Farg'ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿 @fargona2tibbiyot Channel on Telegram

Farg'ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

@fargona2tibbiyot


Assalomu alaykum!
Bu kanalda texnikumdagi tadbir va e'lonlar
berib boriladi.Bizning manzil: Farg'ona shahar S.Temur ko'chasi 65 A uy. https://t.me/fargona2tibbiyot

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi (Uzbek)

Assalomu alaykum! Bu kanalda Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi tadbir va e'lonlar bilan tanishtiriladi. Kanalimizda tibbiyot sohasidagi eng yangi yangiliklar, texnikadir barcha ma'lumotlar va foydali tavsiyalar sizga taqdim etiladi. Farg'ona shahri S.Temur ko'chasi 65 A uyda joylashgan texnikumimizda sizni kutib olishga o'zimizni shunchaki intilamiz. Sizga talab qilinadigan texnik tajriba va bilimlar sizni kutmoqda. Kanalimizga a'zo bo'lib, texnikumdagi eng so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! https://t.me/fargona2tibbiyot

Farg'ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

07 Feb, 11:04


07.02.2025 kuni 1-bosqich o’quvchilariga Ma’naviyat soati darsida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.
Giyohvandlik nafaqat inson salomatligini yemiradi, balki uning ijtimoiy hayotini ham izdan chiqaradi. Tibbiy jihatdan, bu kasallik va ruhiy muammolarga olib keladi. Ijtimoiy tomondan, oila va jamiyatdan ajratadi. Huquqiy jihatdan esa, og‘ir jazo va hayotni butunlay izdan chiqaruvchi oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Ogoh bo‘ling! Sog‘lom hayotni tanlang!

Farg'ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

05 Feb, 10:44


04.02.2025 kuni Farg’ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texikumda Professional taʼlim muassasasida milliylikni targʻib qilish uchun "Libos maʼnaviyat koʻzgusi " nomli tashviqot tadbiri oʻtkazildi.
Oʼzbek xalqi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan boy madaniyatga ega. Madaniyat oʼzida moddiy va maʼnaviy boyliklarni mujassam etadi. Moddiy madaniyat inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, uning qobiliyatlari va ijodkorligining natijasi sifatida inson tomonidan yaratilgan moddiy neʼmatlarni oʼzida namoyon etadi. Maʼnaviy madaniyat esa bilim, estetik qadriyatlar, xulq-atvor normalari, dunyoqarash, axloq, diniy eʼtiqodimiz, anʼanalarimizni qamrab oladi.

Farg'ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

05 Feb, 09:55


Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti faollar talabalari ishtirokida “Bemor bolalarning ota-onasi bilan munosabatda bo'lish psixologiyasi” mavzusida ochiq dars mashg’uloti tashkillandi. Dars mashg’ulotida qiziqarli usullardan foydalanib o’quvchilarda fanga nisbatan katta qiziqish uyg’otdilar. O’quvchilar o’zlariga kerakli bilimlarni olishdi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

17 Jan, 11:16


Bugun 17.01.2025 kuni Farg’ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o’quvchilari bilan birgalikda Farg’ona shahrida joylashgan “Fergana Stone Paper” zavodiga tashrif buyurib, ushbu zavod ish jarayonlari bilan keng tanishdilar. Korxona rahbari Abdurahmon Niyozov master-klass o'tkazadi va korxona faoliyati bilan tanishtirdi. Ushbu korxona toshda qog’oz ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. O’quvchilar qanday biznes reja tuzish, korxona ochish va uni yuritish bo’yicha o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

14 Jan, 03:45


‼️‼️ Diqqat! Diqqat!!!‼️‼️
Hurmatli o'quvchilar! Sizlarni "SOG'LOMLASHTIRUVCHI MASSAJIST" yo'nalishi bo'yicha qisqa muddatli o'quv kursiga taklif etamiz!
Kursda siz
Tayanch-harakati sistemasi va uning ahamiyati;

Soddalashtirilgan fizioterpevtik muolajalar;

Massaj o'tkazish uslubi va texnikasi

Turli kasalliklarda va bolalarda massaj

Fizioterpevtik barcha apparatlarni ishlatish texnikasi va boshqa yangiliklarga ega bo'lasiz!

