Bir necha kun oldin, "Qamar" kitoblar do'koni mana shunday hadyalar yuborgandi. Men uchun e'tiborli bo'lgani, ayolimga ham sovg'a yuborishibdi: kundalik sifatida yuritib boriladigan "Ramazon jurnali" va Kunlik duolar to'plami. Juda chiroyli sovg'a.
Kecha do'stim Muhiddinning maqtovi bilan Sabohiddin Alining "Mo'yna mantoli Madonna" asarini o'qishni boshladim. Qiziq ekan. Tugatsam taqriz yozaman (o'zi bu kitobni mendan boshqa deyarli barcha bookblogerlar o'qib chiqqan ekan o'ziyam).
Shu bilan, bu kitob bir vaqtning o'zida men o'qiyotgan 6-kitob bo'lyapti. Bu kitob bilan parallel tarzda Suhrob Bo'ronovning "Sharq", Erve Le Tellyening "Anomaliya", Erkin A'zamning "Gonoluluga elchi", Irvin Yalomning "Лжец на кушетке", Filippa Perrining "Как жаль, что мои родители об этом не знали" kitoblarini o'qiyapman.
Menda yomon odat bor. Bir vaqtni o'zida ko'pgina kitoblarni boshlab qo'yaman-u, ichidan bitta-ikkitasinigina oxirigacha o'qiyman. Ba'zan qolib ketgan kitoblarga, ancha vaqtdan keyin qaytishim mumkin, lekin o'shani baribir bir boshlaganda tugatmaganim yomon. Xullas, Ramazon oyi so'ngigacha barchasini tugatishni maqsad qilyapman.
Siz qaysi kitoblarni o'qiyapsiz? Qaysi kitoblarni o'qimoqchisiz?
@Bookerberg