Neueste Beiträge von FILOLOG KUNDALIGI 📚 (@dunyo_klassikasi) auf Telegram

FILOLOG KUNDALIGI 📚 Telegram-Beiträge

FILOLOG KUNDALIGI 📚
Eng yaxshi kitoblarning oʻzi seni tanlaydi...

Murojaat va reklama uchun – @filolog_kundaligi_bot
2,048 Abonnenten
836 Fotos
28 Videos
Zuletzt aktualisiert 11.03.2025 18:18

Ähnliche Kanäle

Santuagara (21+)
3,987 Abonnenten
The Bookfather
2,839 Abonnenten
Martin Eden
2,083 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von FILOLOG KUNDALIGI 📚 auf Telegram geteilt wurde.

FILOLOG KUNDALIGI 📚

19 Dec, 18:24

1,397

- Rostini aytsam, faqat kitob qahramonlarigina eʼtiborimni qozonishi mumkin.
- Sevgi tariximga qarasam, fikringga qoʻshilaman, deya olaman.
Roman qahramonidan yaxshisi yoʻq.
- Nega unday deyapsan?
- Chunki bu dunyoda unaqalar yoʻq.
- Bor boʻlsa-chi? Sen uni yanglish
yerlardan izlayotgan boʻlsang-chi?

"Londondan muhabbat ila"

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

17 Dec, 17:12

1,188

Yangi yilda mana shu toʻplamni sovgʻa sifatida olishni xohlar edim.

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

15 Dec, 14:13

1,299

Agar kimdir yuqori lavozimlarni egallab, chiroyli uylarda yashasa, ma’lumot va bank hisobiga ega bo‘lsa, demak, bu odam shunga munosib odam deb o‘ylagan paytlarim qanchalik ahmoq bo‘lgan ekanman.

"Martin Iden"

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

13 Dec, 15:17

1,583

Mashhur adib Xorxe Luis Borxesning kitob haqida e’tiborli fikri bor: “Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yarog‘, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Mikroskop va teleskop – ko‘zning davomi, telefon – ovozning, omoch va qilich – qo‘lning. Biroq kitob – butunlay boshqa narsa, kitoblarxotiralar va tasavvurlarning davomidir".

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

13 Dec, 06:17

1,259

Kunning eng zoʻr yangiligi:


Tayanch doktoranturaga qabul qilinibman!

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

05 Dec, 14:56

2,611

Odam oʻzini baxtli his qilishi uchun oldida avgustda tugʻilgan inson boʻlishi kerak:)
FILOLOG KUNDALIGI 📚

03 Dec, 13:55

1,950

Hech narsa birdan o'zgarmaydi: asta-sekin isiyotgan vannada o'zing sezmay tiriklayin pishib qolasan.

M. Etvud

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

01 Dec, 05:45

1,383

"Uyda yolgʻiz" mavsumi rasman ochiq))
01.12.2024

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

26 Nov, 15:32

1,119

1-avgust dahshatlari yumshay boshladi. Dastlab uchta yoʻnalishni tanlash mumkin qilib qoʻyildi. Bu yaxshi yangilik edi. Chunki bizning davrda kimdir OʻzMUning tarix yoʻnalishidan 190 ball bilan yiqilardi. Oʻsha yili BuxDUda esa 170 ball bilan grantga kirish mumkin boʻlib qolardi.

Keyin beshta yoʻnalishni tanlash imkoniyati yaratildi. Buyam yaxshi dedik. Keyin super kontraktga ruxsat berildi. Bunisi endi ta'lim islohoti emas, shunchaki diplom sotish edi.

Keyin sirtqi ta'limga ruxsat berildi. Bu ham diplom sotishning bir koʻrinishi. Qachondir uzoq yillik ish tajribasiga ega xodim sirtqi ta'limda oʻqib chiqardi. Endilikda maktabni tugatiboq sirtqi ta'limga kirib, yiliga ikki marta oʻqishga borib, diplom qoʻltiqlab chiqa boshlashdi.

Xususiy universitetlarga ruxsat berilgach esa hamma yoqni talaba bosdi. "Davlat oliygohiga kirolmadingizmi? Bizning universitetda imtihonsiz talaba boʻling" degan chaqiriq bilan kirib keldi ular. Oʻqishga kirish shu qadar oson boʻlgan sharoitda davlat oliygohiga kirolmaydigan darajadagi abituriyentlar xususiy universitetlarga yopirilishdi.

Maktabdagi taʼlim ahvoli hammaga maʼlum. Undagi bilim hech ishga yaramaydi. Shu bois bizda repetitorlik sohasi gullab-yashnagandi. Oliy taʼlimga kirmoqchi boʻlganlar maktab davrida yoki maktabni tugatgach kamida ikki-uch yil repetitorga borishardi. Kuniga 15-16 soatlab dars qilishardi. Yaxshigina poydevor bilan qadam qoʻyishardi oliy taʼlimga.

Hozir esa imtihon qilsang oltinchi sinf darajasidagi savollarga javob berolmaydigan yoshlar xususiy universitetlarda oʻqishyapti. Har qanday kuchli oʻqituvchi boʻlmasin, har qanday kuchli tizim boʻlmasin bularni oʻqitishning iloji yoʻq (aksiga olib tizim ham talabani oʻqitishga emas, pulini olib diplom berishga qaratilgan). Chunki maktab bola darajasida ham bilimi yoʻq ularning.

Ertaga ming-minglab besavod oʻqituvchilar, chala shifokorlar, layoqatsiz xodimlar jamiyat hayotiga qoʻshilishadi. Siz-u bizning taqdirimizga ta'sir qilishadi. Kelajakni oʻylasam qoʻrqib ketaman gohida.
FILOLOG KUNDALIGI 📚

18 Nov, 07:52

1,717

Brem Stokerning "Drakula" kitobini oʻqiganda vampirning qasrini qanday tasavvur qilgandingiz?

Suratda: Drakulaning real hayotdagi makoni.

@dunyo_klassikasi