e-gov.uz

@egovuz


Рақамли ҳукумат марказининг расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @egovuz_bot
📞+998 55-501-36-06

✉️ E-mail: [email protected]
🌐 Web: e-gov.uz

Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/ig
Youtube: link.egov.uz/yt

e-gov.uz

22 Oct, 16:35


Ogoh boʻling❗️

🇺🇿Xabaringiz bor,  27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oʻtkaziladi.

🙅‍♂️ Muhim jarayonlar oldidan ijtimoiy tarmoqlarda “Markaziy saylov komissiyasi” nomi ostida feyk xabarlar koʻpaymoqda.

⌨️Soxta akkauntlar orqali yolgʻon maʼlumotlar tarqatilib, aholini aldashga harakat qilinmoqda. Ularning maqsadi – shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki siyosiy vaziyatga taʼsir koʻrsatish.

📱 Gʻarazli maqsaddagi shaxslar taʼsiriga tushib qolmaslik uchun aniq va toʻgʻri maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasining rasmiy sahifalaridan oling:

🚀Telegram: http://t.me/electionsuz
Twitter: http://twitter.com/electionsuz
📱Facebook: http://fb.com/uzelections

❗️Eslatib oʻtamiz, saylov jarayonlari haqida boʻhton tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

21 Oct, 04:34


❗️O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Butun O‘zbekiston xalqini 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etamiz!

Barchangizga sog‘lik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Ona tilimizning qadri baland, doimo e’zozda bo‘lsin!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

18 Oct, 04:21


#Raqamlashtirish

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UZINFOCOMda ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdi


«Bugun UZINFOCOMda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdim. Ishonchim komilki, loyiha rejadagidek amalga oshirilsa, barcha: soha xodimlari uchun ham, aholi uchun ham manfaatli bo‘ladi», deya yozadi Mirziyoyeva.

Ushbu tizim ishga tushishi natijasida tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, bemorlarning sog‘lig‘i haqida turli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni yagona elektron tibbiy kartaga birlashtirish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar joriy etiladi. Shuningdek, ish hajmini optimallashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat samaradorligi oshiriladi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

17 Oct, 06:47


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uzʻda sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushi 10 foizga yetkaziladi

🆕 “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi.

👉 Unga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonni birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

16 Oct, 09:30


#ona_tilim_faxrim

📚Markazda kitob yarmarkasi

🇺🇿 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni yaqinlashmoqda.

🟡 Shu munosabat bilan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Markazda “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash, kitob mutolaasi hamda kitobxonlik madaniyatini targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda xodimlar oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, ilmiy-ommabop va maʼrifiy hamda tarbiyaviy mavzularidagi sara asarlar bilan tanishishga muvaffaq boʻlishdi.

🧑‍💻 Ushbu yarmarka markaz xodimlarining ona tilimizga, kitobga boʻlgan mehrini oshirib, ijodkorlik gʻoyalarini uygʻotishga xizmat qilishi shubhasiz.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

16 Oct, 05:55


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi


Prezident qaroriga koʻra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:

▫️quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:

— faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;

— kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard soʻmdan oshmagan;

inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;

raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;

startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan;

▫️startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

15 Oct, 04:45


🌐My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!”

📱 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan samarali foydalanish yuzasidan Bandixon tumani hokimligida tumandagi tashkilot va korxonalarning rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

🔵 Seminar trening davomida OneID identifikatsiyalashning yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tish, Mobile-ID, my.gov.uz hamda portaldan foydalanish, joriy etilgan imkoniyatlar va qulayliklar bo'yicha ma'lumotlar berildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram