Bugun, 3 dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi.
Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizni Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘lig‘ingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz.
Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz so‘raladi:
+82-10-3213-4505
+82-10-2909-4334
O‘zbekiston Respublikasining
Koreya Respublikasidagi elchixonasi.
@avtobloguz