⚠️Diqqat! Xususiy Bandlik Agentliklarining Tuzog‘iga Tushib Qolmaslik Uchun Maslahatlarℹ️ Buyuk Britaniya fermalarida mavsumiy ishlar dasturida qatnashish uchun faqatgina Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyaga ega rasmiy operator orqali ishga yollanishingiz mumkin. Ushbu rasmiy operatorlar atigi oltita:
💼 Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchi jo‘natadigan rasmiy agentliklar:
1️⃣ Agri-HR
2️⃣ Concordia
3️⃣ Fruitful Jobs (Osrodek HR orqali)
4️⃣ Pro-Force (TMMA orqali)
5️⃣ HOPS (TMMA orqali)
6️⃣ RE People.
🐔Faqatgina ushbu agentliklar chet eldan ishchilarni yollash huquqiga ega. O‘zbekistonda ular bilan hamkorlik qilish huquqiga ega bo‘lgan yagona tashkilot –
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA).
Muhim ma’lumot: Ushbu dasturda qatnashish
bepul – siz faqat viza va aviachiptalar xarajatlarini qoplashingiz kerak bo‘ladi. Agar agentliklar dastur uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilsa, ehtiyot bo‘ling: bu qonunga zid.
Agar siz boshqa Xususiy Bandlik Agentliklardan mavsumiy ish takliflarini ko‘rsangiz, hattoki ularda
TMMA litsenziyasi bo‘lsa ham bilingki: ular Britaniyada mavsumiy vizada ishlash uchun ishchilarni yollash huquqiga ega emas. Rasmiy operatorlar faqatgina O‘zbekistondagi hamkori
TMMA orqali ishchi yollaydilar.
❗️ Rasmiy operatorlar hamkori bo‘lmagan xususiy bandlik agentliklar sizni chalg‘itib, siz bilan “konsultatsiya va turistik xizmatlar” bo‘yicha shartnoma tuzishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, ular sizga ish bilan ta’minlanishni kafolatlamaydi va faqat to‘lov asosidagi konsultatsiyalarni taklif qilishadi.
Agar siz bunday agentliklarga duch kelsangiz yoki o'zizni aldangan deb hisoblasangiz, quyidagi tashkilotlarga shikoyat qilishingiz mumkin:
🔴O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA) ▪️Ishonch telefoni:+99871-202-44-11
▪️Elektron pochta: [email protected]🔴O‘zbekiston Respublikasi Bandlik Vazirligi▪️ Ishonch telefoni:+99871-200-06-00
▪️ Elektron pochta: [email protected]🔴O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi ▪️Agar agentlik harakatlarida firibgarlik yoki boshqa huquqbuzarlik belgilari bo'lsa, ishni ko'rib chiqish uchun prokuraturaga shikoyat qiling.
▪️ Veb Sayt: https://prokuratura.uz/#/contact
🔴 Sud organlari ▪️Agar agentlik shartnoma yoki huquqlaringizni buzgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun sudga murojaat qilishingiz mumkin. Advokat bilan maslahatlashish hujjatlarni tayyorlashga va huquqlaringizni himoya qilishga yordam beradi.
🔴O‘zbekiston telekanallari▪️Sizning shikoyatingizni ommaga yetkazish va bu mavzuda reportaj tayyorlash uchun telekanallarga murojaat qilishingiz mumkin, telekanallar orqali siz o‘z shikoyatingizni ommaga yetkazib, mavzuni keng jamoatchilikka yetkazishingiz mumkin. Bunda televizion jurnalistlar yordamida huquqlaringizni himoya qilish imkoniyatlari oshadi.
⤵️ Buyuk Britaniyadagi Mavsumiy Ishchi viza haqida koʻproq ma'lumotni quyidagi veb-saytda topishingiz mumkin: zoiruk.notion.site
👉 Ushbu ma'lumotni do'stlaringiz bilan baham ko'ring! Agar siz yoki tanishlaringiz Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchilar dasturida qatnashmoqchi bo'lsangiz, firibgarlardan himoya qilish va haqiqiy imkoniyatlar haqida to‘g‘ri ma'lumot olish uchun ushbu postni ularga yuboring!
🗂 https://t.me/addlist/ChphMtaZdbo4MmFk