KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI @dium11kasbituman Channel on Telegram

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

@dium11kasbituman


Мурожаат учун: @kamolov87a

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI (Uzbek)

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Kasbi Tuman Ixtisoslashgan Maktabining rasmiy kanalidir, bu yerda o'quv jarayoni, dars jadvali, tadbirlar haqida ma'lumotlar, yangiliklar va boshqalar bilan tanishishingiz mumkin. Kasbi Tuman Ixtisoslashgan Maktabi O'zbekistonda malakali o'quv uslublarini va eng zamonaviy ta'limning eng yaxshi tajribasini o'quvchilarga taqdim etadi. Kanalda o'quvchilar uchun foydali ma'lumotlar, mustaqil yondashuvlar va kasbiy kengaytirish bo'yicha ko'rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin. Xo'sh kelibsiz va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Feb, 01:08


🇺🇿Azizbekning muvaffaqiyatli qadami har bir o'zbekistonlik yosh uchun katta motivatsiya!

Azizbek kelgusidagi o'qish va ishlaringizda omad.

@alisher_sadullaev

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

19 Feb, 10:35


Bugun 19-fevral kuni maktabimizga Toshkent jamoat xavfsizligi universiteti 2-bosqich kursanti Suyunov Akbar bilan maktab o'quvchilari o'rtasida yoshlarni kasbga yo'naltirish  bo'yicha uchrashuv tashkil etildi. Akbar Suyunov maktab partasidan toki hozirgacha, universitet talabasi degan sharafli nomga erishgunga qadar bosib o'tgan yo'li haqida o'quvchilar bilan o'rtoqlashdi.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

19 Feb, 09:34


Farmatsevtika texnik universiteti (FTU) mutaxassislari maktabimizga tashrif buyurib universitet haqida qiziqarli maʼlumotlarni oʻquvchilarga yetkazishdi va oʻqishga taklif qilishdi.

Farmatsevtika texnik universiteti (FTU) Oʻzbekiston Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-sonli qaroriga muvofiq “Tashkent Pharmaning Republic Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasteri tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 17-may 2022-yildagi 263-sonli qarori bilan Farmatsevtika texnik universitetining faoliyatiga tegishli ma'muriy va operatsion talablar ishlab chiqarish. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi universitetning taʼsischisi.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

19 Feb, 09:24


Fizika fanidan amaliy dars.
Fan oʻqituvchisi: Ramazon Rajabov

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

08 Feb, 09:41


#Umid_nihollari
#Shaxmat

Umid nihollari sport musobaqalari doirasida sportning shaxmat turi boʻyicha tuman bosqichi oʻtkazildi.

🥇 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi FAYZIYEV ABDIKAMOL oʻgʻil bolalar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni egalladi va viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Viloyat bosqichida ham omad tilaymiz!

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

08 Feb, 06:21


#Navoiy_day
#584

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan 7-D sinf o'quvchilari tomonidan yodlangan g'azallar va ruboiylar.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

08 Feb, 06:16


#Navoiy_day
#Bobur_day

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ikki buyuk siymo Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan chellenj oʻtkazilmoqda.

Maktabning 5-sinf o‘quvchilari.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

08 Feb, 06:11


#Alisher_Navoiy

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari oʻtkazildi.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Feb, 10:49


#kitobxonlik

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-sinf oʻquvchilari bilan Rus tili fani oʻqituvchisi Nargiza Saidova rahbarligida tuman Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib kitoblar olamiga sayohat uyushtirildi.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Feb, 08:53


#ochiq_dars
#informatika

5-A sinfda Informatika fanidan ochiq (noan'anaviy) dars oʻtildi.

Mavzu: Excel dasturida jadvallar yaratishda funksiyalardan foydalanish.

Dars amaliy mashqlar yordamida oʻtildi. Oʻquvchilar darsda diagrammalar yaratishdi.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Feb, 08:12


#Navoiy_day
#Bobur_day

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ikki buyuk siymo Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan chellenj oʻtkazilmoqda.

Maktabning 7-"D"sinf o‘quvchisi Obidov Shohjahon

Adabiyot fani oʻqituvchisi: Feruza Ibragimova

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

05 Feb, 12:41


Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Feruza Ibragimova tomonidan 9-B sinfda adabiyot fanidan "Abdulla Oripovning "Sohibqiron" dramasi" mavzusida tashkil etilgan ochiq darsdan fotolavhalar.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

05 Feb, 05:14


Bugun, 5-fevral kuni Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari, Robo-coding olimpiadasida faol ishtirok etgan, til bilish sertifikatlarini qoʻlga kiritgan, toʻgaraklarda faol ishtirok etayotgan oʻquvchilari taqdirlandi.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

01 Feb, 15:08


Temurbek Adhamov:  Yoshlar orasida yangi muammolar paydo bo'lyapti.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

31 Jan, 05:32


#my_first_president

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 87 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari, videoroliklar namoyishlari tashkil qilindi.

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

30 Jan, 12:50


#my_first_president

Bugun, 30-yanvar, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana.

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

29 Jan, 17:49


#Albatta_koʻring

Jamiyatimizda ilm va tarbiyani qadrlovchi insonlar hamda farzandlariga ibrat bo'la oladigan ota-onalar ko'payaversin.


Ustozlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor oshganda, o‘qituvchilar o‘z ishiga yanada mas’uliyat bilan yondashadilar, natijada sifatli ta’lim tizimi shakllanadi. Farzandlar ota-onalarining ustozlarga hurmatini ko‘rib, o‘zlari ham odobli, tarbiyali bo‘lib voyaga yetadilar. Bu jamiyatda axloqiy qadriyatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Ustozlarga e’tibor qaratilgan jamiyatda ilmli kishilar ko‘payadi, bu esa fan, texnologiya va innovatsiyalarning rivojiga turtki beradi. Kelajak avlod mustahkam poydevorga ega bo‘ladi. Bunday muhitda o‘sgan bolalar bilimli, mas’uliyatli va vatanparvar bo‘lib yetishadi, bu esa jamiyatning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, ustozlarni hurmat qilish odati jamiyatda ilm-fan va tarbiyaning yuksalishiga, odob-axloqning rivojlanishiga va kelajak avlodning yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.


Kasbituman_im

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

26 Jan, 05:14


Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Pahlavon Gʻulomov hamda Asilbek Ashrapov BAAda boʻlib oʻtgan Zayed Sustainability Prize sovrindoriga aylanganidan koʻpchilikning xabari bor, menimcha.

Tanlovda gʻolib boʻlgan loyiha yordamida yomgʻir suvini yigʻib, qayta ishlash va isteʼmolga yaroqli holga keltirish mumkin. BAA ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami hisobda 150 ming AQSh dollari miqdorida pul mablagʻlarini taqdim etdi. Davlatimiz rahbari nomidan oʻquvchilarning oilasiga va ularning ustoziga BYD avtomobillari ham sovgʻa qilindi.

Biz bugun yosh va umidli qahramonlarimizning fikrlariga hamda taassurotlariga qiziqdik. Oʻquvchilarimiz hikoyalari, bu yutuqlarga erishish yoʻlidagi harakatlarini ularning oʻzini tilidan eshitish tengdoshlari, mamlakat yoshlari uchun motivatsiya boʻladi degan umiddaman.

Aminmanki, ular yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan munosib mutaxassislarga aylanishadi.

Shu oʻrinda Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasiga hamda oʻquvchilarimizning ota-onalariga minnatdorlik bildiraman. Farzandingiz bugun Yangi Oʻzbekiston ta’limining haqiqiy yulduzlaridir.

P/S: Pahlavon erishgan yutuqlarining eng katta sababchisi sifatida ota-onasi oʻqituvchi ekanligini aytgan joyi shaxsan menga qattiq ta’sir qildi. Ta’limni, jamiyatni mana shunday ilmli, farzandi taqdiriga befarq boʻlmagan oʻqituvchilar, ota-onalar rivojlantiradi.

@hilola_umarova

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

25 Jan, 13:42


#Umid_nihollari
#Shaxmat

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Umid nihollari sport musobaqalari doirasida sportning shaxmat turi boʻyicha 1-sektor bosqichi oʻtkazildi.

🥇 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi FAYZIYEV ABDIKAMOL oʻgʻil bolalar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni egalladi va keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

24 Jan, 16:01


#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#milliy_sertifikat

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari chet (ingliz) tilini bilish darajasini belgilovchi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtib milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdilar.

11-sinf Abdullayev Shohjahon - B2
11-sinf Toʻrayev Diyorbek - B2

10-sinf Davronov Fayozbek - B2
11-sinf Shodiyeva Mubina - B2
10-sinf Shodiyeva Rayhona - B2


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

24 Jan, 10:19


Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari, videoroliklar namoyishlari tashkil qilindi.

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

24 Jan, 07:00


Toshkent, Oʻzbekiston

23.01.2025


Ташкент, Узбекистан

23.01.2025

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

22 Jan, 14:24


#milliy_sertifikat
#ona_tili_va_adabiyot

Maktabimizning oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Jumayev Elbek Baxriddinovich

umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat
ni 100% natija bilan qoʻlga kiritdilar. Ustozimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

22 Jan, 07:09


"REPORTAJ" Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo`lib o`tgan harbiy-vatanparvarlik tadbiri tafsilotlari.

#21jan #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
https://t.me/qashqadaryo_trk

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

21 Jan, 13:44


#Umid_nihollari
#Futbol

Kasbi tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Umid nihollari sport musobaqalari doirasida sportning futbol turi boʻyicha 1-sektor bosqichi oʻtkazildi. 20 ta maktab jamoasi ishtirok etdi va yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🥈12-maktab
🥉46-maktab

Maktabimiz jamoasiga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

21 Jan, 08:57


Диққат!

Бугун, 21.01.2025 йил, соат 19-45 да Қашқадарё телевидениеси "РЕПОРТАЖ" кўрсатуви орқали Касби туман ихтисослаштирилган мактаби фаолияти ёритилади.

Кўришни тавсия қиламиз🔥

👉 @DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Jan, 14:12


Bugun Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand bo‘ldim.

Bu g‘alaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz!

-
Сегодня от имени Президента Республики Узбекистан мы с радостью вручили награды родителям двух учеников Президентской школы города Ташкента и их наставнику, победивших в номинации «Глобальные средние школы» премии Шейха Заида в Абу-Даби.

Эта победа — символ надежды и вдохновения для всей нашей молодёжи. Гордимся вами!

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Jan, 04:09


Ошиқлар сузилиб сўзлаганда ҳам,
Дўст ёрон ҳолингни сўраганда ҳам.
Атрофинг шодликка бурканганда ҳам,
Барибир онанинг ўрни бошқача.

Опангман дегани бу асли бекор,
Сингил ҳам ўз куни ташвишлари бор.
Эй дўстим у доим йўлларинга зор,
Барибир онангинг ўрни бошқача.

Дуолар қилади оромин билмай,
Қайғурар сен учун кўксини тирнай.
Чарчамас аллоҳдан баҳтингни сўрай,
Барибир онанинг ўрни бошқача.

Табибинг бўлади жонинг оғриса,
Силайди бошларинг ғамга эгилса.
Бардоши етмайди ёшинг тўкилса,
Барибир онанинг ўрни бошқача.

Пўпалаб асради ғамдан синовдан,
Жабрлар тортди-ку алам ситамдан.
Қутилмай қолибди сочи қировдан,
Барибир онанинг ўрни бошқача.

Топмайсан дунёда ундай буюк зот,
У билан тотлидир бу гўзал ҳаёт.
Меҳрига битилар энг буюк баёт,
Барибир онанинг ўрни бошқача.
https://t.me/DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Jan, 01:37


Турмуш қурганлар ажрашишни истайди, Турмуш қурмаганлар эса севги излайди.

Оддий одамлар машҳур бўлишни хоҳлайди, Машҳурлар эса махфийликни орзу қилади.

Болалар тезроқ катта бўлишни хоҳлайди, Катталар эса яна бола бўлишни истайди.

Ишлаётганлар бироз бўш вақт излайди, Ишсизлар эса барқарорликни излайди.

Ёшлар ота-оналари билан вақт ўтказишни истамайди, Кекса одамлар эса ота-оналарини яна бир марта кўришни орзу қилади.

Ҳаётнинг бу зиддиятлари бизга шуни кўрсатадики, инсон ўзида йўқ нарсани орзу қилади ва мавжуд неъматларни қадрлашни унутиб қўяди. Аслида эса ҳаётнинг ҳар бир босқичи ўзига хос гўзалликка эга. Бугунги кунингизни қадрланг, чунки бир кун келиб бугунги хотираларингизни соғинасиз. Шу онни севинг, ҳозирги мавжуд нарсалар учун миннатдор бўлинг – ҳақиқий бахт мана шунда яширин.
https://t.me/DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

19 Jan, 10:54


#Robo_coding

OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida "Robo-Coding" olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5–8-sinflar hamda yuqori 9–11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib, mazkur olimpiadada ishtirok etdi.

Olimpiada nizomiga muvofiq oʻquvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk koʻtarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yoʻnalishlarida bellashishdi.

Oʻquvchilarimiz Tilobov Ozodbek, Yarashov O'lmasbek va Kamolov Azizbeklardan shakllantirilgan jamoamiz ushbu olimpiadada faxrli 2-oʻrinni egallashdi.

Biz shunday isteʼdodli oʻquvchilarimiz bilan faxrlanamiz!

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

18 Jan, 18:56


#Umid_nihollari

Kasbi tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Umid nihollari sport musobaqalari doirasida sportning yengil atletika turi boʻyicha 1-sektor bosqichi oʻtkazildi.

Yadro uloqtirish boʻyicha qiz bolalar oʻrtasida oʻquvchimiz Mursalova Kumush 1-oʻrinni egallab keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

18 Jan, 13:37


Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283


👉 @xushnudbek 👈

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

18 Jan, 11:56


Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘qituvchilari yangi baholash tizimi joriy qilingan umumtaʼlim maktablariga borib metodik yordam ko‘rsatishdi.

👉 @DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

18 Jan, 11:56


Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘qituvchilari yangi baholash tizimi joriy qilingan umumtaʼlim maktablariga borib metodik yordam ko‘rsatishdi.

👉 @DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

17 Jan, 14:27


Yangi Oʻzbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri

Tuman ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtgan tadbir shunday nomlandi. Tadbir ishtirokchilari maktab hayoti bilan tanishdilar.Ular maktabning sport zali, kutubxonasi va fan xonalarida boʻlib, oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Maktabning 8-sinf oʻquvchisi Sh.Baxtiyorov va 14-Bolalar musiqa va sanʼat maktabi orkestr jamoasi chiqishlari tomosha qilindi.

