balki ko’zingiz tushgandir, yaqinda „BLITZ“ o’quv markazi rahbari Mirzohid Berdiboev bilan bo’lgan podkastni kanalga ulashgan edim.
Bu suhbat davomida Germaniyaga kelish uchun yangi Viza turi – „ kurzzeitige kontingentierte Beschäftigung (KKB) joriy qilinganini aytib o’tgan edim. Podkastdan so’ng menga bu Viza turi haqida ma’lumot so’rab har kuni juda ko’p savollar tushyapti. Shu sababdan bugungi postni ushbu Viza turi haqida yozmoqchiman.
2024 yil 1-mart oyidan boshlab Germaniyadagi firmalar ishchi yetishmaydigan tig’iz paytlar uchun chet eldan ishchilarni ularning sohasi va nemis tili darajasidan qat’iy nazar KKB Vizasi bilan olib kelishi mumkin bo’ldi.
Bu Viza uchun ariza Toshkentdagi Visametric idorasi orqali topshiriladi va Siz Vizani 19c paragrafi bo’yicha olasiz. Viza qisqa muddatli (Shengen) yoki uzoq muddatli (National) bo’lishi mumkin.
Hozirda O’zbekistondan kelgan 50-100 nafarga yaqin vatandoshlarimiz Germaniyada ishbu Viza bilan ishlab yurishibdi. Bir qarashda bu Vizani olish oson ko’ringani bilan, uning ham o’ziga xos talablari bor.
1. Bu Viza turi bilan istalgan nemis firmasi ishchi olib kela olmaydi, buning uchun nemis firmasi oylik maoshlarni tarif bo’yicha to’lashi kerak. Ya’ni ular to’laydigan maosh hamma uchun teng bo’lishi kerak.
2. Ushbu firma ishchilarni bordi-keldi samolyot biletlarini ham to’lab berishi kerak bo’ladi.
3. Bu Viza turi bilan 12 oy ichida faqatgina 8 oy ishlash mumkin. ( Agar qo’lingizda diplom va nemis tilingiz kamida A2 bo’lsa, Chancenkarte yoki boshqa viza turlariga o’zgartirish mumkin?
4. Sizni ishga olib keladigan firmada ishlar asosan jismoniy mehnat talab qilishi mumkin.
5. Nemis tili shart bo’lmasada, ish beruvchi nemis tilini hech bo’lmasa A1-A2 darajada bo’lishini talab qilishi mumkin.
6. Bu Viza uchun yiliga butun dunyo uchun jami 25.000 nafar odamga limit o’rnatilgan bo’lib, bundan ortiq odamni olib kelisha olmaydi. Shu sababdan har yili bu limitga qarab oz yoki ko’p ishchi kelishi mumkin.
Bizning firma ushbu Viza turi bo’yicha HIZMAT KO’RSATMAYDI. Yil davomida mabodo shunday hizmat ko’rsatadigan bo’lsak, kanalda alohida e’lon beramiz.
Kanalga a’zo bo’lishni unutmang: @next_step_agency
Telegramdagi shu nomli guruhimiz: https://t.me/nextstepagency