Neueste Beiträge von FILOLOG KUNDALIGI 📚 (@dunyo_klassikasi) auf Telegram

FILOLOG KUNDALIGI 📚 Telegram-Beiträge

FILOLOG KUNDALIGI 📚
Eng yaxshi kitoblarning oʻzi seni tanlaydi...

Murojaat va reklama uchun – @filolog_kundaligi_bot
2,048 Abonnenten
836 Fotos
28 Videos
Zuletzt aktualisiert 11.03.2025 18:18

Ähnliche Kanäle

Zabarjad Mediа
3,303 Abonnenten
TikiPedia
1,521 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von FILOLOG KUNDALIGI 📚 auf Telegram geteilt wurde.

FILOLOG KUNDALIGI 📚

30 Dec, 11:46

2,091

Dekabrda yil boshidan beri tamal toshi qoʻyib, intilayotganim, kutayotganim muhim hodisa yuz berdi: Adabiyotshunoslik yoʻnalishida tayanch doktoranturaga qabul qilindim.
Omadlimanmi? Yoʻq.
Tasodifmi? Mutlaqo. Gʻoliblar tasodiflarga ishonmaydilar.
Hammasi harakat, harakat va yana harakat.

Oʻtgan yildagiga qaraganda, badiiy asarlar mutolaasiga kam vaqt ajratganim rost. Lekin, erishilgan natijalar buni oqlaydi.
Muhimi, oilam, turmush oʻrtogʻimning qoʻllab-quvvatlashi, qishloq sharoitida 2 ta yosh bolali ona sifatida roʻzgʻor ichida yoʻqolib ketmaganim, bozordagi pomidor narxi bilan qiziqmaganim, gʻiybatlardan nari yurganim, balandroq mavzularda bemalol suhbatlasha olishim, oʻzimga boʻlgan ishonchning nihoyatda yuqoriligi.
Bu yil oʻylab qarasam, 27 yoshimda yoʻqotganlarimdan topganlarim bisyor ekan.

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

30 Dec, 11:46

1,525

2-yutuq, shubhasiz, karyeramda katta qadam qoʻyganim, Angren universityda ish faoliyatimni boshlaganim boʻldi. Kreativ jamoa, haqiqiy qalb kasbim, olov atmosfera maydonini topdim. 2015-yil oliy taʼlimga qadam qoʻygan vaqtimda kelajakda jurnalist yoki nashriyot bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanaman, deb oʻylardim.

Lekin, talabalarga dars oʻtish mobaynida shuni tushundimki, hamma ishda energiya sarflasa, men yigʻar ekanman. Konfutsiyning bir gapi bor: "Sizga yoqadigan ish bilan shug'ullansangiz, siz ishlamagan bo'lasiz".

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

30 Dec, 11:45

1,412

#yil_sarhisobi

Agar kanalni ancha vaqtdan buyon kuzatib kelayotgan boʻlsangiz, 2024-yil boshida turk tilini oʻrganishni boshlaganim haqida yozgan edim. Bahordagi eng zoʻr yutugʻim - 2 ta farzandimdan ortib, 3 oyda B2 daraja olganim boʻldi. Bunda Türk hocam @shaxnoza_filolog ning xizmati, ayniqsa dakkilari beqiyos)) Shu bilan birgalikda bir nechta ustozlarning online videodarslarini kuzatib bordim, solishtirdim, yangi narsa oʻrganishdan toʻxtamadim.

Til oʻrganish mobaynida bir narsani anglab yetdimki, hech qachon bitta ustoz bilan cheklanib qolmang! Bir nechta ustozlarning eng yaxshi, eng kuchli tomonlarini oʻzlashtiring. Avvalo, oʻsha tilni seving, sertifikat - imtiyoz beruvchi bir qogʻoz, ammo miyangizda saqlanib qoluvchi bilim eng qimmatbahosidir.

Kuniga kamida 2 soat vaqt ajrating. Til oʻrganish havasga emas, qandaydir reja, maqsad asosiga boʻlsin. 1 kunda til bilimdoni boʻlib qolmaysiz, vaqtlar oʻtib, oʻrganayotgan tilingizda film, serialni original tilda koʻrib, eshitib tushunsangiz - mana bu haqiqiy eyforiya.

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

30 Dec, 08:41

1,936

Ayolning joni qirqta, qalbi bitta!

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

30 Dec, 05:58

1,798

@bibliofilllll Akmaldan yil oxirida ajoyib sovgʻa keldi, kattakon rahmat, "Kitobdoshlar" jamoamiz N1. 😎

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

25 Dec, 16:15

1,954

Baʼzan hammasiga qoʻl siltaging keladi!

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

24 Dec, 18:30

1,732

Mashhur “bevafolar”: ular nafratga loyiqmi, shafqatga?

Yunon mifologiyasidagi Pandora har qanday xiyonatkor ayolning arxetipi sifatida koʻriladi. U Pandora qutisini ochishi bilan insonlar dunyosiga oʻlim va yomonliklar kirib kelgan. Shundan soʻng u xiyonat va aybdorlik ramziga aylangan. Lilit ham mifologiyadagi mashhur ayol obraz boʻlib, u Odamni tashlab ketib, iblis bilan ittifoq tuzgani aytiladi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3334

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
FILOLOG KUNDALIGI 📚

22 Dec, 08:29

2,029

Ushbu toʻplamni @alisher_abduhamidov ismli obunachimiz sovgʻa qildilar. Katta rahmat!

Eng yaxshi investitsiya bilim olishga qaratilgan investitsiyadir.


@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

21 Dec, 10:22

1,647

​​​​Tolstoy va Dostoyevskiy oʻrtasidagi 10 farq:

1. Tolstoy koʻp koʻzli, Dostoyevskiy koʻp ovozli yozuvchidir.

2. Tolstoy tashqariga, Dostoyevskiy ichkariga boqar.

3. Tolstoy aql va mantiq yozuvchisidir, Dostoyevskiy esa ziddiyatlarni aks ettiradi.

4. Tolstoy nima qilish kerak degan savollarning ortidan quvar ekan, Dostoyevskiy mumkin emas, nimalarni qilmaslik kerak degan savol ortidan boradi.

5. Dostoyevskiy kambagʻal boʻlgani uchun, kitob va qoralamalarining gonorarini oldindan olishga majbur edi. Tolstoy esa boy boʻlgani holda asarlari nashr etilgandan keyingina qalam haqi olardi.

6. Tolstoy asarlari uchun sogʻligʻidan qanchalik qarzdor boʻlsa, Dostoyevskiy hastaligi va taqdiri uchun shunchalik burchlidir.

7. Tolstoy epik, Dostoyevskiy esa dramatik janrda yozardi.

8. Dostoyevskiy Xudoga ishonardi, Tolstoy esa yashirincha eʼtiqod qilardi.

9. Tolstoy ijodi davomida eng yaxshisini izladi, Dostoyevskiy esa doim yomonlardan koʻra yomonrogʻi borligini eslatib turdi.

10. Inson insonlardan uzoqlashsa, Tolstoyni oʻqishni istaydi, inson insonlar orasiga kirgach, Dostoyevskiyning qadrini anglaydi.

Bu ikki yozuvchini bir-biriga qarshi qoʻymoq toʻgʻri emasdir. Na Tolstoy va na Dostoyevskiy, ikkisi birlikda Tolstoyevskiydir.

Turk tilidan kamina tarjimasi.

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

20 Dec, 04:03

1,327

Yaqin orada sotib olgan kitoblarim shular ekan. Endi ilmiy adabiyotlarga koʻproq murojaat qilishim tabiiy.

@dunyo_klassikasi