Sharif Maʼdiyev, Gʻayrat Umurqulov, Luqmon Baratov, Roʻzmurod Toʻrayev kabi harbiylar va Kasbi tuman Mudofaa boʻlimining boshligʻi Z.Hamidov,faxriy oʻqituvchi B.Maʼdiyevlar Vatan tuygʻusi,harbiy xizmat har bir yigit-qizning farzandlik burchi ekanligi haqida gapirdilar.

Tadbirda R. Togʻayevga "Mudofaa Vazirligi faxriysi", L. Baratovga Buxoro davlat pedagogika instituti koʻkrak nishoni hamda ilgʻor ChQBT fani oʻqituvchilariga Mudofaa vazirligi faxriy yorlqlari topshirildi.

Mehmonlarga ham maktab maʼmuriyati tomonidan sovgʻalari ulashildi.

👉 @Kasbisadoqat

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

14 Jan, 12:19


14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

14 Jan, 05:41


Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!


Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman.

Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor.

Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay bo‘lish — bu insondagi eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

14 Jan, 05:41


#Qudrating_yuksalsin_mening_armiyam

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

13 Jan, 14:38


“Асосан бепул онлайн курслардан фойдаландим” — Ўзбекистонда илк бор SAT'дан 1600 балл олган бухоролик 18 ёшли йигит

Парвиз Тўқсонов дунёнинг топ университетларига киришда асосий баҳолаш тестларидан бири — SAT имтиҳонидан ўзбекистонликлар ичида биринчи бўлиб энг юқори баллни қўлга киритди. У Kun.uz мухбири билан суҳбатда бундай натижага қандай эришгани, тайёргарлик ҳамда имтиҳон жараёнлари ҳақида сўзлаб берди.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

13 Jan, 10:48


#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

13 Jan, 05:01


#Jamoatchilik_muhokamasi

⚡️“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга ошириш бўйича давлат дастури ва уни тасдиқлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳалари ишлаб чиқилиб, кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

Давлат дастури лойиҳасида 5 та устувор йўналиш бўйича 2025-йил учун амалий чора-тадбирлар, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати ва мақсадли кўрсаткичлар назарда тутилмоқда.

Лойиҳада атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” масалалари, шунингдек ижтимоий-иқтисодий, давлат бошқаруви, суд-ҳуқуқ, хавфсизлик ва ташқи сиёсат йўналишларида 2025 йилга мўлжалланган кенг кўламли ислоҳотлар назарда тутилган.

🗓 Лойиҳа 2025 йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

2025 йилги Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этиб, ўз таклифларингизни uzbekistan2030.uz онлайн портали орқали билдиришингиз мумкин.

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga obuna bo‘ling👇
https://t.me/jamoa_nazorati

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

10 Jan, 05:15


#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-yanvar sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

09 Jan, 15:54


Ertaga 10-yanvar kuni ertalab soat 08:00 dan 09:00 ga qadar 5-sinf oʻquvchimiz Raxmatilloyev Ruslan Umidullo oʻgʻli bilan Qashqadaryo TVda "Fayzli kun" dasturida jonli muloqot oʻtkaziladi. Erta tongdan Ruslanjonni jonli muloqotini tomosha qilishni va qoʻllab-quvvatlashni taklif qilib qolamiz.

Maʼlumot uchun Ruslanjon "Osiyo yulduzlari" II Xalqaro tanlovida Xalq cholgʻulari yoʻnalishi boʻyicha faxrli 2-oʻrinni  qoʻlga kiritgan edi.

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

09 Jan, 15:49


https://t.me/fayzlikunsalom

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

08 Jan, 14:58


📌Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi muassisligidagi gazeta va jurnallarning rasmiy telegram kanallari bilan tanishing:

📱"Ma'rifat" gazetasi: https://t.me/marifatziyo

📱"Учитель Узбекистана" gazetasi: https://t.me/teacherofUzbekistan

📱"Til va adabiyot ta'limi" jurnali: https://t.me/TAT_jurnal

📱"Boshlangʻich ta'lim" jurnali: https://t.me/BT1992

📱 "Xalq ta'limi" jurnali: https://t.me/xalq_talimi_jurnali

📱"Tong yulduzi" gazetasi: @tongyulduz

📱"Gulxan" jurnali: @gulxanjurnali @gulxan_uzb

📱"Gʻuncha" jurnali: @Guncha_jurnali

📱"Кlass" gazetasi: @klassgazeta



📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

07 Jan, 13:17


IQ darajasi bo‘yicha dunyo reytingida Xitoy 107,43 ball bilan 1-oʻrinni band qilgan. 2-oʻrin esa Eronga nasib qilgan – 106.63 ball. Bundan tashqari, kuchli beshlikdan Janubiy Koreya (106,57 ball), Yaponiya (106,54 ball) hamda Singapur (105,25 ball) joy olgan.
 
