Buxoro Kadastr ️ @buxkadastr Channel on Telegram

Buxoro Kadastr ️

@buxkadastr


Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot

Buxoro Kadastr ️ (Uzbek)

Buxoro Kadastr kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Buxoro viloyati bo'ylab kadastr, yer belgilash, vaqtinchalik ro'yhatlar, qurilish loyihalari va boshqa yerlarni belgilash bilan bog'liq yangiliklarni taqdim etadi. Agar sizga Buxoro viloyati bo'ylab yer belgilash, kadastr so'ralgan bo'lsa, bu kanal siz uchun ideal manzil bo'ladi. Kanalda eng so'nggi yangiliklar va qiziqarli maqolalar bilan bilimni oshirishingiz mumkin. Buxoro Kadastr kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Buxoro Kadastr ️

17 Feb, 10:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

📺 "Istiqlol" telekanalining Jonli Intervyu loyihasining navbatdagi sonida 🇺🇿Davlat Kadastrlari palatasi Buxoro shahar filiali boshlig‘i Shoxrux Kazakov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida" gi qonuni doirasida Buxoro shahrida amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan suhbat bo'lib o'tdi.

◾️Suhbat davomida mutaxassis tomonidan qonun orqali belgilangan tartiblar, joylarda amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari haqida ma’lumot berilib, jismoniy va yuridik shaxslarning kadastrga oid savollariga ham javob berildi.

🌐 Batafsil video

#OAV_Biz_haqimizda #Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

14 Feb, 14:15


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Bugun, Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–184-sonli Farmoni orqali belgilangan davlat yer va kadastr nazoratiga oid majburiy talablardan xodimlarning xabardorligini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

◾️Unda Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar xodimlari tomonidan mazkur farmon orqali joriy qilinayotgan yangi tartib-taomillar xususida boshqarma xodimlari va tuman-shahar bo‘limlari boshliqlariga atroflicha tushuntirishlar berildi.

◾️ Seminar doirasida yer va kadastr nazorati inspektorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham malakali mutaxassis va ekspertlardan javob olishdi.

#Seminar_trening #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

14 Feb, 12:58


Live stream finished (42 minutes)

Buxoro Kadastr ️

14 Feb, 12:15


Live stream started

Buxoro Kadastr ️

14 Feb, 05:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi 937-sonli Qonunining avvalgi "aksiya"lardan afzalligi nimada ?


▶️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari "O'zbekiston" telekanalining "Munosabat" tok-shousida ishtirok etib, mazkur savolga oydinlik kiritdilar.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

14 Feb, 04:35


Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi

💠 Bugun – 14 fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoh va shoir, mutafakkir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🎛 O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral sanasida tavallud topgan.

💮 Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan.

#Bobur_tavalludining_542yilligi #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

13 Feb, 07:10


#Huquqiy_asos #Bilasizmi
#Kadastr #Buxoro

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir

📃 Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

▪️Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

▪️Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquq egalari uchun majburiydir.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

11 Feb, 07:10


⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

10 Feb, 09:30


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

Xatlov o’tkazish nima degani?

Yangi qonunga asosan o‘tkaziladigan xatlov jarayonida fuqarolardan nimadir talab etadimi?

➡️ Batafsil videoda


#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

10 Feb, 06:45


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining "Rezerv ma'lumotlarni qayta ishlash markazi"da texnik nosozlik aniqlanib bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

09 Feb, 05:00


Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi!

💠 Bugun – 9 fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

◾️ Buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy asarlari nafaqat o‘zbek adabiyotining eng yirik yodgorliklari, balki butun dunyo madaniyatining qimmatli xazinasidir. Buyuk mutafakkir nafaqat adabiyotda, balki ilm-fan, falsafa va axloqda ham o‘zining chuqur izini qoldirgan.

#Navoiy_tavalludining_584yilligi #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

07 Feb, 10:34


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📹 KO‘P QAVATLI TURAR-JOYLARNING HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISHDA KADASTR IDORALARI QAYSI O‘RINLARDA ISHTIROK QILADI?

➡️ Bu haqda "Studiya 24" tok shouning navbatdagi sonida ⭐️ Kadastr agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i — axborot siyosati masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Ne’matjon Atamuratov javob berdi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

07 Feb, 09:33


#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

📃 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

✅️yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
✅️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
✅️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
✅️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
✅️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

⚠️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

07 Feb, 04:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-YIL, FEVRALDAN
XATLOV O'TKAZILAYOTGAN MAHALLALAR

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2024-2028-yillarda respublika miqyosida bosqichma-bosqich xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur videoinfografika orqali hududlarda 2025-yil fevral oyida xatlov boshlanadigan va bo‘layotgan mahallalar haqida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar, mahallangizdagi o‘tkazilayotgan xatlov bo'yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo'ling!
Sizning xatlovga befarq bo'lmasligingiz - biz kadastrchilar ishini yanada yengillashtiradi.


#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

06 Feb, 09:30


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2025-yil 1-fevral holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

06 Feb, 07:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning G‘ijduvon tumani hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

05 Feb, 10:32


#Savol_javob #Foydali
#Kadastr #Buxoro

Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi?

‼️ Yo‘q

Ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mazkur mulkka oid huquqiy hujjatlar (yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi) mavjud bo'lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llash mumkin.

📝 Murojaat yuborilgach ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

04 Feb, 07:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Buxoro tumani hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

03 Feb, 07:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Jondor tumani hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

31 Jan, 10:20


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Kogon shahri hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

30 Jan, 11:20


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 Xabaringiz bor, 2024-yilning 8-noyabridan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Buxoro viloyatining tuman, shaharlarida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

💠 Jumladan, Qorako‘l tuman filiali xodimlari ham xatlov jarayonlarini reja-jadval asosida tumanning "Tayqir" MFY hududida olib borishmoqda.

#Kadastr #Buxoro #Xatlov

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

30 Jan, 07:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Kogon tumani hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

30 Jan, 05:40


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 30-son qarori qabul qilindi.

◼️ Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi qo'shimchalar kiritildi:

📃 Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan taqdirda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

◼️ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi band bilan to'ldirildi.

◼️Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).

◼️Investorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.

◼️Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi”

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

24 Jan, 09:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Romitan tumani hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

24 Jan, 05:33


Endilikda ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksion orqali faqat yuridik shaxslarga sotiladi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

24 Jan, 05:10


#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

23 Jan, 11:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

23 Jan, 06:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Shofirkon tumani hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

22 Jan, 11:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Inamov boshchiligida Buxoro viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan yil sarhisobi, xatlov jarayonlari hamda Davlat xizmatlari orqali kelayotgan arizalarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va alohida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

💠 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarmalar mas’ul xodimlaridan iborat hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi hamda ularga yuklangan vazifalari atroflicha tushuntirildi.

🫥Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

22 Jan, 09:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugungi kunga qadar 125 131 ta ko‘chmas mulk obyekti xatlovdan o‘tkazildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi Axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi:

◾️ Xatlov ishlari ikki bosqichda - dala ishlari hamda kameral ishlar ko‘rinishida amalga oshirilmoqda.

◾️ Dala ishlarida kadastr muhandislari tomonidan har bir ko‘chmas mulkning bino inshootlarini o‘lchash bilan bir qatorda ularning konstruktiv elementlarini hamda yer uchastkalarining amaldagi chegaralarini aniqlash amalga oshiriladi.

◾️ Kameral ishlarda dala ishlari natijalarini to‘plash, tahlil qilish, bino-inshootlar chizmalari va yer uchastkasi chegaralarini chizish, topografik xaritalarni yaratish ishlari amalga oshiriladi.

◾️ Qonun ijrosi yuzasidan jarayonlarga 4 500ga yaqin kadastr xodimlari safarbar qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar 125 131 ta ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazildi.

◾️ Xatlovdan o‘tkazilgan 55 010 ta ko‘chmas mulk obyektlarining xatlov jamlanmalari shakllantirilib, respublika ishchi guruhiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

◾️ Xatlov jamlanmalari to‘liq shakllantirilgan 36 282 ta ko‘chmas mulk obyektlari UZKAD tizimiga olib o‘tildi.

◾️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida joylarda xatlov ishlari davom etmoqda. Yurtdoshlarimiz mazkur reja-grafik bilan kadastr.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

#Brifing #Xatlov #Kadastr #Buxoro

💠 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

22 Jan, 04:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Vobkent tumani hududi uchun reja-jadvali

#XATLOV_2025

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

21 Jan, 13:11


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun bo‘yicha huquqlar e'tirof etilishining muhim shartlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

21 Jan, 04:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

17 Jan, 07:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2024-yil davomida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlariga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida batafsil infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#Yer_nazorati #Kadastr #Buxoro #Infografika

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

17 Jan, 05:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv-kadastr ildizidir


🗂 Arxiv - bu hujjatlar saqlanadigan joy, ular ish faoliyatiga doir bo'ladimi, bino-inshootlarning arxiv hujjatlari bo'ladimi ba'ri tarixdan so'zlaydi. Shu bois ham arxivdagi hujjatlarning yaxshi saqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

🧾 Ana shularni hisobga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratgan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati 2024-yilni tashkilotda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼlon qilgandi.

🫥 Xoʻsh, yil nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida nimalarga erishildi?

🫥 Mazkur video - bajarilgan ishlar natijasi haqida.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

16 Jan, 05:10


#Video_qollanma #Foydali
#Auksion #Yer_uchastkalari

⚡️Auksionda yer olish uchun birinchi qadam!

⚖️ Auksionda qatnashib yer olmoqchisiz, biroq mazkur platformadan qanday foydalanishni bilmayapsizmi ?

Yuqoridagi videoda E-AUKSION onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tishda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi keltirilgan. Bu esa eng birinchi qadamdir!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

15 Jan, 04:40


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗓 2024-yil davomida Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun tuzilgan hujjatlar va ular yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida infografika.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

14 Jan, 07:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun bo‘yicha yer uchastkalarini ijaraga berishning muddatlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

13 Jan, 11:10


#Taraqqiyot_strategiyasi
#Kadastr #Buxoro

👍 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirilgan.

🗣Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

🔄 Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

💻 Siz ham joriy yilning 22-yanvariga qadar 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali yuborishingiz mumkin.

🫥 Yuborilgan takliflar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari tomonidan tahlil qilinib, ishchi guruhga taqdim qilib boriladi.

🌀 Barcha yuborilgan takliflar 2025-yil 22-yanvar kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlar muhokamasidan o‘tadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

13 Jan, 09:13


💠 Korrupsiya-taraqqiyot dushmani

🗣 Korrupsiyaga qarshi kurash, tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur videorolik orqali - halollikka e'tibor qilish kerakligi va qabihlik har qanday insonni tubanlikka chorlashi yorqin aks ettirilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

10 Jan, 10:25


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣Joriy yilning 10-yanvar (juma) soat 18:00 dan 12-yanvar 00:00 gacha 🌟Kadastr agentligining rasmiy kadastr.uz veb-saytida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan veb-saytdan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma‘lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

10 Jan, 05:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Buxoroda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2025-yil 1-yanvar holatida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 120 538 tani tashkil etadi.

Shundan Buxoro viloyatida jismoniy shaxslar egaligidagi koʻchmas mulklar soni 512 757 tani tashkil qiladi.

📊 Respublika bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

👆Hududlar kesimidagi batafsil ma’lumot mazkur infografikada.

#DKP_statistikasi #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

09 Jan, 07:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun bo‘yicha huquqlar e'tirof etilishining muhim shartlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

08 Jan, 09:12


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas

🗣 Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 47-moddasi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

07 Jan, 09:09


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 QONUN HAQIDA

🫥 Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni, 21-moddasi

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

07 Jan, 06:09


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya
beriladi

🪪Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
▪️huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

07 Jan, 04:14


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar-fevral oylari davomida Buxoro viloyatining tuman-shaharlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Infografika #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

06 Jan, 10:31


#Bilasizmi
#Kadastr #Buxoro

⚖️Yer uchastkalari auksion savdolariga quyidagi mulk huquqi asosida chiqariladi

◾️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

◾️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

04 Jan, 10:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar oyida respublikaning barcha hududlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

04 Jan, 09:10


💠 Korrupsiya-taraqqiyot dushmani

🗣 Korrupsiyaga qarshi kurash, tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur videorolik orqali - halollikka e'tibor qilish kerakligi va qabihlik har qanday insonni tubanlikka chorlashi yorqin aks ettirilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

04 Jan, 06:36


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢 Ayni paytda, Shofirkon tumani Xalq qabulxonasi binosida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi hamda tuman Xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

📝Sayyor qabulda fuqarolarning yer ajratish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, egalik huquqini olish, kadastr kodini yangilash kabi masalalari yuzasidan murojaatlari tinglanmoqda.

#Sayyor_qabul #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

04 Jan, 04:16


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

03 Jan, 14:10


❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❗️Oldin xabar berganimizdek ertaga, 4-yanvar — barcha uchun ish kuni

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, erta 4-yanvar shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ham ish kuni hisoblanadi. Sababi aynan shu kun hisobidan 2-yanvar kuni qo‘shimcha dam olish kuni deb e'lon qilingan edi.

#Kadastr_agentligi #Bayram_kunlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

03 Jan, 10:35


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 Hurmatli Shofirkon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

📨 Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Shofirkon tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

🖊 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 4-yanvar kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Shofirkon tumani Xalq qabulxonasi binosi

#Sayyor_qabul #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

03 Jan, 10:10


#Kecha_va_bugun #Buxoro
#Kadastr

⌛️KECHA VA BUGUN

🇺🇿 Buxoro viloyati

🌍Buxoro viloyati hududi:
▫️tarix:
4 193 705 gektar
◾️bugun: 4 183 054 gektar

📋 Nomlanishi:
▫️tarix:
Buxoro amirligi, Buxoro XSSR
◾️bugun: Buxoro viloyati

🏘 Mahallalar soni:
▫️tarix:
450 ta MFY
◾️bugun: 544 ta MFY

📊 Aholisi:
▫️tarix: 1 mln 200 ming kishiga yaqin
◾️bugun: 2 mln 100 ming kishidan ortiq

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

03 Jan, 06:40


#Bizning_manzillar
#Buxoro #Kadastr

🗺 Buxoro viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari:

📍 Olot tumani
📍 Buxoro tumani
📍 Vobkent tumani
📍 G‘ijduvon tumani
📍 Kogon tumani
📍 Buxoro shahri
📍 Qorako‘l tumani
📍 Qorovulbozor tumani
📍 Peshku tumani
📍 Romitan tumani
📍 Jondor tumani
📍 Shofirkon tumani
📍 Kogon shahri

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

31 Dec, 13:15


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❄️ VIDEOHISOBOT

❄️ "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" boshqa sohalar qatori Kadastr agentligi uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi, deyish uchun barcha asoslar yetarli. Yil avvalida qo‘yilgan rejalarni tizimli ravishda amalga oshirish uchun barcha xodimlar bir yoqadan bosh chiqarib birga harakat qilishdi va ijobiy natijalarga erishildi.

Mazkur rolikda ushbu jarayonlar qisman ochib berilgan.

🔊 2025-yilda ham sohada xalqning farovonligi, muammolarini o‘z vaqtida samarali hal etish, aholi turmush darajasi hamda sifatini oshirish borasida xayrli va muvaffaqiyatli yil bo‘lsin!

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

27 Dec, 06:10


#Sarhisob
#Kadastr #Buxoro

🎊2024-YIL SARHISOBI

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida qisqacha ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

26 Dec, 06:50


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.

Mehnat sharoiti:
Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda haq to‘lanadi;

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma-ob’yektivka, pasport nusxasi va telefon raqamini Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga 2025-yil 10-yanvar kuniga qadar yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65 (1)).

🗣Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Buxoro Kadastr ️

25 Dec, 11:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

Mutasaddilar bino inshoatlar 2018-yilgacha barpo qilinganini qayerdan bilishadi?

Hujjatlashtirish jarayonida aldov ish beradimi?

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

25 Dec, 09:30


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024 yil 6-dekabrdagi 202-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimlariga ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

◼️Tanlov ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdagi bo‘sh (vakant) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimi uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

◼️Tanlovning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:

- tanlovning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
- nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni o‘rganib chiqish;
- nomzodni test va suhbat sinovlaridan o‘tkazish;
- tanlov natijalarini e’lon qilish.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Buxoro Kadastr ️

25 Dec, 07:10


#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

🇺🇿 Joriy yilning 15-noyabrida Prezident tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 997-sonli Qonun imzolandi.

⚡️ Qonun bilan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda Prokuror, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

24 Dec, 10:10


#Savol_javob #Kadastr
#Huquqiy_malumot

Savol:
—Uyning planini chizib bergani uchun kadastr xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadimi ?

📝 Javob:
—Uyning kadastr plani yaʼni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

❗️Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi va kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

24 Dec, 05:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❗️Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazish tartibi qanday va nimalarga e‘tibor qaratish lozim?

#Foydali #Buxoro #Kadastr

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

23 Dec, 12:00


⛓️‍💥Hisobot davrida yer va kadastrga oid huquqbuzarlik sodir etgan 37 185 ta shaxsga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ma’lum qildi.

Bugungi kunda respublikaning jami 44,9 mln. gektar yer maydonidan 42,3 mln. gektari yoki 94 foizi “UZKAD” tizimida elektron xaritasi yaratilib, 41,8 mln. gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Avval hisobga olinmagan 181,7 mingta yangi ob’yekt va 2,3 mingta ob’yektda qo‘shimcha qurilmalar kadastr bazasida hisobga olinishi natijasida, byudjetga 155,8 mlrd so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi.

Respublikaning jami ko‘chmas mulk ob’yektlari soni 8,5 mln.tani tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 189 mingtaga oshgan.

Jismoniy shaxslarning jami ko‘chmas mulk ob’yektlari soni 8,1 mln.tani tashkil etib, yil boshiga nisbatan 109,9 mingtaga oshgan.

Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida 883,1 mingta shundan, 40,9 mingta yangi va 842,2 mingta mavjud ob’yektlarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 61 410 ta holatda 8 135 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanib, berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 37 547 ta holatda 4 055 gektar yoki 61 foiz yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

💠 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube

Buxoro Kadastr ️

23 Dec, 11:10


#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot

📁 Maʼmuriy jarimalarni to‘lashdagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardormisiz?

📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

‼️Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

😎Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

😎xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube