Davlat xizmatlari yangiliklari @davxizmat Channel on Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

@davxizmat


Davlat xizmatlari yangiliklari (Uzbek)

Davlat xizmatlari yangiliklari Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal O'zbekistonda hukumatning muhim e'tibor qozonuvchi yangiliklari, qarorlar va qonunlar haqida ma'lumotlar bilan sizni ta'minlaydi. Agar siz hukumatning so'nggi qarorlarini va faoliyatini o'rganishni xohlaysiz, ushbu kanal siz uchun mo'ljallangan. Davlat xizmatlari yangiliklari kanali xodimlarning ko'rsatgan faoliyatlari, ijro etilayotgan loyihalar va planlar haqida esa sizni xabardor qiladi. Hukumatning so'nggi qarorlari, yangi qonunlar va davlatning o'zini rivojlantirish strategiyalari haqida ma'lumotlar uchun davxizmat kanaliga obuna bo'ling va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Davlat xizmatlari yangiliklari

14 Feb, 14:19


#Davlat_xizmatlari_markazi

Bugun, 14-fevral kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida yangi davlat xizmatlari markazining tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.

Markazga tashrif buyuruvchilar endilikda zamonaviy sharoitlarda 410 dan ortiq davlat xizmatlaridan bir kunda 1500 nafarga yaqin fuqaro foydalanishi mumkin. Bu esa aholiga vaqt va resurslarini tejash imkonini beradi.

Bino milliy va zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarining uygʻunligida qurildi. Fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, bu yerda bolalar maydonchasi, ovqatlanish burchagi (kafe), Wi-Fi zonasi tashkil etilgan, shuningdek, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uchun zamonaviy kiosklar oʻrnatilgan.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

13 Feb, 14:30


📢 Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

📌 Qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

- 12 turdagi litsenziya va ruxsat berish talabini bekor qilish;
- litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish;
- O‘zbekistonda doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan xorijiy yuridik shaxslarga litsenziya va ruxsatnomalar olish huquqini berish.
❗️ Qonun loyihasi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

13 Feb, 04:20


#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda. Aksiyaga koʻplab davlat idoralari va parlament vakillari qoʻshilmoqda.

Xususan, bugun Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shermatov Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markaziga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga olib boring. “Ziyo ulash” javoniga qoʻying va javondan oʻzingizga yoqqan kitobni shunday olib ketavering. Oʻqib boʻlgach, qaytib olib keling va yana boshqa kitobga almashtirib ketsangiz ham boʻladi.

💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

12 Feb, 14:48


#Ziyo_ulash

Bugungi kunda "Ziyo ulash" loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Sanʼatkorlar ham “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshilmoqdalar. Ular poytaxtdagi davlat xizmatlari markazlaridan biriga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

11 Feb, 13:00


#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

11 Feb, 09:59


#Bilasizmi

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibini bilasizmi?

👫Xabardor qiluvchi toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar):
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

☑️Xabarnomani yuborish tartibi: “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

🏛 Bunda, xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar quyidagi davlat organlarining axborot tizimlari (ma’lumotlari) orqali tekshirilishi lozim:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im undirilmaydi.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

11 Feb, 06:59


Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

11 Feb, 05:12


🚀 Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatga litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza ko‘rib chiqish muddati: 10 kun.

Tezkor va qulay xizmatdan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!🌟

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

08 Feb, 12:36


Hurmatli kanalimiz obunachilari

Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

07 Feb, 06:16


#statistika

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatilgan xizmatlari soni yillar hisobida.

📌 Kanalga ulanish!

Davlat xizmatlari yangiliklari

07 Feb, 05:37


#statistika

Davlat xizmatlarining (turlari) soni 7 yilda 6 barobarga oshdi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilda 63 ta xizmat turi ko'rsatilgan bo'lsa, 2024-yilga kelib bu ko'rsatkich 403 tani tashkil etmoqda.

📌 Kanalga ulanish!

Davlat xizmatlari yangiliklari

06 Feb, 14:08


#bilasizmi

🏨Mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi!

💻 Murojaat qilish tartibi: Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Vakolatli organ:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi.

📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

🗂 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori: bepul.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarori.

🌟 Tezkor va qulay xizmatlardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!


📌 Kanalga ulanish!

Davlat xizmatlari yangiliklari

05 Feb, 14:17


🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

👨‍💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

📌 Kanalga ulanish!

Davlat xizmatlari yangiliklari

04 Feb, 13:27


#qulaylik

⚡️Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada oson!

Endilikda noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko'rsatamiz:

1️⃣ Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qarori.

Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

📌 Kanalga ulanish!

Davlat xizmatlari yangiliklari

03 Feb, 15:02


#qulaylik

🌐Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat uchun litsenziyani onlayn olish mumkin!

📝Endilikda arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Litsenziya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Litsenziyalovchi
organ: Sog'liqni saqlash vazirligi.

💵 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 5 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 5 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.

📆 Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori

Raqamli xizmatlar sizning qulayligingiz uchun!

📌 Kanalga ulanish!

Davlat xizmatlari yangiliklari

03 Feb, 12:37


#Adliya_davlat_xizmatlari

📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil videorolikda....

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

31 Jan, 10:59


#Bilasizmi

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Yagona reyestrga kiritish tartibidan xabardormisiz?

Murojaatlar qabul qilinadi:

Davlat xizmatlari markazlari;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 6 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

31 Jan, 07:59


#Bilasizmi

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Davlat xizmatlari markazlari.

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Litsenziat, litsenziar yoki ularning vakili.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning uchdan bir miqdori.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 1 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

31 Jan, 05:59


📃Turar joyni xususiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnoma

🔹Xizmat nomi:

Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga bergan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotnoma berish

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏢Vakolatli organ(lar):
Mahalliy hokimiyat organlari

🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
5 ish kuni.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 180-son qarori

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

31 Jan, 03:59


Elektron raqamli imzoyingiz bormi?

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

30 Jan, 13:04


Sudlanmaganlik bo'yicha ma'lumotnoma olganmisiz?

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

30 Jan, 11:45


#bilasizmi

🕌YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi!

💻 Murojaat qilish tartibi: Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Vakolatli organ:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi.

📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

🗂 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori: bepul.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarori.

🌟 Tezkor va qulay xizmatlardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!


📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

29 Jan, 05:12


#qulaylik

📨 Tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarni Siz istagan manzilga yetkazib beramiz!

🚗 Farzandli bo'lgan yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomangizni yo'qotgan bo'lsangiz, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun FHDY bo'limiga borishingiz shart emas.

Endilikda bu jarayon yanada tezkor, oson va qulay!

💻 Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'ting va tug'ilganlik haqida birlamchi/takroriy guvohnoma olish uchun ariza yuboring.

📑 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰Xizmat narxi : 75 625 so'm (tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini yoki dublikatini olish - 50 625 so'm (BHMning 15 foizi); yetkazib berish - 25 000 so'm).

⌛️Ariza kelib tushgandan boshlab 1 ish kuni mobaynida guvohnomani pochta xizmati orqali belgilangan manzilga yetkazib beramiz.

Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

28 Jan, 11:13


Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq so'nggi yangiliklardan xabardormisiz?

📑 2025-yil 13-yanvar kuni "Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagi holatlar natijasida tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarsa, ular qayta davlat ro'yxatidan o'tishda davlat bojidan ozod qilinadi:

1️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganda;

2️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tugatilganda;

3️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning chegaralari o'zgarganda;

4️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning bo'ysunuvi o'zgarganda.

🔅Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

27 Jan, 12:39


#bilasizmi

⚡️ Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olsangiz nafaqat imtihon topshirish, balki o‘qish xarajatlaringiz ham qoplab berilishidan xabardormisiz?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.

👫Ariza beruvchilar toifasi: imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar.

🏢Vakolatli organ: Yoshlar ishlari agentligi.

📝Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
- imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;
- maxsus sertifikat;
- o‘quv markazi va arizachi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bepul.

📆Eslatma: kompensatsiya to‘lovini olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida murojaat qilish lozim.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

24 Jan, 06:42


#Bilasizmi

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

24 Jan, 04:44


#Bilasizmi

Matbaa korxonalarini tashkil etganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Xabardor qiluvchilar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (talabgor – jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin), faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali xabarnoma yuboradi.

👫Xabardor qiluvchi toifasi:
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor.

🏢Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

23 Jan, 13:24


#bilasizmi

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari to'lov qabul qilish vakolatiga ega emas.

Batafsil videoda...

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

22 Jan, 10:31


#Bilasizmi

📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

🔹Litsenziya nomi:

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.


💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun.

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
3 yil

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

20 Jan, 09:30


📢 Yangi imkoniyatlar!

🔰 2024-yil 15-oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining 679-son qaroriga asosan, endilikda quyidagi hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron tarzda olish mumkin:

✈️ Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati – hujjatni qog‘ozsiz, onlayn qo‘lga kiriting.
✈️ Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi – oson va tezkor.
✈️ Texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati – byurokratiyasiz onlayn ariza topshirish imkoniyati.
✈️ Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa – zamonaviy xizmatlar endi qo‘lingizda!

🌐 Raqamli xizmatlar sizning vaqt va qulayligingiz uchun!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

17 Jan, 13:03


🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar!

2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.

Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

17 Jan, 11:06


🚀 Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatga ruxsatnoma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza ko‘rib chiqish muddati: 15 kun.

Tezkor va qulay xizmatdan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!🌟

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

17 Jan, 09:21


🚀 Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatga ruxsatnoma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza ko‘rib chiqish muddati: 6 ish kuni.

Ushbu xizmatning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining ko‘tarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.

Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Jan, 05:59


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1018-son, 13.01.2025 y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bunda sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

15 Jan, 14:22


#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.

❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.

📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.

🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

15 Jan, 05:46


#Soʻrovnoma

🔉Azizlar! Sizning fikringiz biz uchun muhim

❗️Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi onlayn soʻrov oʻtkazilmoqda.

📄Barchani soʻrovdan oʻtib, davlat xizmatlari sohasini yanada yaxshilashga oʻz hissasini qoʻshishga chorlaymiz.

✔️SOʻROVDAN OʻTISH

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

14 Jan, 11:28


#Adliya_statistika

📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar eng koʻp aʼlo baholangan hududlar:
1. Buxoro viloyati — 99%
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 99 %
3. Samarqand viloyati — 99%
4. Fargʻona viloyati — 98 %
5. Toshkent viloyati — 98 %

🔼Koʻrsatilgan xizmatlar eng koʻp aʼlo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Beruniy tumani davlat xizmatlari markazi — 98 %
2. Olmaliq shahri davlat xizmatlari markazi — 97 %
3. Guliston shahri davlat xizmatlari markazi — 97 %

📉Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar eng kam aʼlo baholangan hududlar:
1. Toshkent shahar — 60 %
2. Jizzax viloyati — 64 %
3. Namangan viloyati — 70 %

🔽Koʻrsatilgan xizmatlar eng kam aʼlo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Sherobod tumani davlat xizmatlari markazi
2. Samarqand tumani davlat xizmatlari markazi
3. Karmana tumani davlat xizmatlari markazi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

13 Jan, 09:27


#Adliya_sarhisob

Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

13 Jan, 06:21


#Adliya_sarhisob

Davlat xizmatlari markazlarida qachon navbat kam bo'ladi?

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

11 Jan, 12:01


2023-yilda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bir kunda o‘rtacha 70-75 ming nafar fuqarolarga xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib kunlik tashrif buyuruvchilar soni 80-100 mingni tashkil etgan. Bu 13 millionga yaqin fuqaro Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurganligini anglatadi. Ushbu raqamlar aholining davlat xizmatlariga ehtiyoji katta ekanligini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, Adliya vazirligi tomonidan aholi ehtiyojlari inobatga olinib va ularga qulaylik yaratish maqsadida, Davlat xizmatlari markazlari shanba kunlari ham xalqimiz xizmatida.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar yanada sifatli bo‘lishi uchun respublikadagi barcha Davlat xizmatlari markazlari Situasion markaz orqali nazorat qilib borilmoqda. Vazirlik rahbariyati tomonidan Situasion markaz orqali kunlik monitoring o‘rnatilgan.

Situasion markaz Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlariga tashrif buyuruvchi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini monitoring qilib borish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.

