Botir Zaripov @botirzaripov Channel on Telegram

Botir Zaripov

@botirzaripov


Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripovning rasmiy Telegram kanali.

Murojaatlaringizni izohlarda qoldiring!

Botir Zaripov (Uzbek)

Botir Zaripov rasmiy Telegram kanali Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripov tomonidan boshlangan. Kanalda Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripovning faoliyatiga oid eng so'nggi yangiliklar, loyiha va dasturlar haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Kanalda foydali ma'lumotlar, mulohazalar va savollar qo'llab-quvvatlash uchun imkoniyatlar mavjud. Agar siz Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripovning ishlari va javobgarliklari to'g'risida xabar olishni istasangiz, Botir Zaripov kanaliga obuna bo'ling va bugungi yangiliklardan birinchi bo'lib habardor bo'ling! Murojaatlaringizni izohlarda qoldiring!

Botir Zaripov

13 Feb, 01:30


Assalomu aleykum, qadrli buxoroliklar!

Yangi kun – fayzli payshanba tongi barchamizga muborak bo‘lsin!

Buguningiz xayrli, barokatli va albatta mazmunli o‘tsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

12 Feb, 16:55


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ikki kun davomida Buxoroda boʻlib, aholi turmush farovonligini oshirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “mahalla yettiligi” saʼy-harakati, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligi bilan yaqindan tanishdi

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

12 Feb, 15:14


Botir Zaripov qator sport obyektlari faoliyatini oʻrgandi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

11 Feb, 01:33


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Seshanba tongi muborak bo‘lsin!

Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

10 Feb, 10:07


Buxorodagi qaysi OTM faoliyatini yuqori baholaysiz?

Buxoro viloyatdagi mavjud oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv metodikasi, pedagogik jamoadagi hamjihatlik, ilg‘or tajriba hamda zamon bilan hamnafas uslubda darslar o‘tilishi, rahbarning salohiyati, yangi g‘oyalarga intilish, ota-onalar va talabalar, jamoatchilikning ta’lim dargohi haqidagi fikrlarini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Siz ham o‘zingiz xohlagan OTM jamoasini qo‘llab-quvvatlab, ovozingizni qoldiring. Bu bilan muassasadagi jarayonlarga munosabatingizni bildirgan bo‘lasiz!

🔹So‘rovnomada ishtirok etish mutlaqo bepul va ixtiyoriy. Ovoz berish 2025-yilning 2-martiga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@uzreytingbot

Botir Zaripov

10 Feb, 08:37


Botir Zaripov Olot, Qorakoʻl va Jondor tumanlarida qurilish, taʼmirlash va yangidan qurishga muhtoj, taʼmirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan ijtimoiy soha muassasalarini borib koʻrdi (video)

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

10 Feb, 05:46


Botir Zaripov koreyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

10 Feb, 04:54


⚡️Botir Zaripov Olot, Qorakoʻl va Jondor tumanlarida qurilish, taʼmirlash va yangidan qurishga muhtoj, taʼmirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan ijtimoiy soha muassasalarini borib koʻrdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

08 Feb, 17:19


⚡️ “Yashirin iqtisodiyot” ni qisqartirish borasidagi ishlar muhokama qilindi, istiqboldagi vazifalar belgilandi

Viloyat hokimligida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish, soliq qonunchiligi va bu borada amalga oshirilayotgan dolzarb chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat soliq inspeksiyasi, tijorat banklari, moliya-iqtisodiyot tarmoqlari mutasaddilari ishtirok etgan yig‘ilishni viloyat hokimi Botir Zaripov olib bordi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2024-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari faoliyati tubdan isloh etilib, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi departament organlari tizimiga o‘tkazildi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash bo‘yicha nazorat tizimi o‘rnatildi.

Joriy etilgan yangi mexanizmlar hamda islohotlar natijasida muayyan natijalar qayd etildi. Xususan, “yashirin iqtisodiyot” ga qarshi kurashishda uni keltirib chiqarayotgan omil va sabablarini bartaraf etish yo‘nalishlaridan biri sifatida faoliyat tashkil etilgan. Respublika miqyosida tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilish hamda ularning huquq va manfaatlarining buzilishi bilan bog‘liq 190 ta jinoyatga barham berilgan. Soliq huquqbuzarligi to‘g‘risida tadbirkorlarni xabardor qilish hamda profilaktika choralari orqali jinoyat ishlari qo‘zg‘atmasdan 15,3 milliard so‘m soliqlarning ixtiyoriy ravishda davlat byudjetiga to‘lanishi ta’minlangan. Respublikada yashirin iqtisodiyotdagi hisobga olinmagan 20,6 mingta holat rasmiy iqtisodiyotda aks ettirilishi ta’minlanib, shakllangan qo‘shimcha manbalar byudjetga undirilgan.

Buxoro viloyati bo‘yicha esa 2024-yilda soliq obyektlarini to‘liq hisobga olish va soliq solish bazasini kengaytirish, foydalanilmayotgan zaxiralarni safarbar qilish orqali 9 ta yo‘nalishda qiymati 1 trillion 202 million so‘m qo‘shimcha daromadlarni byudjetga jalb qilish imkoni mavjudligi aniqlangan. Bu bo‘yicha “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan va 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ bo‘yicha qayta hisobot topshirilgan va byudjetga undirilgan.

Ishlarni tizimli tashkil etish uchun esa Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat komissiyasi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhimdir. Maxsus komissiya faoliyati viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilganda, bir qator nuqson va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.

Shundan kelib chiqib yig‘ilishda barcha hududdagi savdo majmualari, do‘konlarda chek bermaslik, savdo tushumlarini hisobga olmaslik orqali daromadlarni yashirish hamda raqobat qoidalarini chetlab o‘tib haqiqiy aylanmani kamaytirib ko‘rsatish holatlariga barham berish zarurligi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat prokurori Ulug‘bek Hamdamovning ma’ruzasi tinglandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

08 Feb, 15:19


#hokim_hududlarda

Olib borilgan o‘rganishlar davomida viloyatda birinchi navbatda qurilish, ta’mirlash va yangidan qurishga muhtoj, ta’mirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan 49 ta ijtimoiy soha muassasalari aniqlangan. Viloyat hokimi Botir Zaripov bugun Buxoro va G’ijduvon tumanlari hamda Buxoro shahrida bo’lib, mazkur toifadagi muassasalar holatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

08 Feb, 13:05


Qadrli tadbirkorlar va tashabbuskorlar!

Xabar qilinganidek, bugun soat 19:00dan boshlab sizlar bilan navbatdagi onlayn muloqotimizni o‘tkazamiz!

Ulanish uchun belgilangan vaqtda https://us06web.zoom.us/j/8860794866?pwd=3Qu6Teg9aFDP5oj80ltYq23OllndKb.1 havolasiga kiring!

Taklif, tashabbus va murojaatlaringizni bildiring!
@BotirZaripov

Botir Zaripov

08 Feb, 11:59


#hokim_hududlarda

O‘rganishlar davomida Botir Zaripov Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro filiali binosi va Call-markazini rekonstruksiya qilish, 2-son maktabgacha ta’lim tashkilotini mukammal ta’mirlash, 2-son sport maktabida qo‘shimcha sport zal qurish loyihalarini borib ko‘rdi.

Shuningdek, viloyat rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida bo‘lib, yangidan barpo etilayotgan bo‘limlardagi ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Har bir obyektda bajarilishi ko‘zda tutilgan qurilish-ta’mirlash ishlari loyihalariga o‘zi munosabatini bildirib, bu borada zarur vazifalarni belgilab berdi.

Ayni paytda o‘rganishlar davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

19 Jan, 01:34


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Yakshanba tongi muborak!

Sog‘-salomat uyg‘onishni nasib qilgan Allohga shukurlar bo‘lsin!

Kuningiz xayrli, barokatli va albatta, mazmunli o‘tsin!

Pokiza niyatlarga yo‘g‘rilgan barcha ishlaringiz baroridan kelsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

18 Jan, 15:37


#kecha

Xitoy xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish qo‘mitasining Shensi bo‘limi raisining o‘rinbosari QUANG Jian boshchiligidagi delegatsiya Buxoroda bo‘ldi.

Tashrif doirasida viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar ikki hudud o‘rtasida investisiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va aloqalarni chuqurlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

18 Jan, 06:56


⚡️Qadrli ishbilarmon va tadbirkorlar! Yangi biznes g‘oya va tashabbusga ega buxoroliklar!

Xabaringiz bor, Siz bilan doimiy muloqot qilish, muammolaringizni o‘rganish va hal etish bo‘yicha yangicha formatda uchrashuvlar o‘tkazib kelyapmiz.

O‘tgan davr mobaynida onlayn formatdagi bunday muloqotlarimiz yaxshi samara berganini tadbirkorlarimizning o‘zi, qolaversa, jamoatchilik ham e’tirof etmoqda.

Kecha sizlar bilan o'tkazgan uchrashuvda kelib tushgan ko‘plab takliflarni inobatga olib, bugun ham soat 19:00 dan boshlab ana shunday muloqotimizni o‘tkazishga qaror qildim.

Maqsadimiz – viloyatimizda tadbirkorlar safini kengaytirish, mavjud tadbirkorlik sub’yektlari oldida turgan to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish orqali isho‘ o‘rinlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va byudjet tushumlarini oshirish.

Demak, Sizlarni bugun, 18-yanvar kuni soat 19:00 da ochiq muloqotda kutaman.

Havola esa o'sha doimiy manzilda: https://us06web.zoom.us/j/8860794866?pwd=3Qu6Teg9aFDP5oj80ltYq23OllndKb.1

@BotirZaripov

Botir Zaripov

18 Jan, 03:05


⚡️Hoziroq to‘g‘ridan to‘g‘ri-efirni tomosha qiling: Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 5-sessiyasi

⭕️⭕️⭕️⭕️➡️ YouTube orqali ko‘rish ⬅️

Shuningdek, ushbu translyatsiya Telegram ва Facebook orqali ham efirga uzatilmoqda

📍Buxoro shahri

Botir Zaripov

18 Jan, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Shanba tongi muborak bo‘lsin!

Bugungi kuningiz fayzli o‘tib, barchaga omadli kelsin.

@BotirZaripov

Botir Zaripov

17 Jan, 18:53


#bugun

Botir Zaripov hududlarda qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan qishki agrotexnik tadbirlar, qurilish-bunyodkorlik ishlarining borishini o'rgandi, jarayonlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

17 Jan, 18:22


Xitoyning Shensi provinsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

17 Jan, 17:14


#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Buxoro viloyatida madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, aholi va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish borasida boshlangan amaliy ishlarni jadallashtirishga kirishilgani haqida xabar bergan edik.

Xususan, madaniy meros va arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va texnogen jarayonlar ta’sirini olish maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar, olimlar, tarixchilar hamda tajribali loyihachilarni jalb qilgan holda Buxoro shahar tarixiy markazidagi «Chor Minor» va «Isteza» madrasalari, «Samarqand» va «Darvozai Salloxona» darvozalari, «Zindon» va «Masjidi Kalon» kabi turistik marshurut bo‘ylab joylashgan obyektlar hududida yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi tarmoqlarni qurish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa kabellari va boshqa kommunikatsiya tizimlarini Xiva shahri tajribasidan foydalangan holda, shaxta shaklida yer ostidan o‘tkazish yoki binolar tom qismlaridan milliy ko‘rinishda yog‘och ornamentlar, ustunlar bilan o‘ragan holda mukammal ko‘rinishini tashkil etib, qurish, an’anaviy me’morchilik uslubiga uyg‘un holda zamonaviy yoritish tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Buxoro shahrida joriy yilda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tanlangan hududda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda tutash hududlarda yo‘l va yo‘laklarda mavjud asfalt va beton qoplamalarni demontaj qilish, loyiha asosida maxsus tosh qoplamalar yotqizilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat va Buxoro shahar sektorlari rahbarlari, mas’ul viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy qismida ham bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Mavjud muammolarni o‘rgandi. Ularni hal qilish bo‘yicha zarur vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

08 Jan, 02:03


🎉 Hurmatli prokuratura xodimlari! Soha faxriylari!

Siz, aziz qonun posbonlarini 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu-baraka, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

@BotirZaripov

Botir Zaripov

08 Jan, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Murodbaxsh chorshanba tongi muborak boʻlsin!

Bugungi boshlanayotgan kuningiz albatta fayzli va barokatli bo‘lsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

07 Jan, 01:34


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Seshanba tongi muborak!

Asl saodat – nafas olib turgan har onimizga shukr qila olishdir.

Bugun ham shukr va qanoatga boy kun bo‘lsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

06 Jan, 01:31


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Dushanba tongi muborak bo‘lsin!

Bugungi ishlaringiz baroridan kelsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

05 Jan, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Yakshanba tongi muborak bo‘lsin!

Dam olish kuningiz oilangiz va yaqinlar davrasida maroqli o‘tsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

04 Jan, 01:33


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Shanba tongi muborak bo‘lsin!

Bugungi kuningiz fayzli o‘tib, barchaga omadli kelsin.

@BotirZaripov

Botir Zaripov

03 Jan, 01:31


Assalomu aleykum, qadrli buxoroliklar!

Yangi yilning ilk ish kuni barchamizga xayrli kelsin!

Kuningiz ham fayzli va barokatli oʻtsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

02 Jan, 02:56


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Yangi yilning ilk payshanba tongi muborak bo‘lsin!

Qalbingiz iymonga, uyingiz quvonchga, yuzingiz nurga, boshlangan yangi kuningiz esa xayrli amallarga boy bo‘lsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

01 Jan, 01:33


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

2025-yilda otgan ilk tong hammamizga muborak boʻlsin!

Yangi yil barchamizga ezgu tilaklarimiz roʻyobini olib kelsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

31 Dec, 19:18


Barchangizga Yangi yil muborak bo'lsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

31 Dec, 02:47


Assalomu alaykum, aziz buxoroliklar!

Jonajon diyorimizga yangi – 2025-yil kirib kelmoqda.

Mana shu shukuhli damlarda duogoʻy otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, barcha sohalar vakillarini, azmu shijoatli yoshlarimizni, chet ellardagi viloyatdoshlarimizni ushbu qutlugʻ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Joriy yil yakunlarini sarhisob etadigan boʻlsak, albatta, 2024-yil el-yurtimiz uchun qut-barakali va omadli keldi.

Buxoroda ham Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarliklarida har bir jabhada asrlarga tatigulik bunyodkorliklar, yaratuvchilik ishlari amalga oshirilganini alohida taʼkidlash lozim.

Xususan, hayotbaxsh dasturlar doirasidagi qurilish hamda bunyodkorlik ishlari viloyat markazidan tortib, eng chekka qishloqlarni ham qamrab oldi. Barcha hududlarda zamonaviy sanoat korxonalari va infratuzilma tarmoqlari, bogʻcha va maktablar, madaniyat va sport obyektlari barpo etildi. Ozodlik, obodlik, farovonlik va qulay tadbirkorlik muhiti tufayli ichki va tashqi investitsiya hajmi, shunga mos ravishda turizm jozibadorligi ham karrasiga oʻsmoqda. Yangi-yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Natijada aholining hayot darajasi yuksalib bormoqda.

Taʼbir joiz boʻlsa, Yangi Oʻzbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Shubhasiz, bu jarayonlarda har bir buxorolikning oʻz oʻrni va hissasi bor.

Shu oʻrinda erishilayotgan yutuqlarimiz uchun siz, aziz buxoroliklarga chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Qadrli buxoroliklar!

Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu-baraka tilayman.

2025-yilning ham qadami qutlugʻ va barakali kelsin!

Yangi yilingiz muborak boʻlsin, azizlar!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

31 Dec, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Bugun 2024-yilning soʻnggi kuni. Barchamizga kirib kelayotgan Yangi yil muborak boʻlsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

30 Dec, 16:41


#YangiYilingizMuborak #Yangi2025Yil

Buxoroda yangi yil shukuhi (video)

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

30 Dec, 07:01


⚡️Qadrli buxoroliklar!

Xabaringiz bor, viloyatning bosh bayram archasi Yoshlar markazi binosi old maydonida o‘rnatilgan. Bu yerda 25-dekabrdan boshlab kun davomida turli madaniy tadbirlar, konsert tomoshalari o‘tkazilmoqda. Jumladan, bugun, 30-dekabr va ertaga, 31-dekabr kunlari viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan katta konsert shou dasturi namoyish etilishi rejalashtirilgan. Asosiy tomoshalar 19.00 - 23.00 oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, Ark qo‘rg‘oni oldida, “Narshaxiy bog‘i” (“To‘qimachi” dehqon bozori)da Yangi yil bayram tomoshalari tashkil etiladi. Bundan tashqari, shahar-tumanlar markazlarida ham Yangi yil archasi o‘rnatilgan bo‘lib, mazkur hududlarda ham kun davomida madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy qutlagan holda konsert dasturlariga taklif etamiz.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

30 Dec, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar! Dushanba tongi muborak boʻlsin!

Dam olish va bayram kunlaringiz sermazmun oʻtsin!

Xayrli va ezgu amallar bugun ham Sizga yor boʻlsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

29 Dec, 15:09


#sharhsiz_lavha
#Yangi_yil_shukuhi

Buxoro shahridagi "Universal" sport majmuasida "Nihol" davlat mukofoti hamda "Shuhrat" medali sohibi Bunyodbek Saidovning konsert dasturi tashkil etildi.

👆Video 1-qism

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

29 Dec, 01:30


Assalomu alaykum! Yakshanba tongi muborak bo‘lsin, aziz buxoroliklar!

Dam olish kuningiz mazmunli va yorqin lahzalarga boy o‘tishini tilayman.

Bugun faqat yaqinlar bilan birga boʻlib, maroqli hordiq chiqaring!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

28 Dec, 12:57


⚡️Yoshlar yetakchilari faoliyati sarhisob qilindi (video)

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

24 Dec, 18:34


Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov Gʻijduvon, Jondor, Kogon tumanlari va Kogon shahrida bo‘lib, yangi tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlarida bo‘ldi. Mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

24 Dec, 17:09


Botir Zaripov yangi tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

24 Dec, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Goʻzal seshanba tongi muborak boʻlsin!

Bugungi kuningiz ham har doimgidek xayrli, fayzli, manfaatli va omadli bo‘lsin, azizlar!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

23 Dec, 01:31


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Sog‘-salomat uyg‘ondingizmi? Yangi kun, yangi hafta muborak bo‘lsin!

Behuda o‘tkazilgan bir kun kapalak uchun bir umrga teng, deyishadi. Shu ma’noda yangi kun — yangi imkoniyat, deganidir.

Alloh rizq qilib bergan bugungi kunning, uning har bir lahzasining qadriga yetib, uni ezgu va xayrli amallar bilan o‘tkazaylik!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

22 Dec, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Yakshanba tongi muborak!

Sog‘-salomat uyg‘onishni nasib qilgan Allohga shukurlar bo‘lsin!

Kuningiz xayrli, barokatli va albatta, mazmunli o‘tsin!

Pokiza niyatlarga yo‘g‘rilgan barcha ishlaringiz baroridan kelsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

21 Dec, 15:14


#sayyor_qabul
#G‘ijduvon_tumani
#inson_qadri_uchun

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolar yechimini topishga imkon bermoqda. Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish, og‘irini yengil qilish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Shu jihatdan viloyat hokimi Botir Zaripovning bugun, 21-dekabr kuni G‘ijduvon tumanida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabuli anchayin samarali bo‘ldi.

Qabulda nafaqat G‘ijduvon tumani, balki viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan 115 nafar fuqaroning 200 dan ortiq murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi.

Qabulda fuqarolardan asosan moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, ishga joylashish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish, kadastr, elektr energiyasi, ichki yo‘llar ta’miri, shuningdek, sud-huquq masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Ko‘plab murojaatlar qabul chog‘ida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi. Fuqarolar muammosi hal etilishi umidi bilan qabulga kelgan.

Qabul davomida ehtiyojmand oilalar muammolarini o‘rganish, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish barobarida aholini qiynab kelayotgan qator ijtimoiy masalalarga ham yechim izlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

03 Dec, 01:30


Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar!

Seshanba tongi muborak bo‘lsin!

Kunni qanday boshlasak, ana shunday davom etadi.

Barchangizga duolar ijobat bo‘ladigan, mazmunli, huzurli, barakotli, fayzli kun nasib etsin!

@BotirZaripov

Botir Zaripov

02 Dec, 19:50


#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

"Gʻijduvon" EIZning Kogon tumanida joylashgan hududida "BUKHARA NEXT GENERATION PRODUCT" MCHJ tomonidan penoplast mahsulotlaridan maishiy texnika va elektronikani qadoqlash faoliyatini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Qiymati 1,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadigan mazkur loyiha joriy yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushishi va 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Botir Zaripov mazkur obyektda ham bo‘lib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.

Loyiha tashabbuskorlari bilan mavjud muammolar va ularni hal qilish masalalarini muhokama qildi. Qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

02 Dec, 19:37


#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

Xabar berganimizdek, Kogon tumani “Zirabod” massivi hududida ming gektarda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki barpo qilishga kirishilgan.

Mazkur obyektning tashkil etilishi natijasida Buxoro viloyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sanoat quvvatlarini ishga tushirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishiladi.

Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.
Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov majmua barpo etilayotgan hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, loyiha bosh rejasi bo‘yicha hozirda “Buxoro-Qarshi” avtomagistral yo‘lidan sanoat parki barpo etilayotgan hududga qadar 3 kmdan ziyod masofada yo‘l qurilishi amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari mazkur yo‘l qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar ishtirokida mavjud muammolarni o‘rgandi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qildi.

Kuzatishlar asosida, qurilish ishlari jadal davom etayotgan bir vaqtda zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari belgilangan muddatlardan ortda qolayotganligi hamda tarmoq korxonalari tomonidan zarur choralarni ko‘rishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, hududni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, maxsus texnikalar va ishchi-xodimlar sonini ko‘paytirish, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan qat’iy vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

29 Oct, 15:05


Botir Zaripov O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi, professor Eko Shri Margianti bilan uchrashdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

29 Oct, 15:05


#qurilish
#byunyodkorlik
#nazorat
#Buxoro_shahri

Buxoro shahri aholisi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda ko‘tarilayotgan masalalarning aksariyati hududdu renovatsiya dasturida asosida qurib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan ko‘p qavatli uy-joylar bilan bog‘liq. O‘tgan davr mobaynida bu borada viloyat hokimligi tomonidan katta ishlar amalga oshirildi va yillar davomida yangi turar-joy umida yurgan viloyatdoshlarimizning og‘iri yengil bo‘lib, dardi aridi. Ko‘rinadiki, ayni masala viloyat mutaddilari, xususan, viloyat hokimi Botir Zaripovning shaxsan nazoratida.

Bugun, 29-oktyabr kuni ham viloyat rahbari kun tartibini sektor rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosari Jalol Arashov, Buxoro shahar hokimi Qurbon Ibragimov, tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirokida Buxoro shahrida o‘tgan yillar davomida renovatsiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan uy-joylar qurilishini yakunlashga doir avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini muhokama qilishdan boshladi.

Ta’kidlash lozimki, Buxoro shahrida 2018-2021-yillar davomida renovatsiya davlat dasturi doirasida 59 ta 2-3 qavatli uy-joylar (788 ta xonadon va 136 ta noturar obektlar) buzilib, o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 3640 xonadondan iborat 69 ta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 61 ta uy-joy qurib foydalanishga topshirilgan. Hozirda 8 ta obektda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Botir Zaripov qurilishi yakunlanmagan har bir ko‘p qavatli uy-joyda amalga oshirilishi belgilangan ishlarni jadallashtirish lozimligini alohida ta’kidladi va bu borada mas’ullarni qat’iy ogohlantirdi. Qurilish ishlarini yakunlash va uy-joylarni kam-ko‘ssiz foydalanishga topshirish bo‘yicha qo‘shimcha muddat belgilandi. Shuningdek, uylar oldini obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishni tashkil etish, yerto‘la qismlari va boshqa infratuzilma sohalarini tartibga keltirish, yomg‘irdan keyin to‘planib qolgan suvlarni qochirish choralarini ko‘rish, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qurilish me’yorlari va sifat talablarining buzilishiga, uylarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirishda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi aytib o‘tildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

27 Oct, 04:29


Botir Zaripov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatligiga nomzodlarga ovoz berish jarayoni Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlar hududida joylashgan 631ta saylov uchastkalarida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanganidek soat sakkizda boshlandi.

Buxoro viloyati hokimi viloyatda birinchilardan bo‘lib Buxoro shahridagi yuridik texnikumida joylashgan 49-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda o‘zi tanlagan nomzodlar uchun ovoz berdi.

@BotirZaripov

Botir Zaripov

26 Oct, 17:30


#bugun

Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Botir Zaripov

26 Oct, 17:29


Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube