🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱 @ekonuruz Channel on Telegram

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

@ekonuruz


♻️"𝐄𝐤𝐨𝐍𝐮𝐫" 𝐞𝐤𝐨 𝐯𝐨𝐥𝐨𝐧𝐭𝐲𝐨𝐫𝐥𝐚𝐫 𝐡𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭𝐢
♻️"𝐄𝐤𝐨 𝐦𝐚𝐫𝐚𝐟𝐨𝐧" 𝐱𝐚𝐥𝐪𝐚𝐫𝐨 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐢

‼️Tabiat uchun oʻzgarish boʻl‼️

Murojaat uchun: @Kimyogar02

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱 (Turkish)

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱 adlı Telegram kanalı, ekolojik ve sürdürülebilir yaşam tarzına ilgi duyanlar için harika bir kaynaktır. Kanal, ekolojik ürünler hakkında bilgi verirken, çevre dostu alışveriş yapmayı teşvik etmektedir. EkoNur ailesine katılarak, doğa dostu ürünleri keşfedebilir, geri dönüşüm ve sürdürülebilirlik konularında bilgi sahibi olabilirsiniz. nEkoNur kanalında, doğaya zarar vermeden sürdürülebilir bir yaşam sürdürmenin yolları, evde kendi doğal ürünlerinizi yapma ipuçları ve çevre dostu yaşam tarzıyla ilgili ilham verici içerikler bulabilirsiniz. Aynı zamanda, kanalda düzenlenen çeşitli etkinlikler ve kampanyalar sayesinde, ekolojik ürünlere erişimi kolaylaştırabilir ve doğaya olan olumlu etkinizi artırabilirsiniz. nEkoNur, ekolojik yaşam tarzını benimseyen, çevreye duyarlı bireylerin bir araya geldiği, bilgi paylaşımı ve fikir alışverişi yapabileceği bir platform sunmaktadır. Siz de doğaya ve çevreye karşı sorumluluk sahibi bir birey olarak EkoNur kanalına katılın, sürdürülebilir bir yaşam tarzını benimseyin!

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

21 Jan, 09:33


Hayotingizni o‘zgartirish uchun ajoyib imkoniyat!

"KELAJAK OFISI" loyihasi doirasida o‘quv va amaliy dasturlarga qabul boshlandi! Bu loyiha sizni ilm olishga va doim izlanishda bo‘lishga undaydi.

📒 Mazkur loyiha orqali:
Ilm sari shahdam qadamni tashlang va yangi bilimlar eshigini oching;
Kitoblar dunyosiga sho‘ng‘ing va fikrlash doirangizni yanada kengaytiring;
Intellektual salohiyatingizni oshiring va muvaffaqiyatga olib boradigan odatlarni shakllantiring;
Grandlarni yutish imkoniyatini qo‘lga kiriting – CV va motivatsion xat yozishni o‘rganing;
Ekologik madaniyatni rivojlantiring va tabiatga eʼtiborli bo‘ling;
Muvaffaqiyat sari birinchi qadamni tashlang va o‘z kelajagingizni bizning ofisda yarating!

🔥 Eng muhimi, bularning hammasi mutlaqo bepul! Faqatgina sizning olov xohishingiz va ishtiyoqingiz kerak.

Qabul muddati 27-yanvarga qadar davom etadi!  Shoshiling, joylar cheklangan! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Hayotingizni o‘zgartirish o‘z qo‘lingizda!

Roʻyxatdan oʻtish manzili: @Kelajak_Qabul

Biz bilan bog‘laning va yorqin kelajagingizni bizning ofisda shakllantiring!

Manzilimiz: @Kelajak_ofisi

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

17 Jan, 15:35


Oʻylaymanki EkoNur oilasi beeʼtibor emas va albatta oʻz fikri bilan oʻrtoqlashadi (:

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

17 Jan, 15:18


Qadrli kuzatuvchilar.
🙋‍♂Men Xusayn Tursunboyev 5 yildan buyon ijtimoiy-ekologik loyihalar tashkillab kelaman.

2025-yilda yangi loyihaga qoʻl urmoqchiman.
Loyiha talaba va yoshlar uchun
✓ Ilmga yoʻnaltirish;
✓ ilmiy faoliyat bilan shugʻullanish;
✓ kitob mutolaa qilish;
✓ muvaffaqiyatlarga erishish;
✓ ekologik madaniyatini oshirish;

mavzularida oʻquv va amaliy dasturlar asosida bepul tashkil etiladi.

💁‍♂ Loyihani nomlashda iltimos oʻz maslahatingizni ayamang. Quyida 5 ta nomni keltiraman:
1) Yuksal
2) Toʻgʻri yoʻl
3) Kelajak ofisi
4) Ilhom 360
5) Zanjir

🙏 Iltimos, oʻzingizga yoqgan nomni yozib qoldiring yoki oʻzingizda yangicha nomlar boʻyicha takliflar boʻlsa uni yozib qoldiring.
🤝 Beeʼtibor boʻlmaganingiz uchun oldindan tashakkur!

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

17 Jan, 06:39


⚡️ Qozog‘istonda o‘laksaxo‘r kalxat 2025-yil qushi deb e’lon qilindi. Qayd etilishicha, bu qushlar hozirda jiddiy yo‘qolib ketish xavfi ostida va himoyaga muhtoj.

🦜Har yili Qozog‘iston Biologik xilma-xillikni saqlash assotsiatsiyasi va Qushlarni asrash uyushmasi odamlar e’tiborini qushlarni asrashga jalb qilish maqsadida “Yil qushi” tanlovini tashkil qiladi.

Avvalgi yillarda bu unvon qaldirg‘och, turna, cho‘l burguti, qusun, laylak kabi qushlarni saqlab qolishda ham qoʻllanilgan.

❗️Kalxatlarga zaharli o‘lja va pestitsidlardan zaharlanish, noqonuniy tutqichlar, elektr uzatish liniyalari va shamol turbinalari bilan to‘qnashuvlar tahdid solmoqda va kamayishiga sabab boʻlmoqda.

🪶Kalxat kamyob yirtqich qush bo‘lib, ekotizim barqarorligini saqlash, atrofni o‘liklardan tozalash va kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa mayda sutemizuvchilar va sudralib yuruvchilar bilan ham oziqlanadi
.

Bizda ham shunday tartiblar qoʻllanilishini intiqlik bilan kutib qolamiz.

🪲 @ekonuruz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

31 Dec, 18:04


EkoNur uddalabdi💚

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

29 Dec, 11:04


@ekonuruz ning 2024-yil statistikasi bilan tanishing!

Atrof-muhitni asrab-avaylash borasida biz bilan birga harakat qilayotgan barcha Tabiatparvarlarni hamisha qadrlaymiz!

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

24 Nov, 16:28


"PLASTIKsiz kun" aksiyasi — sog‘lom kelajak sari! 🌏

"Ekomarafon" loyihasining 8-mavsum delegatlarining tabiatni asrash borasida ikkinchi qilgan ishlari koʻchalar chetlariga tashlab ketilgan plastik chiqindilarni yig‘ish bo‘ldi.

♻️ Ular tabiatga ozodalik baxsh etish uchun eng kamida 10 dona plastik idish topishlari va ularni belgilangan chiqindi qutilariga olib borib tashlashlari kerak edilar.

Vazifa muvaffaqiyatli bajarildi.
Umumiy hisobda 700 dan ortiq plastik idishlar terilib, chiqindi qutilariga joylandi!

♻️ Mazkur aksiya nafaqat chiqindilarni kamaytirish, balki tabiatga, jonivorlarga va o‘z kelajagimizga g‘amxo‘rlik qilish demakdir!

❗️Plastik chiqindilarni yig‘ish orqali har birimiz hayot muhitini tozalashga, tabiatni asrashga hissa qo‘shdik. Bu kun – tabiatga sevgi, birlashish va o‘zgarish sari tashlangan muhim qadamlardan biridir!

🌿 Biz bilan birga tabiatni asrab-avaylashga qo‘shigan delegatlarimizdan minnatdormiz! Plastik idishlarsiz hayot uchun siz ham harakat qiling!

🌿 @ekonuruz 🌿

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

24 Nov, 14:21


"Xazon chiqindi emas, OʻGʻIT!" yoxud tabiatga yangi hayot baxsh etamiz!

🍁 Kuz – tabiatning go‘zallik fasli, lekin afsuski, ko‘pchilik daraxtlardan to‘kilgan xazonlarni yoqib, havoni ifloslantiradi. "Ekomarafon" doirasida biz bu noto‘g‘ri odatga qarshi chiqib, xazonlarni tabiatga qaytarish aksiyasini o‘tkazdik.

🍂 Delegatlarimiz o‘z hududlarida to‘kilgan xazonlarni yig‘ib, ularni yerga ko‘mdilar. Chunki xazon – chiqindi emas, balki yer uchun qimmatbaho organik o‘g‘it! Bu kichik qadam tabiatni tiklash va unumdor yer yaratishda katta ahamiyatga ega!

💫 Har birimiz tabiatga mehr bersak, uni asrash ishlarida faol bo‘lsak, yanada yashil va sog‘lom kelajakni yaratishimiz mumkin. Xazonlaringizni yoqmang, tabiatga hayot bering!

🐾 @ekonuruz 🐾

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

24 Nov, 06:12


Tabiatga g‘amxo‘rlikning 8-mavsumiga start berildi!

🌿 Bugundan "Ekonur" eko-volontyorlar harakati loyihasining yangi mavsumi boshlandi! Oldinda bizni tabiatni asrashga, jonivorlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan hayajonli sarguzashtlar kutmoqda!

🌏 Har bir ishtirokchimiz bilan tabiatni sevishga, uni asrashga va jonivorlar hayoti hamda ekologiyani yaxshilashga xizmat qiladigan qadamlarni tashlaymiz! O‘zgacha g‘ayrat va mehr bilan bu marafonni o‘tkazamiz!

🤝 Ayni vaqtda delegatlar kichik guruhlarga boʻlingan holda bir-birlari bilan tanishib doʻstlashmoqdalar.

Jarayonlarni siz bilan bo‘lishib boramiz. Bizni kuzatib boring, tabiat uchun birgalikda harakat qilaylik!

💚 @ekonuruz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

20 Nov, 09:15


⚡️ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

🌱"EkoNur" ham 2025-yil davomida respublikamizning har bir hududida oflayn tarzida, "Eko marafon" loyihasini oʻtkazishni maqsad qilib turibdi)

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

16 Nov, 16:39


🌱 DIQQAT:

✓ Siz 7-12 yosh oraligʻidamisiz?
✓ Eko marafonning avvalgi 7 ta mavsumi davomida ishtirok etganmisiz? Yoki amaliy ishlarda oʻz yordamingizni koʻrsatganmiz?
✓ Chin maʼnodagi tabiatparvar bolajonmisiz?

Yuqoridagi talablar sizga mos boʻlsa , ajoyib va manfaatli taklifimiz mavjud!
Buni oʻylab ham koʻrmagansiz)

👉🏼 Murojaat uchun: @Kimyogar02 telegram manziliga aloqaga chiqing!

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

16 Nov, 16:09


8-mavsum uchun saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan delegatlar diqqatiga:

Ayrim sabablarga koʻra marafonning 8-mavsumi 23-24-noyabr kunlariga surilganini ma'lum qilamiz.

Shu sababli, delegatlar havotir olmasliklarini, marafon sanasigacha yaxshilab kuch toʻplab turishlarini bildirib qolamiz!

Qabul manzilidan
yopiq guruh linki har bir ishtirokchiga albatta taqdim etiladi)

Xurmat ila: EkoNur oilasi

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

15 Nov, 16:06


🌍 Tabiatni asrash yo‘lida birlashamiz!

⭐️ Qabulning 5 kuni davomida bizga 427 nafar talabgor ariza topshirgani haqida aytgan edik. Ulardan dastlab 60 nafar nomzod qabul qilinishi rejalashtirilgan edi.

🌳 Ammo, qiziqishning yuqoriligi va ishtirokchilarning maqsadga uygʻunligi sababli qoʻshimcha yana 15 nafar nomzodni qabul qilishga qaror qildik!

📋 Endi esa 75 nafar ekofaollar atrof-muhitni asrash va tabiatni himoya qilish yoʻlida amaliy harakatga qoʻshiladilar.

🌱 Quyida saralashdan o‘tgan nomzodlar ro‘yxatini keltiramiz:

[ 8-MAVSUM DEELGATLARI ]

🇺🇿 "EkoNur" jamoasi tabiatni sevuvchi va asrab-avaylashga bel bogʻlagan har bir ishtirokchini qadrlaydi. Bizni kuzatishda davom eting!

💚 https://t.me/ekonuruz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

14 Nov, 17:52


🌱 Natijalarni intiqlik ila, yuragi hapqirib kutayotganlar bormi? 👀

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

12 Nov, 03:05


🌎 "EkoNur" eko volontyorlar harakati tomonidan respublika miqyosida oʻtkazilib kelinayotgan "Eko marafon" loyihasining 8-mavsumi uchun roʻyxatdan o'tish yakunlandi.

🥰 5 kun davomida 427 nafar talabgorlardan arizalar kelib tushdi. Ular orasida
umumtaʼlim,
ixtisoslashtirilgan, ijod va
prezident maktablari oʻquvchilari,
Oliy taʼlim muassasalarining
bakalavriat talabalari,
magistrantlari,
doktorantlar,
pedagodlar,
ayrim davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari
kabi ekofaollar borligi bizni juda-juda quvontirdi.

😇 Biz barchaga chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz. EKONUR tabiatni asrab-avaylovchi, unga mehr beruvchi barchani qadrlaydi.

🧑‍💻👩‍💻 Tashkilotchilar esa eng munosib, atrof-muhitni asrash uchun amaliy yordamga shay boʻlgan delegatlarni saralash ishlarini boshlashdi.

Natijalar ham tez orada e'lon qilinadi. 🙂

💚 https://t.me/ekonuruz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

08 Nov, 13:44


8-9-10-noyabr kunlari Namangan viloyatida Yosh volontyorlar akademiyasi tomonidan "Namangan Yoshlar Sammiti" boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Bugun esa sammitning 1-kuni boʻlib oʻtmoqda.

🖐 Sammitda respublikamizning turli oliy taʼlim muassasalari, maktablaridan ishtirok etish uchun saralab olingan 50 nafar delegatlar ishtirok etmoqdalar. Sammit 3 ta "Ekologik madaniyat", "Xalqaro ta'lim va grandlar", "Startup loyihalar" yoʻnalishlar kesimida boʻlib oʻtmoqda.

🌱 "EkoNur" eko volontyorlar harakati rahbari, "Eko marafon" loyihasi muallifi, eko-trener Xusayn Tursunboyev esa sammitning "Ekologik madaniyat" yoʻnalishi boʻyicha spikerlikka taklif qilindi hamda delegatlar uchun yoʻnalishga doir mavzular yuzasidan dars mashgʻulotlari, ekologik loyihalar yaratish boʻyicha seminar trening oʻtib berdi.

🤩 Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida yoshlar safi kengaymoqda. Biz bundan juda ham xursandmiz.

👉🏼 Manzilimiz: @ekonuruz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

06 Nov, 14:11


Siz kutgan kun yaqinlashmoqda! Demak, boshlaymiz!

🌳 "Eko marafon" onlayn loyihasining 8-mavsumiga qabulni ochiq deb e'lon qilamiz! Tabiatni sevadigan va unga g‘amxo‘rlik qilishni istaydigan yoshlarni faollikka chorlaymiz!

🌱 Loyihamiz orqali:
1️⃣ Tabiat bilan hamohanglikda uni asrashga hissa qo‘shing;
2️⃣ Networking muhitini shakllantiring;
3️⃣ O‘z ustingizda ishlab, ekologiyaga qayg‘uring!

