ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI @aifu2022 Channel on Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

@aifu2022


Ta’lim sifatini oshirish - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir! Sh.Mirziyoyev

Sayt: aifu.uz
Tel.: 78 555 21 21
Telegram: @AIFU_admin
Hujjat topshirish: qabul.aifu.uz

Lokatsiya:
📍https://yandex.com/maps/-/CDwkJPLU

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI (Uzbek)

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI Telegram kanali - aifu2022, yangi O'zbekiston taraqqiyotiga yodgorlik qiluvchi ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan jamoa. Kanalda o'zbekistonlik universitet talabalari, o'qituvchilari va so'nggi yangiliklar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bu kanal orqali yangilanayotgan fanlar, ilmiy maqolalar va ma'lumotlar, yangi ta'lim texnologiyalari va boshqalar haqida ko'proq malumotlar olishingiz mumkin. Aifu universiteti haqida barcha yangiliklar va hodisalar uchun kanalga obuna bo'ling va so'nggi izohlar bilan tanishib chiqing. AIFU telegram kanali orqali ta'lim muammolari, yangi darsliklar va ma'lumotlar olishda o'z hissangizni qo'shishga imkoniyat yaratadi. Sizga AIFU universiteti haqida ko'proq ma'lumot berish uchun biz bilan bog'laning! Ta'lim sifatini oshiring, o'z bilim va ko'nikmangizni oshiring! Telegram: @AIFU_admin

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Feb, 15:50


🔴AIFU magistrantlari Malayziyaga jo‘nab ketishdi!

👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh magistrantlari Malayziyaning UNIMAS Sarawak Universiteti bilan hamkorlik dasturi asosida xalqaro tajriba orttirish va ingliz tili ko'nikmalarini oʼrganish maqsadida Malayziyaga jo‘nab ketishdi.

🇲🇾 Ular Malayziyaning boy madaniyati va an'analarini o‘rganish, yangi bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatlarini qoʼlga kiritdilar.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

14 Feb, 06:11


🎙Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "AIFU Speaking club" loyihasi yo'lga qo'yilmoqda!

Ingliz tilida erkin muloqot qilishni xohlasangiz, bu loyiha aynan siz uchun. Loyiha davomida:

Native speakerdan mahorat darslari
Qiziqarli mavzular
Interaktiv muhokamalar
Do‘stona muhit va yangi tanishuvlar


Loyihaning dastlabki mavzusi: "Tanishtiruv"

📍 Universitet binosi, 105-xona
📅 15-fevral
11:00


So'zlashuv ko‘nikmalaringizni oshirish va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

__________________________________________________________________

🚀 AIFU Speaking Club Launch!

Great news, AIFU students!

Throughout the project, you will experience:

Masterclasses from a native speaker
Engaging topics
Interactive discussions
A friendly atmosphere & new connections


🎯 First session topic: "Introduce yourself"

📍 Room 105
📅 February 15
11:00


Don't miss this chance to boost your speaking skills and make new friends!

Telegram | Instagram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

14 Feb, 04:33


Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida bolib o'tgan "Barhayot siymolar" xotira kechasining yorqin lahzalaridan iborat videorolik.

@AIFU_Yoshlar

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

10 Feb, 06:59


She'riga haykal o'rnatilgan yagona shoir.

Xalqimizning ardoqli shoiri Matnazar Abdulhakimning hayotiy voqeaga asoslangan "Darsdan so'ng" she'ri yuqori e'tirof etiluvchi asar hisoblanadi.

Ushbu she'r uchun Xorazmda "Muallimga mangu ehtirom" haykali o'rnatilgan.

Universitetimizning Matematika yo'nalishi 2-bosqich talabasi Tursunoy Abdurashitova tomonidan ushbu ajoyib she'r ijro etildi.

She'r matni

Videorolikni ko'ring, vaqtingizga achinmaysiz. Fikringizni esa izohlarda qoldiring.

@AIFU_Kitobxon

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

06 Feb, 13:23


🌍 Ingliz tilini bilib, dunyo bilan so‘zlashing! 🇬🇧

AIFU universitetida Ingliz tili kurslari uchun yangi guruhga qabul boshlandi!

💬 Speaking? IELTS? Grammatika? — Hammasi bizda!
🎓 Tajribali o‘qituvchilar va natijaga yo‘naltirilgan darslar sizni qisqa vaqt ichida muvaffaqiyat sari yetaklaydi.

Bizning kurslar bilan sizga nimalar kafolatlanadi?
Qiziqarli va jonli mashg‘ulotlar
Zamonaviy va innovatsion metodlar
Real hayot uchun zarur bo‘lgan til ko‘nikmalari
AIFU talabalari uchun maxsus chegirmalar!

