Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧 @akbarshoh_uktamov Channel on Telegram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

@akbarshoh_uktamov


🚀 Kanal muallifi - Reding universiteti talabasi, "El-yurt umidi” stipendiati.

Xorijda o'qimoqchi bo'lganlar uchun eng foydali kanal. Ko'pchilik aytmaydigan maslahat va ma'lumotlarni berib boraman.

☎️Aloqa: @Grants_hub_admin

Akbarshoh Uktamov (Uzbek)

Akbarshoh Uktamov kanali - Reding universiteti talabasi, 'El-yurt umidi' stipendiati. Xorijda o'qimoqchi bo'lganlar uchun eng foydali kanal. Ko'pchilik aytmaydigan maslahat va ma'lumotlarni berib boraman. Bu kanalda xorijda o'qish, yashash, ishlash va chakana hayotini to'g'ri tashkil etish bo'yicha foydali ma'lumotlar mavjud. Akbarshoh, o'z bilimini, tajribasini, va bilishlarini siz bilan ulashishi bilan uchrashuv jarayonida ko'rsatadi. Kanalda har bir ob-havo, ta'lim muammolari, ish dunyosi haqida so'zlar, maqolalar va eng so'ngi yangiliklar taklif etiladi. Siz ham Akbarshoh Uktamov kanaliga a'zo bo'ling va xorijda muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli bilim va tajribalardan foydalaning! Aloqa: @Akbarshoh_Contactbot

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

01 Jan, 00:31


2025-yil barchamiz uchun hayrli kelgan bo'lsin!

O'zbekistonda tong otayotgan bo'lsa, Britaniyada endi yangi yil kirib keldi!

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

30 Dec, 14:05


"Native speaker"larni ingliz tilingizdagi xatolaringiz bilan ishi yo'q!

Shu paytgacha Britaniyada 2.5 yildan beri o'qib va yashab kelayotgan bo'lsam, ingliz tili nutqimda haligacha arzimas bo'lsa ham xatolar uchrab turadi va bu tabiiy hol. Ayniqsa, 1-yilimda til borasida qiyinchilik ko'p bo'lgan, lekin mahalliy aholi hech qachon xatolarimni shu paytgacha to'g'irlashmagan, go'yo ingliz tilida qanday gapirayotganim bilan ishi yo'qdek va bu narsa 99.9% holatlarda boshqalarda ham shunday. Tildagi xatolaringiz haqida umuman aytishmaydi.

O'zi aslida qanaqa? Shu bo'yicha British odamni o'zi kichik maqola yozibdi, o'qib ko'rilar:
Maqola

P.s. Postni xorijga o'qishga borib ingliz tilini kuchaytiraman deydigan do'stingizga yuborib qo'ying!

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

27 Dec, 16:41


🇬🇧Angliyaga o'qishga kelishga qiziqayotganlar uchun juda ajoyib video bo'libdi...

Ko'rishni tavsiya qilaman, agar ko'rganlar bo'lsa izohlarda fikringizni yozib qoldiring😁

Tomosha qilish

P.s. Men o'z fikrim bilan bo'lishaman keyinroq.

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

24 Nov, 11:21


🇬🇧 2025-yilda Buyuk Britaniyada o‘qish uchun top 10 universitet

1. University of Oxford – Dunyo bo‘ylab eng yaxshi tadqiqot muassasalaridan biri, ayniqsa gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha yetakchi.


2. University of Cambridge – Tadqiqot va akademik mukammallik bo‘yicha dunyoda eng yuqori o‘rinlarda turadi.


3. Imperial College London – STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) sohalarida kuchli mavqega ega.


4. University College London (UCL)


5. University of Edinburgh – Britaniya qirollik oilasining ayrim a’zolari bu yerda o‘qigan.


6. King's College London


7. London School of Economics and Political Science (LSE) – Ko‘plab Nobel mukofoti laureatlarini yetishtirgan.


8. University of Manchester


9. University of Bristol


10. University of Glasgow


(Reyting Times Higher Education 2025 World University Rankings ro‘yxati bo‘yicha ko‘rsatilgan.)

Siz qaysi universitet haqida batafsil ma'lumot berishimizni xohlaysiz?

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

18 Nov, 13:19


🇪🇺 Yevropada oʻqish uchun 3 ta arzon davlat

1. Germaniya 🇩🇪
Germaniya davlat universitetlarining koʻp kurslarida oʻqish tekin, xattoki, Yevropa fuqarosi boʻlmagan xalqaro talabalar uchun ham. Sizdan faqatgina 150-300 yevro atrofidagi semester toʻlovlari undiriladi xolos. Germaniyada Myunxen Texnika Universitieti (TUM), Haidelberg Universiteti va Berlin Humboldt Universiti kabi top universitetlarda oʻqishingiz mumkin. Aksariyat universitetlar nemis tilini bilishingizni talab qiladi. Universitetlar haqida batafsil ma’lumotlarni daad.de saytidan olishingiz mumkin.

2. Norvegiya 🇳🇴
Garchand Yevropa Ittifoqi a’zosi boʻlmasa ham, Norvegiya davlat universitetlarida oʻqish tekin. Mahalliy tilni bilish oʻqishga kirishingiz va albatta Norvegiyada yashashingizda ancha qoʻl keladi (norveg tilini oʻrganish ingliz tilini bilganlarga nisbatan oson). Yashash narxlari qimmat boʻlishiga qarmasdan, ushbu davlat yuqori sifatli oliy ta’limi hamda goʻzal tabiati bilan mashhur. Oslo Universiteti (UiO), Norvegiya Fan va Texnologiya Universiteti (NTNU) va Bergen Universiteti (UiB) kabi nufuzli universitetlardan birida tahsil olishingiz mumkin. Rasmiy ma’lumotlarni studyinnorway.no, samordnaopptak.no hamda universitetlar saytidan olishingiz mumkin.

3. Polsha 🇵🇱
Koʻplab polyak universitetlarida yiliga €2,000 dan boshlanuvchi ingliz tili dasturlari mavjud. Yashash narxi ham qimmat emas (xalqaro talaba sifatida yashash xarajatlari oyiga €300–€500 atrofida tushishini kutsangiz boʻladi). Varshava Universiteti, Varshava Texnologiya Universiteti va Yagellon Universiteti kabi universitetlar xalqaro talabalari soni va nufuzi bilan mashhur. Batafsil va rasmiy ma’lumotlar uchun studyinpoland.pl saytiga tashrif buyuring.

Siz qaysi davlatda o‘qishni xohlaysiz?

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

07 Nov, 15:00


🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Glasgow Universiteti (University of Glasgow)

Shotlandiyaning Glazgow shahrida joylashgan va 1451-yilda tashkil etilgan nufuzli davlat tadqiqot universitetidir.

🏆 Reyting:
Glasgow Universiteti dunyo bo’ylab eng yaxshi 100 universitet qatoriga kiradi. 2024-yil QS World University Rankings reytingida 76-o’rinni egallagan.

💰 Kontrakt to’lovi:
Bakalavr dasturlari uchun xalqaro talabalar yillik o’qish to’lovi o'rtacha £25,000. Magistratura dasturlari uchun to’lovlar tanlangan dasturga qarab farqlanadi.

💫 Scholarshiplar:
Glasgow Universiteti xalqaro talabalar uchun bir nechta stipendiyalarni taklif etadi:
World Changers Glasgow Scholarships: Akademik yutuqlarni e’tirof etuvchi va xalqaro talabalarni qo’llab-quvvatlovchi stipendiya.
Alumni Discount: Universitet bitiruvchilari uchun magistratura dasturlarida 20% chegirma.

Bundan tashqari, universitetda turli grantlar va moliyaviy yordam dasturlari mavjud.

Batafsil
#topuniversitetlar
Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

07 Nov, 13:37


📍Grand Hall of the Austrian National Library

Men tashrif buyurgan eng go'zal kutubxona! To'plamlar soni bo'yicha dunyoda 4-o'rinda turarkan, 12 millionga yaqin qadimiy kitoblar, hujjat va ko'rgazmalarga ega!

Kelgan bo'larmidingiz shu yerga?

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

05 Nov, 03:30


🇺🇸 Boston University (BU)

AQShning Massachusets shtatidagi Boston shahrida joylashgan nufuzli xususiy tadqiqot universiteti hisoblanadi. 1839-yilda tashkil etilgan ushbu universitetda 37,000 dan ortiq talaba tahsil oladi, ulardan 8,000 nafari xalqaro talabalar.

🎓 Akademik yo’nalishlar orasida biznes, muhandislik, tibbiyot, huquq, san’at va boshqa fanlar mavjud.

🏆 Reytinglar bo’yicha, Times Higher Education (THE) reytingida 75- o’rinda turadi.

💰 Kontrakt to’lovi
2024-2025 o’quv yili uchun bakalavr dasturlari uchun yillik o’qish to’lovi taxminan $68,000 ni tashkil etadi. Magistratura dasturlari uchun to’lovlar tanlangan dasturga qarab farqlanadi.

💫 Scholarshiplar:
Trustee Scholarship: O’qish to’lovi va majburiy to’lovlarni qoplaydi.
Presidential Scholarship: Yiliga $25,000 miqdoridagi stipendiya bo’lib, to’rt yil davomida berib boriladi.

Bundan tashqari, universitetda turli grantlar va moliyaviy yordam dasturlari mavjud.

Batafsil
#topuniversitetlar
Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

03 Nov, 11:42


🔹 King’s College London🔹

🇬🇧 London markazida joylashgan va 1829-yilda tashkil etilgan King’s College London (KCL) dunyoning eng yaxshi universitetlari qatorida, QS reytingida 40-o‘rinni egallaydi.

🎓 Dasturlar va Mutaxassisliklar: Universitet biznes, iqtisod, huquq, tibbiyot kabi sohalarda kuchli dasturlarni taklif etadi.

💸 O’qish narxi: Xalqaro talabalar uchun bakalavr o’qish puli yillik 20,000 - 30,000 funt, magistratura esa 30,000 - 40,000 funt atrofida.

🌐 London markazida joylashgan: Strand kampusi Thames daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun madaniy va professional imkoniyatlarni taqdim etadi.

Batafsil
#topuniversitetlar
Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

29 Oct, 15:52


📍Tower Bridge, London

Tower Bridge qurilishi 1886 yilda boshlangan va 1894 yilda yakunlangan. Qurilish 8 yil davom etgan va ko'prikni qurish uchun 432 ishchi jalb gilingan. Tower Bridge bugungi kunda Londonning eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biri bo'lib, ko'prikning ichida muzey joylashgan. Muzeyda ko'prikning tarixi va texnikasi haqida ko'plab eksponatlar namoyish etiladi.

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

25 Oct, 16:17


💌Tavsiya xati (recommendation letter) bo’yicha maslahatlar

Deyarli barcha universitetlar va stipendiyalar motivatsion xat bilan birga tavsiya xatlarini ham so‘raydi.

Tavsiya xati — bu o‘qituvchi yoki boshqa shaxs tomonidan yozilgan, talabani akademik salohiyati va shaxsiy fazilatlarini yoritib beruvchi xat. Shuningdek, bu xat ish joyingizdagi rahbaringiz tomonidan ham yozilishi mumkin.

Odatda 2 ta tavsiya xarlari kerak bo’ladi va ular siz ta’lim olishni rejalashtirgan tilga, masalan, ingliz yoki boshqa xorijiy tilga tarjima qilingan bo‘lishi kerak.

📌Tavsiya xatida nima bo‘lishi kerak?

Sizning CV, motivatsion xat va tavsiya xatlaringiz bir-birini takrorlamasligi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu hujjatlar shaxsiyatingizning turli jihatlarini yoritib, aniq bir dastur uchun ideal talaba obrazini shakllantirishi kerak.

