Bugun zamonning zayli bilan talabalar o‘qishni sun’iy intellektsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, ChatGPT, Grammarly va Midjourney kabi vositalar referat yozish, ma’lumot izlash va kod yaratish jarayonini tezlashtirishi talaba uchun foydali bo‘lishi bilan birga, murakkab mavzularni tushunishni osonlashtiradi va ijodiy yondashuvni kengaytiradi.
Ammo muntazam ravishda SI dan foydalanish talabalar orasida dangasalikka, tanqidiy fikrlashning zaiflashishiga va mustaqil o‘qish ko‘nikmalarining pasayishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Eng yomoni sun’iy intellekt ba’zan noto‘g‘ri yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlar taqdim etadi, bu esa ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Endi ayting-chi, SI bilim olish jarayonini kuchaytirayaptimi yoki aksincha?
Bizni kuzatishda davom eting👇
Instagram | Telegram | YouTube | Rasmiy sayt