96,98 ball olgan Oʻzbekiston esa 69-oʻrinda koʻrsatilgan.
 
Qayd etilishicha, test sinovida Oʻzbekistondan 8986 kishi ishtirok etgan. Oʻtgan yili bu koʻrsatkich 94,81 ballga teng edi, bu yil 2,17 ballga oshgan.
 
Maʼlumot uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozogʻiston 66-oʻrinda (97,27), Qirgʻiziston 84-oʻrinda (95,0), Tojikiston 96-oʻrinda (93,75), Turkmaniston haqida boʻlsa maʼlumot yoʻq.
 
Taʼkidlanishicha, mamlakatdagi oʻrtacha IQ miqdoriga quyidagilar taʼsir qiladi:
 
▪️ Yuqumli kasalliklar: 2010-yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yuqumli kasalliklar darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda odatda IQ miqdori past boʻlgan aholi yashaydi. Ushbu kasalliklar kognitiv rivojlanishga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Afrika yuqumli kasalliklardan eng koʻp zarar koʻrgan qitʼadir.
 
▪️ Ovqatlanish odatlari: 2025-yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yaxshi ovqatlanish odatiga ega boʻlgan bolalar boshqa bolalarga qaraganda yuqori IQ miqdoriga ega.
 
▪️ Intellektual faoliyat: 2022-yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, muntazam ravishda shaxmat oʻynash bolalarning IQ darajasini oshirishi mumkin. 1962-yildagi yana bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ikki tilda soʻzlashadigan bolalar faqat bir tilda gapiradigan bolalarga qaraganda IQ testida yuqori ball olgan.
 
▪️ Genetika: 2013-yilda mingdan ortiq egizaklar ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, IQ 50-80 foiz genetika bilan belgilanadi.

👉 @DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

07 Jan, 13:15


IQ darajasi boʻyicha dunyo reytingi yangilandi

Unga 127 davlat qamrab olingan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26262

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

07 Jan, 13:10


Ўз дунёсида яшаётган болалар. Аутизм билан қандай курашиш керак?

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти маълумотларига кўра, дунё бўйича туғилаётган ҳар 100 нафар боланинг биттасида аутизм аниқланади ва охирги йилларда аутизмга чалинган болалар сони ҳар йили 13 фоизга ошмоқда. Аутизм ташхисли болаларнинг ўз дунёси бўлади. Шунинг учун улар жамиятга мослашиши қийин. Лекин уларни бу ҳолида ёлғиз қолдириш касалликнинг янада оғирлашишига сабаб бўлади. Kun.uz Тошкентдаги Нурафшон ўқув маркази билан ҳамкорликда шундай болаларни жамиятга мослаштириш юзасидан йўриқномаларни тақдим этади.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

07 Jan, 12:48


‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Fanlar majmuasida 218 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Jan, 09:07


​​​​Мен қайта ва қайта муваффақиятсизликга учрадим, ва шунинг асносида муваффақиятг эришдим.
© Майкл Жордан
• • •
Инсонни ахлоқ жихатидан тарбияламасдан туриб интеллектуал жихатдан тарбиялаш бу жамият учун тахдид демакдир.
© Теадор Рузвелт

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

05 Jan, 09:57



Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, ammo to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan.

© Mahmud az-Zamaxshariy

👉 @DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

05 Jan, 08:25


РУҲИЙ ХОТИРЖАМЛИККА ЭРИШИШНИНГ 15 УСУЛИ...

1. Нуқсонсиз бўламан, деб уринманг. Ҳар доим мукаммаллик ягона Аллоҳга хос эканини эсингиздан чиқарманг.

2. Муҳаббат билан яшанг. Меҳр кўриш учун, энг биринчи, бошқаларга меҳр кўрсатишингиз керак.

3. Яхшилигингизга жавоб кутманг, сувга отинг. Эзгу амалингизга рағбат олишни хоҳлашингиз табиий. Аммо, у яширин қолганида сиз учун янаям хайрли бўлишига ишонинг.

4. Эътиборни қозониш завқини ҳис эттириш билан атрофингиздагиларга қувонч беринг.

5. Ҳар лаҳзада яшашни ўрганинг. Ўтмишдаги хатолар ёки келажакка оид қўрқувларингиз бугунингизга таъсир қилишига йўл қўйманг.

6. Ўрганишда кенг бўлинг. Бошқаларнинг билими ўзингиздан кўпроқ эканини ўйланг. Ҳаётингиздаги ҳар бир воқеа-ҳодиса бежиз рўй бермаганидан, сизга нимадир ўргатишидан амин бўлинг.

7. Сабрга одатланинг. Чунки шундай қилмасангиз, ҳар бир кичик ғамдан фожиа ясаш оддий ҳолга айланади.

