CULTURE & ART VOLUNTEERS @art_volunteers Channel on Telegram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

@art_volunteers


🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rasmiy volontyorlar jamoasi

🤍 Doimo ezgulik sari

🌐 Ijtimoiy tarmoqlar | taplink.cc/art_volunteers
💭 Guruh | @art_volunteers_group
🤖 BOT | @art_volunteers_bot

©️ Barcha huquqlar himoyalangan

CULTURE & ART VOLUNTEERS (Uzbek)

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rasmiy volontyorlar jamoasinn🤍 Doimo ezgulik sarinn🌐 Ijtimoiy tarmoqlar | taplink.cc/art_volunteersn💭 Guruh | @art_volunteers_groupn🤖 BOT | @art_volunteers_botnn©️ Barcha huquqlar himoyalangannnCulture & Art Volunteers kanali Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rasmiy volontyorlar jamoasi. Bu guruhda, doimo ezgulik sari boʻlishi va madaniyat va san'at sohalari ustidan birgalikda faollik koʻrsatish imkoniyati mavjud. Ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshilish uchun taplink.cc/art_volunteers ga oʻting va guruhda faollik koʻrsating. Agar siz qoʻshish uchun botdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, @art_volunteers_bot ga murojaat qiling. Barcha huquqlar himoyalangan.

CULTURE & ART VOLUNTEERS

31 Jan, 18:41


#Fotoreportaj

⚡️ “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi....

Press-reliz:

🇺🇿 Ozbek tili
🇷🇺 Rus tili
🇺🇸 Ingliz tili

Bizni kuzatishda davom eting, eng qiziq voqealar oldinda…

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

31 Jan, 16:28


Live stream finished (8 minutes)

CULTURE & ART VOLUNTEERS

31 Jan, 16:20


Live stream started

CULTURE & ART VOLUNTEERS

31 Jan, 15:55


#Live
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

⚡️ Taqdirlash marosimi davom etmoqda....

Ayni damda Zo‘r TV telekanali “Renessans Hall” konsert zalida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

Press-reliz:

🇺🇿 Ozbek tili
🇷🇺 Rus tili
🇺🇸 Ingliz tili

Bizni kuzatishda davom eting, eng qiziq voqealar oldinda…

💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

13 Jan, 14:56


#Baxshi_2025

🎼 Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning og‘zaki ijodi folklor san’atida, doston va eposlarida mujassam topgan bo‘lib, ular millatning o‘zligini anglash, uning o‘ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.

O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali" o'tkazilib kelinmoqda.

Eslatib o'tamiz, festival ilk marotaba 2019-yilda Surxondaryo viloyatida o'tkazilgan, shuningdek, 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2023-yilda esa Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan.

Ma'lumot uchun, ushbu xalqaro festival 2025-yilda ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatib boring, festival haqida hamda volontyorlar qabuli boʻyicha ma'lumotlardan boxabar bo'ling...


💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

12 Jan, 07:18


#Qurolli_Kuchlar_33_yil

⚡️ Hurmatli poytaxtliklar hamda poytaxtimiz mehmonlari!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun 12-yanvar kuni soat 16:00da poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni boʻylab, Toshkent shahrida joylashgan kuch tuzilmalari kavaleriya boʻlinmalari ishtirokida Milliy gvardiya boshchiligida "Otliq kavaleriya paradi" boʻlib oʻtadi.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

11 Jan, 04:05


“Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi

Hurmatli ijodkorlar va san’at ixlosmandlari!
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbek milliy maqom san'ati markazi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi Sizni 2025-yil 29-30-yanvar kunlari Farg‘ona shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rik-tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov haqida batafsil ma'lumot quyidagi havolada: HAVOLA

Ariza topshirish uchun murojaat:
+998909572826
+998900040508

San’atga muhabbat ila ijodkorlik sari qadam tashlang!

💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

07 Jan, 10:01


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat

🎭 Elyor Abdugʻaniyev

CULTURE & ART VOLUNTEERS

04 Jan, 04:33


⚡️ “Men Gʻolib” musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Bugun, 3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida “Men Gʻolib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

“Men Gʻolib” yugurish musobaqasining o‘zi 12-yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi, u yerda mamlakat qurolli kuchlarining mingdan ortiq vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar to‘planishadi.

Tadbirning asosiy tashkilotchisi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Bosh hamkor sifatida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ishtirok etmoqda.

Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi 3 km va 10 km masofada o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar uchun slotlarni 8–yanvargacha Yugur.uz platformasidagi havola orqali sotib olish mumkin.

Yugurish ishqibozlari yakka tartibda, idoraviy tuzilmalar uchun jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi.

🎭 CULTURE and ART GRANTS

CULTURE & ART VOLUNTEERS

23 Dec, 16:08


📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ 24-dekabr kuni soat 12:00da Madaniyat vazirligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yildagi istiqbolli rejalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida madaniyat vazirligi rahbariyati, markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishadi.

✈️ Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini va blogerlarni taklif etamiz.

❗️ Eslatma: soat 12-00da jonli efir boshlanishini inobatga olgan holda, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga 11-40da kelishingizni so'rab qolamiz,

📍 Manzil: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

23 Dec, 15:13


🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬
#набор_волонтеров

📌 «Узбеккино» нуждается в помощи волонтеров в сортировке костюмов.


⁉️ Когда?⁉️
🗓 24.12.2024

⁉️ Восколько?⁉️
🕒 11:00

🎉 Бонус:
Всем участникам будут вручены Благодарственные письма!

➡️ Кто хочет принять участие прошу перейти по ссылке:
https://t.me/+4puD5F8YSodmZjRi

CULTURE & ART VOLUNTEERS

23 Dec, 08:18


#Vazirga_murojaat
#Onlayn_qabul

⚡️ Hurmatli yurtdoshlar xabaringiz bor, bugun 23-dekabr kuni soat 15:00dan 17:00ga qadar madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga @vazirqabuli_bot orqali yuborilgan murojaatlar yuzasidan onlayn qabul bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Onlayn qabul muloqotini ochiq va shaffofligini ta'minlash maqsadida, ushbu jarayon vazirlik telegram kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri real vaqt rejimida uzatiladi.

Onlayn qabul muloqotini kuzatish istagida bo'lganlar vazirlikning https://t.me/madaniyatvazirligi telegram kanali orqali kuzatib borishlari mumkin.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

20 Dec, 05:48


📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Hurmatli yurtdoshlar madaniyat va san'at sohasiga oid murojaatlaringizni shaxsan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga yo’llash va muloqot qilishni istaysizmi?

Unda, uyingizdan chiqmagan holda o'z murojaatingizni @vazirqabuli_bot ga yuboring va vazir Ozodbek Nazarbekovdan onlayn muloqot orqali javob oling.

Onlayn muloqot 23-dekabr kuni soat 15:00dan 17:00ga qadar bo'lib o'tadi.

❗️ Eslatma: Vazirning onlayn muloqoti doimiy ravishda tashkil etilib, 23-dekabr kuni tashkil etilayotgan onlayn muloqotda Madaniyat vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari yo'nalishida bo'lib o'tadi. Siz faqat Madaniyat vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari yo'nalishi yuzasidan murojaatlaringizni yuborishingiz mumkin.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

18 Dec, 08:15


#Tanlov
#KELAJAK_EVH

📣 "KELAJAK" Erkin volontyorlik harakati jamoasi tomonidan ajoyib tanlov!

🔖 Otabek Mahkamovning. qimmatli kitobini yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📚

‼️Shartlar juda oddiy:
1️⃣ @MUHAMMADDIYOR_PRESS_BOT ga kirib, o'zingizga referal havola oling.
2️⃣ Havolangiz orqali do‘stlaringizni kanalimizga taklif qiling.
3️⃣ Eng ko‘p do‘stini taklif qilgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi! 🏆

Tanlov muddati: 6 kun
🎉 Natijalar e'lon qilinadi: 23-dekabr 21:00da

🙂 Bilim va ilhomga to‘la ushbu kitobni yutib olish imkoniyatini boy bermang! Do‘stlaringizni taklif qiling va g‘olib bo‘ling! "KELAJAK" bilan birga olg‘a! 🚀

✅️@MIRSULTONOV_MUHAMMADDIYOR

CULTURE & ART VOLUNTEERS

14 Dec, 08:42


#grant

Obunachilarimiz uchun GRANT eʼlon qilamiz...


💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

14 Dec, 08:38


Maktabimizda san'at dunyosiga qiziqgan barcha insonlar professional ijod qilishlari, tanlagan sohalari bo'yicha rivojlanishlari va ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishlari mumkin.

Siz ham Aktyorlik mahoratiga qiziqsangiz kurslarimizga yoziling 🎭

Maktabimiz haqida batafsil ma'lumotlarni rasmiy telegram bot orqali bilib olish mumkin:
@level_tm



Наша школа открывает двери больших возможностей по самым разным направлениям искусства.

Если вы тоже интересуетесь Актёрским мастерством, то записывайтесь на наши курсы 🎭

Подробнее о нашей школе можно узнать через официальный телеграм бот:
@level_tm

CULTURE & ART VOLUNTEERS

13 Dec, 10:46


Aktyorlikka qiziquvchilar, oʻqimoqchi boʻlganlar yoki klip va filmlarda suratga tushishni istaganlar bormi?

🔥 Tez orada yangilik eʼlon qilamiz. Ungacha koment qoldiring.

CULTURE & ART VOLUNTEERS

12 Dec, 08:24


🎤Дискуссионная панель «Искусство быть волонтёром: роль волонтёрства в XXI веке» в рамках Школы волонтеров стран СНГ «Меридианы доброй воли»

В рамках Школы волонтеров стран СНГ «Меридианы доброй воли» прошла дискуссионная панель, посвященная актуальным вопросам и вызовам волонтерства в современном мире. Модератором мероприятия выступила Анжелика Трапезникова, исполнительный директор Политологического центра «Север-Юг».

Выступающие:
⚫️Вера Степаненко, председатель Регионального совета сторонников Партии «Единая Россия»;
⚫️Аяулым Мыктыбек, координатор волонтеров молодежного общественного объединения «ASAA» (Республика Казахстан, г. Шымкент);
⚫️Константин Чебаненко, общественный деятель;
⚫️Рустам Кайрыев, общественный деятель (Республика Казахстан, г. Алматы);
⚫️Султанбек Бекешев, председатель педагогического отряда «Думан» (Республика Казахстан, г. Астана);
⚫️Дильмиру Блац, руководитель организации Lider.kz (Республика Казахстан, г. Алматы).
⚫️Эльёр Абдуганиев
Руководитель общественного объединения «Волонтеры культуры» (Республика Узбекистан г. Ташкент)

Обсуждаемые вопросы:
🟠Как изменилась роль волонтера в XXI веке по сравнению с прошлым?
🟠Влияние цифровизации на волонтерскую деятельность: плюсы и минусы.
🟠Появление новых форм волонтерства: какие из них наиболее востребованы?
🟠Примеры успешных волонтерских проектов, которые вдохновляют.
🟠Перспективы развития волонтерского движения в будущем.

🚩Участники поделились своими уникальными практиками и кейсами. Были представлены презентации социальных проектов, которые демонстрируют, как волонтерство может менять жизнь общества и каждого человека в отдельности.

📎Основные выводы:
Роль волонтера эволюционирует. Сегодня это не только традиционные формы помощи, но и новые направления, такие как экологическое, цифровое и культурное волонтерство.
📎Цифровизация создает возможности. Влияние технологий ускоряет координацию волонтеров, позволяет охватить больше людей и привлекает молодежь к проектам через соцсети.
📎Формы волонтерства становятся разнообразнее. Например, онлайн-волонтерство, менторские программы и краткосрочные инициативы.
📎Примеры успешных проектов вдохновляют. Участники рассказали о своих кейсах, которые служат ярким примером того, как волонтерство решает конкретные социальные проблемы.

📍Дискуссия завершилась обсуждением будущего движения: участники сошлись во мнении, что развитие волонтерства в СНГ требует межгосударственного сотрудничества, поддержки молодежных инициатив и формирования культурного уважения к добровольчеству.

⬇️Школа волонтеров «Меридианы доброй воли» в очередной раз доказала, что волонтеры – это сердце общества, способное менять мир к лучшему!

CULTURE & ART VOLUNTEERS

08 Dec, 04:27


DIQQAT, TANLOV!

Turizm qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Yoshlar va turizm - yangi istiqbol va imkoniyatlar” mavzusida «Students Cup 2024» Respublika tanlovini e’lon qiladi.

🏆 G‘oliblar pul mukofotlari, diplom va sertifikatlar, shuningdek, yetakchi sayyohlik kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🥇-o‘rin 5 mln. so‘m;
🥈-o‘rin3 mln. so‘m;
🥉-o‘rin2 mln. so‘m.

🗓 Arizalarni qabuli - 12 noyabrdan 12 dekabrgacha.

Batafsil
Ariza topshirish

ВНИМАНИЕ, КОНКУРС!

Комитет по туризму и Научно-исследовательский институт развития туризма объявляют о проведении Республиканского конкурса «Students Cup 2024» на тему «Молодежь и туризм: новые перспективы и возможности».

🏆 Победители получат денежные призы, дипломы и сертификаты участников, а также шанс на стажировку в ведущих туристических компаниях:

🥇 место — 5 млн сум;
🥈 место — 3 млн сум;
🥉 место — 2 млн сум.

🗓 Прием заявок: 12 ноября до 12 декабря 2024г.

Подробно
ЗАЯВКА

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

07 Dec, 04:21


Aziz yurtdoshlar va shahrimiz mehmonlari!

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyi ma'muriyati hamkorligida 8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Konstitutsiyamiz – huquq va erkinliklar kafolati!” shiori ostida 8-dekabr kuni barcha yurtdoshlarimiz uchun bepul kino namoyishlari tashkil etilmoqda.

Namoyish vaqtlari quyidagicha:
🎬 "PANDEMIYA" (ZAL-5)
filmning tizeri mana bu yerda.
10:30 14:45
19:20

🎬 "YASHA, XOTIN!" (ZAL-5)
filmning tizeri mana bu yerda.
12:45 17:00

Ushbu namoyishlarga barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz.
📍Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyi Navoiy ko‘chasi,15-uy

Barchangizni yaqinlashib kelayotgan huquq va erkinliklar bayrami, Vatanimiz qonunlarining poydevori bo‘lmish Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelajagimiz yanada porloq, yurtimiz obod va huquqlarimiz himoyalangan bo‘lsin!

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

06 Dec, 16:13


Ma'lumot o'rnida Tanlovning 2024-yilgi g'oliblari Turkiya davlatiga bepul sayohatni yutib olishgan

Batafsil

CULTURE & ART VOLUNTEERS

06 Dec, 16:07


🖼 Maktablarda teatr jamoalarini tashkil etishda hamda spektakllar ishlashda hamkorlikni taklif etamiz!

🔸 Agar sizning maktabingiz hamkorlik qilmoqchi bo'lsa izohlarda maktabingizni yozing, siz bilan bogʻlanamiz

Hozircha faqat Toshkent viloyati va poytaxt maktablari uchun

CULTURE & ART VOLUNTEERS

06 Dec, 07:28


CULTURE & ART VOLUNTEERS pinned «OTM teatr jamoalari bilan hamkorlikni maqsad qilganmiz, bunda sizning yordamingiz kerak. Izohga OTM nomini va bilsangiz jamoa nomini yozing, siz bilan bogʻlanamiz P/s Jamoa aʼzosi boʻlsangiz undan ham yaxshi»

CULTURE & ART VOLUNTEERS

05 Dec, 19:10


Таваллуд кунинг муборак бўлсин 🥳

CULTURE & ART VOLUNTEERS

05 Dec, 12:00


#Xushxabar

⚡️ "Rubob cholg‘usi sozgarligi va ijrochiligi san’ati" bir ovozdan YUNESKOning nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritildi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/29528

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

05 Dec, 09:26


📣 DIQQAT, TANLOV!

🇺🇿 Madaniyat vazirligi “Toshkent haqida qo‘shiq” respublika tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov 2025-yilning 27-yanvar kuni, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi esa 28-yanvar kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

🟠 Hujjatlar va ijro dasturlari 2025-yilning 15-yanvar kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarida qabul qilinadi.

Tanlovda 18 va undan yuqori yoshdagi professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov bir bosqichda o‘tkaziladi, shuningdek, avvallari ijro etilmagan yangi qo‘shiqlar saralanadi hamda ulardan eng yaxshilari tanlab olinadi.

🟠 Tanlov g‘olibi Chevrolet Monza avtomobili bilan taqdirlanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: 998569059

💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

03 Dec, 11:28


“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida iste’dodli bolajonlar uchun ajoyib loyiha o‘tkaziladi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Bolalar tashkiloti va Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi poytaxtning iste’dodli bolalari uchun “Orzu” bolalar ijodiyoti tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda 6–8, 9–11 va 12–14 yosh toifasidagi o‘quvchi-bolalar quyidagi 6 yo‘nalishning birida yakka yoki jamoaviy tarzda qatnashishi mumkin:
⁃ klassika;
⁃ vokal;
⁃ cholg‘u;
⁃ raqs;
⁃ tasviriy va amaliy san’at;
⁃ adabiyot.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar 5-dekabrga qadar Telegramdagi @orzu_fest_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998983694454

Tanlov nizomi va batafsil ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

30 Nov, 12:36


⚠️ Mirsultonov M.ga ovoz bering

CULTURE & ART VOLUNTEERS

29 Nov, 07:28


📣🇺🇿🇪🇺 29-noyabr-1-dekabr kunlari O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida IX Yevropa filmlari festivali doirasida namoyish etiladigan filmlar bilan tanishing:

🗓️ 29-noyabr

"SUV PARILARI YIG‘LAMAYDI" (Avstriya)
11:00
"IMADNING BOLALIGI" (Shvetsiya, Iroq, Latviya)
14:00
"JIGULI" (Bolgariya)
19:00


🗓️ 30-noyabr

"Lyuksemburg, Lyuksemburg" (Ukraina)
11:00
"Lola" (Irlandiya)
14:00
"Aybsiz aybdor" (Sloveniya)
19:00


🗓️ 1-dekabr

“Birinchi qor” (Finlandiya)
11:00
“Urush - uch ayol nigohida” (Germaniya)
14:00
“Xavfli janoblar” (Polsha)
19:00

👉 Eslatib o‘tamiz, namoyishlarga KIRISH BEPUL. Filmlar ishlab chiqarilgan davlat tilida, o‘zbek va ingliz tillarida subtitr orqali namoyish etiladi.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu namoyishlarga taklif etamiz.

🗺 Manzil: Navoiy ko‘chasi,15-uy


💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

28 Nov, 05:06


“Milliy kino san’ati saroyi” (Panorama) kinoteatrida kino san’ati ustalari haqidagi hujjatli filmlar namoyishi oʻtkaziladi.

Kirish bepul.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

27 Nov, 04:54


Hujjatlar qabuli bugun tugaydi. Ishtirokchilar roʻyxatiga qarab volontyorlar soni va pozitsiyasini eʼlon qilamiz...

CULTURE & ART VOLUNTEERS

27 Nov, 04:10


Volontyorlar kerak boʻladi😉

CULTURE & ART VOLUNTEERS

26 Nov, 11:02


#Live

🎥 Ayni damda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida poytaxtdagi Simpoziumlar saroyida soha mas’ullari, umumta’lim, musiqa va san’at maktablari pedagoglari bilan muloqot o‘tkazilmoqda.

Press-reliz

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

26 Nov, 06:50


“Yangi Oʻzbekistonda yangi qadamlar”. Faol talabalar va yosh liderlar diqqatiga!

🖼 Turizm qo‘mitasi va Yosh turizm elchilar Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan “Xalqaro talabalar turizm forumi” doirasida Birlashgan Millatlar tashkiloti modeli va “Munozara” (debate) intellektual loyihalari boshlanmoqda.

📊 Loyiha yoshlar uchun turizm va ekologiya mavzularida o‘z fikrlarini bildirish, notiqlik qobiliyatini namoyish etish, debatlarda haqiqiy ilmiy bahs qilish va o‘z fikrini tez va aniq ifodalashni xohlovchilar uchun yaxshi imkoniyat.

🟠 Tadbirlar sanasi:
10-11-dekabr

🟠 Manzil:
International mehmonxonasi
(Bodomzor metro)


🟠 Roʻyxatdan o‘tish muddatlari:

🔸 BMT modeli (MUN) 3-dekabr 20:00
🔸 Munozara (debate) 5-dekabr 20:00

🔸Roʻyxatdan o‘tish MUN
🔸Roʻyxatdan o‘tish debate

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

25 Nov, 20:16


#openCall



👋❤️ Dear Volunteers, we hope you’re not sleeping now

😍 Because we have Exciting News to Share!

We are thrilled to announce two incredible opportunities for volunteers to participate in forums in 🇦🇿Azerbaijan.

Opportunity 1:
🗓 Dates: December 2-5, 2024
🗣️ Language: English

Opportunity 2:
🗓 Dates: December 4-7, 2024
🗣️ Language: English/Russian

🔗Priority will be given to participants:

With volunteering experience who have already demonstrated exceptional skills and impactful projects!

The organizers will cover in-country accommodation, transportation, and meals.

Note: Participants will need to arrange their own logistics for travel between Tashkent and Baku (round trip).


😉Don’t miss this chance to grow, connect, and make an impact!


➡️ Apply


Deadline: 10:30
/ 26.11.2024/


👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿

Selected news for Uzbekistan Volunteers⬇️

Telegram |Instagram |Facebook |Webs

CULTURE & ART VOLUNTEERS

25 Nov, 19:41


4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

“Qizlar ibosi- millat libosi” koʻrik tanlovida ishtirok eting!


Tanlovda barcha oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari qatnashishlari mumkin. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar bugungi zamonga mos milliy, zamonaviy, yoshlarga xos milliy libos obrazida 1 daqiqali qisqa video tayyorlab, Instagramdagi @uzbekligim_ va @eduuzofficial sahifalarini belgilagan holda oʻz sahifasiga joylashtirishi kerak.

Video materiallar 25-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqichga saralab olingan tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, viktorina, chuchvara tugish va adabiy-badiiy chiqish kabi shartlarda bellashadilar.

Tanlov gʻoliblariga qimmatbaho sovgʻalar diplom va sertifikatlar beriladi!

Tanlovning ikkinchi bosqichi 28-dekabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

💾 Tanlov nizomi

🎭 CULTURE and ART GRANTS

CULTURE & ART VOLUNTEERS

25 Nov, 10:36


🚨 #EFFGO tanlovida ishtirok eting va ajoyib sovg'alarni yutib oling! 🎬🎁

Toshkentdagi Yevropa kinofestivaliga tayyormisiz? Qanday tayyor ekanligingizni ko'rsating va super sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo'ling! Shunchaki ijodiy video tayyorlang, #EFFGO heshtegini qo'shing, instagramada bizni va @eudeluzb belgilang.