Chet el universitetiga kirish uchun talabani tavsiflovchi tavsiya xati ijobiy bo‘lishi, talabani akademik yutuqlari, kuchli tomonlari va muvaffaqiyatlari bilan tavsiflashi kerak, shuningdek, o‘qishga yordam beradigan fazilatlar (masalan, jamoada ishlash qobiliyati, tashabbuskorlik) haqida ma’lumot berishi zarur. Umumiylikdan qochish kerak!

Ideal holda, talabaga kelajakdagi rejalarini, orzularini va maqsadlarini qo‘shib, tanlagan dastur yoki universitet unga qanday yordam berishini aytib o’tish ham universitetga qabul qilinishda yaxshi yordam beradi!

P.s. xorijiy universitetga topshirmoqchi bo'lsangiz, bu postni saqlab qo'ying

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

21 Oct, 11:36


Kechikayotgan muvaffaqiyat!(2-qism)

📌6. Ish muhitini o‘zgartirish
Prokrastinatsiyani kuchaytiradigan omillardan biri — ish joyidagi chalg'ituvchi narsalar. Toza va tartibli ish joyi miya faoliyatini yaxshilaydi va vazifaga diqqatni jamlashga yordam beradi. Zarur bo‘lsa, ish paytida telefon, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa chalg'ituvchi vositalardan uzoqroq turish uchun maxsus ilovalardan foydalaning.

📌7. "2 daqiqalik qoida"
Ushbu qoidaga ko‘ra, agar vazifani bajarish uchun atigi 2 daqiqa yoki undan kamroq vaqt ketadigan bo‘lsa, uni darhol bajaring. Bu qoida kichik vazifalarni to‘planib qolishini oldini olishga yordam beradi va katta vazifalarga yo‘l ochadi.

📌8. O‘zingizni juda qattiq tergamang
Har doim o‘z ustingizda ishlash va kamchiliklarni tuzatishga intilish muhim, lekin o‘zingizga nisbatan haddan tashqari tanqidiy bo‘lish ham zararli. Har kim ba’zida prokrastinatsiya qiladi — bu tabiiy holat. Eng asosiysi, harakatni davom ettirish va har bir kichik qadamni qadrlashdir.

📌9. Ko‘p vazifalarni bir vaqtda bajarishdan qoching
Ko‘p vazifani bir vaqtning o‘zida bajarishga harakat qilish ko‘pincha unumdorlikni kamaytiradi. Diqqatni bir vaqtning o‘zida bir vazifaga qaratish, uni to‘liq tugatish va keyin boshqa vazifaga o‘tish samaraliroq bo‘ladi.

Yuqoridagi tavsiyalar orqali prokrastinatsiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonishingiz mumkin. Asosiysi, kichik qadamlar bilan bosqichma-bosqich harakat qilish va sabrli bo‘lishdir!

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

18 Oct, 03:15


Kechikayotgan muvaffaqiyat!(1-qism)

Prokrastinatsiya (ishlarni doimo keyinga surish) va hatto eng muhim vazifalarni bajarishga kirishmaslik odati nafaqat sifatli ishlashga ta’sir qiladi, balki muvaffaqiyatni ham ortga suradi!

📌1. Vazifalarni kichik qismlarga bo‘lish
Murakkab yoki katta ko'rinadigan vazifa prokrastinatsiyaga sabab bo'lishi mumkin. Bu holatda vazifani kichik, yengil qismlarga bo'lib bajarish osonroq bo'ladi. Har bir kichik qismni tugatganingizda, o'zingizni mukofotlash ham foydali bo'lishi mumkin.

Maslahat: Kunlik ishlaringizni bajarish uchun "Pomodoro" texnikasini sinab ko'ring: 25 daqiqa ish, 5 daqiqa dam olish.

📌2. Motivatsion maqsad qo‘yish
Har bir vazifani bajarishda aniq maqsadga ega bo'lish juda muhim. Agar siz nima uchun bu ishni qilayotganingizni aniq bilsangiz, bu sizni ilhomlantiradi va kechiktirish odatidan qutulishga yordam beradi. Vazifani tugatgandan keyin qanchalik yengillashishingizni tasavvur qilish ham yaxshi motivator bo‘lishi mumkin.