8. Дўстона қўл чўзинг! Хафагарчиликдан кейин биринчи қадамни доим қарши тарафдан кутманг. Ёдингизда тутинг, ҳақ бўлиш бахтли бўлишдан аҳамиятли эмас.

9. Ҳақиқатга бўйин эгинг. Шикоят қилиб, нолиб, ўзингизнинг, бошқаларнинг кайфиятини бузиш ўрнига, борини борича қабулланишга ўрганинг.

10. Ўзингизга “жимлик вақти” белгиланг. Ҳамма нарсадан холи, ёлғиз қолишни хоҳлайдиган пайтларингиз бўлади. Бундай дамлар ўзингизни ўзингиз эшитишингизни таъминлайди, ҳузур беради.

11. Олдин қаршингиздаги одамни тушунишга урининг. Агар атрофингиздагилар билан тўғри муносабатни шакллантиришни истасангиз, шундай қилишингиз керак.

12. Камтар, сипо бўлинг. Бошқаларга ўзингизни исботлашга қанча кам уринсангиз, ичингиздаги ҳузур шунча ортади.

13. Танқидни қабул этинг. Оддий эътироз учун жанжаллашиш ўрнига танқидга тўғри қарашни синаб кўрсангиз, ўзингизни янаям яхши ҳис қиласиз.

14. Парчаларга бўлинманг. Бир пайтнинг ўзида бир неча юмушни уддалайман деб бекор уриниш ўрнига битта ишни чиройли бажаринг.

15. Нима бўлганда ҳам бахтли эканингизга ишонинг. Ёдингизда тутинг, инсонннинг ўзи саодатли эканига ишонмаса, унга ҳеч ким ёрдам беролмайди.

@DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

05 Jan, 06:07


#biz_haqimizda
#qisqacha

🤩 AGENTLIK TIZIMIDA HOZIRGI KUNDA:
14 ta Prezident maktabi;
9 ta ijod maktabi;
2 ta sport maktabi;
185 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari;
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Fan olimpiadalari markazi;
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
"Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

🗣Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

04 Jan, 11:38


#Shaxmat

2025-yil 4-yanvar kuni boʻlib oʻtgan "Umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati" Kasbi tuman bosqichida maktabimiz oʻquvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib viloyat bosqichiga yoʻl olishdi:

11 yoshgacha:
🥇1-oʻrin - Salimov Ogʻabek (Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinf oʻquvchisi)

12-13 yosh:
🥇1-oʻrin - Erkinov Yusuf (Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-sinf oʻquvchisi)

14-15 yosh:
🥇1-oʻrin - Abdurahmonov Temur (Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-sinf oʻquvchisi)

16-17 yosh:
🥉3-oʻrin - Fayziyev Abdukamol  (Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf oʻquvchisi)

Oʻquvchilarimizga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

28 Dec, 18:18


#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

27 Dec, 14:21


#Yangi_yil

🎄Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar uchun yangi yil tadbiri tashkil qilindi va ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Tadbir davomida ko'ngilochar musiqiy chiqishlar, raqslar ijro etildi, o'quvchilar o'rtasida qiziqarli shartlar bajarildi.

❄️ 2-chorak davomida muvaffaqiyatga erishgan, fan olimpiadasi tuman, viloyat bosqichida faxrli oʻrinlarni egallagan, fan bilish sertifikatlarini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar taqdirlandi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

26 Dec, 10:11


7-sinflarda
Texnologiya fanidan "Smart house"
loyihasi.

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

25 Dec, 16:03


#rejalar_2025

Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.

Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;

Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;

6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;

“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;

“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;

Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;

Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;

Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;

Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;

Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;

6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.

@hilola_umarova

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

25 Dec, 14:22


#ChSB_imtihonlari
#3_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida II chorak yakuni boʻyicha ChSB imtihonlari oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

📸 Jarayonlardan suratlar.

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

25 Dec, 13:44


#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#milliy_sertifikat
#C+

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-A sinf oʻquvchisi Joʻraqulov Diyorbek Dilshod oʻgʻli TARIX fanidan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun Diyorbek bundan tashqari ingliz tili va ona tili fanlaridan ham sertifikatlarni qoʻlga kiritgan!

Taʼlim-tarbiya bergan ota-onasiga va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

25 Dec, 13:27


#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#milliy_sertifikat
#matematika

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari MATEMATIKA fanidan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatni qoʻlga kiritdilar.

11-B Maydonov Jahongir - B
11-B Davurov Behruz - C

Taʼlim-tarbiya bergan ota-onasiga va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

08 Dec, 03:45


“Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

#konstitutsiyamiz_32yoshda

@hilola_umarova

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

07 Dec, 02:31


Ассалому алайкум.

Бугун Касби туман ихтисослаштирилган мактабининг маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари Чўлиев Ойбек Саъдулла ўғлининг таваллуд топган кунлари. Ҳурматли Ойбек Чўлиев Сизга узоқ умр, сихат- саломатлик, оилавий бахт тилаймиз. Ёшларга таълим-тарбия беришдан асло чарчаманг.