Shuningdek, monitoring jarayonida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Abdullayevning ham bevosita Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgani kuzatildi. Bu rahbariyat tomonidan xizmat sifatiga bo‘lgan e’tibor va jamoaga shaxsiy o‘rnak bo‘lishning yorqin namunasidir.

"Situasion markaz"dagi kuzatuv kameralari orqali rahbarlar muloqoti tashkil etildi hamda jarayon masofadan turib o‘rganildi.

Xususan, qolgan Davlat xizmatlari markazlarida ham ushbu funksiyalarni to‘liq joriy etish bo‘yicha tegishli ko‘satmalar berildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlari shanba kuni soat 9:00 dan 15:00 gacha fuqarolarni qabul qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

04 Jan, 06:44


#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

30 Dec, 05:18


#adliya_xabari 📣

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarning rejalashtirgan ishlarini yakunlab olishlari va xalqqa qulaylik yaratish maqsadida bugun soat 15:00 ga qadar ish faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

28 Dec, 16:34


#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sharof Rashidov tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Sharof Rashidov tumanining “Qo’shko’prik” mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, aholi muammolari oʻrganildi.

Xususan, 28 ta murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyatini kadastr, kredit, tibbiyot, subsidiya, pensiya masalalari bilan bogʻlik boʻlgan muammolar tashkil etdi. Soha bilan bogʻlik boʻlgan 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, oʻrganish talab etiladigan muammolar ish yurituvga qabul qilindi hamda ayrimlari tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi.

Shuningdek, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga adliya vaziri oʻrinbosari “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari bilan oʻrtoqlashdi.

Muloqot davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, bu borada “mahalla yettiligi” aʼzolarining ham fikr-mulohazalari tinglandi.

Shu kunning oʻzida X.Meliyev tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, xodimlar bilan muloqot oʻtkazdi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida tavsiyalar berdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

28 Dec, 13:46


#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va tuman hokimi B.Niyazimbetovlar nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Markaz aholining barcha qatlamlariga, jumladan, yosh bolali ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshlar va nuroniylarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Bino zamonaviy shaharsozlik meʼyorlari asosida qurilgan boʻlib, aholi uchun keng sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

28 Dec, 04:56


#Adliya_sarhisob

🖥 Joriy yilda “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali kuzatuvchilarining soni 8.1 ming nafarga oshdi. Bizni tanlaganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

Kanaldagi ma'lumotlar 2024-yil davomida 14,3 milliondan ortiq marta o‘qilib, 295 ga yaqin iqtibos qilingan.

Kanal faoliyatiga oid statistika bilan yuqoridagi rasmda batafsil tanishishingiz mumkin.

✔️ 2025-yilda ham biz bilan bo‘ling va adliya tizimi bilan bog‘liq axborotni ishonchli manbadan oling!


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

25 Dec, 14:27


#Bilasizmi

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishish

Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: BHMning 1 baravari.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

25 Dec, 12:11


Davlat xizmatlari orqali “O’z-o’zini band qilgan shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish" tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

02 Dec, 10:23


Yangi xizmat joriy qilindi!

⚡️ Endilikda ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma olish yanada osonlashdi!

Bu xizmatdan "Litsenziya" AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali foydalanish mumkin.

💠 Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.
⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati: 7 ish kuni.

🔎 Ruxsatnoma talab va shartlari bilan tanishish.

Asos
: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

28 Nov, 10:56


#Bilasizmi

Avtomobil transportida og‘ir va katta hajmli yoki xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnoma olish kerakligidan xabardormisiz?

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat beruvchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (yadroviy va radioaktiv materiallar bundan mustasno); Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
BHMning 2 baravari.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 2 baravari.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kuni.

🧾Xizmat ko'rsatish natijasi: Xavfli yuklarni tashish uchun sig'imlarning yaroqliligi to'g'risida xulosa.

Xulosaning amal qilish muddati: 1 yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

27 Nov, 09:27


Yangi xizmat joriy qilinmoqda!
⚡️ Endilikda сhet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa olish yanada osonlashdi!

Bu xizmatdan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali foydalanish mumkin.

💠 Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi.
⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.
🗓 Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.