Marafonimizning muhim jihatlari shundaki:
Tabiatni xuddi o‘zingizdek sevadiganlar davrasida bo‘lasiz;
Biz beradigan topshiriqlarni bajarib, eko-ko‘nikmalaringizni yanada rivojlantirasiz;
Tajribali mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan treninglarda qatnashasiz;
"Eko texnika", "Eko zakovat" va shu kabi loyihamiz doirasidagi qiziqarli dasturlar ishtirokchisiga aylanasiz!

🌿 3 kunlik faol ishtirokingizni qadrlaymiz va astoydil bajarilgan vazifalar egalarini xalqaro darajadagi QR kodli sertifikat bilan taqdirlaymiz!

❤️ Tabiatga bo‘lgan muhabbatingizni namoyon qilish fursati yetdi! Bor yo‘g‘i 60 ishtirokchi qabul qilinadigan loyihada sizning ham ismingiz bo‘lishini istaysizmi? Unda ro‘yxatdan o‘tishni unutmang! Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan!

Aytgancha, bir eslatmamiz bor: Loyihaga saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlargina qabul qilinadi. Shu sababli oʻrningizni band qilish uchun astoydil harakat qiling!

📝 Qabul uchun: @EkoQabul8
🗓 Bo‘lib o‘tadigan sana: 17-18-noyabr;
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 12-noyabrga qadar.

📌 Manzil: @ekonuruz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

24 Oct, 10:14


Yovvoyi hayvonlar soni soʻnggi 50 yil mobaynida 73 foizga kamaydi 😱

London zoologiya jamiyati (ZSL) ma’lumotlariga ko‘ra, 1970-yildan 2020-yilgacha yovvoyi hayvonlar populyasiyasining qisqarishi 73 foizni tashkil etdi va "ortga qaytib bo‘lmaydigan nuqta"ga yaqinlashdi. Ekspertlarning fikricha, buning asosiy sababi antropogen omil hisoblanadi.

ZSL hisob-kitobiga muvofiq, Lotin Amerikasi va Karib havzasida vaziyat eng yomon, bu mintaqalarda yovvoyi hayvonlar populyasiyasi 50 yil ichida 95 foizga qisqargan. Shuningdek, Afrikada yovvoyi hayvonlar populyasiyasi 76 foizga kamaygan. Osiyo va Tinch okeani hududlarida bu boradagi qisqarish 60 foiz, Shimoliy Amerikada — 39 foiz, Yevropada — 35 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, bu tendensiya global isish, ko‘plab turlarning tabiiy yashash joylari yo‘q qilinishi, atrof-muhitning ifloslanishi va inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar tufayli ham tezlashishi mumkin.

🌳 Atrof-muhit  va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

17 Oct, 10:13


🪲 Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Ixtirolar tanloviga marhamat:

SIZDA:
Atrof-muhitni muhofaza qilish, havoning ifloslanish darajasini kamaytirish va resurslarni tejashga qaratilgan loyihalar,
Iqlim o‘zgarishining oldini olish yoki uning oqibatlariga moslashish bo‘yicha takliflar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlar,
Qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikni oshirish va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha innovatsion takliflar
mavjudmi? Unda ushbu tanlov sizlar uchun!

🌏 Kimlar ishtirok eta oladi?
Umumta’lim maktablarining
5-11-sinf o‘quvchilari mustaqil o‘zlari yoki jamoa (3 nafargacha) bo‘lib qatnashishlari mumkin.

🏆 Respublika bosqichida g‘olib bo‘lsangiz sizni nimalar kutmoqda?
🥇30 million
🥈20 million
🥉10 million
Qolaversa tanlovning eng yaxshi deb topilgan 10 TA LOYIHA
amaliyotga tadbiq etish uchun moliyalashtiriladi.

🧗Roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot uchun: http://ixtirochi.piima.uz

🪲 @ekonuruz 🪲

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

17 Oct, 09:05


🌿 USCHOOL Xalqaro Ekologik Olimpiadasi

Davlat: Rossiya
Moliyaviy ta'minot: To'liq
Yosh toifasi: 8-18

Ushbu dasturda ishtirok etgan g’oliblar xalqaro bolalar oromgohlariga yo’llanmalar va 48 nafar sovrindor zamonaviy gadjetlar bilan taqdirlanadi.

Imtiyozlari:
- Global muammolarga tengdoshlar bilan birga yechim topish
- Shaxsiy ekologik loyihani taqdim etish va mentorlardan maslahat olish
- Do'stlar orttirish
- Serifikat va boshqa bir imkoniyatlar

Ro’yxatdan o’tish uchun: Havola

Ariza topshirishning so'nggi muddati: 20-oktabr

@ekonuruz
@EduGrandsUz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

13 Oct, 14:12


🌿7 Kun - 7 Yashil odat! 🌿

Har kuni qilinadigan kichik o‘zgarishlar sayyoramizga katta o‘zgarishlar keltirishi umkin. Biz bilan 7 kunlik yashil odatlar qabul qilishga tayyormisiz

1️⃣Plastmassani kamaytiring – qayta ishlatiladigan narsalardan foydalaning!

2️⃣Suvni tejashni odat qiling – kerak bo‘lmagan vaqtda kranlarni o‘chiring.

3️⃣Piyoda yuring yoki velosipedda harakatlaning – gaz chiqarilishini kamaytiring!

4️⃣Mahalliy mahsulotlar tanlang – ekologik toza xarid qiling.

5️⃣Energiyani tejashni odat qiling – elektrni keraksiz joyda o‘chiring.

6️⃣Chiqindilarni kamaytiring – kompost qilishni boshlang.

7️⃣Boshqalarni ilhomlantiring – yashil odatlaringizni do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

#GreenDiplomacyWeeks davomida siz ham o‘z hissangizni qo‘shing va o‘z odatlaringiz bilan bo‘lishing! 🌿

——

🌿7 дней – 7 зеленых привычек!🌿

Маленькие изменения каждый день могут привести к большим переменам для нашей планеты. Готовы принять 7 зеленых привычек вместе с нами

1️⃣Сократите использование пластика – используйте многоразовые вещи!

2️⃣ Приучитесь экономить воду – закрывайте кран, когда не пользуетесь.

3️⃣Ходите пешком или ездите на велосипеде – уменьшите выбросы газа!

4️⃣Выбирайте местные продукты – покупайте экологически чистые товары.

5️⃣Приучитесь экономить энергию – выключайте свет, когда он не нужен.

6️⃣Сократите количество отходов – начните компостирование.

7️⃣Вдохновляйте других – делитесь своими экологическими привычками с друзьями!

Присоединяйтесь к #GreenDiplomacyWeeks и делитесь своими привычками с нами! 🌿

#EU4GreenTransition

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

15 Sep, 13:18


🐱 Hayvonlarga mehr ulashish shart! Axir ular bunga tashna!

🐶 Hech e'tibor berganmisiz? Ko‘cha to‘la boshpanasiz it, hayvonlar va mushuklar! Ayniqsa:
Qishloqlarda qorni to‘ymay, egasiz yurgan itlar;
Go‘sht o‘g‘rilagani uchun uyidan quvilgan mushuklar;
Haftalab suv ichmay, quruq ajriq kemirgan ho‘tiklar;
Faqat qamalib turib, donga zor tovuqlar;
Uyi buzilgan qushlar haqida eshitsangiz yoki ularni real hayotda ko‘rsangiz, yuragingiz achinish hissiga limmo-lim bo‘ladi!

🥹 Achinmaysizmi?! Yo‘q-yo‘q! Achinasiz! Chunki EKONUR'ni tabiatga befarq emaslar kuzatadi! Biz ekomarafon davomida bu vaziyatni ham inobatga oldik! Shu sababli, "Hayvonlarga mehr ulashish" aksiyasini o‘tkazdik!

🐶 Ko‘chada qolgan hayvonlar yeyishi uchun idishlarda suv va ovqat qo‘ydik. Jarayon haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun mazkur suratlarni keltiramiz! Tabiatni, undagi jonzotlarni asrash — burchimizdir!

😊 @ekonuruz