Bekobod tumanidagi mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchlarining bir guruhi Farg’ona viloyati Quva tumaniga borib tajriba almashib qaytdilar.
Tuman hokimi Shuxrat Do’sbekovning ko’rsatmasi asosida Quva tumanida bo’lib qaytgan hokim yordamchilari bugun tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda mahalla ettiligiga oldida taqdimot qilib, tomorqalarning har qarich yeridan unumli foydalanish, talab yuqori bo’lgan ekin turlarini yetishtirish, mevali daraxt navlarini ko’paytirish kabi tajribalari haqida ma’lumot almashdilar.
Bundan tashqari tuman hokimi Shuxrat Do’sbekov aholi bandligi bo’yicha qulupnay yetishtirish malinachilik, bo’sh turgan zovurlardan unumli foydalanishda o’rdakchilik kabi bir qancha loyihalar haqida mahalla ettiligiga atroflicha tushunchalar berdi.