🕰 Darslar haftada 3 kun 2 soatdan.
🌟 Faqat qog‘ozda emas, hayotda ham ingliz tilida so‘zlang!

🚀 Shoshiling — joylar soni cheklangan!

📲 Ro‘yxatdan o‘ting hoziroq! Telefon qilib bizga bog'laning yoki quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting!

Telefon : +998 78 555 21 21 | Havola

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

06 Feb, 12:23


🌏 Xitoy tilini bilsangiz, dunyo siz uchun kichik!

AIFU universitetida Xitoy tilidan yangi guruh ochildi! 🧧
Darslar to‘liq Xitoylik malakali o‘qituvchi tomonidan olib boriladi — haqiqiy til muhiti va professional ta’lim kafolatlanadi!

🔔 Nega aynan biz bilan o‘rganish kerak?
🚀 To‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoylik o‘qituvchidan jonli darslar
💡 Innovatsion metodlar va madaniy kashfiyotlar
🎓 AIFU talabalari uchun maxsus chegirmalar

🗓 Haftaning juft kunlari
14:00 dan 16:00 gacha

🌟 Xitoy tilini o‘rganing va yangi imkoniyatlar eshigini oching!

📢 Ro‘yxatdan o‘ting — joylar soni cheklangan! Joyingizni band qilish uchun telefon qilib bizga bog'laning yoki quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting

Telefon : +998 78 555 21 21 | Havola

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

05 Feb, 15:12


#xalqaro_grant #cimpa

🔴 Xalqaro grant va muhim uchrashuv!

👍 Xabaringiz bor, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti xalqaro miqyosdagi yirik grantni qo‘lga kiritgan edi! Xalqaro nazariy va amaliy matematika markazi CIMPA tomonidan moliyalashtiriladigan grant doirasida 2025 yil 28-apreldan 9-mayga qadar matematiklar uchun “Assotsiativ bo‘lmagan algebralarning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro maktab (CIMPA School) tashkil etiladi.

📅 Bugun, 5-fevral kuni ushbu loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan Universitet rektori hamda CIMPA tashkiloti rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida grant asosida tashkil etiladigan xalqaro maktabning tashkiliy jihatlari, ishtirokchilarga yaratiladigan sharoitlar va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🔗 Loyiha haqida batafsil

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

04 Feb, 15:41


AIFU Zakovat ligasi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "AIFU Zakovat ligasi"ning 3-turi bo'lib o'tdi.

❗️Liga jami 10 ta tur davom etib, sovrindorlar Samarqandga sayohat yo'llanmasiga ega bo'lishadi!

15 dan ortiq jamoalarning qizg'in raqobatida o'tgan 3-turning g'olib va sovrindorlari quyidagicha:

🥇"KokandLions"
🥈"Anvar va uning jamoasi"
🥉"Intellekt"


📚Sovrindor jamoalarga universitet tomonidan badiiy kitoblar to‘plami taqdim etildi!

📊 Tur natijalari bilan tanishish
Umumiy reyting bilan tanishish

📸 Rasmlarni yuklab olish

@AIFU_Yoshlar

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

31 Jan, 17:05


#magistratura

🔴Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 31-yanvar kuni 701111801 – Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili) magistlarining dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi. Himoya jarayonida magistrlik dissertatsiyalari DAK raisi va a'zolari tomonidan Nizom talablari asosida ko'rib chiqilib, baholanishi ta'minlandi. Bu muhim akademik jarayon nafaqat magistrlarning yillik ilmiy izlanishlarini sarhisob qilish, balki ilmiy jamoatchilik oldida o‘z tadqiqot natijalarini namoyish etish uchun ham ulkan imkoniyat bo'lib xizmat qildi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

31 Jan, 14:24


#Dars_jarayoni

🔴Xabaringiz bor, 27-yanvardan sirtqi ta’lim shakli 1-kurslari Moliya, Bank ishi, Tarix, Psixologiya, Maktabgacha ta'lim, Filologiya: o'zbek tili yo'nalishlariga 2-semestr dars mashg‘ulotlari boshlangan edi.
Ayni paytda talabalar zamonaviy jihozlangan auditoriyalarda eng so‘nggi ta’lim texnologiyalari asosida yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilardan saboq olmoqdalar.