Ҳурмат билан, Касби туман ихтисослаштирилган мактаби жамоаси.

👉 @DIUM11kasbituman

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Dec, 11:33


#8_dekabr
#Konstitutsiya
#32_yilligi

🎭 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlab Konstitutsiyadagi birdamlik g'oyalari ifodalangan sahna ko'rinishlari, she'r va ashulalarni o'z ichiga olgan tadbir tashkil etildi.

📝 Barcha o'quvchilarni qamrab olgan holda namunaviy dars materiallari asosida Konstitutsiya darslari o'tkazildi.

🎨 Maktab o'quvchilari o'rtasida "Xalq Konstitutsiyasi", "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi", "Konstitutsiya bilimdoni", "Konstitutsiya - kelajagim mash'ali" mavzularida rasmlar tanlovi o'tkazildi va g'oliblar taqdirlandi.

🎈 Maktab hududi bayroqlar va sharlar bilan bezatildi. 🇺🇿

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Dec, 10:25


#Zôravonlikka_qarshimiz

⚡️Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi doirasida maktab psixologi I.Bozorov tomonidan psixologik treninglar o'tkazildi.

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Dec, 09:41


9-D sinf o'quvchilari bilan Kimyo fanidan o'qituvchi Sardor Karimov tomonidan tashkil etilgan "Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari" mavzusida amaliy mashg‘ulot jarayonlari.

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

06 Dec, 08:51


#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi erkinligimiz kafolatidir.

👉 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

23 Nov, 12:19


Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent halqa yo‘li bo‘yida (Bektemir tumani) barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.

Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Bahorda 138 million dona ko‘chat ekilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

21 Nov, 10:10


21.11.2024 sanada INFORMATIKA va AT fani o'qituvchisi Elliyeva O'g'iloy tomonidan 8-A sinfga "Web sahifada matn joylashtirish va ularni boshqarish" mavzusida o'tkazilgan ochiq darsdan havola.

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

21 Nov, 10:08


Kimyo fanidan " Ko'p atomli spirtlarning sifat reaksiyasi" mavzusida laboratoriya ishidan lavhalar.

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

21 Nov, 10:05


#Ochiq_dars
#ART

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ART (San'at) fani o'qituvchisi Eliyeva Sayyora tomonidan 5-A sinfda "Mening sevimli ertagim" mavzusidagi illyustratsiya mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Nov, 06:56


Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida nutq soʻzlamoqda.

Prezidentimiz yigʻilishda ijtimoiy sohada muhim oʻzgarishlar roʻy berganini taʼkidladi.

Oʻtgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bogʻcha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha taʼlimda – 74 foizdan, oliy taʼlimda esa – 39 foizdan oshdi.

Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qoʻlga kiritdilar.

“Oʻzbekiston tarixida ilgari hech qachon boʻlmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-gʻayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlatimiz rahbari.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Nov, 06:56


Endilikda koʻp qirrali yondashuvlar asosida kambagʻal oilalarning aʼzolariga sifatli taʼlim berish, ularni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, sogʻligʻini yaxshilash, psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha individual koʻmak berish paketlari boʻlishi belgilandi.

2025-yilda 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi.

Shu maqsadda kambagʻal oilalar bolalari maktablarda chet tili, kasb-hunar va IT boʻyicha bepul bilim olishi uchun 500 milliard soʻm ajratiladi. Ijtimoiy ahvoli ogʻir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Nov, 06:56


Majlisda taʼlim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.

Kelgusi yillarda bogʻchalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa boʻlib qoladi.

Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablagʻlari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bogʻcha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bogʻcha va 379 ta maktab taʼmirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion soʻm ajratiladi.

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

20 Nov, 06:55


#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

19 Nov, 13:05


Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

19 Nov, 06:16


📣 Har bir tuman(shahar)dagi bitta maktab negizida “Jasorat maktabi” tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:


umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va CHQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi;

2025-yil 1-iyundan:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi “Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari” lavozimi tugatilib, ushbu shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi. Mazkur shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi;

CHQBT rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiya toʻlanadi;

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 (bir) shtat birligi CHQBT rahbari lavozimi qoʻshib boriladi;

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

respublikadagi har bir tuman (shahar)dagi bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ushbu maktablarda matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet-tili, fizika kabi ixtisoslik fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Oʻquvchilarni saralash beshinchi sinfdan boshlab amalga oshiriladi;

“Jasorat maktab”lariga biriktiriladigan CHQBT rahbariga umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi, shuningdek tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, ustama haq, qoʻshimcha toʻlov, ragʻbatlantirish va moddiy yordam koʻrsatish shartlari ham tatbiq etiladi;

Harbiy poligonlarda oʻquvchilar oʻquv yili davomida ikki marta, harbiy qismlarda har chorakda bir marta amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;

👉 Qarorning toʻliq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

18 Nov, 13:30


Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-D sinf oʻquvchisi Panjiyeva Muxlisa tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videoroliklar tanlovi uchun tayyorlagan videoroligi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

18 Nov, 05:19


Aziz yurtdoshlar,
Qadrli hamkasblar!