🔎 Ma’lumot uchun: Mazkur xizmat Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-noyabrdagi 780-son qaroriga asosan 1 oy muddatda joriy qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

20 Nov, 13:26


#Bilasizmi

Topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

06 Nov, 09:46


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashdi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquq va majburiyatlari, davlat organlarining pobatsiya sohasidagi vakolatlari hamda jazoni ijro etish sohasidagi so‘nggi qonunchilik yangiliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi va probatsiya nazoratidagi shaxslarning takliflari eshitildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga adliya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida olib borilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

05 Nov, 13:22


📍Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Qarshi mahsus prokurori U.Elmurodov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Qarshi shahridagi 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlarining mas’ul xodimlariga jinoiy huquqbuzarliklar, avf etish va jazoni ijro etish faoliyatiga oid so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida, jumladan adliya organlari faoliyatida so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Davlat xizmatlari yangiliklari

04 Nov, 10:31


🌟 Yangi imkoniyatlar "Mening biznesim" modulida! 🆕

🖥 Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi. Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma’lumotlarni bir joyda olishlari mumkin.

📍Misol uchun:
- Tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma’lumotlarini
- Soliq hisobotlari va ma'lumotlarini
- Litsenziya va intellektual mulk ma’lumotlarini
- Ko‘chmas mulk ma’lumotlarini
- Bandlik va YHXX ma’lumotlarini
- Taqiqlar va It park ma’lumotlarini
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlarini
- Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi ma’lumotlarini.

Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga tezda ega bo‘ling! 🏢📊

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

04 Nov, 06:13


🆕 Yangi Qulaylik ❗️

Endilikda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash uchun yuridik shaxslar "Litsenziya" axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin bo'ladi 📲.

🔹 Litsenziyalar 🏛 Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 5 yil muddatga taqdim qilinadi.

🔜 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu faoliyatning ayrim kichik turlari ham alohida litsenziyalash tartibiga kiritiladi. Misol uchun:

🚚 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning olib kirish faoliyati;
🏬 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va realizatsiya qilish faoliyati;
⚙️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash faoliyati va boshqalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori.

Batafsil ma'lumot


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

02 Nov, 11:45


#Madad_loyihasi

⚡️Bugun, 2-noyabr kuni “Matonat” filmini “Zoʻr TV” telekanalida tomosha qiling!

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Oʻtkazib yubormang
!

Vaqti: 17:50

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

01 Nov, 13:51


👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

Davlat xizmatlari yangiliklari

01 Nov, 11:37


#Adliya_xabari

O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

28 Oct, 10:11


Oʻzbekistondagi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarni kuzatishga kelgan Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Vladislav Davankov bugun Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev markazda V. Davankov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar fuqarolarga muhim masalalarni tez va qulay hal qilishga koʻmaklashadigan raqamlashtirilgan, proaktiv va kompozit xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Taʼkidlanishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali 400 ga yaqin turdagi xizmatlardan foydalanish mumkin. Oʻtgan yilning oʻzida markazlar orqali mamlakat aholisiga 13 millionga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

Bir binoda DXM bilan bir qatorda adliya boʻlimi, bepul huquqiy maslahat beruvchi “Madad” NNT va yuridik xizmat koʻrsatish markazi joylashgani tufayli, fuqarolar barcha huquqiy masalalarni boshqa idoralarga qoʻshimcha tashrif buyurmasdan, joyning oʻzida hal qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Davlat xizmatlari yangiliklari

26 Oct, 12:02


#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

26 Oct, 08:41


Сайловда қандай овоз берилади?

https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Davlat xizmatlari yangiliklari

24 Oct, 05:00


#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

23 Oct, 13:36


#Adliya_sarhisob

DXMda qachon navbat kam boʻladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar (2024-yil 9 oylik)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

23 Oct, 05:31


Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab beriladi!

📍Subsidiya olish uchun tadbirkor Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan so‘rov yuborishi lozim.

Bunda, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachasidan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilganda, ushbu tadbirkorlik sub'ektlariga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

▪️ yulduz toifasini olgan mehmonxonalarga — 2 million so‘m;
▪️ yulduz toifasini olmagan mehmonxonalarga — 1 million so‘m.