📌3. O‘z-o‘zini kuzatish (self-monitoring)
Kun davomida qachon va nima uchun prokrastinatsiya qilayotganingizni kuzatib boring. Masalan, ishning qay darajasida chalg‘iyotganingizni va chalg‘ish omillari nimadan iboratligini aniqlab borsangiz bo’ladi.

Maslahat: Har kuni bajarilgan vazifalaringiz ro‘yxatini tuzish orqali o‘zingizni kuzatib boring va ularni ichidan qay biri vaqtida barajarilganini yozib boring.

📌4. Kelajakni tasavur qilish
Bu narsa o‘z harakatlaringizning kelajakdagi natijalarini tasavvur qilishga asoslanadi. O‘zingizni kelajakdagi inson sifatida tasavvur qiling: agar hozirgi ishni bajarmasangiz, kelajakda bu qanday oqibatlarga olib keladi, sizni nimadan mahrum qiladi? Kelajakdagi oqibatlardan qo‘rqish hozirgi harakatlaringizni o‘zgartirishi mumkin.

📌5. O‘zingizga real muddatlar belgilang
Ko'pincha, prokrastinatsiyaning sababi bu — aniq muddatlarning yo'qligi yoki ularga rioya qilmaslikdir. O'zingizga aniq, lekin real muddatlar belgilang. Agar muayyan vazifa uzoq muddatga cho'zilgan bo'lsa, uni qisqa muddatlarga bo'lib, har bir bosqich uchun muddat qo'ying.

Maslahat: O‘zingizga belgilangan muddatdan erta tugatish uchun kichik mukofotlar berishni unutmang!

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

15 Oct, 03:10


🌍HPAIR Harvard 2025 konferensiyasi

1991-yildan beri o’tkazib kelinadigan bu konferensiyaning 2025-yilgi mavzusi Generational Transitions: Passing the Torch, Paving the Way. Shu paytgacha 50 taga yaqin konferensiyalar tashkil qilingan, tadbir davomida turli hil o’z sohasining professionallari, yetakchilar, spikerlar qatnashadi.

Qachon: 7-9-fevral, 2025
Qayerda: Harvard universiteti, Massachusetts shtati, AQSH
Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 23-noyabr, 2024

👉Ariza topshirish
👉Batafsil ma’lumot

P.S. Konferensiyaga scholarship uchun arizalar 20-oktyabrgacha qabul qilinadi

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

14 Oct, 09:49


"El-yurt umidi" ning 1-tanlovi g'olibi bo'lganlar bormi kanalda?😄

Qaysi davlatga ketyabsizlar shunaqa qilib?😅

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

14 Oct, 09:08


OXFORD universitetida ta’lim olayotgan Abdurahmonov Mirzohidbek bilan voice chat!

1. 2:04 - O'zingizni tanishtiring?
2. 2:42 - Oxford universitetiga kirish qanchalik oson?
3. 4:10 - Qayerlarda ta'lim olgansiz shu paytgacha?
4. 6:15 - Nega aynan Oxford universitetini tanlagansiz?
5. 8:10 - Universitetga topshirishdan oldin qanchalik tayyorgarlik ko'rgansiz?
6. 11:55 - IELTS!
7. 14:35 - Motivation letter yozishda nimalarga e'tibor berish kerak?
8. 18:20 - Oxford universitetining tuzilishi?
9. 19:15 - Universitetdagi "Matriculation" an'anasi
10. 23:00 - Oxfordning yana bir ustunligi
11. 24:00 - Universitet haqida qiziqarli ma'lumotlar
12. 26:49 - Oxford universitetiga qachon va qanaqa hujjatlar topshirish kerak?
13. 29:35 - Ingliz tili o'rganayotganlarga maslahatlaringiz?
14. 32:00 - Universitet o'z talabasini qanchalik qo'llab-quvvatlaydi?
15. 33:30 - Oxford talabasini kuni qanday o'tadi?
16. 34:55 - Top universitetga kirmoqchi bo'lganlarga maslahatlar!

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

13 Oct, 14:58


Voice chat boshlandi! 🔥

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

11 Oct, 11:19


🗣️Dunyoda 1-raqamli OXFORD universitetida ta’lim olayotgan vatandoshimiz bilan voice chat!

Kuni: Yakshanba (13.10.2024)
Vaqti: 20:00 (O’zbekiston vaqti bilan)
Qayerda: @akbarshoh_uktamov telegram kanalida

Abdurahmonov Mirzohidbek, Oxford universitetida magistratura talabasi bilan quyidagi mavzularda suxbatlashamiz:
-Oxford universitetiga tayyorgarlik va hujjat topshirish;
-Motivation letter yozish bo’yicha tavsiyalar;
-Ingliz tili bo’yicha shaxsiy maslahatlar,
-Time management va boshqa qiziqarli mavzular bo’yicha + savollar!

P.s. Top universitetga kirmoqchi bo'lgan do'stlaringizga yuborib qo'ying!

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

09 Oct, 12:09


Dunyoda 1-o'rinda turuvchi OXFORD universitetida ta'lim olayotgan vatandoshimiz bilan voice chat qilamizmi?

Let me know with reactions! 🔥

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

07 Oct, 03:30


🇫🇷Parij - fransuzcha stil, Eyfel minorasi, romantika shahri/mi?

Parijda 2 kun bo’ldim xolos, lekin stereotiplarni aniqlab, bu shaharni tushunib olishimga yetarli muddat bo’ldi deb o’ylayman.

Yaxshi taraflaridan boshlayman:
1. Borib ko’rish uchun juda ham ko’p va xilma xil joylari bor ekan. Ayniqsa galereyalar, san’atga oid joylari menga yoqdi. Tan olaman, fransuz san’atiga qoyil qoldim. Creativity 1000%.

2. Halol taom tayyorlaydigan restoranlar Angliyadagidan ko’ra ancha ko’p ekan, ovqat bilan muammo bo’lmadi. Taomlari mazali!

Endi esa menga yoqmagan taraflari:
1.Fransuzlar qo’pol xalq deyishganini ko’p eshitardim, va bu haqiqat ekan. Yoki juda ham muloyim bo’lgan inglizlarga o’rganib qolganim uchun menga shunday tuyulgandir. Ayniqsa, 1-2 marotaba yo’lni so’ramoqchi bo’lganimizda shunchaki rad etishdi bizga.

2. Luvr muzeyi, Eyfel minorasi kabi juda ham mashxur joylar atrofida chiqindilar ko’p, tozalikka unchalik e’tibor berishmas ekan. Undan tashqari, ba’zi odamlar (asosan qora tanlilar, menimcha mahalliy aholi) turli hil narsalarni sotib olishingizni taklif qilib turistlarga halaqit berishyotganini ham nazorat kamligidan deb bilaman.

3. Transportdan foydalanganingizda (metro va avtobus), hech kim sizdan biletingiz bor yo’qligi tekshirmas ekan, nazoratchilar yo’q (Angliyada 1-2ta nazoratchi turadi). Odamlar buni suiistemol qilib, shunchaki biletsiz yurishibdi, metroga kirish eshiklarini kuch ishlatib ochib, o’tib ketishyabdi. Qonun-qoida yaxshi ishlamas ekan!

P.s. Kanalda Fransiyaga borganlar bo’lsa, izohlarda sizlar ham fikringizni bildiring👇

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

06 Oct, 13:35


📱Talabalar uchun 5 ta foydali ilovalar

✍️1. Notion
Talabalar uchun juda ham foydali ilova. Daftar sifatida ishlatsangiz ham bo'ladi, turli hil topshiriqlarni tartib bilan tuzish, loyihalar ustida ishlash, universitetda ma'ruzalarda note-taking sifatida ishlatish uchun juda qo'l keladi.

2. Todoist
Kunlik qilishingiz kerak bo’lgan ish, topshiriqlarni yozib borasiz, deadline lar bilan ishlar uchun ancha qulay.

