"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali @hududgaz_surxondaryo_gtf Channel on Telegram

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

@hududgaz_surxondaryo_gtf


“Hududgaz Surxondaryo” ГТФ “Call-марказ”лари (76) 221-05-97, (76) 221-25-10 рақамлари ҳамда авария диспетчерлик хизматининг 104 рақамига, ноқонуний ҳолатлар билан боғлиқ мурожаатлар бўлса, филиалда ташкил этилган (76) 221-06-14 ишонч телефони.

HUDUDGAZ SURXONDARYO ГТФ (Uzbek)

HUDUDGAZ SURXONDARYO ГТФ Telegram kanali - bu blokda hududiy gaz taminoti filiali haqida eng so'nggi yangiliklar, xizmatlar va narxlar bilan tanishishingiz mumkin. Agar sizga gaz ta'minoti bo'yicha savollar, arizalar yoki noqonuniy holatlar bo'lsa, kanalda mavjud bo'lgan Call-markazlarga va avariya dispetcherlik xizmatiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Kanalda hududiy filial hisobiga tashkil etilgan ishonch telefon raqami ham mavjud.

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

16 Nov, 15:06


16-noyabr kuni Surxondaryo viloyati  Sherobod  tumani “Taroqli” MFY hududidan oʻtuvchi o‘rta bosimli D-100 mm  gaz quvuriga  ISUZU rusumli yuk avtomashinasining urilishi natijasida avariya holati sodir boʻlgan.

Natijada 16-noyabr 19:10 dan “Taroqli”  mahallasi hududidagi 1 ta ulgurji isteʼmolchilarning tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz taʼminoti qayta tiklanadi.


👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

16 Nov, 14:59


Ushbu avariya holati "Denovtumangaz"  gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilib,  aholiga bir maromda tabiiy gaz yetkazilmoqda.

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

16 Nov, 12:57


16-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani “Guluston” MFY hududidan oʻtuvchi yuqori bosimli D-89 mm gaz quvuriga KAMAZ rusumli yuk avtomashinasining urilishi natijasida avariya holati sodir boʻlgan.

Natijada 16-noyabr 14:30 dan “Guluston” mahallasi hududidagi 3375 ta aholi xonadoni va 65 ta ulgurji isteʼmolchilarning tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

16 Nov, 06:58


Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

16 Nov, 06:58


Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам бесперебойного обеспечения энергией населения и отраслей экономики, повышению эффективности на предприятиях сферы

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

16 Nov, 06:41


🔥 "Hududgazta’minot" AJ ning haftalik dayjesti

(
📆 11 - 15 noyabr kunlari)

🗓 11-noyabr

⭕️ 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni;

⭕️ Asaka va Shahrixon tumanlarida “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida seminarlar o‘tkazildi;

⭕️ Gaz ta’minotida Respublika bo'ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlari haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida so‘z boradi;

⭕️ Toshkent shahrida “Yashil makon” doirasida daraxt koʻchatlari ekildi

⭕️ Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
_______

🗓 12 - noyabr

⭕️ Namangan viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nazorat qilindi;

⭕️ Mavsum mas’uliyati. “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i N.Do‘stov “O‘zbekiston 24” radiosining “Tahlil plyus” eshittirishida qatnashdi;

⭕️ Xorazm viloyatida gaz ta’minoti tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
_______

🗓 13 - noyabr

⭕️ #Energetika_xavfsizligi_oyligi #profilaktika;

⭕️ Gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida;

⭕️ Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumi tayyorgarlik jarayonlari;

⭕️ Gaz taʼminoti xodimlari ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda
_______

🗓 14 - noyabr

⭕️ Taxiatosh tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari;

⭕️ “Hududgaz Navoiy” da seminar: Gender tengligi nima?

⭕️ Qashqadaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan xonadonlar aniqlandi;
_______

🗓 15 - noyabr

⭕️ Mingbuloq tumanining Qizilqum mahallasida profilaktik tadbirlar o'tkazildi;

⭕️ “Yong‘in xavfsizligi oyligi”

⭕️ Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari.

"Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram |hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

15 Nov, 13:21


Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz taʼminlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев
провел совещание по вопросам бесперебойного обеспечения энергией населения и отраслей экономики, повышению эффективности на предприятиях сферы.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

09 Nov, 10:43


Ис газидан заҳарланмаслик учун нима қилиш керак?

Статистик маълумотларга кўра, куз-қиш мавсумида содир бўлаётган фавқулодда вазиятларнинг асосий қисми энергия ресурсларидан фойдаланиш қоидалари бузилиши билан боғлиқ.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

08 Nov, 15:27


#Energetika_xavfsizligi_oyi

Tabiiy gazdan behuda foydalanmang!

Xonani gaz plitasi orqali isitish samarasiz va shu bilan birga juda xavfli!

💬
Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

08 Nov, 05:12


#Energetika_xavfsizligi_oyi

📍Noyabr oyi - energetika xavfsizligi oyligi

⚡️Energiya resurslarini behuda sarflamang!

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

08 Nov, 04:30


Sariosiyo tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⛽️ Sariosiyo tumanida joylashgan AGRSda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 8-noyabr kuni soat 10:00dan 17:00gacha aholi hamda ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

08 Nov, 04:12


#Diqqat

⚡️Davlat xizmatchisi soati boshlandi

◽️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim qilindi.

Shuningdek, mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

07 Nov, 15:22


😊😊😊😊😊

#Energetika_xavfsizligi_oyi

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kuz-qish mavsumiga koʻrilgan tayyorgarlik koʻzdan kechirildi

Isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni bir maromda va uzluksiz yetkazib berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini koʻzdan kechirish uchun “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev 7-noyabr kuni Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida boʻldi.

Jamiyat rahbari boshchiligidagi ishchi guruh voha viloyatlarida “Energetika xavfsizligi oyligi”da olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Boshqaruv raisining mutaxassislar bilan oʻtkazgan suhbatida gaz taʼminotiga oid qonunchilikdagi oʻzgarishlar mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, tejamkorlik va energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish boʻyicha targʻibotlar oʻtkazish muhimligi qayd etildi.

Shu bilan birga is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, murojaatlarni tezkorlik bilan ijobiy hal etish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Oʻz navbatida viloyat gaz taʼminoti mutasaddilariga kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish yuzasidan manzilli topshiriqlar berildi.

Batafsil:
https://hududgaz.uz/news?id=12345

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

07 Nov, 11:35


😊😊😊😊😊

⚡️Tabiiy gaz zaxiralari abadiy emas

Energiya resusrlaridan tejamkor foydalanaylik!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

07 Nov, 10:48


Qishga tayyorgarlik: zarur materiallar, ehtiyot qismlar zaxirasi

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

07 Nov, 10:48


Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i Q.Ibrohimov va viloyat prokuraturasi boshchiligidagi Ishchi guruhi vakillari “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining ijtimoiy soha obektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni qanday olib borilayotganligi o‘rganildi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali ayni paytda gazchilar nigohi mavsumni betalafot o‘tkazishga qaratilgan. Bu jarayonda muhim ishlardan biri – barcha bo‘limlarda zaxira omborxonalarini tashkil etishga e’tibor kuchaytirilgan. Buning uchun viloyat markaziy omborxonasida ham qo‘shimcha ehtiyot qismlar zaxirasi yaratilib, turli o‘lchamdagi quvur, karbid, payvandlash uchun zarur jihoz va boshqa ehtiyot qismlar mavsumga taxt qilib qo‘yildi. Viloyatning tuman, shahar bo‘limlarida kuz-qish mavsumida gaz ta’minotidagi nosozliklarni bartaraf etish uchun avariya-dispetcherlik qismlari, doimiy navbatchilik guruhlari tashkil etildi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini tezda bartaraf etish uchun zaxira omborxonalari yaratilib, ular zarur material va ehtiyot qismlar bilan ta’minlandi. Barcha gaz to‘ldirish shoxobchalarida tayyorgarlik ishlari yakunlandi.

