Osiyo Olimpiya kengashining yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari 2025-yilning 22-31-oktyabr kunlari Bahraynning Manama shahrida o‘tkazilishi haqida rasman xabar berdi.
Aslida, mazkur musobaqa 2025 yil sentyabr oyida Toshkentda o‘tkazilishi kerak edi, biroq ma'lum sabablarga ko'ra u Bahrayn mezbonligiga ko'chirildi. Musobaqaning yangilangan dasturidan velosportning shosse yo'nalishi ham joy oldi.
Bahrayndagi musobaqa dasturidan quyidagi sport turlari o‘rin oladi:
Yengil atletika
Badminton
Basketbol 3x3
Ot sporti
Kibersport
Futzal
Golf
Gandbol
Dzyudo
Jiu-jitsu
Aralash jang san’ati turlari
Veloshosse
Suzish
Stol tennisi
Tayekvondo WT
Triatlon
Sport kurashlari
Og‘ir atletika
Kabaddi
Voleybol
Tekbol.