Daryo — LIVE (@daryo_live) Kanalının Son Gönderileri

Daryo — LIVE Telegram Gönderileri

Daryo — LIVE
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
67,274 Abone
51,611 Fotoğraf
12,102 Video
Son Güncelleme 28.02.2025 09:23

Daryo — LIVE tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler


Olimjon Jo‘rayev Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi

U tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

@daryo_live

Toshkentda tarovih namozi vaqtida bir qator ko‘chalar yopiladi

28-fevraldan boshlab masjidlar yaqinidagi yo‘llar soat 18:00 dan 24:00 gacha avtomobillar harakati uchun cheklanadi.

@daryo_live

🌦 Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi ba’zi joylarшda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat 3-8 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Sirdaryolik ayol uch egizak dunyoga keltirdi

Chaqaloqlarga Fotima, Yusuf, Yunus deya ism qo‘yildi. Hozir egizaklarning umumiy ahvoli qoniqarli.

Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida.

@daryo_live

Buxoroda oʻrta bosimli gaz quvuriga avtomobilning urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Natijada 440 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

@daryo_live

⚡️ 2024-yilda davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalar miqdori 25 505 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Shundan 7 165 mlrd soʻmi ijtimoiy ahamiyatga ega subsidiyalar uchun ajratildi.

@daryo_live

2024-yilda bolalar ombudsmaniga bolaga nisbatan zo‘ravonlikka oid murojaatlarning 28 foizi ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning tazyiqiga oid bo‘lgani ma’lum qilindi.

@daryo_live

Viloyat hokimi ushbu jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar dastlabki tergov va sud organlari tomonidan batafsil o‘rganilishi, jinoyatlarning oldini olishga mas’ul bo‘lgan shaxslar hamda qotillik sodir etilgan mahalla yettiligi faoliyatiga ham tanqidiy nuqtayi nazardan baho berilishini aytdi.

@daryo_live

🇱🇻Latviya kompaniyasi o‘zbekistonliklar uchun bo’sh ish o’rinlarini taklif etmoqda. Oylik maosh 2000 yevrogacha.

Nomzodlarga qanday talablar bor?

▪️18-55 yosh oralig'ida;
▪️rus tilini muloqot darajasida bilish;
▪️O'zbekistondan chiqishga ta'qiqi bo'lmasligi;
▪️kamida 1 yillik ish tajribaga ega bo'lishi;
▪️sudlanmagan.

@daryo_live

Toshkent viloyatidagi koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumning taʼmirtalab, isitish tizimi eskirgan uyda yolgʻiz yashayotgan onasiga “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 7 million soʻm ajratildi va hozirda uyda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

@daryo_live