❗️Eslatib o‘tamiz, ushbu yo'nalishlarda darslar 22-fevralga qadar davom etadi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

31 Jan, 12:25


#magistratura

🔴Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 28-yanvar kuni 70310901 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) magistlarining dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi. Himoya jarayonida magistrlik dissertatsiyalari DAK raisi va a'zolari tomonidan Nizom talablari asosida ko'rib chiqilib, baholanishi ta'minlandi. Bu muhim akademik jarayon nafaqat magistrlarning yillik ilmiy izlanishlarini sarhisob qilish, balki ilmiy jamoatchilik oldida o‘z tadqiqot natijalarini namoyish etish uchun ham ulkan imkoniyat bo'lib xizmat qildi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

15 Jan, 17:08


🇹🇷 Turkiyada talabalar almashinuvi dasturiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir AIFU xalqaro bo‘limi boshlig‘i Aziza G‘aniyeva tomonidan tashkil etilib, unda Turkiyada o‘qish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar davomida talabalar almashinuvi dasturining afzalliklari, ishtirok etish shartlari va hujjatlar rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, talabalarning savollariga javob berilib, dasturga tayyorgarlik ko‘rishda zarur ko‘nikmalar va tavsiyalar berildi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

31 Dec, 09:52


Assalomu alaykum!

Sizni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etaman!

Bu yil Siz uchun ulkan yutuqlar va muvaffaqiyatlar keltirsin!  Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, baxt va omad hamda farovonlik tilayman!

Hurmat bilan,
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori

G'olibjon Botirov

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

29 Dec, 12:01


👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining 2024-yil sarhisobi

⚡️ So'nggi 1 yil universitetimiz uchun rivojlanish va yutuqlarga boy yil bo‘ldi. Erishilgan natijalar bilan yuqorida batafsil tanishishingiz mumkin.

Kelgusi yilda ham ulkan maqsadlar sari birgalikda intilishda davom etamiz!

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

26 Dec, 05:01


Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti sizlarni Yangi yil bayrami bilan qutlaydi!

Universitetimiz Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari professor-o'qituvchilar va talabalarga tabrik video tayyorlashdi

@AIFU_Yoshlar

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

23 Dec, 03:00


#rektor

🔴Siz universitetimiz rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin!

👍Xabaringiz bor, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirovning talabalar va ularning ota-onalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini amalga oshirish maqsadida telegramda muloqot boti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Sizlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun, universitetimizda o'quv jarayonlari, ta’lim sifati va samaradorligi ko‘rsatkichlarini yanada  oshirish hamda rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiyalar va savollaringizni ushbu bot orqali universitet rektoriga yo'llashingiz mumkin.

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida AIFU rektoriga 👉@aifu_rektorbot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

📝Savollar va takliflaringizga shaxsan rektor tomonidan o‘rganib chiqiladi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

22 Dec, 08:56


🔴Hurmatli ustozlar!

👍 Sizlarni Aniq va Ijtimoiy fanlar Universiteti tomonidan tashkil etilayotgan maxsus tadbirga taklif qilamiz. Tadbir ikki bosqichdan iborat bo‘lib, quyidagi mazmunda o‘tadi:

1-bosqich: Metodika bo‘yicha foydali ma’lumotlar va yangi innavatsion yondashuvlar.
2-bosqich: Biologiya fanidan Master-klass va qiziqarli mavzu sharhi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun qisqa tanaffus (kofe-break) tashkil etiladi.

📆Sana: 22-dekabr, 2024 y.
Vaqt: 14:00 – 17:00.
📍Manzil: AIFU binosi, 101-xona (Xarita)

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar uchun Universitet tomonidan maxsus estalik sovg‘alar topshiriladi.

Barchangizni ushbu foydali va qiziqarli tadbirga taklif qilamiz!
Maqsadimiz kelajak avlodga malakali pedagog hodimlar tayyorlashda yelkadosh bo‘lish.

📞 Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin | Lokatsiya

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

02 Dec, 15:31


👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "Saxovat kuni" loyihasi bo'lib o'tdi!

🤝Universitet Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan loyihada talabalar va professor-o'qituvchilar faol ishtirok etishdi.

Loyiha doirasida yig'ilgan mablag'lar to'laqonli ravishda imkoniyati cheklangan hamda qariyalar uchun xayriya maqsadida yo'naltirildi.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

02 Dec, 13:38


💼 Ish qidirayotgan talabalarga ajoyib yangilik!

Hurmatli talabalar! Endi siz o‘zingizga mos ish topishda qiynalmaysiz. AIFU karyera bo‘limi sizga yordam berishga tayyor!

Ishga joylashish bo‘yicha maslahatlar;
Rezyume va motivatsion xat tayyorlash;
Ish beruvchilar bilan aloqalar;
Amaliyot va stajirovkalar

Talabalik davrida muvaffaqiyatli karyera boshlashni xohlaysizmi? Biz bilan birgalikda bu orzularingizni amalga oshiring!

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/q6gTbTK1RBKTERUJA

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

01 Dec, 06:00


#rektor

🔴Siz universitetimiz rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin!

👍Xabaringiz bor, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirovning talabalar va ularning ota-onalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini amalga oshirish maqsadida telegramda muloqot boti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Sizlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun, universitetimizda o'quv jarayonlari, ta’lim sifati va samaradorligi ko‘rsatkichlarini yanada  oshirish hamda rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiyalar va savollaringizni ushbu bot orqali universitet rektoriga yo'llashingiz mumkin.

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida AIFU rektoriga 👉@aifu_rektorbot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

📝Savollar va takliflaringizga shaxsan rektor tomonidan o‘rganib chiqiladi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

30 Nov, 14:47


🔴AIFU magistrantlari amaliy mashg'ulot o'tashdi

👍Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 2-kurs Psixologiya mutaxassisligi magistrantlari hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi, dotsenti Xudoyqulova Gulshoda bilan birgalikda Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi "Asab va ruhiyat" klinikasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida magistrantlarga mutaxassislar tomonidan "Stress va ruhiy buzulishlar" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

30 Nov, 10:50


#hamkorlik

🔴 AIFUga rektorlar tashrifi

👍Bugun Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov va Adju universiteti rektori, professor G’ayrat Muratov tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar universitetimiz rektori, professor G’olibjon Botirov bilan uchrashib, universitetimizning zamonaviy kampusi, o‘quv jarayonlari va ilmiy muhit bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida onlayn tarzda Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor Sherzod Nematov ishtirok etib, Oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy-innovatsion va yoshlarni ilm fanga keng jalb qilishning samarali mexanizmlarini yoʼlga qoʼyish masalalari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuv yakuniga ko'ra universitetlar o'zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

✈️Telegram | 🌐 Sayt |  📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

24 Nov, 05:59


#olimpiada

🔴Qori Niyoziy olimpiadasi

"Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasidagi OTMda o‘qiyotgan talabalar uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 so‘m boʻlgan an’anaviy Qori Niyoziy olimpiadasining yakuniy bosqichi davom etmoqda.

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

24 Nov, 03:00


#anons

🇺🇿🇹🇷Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Ankara sosyal bilimler üniversiteti bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ankara sosyal bilimler üniversiteti vakillari 29-noyabr kuni tashrifi kutilmoqda.

Ushbu tashrif davomida quyidagi yo'nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha aniq kelishuvlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

- Professor-o'qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo'lga qo'yish;
- Qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha 1+1 ta'lim shakli bo'yicha magistrlar va 2+2 ta'lim shakli bo'yicha bakalavrlar talabalar almashinuvi dasturlarini yo'lga qo'yish;
- Ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
- Magistr va PhD talabalarning ilmiy ishlariga birgalikda rahbarlik qilish;
- Ilmiy konferensiyalar tashkil etish;

Bunday xalqaro hamkorliklar talabalarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratadi!

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

23 Nov, 07:38


#sport #talaba_yugur #Toshkent
📺

👍Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari "Talaba-yugur" ko'ngillilar yugurish sport musobaqasida qatnashmoqda!

Universitetimiz jamoasi Toxirjon Axmadjonov boshchiligida "Yangi O'zbekiston bog'i"ga yetib borib, asosiy turnirga qadar chigal yozdi mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Jarayonni birgalikda kuzatamiz

@AIFU_Yoshlar

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

22 Nov, 16:31


🗓 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 22-noyabr Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir jarayonida “Yosh psixologlar” klubi tashabbusi bilan talabalar va ustozlar ishtirokida turli xil enerjayzerlar va psixologik oʻyinlar oʻtkazildi.

Kunning asosiy qismida talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash va universitetda psixologik muhit barqarorligini taʼminlash maqsadida Psixologik laboratoriya ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Universitet rahbariyati tomonidan psixolog ustozlar va talabalar munosib taqdirlandilar.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Nov, 13:40


🇺🇿 “Bayrog‘im - faxrim”

Almashinuv dasturi doirasida Xitoyning Zheijang shahrida bo'lib turgan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im - faxrim” mavzusida ochiq osmon ostida davra suhbati tashkil etishdi.
___

🇷🇺 “Мой флаг - моя гордость”

В рамках программы обмена, делегация Университета точных и социальных наук, находящаяся в китайском городе Zheijang, организовала круглый стол под открытым небом на тему “Мой флаг - моя гордость”, посвященный 33-летию принятия Государственного флага Республики Узбекистан.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Nov, 09:30


https://uza.uz/uz/posts/vatan-bayrogini-ezozlash-va-baland-kotarish-kerak_658150

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Nov, 07:38


👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida intellektual-ko'ngilochar loyihaning navbatdagi o'yini!

"AIFU QUIZ" quyidagi roundlardan iborat bo'ladi:

🔠 Chorraha (test savollar)
🎶Hamohang (musiqiy savollar)
🖼Rasm-rusum (rasmli savollar)
📺Kinomaniya (kinoga oid savollar)
👍 Ha yoki yo'q
🪙 HAYOT-MAMOT

Jamoa a'zolari 5 kishidan iborat bo'lishi talab etiladi.

📖G'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar a'zolari kitoblar bilan taqdirlanadi.

❗️Joylar soni cheklangan. Avval ishtirok etgan jamoalardan o'z nomlarini o'zgartirmasdan ro'yxatdan o'tishlarini so'rab qolamiz.

O'yin kuni: 19-noyabr, seshanba
15:00

👉 AIFU Quizda qanday savollar tushadi? 👈

❗️ Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/e2Qv6vB2wWsGLAsJA

O'yin bo'yicha batafsil ma'lumotlar: @AIFU_Quiz

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Nov, 05:12


mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Nov, 04:00


Dars jarayonlari: Xitoy tili darsi 🇨🇳

👍 AIFU universitetining Xitoyga tashrif buyurgan talabalari uchun Zhejiang Industry Polytechnic Collegeda maxsus ta’lim dasturlari tashkil etildi. Ushbu dastur doirasida talabalar xalqaro tajriba orttirish va Xitoyning ilg‘or ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Xitoy tili darslari dasturning asosiy qismidan biri bo‘lib, darslar yuqori malakali o‘qituvchilar Haiyu Xi, Qingrong Zhang, va Hang Shen tomonidan o‘tkazildi.
___

Учебный процесс: Урок китайского языка

Для студентов университета AIFU, посетивших Китай, в Zhejiang Industry Polytechnic College были организованы специальные образовательные программы. В рамках этой программы студенты получили возможность приобрести международный опыт и ближе познакомиться с передовой системой образования Китая.

Уроки китайского языка являлись основной частью программы и проводились высококвалифицированными преподавателями Хайюй Си, Цинжун Чжан и Хан Шэн.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

16 Nov, 11:31


#seminar

👍Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun Filologiya kafedrasi dotsenti, Jumanazar O‘rozov tomonidan "Ilmiy tadqiqot ishining shakllanishi va uning amaliyotga joriy qilinishi" mavzusida ma'ruza bo'lib o'tdi. Dars jarayonidan foto lavhalar📸📸



Для студентов магистратуры в университете точных и социальных наук была проведена лекция на тему «Формирование научно-исследовательской работы и её внедрение в практику», которую читал доцент кафедры филологии Джуманазар Урозов. Были сделаны фотоснимки процесса занятия.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

13 Nov, 17:49


Talabalarimiz Xitoyga muvaffaqiyatli yetib borishdi 🤩

🇨🇳 Talabalarimiz almashinuv dasturi doirasida o‘z bilimlarini oshirish va yangi madaniyat bilan tanishish maqsadida Xitoyga jo‘nab ketishgan edi. Ular yetib borishlari bilan hamkorlarimiz tomonidan iliq kutib olindi.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

13 Nov, 16:12


#psixolog_faoliyati

👍13- noyabr Butunjahon mehribonlik kuni munosabati bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti psixologi Jayron Ashirova va Filologiya kafedrasi o’qituvchilari bilan birgalikda ish samaradorligini oshiruvchi interaktiv metodlar asosida trening o’tkazildi.

Jamoada ahillikni va psixologik muhit barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan testlar olindi, natijalari tahlil qilindi.

Treningda barcha ishtirokchilar faol va ko’tarinki kayfiyatda ishtirok etishdi.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

13 Nov, 12:00


AIFU talabalari Xitoyga jo‘nab ketishdi! 🛫

👍 AIFU universitetining iqtidorli talabalari xalqaro tajriba orttirish va yangi bilimlar olish maqsadida Xitoydagi almashinuv dasturiga jo‘nab ketishdi.

🇨🇳 Ular Xitoyning boy madaniyati va an'analarini o‘rganib, yangi bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

11 Nov, 12:18


#dars_jarayoni

🔴Xitoylik professor AIFU talabalariga elektron tijorat platformalaridan foydalanish bo'yicha trening o'tdi.

👍Xitoylik professor Wang Dong Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti bakalavriat kunduzgi Menejment ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabalariga   "Elektron tijorat asoslari va platformalarni o’rganish" mavzusida trening o'tib berdi.

Talabalar elektron tijoratni noldan boshlash, platformalarni boshqarish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar oldilar. Dars jarayonida talabalar faol ishtirok etishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


📞 Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin | Lokatsiya

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

06 Nov, 13:22


🇺🇿Millatlararo totuvlik – yangi O‘zbekiston barqarorligining asosi

👍Yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, har yili mamlakatimizda 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni keng miqyosda nishonlanib, soha vakillari va davlat tashkilotlar mas’ullari ishtirokida turli seminar, davra suhbatlari va ilmiy anjumanlar o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan.

Shu maqsadda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Millatlararo totuvlik – Yangi O‘zbekiston barqarorligining asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori G‘olibjon Botirov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchjilik Palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Nodira Djanibekova, universitet Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Muzaffar Artikov hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning “Millatlararo munosabatlarni ta’minlashda legitimlikning asoslari”, “Millatlararo do‘stlik aloqalarida O‘zbekiston tajribasi” kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi. Tadbir yakunida ma’ruzachilar davra suhbatida tilga olingan mavzular bo‘yicha o‘zaro fikr almashib, talaba-yoshlarning savollariga javob berildi va fikr-mulohazalari eshitildi.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

05 Nov, 16:23


#talabalar_yutuqlari

👍21-oktyabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi respublika tanlovini e’lon qildi! Ushbu nufuzli tanlovda universitetimizning filologiya va tillarni o'qitish: o‘zbek tili yo'nalishida grant asosida tahsil olayotgan, 1-kurs talabasi Oygul Komilova ham ishtirok etdi. Tanlov shartlariga ko'ra, u 1-bosqichdan faxrli o‘rinni egallab, 2-bosqichga yo‘llanma oldi. 2-bosqich Chirchiq davlat Pedagogika universitetida bo'lib o'tdi. Tanlovdagi faol ishtiroki uchun maxsus sertifikat va kitob bilan taqdirlandi.

📶Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

26 Oct, 11:03


🔜 Saylovda qanday ovoz beriladi?

📱 Saylov2024

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

26 Oct, 05:00


👍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "Zakovat" o'yiniga start berilmoqda!

❗️Ushbu o'yinlarda faol bo'lish orqali Respublika miqyosida bo'lib o'tuvchi turnirlar uchun universitet terma jamoasi tarkibidan joy olishingiz mumkin.

Diqqat! Dastlabki ro'yxatdan o'tgan 18 ta jamoa o'yinda qatnashish imkoniga ega bo'ladi. Jamoa a'zolari 5 kishidan iborat bo'lishi talab etiladi.

📖G'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar a'zolari kitoblar bilan taqdirlanadi.

Dastlabki o'yin: 29-oktabr, seshanba kuni
15:00

👉 Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/QJKKi3QqjEUpgPuW7

@AIFU_Yoshlar

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

26 Oct, 03:30


🔴YANGICHA TONG - LA UYG‘ONDIM BUGUN...

Qolibman g‘aflatda o‘zimni o‘ylab,
Kirlanib qolibdi qalb ko‘zim, eyvoh,
Erishdim ne yutuqqa hayotim bo‘ylab,
Noshukurlik qilib, chekdim faqat “oh!”
Yangicha tong-la uyg‘ondim bugun...
Ajratdim vaqtimni kitoblar uchun,
Ajratdim vaqtimni to‘y-hasham uchun,
Ajratdim vaqtimni men kimlar uchun,
Lek ajratmadim daqiqa ota-onam uchun.
Yangicha tong-la uyg‘ondim bugun...
Onam yuzlarida ajinni ko‘rdim,
Otam sochlarida oqlarni ko‘rdim,
Lek ajratmadim daqiqa ota-onam uchun,
Ikkisini qalbda mehr bulog‘in ko‘rdim.
Ularning poyida jannatni ko‘rdim.
Yangicha tong-la uyg‘ondim bugun...

✍️Bibiamina Karimova
Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishi talabasi
"Mushoira" klubi a'zosi

📶AIFU telegram kanali

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

25 Oct, 16:54


👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "Saylov va yoshlar" mavzusidagi davra suhbatlari bo'lib o'tdi!

🗳Yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy jarayon - O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar, tuman kengashlari uchun saylovlar munosabati bilan universitet talabalariga saylovdagi yangi tizimning muhim jihatlari, uning dolzarbligi to'g'risida tushunchalar berildi.

#saylov_2024
#befarq_emasman

@AIFU_Yoshlar

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

25 Oct, 04:00


Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti uchun nomzodlarni saralash jarayonlari boshlanmoqda!

Har bir talaba o'z jamoasini shakllantirgan holda yoki yakka tarzda saralash bosqichida ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar, o'zlari erishgan yutuqlari jamlangan hujjatlarini topshirishlari talab etiladi.

Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti haqidagi umumiy ma'lumotlar

Oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qo'shma qaror

📁 Hujjatlarni topshirish uchun: Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi (108-xona)
📱 Telegram orqali murojaat: AIFU_Yoshlar_bot

👉 Jarayonda qatnashing, universitetimizning yetakchi vakili bo'lish imkonini boy bermang!

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

24 Oct, 12:22


🇺🇿🇹🇷O’zbekiston-Turkiya: xalqaro hamkorlik istiqbollari.

🔴Xabaringiz bor, yaqinda Istanbul shahrida bo'lib o'tgan Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi davomida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Turkiyaning 7 ta nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishgan edi. Ushbu hamkorlik davomi o'laroq, bugun universitetmizga Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi mas'ul xodimi Hamidi Tursucu va ta'lim bo'yicha maslahatchi Abubakar Aydin tashrif buyurdi.

Ushbu uchrashuvda universitetda O'zbek-turk ta`lim, madaniyat va san`at markazini ochish hamda markazga Turkiyadan professor-o'qituvchilarni taklif qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Markaz faoliyatida ta`lim, madaniyat va san`at sohalarining qaysi yo`nalishlarida ishlarni tashkil qilish bo'yicha muzokaralar olib borildi

📶AIFU telegram kanali

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

24 Oct, 10:35


#olimpiada

🔴"Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida maktab Matematika fani oʻqituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 so'm boʻlgan Qori Niyoziy olimpiadasining 1-bosqichi (saralash) o'tkazildi. Unda 56 va undan yuqori ball to‘plagan barcha (jami 109 kishi) 2-bosqichda qatnashishi mumkin.

Natijalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: bu yerda

2-bosqich 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) topshiriqlaridan iborat bo‘lib, unda maksimal 50 ball to‘plash mumkin. Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!

Olimpiadaning 2-bosqichi Toshkent shahrida 27-oktabr (yakshanba) kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida o‘tkaziladi. Qatnashuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi talab qilinadi.

📍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining manzili: loc.aifu.uz

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

24 Oct, 09:00


📢 AIFU kontrakt to‘lovini qanday to‘lash mumkin?

👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirishda bir nechta qulay usullar mavjud:

Bank orqali to‘lov: Istalgan bank filialida to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Elektron to‘lov tizimlari: Click va Payme ilovalari orqali onlayn to‘lov qilish imkoniyati mavjud.
Talim krediti: O‘quv to‘lovini qoplash uchun ta'lim kreditidan ham foydalanishingiz mumkin. Ushbu kreditni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklardan olish mumkin.

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
+998785552121 | @aifu_admin

📶AIFU telegram kanali

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

24 Oct, 05:01


📍“Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatidan foydalanish tartibi

📱 Saylov2024

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

23 Oct, 17:31


AIFU Quiz

👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida "AIFU Quiz" intellektual-ko'ngilochar o'yini bo'lib o'tdi.

Universitet talabalari turli qiziqarli roundlar doirasida o'zlarining bilimlarini sinab ko'rishdi. 20 ga yaqin jamoalarning qizg'in raqobatida o'tgan o'yin g'olib va sovrindorlari quyidagicha:

🥇"Revizorlar"
🥈"Tarixchi magistrlar"
🥉"Google"

📚 Ushbu jamoalarga universitet rektori tomonidan badiiy kitoblar to‘plami taqdim etildi!

📸 Rasmlarni yuklab olish

📶AIFU telegram kanali

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

23 Oct, 16:30


🔴Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Qatag‘on qurbonlari muzeyi o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Talabalarimizni O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosi bilan yanada chuqurroq tanishtirish, ularda ilmiy va nazariy dunyoqarashni shakllantirish hamda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Qatag‘on qurbonlari muzeyi o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu kelishuv ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy sohalarda faoliyatlarni birgalikda amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Mazkur shartnoma asosida tomonlar birgalikda ilmiy-amaliy seminarlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazadi.

Bu hamkorlik kelishuvi yoshlarimizni Vatanimiz tarixiga oid bilimlarini boyitishga, ularni ma'naviy va intellektual jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Universitetimiz va muzey o‘rtasidagi bu hamkorlik milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish va yosh avlodni tarbiyalashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

📶AIFU telegram kanali

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

22 Oct, 13:00


Frilanserlik - bu kelajak kasbi

⌨️ 23-oktyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti ma'ruzalar zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi mutaxassislari AIFU talabalari uchun frilanserlik bo‘yicha masterklass o‘tkazib berishadi. Unda talabalar frilanserlikning sir-asrorlari, bozor talablari, imkoniyatlar va muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.

🎙Mehmon spikerlar:
- Sagatov Dilshod Mirjalilovich
- Tojiboyev Fazliddin Husniddin o‘g‘li
- Tajribali frilanser

📅 23-oktyabr
🕥 Soat 10:30
📍 101-xona


🌟 Masterklass davomida turli tanlovlar tashkil qilinadi, unda ishtirok etib, qiziqarli sovg‘alar yutib olish imkoniyati mavjud!

Frilanserlik — bu kelajagingiz! Ushbu masterklassni o‘tkazib yubormang!

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

22 Oct, 08:16


🇺🇿🇹🇷Turkiyalik professor-o'qituvchilar bilan ingliz tili sohasi bo'yicha ilmiy uchrashuv

👍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Turkiyaning ingliz tili va tilshunoslik sohasidagi taniqli mutaxassislar Yilmaz Şahin Sarıkaya va Sevtap Sarıkaya tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida ta’lim jarayonlarida ingliz tilining alohida o‘rni, tilni mukammal o‘rganishning ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya talabalari orasida o‘quv qo‘llanmalardan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil fikr almashildi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

21 Oct, 15:47


https://uza.uz/uz/posts/ona-tilim-zhonazhon-tilim_647911

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

21 Oct, 03:45


#tabrik

🇺🇿21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

👍Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti jamoasi barcha ilm ahli, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar hamda ta’lim fidoyilarini bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

20 Oct, 07:00


🔴Hazrat Navoiy va ustoz Konfutsiy: uyqash g‘oyalar va o‘xshash taqdirlar

O‘zbek tili bayrami – bu adabiy tilning tamal toshini qo‘ygan, tilimizni “tahqir va haqorat botqog‘idan – she’riyat osmoniga ko‘targan” Alisher Navoiyning ruhi shod bo‘ladigan kun. Muazzam bobomizning merosi butun jahon ahlini lol qoldirayotgan, o‘ziga jalb etayotgan bu paytda uning g‘oyalari Xitoy xalqining buyuk muallimi Konfutsiy falsafasiga hamohang ekanini anglab yetish – yanada quvonarli hol.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti dotsenti Artikov Muzaffar

🔍Ma'qolani o'qish

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

19 Oct, 15:26


🔴Diqqat olimpiada!

“Akademik Qori Niyoziy merosi”
ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida maktab va akademik litsey matematika fani o'qituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.

Birinchi saralash bosqichi 2024 yil 20-oktabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi.

Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2024 yil 27 oktabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar univeristetida offline tarzda o‘tkaziladi.

1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2-bosqich 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) topshiriqlaridan iborat bo‘lib, unda maksimal 50 ball to‘plash mumkin. Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

19 Oct, 15:02


👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida intellektual-ko'ngilochar o'yin boshlanmoqda!

"AIFU QUIZ" quyidagi roundlardan iborat bo'ladi:

🔠 Chorraha (test savollar)
🎶Hamohang (musiqiy savollar)
🖼Rasm-rusum (rasmli savollar)
📺Kinomaniya (kinoga oid savollar)
👍 Ha yoki yo'q
🪙 HAYOT-MAMOT

Jamoa a'zolari 5 kishidan iborat bo'lishi talab etiladi.

📖G'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar a'zolari kitoblar bilan taqdirlanadi.

Dastlabki o'yin: 23-oktabr, chorshanba kuni
15:00

👉 AIFU Quizda qanday savollar tushadi? 👈

❗️ Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/BAf7hwtozuGrQyxM9

O'yin bo'yicha batafsil ma'lumotlar: @AIFU_Quiz

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

19 Oct, 07:00


#rektor

🔴Siz universitetimiz rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin!

👍Xabaringiz bor, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirovning talabalar va ularning ota-onalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini amalga oshirish maqsadida telegramda muloqot boti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Sizlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun, universitetimizda o'quv jarayonlari, ta’lim sifati va samaradorligi ko‘rsatkichlarini yanada  oshirish hamda rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiyalar va savollaringizni ushbu bot orqali universitet rektoriga yo'llashingiz mumkin.

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida AIFU rektoriga 👉@aifu_rektorbot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

📝Savollar va takliflaringizga shaxsan rektor tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Telegram

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

18 Oct, 15:47


👍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida el ardog'idagi shoir va yozuvchilar tashrif buyurdi!

Loyiha mehmonlari atoqli shoir va yozuvchilar: Xurshid Do'stmuhammad, Sirojiddin Rauf, Shodiqul Hamroyev.

Uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va talabalar qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

🔍Adiblar haqida

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook