Huquq | Abror Abdurazzaqov @huquqshunoslikuz Channel on Telegram

Huquq | Abror Abdurazzaqov

@huquqshunoslikuz


Tarix va huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi Abror Abdurazzaqovning huquqshunoslik fanlariga ixtisoslashgan kanali.

Murojaat uchun:
@Abrorbek_Abdurazzaqov
Tel: +998942725757

Huquq | Abror Abdurazzaqov (Uzbek)

Huquqshunoslik fani o'qituvchisi Abror Abdurazzaqovning Telegram kanali sizga huquqshunoslikning tushunchalarini o'rganishda yordam beradi. Kanalda huquqshunoslik fanlari bo'yicha foydali ma'lumotlar, so'nggi yangiliklar va foydali tavsiyalar joylashadi. Abror Abdurazzaqov kanalda o'zining bilim va tajribasini ulashadi va foydali darslar, maqolalar, va videolar taqdim etadi.

Agar sizning huquqshunoslik bilimlaringizni oshirmoqchi bo'lsangiz yoki huquqshunoslik so'ralgan savollaringizga javob topmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanal sizning yordamingizga ega bo'ladi.

Murojaat uchun:
@Abrorbek_Abdurazzaqov
Tel: +998942725757

Huquq | Abror Abdurazzaqov

14 Jan, 12:00


9-sinf "Davlat va huquq asoslari" darsligi (2024-yil)


"Onlayn marafonda" ishtirok etish uchun murojaat qiling 👇
@Sodikov_Admin

👉@Huquqshunoslik_maktabi

Huquq | Abror Abdurazzaqov

14 Jan, 08:41


8-sinf "Davlat va huquq asoslari" darsligi (2024-yil)

®️Ustoz Akmal Sodikov ham hammuallif hisoblanadi. Huquqni muallifdan o'rganing.


"Onlayn marafonda" ishtirok etish uchun murojaat qiling 👇
@Sodikov_Admin

👉@Huquqshunoslik_maktabi

Huquq | Abror Abdurazzaqov

03 Jan, 15:21


1). Har kuni savol javob yoki tablo boʻladi.👍 Soat 21:00 dan 23:00 gacha Bombo 💣 boʻladi.
2). Kanalimizda 4 ta kitob va konstitutsiya va 35 ta qonunchilik boʻyicha testlar tuzib tashaladi har kuni.👍
3). Kanalda har kungi huquqga oid soʻngi maʼlumotlar tashlab boriladi.👍
4). Bir oyda 2-3 marta sovrinli tablo yoki sovrinli test boʻladi.👍 Testimiz BMBA darajasida boʻladi oʻz bilimingizni sinab koʻrasiz👍
5). Konstitutsiyaning kalit soʻzlari ham bor bizning kanalda. Bu kalit soʻzlar bilan siz Konstitutsiyani tez va oson oʻrganasizlar.

Bunaqa maʼlumotlar va sovrinli test yoki sovrinli tablo faqat bizning kanalda 👇👇👇👇
https://t.me/huquqdanmalumotlar

Kanal silkasi orqali qoʻshilib bilmaganlar 👇👇👇👇
@LawyerElbek Lichkamga yozib yuboringlar kanal silkasi ni tashab beraman ka

KANALGA shu silka orqali qoʻshilib olasizlar. 👇👇👇
https://t.me/huquqdanmalumotlar

Huquq | Abror Abdurazzaqov

27 Dec, 04:46


Toshkent davlat yuridik universitetiga yoki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o’qishga kirmoqchimisiz?

Davlat va huquq asoslari, tarix fanlaridan maksimall natijaga erishmoqchimisiz?

Unda sizni sifatli tayyorlov kurslarimizga taklif qilamiz!

Darslarni 2010-yilda tarix fanidan Respublika talabalar fan olimpiadasi g’olibi, 2012-yilda Namangan davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan, Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasi, tarix va huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi Abrorbek Abdurazzaqov tomonidan olib boriladi.


🟩🟩🟩🟩


🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢

😎 2024-yilgi natijalar
😎 2023-yilgi natijalar
😎 2022-yilgi natijalar
😎 2021-yilgi natijalar
🤑 2020-yilgi natijalar
💻 2019-yilgi natijalar
🤑 2018-yilgi natijalar

Milliy sertifikat natijalari

2023-yil 1-yarmidagi natijalar
2023-yil 2-yarmidagi natijalar

Prezident granti natijalari

Murojaat uchun:
@Abrorbek_Abdurazzaqov
📞+998942725757



@huquqshunoslikuz

Huquq | Abror Abdurazzaqov

26 Dec, 14:49


#Adliya_xabari ⚖️

🌐 Adliya vazirligida oʻtkazilgan davra suhbatida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan davlat va huquq asoslari fani dastur va darsliklarini tahlil qilish va ularni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram|📹 You Tube| Facebook|🌐Instagram

Huquq | Abror Abdurazzaqov

25 Dec, 11:27


🟦🟦🟦

#Yil_abituriyenti 2024-2025

JO’RABOYEVA SHAHZODA

Hozircha fanlarni bilish bo’yicha sertifikatlari:

Tarix: C+
Ingliz tili: IELTS 6
O’zbek tili va adabiyot : C+

🇺🇿Eng ma’rifatli va bilimdon o’quvchi” ko’rik tanlovi sovrindori.

⚖️Huquq bilimdoni” respublika ko’rik tanlovi sovrindori.

Shahzodani chin qalbimdan tabriklayman. Xudo xohlasa, bu yutuqlarning boshlanishi. 189 ball bilan TDYUga grantga kirganda ham tabriklash nasib qilsin!

Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Sizni tarbiyalagan ota-onangizga ming rahmat!


Ustoz: @Abrorbek_Abdurazzaqov

@huquqshunoslikuz

Huquq | Abror Abdurazzaqov

11 Dec, 10:27


⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Huquq | Abror Abdurazzaqov

21 Nov, 06:42


📝📝Test boshlandi.

Test muallifi:
©️Bilim va malakalarni baholash agentligi

Fan:Davlat va huquq asoslari.
Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 132763


Javoblaringizni @e_test1_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

132763*abcdabcd...

yoki
132763*1a2b3c4d5a...


132763#abcdabcd...

yoki
132763#1a2b3c4d5a...


☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test1_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:43


Bosh vazir nomzodi uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:42


Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:41


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:40


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:39


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga koʻrsatilgan Abdulla Aripov nomzodini koʻrib chiqdilar.

Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.

Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari soʻzga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.

Nomzod va Hukumatning dasturi koʻrib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni maʼqullash masalasi ovoz berishga qoʻyildi.

Yashirin ovoz berish yoʻli bilan deputatlar Abdulla Aripovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:38


Prezidentimiz Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:28


Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 10:24


#Isteʼfo

Transport vaziri Maxkamov Ilhom Rustamovich lavozimidan ozod etildi.

Adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabayevich lavozimidan ozod etildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri — Bosh axborot direktori Shermatov Sherzod Xotamovich lavozimidan ozod etildi.

Suv xoʻjaligi vaziri Xamrayev Shavkat Raximovich lavozimidan ozod etildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Kudratov Laziz Shavkatovich lavozimidan ozod etildi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich lavozimidan ozod etildi.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri Islamov Bobir Farxadovich lavozimidan ozod etildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Xidoyatov Sherzod Saidjanovich lavozimidan ozod etildi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Zohidov Botir Erkinovich lavozimidan ozod etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich lavozimidan ozod etildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Umarova Xilola Uktamovna lavozimidan ozod etildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri — Bosh ekologik inspektor Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich lavozimidan ozod etildi.

Sport vaziri Ikramov Adxam Ilxamovich lavozimidan ozod etildi.

Qishloq xoʻjaligi vaziri Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich lavozimidan ozod etildi.

Madaniyat vaziri Nazarbekov Ozodbek Axmadovich lavozimidan ozod etildi.

Mudofaa vaziri Kurbanov Baxodir Nizomovich lavozimidan ozod etildi.

Energetika vaziri Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpulatovich lavozimidan ozod etildi.

Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Xudayarov Asilbek Anvarovich lavozimidan ozod etildi.

Tashqi ishlar vaziri Saidov Baxtiyor Odilovich lavozimidan ozod etildi.

Ichki ishlar vaziri Bobojonov Poʻlat Razzaqovich lavozimidan ozod etildi.

Favqulodda vaziyatlar vaziri Qoʻldoshev Abdulla Hamidullayevich lavozimidan ozod etildi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 09:53


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) тўғрисида Ўзбекистон Республикасининг Қонуни, 15.11.2024 йилдаги ЎРҚ-1002-сон

@huquqshunoslikuz

Huquq | Abror Abdurazzaqov

20 Nov, 09:43


2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

19 Nov, 05:57


Toshkent davlat yuridik universitetiga yoki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o’qishga kirmoqchimisiz?

Davlat va huquq asoslari, tarix fanlaridan maksimall natijaga erishmoqchimisiz?

Unda sizni sifatli tayyorlov kurslarimizga taklif qilamiz!

Darslarni 2010-yilda tarix fanidan Respublika talabalar fan olimpiadasi g’olibi, 2012-yilda Namangan davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan, Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasi, tarix va huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi Abrorbek Abdurazzaqov tomonidan olib boriladi.


🟩🟩🟩🟩


🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢

😎 2024-yilgi natijalar
😎 2023-yilgi natijalar
😎 2022-yilgi natijalar
😎 2021-yilgi natijalar
🤑 2020-yilgi natijalar
💻 2019-yilgi natijalar
🤑 2018-yilgi natijalar

Milliy sertifikat natijalari

2023-yil 1-yarmidagi natijalar
2023-yil 2-yarmidagi natijalar

Prezident granti natijalari

Murojaat uchun:
@Abrorbek_Abdurazzaqov
📞+998942725757



@huquqshunoslikuz

Huquq | Abror Abdurazzaqov

07 Nov, 05:14


Пигмалион эффекти.

Пигмалион эффекти тарихи антиқа ўхшатишдан келиб чиққан. Бу термин қадимги юнон афсонасидаги Пигмалион исмли ҳайкалтарошдан келиб чиққан бўлиб, у ўз яратган аёл ҳайкалига ошиқ бўлиб қолади ва уни ҳаётга қайтаришни орзу қилади. Афсонага кўра, унинг чуқур ишончи туфайли ҳайкал тирик аёлга айланади.

Психологияда бу тушунча 1960-йилларда социологлар Роберт Розентал ва Леонор Жейкобсоннинг тажрибаларидан сўнг шаклланган. Улар ўқитувчиларнинг ўқувчиларга бўлган кутилмалари натижасида ўқувчиларнинг академик натижаларига қандай таъсир кўрсатишини ўрганишган.

Қизиқ томони шундаки, социологлар синфдан беш нафар ўқувчини ажратиб олишган ва уларга зеҳни ўткир, билими зўр деб баҳо беришган, аслида ўқувчилар бошқа ўқувчилардан ҳеч нимаси билан фарқ қилмаган, лекин бир йилда ўша болаларнинг натижалари бошқаларникидан кескин фарқ қилишни бошлаган ва бориб-бориб улар ростан ҳам катта муваффақиятларга эришган инсонлар бўлишади.

Пигмалион эффекти — одамлар ўзларидан ёки бошқалардан кутган натижаларининг амалга ошиш эҳтимоли юқори бўлганини англатади. Бу эффектга кўра, бирор шахсга нисбатан юқори ёки паст умидлар билдирилганида, у одам шу кутилмаларга мос равишда ҳаракат қилади ва натижада айнан шу натижаларга эришиш эҳтимоли ортиши мумкин. Бу феномен педагогика ва бошқарув каби соҳаларда катта аҳамиятга эга бўлиб, ишонч ва умиднинг одамларнинг фаолиятига таъсирини тушунишда қўлланилади.

P.S. Дадамнинг бир гаплари бор: “Бир одамни бир ой бир жойда қамаб қўйиб унга ҳар куни “сен чўчқасан” деб айтсанг, 31-куни чўчқага ўхшаб овоз чиқаради. Буни қарангки, психологияда бу эффект ҳам бор экан, бу ҳақида кейинги постда ёзаман.

@bektoshkhatamov

Huquq | Abror Abdurazzaqov

01 Nov, 13:15


Noyabr oyidan yangi ochiladigan kurslarimizda darslar boshlanmoqda. Huquq fanini hali boshlamagan bo’lsangiz bu darslar siz uchun ayni muddao. Darslar seshanba, payshanba, shanba kunlari soat 21:00 da boshlanadi!



Murojaat uchun: @Abrorbek_Abdurazzaqov

Huquq | Abror Abdurazzaqov

31 Oct, 03:08


⚡️"2025-yilda yuridik fakultet talabasi bo'laman" - deganlar uchun eng kerakli ma'lumotlar jamlanmasini tayyorladik!


📚O'quv materiallari
📜
35 ta normativ-huquqiy hujjatlar
📔
O'quv dasturlari

🎧Audiodarslar👇🏻

1️⃣O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahrir 30.04.2023)
2️⃣
8-sinf. O'zbekiston davlati va huquqi  asoslari (2019-yilgi nashr)
3️⃣
9-sinf. Konstitutsiyaviy huquq asoslari (2019-yilgi nashr)
4️⃣
10-sinf. Davlat va huquq asoslari (2023-yilgi nashr)
5️⃣11-sinf. Davlat va huquq asoslari darsligi  (2018-yilgi nashr)

🔡Testlar to'plami👇🏾

2023-yilgi testlar bazasi
2024-yilgi testlar bazasi


©️Muallif: Sodikov Akmal


☎️Kurslarga yozilish uchun👇🏾

@Sodikov_Admin

👉@Huquqshunoslik_maktabi

Huquq | Abror Abdurazzaqov

28 Oct, 15:21


Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.

Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi maqsadlarda tuziladi:

1) jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish;

2) ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish;

3) ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;

4) xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlar.

Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi.

@huquqshunoslikuz

Huquq | Abror Abdurazzaqov

28 Oct, 06:40


Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi.

Huquq | Abror Abdurazzaqov

28 Oct, 05:15


⚖️ «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»

@huquqshunoslikuz

Huquq | Abror Abdurazzaqov

26 Oct, 06:50


Shoshiling! Darslar 1-noyabrdan boshlanadi!

Huquq | Abror Abdurazzaqov

26 Oct, 06:47


Davlat va huquq asoslari fanidan 2024-2025-o’quv yili uchun sentabr oyidan boshlanadigan kurslarimizga qabul boshlandi!

15 nafar o’quvchi qabul qilinadi!

Shoshiling, joylar soni chegaralangan!!!

Natijalar
👉bu yerda

Murojaat uchun:
@Abrorbek_Abdurazzaqov

Huquq | Abror Abdurazzaqov

17 Oct, 14:41


🇺🇿 IJTIMOIY FANLAR BLOK MODULI BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING O‘QUV DASTURLARI

O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI

1,917

subscribers

626

photos

40

videos