Xizmat bo'yicha batafsil ma'lumot

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

22 Oct, 13:49


#Davlat_xizmatlari

Xitoyning Suchjou shahridan kelgan investor Yuan Dongsheng Oqdaryo tuman davlat xizmatlari markazida “Yaxing Guoji Maoyi” MCHJni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Maʼlumki, markazlarda mamlakatimizga investitsiya olib kirish niyatida boʻlgan ishbilarmonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, investorlar xonasi, navbatsiz xizmat koʻrsatish shular jumlasidan. Yuan Dongsheng ham 5 daqiqa ichida davlat xizmatlaridan foydalanib, yurtimizda qonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Asosan eksport, import va servis faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi korxona nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, sotib olish, qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Investor kelgusida 30 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish niyatida.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

22 Oct, 05:53


🆕 Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi!

Subsidiya olish uchun tadbirkor 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 31-dekabrga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan so‘rov yuborishi lozim.

🔸Subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qat'i nazar ajratiladi (rekonstruksiya qilish bundan mustasno).

🔰Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln so‘mdan belgilanadi va mehmonxonada har bir joy uchun kamida 4,5 kvadrat metr maydon ajratilgan bo‘lishi lozim.

Xizmat bo'yicha batafsil ma'lumot

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

21 Oct, 11:35


#Bilasizmi

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibini bilasizmi?

👫Xabardor qiluvchi toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar):
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

☑️Xabarnomani yuborish tartibi: “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

🏛 Bunda, xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar quyidagi davlat organlarining axborot tizimlari (ma’lumotlari) orqali tekshirilishi lozim:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im undirilmaydi.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

21 Oct, 09:35


Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

21 Oct, 07:27


📢 Yangi xizmatlar!

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-son qaroriga muvofiq, quyidagi hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron tarzda olishingiz mumkin bo‘ladi:

✈️ Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma;
✈️ Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati;
✈️ Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi;
✈️ Uchishga yaroqlilik sertifikati;
✈️ Shovqinlarga oid sertifikat;
✈️ Radio jihozlar sertifikati;
✈️ Texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati;
✈️ Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa.

Ma’lumot uchun, ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach (2025-yil 15-yanvar) kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

19 Oct, 11:59


"Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi" doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishdi.

Batafsil videoda...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

19 Oct, 08:57


#Imkon_loyihasi

⚡️Bugun, 19-oktabr kuni
MATONAT filmini tomosha qiling

https://youtu.be/oTCyEmyI1jo


https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 19:51


#Imkon_loyihasi

⚡️Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda davlat organlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati, biznes, ilmiy va akademik doiralar, OAV vakillari, jamoat faollari, inflyuenserlar va blogerlar ishtirok etdi.

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Loyihada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” tamoyili asosida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan fuqarolarga huquqiy va moliyaviy amaliy koʻmak berish orqali ularning oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga erishish maqsad qilingan.

Bunda fuqarolarning oʻzi qiziqqan sohasiga mutaxassislar tomonidan oʻqitilib, malaka va qobiliyatini oshirish, ularning dunyo qarashini oʻzgartirish va kunlik daromadini oshirish orqali farovonlikka erishishi taʼminlanadi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

❗️Filmni 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin. Havolasini ulashamiz, bizni kuzatib boring.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 11:10


❗️Yangi mahsulotlar uchun Ochiq Eshiklar: "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi❗️

🔒 “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi – bu zamonaviy texnologiyalar asosida yangi mahsulot va xizmatlarni cheklangan muhitda sinovdan o'tkazishni nazarda tutadi.

📜 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–244-son Farmoniga asosan, ushbu rejim quyidagi sohalarda joriy etildi:
- Elektron tijorat;
- Transport va logistika;
- Sanoat;
- Qishloq xo'jaligi;
- Qurilish.

🔍 Maxsus rejim shuni ta'minlaydi:
- Yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishda cheklangan vaqt va hududda ba'zi qonunchilik normalariga amal qilmaslik;
- Litsenziyasiz faoliyat yuritish;
- Har bir loyiha uchun maxsus rejim muddati ko'pi bilan uch yil.

💻 Tadbirkorlik sub'ektlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilib, yangi mahsulot va xizmatlarni sinovdan o'tkazishlari mumkin.