Bugun yana bir muhim sana — 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimiz miqyosida keng nishonlanmoqda.

Albatta, bayroq qadim-qadimdan xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Shu maʼnoda vatanimiz bayrogʻining oʻrni va qadri har birimiz uchun muqaddas va ulugʻdir.

Men ishonamanki, bugungi yosh avlod vakillari mamlakatimiz bayrogʻining yurtimiz suvereniteti va jahondagi mustaqil davlatlar orasidagi munosib oʻrnini belgilashdagi ahamiyatini yurakdan his qilishadi va faxrlanishadi.

Barchamizga bugungi milliy iftixor bayrami muborak boʻlsin.

Mustaqil Oʻzbekistonning davlat bayrogʻi doimo baland hilpirayversin.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

16 Nov, 06:53


#iqtibos

🪴 Ibn Jamoʼa rohimahulloh shunday dedilar :

"Ilm uch qarichdan iborat !

I. Kim (ilmda) bir qarich ildamlasa, kibrlanadi ;

II. Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar boʻladi ;

III. Kim uch qarich ildamlasa, (hali hech narsani) bilmasligini tushunib yetadi !"

📚 Tolibi ilm odobi, 181-bet

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

15 Nov, 14:28


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videoroliklar tanloviga taklif qilamiz.

Tanlovda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Videorolik tayyorlash uchun muddat 15-noyabrdan 20-noyabrga qadar. 1-2-3-oʻrinlar aniqlanadi va ularning videoroliklari ijtimoiy tarmoqlarga joylanadi. 1-oʻrin viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Tanlov sharti va baholash mezonlari haqida👆 yuqoridagi faylda batafsil maʼlumot berilgan.

Aziz oʻquvchilar, kreativ mahoratingizni ishga solib videostudiyalar orqali oʻz videoroligingizni yaratib ushbu tanlovda ishtirok eting!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

15 Nov, 10:34


#Robo_coding_olimpiadasi
#Maktab_bosqichi

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari o‘rtasida 🤖“Robo-Coding” olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

01 Nov, 16:49


#ochiqdars
#geometriya
Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 1-noyabr kuni birinchi toifali rus tili fani o'qituvchisi, xalqaro sertifikatga ega ustoz Saidova Nargiza Muhammadovna tomonidan 7-A sinfda ochiq dars o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

Telegram
KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI


Telegram
KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
@kamolov87a

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

01 Nov, 14:58


#ochiqdars
#geometriya
Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 1-noyabr kuni oliy toifali matematika fani o'qituvchisi, xalqaro GRE sertifikatiga ega ustoz Vohidova Manzura Azimovna tomonidan 5-B sinfda ochiq dars o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
Telegram | Facebook

Telegram
KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI


Telegram
KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
@kamolov87a

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

01 Nov, 13:22


#Zakovat
#Maktab_turniri
#8_11_sinflar

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 31-oktabr kuni 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yini maktab turniridan videorolik.

🌐 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

01 Nov, 11:26


#Saylov

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Kamolov Azizjon Aminovich Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputatligiga saylandi.

🌐 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

01 Nov, 11:18


#Zakovat
#Maktab_turniri
#8_11_sinflar

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 31-oktabr kuni 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini maktab turniri o'tkazildi.

🥇11-B sinf jamoasi 🏆
🥈11-A sinf jamoasi
🥉10-A sinf jamoasi

Bugun 1-noyabr kuni g'olib jamoalarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

🌐 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

29 Oct, 03:14


Ўрганишдан тўхтаган инсон қарийди.

Фарқи йўқ йигирмадами ёки саксонда... Ўрганишда давом этаётган ҳар қандай инсон эса, ёшлигини сақлаб қолади.

Ҳаётда энг асосийси - онг ёшлигини сақлаб қолиш.

Генри Форд

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

28 Oct, 11:57


#Shaxmat
#Maktablar_ligasi
#Tuman_bosqichi

Sportning shaxmat turi bo'yicha umumiy o'rta ta’lim maktablari o'quvchilari o'rtasida “Maktablar ligasi” musobaqasining tuman bosqichida Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi faol ishtirok etdi.

Yakkalik bahslarda:

11-B sinf o'quvchisi Fayziyev Abdikamol Faxriddin o'g'li - 🥈-o'rin

Jamoaviy bahslarda:

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi 🥇-o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

🌐 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

28 Oct, 09:47


#Zakovat
#Maktab_turniri

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini maktab turniriga start beramiz.

📆 29-oktabr kuni 5-6-7-sinf o'quvchilari o'rtasida;
📆 31-oktabr kuni 8-9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi.

🌐 Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

KASBI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

27 Oct, 06:18


#saylov_2024

Kasbi tumani 406-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | YouTube | Facebook