Qalampir LIVE

@qalampirlive


Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali.

▫️| RASMIY — @qalampir
▫️| SPORT — @qalampirsport

Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20

Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir

Qalampir LIVE

23 Oct, 10:31


O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qaysi davlatdan kelgani aytildi

Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga 5,7 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadda O‘zbekistonga keldi. Bu ko‘rsatgich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga, foizda esa 16,8 foizga oshgan.

Sayyohlardan eng ko‘pi Tojikistondan (1,6 mln nafar) kelgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 10:20


Isroil G‘azoga 250 mingdan ortiq yordam yuk mashinalari kirishini to‘sib qo‘ydi

Isroil shu tariqa ocharchilik inqirozidan qurol sifatida foydalanmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 10:10


🇧🇾Belarusda prezidentlik saylovlari qachon bo‘lishi e’lon qilindi

Belarus parlamentining quyi palatasi navbatdagi prezidentlik saylovlari sanasi haqida qaror qabul qildi. Saylov 2025-yilning 26-yanvarida bo‘lib o‘tadi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 10:00


Ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi berilmoqda

Senat ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Endi ombudsman prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu lavozimga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 09:53


Farg‘onada gaz ballonlarini noqonuniy saqlashga mo‘ljallangan “bunker”lar aniqlandi

Farg‘ona viloyatida suyultirilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash uchun mo‘ljallangan “bunker”lar aniqlandi va 414 ta gaz balloni talon-toroj qilinishining oldi olindi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 09:02


🇺🇿🇷🇺Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BRICS mamlakatlari sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahriga jo‘nab ketdi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 09:00


Мактаблардаги мажбурий тўловлар қонунбузарликми ё зарурат?

🎬 Видеони кўриш

👉
Мақолани ўқиш

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 08:55


🇰🇿🇺🇿Qozog‘iston O‘zbekistondan importni keskin kamaytirdi

Qozog‘iston O‘zbekistondan tovarlarni yirik import qiluvchilar orasida so‘nggi 10 yil ichida yetkazib berish hajmini ko‘paytirmagan, balki kamaytirgan yagona davlatga aylandi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 08:28


Yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonun Senat tomonidan ma’qullandi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 08:20


IIV voyaga yetgan kvadroberlarni 15 sutkagacha qamoqqa olish bilan ogohlantirdi

Vazirlik 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bunday harakatlar mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishini ma’lum qildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 08:15


🇵🇸🇷🇺Falastin Prezidenti ham Rossiyaga yetib bordi

Mahmud Abbos BRICS sammitida ishtirok etish uchun Qozonga keldi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 08:10


Ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ingliz tilida soddalashtirilgan uslubda o‘zbek tilini “nol”dan o‘rgatuvchi “Uzbek language grammar. Simplified system” nomli qo‘llanma tayyorlandi.

Bunga qadar o‘zbek tili grammatikasi haqida qo‘llanmalar asosan rus tilida bo‘lib, ingliz tilida yozilgan darsliklarni ochiq manbalarda topish imkonsiz bo‘lgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 08:05


Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qaroriga muvofiq Olimjon Suyunovich Abdullayev Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

23 Oct, 07:33


Rossiyada erkak migrantlar istiqomat qiladigan yotoqxonaga o‘t qo‘ydi

Voqea joriy yilning 20 oktyabr kuni Tver viloyatida sodir bo‘lgan. Erkak xonaga benzin sepib, uni yoqib yuborgan. Yong‘indan qochgan fuqarolardan biri ikkinchi qavat derazasidan sakrab tushib, jarohat olgan. Yong‘in oqibatida xona vayron bo‘lgan, yotoqxona yo‘lagi shikastlangan.

Gumonlanuvchi qo'lga olingan. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddaga asosan erkak 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

22 Oct, 16:22


Joriy yilning to‘qqiz oyida 23 milliard 660 million dollar xorijiy sarmoya kirib kelgan

Shuningdek, 4 milliard 600 million dollarlik 120 ta yirik quvvat ishga tushgan.

Yil yakunigacha bu sur’at davom etadi. Shu tariqa, 2017-2024-yillarda jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy qiymati 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

22 Oct, 16:20


Yaqinda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 30 milliard dollarlik investitsiya loyihalari tasdiqlandi

Bunda har bir sohaning imkoniyatlari ochib berilgan. Jumladan, transport bo‘yicha 10 milliard dollar, ijtimoiy sohalarda 6 milliard dollar, kommunal tarmoqda 5 milliard dollarlik rejalar ko‘zda tutilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

22 Oct, 16:17


Energetika tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturiga muvofiq, 36 milliard dollarlik 164 ta quvvat yaratiladi

Shundan 88 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladi.

Tog‘-kon sanoati bo‘yicha ham 1 milliard 230 million dollarlik dastur qabul qilingan. Sohadagi yirik kombinatlarga mahalliy korxonalar o‘zaro manfaatli bog‘langan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Qalampir LIVE

22 Oct, 16:15


Prezident boshchiligida muhim iqtisodiy yo‘nalishlar tahlil qilinib, qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi  

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-oktyabr kuni mahalliylashtirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH