HILOL MED CENTER @hilolmedclinic Channel on Telegram

HILOL MED CENTER

@hilolmedclinic


8 Hil turdagi mutahassislar

UZI
STASIONAR
AMBULATOR
FIZIOTERAPIYA
SPIROMETRIYA
EEG, XOLTER, SMAD.

8:00-17:00

☎️ +998712002303
📞 +998995570303

HILOL MED CENTER (Uzbek)

HILOL MED CENTER Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Hilol tibbiyot markazining rasmiy kanalidir. Markazda 8 ta hil turdagi mutahassislar ishlaydi. Ular UZI, stasionar, ambulator, fizioterapiya, spirometriya, EEG, XOLTER, SMAD sohalarida faol tajriba va bilimlarga ega. Ish vaqtida 8:00 dan 17:00 gacha xizmat ko'rsatiladi. Agar sizga muayyanlikni topish yoki boshqa tibbiy masalalar bo'yicha savollar bormi? Unda kanal orqali biz bilan aloqa qilishingiz mumkin. Aloqa uchun quyidagi raqamlar bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin: ☎️ +998712002303, 📞 +998995570303. Sizni HILOL MED CENTER Telegram kanalida ko'rishni kutib qolamiz!

HILOL MED CENTER

19 Nov, 22:01


Jigar qotishi nima?



Sizda yoki yaqinlaringida bu belgilar bo’lsa bizga qo’ng’iroq qiling.

☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

14 Nov, 04:43


Barcha yordamga muhtojlarga e’tibor!

Hilol Med Center juma kunlari ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni davom ettiradi. Quyidagi toifadagi shaxslar uchun shifokorlarimiz konsultatsiyasi va EKG tekshiruvi har juma kuni mutlaqo bepul!

👵 Kam ta’minlangan oilalarda yashovchilar
👴 Boquvchisini yo‘qotgan otaxon va onaxonlar
👩‍🦼 1-2-guruh nogironlari
👶 G‘irt yetim bolalar

Qanday yordam olish mumkin?

🔰 Nevropatolog,
🔰 Kardiolog,
🔰 Neyropsixolog,
🔰 Terapevt,
🔰Endokrinolog,
🔰Revmatolog konsultatsiyalaridan biri va
🔰yurak sog‘lig‘ini kuzatish uchun EKG tekshiruvini o‘tkazish juma kunlari bepul amalga oshiriladi.

📍 Murojaat uchun: manzil: Toshkent shaxri Chilonzor tumani 20 kvartal Katta Qani ko'chasi "Hilol Med Center" klinikasida.

☎️ Telefon: +998712002303

📆 Vaqt: Har juma kuni, soat [08:30-16:00 gacha]


Agar sizda xam muxtoj tanishlaringiz bo'lsa ularga xam xabar bering!

Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

11 Nov, 22:02


Uyda qon bosimini tog’g’ri o’lchash



☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

08 Nov, 22:00


Xotira pasayishiga olib keluvchi sabablar.

Xotira bilan bog’liq muammolaringiz bo’lsa bizga qo’ng’iroq qiling.

☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

04 Nov, 22:00


Biz xaqimizda nima deyishayabdi?


Xizmatlarimiz haqida bilish yoki konsultatsiyaga yozilish uchun biz bilan bog’laning 👇

📞 +998 (71) 200-23-03

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktok

#hilolmed

HILOL MED CENTER

04 Nov, 04:19


📍Manzil: Toshkent shaxri Chilonzor tumani, 20 kvartal, Katta Qa'ni ko'chasi "Hilol Med Center" mo'ljal: 200 va 202 maktablar ro'parasida. Tel: +998712002303

HILOL MED CENTER

03 Nov, 01:40


👩‍⚕️ Soch to‘kilishining asosiy sabablari

🔍 Sog‘lom sochlar uchun muntazam parvarish va sog‘lom turmush tarzi juda muhim! Sochlaringizga e’tibor bering va ularni asrang! Agar sochingiz ko’p to’kilayotgan bo’lsa bizga murojat qiling!

Tel:
+998712002303

HILOL MED CENTER

31 Oct, 04:09


Қон босимингиз ошса бу ишларни асло қилманг


🏥Бизнинг манзил: Тошкент шахри, Чилонзор тумани, 20-квартал

🕗 Иш вақти: 08:00 дан 17:00 гача

☎️ Мурожат учун:
Call center: +99871 200-23-03
Телефон: +99899 557-03-03
WhatsApp +99899 557-03-03

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed

HILOL MED CENTER

24 Oct, 09:01


Tomirga havo ketsa nima bo'ladi?

🔰 Venaga tomchi dori (kapelnitsa) vaqtida havoning tomirga tushib qolishi tibbiyotda havo emboliyasi deb ataladi. Bu holat xavfli bo‘lishi mumkin, chunki havoning tomir orqali qon aylanishiga kirib qolishi qon oqimini to‘sib qo‘yishi va og‘ir asoratlarga olib kelishi ehtimoli mavjud.

Havo emboliyasi va uning asoratlari

Havo emboliyasi odatda shoshilinch tibbiy yordam talab qiladi. Quyidagi asoratlar havo emboliyasida kuzatilishi mumkin:

Nafas olishning qiyinlashishi
Ko‘krakda og‘riq
Tana harorati tushib ketishi
Qon bosimining pasayishi
Tremor
Yurak faoliyatining buzilishi yoki to‘xtashi
(Bu asoratlar 1-2 ml havoda kuzatilmaydi)

🔰 Shunga qaramay, tibbiyotda havo emboliyasi kam uchraydi, chunki hozirgi zamonaviy tibbiyot uskunalari (sistema va boshqalar) va jarayonlari xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qiladi. Tibbiyot xodimlari infuziya vaqtida havoning qon tomirlariga tushib qolmasligini ta’minlash uchun infuzion tizimlarni sinchiklab nazorat qiladi.

Havo emboliyasi statistikasiga oid ma’lumotlar

Aniq statistik ma’lumotlarni keltirish qiyin, chunki bu holat kam uchraydi va asosan yirik jarrohlik amaliyotlari yoki kattaroq tomirlar bilan bog‘liq muolajalarda kuzatilishi mumkin. Biroq, quyidagi holatlar qayd etilgan:

Kichik miqdordagi havo (kamida 1-2 ml) odatda katta xavf tug‘dirmaydi va tananing tabiiy mudofaa tizimlari bu havoni yo‘q qilishga qodir. Ammo katta hajmdagi havo (masalan, 50 ml yoki undan ko‘p) havo emboliyasiga olib kelishi mumkin.
Amerika yurak assotsiatsiyasining (AHA) tadqiqotlariga ko‘ra, yirik havo emboliyasi o‘limga olib kelish ehtimoli kamdan-kam uchraydi, ammo qachonki katta miqdorda havo qon aylanish tizimiga kirsa, yurak faoliyatini to‘xtatish xavfi yuqori bo‘ladi.

Havo emboliyasi sababli o‘lim holatlari

Kattaroq miqdorda havo emboliyasi jarrohlik yoki markaziy venoz kateterizatsiya kabi jarayonlarda sodir bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, markaziy venoz kateterizatsiya jarayonida havoning tushib qolishi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo zamonaviy jarayonlarda bu holat juda kam uchraydi va asoratlarning oldi olinadi.

O‘lim darajasi haqida umumiy ma’lumot:

Turli tadqiqotlarga ko‘ra, havo emboliyasi bilan bog‘liq o‘lim darajasi 1-2% atrofida deb baholanadi, bu esa umumiy tibbiyot amaliyotida juda kam uchraydigan holat hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday holatlar sodir bo‘lganda darhol shoshilinch yordam ko‘rsatish orqali ko‘pincha bemorning hayotini saqlab qolish mumkin.

Xulosa:

📌 Venaga tomchi dori olish vaqtida havoning kirib qolishi va o‘lim holatlari uchramaydi, chunki zamonaviy tibbiyotda xavfsizlik choralari ancha yaxshi rivojlangan va havoni oldini olish uchun ko‘p choralar yo'lga qo‘yilgan. Bunday holatlar asosan murakkab jarrohlik amaliyotlarida yoki markaziy venoz kateter qo‘yilganda yuzaga kelishi mumkin, lekin umumiy intravena davolashda (kapelnitsa olayotganda) bu holat uchraymaydi. Masalan bizni Hilol Med klinikamizda hamshiralar ineksion dorilarni tayyorlash va yuborishda qatiy nazorat qiladilar va xech qanday xavf tug'dirmasa ham 1 tomchi ham havo (0.05ml) ham tomir ichiga ketishiga yo'l qo'yilmaydi, faoliyatmiz davomida 10 000 dan oshiq bemorga xizmat ko'rsatgan bo'lsak bunday xolat biror marta ham uchramagan. O'zingiz va yaqinlaringizni extiyot qiling sog'ligingizga beetibor bo'lmang.


📞 Qabulga yozilish uchun: +998712002303

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

24 Oct, 04:06


Капелница олаётганда хаво кетиб қолса нима бўлади?


🏥Бизнинг манзил: Тошкент шахри, Чилонзор тумани, 20-квартал

🕗 Иш вақти: 08:00 дан 17:00 гача

☎️ Мурожат учун:
Call center: +99871 200-23-03
Телефон: +99899 557-03-03
WhatsApp +99899 557-03-03

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed

HILOL MED CENTER

19 Oct, 04:05


Бу 7 та белги сизда қон босими ошаётганини билдиради

Улар сизда кузатилса албатта кардиологга курининг

🏥Бизнинг манзил: Тошкент шахри, Чилонзор тумани, 20-квартал

🕗 Иш вақти: 08:00 дан 17:00 гача

☎️ Мурожат учун:
Call center: +99871 200-23-03
Телефон: +99899 557-03-03
WhatsApp +99899 557-03-03

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed

HILOL MED CENTER

17 Oct, 03:01


🔥 Ozonoterapiya – tabiiy energiya va salomatlikni qaytarish!

Ozonoterapiya – bu kislorod va ozonning kuchli shifobaxsh xususiyatlariga asoslangan muolaja. U ko‘plab kasalliklarni davolash va tanani tozalashda yordam beradi.

📌 Nima uchun ozonoterapiya?

🩸 Immunitetni kuchaytiradi: Ozonoterapiya tanadagi virus va bakteriyalarga qarshi kurashni kuchaytiradi.
💆 Organizmni tozalaydi: Tanani toksinlardan tozalash va metabolizmni yaxshilashda samarali.
🫀 Qon aylanishini yaxshilaydi: Yurak-qon tomir tizimi uchun katta foyda keltiradi, qonning kislorod bilan boyishini ta’minlaydi.
😌 Yallig‘lanishni kamaytiradi: Surunkali kasalliklar va yallig‘lanish jarayonlarini yengillashtiradi.

💡 Kimlar uchun tavsiya etiladi?

• Stress va charchoqni kamaytirishni istaydiganlar
• Immunitetni kuchaytirmoqchi bo‘lganlar
• Terini yoshartirish va qiyofasini yaxshilamoqchi bo‘lganlar
• Qon aylanishi va sog‘lom tanani qo‘llab-quvvatlashni xohlaydiganlar
• Surunkali kasalliklar bilan og'rigan bemorlar

🌿 Hilol Med klinikasida ozonoterapiya xizmatlaridan foydalaning va o‘zingizni sog‘lom his qiling!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot olish va qabulga yozilish uchun: +998712002303

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

15 Oct, 05:33


📌 Belda Grija (Disk Churrasi) Paydo Bo’lmasligi Uchun Tavsiyalar

Bel sog’ligini saqlash va disk churrasi paydo bo’lishining oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:

