Daryo — LIVE (@daryo_live) Kanalının Son Gönderileri

Daryo — LIVE Telegram Gönderileri

Daryo — LIVE
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
67,274 Abone
51,611 Fotoğraf
12,102 Video
Son Güncelleme 28.02.2025 09:23

Daryo — LIVE tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler


Oqoltin tumanida ham hokim o‘zgardi

Sirdaryo viloyat Oqoltin tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Xusnitdin Suvonov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

@daryo_live

Tailand ogohlantirishga qaramay 40 nafar uyg‘urni Xitoyga deportatsiya qildi

Deportatsiya qilinganlar 10 yil davomida Bangkok qamoqxonasida saqlangani aytilmoqda. Ular 2014-yilda Shinjondan qochib, Tailand chegarasida hibsga olingan 300 dan ortiq uyg‘ur tarkibida bo‘lgan.

Bu Tailandning 2015-yildan beri birinchi marta uyg‘urlarni deportatsiya qilish holati bo‘ldi. AQSH va BMT tomonidan jiddiy xavotirlar bildirilganidan so‘ng deportatsiya jarayoni sir tutildi.

@daryo_live

Bitkoin narxi 10-noyabrdan beri birinchi marta 80 ming dollardan pastga tushib ketdi

@daryo_live

Qozog‘istonda jarrohlar ikki yoshli bolaning oshqozonidan 105 dona magnitli munchoqni chiqarib oldi.

@daryo_live

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi 28-fevraldan hududlarda tarovih namozi boshlanish vaqtlarini eʼlon qildi:

🔹Fargʻona – 20:20
🔹Namangan – 20:20
🔹Andijon – 20:20
🔹Toshkent viloyati – 20:30
🔹Toshkent shahri – 20:30
🔹Sirdaryo – 20:30
🔹Jizzax – 20:30
🔹Samarqand – 20:30
🔹Qashqadaryo – 20:40
🔹Surxondaryo – 20:40
🔹Navoiy – 20:40
🔹Buxoro – 20:40
🔹Xorazm – 21:00
🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 21:10

Xufton namozidan soʻng masjidlarda tarovih namozi boshlanadi.

@daryo_live

O‘zbekistonda 2025-yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan ta’minlash uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi:

🔹72 ta sohil bo‘yi dam olish maskanlari;
🔹62 ta zamonaviy qiyofadagi istirohat bog‘lari;
🔹154 ta tun-u kun faoliyat yuritadigan turizm va gastronomik yo‘nalishlarga ixtisoslashgan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar;
🔹364 ta yo‘l bo‘yi va boshqa servis obyektlari.

@daryo_live

Azizbek Turdimurodov Sirdaryo tumani hokimi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

@daryo_live

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Reyestrning rasmiy veb-saytida AQSH prezidenti ijroiya ofisi tomonidan tayyorlangan hujjat e’lon qilindi. Ushbu hujjatga ko‘ra, 2014, 2018 va 2022-yillarda Amerika prezidentlari tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar yana bir yilga uzaytiriladi.

@daryo_live

Toshkent havosida PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 2,49 marta oshdi

“O‘zgidromet” poytaxt aholisi hamda mehmonlarini atmosfera havosida ifloslanish darajasi oshishi kuzatilganida, allergiya va nafas olishda muammolarga ega bo‘lsa tegishli himoya choralarini ko‘rishlarini so‘radi.

@daryo_live

Ramazon taqvimi — 2025

Taqvimda saharlik va iftorlikning Toshkent shahri bo‘yicha vaqtlari keltirilgan.

@daryo_live