Yo‘l-patrul xizmati (YPX) va patrul-post xizmati (PPX) xodimlari hamkorligida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida tunda bemaqsad yurgan voyaga yetmagan yoshlarga tushuntirish ishlari olib borilib, ularning shaxsi aniqlashtirildi. Unga ko‘ra, tunda bemaqsad yurishning salbiy oqibatlari va turli ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkinligi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, avtomobillar tekshirilib, ruxsatsiz o‘rnatilgan yorug‘lik o‘tkazgichlar va shubhali transport vositalari nazoratdan o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar yoshlar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida izchil davom ettirilmoqda.
Qo’rg’ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati
Sahifa: telegram
YouTube | Facebook | Instagram