🏆 Sovrinlar: quvvat banki, soyabon, termos, bloknot va boshqalar!

Shartlar oddiy, sovrinlar esa ajoyib! Tanlov va qoidalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting👇

🎥 Barcha tafsilotlar izohlarda

---
🚨 Участвуй в челлендже #EFFGO и выиграй крутые призы! 🎬🎁

Ты готов к фестивалю европейского кино в Ташкенте? Покажи, как ты готовишься и получи шанс на супер-призы! Просто снимай креативный ролик, добавляй хештег #EFFGO, отмечай нас и @eudeluzb в инстаграме.

🏆 Призы: павербанк, зонт, термос, блокнот и многое другое!

Условия простые, а призы — шикарные! Подробнее о конкурсе и правилах — по ссылке ниже 👇

🎥 Все подробности в комментарии

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

25 Nov, 05:26


📣🇺🇿🇪🇺 29-noyabr-1-dekabr kunlari O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida IX Yevropa filmlari festivali doirasida namoyish etiladigan filmlar bilan tanishing!

Ushbu festival Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, madaniy almashinuv va do‘stlikning yorqin ramzi sifatida tashkil etilmoqda.

👉 Eslatib o‘tamiz, namoyishlarga kirish bepul. Filmlar ishlab chiqarilgan davlat tilida, o‘zbek va ingliz tillarida subtitr orqali namoyish etiladi.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu namoyishlarga taklif etamiz.

🗺 Manzil: Navoiy ko‘chasi,15-uy


💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

25 Nov, 05:26


📣🇺🇿🇪🇺 Ознакомьтесь с фильмами, которые будут показаны в рамках IX Европейского кинофестиваля с 29 ноября по 1 декабря в Национальном дворец киноискусств Узбекистана!

Этот фестиваль посвящен 30-летию сотрудничества между Европейским Союзом и Узбекистаном и организован как яркий символ культурного обмена и дружбы.


👉 Напоминаем, что вход на показы бесплатный. Фильмы будут демонстрироваться на языке страны-производителя с субтитрами на узбекском и английском языках.

Приглашаем всех наших соотечественников на эти показы.

🗺 Адрес: улица Навои, дом 15

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

24 Nov, 13:49


🔸 Diqqat tanlov!

🖼 "Marhabo talantlar" respublika koʻrik-tanlovi

🖼 Yosh toifalari:
🔸 7 yoshdan 15 yoshgacha
🔸 16 yoshdan 30 yoshgacha
🔸 31 dan yuqori yosh

☀️Tanlov yoʻnalishlari:

👩 Vokal
🎶 Instrumental janr
😀 Xoreografiya

💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

24 Nov, 12:27


🔸 EʼTIBOR NUQTASI SAMARQAND

☀️ Boshlovchi yoki boshlovchilikka qiziqqan yoshlar uchun imkoniyat.

Nima?
Tadbirlar va bayramlarda boshlovchilik qilish uchun KASTING

✔️ Talablar:

🔸 17-25 yosh
🔸 Jarangdor va yoqimli ovoz
🔸 Ekranbop koʻrinish
🔸 Harakatchan va maʼsuliyatli
🔸 Improvizatsiyaga ega

📊 Foydalari:

Tajriba
Oʻtkazgan tadbiridan maosh

⚠️ Kasting uchun izohda qoldirilgan matnni koordinatorga yuboring.

🎭 CULTURE and ART GRANTS

CULTURE & ART VOLUNTEERS

24 Nov, 10:55


🔸 Diqqat tanlov!

🇺🇿 Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi "Marhabo talantlar" respublika ko'rik-tanlovini e’lon qiladi.

🖼 Yosh toifalari:
🔸 7 yoshdan 15 yoshgacha
🔸 16 yoshdan 30 yoshgacha
🔸 31 dan yuqori yosh

☀️Tanlov yoʻnalishlari:

👩 Vokal
🎶 Instrumental janr
😀 Xoreografiya

🟠 Tanlov joriy yilning 30-noyabr va 1-dekabr kunlari poytaxtdagi Zarafshon konsert zalida bo‘lib o‘tadi.

🟠 Hujjatlar qabuli 27-noyabrgacha.

🟠 G‘oliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🟠 Batafsil ma’lumot: +998712321652; +998901134400

💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

24 Nov, 07:57


📣 🇺🇿🇪🇺IX Yevropa filmlari festivali bo‘lib o‘tadi

⚡️Joriy yilning 29-noyabrdan 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida IX Yevropa filmlari festivali bo‘lib o‘tadi. Festival davomida tomoshabinlar Ukraina, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya, Sloveniya, Bolgariya, Latviya, Iroq, Finlyandiya, Estoniya, Islandiya, Lyuksemburg, Belgiya, Polsha va Italiya filmlaridan bahramand bo‘lishadi.

Ushbu festival Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, madaniy almashinuv va do‘stlikning yorqin ramzi sifatida tashkil etilmoqda.

Kirish bepul. Filmlar ishlab chiqarilgan davlat tilida, o‘zbek va ingliz tillarida subtitr orqali namoyish etiladi.

✈️ Telegram | 🌐 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

23 Nov, 16:34


Дыққат, дыққат!

🟠 Қарақалпақстан Республикасы Мәденият министрлиги елимиздеги талантлы жасларды қоллап-қуўатлаў мақсетинде шөлкемлестирилген "Йош" эстрадалық жойбарының екинши мәўсимине старт береди.

🟠 Усы жылдың 10-декабрь күни саат 10:00де Қарақалпақстан көркем өнер сарайында жойбардың екинши мәўсими қатнасыўшыларын таңлап алыў ушын кастинг болып өтеди.