Zaxira omborini yaratishda mavsumda eng ko‘p kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlarni jamlashga harakat qilindi. Yaniy 52 turdagi ehtiyot qismlar omborga zaxira qilindi. 2000 ta maishiy gaz balllon zaxirasi yaratildi. Qishda avariya holati yuzaga keladigan bo‘lsa, nosozlikni zudlik bilan bartaraf etish uchun zarur barcha choralar ko‘rildi. Viloyatda tashkil etilgan avariya-dispetcherlik qismlarida doimiy navbatchilik guruhlari uchun maxsus avtotransport vositasi, tajribali payvandchi, chilangar ajratildi. Ular smena asosida doimiy ish olib boradi. Barcha guruhlar maxsus mobil aloqa vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, viloyat markaziy dispetcherlik punktiga kelib tushayotgan murojaatlar hududlarga tezkorlik bilan yetkaziladi.


📲👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

07 Nov, 03:04


Denov tumanining bazi mahallalari va Sho‘rchi tumanida  gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⛽️ Denov va Sho‘rchi tumanlarida joylashgan gaz quvurini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli bugun, 7-noyabr kuni  aholi hamda ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Sho‘rchi tumanida soat 13:00 dan 15:00 gacha;

Denov tumanida soat 8:10 dan 17:00 gacha;

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

06 Nov, 17:35


Ushbu avariya holati "Sariosiyotumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilib, aholiga bir maromda tabiiy gaz yetkazilmoqda.

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

06 Nov, 16:53


Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Infografikada is gazidan zaharlanishning asosiy sabablari va belgilari haqida ma’lumot berilgan.


📲👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

06 Nov, 14:01


😊😊😊😊😊

#Energetika_xavfsizligi_oyi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini oʻrgandi

Gaz taʼminoti tizimini kuz-qish tizimiga puxta tayyorlash, aholi, ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash “Hududgaztaʼminot” AJ oldidagi ustuvor vazifa hisoblanadi.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar bilan tanishish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev 5-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida boʻldi.

Tashrif chogʻida jamiyat rahbari xodimlar bilan suhbatda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, murojaatlarni tezkorlik bilan oʻrganish va ularni bartaraf etish, tejamkor gaz uskunalari targʻibotini kuchaytirish masalalari boʻyicha tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi. Gazdan toʻgʻri va samarali foydalanish, is gazi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olishga eʼtibor qaratish muhimligi va noyabr oyi bejizga “Energetika xavfsizligi oyligi” deb eʼlon qilinmagani alohida qayd etildi.

Bugungi kunda barcha energetika tarmoqlari singari gaz taʼminoti tizimi mutaxassislari ham 24/7 ish rejimida faoliyat olib bormoqda. Favqulodda holatlarni oldini olish va yuzaga kelishini mumkin boʻlgan texnik avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun brigadalar soni koʻpaytirilib, ular maxsus avtotransport va himoya vositalari bilan taʼminlangan. Shuningdek, turli diametrli gaz quvurlari, butlovchi qismlar va zaruriy materiallar zaxiralari yaratilgan.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=12334

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

06 Nov, 07:31


6-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Gazarak” GTSdan tabiiy gaz bilan taʼminlanuvchi “Bogʻiston” MFY hududidan oʻtuvchi gaz quvuriga avtomashinasining urilishi natijasida avariya holati sodir boʻlgan.

Natijada 6-noyabr 11:00 dan “Bogʻiston” va “Gazarak” MFY hududidagi 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji isteʼmolchilarning tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

05 Nov, 10:15


Bobotog‘liklar hayoti butkul o‘zgardi

Batafsil

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

📲👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

05 Nov, 10:01


#Brifing

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

AOKAda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Toxir Turdiyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

29 Oct, 04:06


#Bilasizmi

Tabiiy gazni tejash

Bilasizmi, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda, Siz faqatgina uyingiz xonasi havosini isitib, tabiiy gazni me’yordan 50 foiz yoki undan ko‘proq sarflaysiz.

Gaz plitasi gorelkasi ostiga alyuminiy folga qistirmalarini o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunday holda, gorelka juda qizib ketmaydi va iflos bo‘lmaydi, gaz esa 30 foiz yoki undan ko‘proq tejamkorroq ishlatiladi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

📲👉https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

29 Oct, 03:49


Hurmatli fuqarolar❗️ Is gazidan ogoh bo‘ling⚠️

Is gazi – rangsiz, hidsiz, tamsiz zaharli gazdir⚠️

⚡️Is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qiling:
🔹 qo‘lbola va nosoz isitish moslamalaridan foydalanmang;
🔹 tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
🔹 oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
🔹 isitish pechlari va ularning dudburonlarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
🔹 gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
🔹 xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.

💢Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

📲👉https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

29 Oct, 03:21


Angor, Bandixon va Boysun tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⛽️ Angor, Bandixon va Boysun tumanlarida joylashgan AGRSda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 29-oktabr kuni Angor tumanida soat 12:00dan 17:00gacha, Bandixon tumanida soat 9:00dan 15:00gacha, Boysun tumanida soat 12:00dan 16:00gacha 3 ta tumaning barcha, aholi hamda ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

28 Oct, 10:05


Термиз шаҳрида газ таъминоти вақтинча тўхтатилади

Шу йилнинг 28 октябри куни Термиз шаҳрида жойлашган АГРС-2 тармоғида ўрнатилган диафрагма қурилмаларини алмаштириш ишлари олиб борилиши муносабати билан Термиз шаҳрида газ таъминоти вақтинча тўхтатилади.
Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/110611

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/110611

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

28 Oct, 07:28


Термиз шаҳрида маълум вақт газ таъминоти бутунлай ўчирилади

Жумладан, 41 мингдан ортиқ аҳоли ҳамда 800 дан ортиқ улгуржи истеъмолчиларга табиий газ етказиб бериш вақтинчалик тўхтатилади.

👉 https://xs.uz/uzkr/120392

Расмий саҳифаларимиз 👇

Telegram|Instagram|Youtube|Facebook

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

28 Oct, 07:16


⛽️ Termiz shahrida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

⛽️ Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmog‘ida o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 28-oktabr kuni soat 13:00dan 17:00gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.

👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

28 Oct, 05:18


Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda "Qiziriqtumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan Qiziriq tumanida bir qator targʼibot tadbirlari tashkil etildi.

👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

28 Oct, 04:31


Ustoz gazchi: Sinovlar sabr va bardosh bilan yengiladi

«Mahalla» gazetasining 2024-yil 17-oktyabrdagi 64-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

27 Oct, 04:13


“Hududgaztaʼminot” AJ tizimida uzoq yillar mehnat qilgan A. Saidvaliyev nafaqaga kuzatildi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan, boy bilim-tajribasi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan hamkasblar mehrini qozongan Abdusamat Saidvaliyev yuksak ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi.

Abdusamat Nabiyevich uzoq yillar davomida neft-gaz sohasida ish olib bordi. 2007—2019-yillar mobaynida Saidvaliyev “Toshkentshahargaz” filialida chilangar, muhandis, yetakchi muhandis va filial boshligʻi sifatida ishlab keldi. 2019-yilda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va besh yil davomida ushbu vazifada munosib faoliyat olib bordi.

“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi koʻp yillik fidokorona xizmati, soha rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun A. Saidvaliyevga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

26 Oct, 15:39


Tayinlov

Yakubov Maxmudjon Djamshitovich
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

M. Yakubov bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – “Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

25 Oct, 06:23


https://uza.uz/uz/posts/suyultirilgan-gaz-taminotida-muammo-bolmaydi_649581

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

25 Oct, 05:26


🔞 Ehtiyotkorsizlik sabab o‘zingiz va atrofdagilaringiz hayotiga nuqta qo‘ymang!

