Ichki ishlar bo'limi rahbari va nuroniylar ham bor.

Bugun mehr ila yerga qadalgan nihollar ishonamizki, tez fursatda ko'kka bo'y cho'zib, kurtak yozadi. Rahbar va yoshlarning bu kabi xayrli amallari natijasi - kelgusida yashil makonlar kengayishiga zamindir!

#Yashilmakon

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

11 Nov, 16:20


🌱 Kelajak uchun nihol eking!

⚡️Hurmatli Xovoslik yoshlar!

🔍12-noyabr kuni soat 09:30 da Xovos tumani, "Xovosobod" mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida “Yashil makonni birga quramiz” aksiyasi tashkil etiladi.

Barchangizni ushbu aksiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

🌳 Keling kelajak uchun nihol ekib umummilliy harakatga qo’shiling!

Manzil: Xovos tumani, "Xovosobod" mahallasi
Lokatsiya

👉 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

02 Nov, 15:50


⚡️Taqdirlash marosimi davomida bir guruh tuman shahar hokim o’rinbosarlari, yoshlar ishlari bo’lim boshliqlari, hamda viloyat boshqarma boshliqlari 9 oy yakuni bo’yicha samarali mehnat faoliyati munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

01 Nov, 17:13


🏆 Kuzgi mavsum finalini o‘tkazib yubormang!

Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum FINALIDA Farrux Rafiqov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

01 Nov, 15:44


⭐️ Xovos tumanida Zulfiyaxonim izdoshlari saralandi

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining Xovos tuman bosqichi o‘tkazildi

Bugun Xovos tumanida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda har bir qizning orzusi sanalgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining sohibasi bo‘lish istagidagi IT, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida yuqori cho‘qqilarni zabt etishga shaylangan izlanuvchan va intiluvchan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Qayd etilishicha, tanlov davlatimiz rahbarining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yangi mezonlar asosida o‘tkazilgan.

Tanlovning tuman bosqichida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 30 nafarga yaqin nomzodlar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim, iste’dod va iqtidorlarini namoyish etdi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan nomzodlarning ijodiy ishlari, chiqishlari va egallagan yutuqlari belgilangan me’zonlar asosida baholanib, eng munosib deb topilgan nomzodlar viloyat komissiyasiga tavsiya etildi.

Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati

🕊 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

18 Oct, 15:33


#Saylov_2024
#Chellenj

Xovos tumani yoshlari saylovga tayyor!

Yangiyer shahar yoshlari siz-chi?


👍 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

17 Oct, 17:32


🔥Yoshlar gulxan atrofida birlashdi

💠Xovos tumanining "Qahramon" mahallasida "Gulxan atrofida yoshlar" tadbir bo'lib o'tdi.

🎵Tadbirda jam bo'lgan yoshlar gulxan atrofida she‘rlar, monologlar ijro etdi. Diltortar qo'shiqlar barchani raqsga chorlagan bo'lsa, gitaraning sirli ohanglari ostida yangragan sho'x navolar yoshlarga o'zgacha kayfiyat baxsh etdi.

🫂Yoshlar oqshomida tuman Soliq bo'limi boshlig'i, 4-sektor rahbari Asilbek Xodjayev ishtirok etib, yoshlar yetakchilariga bu kabi ko'ngilochar tadbirlarni har bir mahallada tashkil etib, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berdi.

👍 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

17 Oct, 13:39


#stritbol #sirdaryo #viloyat

⚡️ Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stritbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichi musobaqasi yakunlandi

Musobaqa natijasiga ko‘ra;

16-21 yosh (o‘g‘il bolalar)
🥇-o‘rin Guliston tumani (X. Olimjon mahallasi)
🥈-o‘rin Boyovut tumani (Sarmich mahallasi)
🥉-o‘rin Sirdaryo tumani (Bunyodkor mahallasi

16-21 yosh (qizlar)
🥇-o‘rin Xovos tumani (O‘zbekiston To‘kinchiligi mahallasi
🥈-o‘rin Mirzaobod tumani (Dexqonobod mahallasi
🥉-o‘rin Sirdaryo tumani (Xikmatli mahallasi)

22-30 yosh (o‘g‘il bolalar)
🥇-o‘rin Guliston tumani (X.Olimjon mahallasi)
🥈-o‘rin Sirdaryo tumani (Adolat mahallasi)
🥉-Mirzaobod tumani (Mirzacho‘l mahallasi)

22-30 yosh (qizlar)
🥇-o‘rin Sirdaryo tumani (Xikmatli mahallasi)
🥈-o‘rin Sardoba tumani (Birlik mahallasi)
🥉-o‘rin Yangiyer shahar (A.Jomiy mahallasi)

👍 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

17 Oct, 11:05


Bir gulxan atrofida suhbatlashamiz!

Bugun 17-oktabr 18:00 da Xovos tumanining "Binokor", "Xusnobod", "Qahramon", "Bo'ston" mahallalari yoshlari ishtirokida gulxan atrofida yoshlar tadbiri bo'lib o'tadi.

Barcha yoshlarni kechki tadbirda kutib qolamiz.

📍 O'tkaziladigan manzil: "Qahramon" mahallasi binosi.

📍 Lokatsiya

👍 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!

XOVOS YOSHLARI 🇺🇿

17 Oct, 07:46


Mahalla ligasi

Sirdaryo viloyatining barcha mahallalarida, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan 239 ta mahallada istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o‘rtasida “Mahalla ligasi” tanlov va musobaqalariga start berildi.

🏆 Tanlov va musobaqalar yoshlar o‘rtasida 2024-yil 10-27-oktyabr kunlari bo’lib o’tishi belgilangan.

📝 Xovos tumanida mahalla yoshlari o'rtasida Mahalla ligasi doirasida sportning Volleybol turi bo'yicha sport musobaqasi davom etmoqda.

🎤 Eslatib o'tamiz: Tanlov va musobaqalar 7 ta yo‘nalishda bo’lib o’tadi. Bular: “Futbol”, “Voleybol” ,“Gandbol”, “Shaxmat-shashka”, “Stol tennis” musobaqalari hamda “Zakovat” intellektual o‘yini.

🫂 Aziz yoshlar, ushbu qizg’in va bahs munozaralarga boy kechadigan musobaqalarda faol ishtirok eting va o’z imkoniyatlaringizni sinovdan o’tkazing.

👍 Xovoslik yoshlarga qo'shiling!