Amirxon Umarov @amirxonumarov Channel on Telegram

Amirxon Umarov

@amirxonumarov


Prodyuser, jurnalist, shoumen

* Kanal shaxsan o‘zim tomonimdan yuritiladi.

Tijoriy hamkorlik uchun @umarovamirxon_bot ga yozing!

Amirxon Umarov (Uzbek)

Assalomu alaykum, sevganlar! Sizga Amirxon Umarovning Telegram kanaliga xush kelibsiz. Bu kanal prodyuser, jurnalist, va shoumennik Amirxon Umarov tomonidan o'z barcha yangiliklari, fikrlari va tajribalari bilan sizlarga muhokama qilish uchun yaratilgan. Amirxon Umarov o'zining eng zamonaviy va o'rnatilgan TV dasturlari, filmlar yaratish mukofoti bilan mashhur bo'lgan tanlangan shaxslardan biridir. U bu kanal orqali o'zining so'nggi yangiliklari, ishlari va tadbirlari bilan sizlarni doimiy ravishda o'zini izlayotgan Amirxon Umarovning eng yaqin do'sti bo'lishingiz mumkin. Agar siz ham Amirxon Umarovning so'nggi yangiliklaridan va ishlaridan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling va o'z fikrlaringizni ulashib borishga tayyormisiz! Tijoriy hamkorlik uchun esa @umarovamirxon_bot ga xabar yozishingiz mumkin. Amirxon Umarov bilan birgalikda yangi g'alaba va muvaffaqiyatlarga olishingizni tilaymiz! Boshqalar bilan ham ulashish uchun ushbu kanalni doimiy ravishda kuzatib boring va hech qanday yangilikni qoldirmang.

Amirxon Umarov

21 Nov, 14:24


O‘lim chizig‘i

1860-yillarda qamoqxonlar atrofida maxsus chiziqlar chizib qo‘yilgan. Uning nomi – “deadline” ya’ni “o‘lim chizig‘i” deb nomlangan.

Agarda biror mahbus ushbu chiziqni bosib o‘tguday bo‘lsa, o‘sha zahoti otib tashlangan.

XX asr boshlaridan esa bu so‘z biror vazifa uchun berilgan vaqtning tugash muddatiga nisbatan ishlatila boshlangan.

Ba’zida, g‘arb olami “deadline”larga rosmana “o‘lim chizig‘i” sifatida qaragani uchun rivojlanib ketgandir, deb o‘ylab qolaman.

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

21 Nov, 12:17


Xitoyning "Insta360" kompaniyasi ish samaradorligini oshirish uchun xodimlarning o'zini baxtli his qilishiga e’tibor qaratmoqda.

💸 Tanishuvlar uchun ichki platformada e’lon joylashtirgan har bir xodim 115 ming so‘m ($9) mukofot oladi, uch oy davomida munosabatlarni saqlab qolgan hamkorlar esa har biri 1 million 790 ming so‘m ($140) mukofotga ega bo‘ladi.

Bu tashabbus xodimlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarni kuchaytirish va ish muhitini yaxshilashga qaratilgan. Bir hafta ichida "500 dan ortiq e’lon" joylashtirilib, ko‘plab mukofotlar topshirilgan.

Ushbu innovatsion yondashuv Xitoyda nikohlarning kamayishiga qarshi kurashda ham qo‘llanmoqda 😁

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

21 Nov, 10:33


“Ishing bitguncha, eshshaging loydan o‘tguncha, eshshakni tog‘a de” degan gap bor.

Aslo!


Ishingiz bitmasligi mumkin, lekin eshshakni tog‘a deganingiz tarixda qolib ketadi.

#shunchaki

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

21 Nov, 09:05


⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

20 Nov, 12:25


"Paint" dasturidan qanchalik darajada yaxshi foydalana olmaganimni tushunib yetdim. 😅

Instagramimda chiqib qolgan video. Menga juda yoqdi, sizgachi?

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

20 Nov, 09:56


☄️ Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy yordam yuborishi mumkin

Bloomberg xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga Ukrainaga qarshi kurash uchun 100 minggacha harbiy yuborishni rejalashtirmoqda. Harbiylar rotatsiya asosida Rossiyaga yetkazilishi kutilmoqda.

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib, xalqaro maydonda keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, AQSH Ukrainani uzoq masofali ATACMS raketalari bilan ta’minlashga qaror qildi.

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

20 Nov, 06:21


Filmlarni qanday tezlikda ko‘rasiz? 🤔

So‘nggi paytlarda film va seriallarni tezlatilgan rejimda tomosha qilish odatiy holga aylanmoqda. Tomoshabinlar videolarni 1,5x yoki 2x tezlikda ko‘rib, vaqtni tejash va ko‘proq kontent iste’mol qilishni maqsad qilishmoqda.

👉 Bu usulning afzalliklari:
- Vaqtni tejash.
- Ortiqcha epizod va uzun suhbatlarni qisqartirish.

Shu bilan birga, ba’zi murakkab syujetlar va badiiy tasvirlar e’tibordan chetda qoladi. Atmosfera va tempo muhim bo‘lgan filmlar, masalan, “Breaking Bad” yoki “Succession”, o‘z jozibasini yo‘qotishi mumkin. Rejissyorlar esa badiiy asarlarni ularning asl tempi va mazmunida tomosha qilish kerakligini ta’kidlashadi.

Siz qanday fikrdasiz? 🤓

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

19 Nov, 15:10


“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida bo‘lib o‘tgan milliy media va axborot sohasi vakillari bilan uchrashuvda boshlovchi, moderator Amirxon Umarov yoshlarga motivatsiya berdi.

Telegram | Instagram | Facebook

Amirxon Umarov

19 Nov, 14:16


🔥 Avtomatlashtirilgan hayot: vaqt va energiya tejamkorligi

Yaponiyalik Hideaki Umeyama so‘nggi 15 yil davomida hayotini avtomatlashtirilgan tartibda yashab kelmoqda. Kundalik qarorlarni minimallashtirish orqali u aqliy quvvatini muhim masalalarga yo‘naltirishga erishdi.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, odam kuniga o‘rtacha 35 mingta qaror qabul qiladi, bu esa “qarorlar charchog‘i” deb ataluvchi holatga olib keladi. Umeyama kabi yondashuvni Stiv Jobs va Mark Sukerberg ham qo‘llab, standartlashtirilgan kiyinish va kun tartibi orqali energiyalarini strategik sarflaydilar.

Bunday hayot tarzi nafaqat vaqtni tejaydi, balki charchoq va stressning oldini olishda ham yordam beradi. 😎

Amirxon Umarov

19 Nov, 13:18


⚡️Trampning yangi loyihasiga xodimlar izlanmoqda

Ilon Mask AQSHning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) uchun yuqori aqliy salohiyatga ega xodimlarni izlamoqda. Ish rejimi — haftasiga 80+ soat, lekin maosh berilmaydi.
DOGEning asosiy maqsadi byurokratiyani qisqartirish va federal xarajatlarni 2 trln dollarga kamaytirishdir.

Ariza topshirish uchun X (sobiq Twitter) platformasida premium obuna talab qilinadi. Mask bu jarayonni «revolyutsion imkoniyat» deb atab, tizimga muqobil yondashuvlar orqali samaradorlikni oshirishga intilmoqda.

📲 Jarayon 2026-yil 4-iyulgacha yakunlanadi.

Siz bu ishda ishlashni xohlarmidingiz? 🤔

Amirxon Umarov

19 Nov, 12:11


☄️ Solishtirish — quvonch o‘g‘risidir

Siz o'zingizni solishtirishingiz mumkin bo'lgan yagona inson, bu kechagi o'zingiz!

#dalda

Amirxon Umarov

19 Nov, 09:59


📌 Naushniklarning miyaga ta’siri

Olimlar yuqori ovozda naushniklardan uzoq foydalanish diqqatni pasaytirishi, miya charchog‘i va nevroz kabi muammolarga olib kelishini aniqlashgan. Ichki quloqqa yaqin naushniklar zararliroq, chunki ular quloq to‘qimalariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Ovoz balandligini 60% darajada ushlab, tinglash vaqtini 4 soatdan oshirmaslik tavsiya etiladi. Shovqinni to‘xtatuvchi naushniklar esa atrof-muhit bilan aloqani susaytirishi mumkin.

👉 Siz kuniga qancha vaqt naushniklardan foydalanasiz?

Amirxon Umarov

19 Nov, 07:56


📆 18-noyabr kuni “Zakovat arena” binosida milliy media va axborot sohasi mutaxassislari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Men tadbirda moderator sifatida ishtirok etdim. Spikerlarni ham shaxsan o’zim taklif qildim. Jarayon juda qizg’in o’tdi.

Mehmonlar orasida telegram kamandam ham ishtirok etgani meni hursand qildi❤️

Amirxon Umarov

18 Nov, 13:39


😁 Telefon firibgarlariga qarshi «Daisy» neyro-buvisi yaratildi

Virgin Media O2 kompaniyasi firibgarlarni 40 daqiqagacha chalg‘ituvchi sun’iy intellektli «Daisy» vositasini ishlab chiqdi. Bu vosita firibgarlarni soxta ma’lumotlar bilan band qilib, iste’molchilarni himoya qiladi.

👉 Swerve the Scammers kompaniyasi doirasida ishlab chiqilgan ushbu vosita xalqaro firibgarlikka qarshi kurash haftasida ishga tushirildi.

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

18 Nov, 12:38


😔 Millionlar ham baxt keltirmas ekan

Amazon xodimi 14 million dollar, qimmat uylar va oilasiga qaramay, o‘zini zerikkan his qilayotganini aytdi. Ushbu voqea moddiy farovonlikning baxt kafolati emasligini yana bir bor ko‘rsatdi.

📲 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida eng ko‘p tarqalgan maslahat: «Boyligingizni ikkiga bo‘ling, hayot qiziqarliroq bo‘ladi».

Psixologlar bunday vaziyatlarda qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqish, yangi qiziqishlar topish va shaxsiy rivojlanishga e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi.

Boylik baxtning yagona omili bo‘lolmaydi, balki ma’naviy rivojlanish ham muhimdir.

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

18 Nov, 12:30


"Barchamiz uchun Vatanimizning muqaddas ramzi — Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun muborak bo‘lsin! 🇺🇿" — Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva butun o‘zbekistonliklarga tabrik yo‘lladi.

👉 @amirxonumarov

Amirxon Umarov

18 Nov, 10:39


🔴 Boy ammo baxtsiz bo'lish

🟢 Kambag'al ammo baxtli bo'lish

Siz qaysi birini tanlagan bo'lar edingiz? 🧐