Is gazidan zaharlanishning oldini olishga barchamiz mas'ulmiz!

📲👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

25 Oct, 04:25


👮‍♀️25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Shu munosabat bilan Ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni samimiy muborakbod etamiz.

Ichki ishlar idoralari huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Ushbu tizimning islohotlar barqarorligini ta’minlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak e’tirofga loyiq.

Yurtimizda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!


“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

24 Oct, 13:50


#1_KUB_GAZ_TEJANG

Siz ham isteʼmol qilinayotgan tabiiy gaz sarfini nazorat qilasizmi?

Sariosiyo tuman xalq qabulxonasi mudiri, Oydina Jo‘rabekova  fikrlari.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

24 Oct, 13:07


Tejamkorlik davr talabi

Batafsil

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

24 Oct, 10:19


Is gazidan ogoh bo‘ling!

Is gazi — hidsiz, ta’msiz va rangsiz. Xonadoningizdagi gaz jihozlari sozligiga va dudburonlar ishchi holatda ekaniga e’tiborli bo‘ling.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

24 Oct, 04:08


Iste’molchilarga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazilmoqda

Bugungi kunda tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali va uning tuman bo‘limlari tomonidan maishiy gaz ballon yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.

📍Batafsil

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

23 Oct, 13:06


❗️Is gazi — inson sog‘lig‘i va hayoti uchun jiddiy xavf!

Xonadoningizdagi gaz jihozlari soz holatda ekaniga doim e’tiborli bo‘ling. Gaz hidini sezsangiz darhol 104 raqami orqali gaz xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling.

💬
Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

23 Oct, 07:08


Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

23 Oct, 05:21


📍 "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi

Mazkur xizmatdan foydalangan holda o‘z saylov uchastkangizni aniqlang va o‘z fuqarolik huquqlaringizdan foydalangan holda joriy yil 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan saylovda faol ishtirok eting.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

23 Oct, 05:17


#infografika

Tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ishlovchi jihozlardan to‘g‘ri foydalanish va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar.

Ushbu infografika orqali is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.


"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

21 Oct, 06:52


😊😊😊😊😊

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

“Hududgaztaʼminot” AJ, “Gulistonshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi, “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan 16-oktabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Unda Guliston shahrida joylashgan “M. G.” MCHJdagi gaz hisoblagichiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa uzilgani aniqlandi. Holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, 223,3 mln soʻmlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.

Yana bir gʻayriqonuniy holat Namangan viloyatida qayd etildi. “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd davomida Uchqoʻrgʻon tumani “Qurama” MFYda joylashgan YTT “B. O.”ga qarashli issiqxona oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlandi. Qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, 3,22 mlrd soʻmlik tabiiy gaz hajmi hisoblandi.

Har ikki holat boʻyicha barcha hujjat va daliliy ashyolar tegishli tashkilotlarga taqdim etildi. “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filial/boʻlimlari tomonidan oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davom etadi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=12094

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

21 Oct, 06:18


#1_KUB_GAZ_TEJANG_DO’STLAR

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

21 Oct, 05:48


TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SARIOSIYO TUMANINING BAZI MAHALLALRIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TÒXTATILADI

Sariosiyo
tumanining “Lochin”, “Konchilar”, “Feruz”, “Madankon”,“Bog‘ishamol” va “Jannatmakon” mahallalarida gaz quvurini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli,  2024-yil 21-oktyabr kuni soat 11-00 dan 17-00 gacha  aholi iste’molchilarida tabiiy  gaz  yetkazib berish vaqtinchalik to’liq to’xtalishini ma’lum qilamiz.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

Hurmatli iste'molchilar, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni unutmang!

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


📲👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

21 Oct, 04:24


TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI JARQO'RG'ON TUMAN TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TÒXTATILADI

Jarqo
'rg'on tumanida gaz quvurini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli,  2024-yil 21-oktyabr kuni soat 10-00 dan 18-00 gacha  aholi iste’molchilarida tabiiy  gaz  yetkazib berish vaqtinchalik to’liq to’xtalishini ma’lum qilamiz.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

Hurmatli iste'molchilar, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni unutmang!

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


📲👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

21 Oct, 04:10


😊😊😊😊😊

⚡️21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

“Hududgazta’minot” AJ jamoasi O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan barchani ushbu bayram bilan muborakbod etadi. Qadim va betakror ona tilimizning nufuzi oshib boraversin!

#Ona_tilim_faxrim

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

21 Oct, 03:15


TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHO'RCHI TUMAN TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TÒXTATILADI

Sho
'rchi tumanida gaz quvurini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli,  2024-yil 21-oktyabr kuni soat 9-00 dan to ta'mirlash ishlari yakuniga qadar  aholi iste’molchilarida tabiiy  gaz  yetkazib berish vaqtinchalik to’liq to’xtalishini ma’lum qilamiz.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

Hurmatli iste'molchilar, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni unutmang!

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


📲👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

18 Oct, 04:34


Denov tumani “Olovuddin” mahallasida nosozlik bartaraf etilib, tumanda joylashgan aholi iste'molchilariga tabiiy gaz bilan ta’minlash qayta tiklandi.

Ayni paytda mazkur hududda bir maromda tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

18 Oct, 02:16


Tungi soat 01:30 da Surxondaryo viloyati Denov tumani “Olovuddin” mahallasida Neksiya-3 avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi natijasida avariya sodir boʻlgan.

Natijada Denov tumanidagi 3950 ta aholi va 20 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

17 Oct, 12:56


😊😊😊😊😊

Respublika bo‘yicha 2024-yilda gaz ta’minoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazilgan xonadonlar soni

💬
Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

17 Oct, 11:24


Samarqand tumanidagi avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida qonunbuzilish holati aniqlandi

“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari, “Oʻzenergoinspeksiya” va Samarqand MGQB xodimlari ishtirokida 10-oktabr kuni oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan “D.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida AGTKSHda oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasining manifold qurilmasiga tashqi taʼsir oʻtkazilgani va “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali tomonidan joriy yilning 24-aprel kuni oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa buzilganiligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma tuzilib, 6,63 milliard soʻmlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

Qayd etish kerak, sohaga joriy etilgan “ASKUG” tizimi tabiiy gaz isteʼmolini har bir isteʼmolchi kesimida chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Tabiiy gaz isteʼmoli hajmlarini doimiy ravishda monitoring qilish evaziga tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzilish holatlari tezda aniqlanmoqda. Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilardan qonunchilikka rioya qilib, “zangori” yoqilgʻidan oʻgʻrincha foydalanmaslikni va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni soʻraydi.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati

Batafsil:
https://hududgaz.uz/ads?id=12061

💬
Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

17 Oct, 07:26


“Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelgan novvot sexi aniqlandi

Aniqlanishicha, fuqaro tabiiy gaz tarmogʻiga rezina shlang orqali oʻzboshimchalik bilan ulanib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Qonunbuzarga nisbatan 232 mln soʻm jarima qoʻllanilgan.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

17 Oct, 05:43


Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumi tayyorgarlik ishlari to'g'risida

Surxondaryo teleradiokompaniyasining “Yangi asr” radiokanalida “Kun mavzusi” dasturi orqali ma’lumot berildi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

17 Oct, 04:46


#Bilasizmi

Gaz tarqatish inshootida dam olish kunlari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, ishchi xodimlar zudlik bilan xavfni bartaraf etish bo‘yicha xodimlar qanday harakat qiladi
.👇

📍Batafsil

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ SURXONDARYO" gaz ta‘minoti filiali

17 Oct, 03:46


DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BOYSUN TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

🎤 “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Boysuntumangaz” gaz bo‘limi ma’lum qiladi.

🔥 "Boysun" AGRS da ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 17-oktabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar tuman aholi va ulgurji iste’molchilari uchun gaz ta’minotini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

🔥 Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.

🔥 Ta‘mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati