Latest Posts from Bookerberg (@bookerberg) on Telegram

Bookerberg Telegram Posts

Bookerberg
📚 Kitoblar haqida fikrlar, taqrizlar, loyihalar...

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz

📺 Kinolar haqida: @nextepisodeplease
✏️ Muallif shaxsiy blogi: @theperfectionist

Murojaat uchun: @Afterway
4,288 Subscribers
653 Photos
37 Videos
Last Updated 28.02.2025 14:16

Similar Channels

Sarvinozdan chizgilar
2,855 Subscribers
FILOLOG KUNDALIGI 📚
2,041 Subscribers

The latest content shared by Bookerberg on Telegram


Ertaga Ramazon oyi boshlanadi. Kirib kelayotgan ushbu ayyom bilan barchangizni tabriklayman.

Bir necha kun oldin, "Qamar" kitoblar do'koni mana shunday hadyalar yuborgandi. Men uchun e'tiborli bo'lgani, ayolimga ham sovg'a yuborishibdi: kundalik sifatida yuritib boriladigan "Ramazon jurnali" va Kunlik duolar to'plami. Juda chiroyli sovg'a.

Kecha do'stim Muhiddinning maqtovi bilan Sabohiddin Alining "Mo'yna mantoli Madonna" asarini o'qishni boshladim. Qiziq ekan. Tugatsam taqriz yozaman (o'zi bu kitobni mendan boshqa deyarli barcha bookblogerlar o'qib chiqqan ekan o'ziyam).

Shu bilan, bu kitob bir vaqtning o'zida men o'qiyotgan 6-kitob bo'lyapti. Bu kitob bilan parallel tarzda Suhrob Bo'ronovning "Sharq", Erve Le Tellyening "Anomaliya", Erkin A'zamning "Gonoluluga elchi", Irvin Yalomning "Лжец на кушетке", Filippa Perrining "Как жаль, что мои родители об этом не знали" kitoblarini o'qiyapman.

Menda yomon odat bor. Bir vaqtni o'zida ko'pgina kitoblarni boshlab qo'yaman-u, ichidan bitta-ikkitasinigina oxirigacha o'qiyman. Ba'zan qolib ketgan kitoblarga, ancha vaqtdan keyin qaytishim mumkin, lekin o'shani baribir bir boshlaganda tugatmaganim yomon. Xullas, Ramazon oyi so'ngigacha barchasini tugatishni maqsad qilyapman.

Siz qaysi kitoblarni o'qiyapsiz? Qaysi kitoblarni o'qimoqchisiz?

@Bookerberg

Diqqat tanlov!

📚 G'oliblarga Said Ahmadning yaqinda qayta nashr etilgan “Ufq” romani sovg'a qilinadi.

Shartlar juda oddiy:
Bookerberg va Zamira O'zturk kutubxonasi kanallariga a’zo bo'lasiz;
Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz.

🏆Gʻoliblarimiz 3 nafar bo'ladi va ularni random tizimi orqali bot tanlab beradi.

Sovg'a sifatida bu kitobning tanlanishiga sabab — bu roman Zamira opaning eng sevimli asarlaridan biri ekan va obunachilarga aynan shu kitobni sovg'a qilishni xohladilar.

"Ufq" yaqindagina qayta nashr qilindi, kitob chiroyli chiqqan va yaxshigina kattalikda. Balki bu kitob sizga nasib qilar.

Natijalar 2-mart kuni 20:00 da e'lon qilinadi.

🔜Xabarni kitobxon tanishlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang. Barchaga omad tilayman!

📚 "Kambag‘allik girdobidan chiqish" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

📖 Uchtepa tumanidagi “CAMO” xalqaro rivojlanish markazida Uchtepa tuman hokimligi hamda "PIR" nashriyoti hamkorligida «Kambagʼallik girdobidan chiqish» kitobining taqdimoti oʼtkazildi.

📚Amerikalik psixiatr, ijtimoiy faol inson, tadbirkor, pedagog va yozuvchi, bir qator notijorat ijtimoiy tashkilotlarning asoschisi va rahbari Paul Polakning shaxsiy tajriba va kuzatuvlariga tayangan holda yozilgan mazkur asarda muallif masalaning mohiyatiga chuqur kirib borib, global kambagʼallikka bir oila va bir shaxs darajasida barham berish boʼyicha amaliy maslahatlar taklif etadi.

Bugungi tadbirdan lavha. Pol Polak haqida gapirayotgan edim.

@Bookerberg

Mana shu kitobni aslida deyarli hammadan oldin qo'lga kiritgandim. Lekin nashriyot e'lon qilmasidan oldin rasmini joylasam qanday bo'larkan deb qolgandim))

O'tgan hafta "Aks" to'plami taqdimotidan so'ng, do'stimiz Muhammad Amin bilan Zabarjad Media nashriyoti ofisiga borgan edik. Buni qarangki, aynan o'sha payt mana shu kitob bosmaxonadan olib kelindi. Endigina nashrdan chiqqan kitobdan bizga tortiq qilishdi.

Do'stimiz Ilhom Salimovni ilk kitobi chiqqani bilan tabriklayman. Bu kitobda uning o'z blogida yozgan taqrizlari jamlangan. Kelgusida Ilhomga roman, qissa yoki hikoyalardan iborat kitoblar chiqarish ham nasib qilsin deymiz.

@Bookerberg

Ertaga shu yerda spiker sifatida ishtirok etaman. Ushbu kitob haqida ikki og'iz gapiraman.

@Bookerberg

📢 Kitob taqdimoti!

📖 Paul Polakning asari – “Kambag‘allik girdobidan chiqish”

🗓 26-fevral, seshanba
11:00
📍 “CAMO” xalqaro rivojlanish markazi

Kitob muxlislari uchun ajoyib uchrashuv!
🇺🇿Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda Paul Polakning “Kambag‘allik girdobidan chiqish” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ushbu qaynoq tadbirni qo‘ldan boy bermang!

Barchangizni kutib qolamiz!

#PaulPolak #KitobTaqdimoti #PirPublishing #Uchtepa

Darvoqe, Nurali Karimovni (@santuagaraoflibrary) o'ylanmasdan "auksionlar lordi" desak bo'laveradi. Bu bola bugungi auksionda ham kitobni ilib ketdi.

Tadbirda "Aks" to'plamidagi barcha asarlar birlashtirilgan katta, charm muqovali kitob kimoshdi savdosiga qo'yildi. Va yakunda Nurali 9 million so'm taklif qilgan holda g'olib bo'ldi.

Futbolda ibora bo'lardiyu: "Futbolni 22 kishi o'ynaydi, oxirida Germaniya yutadi". Shunga o'xshab, buyog'iga endi: "Auksionda kim qatnashsayam, oxirida Nurali yutadi" desak ham bo'laveradi))

@Bookerberg

This is — AKS! Ya'ni "Aks" to'plami mualliflarini ko'rib turibsizlar.

Hilton`da bo'lib o'tgan taqdimotda ushbu to'plamdagi kitoblar haqida qiziq va ikki xil kontrastdagi fikrlar bildirildi. Ochig'i, men bu to'plamdagi kitoblarga unchalik qiziqish bildirmagandim. O'qishga oshiqmagandim. Lekin...

Mualliflarga bir chetdan to'xtala qolay. Birinchi, "Ajdar sayyorasi" muallifi Alisher Fayzullayev haqida yozsam. Alisher aka bilan o'tgan yili tanishgandim, "Atrof to'la ahmoqlar" kitobi ustida birga ishlagandik, kitob tahririni ular qilganlar. Shu kitobni o'qiganlar bo'lsa, uni qanchalik silliq, bir nafasda o'qigan bo'lsangiz, bunga sababchi — shu insonning mehnatlari deb o'ylayman. O'zlarini taniganim uchun ham ularning kitobiga qiziqishim oldindan bor edi, lekin haligacha o'qimadim. Lekin shu to'plam ichidagilardan kitob chiqmasidanoq olib o'qiyman deb niyat qilganim bir shu edi. O'qiymiz!

Bugun tadbirda Ibrohim G'ofurov Nodirabegim Ibrohimovaning (aslida Anif taxallusi ostida chiqarilgan) "Oqdan Qizilga" nomli sheriy to'plamiga "sof", "takrorsiz" degan ta'riflarni berdi. Men — unchalik poeziya san'atini tushunmaydigan sevmaydigan insonga bu ta'riflar qiziq tuyuldi. "Takrorsiz" deganda, ichidagi she'rlarda takror yo'q demoqchi bo'ldilar. Bu she'rlarni ham o'qib chiqaman dedim o'zimga.

O'smirlikda she'r yozish bilan shug'ullangan insonning (mening) nega she'riyatdan sovuganini o'zim ham tushunmayman. Shuning uchun ham maqtalgan she'riy to'plamlarga qiziqib yuribman. Ba'zan "she'r o'qimaydigan odam adabiyotga begona" yoki "she'riyatni tushunmaydigan odam yaxshi narsa yoza olmaydi" deydigan jumlalarga duch kelaman. Balki omidirman, lekin busiz ham yaxshi nasriy asar yozsa bo'ladi deb o'ylab kelganman. Hozir ham ko'p narsa o'zgarmadi-yu, lekin "rostanam kerakdir menga shu?" deb o'ylab qoldim. O'qiymiz!

Tillanisoni shu paytgacha shoira sifatida bilib kelganmiz. Tabiiyki, uning nasr yo'nalishidagi yana bir asari meni qiziqtirdi. Lekin oldin "Shakl" nomli asar haqida ilk fikrlarni eshitishni xohlayotgandim. Umuman, tengdoshlarim, zamondoshlarimning badiiy asarlarini o'qib ko'rish qiziq bo'ladi. O'qiymiz!

Taqdimotda Shahzod Shomansurovning "Kungaboqar" asari haqida ham qiziq fikrlar aytildi. Akaning o'zlari kasbi bo'yicha fotograf ekanlar. Asarda boshqacha usullarni qo'llagan bo'lsalar kerakki, "boshqacha" degan ta'rif berildi. Qiziq. O'qiymiz!

Bundan tashqari Raxshona Ahmedovaning "Tongotar", Gulnoz Mo'minovaning "Havo" kitoblari haqida ham yaxshi fikrlar aytildi. Lekin menda bu kitoblarga qiziqish do'stimiz Muhiddin yozgan taqrizlarni o'qigandan so'ng paydo bo'ldi (1, 2). O'qiymiz! O'qiymiz!

Hozir ilk bor o'zim o'qimagan kitoblar haqida bir nimalar qoralagan bo'lyapman. Lekin albatta o'qiyman. Sizlar ham o'qinglar)

UPD. Tillanisoning avvalroq chiqqan "Sunbula" nomli asarini esdan chiqaribman. U ham badiiy asar edi (Postning dastlabki shaklida "Shakl" uning nasrdagi debyuti deb yozilgan edi. Xatolik to'g'rilandi).

@Bookerberg

Bugun tadbirlar, uchrashuvlar, suhbatlar kuni bo'ldi o'ziyam. Kun "Aks" kitoblar to'plami taqdimoti bilan boshlanib, Abu Bakrning improvizatsion-suhbati bilan tugadi.

Butun kun davomida ko'plab eski qadrdonlar, mashhur insonlar, bookblogerlar va shunchaki tanish insonlar bilan ko'rishdik. Bir kunga 'too much', xullas))

Buyoqda uyga kelgach, "dam olish kunlari bajaraman" deb surib qo'ygan ishlarimni o'ylab, o'zimni so'ka boshladim (shunchalik "daydi" bo'lasanmi?).

Qizig'i, ertaga Zakovat Arenada marafon bo'ladi. Ertalabdan kechgacha, savollar o'ynaymiz. Anchadan beri kutilayotgan kun. Zakovat Day, qisqasi. Rejalangan vazifalar endi ertadanam qoladi.

Hozir esa men o'sha ishlarni bajaraman bugungi tadbirlar va yangiliklar haqida so'zlab beraman)

@Bookerberg