📑3.Coursera
Xorijiy universitetlar tomonidan chiqarilgan onlayn kurslar jamlanmasi. Onlayn o’rganish uchun qulay platforma, ham bepul ham pullik kurslar bor. Kursni yakunlaganizdan keyin sertifikat beriladi, sohangiz bo’yicha bilimlaringizni, skillaringizni oshirish uchun yaxshi ilova!

🇬🇧4.Grammarly
Bu ilova talabalarga ingliz tilidagi esselarini, motivatsion xat, umuman olgan barcha narsani bexato yozishga yordam beradi. Punktuatsiya, grammatikangizni to’girlab beradi. Plagiatni ham tekshirib beradi!

❤️5. ChatGPT
Eng nozik ilova! Sizni eng top talabaga yoki eng bilimsiz va dangasa talabaga ham aylantirib qo’yishi mumkin. Deyarli barcha narsani biladi, yordam beroladi. Misol uchun, mavzuni yana ham chuqurroq o’zlashtirishda, tushunmagan narsani soddaroq yo’l bilan o’rganish, til o’rganish, yoki biror mavzu bo’yicha bemalol gaplashishingiz mumkin ChatGPT bilan.

P.s. ChatGPTni yaxshi yo’llarda va vijdon bilan ishlating😉

Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

05 Oct, 11:19


📍Luvr Muzeyi, Parij

Luvr Muzeyi dunyodagi eng katta muzeylardan ekanligi bilardim, lekin muzey saqlayotgan narsalar bu qadar noyob, boshqalariga o'xshamasligini endi his qildim. Muzeyni 1/10 qismini ham aylanib chiqmadim deb o'ylayman, juda katta joy ekan. Muzey uchun Parijga alohida kelish kerak😅.

P.s. Parijda 2 kun bo'ldim xolos, undan keyin Angliyaga qaytishimga to'g'ri keldi.
Fransiyadagi taassurotlarim bilan yaqinda ulashaman!😀


Telegram | Instagram

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

04 Oct, 03:45


😉Expectations vs Reality😲

Xorijiy universitetda talabalar ertayu kech kutubxonadan chiqmasdan o’qishadi, izlanishadi!
Talabalar xorijda vaqtini to’g’ri boshqarib, fokus bilan mavzuni o’zlashtirishadi, va kunni qolgan qismini sport, turli hil mashg’ulotlar, do’stlari bilan o’tkazishadi!

Xorijiy universitetda o’qisam, o’sha yerda juda zo’r lavozimda va katta maoshga ishlayman!
Xorijda o’qishni bitirgandan keyin ishga joylashish yetarlicha murakkab va raqobat katta!

Xorijiy universitetda tasavur qilib bo’lmaydigan darajada zo’r o’qitishadi, kuchli mutaxassis bo’lib yetishaman!
Xorijiy universitetda ta’lim kuchli, lekin o’qigan odam o’qiydi, o’qimagani bu yerda ham o’qimaydi! Gap siz qanchalik bilimga chanqoq, maqsadli talaba ekanligingizda!

Xorijda ham o’qib, ham ishlab, o’zimni harajatlarimni to’lay olaman!
Bo’lishi mumkin, lekin sohangiz bo’yicha kuchli mutaxassis bo’lmoqchi bo’lsangiz, yuqoridagi g’oyani unuting!

Xorijda juda ham ko’p do’stlar orttiraman!
Madaniy, ijtimoiy hilma hilliklar sababli xorijda do’st orttirish siz o’ylaganday oson ish emas. Undan tashqari, til bilish darajasi ham bu yerda qiyinchilik tug’dirishi mumkin!

Xorijda mazza qilib yashayman!
Xorijda yashash va o’qishning o’zini past balandliklari bor. Yetarlicha stressga tayyor turishingiz kerak, mustaqil o’qish, akademik bosim, taom tayyorlash, byudjetni taqsimlash, culture shock, yolg’izlik va sog’inch!

It’s not always an endless adventure; sometimes, it’s hard work!

@akbarshoh_uktamov

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

03 Oct, 04:00


Xorijda o'qimoqchi bo'lsam tayyorgarlikni qachondan boshlashim kerak va nimadan?

Bu savolni menga asosan maktabda o'qiyotgan va bakalavrga topshirmoqchi bo'lganlar berishadi. Tayyorgarlikni o'qishga topshirishdan eng kamida 2 yil avval boshlashingiz kerak. Bo'lmasa davlat, universitet, yo'nalish tanlab, til imtixonlariga tayyorgarlik ko'rguningizcha ancha kech bo'lib ketadi.

❗️Men o'zim universitetlarga kechroq topshirganim uchun, menda universitet tanlash imkoniyatlarim tor bo'lgan, chunki deyarli 70-80% universitetlarda qabul yopilgan edi.

🔎Tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak desangiz, birinchi o'rinda siz bormoqchi bo'lgan davlat tilini o'rganishdan boshlang. Til sertifikati birinchi o'rinda! Tilni yetarlicha bilsangiz Google da ma'lumotlar bilan ishlashingiz oson bo'ladi. (universitet, yo'nalish tanlash bo'yicha bemalol research qilaverasiz). Va yuqori sinfdagi baxolaringiz yaxshi bo'lishi kerak.

📑Undan keyin esa sekin hujjatlarni tayyorlashni boshlashingiz mumkin (motivation letter, recommendation letter and etc)

@akbarshoh_uktamov

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

22 Sep, 16:32


😅Qulluq bo’lsinmi?

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

17 Sep, 15:49


‼️Instagram sahifamga "El-yurt umidi granti haqida siz bilmagan 3 ta fakt" nomli yangi video joyladim!

Keyingi videolarni o'tkazib yubormaslik uchun sahifamga obuna bo'lib qo'ying!

Videoni to'lig'i sahifamda:
👉🏼Instagram: akbarshoh.uktamov

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

03 Sep, 12:07


Dunyodagi 1-raqamli universitet! 🏰

Instagramdagi sahifamga obuna bo'lib qo'ying, tez kunlarda xorijda o'qish bo'yicha ma'lumotlar, el-yurt umidi jamg'armasi, turli hil universitetlar bo'yicha videolar ulashishni boshlayman. O'tkazib yubormanglar! Endi boshlanyabdi eng qizig'i😉

Instagram: akbarshoh.uktamov

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

01 Sep, 13:52


📢"El-yurt umidi" 2-tanloviga qatnashishni reja qilganlar bormi?

❗️"El - yurt umidi" jamg'armasining 1-tanlovi deyarli tugadi. Faqat yakuniy javoblar chiqsa bo'ldi. O'zim ko'rdim, qabul xati va boshqa hujjatlardagi kamchiliklar sababli kuchli ba'zi ishtirokchilar o'tolmadi 1-bosqichdan.

Kim EYUFning keyingi tanloviga qatnashmoqchi bo'lsa, @Grants_hub_admin ga aloqaga chiqinglar. Men BEPUL o'zim o'qishga topshirib qabul xati olishga, boshqa hujjatlarga yordamlashaman. Mayda xatolarni deb katta narsalardan qolib ketmanglar!

Keyingi tanlovga qatnashmoqchi bo'lgan do'stlaringizga ham buni yuboring!

@akbarshoh_uktamov

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

27 Aug, 09:18


Tungi Oxford ko'chalarini bir kun kelib shunday aylanib yurishim... Tasavur ham qilib ko'rmagandim..😄🚲

Oxfordda juda ko'p marta bo'lganman, lekin har safar kelganimda huddi birinchi marta kelganimdek tuyiladi. Yangi yangi narsalarni, joylarni, tarixni kashf qilib qaytaman har safar.. 🌌

@akbarshoh_uktamov

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

24 Aug, 15:24


Just a little piece from Beethoven..


📍The house at Basildon Park

@akbarshoh_uktamov

Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

21 Aug, 14:47


Readingga 2 kishi keladiganga o'xshaydi yana😉

El yurt umidi suxbatidan ikala nomzod ham 92 balldan olib chiqishibdi, o'zini sohasi bo'yicha eng yuqorilari! Biri magistratura, biri bakalavriat. Chin dildan harakat qilganga Alloh hamisha so'raganini beradi!

Congrats!🔥