Жойбарда қатнасың ҳәм жеңимпаз болың!

💸 Жойбар жеӊимпазын 30 миллион сўм ҳәм  күтилмеген жаңалықлар күтпекте.

🟠 Қосымша мағлыўмат ушын телефонлар: +998933607227, +998996129696

"Йош" - сениң имкәниятың!


💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

23 Nov, 09:25


📣🇺🇿🇫🇷 “Fransiya premyeralari festivali” doirasida “Yangi yil hayvonlari haqida hikoyalar” hamda “Qora choy” filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi

⚡️Bugun O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Fransiya premyeralari festivali” doirasida “Yangi yil hayvonlari haqida hikoyalar” hamda “Qora choy” filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Namoyish vaqtlari quyidagicha:

soat 16:00da: “Yangi yil hayvonlari haqida hikoyalar” filmi,

soat 18:00da: “Qora choy” filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Kirish bepul. Filmlar fransuz tilida, rus tilida subtitr orqali namoyish etiladi.

✈️ Telegram | 🌐 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

22 Nov, 15:08


🖐Salom, hurmatli volontyorlar!

Joriy yilning 25 - 26-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Paxtakor” stadionining Yengil atletika sport majmuasida vazirlik, yuqori turuvсhi respublika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish tadbiri o'tkazilishi rejalashtirilgan.

‼️Bizga tadbirni amalga oshirishda volontoylar yordami kerak.

📝Ishtirokchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun 8 nafar volontyor;

📲Axborat tizimimizni boshqarishda yordam berish uchun 6 nafar volontyor;

🤽🏽Trenerlarga yordamchi sifatida 12 nafar volontoyor;

☎️Call markazimizda yordam berish uchun 6 nafar volontyor;

📸Axborot xizmatida yordam berish uchun 4 nafar volontyor yordami kerak.

Tadbirda biz bilan birga harakatlanishga tayyor bo'lgan volontyorlarni kutib qolamiz.

Murojaat uchun 📞tel 93 076-77-67
@BA_uzbekistan


🎭 CULTURE and ART GRANTS

CULTURE & ART VOLUNTEERS

22 Nov, 14:25


Президент Шавкат Мирзиёев маданият ва санъат соҳасини ривожлантириш, хусусан, театрларнинг жамият маданий ҳаётидаги аҳамиятини ошириш ва улар фаолиятини янада қўллаб-қувватлашга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию культуры и искусства, в частности дальнейшей поддержке театров и повышению их значимости в культурной жизни общества.

#Mirziyoyev #taqdimot #madaniyat #teatr

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

CULTURE & ART VOLUNTEERS

22 Nov, 11:49


“Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

TXTY-2024 21-23-noyabr kunlari  “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro koʻrgazmalar markazida bo‘lib o‘tmoqda


Batafsil
-
The 29th Tashkent International Tourism Fair "Tourism on the Silk Road" has started its work

TITF-2024 is taking place on November 21-23 at the international exhibition center "CAEx" (Central Asian Expo Uzbekistan).

More
-
29-я Ташкентская международная туристическая ярмарка «Туризм на Шелковом пути» начала свою работу

ТМТЯ-2024 проходит 21-23 ноября в международном выставочном центре «CAEx» (Central Asian Expo Uzbekistan).

Подробно

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

13 Nov, 16:03


AKT vaziri Sherzod Shermatov xorijiy til biladigan insonlarni ishga chaqirmoqda

U o‘zining Telegram kanalida 🇩🇪nemis, 🇰🇷koreys, 🇯🇵yapon, 🇹🇷turk, 🇸🇦arab tillaridan birida ravon so’zlasha oladigan kadrlarga yuqori maoshli ishga taklif qilishi haqida ma’lum qildi. Bunda nomzodlar chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalarda ishlashi mumkin.

Tillar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari soni quyidagicha;

🔹nemis tili — 800+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹koreys tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹yapon tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹turk tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹arab tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni.

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, unda quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin:

📝 https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Ish joyi xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistondagi ofislarida bo‘ladi.


© xushnudbek

🎭 CULTURE and ART GRANTS

CULTURE & ART VOLUNTEERS

08 Nov, 16:03


#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇹🇷

⚡️ 9 -13-noyabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi haftaligi” bo’lib o’tadi

Haftalik dasturidan turk filmlari namoyishi, turkiyalik yulduzlar ishtirokidagi ijodiy kechalar joy olgan.

Tadbirlar Milliy kino san’ati saroyida bo’lib o’tadi.

Turk kino olamiga sayohat qilish imkonini qo‘ldan boy bermang!

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

08 Nov, 08:07


📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Vodiyning markaziy shaharlarida "Artist" teleloyihasi ishtirokchilari va ijodkorlaridan ajoyib yangilik "Artist madaniyat karvoni" loyihasiga start berildi.

8-noyabr kuni Fargʻona viloyati I.Karimov san'at saroyida;
9-noyabr kuni Andijon viloyati Alisher Navoiy bog'ida;
10-noyabr kuni Namangan viloyati Afsonalar vodiysi bo'gida.

💙Barcha konsert dasturlari 16:00da boshlanadi.

💙 Kirish barcha uchun BEPUL

💬 Telegram | 📷 Instagram | 🇺🇿 Veb-sayt

CULTURE & ART VOLUNTEERS

01 Nov, 05:04


📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targʻib etishga qaratilgan “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasi tashkil etiladi.

Konsert-tomosha dasturlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq havaskorlik unvoniga ega boʻlgan folklor-etnografik jamoalar, ashula va raqs ansambllari, namunaviy bolalar jamoalarining milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz targʻibotlariga qaratilgan qiziqarli musiqiy dasturlar tashkil etiladi.

Konsert-tomosha dasturlariga tashrif buyurish bepul.

Hurmatli Samarqand mehmonlari hamda samarqandliklar, millatimiz qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan konret-tomosha dasturlariga barchangizni taklif etamiz. Zero, qadriyatlarni ulugʻlash millatni qadrlashni ta'minlaydi.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

30 Oct, 04:24


Volontyorlik markazi bilan bir necha yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchimiz:

— Sanʼat va madaniyat
— Turizm
— Tarjimonlik va GIDlik
— Media
— IT

Sizning markazingizda ushbu yoʻnalishlardan biri yoki bir nechtasi boʻlsa, izohda maʼsul koordinatorni belgilab keting.

Agar sizda markaz yoʻq boʻlsa oʻzingiz ochishingiz mumkin izohda Nizom qoldiraman.

CULTURE & ART VOLUNTEERS

29 Oct, 14:43


🔸 Ikkinchisi

Sizning OTMingizdagi Volontyorlik markazini bilasizmi?

Maʼlumot oʻrnida Yoshlar ishlari agentligi respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida volontyorlik markazi tashkil etilishi haqida xabar qilgan.

CULTURE & ART VOLUNTEERS

29 Oct, 13:54


Ikkinchisi nima deb oʻylaysiz...🤔

CULTURE & ART VOLUNTEERS

29 Oct, 13:53


OTM teatr jamoalari bilan hamkorlikni maqsad qilganmiz, bunda sizning yordamingiz kerak.

Izohga OTM nomini va bilsangiz jamoa nomini yozing, siz bilan bogʻlanamiz

P/s Jamoa aʼzosi boʻlsangiz undan ham yaxshi

CULTURE & ART VOLUNTEERS

29 Oct, 12:09


🔸 Birinchisi

Sizning OTMingizda mavjud teatr jamoalari yoki teatr studiyalari haqida bilasizmi?

Maʼlumot oʻrnida davlat OTMlarining barchasida kamida 1ta jamoa mavjud.

CULTURE & ART VOLUNTEERS

29 Oct, 10:18


🔸 Talabalar bormi?

✍️ Izohlarda oʻzingiz tahsil olayotgan OTMni yozib keting.

☀️ Bir nechta yangilik kutmoqda...

CULTURE & ART VOLUNTEERS

27 Oct, 11:24


#men_va_teatr
#madaniyatga_kõngil_ber

“Men va TEATR” online tanlovi doirasida kichik tanlov!!!

🏆 Ikkita gʻolib aniqlanadi.

🏅 Birinchi gʻolib Davlat Akademik Katta teatrining noyabr oyidagi istalgan spektakliga 2ta chiptani qoʻlga kiritadi.

🏅 Ikkinchi gʻolib Milliy Akademik drama teatrining noyabr oyidagi istalgan spektakliga 2ta chiptani qoʻlga kiritadi.

💡 Tanlovda qatnashish juda oson — «Участвовать» tugmasini bosing.

👉 «MILLIYTANLOV.UZ» telegram kanali hamda «CULTURE & ART VOLUNTEERS», «CULTURE and ART GRANTS» kanallariga aʼzo boʻling.

Doʻstlaringizga havolani tarqatsangiz yutish imkoniyati koʻproq boʻladi☺️

Va tamom… 😁
3-noyabr kuni bot avtomatik tarzda ikkita gʻolibni aniqlaydi va ushbu post ostida belgilaydi.

Hammaga omad!

Победители розыгрыша:
1. Shοhsanam Olimdjοnονa - 1p63k6
2. Жасмин - 1p8b11

CULTURE & ART VOLUNTEERS

23 Oct, 11:25


“Qutqaruvchi volontyorlar” otryadi

Yoshlar ishlari agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida “Qutqaruvchi volontyorlar” otryadlari tashkil etildi.

⭐️Bugunga qadar, respublikamiz bo‘yicha 1400 dan ortiq yoshlar 24 soatlik “Volontyorlarni yirik favqulodda vaziyatlar, xususan kuchli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishga tayyorlash bo‘yicha boshlang‘ich o‘quv kursi dasturi” asosida o‘qitildi.

Shuningdek, otryad a’zolari favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, odamlar hayotini asrab qolish, birinchi yordam va zilzila bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy hamda nazariy bilimga ega bo‘lishdi.

📰Eslatib o‘tamiz, “yoshlarportali.uz” platformasi orqali volontyorlarni ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda va har chorakda ular uchun amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etilib boriladi.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

23 Oct, 10:45


‼️ 🏆🏆🏆‼️

📸 Foto tanlov - "Men volontyorman" nomli online rasmlar tanloviga start beramiz!

😉 Tanlovimiz shartlari juda oddiy:

🟢 1-shart
Volontyorlik guruhlari bilan tushgan istalgan rasmingiz! (Rasmda o'zingiz bo‘lishingiz kerak!)

🟢 2-shart
Fotosuratlar asl va ilgari nashr etilmagan bo'lishi lozim.

🟢 3-shart
Shu postni 10 ta do‘stingizga va 5 ta guruhga ulashib @KELAJAK_EVH_TANLOV profilimizga sikrinshot qilib yuborasiz.

📣 Tanlovimiz 23-oktabr kuni boshlanib 29-oktabr kuni soat 21:00 da yakunlanadi.

🏆 Eng ko‘p reaksiya to'plagan 3 nafar ishtirokchilar g‘olib deb topiladi hamda "KELAJAK" Erkin volontyorlik harakati jamoasi tomonidan

🥇 Diplom, futbolka va termoz
🥈 Diplom, futbolka va kitob
🥉 Diplom va kitob sovg'alari bilan taqdirlanadi

🎖 100 dan ko‘p reaksiya to‘plagan hamda eng ko‘p komentariya to‘plagan ishtirokchilar Tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

🤩 G'oliblar faqatgina Reaksiyalar orqali aniqlanadi.

Tanlov o‘tkaziladigan kanal:
https://t.me/+8JWzrK4OCdpkNGMy

CULTURE & ART VOLUNTEERS

22 Oct, 08:17


Eksklyuziv she’riy spektaklga marhamat!

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

• Dastur qahramoni: taniqli shoira Kumush Abdusalomova

• Dastur mehmoni: taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov

📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 22-oktabr (kuni) soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

👇 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
https://forms.gle/AnpwbeD8A2Qs2h398

BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!

🎭 Elyor Abdugʻaniyev

CULTURE & ART VOLUNTEERS

21 Oct, 14:36


Diqqat, tanlov!

Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK Milliy qadriyatlarimizni turistlarga ko‘rsatish maqsadida yoshlar orasida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

🥇 10.000.000 so‘m
🥈 8.000.000 so‘m
🥉 5.000.000 so‘m

🟠 muddat:
18-noyabrgacha

🟠 Batafsil

Внимание, конкурс!

ГУП «Национальный PR-центр» при Комитете по туризму объявляет конкурс видеороликов среди молодежи с целью демонстрации национальных ценностей туристам.

🥇10 000 000 сум
🥈 8 000 000 сум
🥉 5 000 000 сум

🟠 срок:
до 18 ноября

🟠 Подробно

🎭 CULTURE and ART GRANTS

CULTURE & ART VOLUNTEERS

21 Oct, 05:15


Волонтёрлар учун супер қулайлик 🔥

🏃‍♂🥲 Биздан доим волонтёрлар ва волонтёрларликка энди кириб келаётган ёшлар сўрашади:
" Волонтёрлик лойиҳаларини қаердан топсак бўлади? Портфолиони мустаҳкамлаш учун актуал тадбирларни қаердан оласиз?" ва шу каби саволлар билан доимий равишда мурожаат қилишади

🤩 Ўзбекистон миқёсида 200 дан ортиқ волонтёрлик гуруҳлари мавжуд ва уларнинг ҳаммасида ҳам сиз кутган хабарлар, янгиликлар ташлаб борилмайди. Сизларга осонлик туғдириш мақсадида, қуйидаги ҳавола орқали сиз учун саралаб, актив гуруҳлар ва каналлар ҳаволаларини қолдирдик. Ҳавола устига босиш орқали қўшилиб олсангиз бўлади.

👉 https://t.me/addlist/T7-C4RsbuX00MTFi 👈

🔥 Дўстларингиз билан ҳам улашишни унутманг. Бир ўзинг бўлса яхши, дўстинг билан бўлса ундан ҳам яхши 🔥

П/с: Агарда сиз ҳам бирор гуруҳ ёки канални билсангиз, изоҳларда қолдиринг. Биз "папка"га қўшамиз

Ҳамкорлик учун: @youth_fvm_manager

🤩 Looking for more?
👉 @youth_fvm

CULTURE & ART VOLUNTEERS

15 Oct, 15:16


📣 Diqqat tanlov!

⚡️ Madaniyat vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash maqsadida, “Maxtumquli she’rlari bilan aytilgan eng yaxshi qo‘shiqlar ijrochisi” respublika tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov joriy yilning 25-oktyabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatrida o‘tkaziladi.

Ko‘rik tanlovda 17 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan isteʼdodli, professional va havaskor ijrochi xonandalar ishtirok etishlari hamda Maxtumquli Firog'iy she'rlariga bastalangan qo'shiqlarni ijro etishlari mumkin bo'ladi.

📞 Murojaat uchun telefon : 99 729 12 45

🇺🇿 MILLIY TANLOVLAR

CULTURE & ART VOLUNTEERS

14 Oct, 10:47


🤔 «MADANIYAT KOʻNGILLILARI» jamoat birlashmasi haqida eshitganmisiz?

CULTURE & ART VOLUNTEERS

14 Oct, 09:02


📣Diqqat, diqqat!

⚡️ Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari bugun 14-oktyabr kuni soat 18:30da poytaxtning “Tashkent City Park” majmuasida “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi”ning yopilish marosimiga bag'ishlangan konsert dasturi boshlanadi.

Barchangizni taklif etamiz va kutib qolamiz!

Eslatma:
konsert dasturi 21:00ga qadar davom etadi.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

14 Oct, 04:58


Oʻrtoqlar, Tarjimonlar guruhimiz sababsiz gʻoyib boʻlibdi.(aniqlaymiz)

Shu sababli guruhni qayta tikladik. Qoʻshilib olishingiz mumkin. Tarjimonlikka oid barcha volontyorliklarni eʼlon qilib boramiz:

@tarjimon_volontyorlar

CULTURE & ART VOLUNTEERS

13 Oct, 14:11


#Live
#Qatar_madaniyat_kunlari 🇺🇿 🇶🇦

Ayni damda “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” doirasida O'zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Qatar kompozitori Nasser Sahimning mualliflik konserti bo'lib o'tmoqda.

Konsert O'zbekiston xalq artisti Kamoliddin O'rinboyev dirijyorligida O'zbekiston davlat simfonik orkestri hamkorligida olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qatar Davlati madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tani konsertni tomosha qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, ertaga 14-oktyabr kuni soat 19-00da poytaxtning “Tashkent City Park” majmuasida “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi”ning yopilish marosimiga bag'ishlangan konsert dasturi bo'lib o'tadi.

💬 Telegram | 📷 Instagram

CULTURE & ART VOLUNTEERS

13 Oct, 07:43


📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari 11-14-oktyabr kunlari “Tashkent City Park” majmuasida “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” bo'lib o'tmoqda.

Barchangizni ushbu haftalik doirasidagi tadbirlarga taklif etamiz va kutib qolamiz.

Ma'lumot uchun, haftalik doirasidagi konsert dasturlari va ko‘rgazmalarni tomosha qilish mutlaqo bepul.

💬 Telegram | 📷 Instagram