1. 🏋️‍♂️ Muntazam Jismoniy Mashqlar:
• Orqa va qorin mushaklarini mustahkamlash uchun muntazam mashqlar bajaring.
• Pres, suzish, yoga va cho’zilish mashqlari bel sog’lig’iga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
• Og’ir ko’tarishda ehtiyot bo’ling va to’g’ri texnikalardan foydalaning.
2. 🪑 To’g’ri O’tirish Pozitsiyasi:
• Uzoq vaqt o‘tirganda orqani to‘g‘ri holatda ushlab turish muhim.
• Orqaga suyanib, yelkalar to‘g‘ri va oyoqlar yerga to‘liq tegib turishi kerak.
• Agar uzoq vaqt o‘tirish kerak bo‘lsa, orada qisqa tanaffuslar qiling va cho’ziling.
3. 🚶‍♂️ Faol Harakat Qilish:
• Har kuni kamida 30 daqiqa piyoda yurish yoki yengil jismoniy mashqlar bilan shug’ullaning.
• Ofisda yoki uyda uzoq vaqt ishlaganda har 1-2 soatda belni cho’zish uchun turib harakat qiling.
4. 🛏 Sifatli Uyqu va To’g’ri Matras:
• Orqaga yaxshi moslashadigan, ortopedik matras va yostiqlardan foydalaning.
• Yonboshlab yoki orqada yotgan holda uxlang, qorin ustiga yotishdan saqlaning.
5. 🧘‍♂️ Stressni Kamaytirish:
• Stress bel mushaklarini siqib qo’yishi mumkin, bu esa grija xavfini oshiradi.
• Meditatsiya, nafas olish mashqlari yoki dam olish texnikalarini o’rganing.
6. ⚖️ Sog’lom Vaznni Saqlash:
• Ortiqcha vazn belga qo’shimcha bosim o’tkazadi, bu esa disk churrasi xavfini oshiradi.
• Sog’lom ovqatlanish va jismoniy faollik orqali vaznni nazorat qiling.
7. 🚫 Og’ir yuklardan saqlanish:
• Og’ir yuklarni ko’tarishda tizzalardan bukilib, yukni tanangizga yaqin tuting.
• Og’irlik ko’tarayotganda belingizni emas, oyoq mushaklaringizni ishlating.

Sog’lom bel — faol hayotning kaliti! 💪 Sog’lom turmush tarziga rioya qiling va belingizga g’amxo’rlik qiling.

Sizni grija bezovta qilsa bizga murojat qiling.

Telefon:
+998712002303

HILOL MED CENTER

15 Oct, 03:03


Бу 4 та нарса сизда грижа пайдо қилади

Соғлигингизда муаммо бўлса бизга мурожат қилинг.

🏥Бизнинг манзил: Тошкент шахри, Чилонзор тумани, 20-квартал

🕗 Иш вақти: 08:00 дан 17:00 гача

☎️ Мурожат учун:
Call center: +99871 200-23-03
Телефон: +99899 557-03-03
WhatsApp +99899 557-03-03

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed

HILOL MED CENTER

11 Oct, 03:01


Биз аёллар саломатлиги хақида қайғурамиз! ❤️

“Hilol Med” клиникасида 30 йиллик тажрибага эга малакали Гинеколог хизмат кўрсатади.

Сизда ёки яқинларингизда гинекологик муаммолар бўлса бизга мурожат қилинг.


"Hilol Med"da biz ko'p yillik tajribaga ega yuqori malakali shifokorlar jamoasini jamladik!


Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring 📩

8:00 dan 18:00 gacha.

☎️ +998712002303

HILOL MED CENTER

11 Oct, 02:31


📌 Qachon Ginekologga Murojaat Qilish Kerak?

Ayollar uchun muntazam ginekologik ko‘rik sog‘lomlikning asosiy qismidir. Quyidagi holatlarda ginekologga murojaat qilish tavsiya etiladi:

1. 🩸 Hayz davrida muammolar:
• Hayz sikli noto‘g‘ri bo‘lsa (masalan, hayzning kechikishi yoki muddatidan oldin kelishi).
• Juda og‘riqli yoki juda ko‘p qon ketish bo‘lsa.
• Hayz davri orasida qon ketish kuzatilsa.
2. 🧪 Homiladorlik rejalashtirish:
• Homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashish muhim.
• Kontraseptsiya (homilador bo‘lish) va tug‘ilishdan himoya vositalari haqida ma’lumot olish.
3. 🔍 Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (JYUI):
• Qichishish, qizish yoki noxush hid paydo bo‘lsa.
• Jinsiy aloqadan so‘ng noqulaylik yoki og‘riq bo‘lsa.
• Rangsiz, qonli yoki ko‘pikli ajralmalar kuzatilsa.
4. 👩‍⚕️ Muntazam profilaktika:
• Yiliga kamida bir marta ginekologik tekshiruvdan o‘tish sog‘lomlikni saqlashda muhim.
• Pap-test va ultratovush tekshiruvlari orqali kasalliklarning oldini olish.
5. 👶 Homiladorlik va tug’ruqdan keyin:
• Homiladorlik davrida muntazam ravishda shifokorga ko‘rinish.
• Tug‘ruqdan keyingi asoratlar va sog‘lomlikni nazorat qilish uchun ginekolog maslahati.
6. 🤕 Qorin pastida og‘riq:
• Agar qorin pastida doimiy yoki keskin og‘riq sezsangiz.
• Xususan, jinsiy aloqadan so‘ng yoki hayz davri oldidan kuchli og‘riqlar bo‘lsa.
7. 🎯 Menopauza va uning alomatlari:
• Menopauza davridagi o‘zgarishlar, terlash, kayfiyat o‘zgarishi yoki uyqu muammolari bo‘lsa.

Sog’ligingiz haqida g’amxo’rlik qiling va muammo paydo bo‘lganda vaqtida shifokorga murojaat qiling! 🌸

Telefon: +998712002303

HILOL MED CENTER

10 Oct, 14:08


📌 Qandli Diabetda Parhez Qoidalari

Salomatligingizni saqlash va qondagi qand miqdorini nazorat qilish uchun parhez juda muhim. Quyidagi qoidalarni yodda tuting:

1. 🕒 Muntazam ovqatlaning:
• Har 3-4 soatda kichik porsiyalar bilan ovqatlaning.
• Sekin hazm bo’ladigan uglevodlar tanlang (masalan, butun donli non, grechka, sabzavotlar).
2. 🍎 Meva va Sabzavotlar:
• Meva va sabzavotlarni kuniga kamida 5 marta iste’mol qiling.
• Glyukozasi past bo‘lgan mevalarni tanlang (masalan, olma, kivi, shaftoli).
3. 🚫 Shakar va Shirinliklardan Uzoq Turing:
• Shakar, konfet, pirojniy va shirin ichimliklardan voz keching.
• Shakar o’rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalaning.
4. 🥑 Foydali Moylar:
• O’simlik yog’lari (zaytun, zig’ir yog’i) va yong’oqlarni o’rtacha miqdorda iste’mol qiling.
• Qovurilgan va yog’li ovqatlardan saqlaning.
5. 💧 Yetarlicha Suv Iste’mol Qiling:
• Kuniga kamida 1,5-2 litr toza suv iching.
• Shirin ichimliklar va meva sharbatlaridan uzoqroq turing.
6. 🥦 Oqsilli Oziq-ovqatlar:
• Tovuq go’shti, baliq, tuxum, va yengil pishloqlarni tanlang.
• Yashil sabzavotlar va dukkakli mahsulotlar bilan boyitilgan taomlar tayyorlang.
7. 📋 Oziq-ovqat Maxsulotlarini Ehtiyotkorlik Bilan Tanlang:
• Mahsulotning glikemik indeksini tekshiring. (Tarkibida qancha shakar borligini)
• Qand miqdori past bo‘lgan mahsulotlarni afzal ko‘ring.

Unutmang, sog’lom parhez — diabetni nazorat qilishning muhim qismi! Salomat bo’ling va o’z tanangizga g’amxo’rlik qiling! 🌿

☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

10 Oct, 08:13


Qandli diabetning 7 ta asosiy belgisi.

Sizda yoki yaqinlaringida bu belgilar bo’lsa bizga qo’ng’iroq qiling.

☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

HILOL MED CENTER

29 Sep, 17:45


Кекириш (отрыжка) — бу ошқозонда тўпланган ҳавони оғиз орқали чиқаришдир. Бу нормал ҳолат бўлиши мумкин, аммо баъзан кекириш ҳаддан ташқари кўпайиб кетса, маълум бир соғлиқ муаммоларидан дарак бериши мумкин. Кекиришнинг асосий сабаблари қуйидагича:

1. Овқат ҳазм қилиш жараёнида ҳаво ютиб қўйиш (аэрофагия):
Одатда, кекириш инсон овқатланиш ёки ичимлик истеъмол қилиш вақтида ҳаво ютиб қўйиши натижасида содир бўлади. Бу ҳаво ошқозонга тўпланади ва уни чиқариш учун кекириш юз беради.
- Тез овқатланиш ёки гаплашиб овқатланиш.
- Газли ичимликлар истеъмол қилиш (кока-кола, газланган сувлар).
- Ўртада овқатни яхши чайнамаслик.

### 2. Ошқозон-ичак касалликлари:
Кекириш баъзи ошқозон-ичак муаммоларининг белгиси бўлиши мумкин:
- Гастроэзофагеал рефлюкс касаллиги (ГЭРБ) – бу ҳолатда ошқозондан кислота ва озуқалар қайтиб, шиллиқ қаватни жароҳатлайди ва бу кекиришга олиб келади.
- Гастрит – ошқозон шиллиқ қаватининг яллиғланиши кекириш ва ошқозонда оғриқ ҳиссини пайдо қилади.
- Ошқозон ошиғи (диафрагма яллиғланиши) – ошқозоннинг бир қисми диафрагма орқали юқорига кўтарилиши ва бу кекиришни келтириб чиқариши мумкин.

### 3. Овқатлар ва ичимликлар:
Айрим овқатлар ва ичимликлар кекиришга сабаб бўлиши мумкин:
- Газли ичимликлар – углерод диоксиди тўпланиши туфайли кўпроқ ҳаво чиқаради.
- Тузланган ёки кислотага бой озуқалар – ошқозон кислотасини ошириши мумкин.
- Фаст-фуд – тез ҳазм бўлмайдиган, ёғли ва тузли озуқалар ҳам кекиришга сабаб бўлади.

### 4. Руҳий омиллар:
- Стресс ёки асабийлик – бу ҳолатда инсон кўпроқ ҳаво ютиб қўяди ва бу кекиришни келтириб чиқаради.
- Анорексия ёки булимия – озуқани қабул қилмаслик ёки ортиқча қабул қилиш кекириш билан бирга бўлиши мумкин.

### 5. Дорилар таъсири:
Айрим дори-дармонлар ҳам ошқозон кислотаси ёки қон айланишига таъсир қилиб, кекиришга олиб келиши мумкин.

### 6. Тиббий асоратлар:
- Гастропарез – ошқозоннинг ҳаракатларини сустлашиши овқатнинг ҳазм қилинишида қийинчилик туғдиради, бу ҳам кекиришга олиб келиши мумкин.
- Панкреатит ва Ўт пуфаги касалликлари – бу ҳолатлар ҳазм жараёнини бузади ва ҳаво ютишни кучайтириши мумкин.

### Кекиришни камайтириш бўйича тавсиялар:
- Овқатланиш пайтида тез гаплашмаслик ва ҳаво ютиб қўймаслик.
- Газли ичимликлар ва кислотали озуқаларни чеклаш.
- Овқатни яхшилаб чайнаш ва кичик қисмларда истеъмол қилиш.
- Стресс ва ташвишни камайтириш.

Агар кекириш ҳаддан ташқари кўп ва ножўя аломатлар билан бирга юз бераётган бўлса (оғриқ, кўнгил айниши, қийин нафас олиш), шифокорга мурожаат қилиш керак, чунки бу жиддий ошқозон ёки ички орган муаммоларидан далолат бериши мумкин.

HILOL MED CENTER

28 Sep, 02:01


Қон таҳлилига тайёргарлик жараёнида қуйидаги қўшимча тавсияларга амал қилиш ҳам муҳим:

1. Суюқлик ичиш: Конни топширишдан олдин сув ичиш мумкин, аммо қаҳва, чай, ширин ичимликлар ёки шарбатлардан воз кечиш керак. Сув ичиш қон таҳлили жараёнини енгиллаштиради ва венадаги қоннинг оқишига ёрдам беради.

2. Спиртли ичимликлар: Таҳлилдан 24 соат олдин спиртли ичимликлар ичишдан тийилинг, чунки бу кўрсаткичларга таъсир қилиши ва таҳлилларнинг натижаларини нотўғрилашга сабаб бўлиши мумкин.

3. Физик фаоллик: Кон топширишдан 24 соат олдин оғир жисмоний фаолликлардан қочиш лозим. Спорт билан шуғулланиш ёки оғир меҳнат қилиш организмдаги кўрсаткичларга таъсир қилиши мумкин.

4. Дори воситалари: Агар сиз мунтазам равишда дори воситалари қабул қилаётган бўлсангиз, шифокорингизга бу ҳақда маълумот беринг. Айрим дори воситалари таҳлил натижаларига таъсир қилиши мумкин.

5. Таҳлилдан аввалги куннинг кечқуруни: Таҳлилдан бир кун олдин ёки кечқурун енгил овқат ейиш тавсия этилади, бироқ ёғли, ширин ва оғир овқатлардан воз кечиш керак.

Бизнинг "Hilol Med Center" клиникамизда юқори сифатли лаборатория таҳлиллари амалга оширилади ва биз ўз беморларимизнинг саломатлигини диққат билан кузатиб борамиз. Агар сизда қўшимча саволлар бўлса, албатта бизга мурожаат қилинг.

☎️ Телефон: +998712002303

🌐 Бизга ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | TikTok | Локация | Сайт

#hilolmed #klinika

HILOL MED CENTER

26 Sep, 14:31


НЕГА КОН ТАХЛИЛИНИ ОЧ КОРИНГА ТОПШИРИШ КЕРАК?

Қон таҳлилини оч қоринга топширишнинг бир неча муҳим сабаблари бор:

1. Қон глюкоза (қант) даражасини аниқлаш: Қондаги қанд миқдорини тўғри баҳолаш учун таом ёки ичимликлар таъсир қилмаслиги лозим. Агар оч қоринга таҳлил қилинмаса, таомдан кейинги глюкоза даражаси юқори бўлиши мумкин ва бу қандли диабет ёки бошқа касалликларни аниқлашда хато натижаларга олиб келади.

2. Холестерин ва липидлар: Қондаги холестерин ва триглицеридлар даражасини ўлчашда ҳам оч қоринга бўлиш муҳим. Овқат ҳазм бўлганидан кейин бу кўрсаткичлар табиий равишда кўтарилади, бу эса нотўғри натижаларга олиб келиши мумкин.

3. Аниқлик учун: Қондаги айрим биохимик кўрсаткичлар (масалан, ферментлар, витаминлар ва минераллар) овқат қабул қилинганидан кейин ўзгариши мумкин. Шу сабабли, бу таҳлиллар ҳам оч қоринга олинганда тўғри натижа кўрсатади.

4. Ҳар хил дори воситалари: Овқат ва ичимликлар баъзи дори воситалари ёки организмдаги моддалар билан кимёвий реакцияга киришиб, таҳлил натижаларига таъсир қилиши мумкин.

Шунинг учун, кўплаб қон таҳлилларини оч қоринга топшириш тавсия қилинади. Бу таҳлилларнинг аниқ ва ишончли бўлиши учун муҳимдир. Агар бирор бир таҳлил учун оч қоринга бўлиш талаб этилмаса, шифокор буни айтиб ўтади.

Бизнинг клиникада кенг спектрли лаборатория булиб кон тахлиллар Германиядан келтириладиган Humans реагентлари асосида амалга оширилади. Кон тахлиллари топшириш учун оч коринга келинг.

☎️ Telefon: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed #klinika

HILOL MED CENTER

16 Sep, 04:31


Yopishqoq xayollar xaqida eshitganmisiz u sizda ham bolishi mumkin.

Xizmatlarimiz haqida bilish yoki konsultatsiyaga yozilish uchun biz bilan bog’laning 👇

📞 +998 (71) 200-23-03

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktok

#hilolmed

HILOL MED CENTER

13 Sep, 14:53


ХАР ПАЙШАНБА

“Hilol Med” клиникасида

ПРОФЕССОР, Д.М.Н.
Тошкент Тиббиёт Академияси терапия кафедраси мудири. Узбекистон Республикаси бош ревматологи
РЕВМАТОЛОГ, ТЕРАПЕВТ.

МИРАХМЕДОВА
ХИЛОЛА ТУХТАСИНОВНА

Консультация киладилар

Кабул Соат 14:00 да.

Кабулга ёзилиш учун
+998712002303 га кунгирок килинг.

🌐 Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed #klinika

HILOL MED CENTER

10 Sep, 01:45


Sovuq dush qabul qilishning foydasi.

☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktok

#hilolmed

HILOL MED CENTER

07 Sep, 08:17


Tizmli qizil bo‘richa Sistemali (tizimli) qizil volchanka:

🔰Og‘ir kechadigan surunkali kasallik bo‘lib, qon tomirlari, teri, barcha ichki aʼzolar biriktiruvchi to‘qimasining shikastlanishi bilan kechadi.
🔰Bu kasallik ko‘pincha yoshlarda (ayniqsa, ayollar va qizlarda), kasallikka moyil bo‘lgan kishilarda uchraydi.
🔰Sistemali qizil volchanka kasalligida ichki aʼzolarning zararlanishi asosiy o‘rin tutadi.

Tizimli qizil bo'richada belgi va a'lomatlar katta va kichikga ajratiladi.


Katta belgilar:

• Kapalaksimon toshma - yuz terisida
• Lyupus nefrit - buyrak zararlanishi
• Lyupus artrit - bo'g'im yallig'lanishi
• Pnevmonit - o'pka to'qimasini zararlanishi
• LE hujayralari aniqlanishi - qon taxlili orqali aniqlanadi
• Gemolitik anemiya - qon xujayralari o'ladi
• DNK qarshi antiteloni aniqlanishi - qon orqali

Kichik belgilar

•Isitma
• Ozish
• Poliserozit - ichki a'zolar zararlanishi
• Limfadenopatiya - limfa tugunlari kattalashadi
• Miokardit - yurak mushaklarini zararlanishi
• Gepatosplenomegaliya - jigar va ta'loqni kattalashishi
• Ensefalopatiya - bosh miya zararlanishi
• Vaskulit - tomirlar yallig'lanishi
• ECHT ortishi - umumiy qon taxlilida
• Leykopeniya -
• Trombositopeniya

Yana ham to'liqroq bilmoqchi bo'lsangiz 👉 hilol-med.uz

Sistemali qizil bo'richa jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin bo'lsa-da, dorilar va turmush tarzidagi o'zgarishlar orqali bu holatni boshqarish mumkin. Doimiy ravishda mutaxassis shifokor nazoratida bo'ling. Erta tashxis va davolash salomatlikni saqlashda katta rol o'ynaydi. Siz yoki yaqinlaringizda bu belgilar bo'lsa bizga murojat qiling.

☎️ Telefon: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed #klinika

HILOL MED CENTER

03 Sep, 05:53


Alhamdulillah yurib ketdi

Sizda yoki yaqinlaringida nevrologik muammolar bo'lsa bizga qo’ng’iroq qiling.

☎️ Telefon: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed

HILOL MED CENTER

31 Aug, 03:00


Qandli diabetni keltirib chiqaruvchi 5 ta asosiy sabablar!

Sizda yoki yaqinlaringida qandli diabet bo’lsa bizga qo’ng’iroq qiling.

☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktokl | Lokatsiya |Сайт

#hilolmed

HILOL MED CENTER

26 Aug, 02:45


Tabiymi yoki suniy?

☎️ Murojaat uchun: +998 (71) 200-23-03

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktok

#hilolmed

HILOL MED CENTER

24 Aug, 07:03


Bo’yin nega og’riydi

Xizmatlarimiz haqida bilsh yoki konsultatsiyaga yozilish ichun biz bilan bog’laning 👇

📞 +998712002303

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram | Telegram | YouTube | Tiktok

#hilolmed

HILOL MED CENTER

21 Aug, 03:55


Bizda davolanib ketgan Qozog’istonlik bemorlarimiz fikri.