🔥🔥🔥Eng muhimi har qanday shifoxonalarni fizioterpiya bo'limlarida ishlash yoki shaxsiy fizioterapiya xonalarini tashkil etib o'z biznesingizni boshlashingiz uchun qonuniy, passportingizga biriktirilgan sertifikat beriladi.
🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀Shoshiling joylar soni chegaralangan.
Murojat uchun tel: 99 190 54 65. Akbarova Dilshodaxon. Fizioterapiya va massaj fani o'qituvchisi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

11 Jan, 06:56


11.01.2025 kuni Farg’ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligini hamda 14 - yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida Vatanparvarlik oyligi doirasida hamda "Armiya-jasorat, matonat va bilim maskani" mavzusida davra suhbati tashkillandi.Davra suhbatida Farg'ona viloyati 15/580 harbiy qism komandirlari tomonidan Harbiy sohaga oid ma’lumotlar berildi. O’quvchilar o’zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

09 Jan, 09:41


📆 09.01.2025 yil.
🏢 Ahmad Al-Farğoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida
🏢 Farğona shaxar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamkorligida
✍️ Özbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad öĝli Oybek (1905-1968) tavalludining 120 yilligiga bağishlangan" Adabiyot muallimi" deb nomalangan ma'naviy- ma' rifiy tabdir bölib ötdi.
Tadbirda Axborot Kutubxona Markazi xodimlari, Farg'ona Davlat Universiteti filologiya fanlari nomzodi, katta öqituvchisi Sabriddinov Akbarali hamda texnikum o'quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda o'quvchilar o'zlariga kerakli bilimlarni olishdi. Kitob – insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʼlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʼtabar va muqaddas deb hisoblagan.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

08 Jan, 09:53


08.01.2025 kuni Farg’ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi faol o’quvchilari bilan birgalikda Marg’ilon shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar markaziga tashrif buyurdilar. Ushbu IT markazda Kompyuter va foundation, grafik dizayn, 3D MAX, Uniux dizayn, motion grafikasi, robototexnika, web dasturlash, Python, mobil dasturlash, mobilografiya hamda chet tillari bo’yicha tashkillangan darslar va shart sharoitlar bilan keng tanishdilar. Ushbu tadbir Farg’ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining tashabbusi bilan tashkillandi. IT sohasiga qiziqqan yoshlarni ushbu markazga taklif qilamiz.
@rtm_margilan

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

31 Dec, 05:03


Kirib kelayotgan 2025 yil muborak bo‘lsin!
Salom, hurmatli o‘quvchilar!
Mana, 2024-yilni ortda qoldirib, yangi marralarga intiladigan 2025-yilni qarshi olmoqdamiz.
Biz — insonlarning sog‘lig‘ini tiklaydigan va hayotiga nur sochadigan eng qadrli kasb egalarimiz. Har bir davolangan bemor, har bir tabassum va minnatdorlik so‘zi — bu bizning eng katta mukofotimizdir. 💉
🎊 Kelgusi yil siz uchun muvaffaqiyatli va unutilmas onlarga boy bo‘lsin!

❄️ Yangi yilni tabassum va quvonch bilan kutib oling!

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

24 Dec, 07:06


2-сон Фарғона Абу Али ибн Сино номидаги Жамоат саломатлиги техникумида 24- декабр куни ўқитувчилар ва ўқувчилар кайфиятини кўтариш мақсадида "Янги йил саргузаштлари" номли эрталабки байрамона кутиб олиш тадбири ўтказилди.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

24 Dec, 04:49


Хурматли устозлар ўқувчиларни қишки таътили 2024 йил 25 декабрдан 2025 йил 7 январгача(шу кун ҳам дам) этиб белгиланди. Ўқиш 2025 йил 8 январь кунидан бошланади.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

11 Dec, 09:16


Eng yaxshi texnikum qaysi?

🏆 Quyidagi texnikumlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering:

📊 Natijalarni saytda kuzatish

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

10 Dec, 06:12


«Ўзбекистон Республикаси Давлат гимни тўғрисида»ги Қонун 1992 йил 10 декабрда Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ХI Сессиясида қабул қилинган.
Фарғона шаҳар Абу Али ибн Сино номидаги Жамоат саломатлиги техникумида хам Давлат мадҳияси қабул қилинган кун хар бир гурухлар кесимида кенг нишонланди.Биринчи жуфтлик дарслари Давлат мадҳияси билан бошланди.
Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси Ўзбекистон Республикаси Давлат суверенитетининг рамзидир.
Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

06 Dec, 09:30


06.12.2024 kuni Farg’ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32- yillik bayrami keng nishonlandi.Ushbu tadbirda texnikum o’quvchilari tomonidan tayyorlargan sahna ko’rinishi, raqslar, konstitutsiya to’g’risida ma’lumotlar barchaga manzur bo’ldi. Tadbirga Farg’ona viloyati Adliya boshqarmasi hamda Farg’ona Davlat universitetidan mexmonlar taklif qilindi.Mexmonlar ham o’quvchilarga konstitutsiya to’g’risida kerakli ma'lumotlar berishdi. Tadbir yakunida 05.12.2024 kuni o’tkazilgan Farg’ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2024-yil 3-dekabrdagi №249/4-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Professional ta'lim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada g’oliblari aniqlanib esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

18 Nov, 08:36


Õzbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganligi 33 yilligi munosabati bilan 2-sonli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining Tibbiyot birigadasi hamshirasi yonalishining 502-gurux oquvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

18 Nov, 08:31


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlab 2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Tibbiyot brigadasi xamshirasi yo'nalishi 505- guruh oʻquvchilari tomonidan  tayyorlangan videorolik.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

17 Nov, 05:29


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlab 2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Tibbiyot brigadasi xamshirasi yo'nalishi 501- guruh oʻquvchilari tomonidan  tayyorlangan videorolik.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

17 Nov, 05:25


#33yil🇺🇿
#millatbayrogʻi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlab 2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Davolash ishi yo'nalishi 208- guruh oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

17 Nov, 05:25


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi 33 yilligi munosabati bilan 2-son Fargʻona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 24/206- guruh Davolash ishi yoʻnalishi talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik.

Bayrogʻim

Boshim uzra hilpiraydi bayrog‘im
Senga boqsam chaqnar ko‘zim qarog‘im.
Moviy, yashil, oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.
Osmonimiz bo‘lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.
Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shu‘lasini porlatib
Hilpirayver ona yurtim bayrog‘i
Sen erursan yuraklarning ardog‘i.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

17 Nov, 05:25


O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i 33 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shaxar Abu Ali Ibn sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 24/109-gurux Hamshiralik ishi yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

17 Nov, 05:25


Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan 2-sonli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining Hamshiralik ishi yoʻnalishining 108-guruh oʻquvchigʻari tomonidan tayyorlangan videorolik

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

15 Nov, 07:06


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlab 2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Tibbiy ijtimoiy ishlar yo'nalishi 402- guruh oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

25 Oct, 08:46


24.10.2024 kuni "Men saylovga tayyorman" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida Tibbiyot brigadasi hamshirasi 24.501-guruh birinchi o‘rinni, 24.506-guruh ikkinchi o‘rinni, Hamshiralik ishi 24.106-guruh uchinchi o‘rinni egalladi.Tanlovda ishtirok etgan barcha guruhlarga raxmat.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

24 Oct, 08:13


2024-yil 27-oktyabrda oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi  munosabati bilan 2-son Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2024-yil 24-oktyabr kuni talaba yoshlar oʻrtasida saylov haqida tushunchalar berilib, "Men saylovga tayyorman" shiori ostida insholar tanlovi oʻtkazilmoqda.
Saylovning oʻziga xosligi va hayotimizda tutgan keng oʻrni haqida aytib oʻtildi. Siz haz o‘zingiz tanlagan nomzodga ovoz bering. Saylovda faol ishtirok eting.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

21 Oct, 08:48


Юртимизнинг барча ҳудудларида 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни муносабати билан байрам тадбирлари ўтказилмоқда. Бугун эрта тонгдан ўзбек адабий тилининг асосчиси, буюк мутафаккир шоиримиз Алишер Навоийнинг Фарғона шаҳридаги ҳайкали ёнида сана муносабати билан байрам тадбири ташкил этилди.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

14 Oct, 10:50


O'qimagan millat kuchli bo'lmaydi...

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

12 Oct, 07:22


2024-yil 12- oktyabr kuni 2-son Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-sentyabrdagi ʼʼBuyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidaʼʼgi PQ-323-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Mirzo Ulugʻbekning hayoti va uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda, jahon ilm fani rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrish borasida texnikum oʻquvchi yoshlariga buyuk olim va davlat arbobi toʻgʻrisidagi koʻplab qiziqarli maʼlumotlar berildi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

12 Oct, 07:16


🟢 Фарғонада бугун катта гала-концерт!
Экошаҳардаги гўзал амфитеатрда “Охунжон Мадалиев қўшиқлари эл қалбида яшайди” халқаро танловининг якуний дастури бўлиб ўтади

12 октябрь. Соат 17:30
🟣 Фарғона вилояти ҳокимлиги таклиф этади! Эстрада юлдузлари Абдурашид Йўлдошев, Отабек Муҳаммадзоҳид, Абдужалил Қўқонов, Қиличбек Мадалиевлар уч давлат қўшиқчилари иштирок этган танловнинг якуний гала-концертида куйлайдилар.

🟣Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғизистондан келган Охунжон Мадалиев қўшиқлари ижрочилари томонидан тайёрланган ўзгача концерт дастури намойиши сизни кутмоқда.

‼️ Кириш мутлақо бепул.

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун   https://t.me/Vodiy1uzofficial.  Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

30 Sep, 11:28


2-son Fargʻona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 30.09.2024 yil 1- oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ,,Doim e'zozdasiz-aziz ustozlar'' shiori ostida o'qituvchi va xodimlarni bayramona kayfiyatda kutib olindi.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

30 Sep, 08:08


👩‍⚕👨‍⚕Ассалому алайкум хурматли билимга чанқоқ қадрли ўқувчилар 2024-2025 ўқув йили1-курслар учун ўқиш 2.10.2024 кунидан бошланади. Сизлар орзиқиб кутган кун келди. Сизларни янги ўқув йили бошланиши билан табриклаймиз. Сизларга ушбу танлаган машаққатли йўлингизда омад тилаймиз.Дарс жараёнлари 8-30 да бошланади кеч қолмасдан келамиз.

2-son Farg'ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨‍⚕️🏢👩‍⚕️🇺🇿

23 Sep, 16:27


🏛 OTFIV FERGANA | HAMKORLIK

Farg‘ona viloyati hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Mamajonov bilan birgalikda 2-Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Quvayt davlatidan tashrif buyurgan "Gulf Care General Trading" kompaniyasi vakillari bilan uchrashib professional ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzoladilar.

"Gulf Care General Trading" kompaniyasi vakillari hamda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i T.Boymatov bilan ta’lim muassasadagi yaratilgan berilgan shart-sharoitlar, simulatsion xonalarni ko‘zdan kechirib, istiqbolli rejalar to‘g’risida kelishuvlarga erishildi.

🌐https://t.me/OTFI_Ferghana