Yaqin-yaqingacha backendchi uchun deploymentni bilish shart emas deb o‘ylardim. Chunki oldingi ish joylarimda kamida 2-3 ta DevOps dasturchi bo‘lar edi va bu ishlarni ular bajarardi. Backendchi sifatida kod yozaman, API larni tayyorlayman, qolgani esa DevOps'ning ishi – CI/CD, serverlarni sozlash, security va deployment kabi ishlar ularga tegishli deb hisoblar edim. Bu fikrim 1-1.5 yildan beri teskarisiga o’zgargan.
Oxirgi 2-3 kun ichida Digital Ocean serveriga React ilovasini o‘zim deploy qilib ko‘rdim. Oldin faqat backend applicationlarni deploy qilib, frontend deployment bilan umuman shug‘ullanmaganim uchun bu tajriba men uchun qiziq bo‘ldi. Dastlab Docker bilan build qilib, container'ni Digital Ocean Container registry'ga saqladim, keyin serverda uni pull qilib ishga tushirdim. Natijada deployment vaqti 8-10 daqiqagacha cho‘zildi.
Bundan samaraliroq usul kerak edi. Keyin React’ni shunchaki github actions yordamida build qilib, tayyor fayllarni /var/www/ katalogiga yuklab, Nginx konfiguratsiyasida root va index ni to‘g‘ri ko‘rsatdim. Natija ajoyib bo‘ldi – deployment vaqti 30-40 soniyagacha tushdi!
Biroq bu usulda bitta muammo bor edi: yangi build yuklanayotgan vaqtda eski fayllar ustiga yoziladi va shu orada server ishlamay qolishi mumkin. Zero-downtime qilish uchun CI/CD pipeline yozdim:
✅ Oxirgi 3 ta build saqlanadi – agar yangi buildda xatolik bo‘lsa, avtomatik rollback ishlaydi.
✅ Deployment muvaffaqiyatli o‘tsa, Telegram bot yordamida guruhga bildirishnoma boradi.
Agar sizga CI/CD qismi qiziq bo’lsa, bu linkka kirib jarayonni ko’rishingiz mumkin
Xulosa:
— Backendchi deploymentni bilishi kerak. DevOps mutaxassislaringiz bo‘lsa ham, real hayotda backend dasturchining ham deployment jarayonlarini tushunishi va ba’zan o‘zi bajarishi kerak bo‘lib qoladi
— Backend dasturchi har doim professional DevOps darajasida bilimga ega bo‘lishi shart emas, lekin hech bo‘lmasa basic deployment, Docker, CI/CD, server konfiguratsiyasi, loglarni ko‘rish va tahlil qilish kabilarni bilsa, ishi ancha osonlashadi.
— Har doim eng samarali usulni izlash kerak. Oddiy statik fayllarni container ichiga joylash o‘rniga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Nginx orqali serve qilish bir necha barobar tezroq ishlaydi.
Siz qanday deployment usullaridan foydalanasiz?