Tartibi: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-novabrdagi 617-son qarori

Kanalga ulanish 👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 09:05


Biznesni boshlash uchun litsenziya olmaslik mumkinmi? ⬇️

🔑 “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi (Zero Licensing) – litsenziya va ruxsat berish hujjatini olish talab etiladigan faoliyatni boshlash uchun uch oygacha o'tish va moslashish davrini belgilaydi.

💡 Ushbu rejim quyidagilarni nazarda tutadi:

▪️ Uch oygacha muddat davomida faoliyatni litsenziya va ruxsat berish hujjatlarini olmasdan amalga oshirish, buning uchun vakolatli organni “Litsenziya” axborot tizimi orqali bepul xabardor qilish.
▪️Xabarnoma belgilangan tartibda yuborilgandan boshlab, uch oy davomida tadbirkorlik subyektlari litsenziyasiz faoliyat olib borganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi.
▪️Uch oy ichida tadbirkorlik subyekti faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish tartib-taomillariga moslashtirishi, tegishli litsenziya yoki ruxsat berish hujjatini olishi yoki faoliyatini to'xtatishi kerak.

📅 Ushbu maxsus rejim O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PF–8-son Farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish maqsadida joriy etilgan.

🔍 Faoliyat yo'nalishlari:
- Rentgen uskunasidan foydalanish;
- Veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish.

Kanalga ulanish 👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 07:13


#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda


Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masʼullarning quyi boʻgʻinlar faoliyatiga boʻlgan eʼtiboriga ham bogʻliq. Boisi, tizimning nechogʻlik samaradorligi hududlarda yaqqol namoyon boʻladi.

Xususan, Adliya vazirligining ishchi guruhi viloyatdagi FHDY organlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmalarida xizmat koʻrsatish sifati, raqamlashtirish jarayoni, bu borada amaliyotda uchrayotgan xato hamda kamchiliklar, tizimli muammolar, vakolatli idoralar bilan hamkorlik samaradorligi, bu borada tizim xodimlarining takliflarini oʻrganishmoqda.

Ishchi guruh vakillari Samarqand shahridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, Samarqand tuman FHDYo boʻlimidagi mazkur holatni koʻzdan kechirishdi. Mavjud kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflar berishdi. Sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, takliflarni tinglashdi.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 06:59


🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

👨‍💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 06:06


#Imkon_loyihasi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U real voqealarga asoslangan “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Imkon” loyihasining taqdimoti hamda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.

❗️Filmning to‘lig‘ini 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab loyihaning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 09:58


#Adliya_nazorat

Davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelib tushgan arizalarni asossiz ravishda rad etgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Batafsil...

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 07:55


#Bilasizmi

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi.

📑Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
ariza;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
bajarish uchun olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlardan ko‘chirma;
olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlar yoki xalqaro ilmiy dasturlar va ilmiy hamkorlik doirasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini o‘tkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im
undirilmaydi.
💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 10 barobari.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 7 ish kuni.
🗓Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 05:55


#Bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

Murojaatlar qabul qilinadi:

🔗“Litsenziya” axborot tizimi;
🔗Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP).

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

ariza;
o‘simlik turi, uning g‘amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko‘rsatgan holda;
g‘amlash yoki to‘plash usuli;
g‘amlash hududi (viloyat, tuman);
g‘amlash yoki to‘plash hajmi (kg, tn, dona, kubmetr);
g‘amlash (to‘plash) muddatlari;
o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

▫️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
▫️tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
▫️xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.
💰Ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: foydalanish obyektlariga qarab belgilanadi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ruxsatnoma taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 04:02


🚀 Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson bo'ladi!💻

“O‘ZBEKISTON — 2030” Strategiyasiga asosan YIDXPda joriy etilgan davlat xizmatlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilmoqda.

🔎 Hozirgi vaqtga qadar 100 ga yaqin ommabop davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida talab etiladigan ortiqcha ma'lumotlar olib tashlandi. Bu esa fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini bermoqda.

🔺Kelgusida nimalar qilinadi?
Joriy yilning 15 oktabr kuni Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan har bir davlat xizmatini avtomatlashtirish va talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirish bo'yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

💯 Asosiy maqsad – barcha xizmatlarni avtomatlashtirish va sodda shaklga keltirish hamda yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanib, fuqarolarga eng sifatli xizmatlarni taqdim etishdir.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat